Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.06.2018 29.12.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1649
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qarori, 29.12.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1649
Кучга кириш санаси
08.01.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.06.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari bo‘yicha mol-mulkni sotish uchun savdo tashkilotlarini tanlash va mol-mulkni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 29-dekabrda 1649-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi ]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018-yil 25-maydagi 25-q va 01/15-10/12-sonli “Ijro hujjatlari bo‘yicha mol-mulkni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3024, 19.06.2018-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va Adliya vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari bo‘yicha mol-mulkni sotish uchun savdo tashkilotlarini tanlash va mol-mulkni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan keyin o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qo‘mitasi raisi D. MUSAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01/19-18/08-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vaziri F. OTAXONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qo‘mitasi va Adliya vazirligining 2006-yil 29-dekabrdagi 01/19-18/08, 37-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari bo‘yicha mol-mulkni sotish uchun savdo tashkilotlarini tanlash va mol-mulkni sotish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (keyingi o‘rinlarda — Qonun), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 140-son qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini (keyingi o‘rinlarda — ijro hujjatlari) ijro etish bo‘yicha mol-mulkni sotish uchun savdo tashkilotlarini tanlov asosida tanlash va mol-mulkni sotish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom qoidalari ijro hujjatlari asosida xatlanib, auksion savdolari orqali yoxud qonunchilikda belgilangan boshqa usulda sotilishi belgilangan mol-mulkka nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ijro hujjatlariga asosan mol-mulkni sotish bo‘yicha savdo tashkilotlari o‘rtasida tanlov o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 1. Asosiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ijro hujjatlariga asosan mol-mulkni sotish bo‘yicha savdo tashkilotlarini tanlab olish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentining (keyingi o‘rinlarda — Sud departamenti) hududiy boshqarmalari tomonidan tanlov asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tanlov o‘tkazishdan asosiy maqsad har bir tuman (shahar) bo‘yicha yoki alohida turdagi mol-mulklarni sotish bo‘yicha eng maqbul savdo tashkilotlarini aniqlashdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tanlovning barcha qatnashchilariga teng tanlov shartlarini yaratish, oshkoralik, talablarning yagonaligi va baho berishda xolislik tanlov o‘tkazishning asosiy tamoyillari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 2. Tanlov komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tanlov ijro hujjatlariga asosan mol-mulkni sotish uchun savdo tashkilotini aniqlash maqsadida tashkil etilgan tanlov komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) tomonidan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Komissiya Sud departamenti direktori buyrug‘i asosida 5 kishidan iborat quyidagi tarkibda tuziladi:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Adliya vazirligining 2014-yil 19-fevraldagi 01/19-26/04, 2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1649-1, 19.02.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 8-son, 86-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud departamentining hududiy boshqarmasi boshlig‘i — Komissiya raisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining joylardagi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar) adliya boshqarmalari vakili — Komissiya a’zosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy organlari vakili — Komissiya a’zosi;
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Adliya vazirligining 2014-yil 19-fevraldagi 01/19-26/04, 2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1649-1, 19.02.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 8-son, 86-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Adliya vazirligining 2014-yil 19-fevraldagi 01/19-26/04, 2-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1649-1, 19.02.2014-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2014-y., 8-son, 86-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud departamenti hududiy boshqarmasining sud qarorlarini ijro etish bo‘limi boshlig‘i, ichki xavfsizlik inspeksiyasi bosh inspektori — Komissiya a’zolari hisoblanadi.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Adliya vazirligining 2014-yil 19-fevraldagi 01/19-26/04, 2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1649-1, 19.02.