Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2020 29.12.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1651
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining Qarori, 29.12.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1651
Кучга кириш санаси
08.01.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HISOB PALATASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HISOB PALATASI TOMONIDAN ANIQLANGAN DAVLATNING IQTISODIY MANFAATLARIGA YETKAZILGAN ZARAR SUMMALARINI DAVLAT BUDJETI DAROMADIGA YO‘NALTIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 29-dekabrda 1651-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi ]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Hisob palatasining 2019-yil 28-noyabrdagi 109, 2019-61, 13/1-1601-sonli ““O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan aniqlangan davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarar summalarini Davlat budjeti daromadiga yo‘naltirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1651-2, 11.12.2019-y.) asosan 2020-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-sentabrdagi PQ-460-son “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandini ijro qilish maqsadida qaror qilamiz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan aniqlangan davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarar summalarini Davlat budjeti daromadiga yo‘naltirish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qarorning ijrosi yuzasidan nazoratni o‘z zimmamizda qoldiramiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 11-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 11-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-52-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob palatasi raisi B. MUSAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 11-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-133-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Hisob palatasi tomonidan 2006-yil 11-dekabrdagi 101, 2006-52, 11-133-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan aniqlangan davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarar summalarini Davlat budjeti daromadiga yo‘naltirish tartibi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-iyundagi PF-3619-son “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 24-iyundagi PF-3622-son “Tadbirkorlik subyektlarining xo‘jalik sohasidagi huquqbuzarliklari uchun moliyaviy javobgarligini erkinlashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-sentabrdagi PQ-460-son “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi (bundan buyon matnda Hisob palatasi deb yuritiladi), davlat boshqaruv organlari (bundan buyon matnda davlat organlari deb yuritiladi) tomonidan ularga berilgan vakolatlarga muvofiq aniqlangan davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarar summalarini Davlat budjeti daromadiga yo‘naltirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda qo‘llanadigan asosiy tushunchalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirish obyekti — belgilangan tartibda Hisob palatasining Nazorat ishlari dasturiga kiritilgan budjet tashkilotlari, shuningdek boshqa yuridik shaxslar, shu jumladan ularning filiallari va vakolatxonalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob palatasining nazorat tadbiri — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarga (bundan buyon matnda davlat maqsadli jamg‘armalari hamda boshqa jamg‘armalar deb yuritiladi) tushumlarni to‘liqligi, maqsadli va samarali shakllanishi va ijro etilishini, shuningdek davlat mablag‘lari sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida tekshirish obyektlarining buxgalteriya, moliyaviy va boshqa hujjatlarini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirishning yig‘ma dalolatnomasi — Hisob palatasi inspektorlari tomonidan tuziladigan nazorat tadbiri natijalarini umumlashtiradigan hujjat turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob palatasining ko‘rsatmasi — Hisob palatasining ijro etish majburiy bo‘lgan qarori turi, u nazorat tadbiri davomida aniqlangan qonun hujjatlarini buzishlarni bartaraf etish tadbirlari ro‘yxatini o‘z ichiga olib, tekshirish obyektiga va/yoki uning tegishli yuqori davlat hokimiyati va boshqaruvi organiga, shuningdek qonun hujjatlariga binoan Hisob palatasining tekshirishlari davomida aniqlanadigan zararni undirishni amalga oshirish vakolati yuklatilgan davlat organlariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hisob palatasi o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni qonuniylik, xolislik, mustaqillik va oshkoralik tamoyillari asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Tekshirishni tashkil etish va o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hisob palatasi o‘z faoliyatini, Hisob palatasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan amaliy tizimli nazoratni ta’minlash zaruriyatidan kelib chiqqan holda shakllantiriladigan yillik nazorat ishlari dasturi asosida tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hisob palatasining tekshirishlari Hisob palatasining raisi, u bo‘lmagan taqdirda Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari yoki o‘rinbosari tomonidan imzolanadigan Hisob palatasining farmoyishiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Nazorat tadbiri o‘tkazilayotganda Hisob palatasi tomonidan Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi hamda boshqa vazirliklar va idoralarning mutaxassislari jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Nazorat tadbirlarining yillik dasturlari asosida tekshirishlarni amalga oshirayotganda Hisob palatasi vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlarini, shuningdek malakali mustaqil ekspertlarni jalb etgan holda huquqbuzarliklarning turi va xususiyatini, huquqbuzarliklarning sabablarini aniqlaydi hamda ularni bir tizimga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar Hisob palatasining tekshirishlari davomida aniqlanadigan, davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarar summalari bo‘lib hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘lanishi kerak bo‘lgan, amalda Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari hamda boshqa jamg‘armalarga to‘lanmagan soliqlar va majburiy to‘lovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kiritilishi lozim bo‘lgan, lekin Davlat budjetiga kiritilmagan bojxona to‘lovlari summalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narx va tariflarning davlat tomonidan tartibga solinishi bo‘yicha qonun hujjatlarini buzish natijasida olingan noqonuniy daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan ajratilgan mablag‘lar yoki davlat maqsadli jamg‘armalari hamda boshqa jamg‘armalarning maqsadli mablag‘lari ko‘rinishida ajratilgan noqonuniy sarflangan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga zarar yetkazgan holda davlat mulki va mablag‘lari doirasida tuzilgan bitimlar natijasida olingan summalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan boshqa turdagi zararlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Hisob palatasining tekshirishlari natijalari bo‘yicha tekshirishning yig‘ma dalolatnomasi tuziladi, unda tasdiqlangan dasturga ko‘ra hujjatlar bilan tasdiqlangan dalillar ketma-ket tizimlashtirilgan holda bayon etilgan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tekshirishning yig‘ma dalolatnomasida davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarar summalari aks ettirilib, birlamchi buxgalteriya hujjatlariga va ko‘rsatilgan dalillarning mavjudligini tasdiqlaydigan boshqa dalillarga havola qilgan holda huquqbuzarliklar turi, ularni sodir etish usuli va holatlari aniq bayon etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Hisob palatasining tekshirish yig‘ma dalolatnomasi Hisob palatasi inspektorlar guruhining rahbari va guruh a’zolari tomonidan imzolanadi hamda tanishish va imzolash uchun tekshirish obyektining rahbari va bosh buxgalteriga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘tkazilgan tekshirish natijalariga qo‘shilmagan taqdirda tekshirish obyektining rahbari va bosh buxgalteri mulohazalarini qayd etgan holda tekshirishning yig‘ma dalolatnomasini imzolaydi. Tekshirish obyektining yig‘ma dalolatnomaga doir mulohazalari imzolangan tekshirish dalolatnomasi olingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida taqdim etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yig‘ma dalolatnoma bo‘yicha tekshirish obyektidan olingan mulohazalarga javoban tekshiruvchi shaxslar tomonidan besh kun ichida tekshirish obyektining e’tiroz bildirgan vajlari asosliligi xususida xulosa tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tekshirish obyekti tomonidan bildirilgan mulohazalarni qo‘shimcha ko‘rib chiqish uchun Hisob palatasi vakolatli organlarning malakali mutaxassislarini jalb etishi va ulardan tegishli xulosani talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Hisob palatasi tomonidan tekshirish materiallarining topshirilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining topshiriqlari bo‘yicha tekshirishlarni amalga oshirish chog‘ida Hisob palatasi tomonidan tekshirish natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlanib, ularda aniqlangan dalillar va davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarar summalari ko‘rsatiladi, mazkur ma’lumotlar tekshirishni tayinlagan organga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Hisob palatasi yig‘ma dalolatnoma imzolangan kundan boshlab yigirma kun mobaynida tekshirish obyekti va/yoki uning tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvidagi yuqori organiga ko‘rsatma yuboradi, u nazorat tadbiri davomida aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq harakatlar va tadbirlar ro‘yxatini o‘z ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Hisob palatasi tekshirishlarining jinoyat tarkibi alomatlarini o‘z ichiga olgan materiallari tekshirish obyektlari mansabdor shaxslarining harakatlariga huquqiy baho berilishi uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Hisob palatasi tekshirishining natijalari bo‘yicha davlat organlari tomonidan choralar ko‘rilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Quyidagilar davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarar summasini undiruvchi davlat organlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi — budjetdan ajratilgan yoki davlat maqsadli jamg‘armalari hamda boshqa jamg‘armalarning maqsadli mablag‘lari noqonuniy sarflangan mablag‘lari undirilishini ta’minlash qismi bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qo‘mitasi — davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari hamda boshqa jamg‘armalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar va majburiy to‘lovlar undirilishini ta’minlash qismi bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat maqsadli jamg‘armalari hamda boshqa jamg‘armalarning ijrochi direksiyalari — ajratilgan davlat maqsadli jamg‘armalari hamda boshqa jamg‘armalarning noqonuniy sarflangan mablag‘lari undirilishini ta’minlash qismi bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari bilan Hisob palatasining tekshirishlari davomida aniqlanadigan zararni undirish vakolat doirasiga kiritilgan boshqa davlat organlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Davlat organlari Hisob palatasining ko‘rsatmasini olib va tekshirish materiallarini o‘rganib, o‘n kun muddat ichida davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarar summasini undirish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qiladilar va bu haqda Hisob palatasini yozma ravishda xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarar summasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirish obyektlari tomonidan ixtiyoriy ravishda yoki sud tartibida qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablag‘lari yoki davlat maqsadli jamg‘armalari hamda boshqa jamg‘armalar mablag‘larining maqsadga muvofiq sarflanmaganligi aniqlangan taqdirda belgilangan tartibda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Undirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirishni qisqartirish va aniqlangan zarar summasi miqdorida tekshirish obyektlarining xarajatlar smetasiga o‘zgartishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadsiz foydalanilgan summalarni Davlat budjetining daromad qismiga olib qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa choralarni qo‘llagan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Hisob palatasi materiallari bo‘yicha aniqlangan yetkazilgan zararning ixtiyoriy tartibda qoplangan, belgilangan tartibda yoki sudning hal qiluv qarori bo‘yicha undirilgan summalari tegishli budjet yoki davlat maqsadli jamg‘armalari hamda boshqa jamg‘armalarning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga yoki hisobraqamlariga qayd etiladi hamda budjet tizimi budjetlari daromadlar tasnifiga muvofiq hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Hisob palatasining o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijalari bo‘yicha aniqlangan mablag‘larni o‘tkazish uchun Moliya vazirligi budjet tizimi budjetlari daromadlar tasnifida tegishli kodlar ochadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Davlat organlari har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 5 sanasiga qadar Hisob palatasini qabul qilingan choralarning natijalari to‘g‘risida zarar summasini undirish haqidagi tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Davlat organlari yo‘llagan ko‘rsatmalar Hisob palatasi tekshirishlarining materiallari bilan aniqlangan iqtisodiy zarar summasini undirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 5 sanasiga qadar ilovadagi shakl bo‘yicha ko‘rib chiqish natijalarini o‘zaro solishtirish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Mazkur Nizomning 19-bandida ko‘rsatilgan tekshirish obyektlari va davlat organlari mansabdor shaxslarining aybiga ko‘ra Hisob palatasi ko‘rsatmalari o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi ta’minlanmaganda, ularga nisbatan ma’muriy jazo choralari qo‘llanadi, jinoyat tarkibi alomatlari mavjud bo‘lgan hollarda tegishli materiallar ko‘rsatilgan mansabdor shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish masalasini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasiga taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan aniqlangan davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarar summalarini Davlat budjeti daromadiga yo‘naltirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil “____” _______________ holatiga O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi tomonidan topshirilgan tekshirish materiallari va ____________________________ tomonidan davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan ko‘rilgan choralar natijalari bo‘yicha solishtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DALOLATNOMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tekshirish obyektining nomi

Material mazmuni, aniqlangan qonun hujjatlari buzilishining mohiyati va davlatga yetkazilgan zarar summasi
(mln so‘m)

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan materiallarni davlat organiga yo‘llash sanasi

Materiallarning davlat organiga kelib tushish sanasi

Tekshirish materiallari bo‘yicha qaror qabul qilish sanasi

Tekshirish materiallarini ko‘rib chiqish natijalari

Qoplan-gan zarar summasi
(mln. so‘m)

Undirilmagan zarar summasi
(mln so‘m)

Izoh

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 51-52-son, 526-modda)