O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
XORIJIY INVESTITSIYaLARNI AXBOROT BILAN TA’MINLASh VA KO‘MAKLAShISh AGENTLIGI — “O‘ZINFOINVEST”NI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Mamlakat iqtisodiyotiga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish jarayonini yanada rivojlantirish, xorijga O‘zbekiston Respublikasining investitsiya salohiyati haqida axborot uzatish, respublikada yaratilgan qulay investitsiya muhiti to‘g‘risida xorijiy ishbilarmon doiralarni keng xabardor etish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzurida Xorijiy investitsiyalarni axborot bilan ta’minlash va ko‘maklashish agentligi — “O‘zinfoinvest”ni (bundan keyin matnda Agentlik deb yuritiladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy va resurs salohiyati, shuningdek xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun respublikada yaratilgan qulay shart-sharoitlar to‘g‘risida xorijiy ishbilarmonlar doiralari o‘rtasida hamda ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish va tushuntirish ishlarini olib borish;
xorijiy investorlarni axborot bilan qo‘llab-quvvatlash, ularga istiqbolli loyihalar, O‘zbekiston Respublikasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishda investitsiya faoliyatining normativ-huquqiy asoslari to‘g‘risida belgilangan imtiyoz va preferensiyalarni hisobga olgan holda axborot taqdim etish;
o‘zaro manfaatli istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy investorlar bilan mahalliy tadbirkorlar o‘rtasida uchrashuv va muzokaralarni belgilangan tartibda tashkil etish;
chet mamlakatlarda reklama tadbirlari va aksiyalari (mavzuli ko‘rgazmalar, anjumanlar, taqdimotlar, konferensiyalar va seminarlar) o‘tkazish, ixtisoslashtirilgan adabiyotlar, bukletlar chop etish, Internet tizimida ixtisoslashtirilgan axborot veb-saytini tashkil etish va yuritish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasining yuksak xalqaro mavqeyini shakllantirish va qo‘llab-quvvatlash.
3. Belgilansinki, Agentlik:
yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil muassasa hisoblanadi va o‘z faoliyati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziriga hisob beradi;
respublika budjeti mablag‘lari, o‘zining daromadlari, homiylik yordami va grantlar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
4. Quyidagilar:
xodimlarning umumiy cheklangan soni 18 birlikdan iborat, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi markaziy apparati boshqaruv xodimlari sonini 13 birlikka qisqartirish hamda Agentlikka qo‘shimcha 5 ta shtat birligi ajratish orqali, “O‘zinfoinvest” agentligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-son qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2009-y., 49-son, 522-modda)
“O‘zinfoinvest” agentligi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziriga xodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnat haqi fondi doirasida Agentlikning tasdiqlangan tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritish huquqi berilsin.
5. Agentlik xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi xodimlari uchun belgilangan mehnatiga haq to‘lash shartlari tadbiq etilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili davlat budjeti xarajatlarida Agentlik ta’minotiga mablag‘ ajratishni nazarda tutsin.
7. Agentlik Toshkent shahar, Taras Shevchenko ko‘chasi, 1-uy manzilidagi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi binosiga joylashtirilsin.
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 6-fevral,
PQ-578-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 26-iyuldagi PQ-136-sonli qaroriga kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar
1. Qarorning 1-bandidagi uchinchi xatboshi, 2-bandidagi birinchi xatboshi va 2-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. 1-ilovaning “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar ro‘yxati” nomli bo‘limi quyidagi mazmundagi 12-band bilan to‘ldirilsin:
“12. “O‘zinfoinvest” agentligi”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 4—6-son, 40-modda; 2009-y., 49-son, 522-modda)