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 8-son, 86-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat tug‘ilganida, maxsus bilim talab qiladigan masalalar bo‘yicha xulosa berish uchun Komissiya yig‘ilishlariga maslahat ovozi bilan ekspert (mutaxassis)lar jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Komissiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov o‘tkazish vaqti, joyi va shartlari to‘g‘risida e’lon berish bo‘yicha qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlab olingan savdo tashkilotlari bilan tuziladigan namunaviy shartnoma loyihasini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov g‘oliblarini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov o‘tkazish bo‘yicha boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya a’zolarining uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya a’zolari talabgorlar hujjatlarining xolisona ko‘rib chiqilishi va baholanishi uchun javobgar hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Komissiyaning ishchi organi vazifalari Sud departamentining hududiy boshqarmalaridagi sud qarorlarini ijro etish bo‘limi boshlig‘i zimmasiga yuklatiladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Adliya vazirligining 2014-yil 19-fevraldagi 01/19-26/04, 2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1649-1, 19.02.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 8-son, 86-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovga qatnashish uchun talabgorlardan tushgan arizalarni qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalarida tanlov o‘tkazish to‘g‘risida e’lon beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya bayonnomalarini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor shaxslarni tanlov shartlari hamda namunaviy shartnoma shakli bilan tanishtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo tashkilotlari tomonidan shartnoma shartlari bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov bo‘yicha kelib tushgan va yuritiladigan hujjatlarning hisobini, saqlanishini hamda maxfiyligini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning topshirig‘i asosida boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 3. Tanlov o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Komissiya tanlov boshlanishidan kamida o‘ttiz kun oldin ommaviy axborot vositalarida tanlov o‘tkazish to‘g‘risida e’lon beradi. E’lon beriladigan ommaviy axborot vositalari ro‘yxati Sud departamenti tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
E’londa quyidagilar ko‘rsatilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov o‘tkazadigan organning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov o‘tkazish joyi, sanasi va vaqti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov shartlari va tanlov g‘oliblarini aniqlash mezonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovda ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza va hujjatlarni qabul qilib olish joyi va manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovda ishtirok etish uchun arizalar taqdim etishning oxirgi muddati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sud departamentining tegishli hududiy boshqarmasi tanlov e’lon qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay bu haqda Sud departamentiga xabar beradi. Sud departamenti mas’ul xodimi tanlovlarda kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tanlov har yili bir marta o‘tkaziladi. Zaruriyat tug‘ilgan hollarda Komissiya tomonidan navbatdan tashqari tanlov o‘tkazilishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Savdo tashkilotlari o‘rtasidagi tanlov har bir tuman (shahar) bo‘yicha oldindan belgilab beriladigan g‘oliblar soni (kamida ikkita) miqdorida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, alohida turdagi mol-mulklarni (oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, texnik va maishiy tovarlar, qurilish mahsulotlari va boshq.) sotish uchun ixtisoslashtirilgan vakolatli savdo tashkilotlari aniqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi turdagi mol-mulklar ixtisoslashtirilgan vakolatli savdo tashkilotlari orqali sotiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho (yarim qimmatbaho) toshlardan yasalgan buyumlar bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsuldor va ish mollari, asalari oilalari, yem-xashak, boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotish uchun alohida ruxsatnoma yoxud litsenziya talab qilinadigan boshqa mahsulotlar bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tomonidan belgilab berilgan boshqa mol-mulklar bo‘yicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning qarori bilan alohida turdagi mol-mulklarni sotish uchun ixtisoslashtirilgan savdo tashkilotlari viloyat miqyosida ham aniqlab berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Madaniy boyliklar (tarixiy, badiiy, ilmiy qimmatga ega bo‘lgan qimmatbaho asarlar, noyob