Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.07.2017 14.11.2006 yildagi PQ-511-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.07.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻZAVTOYOʻL” DAVLAT-AKSIYADORLIK KOMPANIYASI TAShKILIY TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PF-5097-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoʻl-qurilish ishlari hajmi va sifati ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari hamda 2006-yilda avtomobil yoʻllari qurilishi dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2006-yil 3-martdagi PQ-299-sonli qaroriga muvofiq, shuningdek umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini yaxshi holatda saqlash, taʼmirlash, qurish va rekonstruksiya qilish sohasida ekspluatatsiya va pudrat tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzavtoyoʻl” DAK, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzavtoyoʻl” DAK huzurida yoʻl xoʻjaligining amaldagi ixtisoslashtirilgan pudrat taʼmirlash-ekspluatatsiya korxonalari negizida xalqaro va davlat ahamiyatiga ega avtomobil yoʻllarini yaxshi holatda saqlash boʻyicha ixtisoslashtirilgan taʼmirlash-ekspluatatsiya korxonalarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzavtoyoʻl” DAKning hududiy yoʻl-qurilish shoʻba korxonalarini hududiy yoʻl-ekspluatatsiya tashkilotlari sifatida qayta tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzavtoyoʻl” DAK hududiy yoʻl-ekspluatatsiya tashkilotlari huzuridagi amaldagi tuman ixtisoslashtirilgan yoʻl-koʻprik pudrat taʼmirlash-ekspluatatsiya korxonalari negizida umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari koʻprik xoʻjaligini yaxshi holatda saqlash boʻyicha taʼmirlash-ekspluatatsiya korxonalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzavtoyoʻl” DAKning tashkiliy tuzilmasi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 29 kishidan iborat va uning ijro etuvchi apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy yoʻl-ekspluatatsiya tashkiloti va yoʻl xoʻjaligi tuman pudrat taʼmirlash-ekspluatatsiya korxonasining namunaviy tuzilmalari 3 va 4-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va davlat ahamiyatiga ega avtomobil yoʻllarini yaxshi holatda saqlash boʻyicha ixtisoslashtirilgan taʼmirlash-ekspluatatsiya korxonalari, shuningdek koʻprik xoʻjaligini yaxshi holatda saqlash boʻyicha ixtisoslashtirilgan taʼmirlash-ekspluatatsiya korxonalari tarkibi va namunaviy tuzilmalari 5, 5a, 6, 6a-ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1—6a-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzavtoyoʻl” DAK Boshqaruvi raisiga zarur hollarda kompaniyaning ijro etuvchi apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida oʻzgartishlar kiritishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, “Oʻzavtoyoʻl” DAK umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini davlat tomonidan boshqaradigan maxsus vakolatli organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzavtoyoʻl” DAK belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda kompaniya Nizomiga zarur oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda kompaniya ijro etuvchi apparati xodimlarini, shuningdek uning hududiy boʻlinmalari rahbar xodimlarini, yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirishni nazarda tutgan holda attestatsiyadan oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2003-yil 21-avgustdagi 361-sonli qarorining 1-bandi hamda qarorning 1—4-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 14-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-511-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 455-modda)