O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “UMUMIY FOYDALANILADIGAN AVTOMOBIL YO‘LLARINI LOYIHALAShTIRISh, QURISh VA REKONSTRUKSIYA QILISh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2006 YIL 25 OKTYABRDAGI PQ-499-SON QARORI)
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 25-oktabrdagi PQ-499-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 4-dekabr,
250-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-dekabrdagi 250-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotayotgan qarorlari ro‘yxati
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Lizing xizmatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 26-apreldagi 199-son qaroriga ilovaning V bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 4-son, 42-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga 1-ilovaning 42-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 48-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2006-yil 18-oktabrdagi 217-son qaroriga ilovaning 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 78-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 48–50-son, 486-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)