qo‘lyozmalar, antikvar mahsulotlar va boshqalar) bo‘yicha vakolatli savdo tashkilotlari Sud departamenti tomonidan respublika miqyosida aniqlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 4. Tanlovda ishtirok etish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tanlovda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan, turg‘un savdo shoxobchasi va nazorat-kassa mashinasi mavjud yuridik shaxslar qatnashishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi yuridik shaxslar tanlovga qatnashishga qo‘yilmaydilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrot arafasida bo‘lgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olti oydan kam muddat davomida faoliyat yuritayotgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgi 2 yil ichida ijro hujjatlari asosida xatlangan mol-mulkni sotish yuzasidan tuzilgan shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligi sababli shartnoma bekor qilingan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan savdo tashkiloti Sud departamentining tegishli hududiy boshqarmasiga ro‘yxat asosida quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Komissiya nomiga ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) savdo tashkiloti ta’sis hujjatlarining notarial tasdiqlangan nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) savdo tashkilotining oldingi hisobot yili uchun tegishli davlat idoralariga berilgan buxgalterlik balansi (1 va 2-shakllar) nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) savdo tashkilotida nazorat kassa mashinasining mavjudligi to‘g‘risida davlat soliq xizmati organlarining ma’lumotnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) savdo do‘koniga bo‘lgan mulk (ijara) huquqining mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) savdo do‘konining joylashgan joyi to‘g‘risida ma’lumot, uning qisqacha tavsifnomasi va 10x15 o‘lchamdagi rangli fotosuratlari (joyning atrof ko‘rinishi, umumiy tashqi va ichki ko‘rinishlari aks ettirilishi kerak);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) mol-mulklarning saqlanishi, turkumlanishi, sortlarga ajratilishi va butlanishini ta’minlovchi joy (uskuna)larning qisqacha tavsifnomasi, shuningdek 10x15 o‘lchamdagi rangli fotosuratlari (joyning umumiy tashqi va ichki ko‘rinishlari aks ettiriladi) va ularga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) savdo tashkiloti xodimlari va ularning ish tajribasi to‘g‘risida ma’lumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) talabgorning majburiyatlardan holi pul mablag‘lari mavjudligi to‘g‘risida bank ma’lumotnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) talabgorga tegishli hamda ijro hujjati bo‘yicha mol-mulkni sotishda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan yaroqli transport vositalariga oid huquqni belgilovchi hujjatlar hamda ularning texnik tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) ko‘rsatilgan xizmat uchun savdo chegirmasi miqdori (10% dan ko‘p bo‘lmagan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida turdagi faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma yoki litsenziya talab qilingan hollarda, shuningdek notarial tasdiqlangan ruxsatnoma yoxud litsenziyaning nusxasi ham taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorlar mazkur Nizomda belgilangan baholash mezonlarini tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan boshqa qo‘shimcha hujjatlarni taqdim qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Savdo tashkiloti qaysi hududda faoliyat yuritayotgan bo‘lsa yoki tanlov o‘tkazilayotgan tuman (shahar)ga yaqin joylashgan bo‘lsa, ushbu hudud bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan hujjatlar Komissiyaning Ishchi organi tomonidan qabul qilinadi. Taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilishni rad etish mumkin emas, mazkur Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan holatlardan tashqari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ hujjatlar qabul qilish muddati tugashiga qadar manfaatdor talabgorlarni tanlov shartlari va Komissiya tomonidan tasdiqlangan namunaviy shartnoma nusxasi bilan tanishtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar qabul qilish tanlov boshlanishidan besh kun oldin to‘xtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Komissiya Ishchi organi savdo tashkilotining tovar aylanmasi, qonunchilikka rioya etish ahvoli, faoliyatini tekshirish natijalari, xodimlarining malakasi va boshqa jihatlari to‘g‘risida mustaqil ravishda soliq, statistika, hokimlik idoralari, shuningdek boshqa muassasa va tashkilotlardan tavsiyanomalar olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Talabgorlar tomonidan soxta hujjatlar taqdim qilingani yoxud sud ijrochilari bilan til biriktirib, noqonuniy harakatlar qilganligi aniqlangan taqdirda ular tanlovga qo‘yilmaydilar, tanlov g‘olibi deb topilgan taqdirda esa tanlov natijalarining ularga oid qismi bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 5. Tanlov g‘oliblarini aniqlash va tanlov natijalarini e’lon qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tanlov g‘oliblarini aniqlash ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqichda — Ishchi organ tomonidan taqdim qilingan hujjatlar belgilangan talabga javob berganligi va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, shuningdek Ichki xavfsizlik inspeksiyasi tomonidan talabgorning ishchanlik obro‘si, qonunchilikka va Sud departamenti bilan tuzilgan shartnoma shartlariga rioya etish ahvoli (agar bunday shartnoma tuzilgan bo‘lsa), unga nisbatan nazorat idoralari tomonidan qo‘llanilgan sanksiyalar va boshqa shunga o‘xshash jihatlar tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqichda — Komissiya o‘z yig‘ilishida taqdim qilingan hujjatlarni o‘rganadi, belgilangan mezonlar bo‘yicha baholaydi hamda uning natijalari bo‘yicha tanlov g‘olibini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Talabgorning ishchanlik obro‘sini tekshirish yakunlari bo‘yicha Ichki xavfsizlik inspeksiyasi tomonidan xulosa tuzilib, u Ishchi organga taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi bosqichdan o‘tgan talabgorlarning hujjatlari ikkinchi bosqichga qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ishchi organi tomonidan ayrim talabgorlarning hujjatlari birinchi bosqichdan qaytarilgan bo‘lsa, ular bo‘yicha umumlashgan ma’lumot sabablarini ko‘rsatgan holda Komissiyaga taqdim qilinadi. Komissiya qaytarish sabablarini asossiz deb topganda, talabgorlar ikkinchi bosqichga qo‘yilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Savdo tashkilotlari tanlovi Komissiya tomonidan kollegial tarzda hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya a’zolari talabgorlar tomonidan taqdim qilingan hujjatlarni o‘rganib chiqib, quyidagi mezonlar bo‘yicha ularni baholaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) iste’molchi uchun joylashgan joyining qulayligi (viloyat va tuman (shahar) markazlari, bozorlar va hokazolarga yaqinligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mol-mulklarning saqlanishini, turkumlanishini, sortlarga ajratilishini va butlanishini ta’minlovchi joy (uskuna)larning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) majburiyatlardan holi bo‘lgan pul mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mavjud yaroqli texnikasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) xodimlarining malakasi va ish tajribasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ko‘rsatilgan xizmat uchun savdo chegirmasining pastligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Talabgorlarning imkoniyatlari 10 ballik reyting shkalasida quyidagilarni inobatga olgan holda baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) iste’molchi uchun joylashgan joyining qulayligini (viloyat va tuman (shahar) markazlari, bozorlar va hokazolarga yaqinligi) uning aniq joylashgan o‘rni asosida o‘rganilib, talabgorga 5 balldan 10 ballgacha baho beriladi. Bunda mahalliy hokimiyat idoralari tomonidan soliq solish, ijara haqi stavkasini belgilash yoxud boshqa maqsadlarda tuman (shahar) hududi tegishli zonalarga bo‘lingan bo‘lsa, mazkur zonalashtirish hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mol-mulklarning saqlanishini, turkumlanishini, sortlarga ajratilishini va butlanishini ta’minlovchi joy (uskuna)larning mavjudligi mezonini aniqlashda talabgor imkoniyati 5 balldan 8 ballgacha baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) talabgor tomonidan tanlovga taklif etilayotgan yaroqli texnika vositasi, uning turi va texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib 3 balldan 8 ballgacha baholanadi. Tanlovda talabgorning ijro hujjati bo‘yicha mol-mulkni sotishda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan texnik jihatdan soz bo‘lgan ko‘pi bilan 2 ta texnika vositalari hisobga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) talabgorning hisobvarag‘idagi majburiyatlardan ozod bo‘lgan mavjud pul mablag‘i va mol-mulki 2 balldan 5 ballgacha baholanadi. Bunda talabgorning barcha mavjud pul mablag‘lari va mol-mulki umumlashtirilib, yagona ball beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) savdo tashkiloti xodimlarining ma’lumoti va ish tajribasi 2 balldan 5 ballgacha baholanadi (ko‘pi bilan 2 nafar savdo tashkiloti xodimi hisobga olinadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ko‘rsatilgan xizmat uchun savdo chegirmasining pastligi 5 balldan 8 ballgacha baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar yuqorida ko‘rsatilgan mezonlar talabiga javob bermasa, ularga ushbu mezon bo‘yicha ball berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Yig‘ilishda talabgorning har bir ko‘rsatkichi bo‘yicha tegishli ballni berish masalasi komissiya a’zolari tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasida nazarda tutilgan ko‘rsatkichlar asosida ko‘pchilik ovoz bilan hal etiladi va har bir ko‘rsatkich bo‘yicha yagona ball beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Eng ko‘p yakuniy ball to‘plagan talabgorlar — savdo tashkilotlari Komissiya yig‘ilishida tanlov g‘oliblari deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ikki va undan ortiq talabgor bir xil ball to‘plagan taqdirda, ular orasida nisbatan past savdo chegirmasi taklif qilgan talabgor tanlov g‘olibi deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tanlov g‘oliblari deb topish to‘g‘risidagi qaror Komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan hollarda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma Komissiya raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnomada quyidagilar ko‘rsatilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yig‘ilish o‘tkazilgan joy va sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yig‘ilishda ishtirok etgan Komissiya a’zolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar taqdim etgan talabgorlarning ro‘yxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlar takliflarini baholash haqidagi ma’lumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov g‘oliblari to‘g‘risida ma’lumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tanlov natijalari bo‘yicha bayonnoma imzolanganidan so‘ng besh kunlik muddat ichida tanlov g‘oliblari va Sud departamentining viloyat boshqarmalari o‘rtasida muddatini uzaytirish huquqi bilan bir yil muddatga ijro hujjatlari bo‘yicha mol-mulkni sotish to‘g‘risida tasdiqlangan namunaviy shakldagi shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirishda savdo tashkilotlari tomonidan shartnoma shartlariga rioya qilinganligi hamda ular tomonidan ijro hujjatlari bo‘yicha savdoni tashkil etish va o‘tkazish tartibini buzish holatlariga yo‘l qo‘yilmaganligi inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Shartnoma tuzilganidan so‘ng bir kunlik muddat ichida vakolatli savdo tashkilotlarining ro‘yxati tegishli sud ijrochilari tuman (shahar) bo‘limlariga yuboriladi. Shuningdek, tanlovni o‘tkazish to‘g‘risida e’lon berilgan ommaviy axborot vositalarida bu haqda ma’lumot beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ijro hujjatlari asosida sotiladigan mol-mulkni sotuvga chiqarish va sotish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ijro hujjatlari asosida sotuvga chiqariladigan mol-mulk savdo tashkilotlariga topshirilgunga qadar belgilangan tartibda baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Xatlangan mol-mulk uni baholash to‘g‘risidagi xulosa baholovchidan olingan kundan boshlab, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda sud ijrochisi tomonidan baholanganda esa, mol-mulkni baholangan kundan boshlab 3 kun ichida dalolatnoma asosida sud ijrochisi tomonidan savdo tashkilotiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnoma mazkur Nizomning 2-ilovasida belgilangan shaklda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Mol-mulkni sotish to‘g‘risidagi dalolatnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro hujjatining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkni xatlash (ro‘yxatga olish) dalolatnomasining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkni tavsiflovchi hujjatlar va (yoki) baholash to‘g‘risidagi xulosa nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlanishi shart bo‘lgan tovarlar bo‘yicha muvofiqlik sertifikatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ijro hujjatlari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash uchun miqdori, hajmi va tez sotilishi imkoniyatlaridan kelib chiqib, mol-mulk bir vaqtning o‘zida sotish uchun shartnoma tuzilgan bir nechta savdo tashkilotlariga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Sotish uchun savdo tashkilotlari tomonidan qabul qilingan mol-mulklar xatlash (ro‘yxatga olish) dalolatnomasida nazarda tutilgan tartib raqamlari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda muvofiqlik sertifikatlari (sertifikatlanishi shart bo‘lgan tovarlar bo‘yicha) va savdo tashkilotining tovar yorliqlari bilan ta’minlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulklarni juz’iy ta’mirlash, tozalash va tekislash ularni sotish uchun qabul qilib olgan savdo tashkilotlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Savdo tashkilotlari tomonidan mol-mulkni sotish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi chakana savdo qoidalari” asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Sotuvga chiqarilgan mol-mulk ikki oy mobaynida belgilangan narxda sotilmasa, savdo tashkiloti mol-mulk narxini kamaytirish yoxud uni qaytarib olish masalasini ko‘rib chiqish uchun sud ijrochisiga yozma ravishda xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Savdo tashkilotlari tomonidan shartnoma shartlariga, shuningdek mol-mulkni sotish tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat tegishli sud ijrochilari tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma shartlari va mol-mulkni sotish tartibi buzilgan taqdirda sud ijrochilari tuman (shahar) bo‘limlari shartnomani bir tomonlama bekor qilish to‘g‘risida hududiy boshqarmaga bildirgi yuborishi hamda mol-mulkni mazkur Nizom asosida tanlab olingan boshqa savdo tashkilotiga olib berishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushadigan pul mablag‘larini hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan pul mablag‘larini o‘tkazish uchun sud ijrochilari bo‘limlari tomonidan bankda depozit hisob raqami ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan pul mablag‘lari, savdo chegirmasini ushlab qolgan holda, realizatsiya qilinishiga qarab savdo tashkiloti tomonidan sud ijrochilari tuman (shahar) bo‘limlaridagi depozit hisob raqamiga ikki bank ish kunidan kechikmay, ijro hujjatining tartib raqami va sanasi ko‘rsatilgan holda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summani o‘tkazish muddati kechikkan taqdirda savdo tashkiloti kechikkan har bir kun uchun to‘lanadigan summaning 0,5 foizi miqdorida penya undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Sud ijrochilari tuman (shahar) bo‘limining depozit hisob raqamiga mol-mulkni realizatsiya qilishdan kelib tushgan mablag‘larni taqsimlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Sud departamenti, uning hududiy boshqarmalari va sud ijrochilari tuman (shahar) bo‘limlari savdo va ixtisoslashgan tashkilotlar, shuningdek bozorlar tomonidan ijro hujjatlari bo‘yicha mol-mulkni sotishni tashkil etilishi va o‘tkazilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Mazkur Nizom Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi raisi v.b. B. ULAShOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 28-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari bo‘yicha mol-mulkni sotish uchun savdo tashkilotlarini tanlash va mol-mulkni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashda talabgorlarning imkoniyatlarini baholaydigan
REYTING BALLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
№‎ Baholash mezonlari‎ Reyting ko‘rsatkichlari‎ Reyting ballar‎ Beriladigan ma’lumot‎
‎‏
‎‏
Iste’molchi uchun joylashgan joyining qulayligi (viloyat va tuman (shahar) markazlari, bozorlar va hokazolarga yaqinligi)‎‏
‎‏
Aholi gavjum viloyat va tuman (shahar) markazida, bozorlar va savdo markazlarda yoxud ularning yaqin atrofida joylashgan talabgor‎ 8 balldan
‎10 ballgacha‎
Huquqni tasdiqlovchi hujjatlar, fotosuratlar tegishli ma’lumot‎‏
Yuqorida ko‘rsatilganidan boshqa aholi gavjum transport vositalari serqatnov yo‘l bo‘yida joylashgan talabgor‎ 6 balldan
‎ 8 ballgacha ‎
Aholi gavjum boshqa hududlarda joylashgan talabgor‎ 5 balldan
‎ 6 ballgacha ‎
Mol-mulklarning saqlanishini ta’minlovchi joy (uskuna)lar‎ Maxsus saqlash binosi yoki joyi (omborxona, yerto‘la, muzlatgich, sovutgich va h.k.)‎ 5 balldan
‎ 8 ballgacha ‎
Huquqni tasdiqlovchi hujjatlar, fotosuratlar, tegishli ma’lumot‎
Mol-mulklarning turkumlanishi, sortlarga ajratilishi va butlanishini t�’minlovchi joy (uskuna)lar‎ Mol-mulklarning turkumlanishi, sortlarga ajratilishi va butlanishini ta’minlovchi yetarlicha savdo asbob-anjomlari va maxsus sotish joylari‎ 5 balldan
‎8 ballgacha ‎
Huquqni tasdiqlovchi hujjatlar, fotosuratlar, tegishli ma’lumot‎
Talabgorga tegishli yaroqli texnika‎‏ Yuk mashina‎ 8 ball‎ ‎‏
‎‏
Huquqni tasdiqlovchi hujjatlar, fotosuratlar, texnik pasport‎‏
Yuk tashishga ixtisoslashgan yengil mashina‎ 6 ball‎
Yengil mashina‎ 4 ball‎
Yuk tashishga ixtisoslashgan mototsikl ‎ 3 ball‎
‎‏
‎‏
‎‏
Talabgorning majburiyatlardan holi bo‘lgan mavjud pul mablag‘i va mol-mulki‎‏ 100 mln. so‘mdan yuqori ‎ 5 ball‎ ‎Bank ma’lumotnomasi‎‏
50 mln. — 100 mln.so‘mgacha ‎ 4 ball‎
10 mln. — 50 mln. so‘mgacha ‎ 3 ball‎
1 mln. dan — 10 mln. so‘mgacha‎ 2 ball‎
‎‏
‎‏
Savdo tashkiloti xodimlarining ma’lumoti va ularning ish tajribasi‎‏ Mutaxassislik bo‘yicha ma’lumoti va 5 yildan ortiq ish tajribasi ‎ 5 ball‎ Belgilangan tartibda tasdiqlangan mehnat daftarchasi va diplom nusxalari
‎‏
Mutaxassislik bo‘yicha ma’lumoti va 5 yildan kam ish staji ‎ 3 ball‎
Mutaxassislik bo‘yicha ma’lumoti bo‘lmasdan turib, 5 yildan ortiq ish staji‎ 2 ball‎
‎‏
‎‏
‎‏
Ko‘rsatilgan xizmat uchun savdo chegirmasining pastligi‎‏
‎‏
‎‏
5% gacha‎ 8 ball‎ Talabgorni yozma taklifi‎‏
5% dan 7% gacha‎ 7 ball‎
7% dan 9% gacha‎ 6 ball‎
9% dan 10% gacha‎ 5 ball‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Komissiya baholanayotgan ko‘rsatkichlarning xususiyatiga qarab ularning har biri bo‘yicha ball berish maqbul yoki maqbul emasligini aniqlaydi. 4 va 6-bandlar bo‘yicha 1 tadan ortiq xodim yoki texnika vositasi ko‘rsatilgan bo‘lsa, ulardan tanlab olingan 2 tasining har biri uchun alohida ball beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari bo‘yicha mol-mulkni sotish uchun savdo tashkilotlarini tanlash va mol-mulkni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatlangan mol-mulkni sotishga topshirish haqidagi
DALOLATNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‎“___” __________ 20___ y. _________________ tuman (shahar)

‎‎
Men, ___________________________________ sud ijrochilari tuman (shahar) bo‘limi sud ijrochisi ______________________________, savdo tashkiloti vakili _________________
‎___________________________________________________________________________;

‎‎(Savdo tashkiloti vakilining F.I.Sh., yashash joyi haqidagi ma’lumotlar)

‎‎ishtirokida _______________________________________________________ ga muvofiq,

‎‎(ijro hujjatining nomi)

‎‎qarzdor ________________________________________________________ dan undiruvchi

‎‎(qarzdorning F.I.Sh.)

‎‎______________________________________ foydasiga ____________________________‎

‎‎(undiruvchining F.I.Sh.)

‎‎___________________________________________________________________________
‎‎___________________________________________________________________________

‎‎(ijro hujjatining mazmuni)

‎‎undirish haqidagi “___” _____________ 200__ yilda qo‘zg‘atilgan ________sonli ijro
‎‎ish yurituvi bo‘yicha “___” ______________ 200__ yildagi dalolatnomaga muvofiq
№‎ Mol-mulkning nomi va tavsifi‎ Miqdori‎ Narxi‎

1.‎

2.‎

3.‎

xatlangan mulklarni mazkur dalolatnomaga muvofiq ________________________________
‎___________________________________ savdo do‘koniga sotish uchun topshirdim

(savdo tashkilotining nomi)

Yuqoridagi mulklarni sotish uchun qabul qilib oldim ________________________________
‎‎____________________________________________________________________________‎‎

‎‎(shaxsning F.I.Sh., lavozimi, uning vakolatligini tasdiqlovchi hujjatlar haqida ma’lumot)

‎‎Sotish uchun topshirilgan mulkning jami narxi ________________________________ so‘m,

(so‘z bilan)‎

‎‎bundan komission to‘lov ____ foizni, ya’ni _______________________so‘mni tashkil etadi.

(so‘z bilan)‎

‎‎___________________ so‘m _______________________ * hisob raqamiga o‘tkazilishi lozim.

(so‘z bilan)‎


‎Imzolar:‎
‎‎Sud ijrochisi: _____________________________________________________
‎‎Savdo tashkiloti ____________________________________________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Sud ijrochilari tuman (shahar) bo‘limlari depozit hisob raqamlari ko‘rsatiladi, davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishda esa maxsus hisob raqam ko‘rsatiladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 51-52-son, 524-modda; 2014-y., 8-son, 86-modda)