LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli “Aloqa va axborotlashtirish sohasida boshqaruvni tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1997-yil 31-iyuldagi 380-son qaroriga muvofiq hamda O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi hamda Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyat ko‘rsatishining tashkiliy-huquqiy bazasini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab - quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “O‘zdavstandart” markazi pochta va telekommunikatsiyalar texnik vositalarini va xizmatlarini sertifikatsiyalash organi sifatida O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligini belgilangan tartibda akkreditatsiya qilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari K. R. Rahimov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi458-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2000-y., 9-10-son, 146-modda)
1. Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishning ustuvor va ijtimoiy ahamiyatli loyihalarini mablag‘ bilan ta’minlashda qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.
2. Jamg‘arma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z balansiga, milliy va xorijiy valyutada hisob - kitob va boshqa bank schyotlariga, o‘z ramzi tasvirlangan va nomi yozilgan muhrga, shtamplar va rasmiy ish qog‘ozlariga ega bo‘ladi.
Jamg‘arma mablag‘lari mazkur Nizomda nazarda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi.
Jamg‘armani tugatish va qayta tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tizimiga kiruvchi pochta va telekommunikatsiyalar obyektlari hamda korxonalarini xususiylashtirishdan olingan mablag‘larning 40 foizi;
O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tizimiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari hamda qo‘shma korxonalardagi davlatga tegishli aksiya (ulush)lar turkumi bo‘yicha dividendlarning 25 foizi;
Oldingi tahrirga qarang.
telekommunikatsiyalar sohasida bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalarni berganlik uchun davlat poshlinalaridan tushuvchi mablag‘larning 50 foizi;
(II bo‘lim 4 bandining to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2000-y., 9-10-son, 146-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(II bo‘lim 4 bandining beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2000-y., 9-10-son, 146-modda)
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini bank depozitlari shaklida yoki boshqa shakllarda joylashtirishdan olingan daromadlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Mulkchilik shakllari va qaysi idoraga qarashliliklaridan qat’i nazar, pochta va telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan jismoniy, shuningdek yuridik shaxslardan normativ hujjatlar, davlat tarmoqlar standartlari talablarini, pochta va telekommunikatsiyalar sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini buzganlik uchun sanksiyalar shaklida, monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzganlik uchun solinadigan iqtisodiy sanksiyalar va jarimalardan boshqa, undiriladigan mablag‘lar.
(II bo‘lim 4 bandining oxirgi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2000-y., 9-10-son, 146-modda)
korxonalarni xususiylashtirishdan olingan mablag‘larning 40 foizini, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlarida va qo‘shma korxonalardagi davlatga tegishli aksiya (ulush)lar turkumlari bo‘yicha dividendlarning 25 foizini hamda pochta va telekommunikatsiyalar ayrim korxonalarining badallarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid bo‘lmaydigan boshqa mablag‘larni jamlash;
pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar tarmoqlari hamda vositalarini texnik qayta jihozlash va rekonstruksiya qilishni rivojlantirish sohasidagi ustuvor ilmiy - tadqiqot ishlarini mablag‘ bilan ta’minlashda;
telekommunikatsiyalar mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga joriy etish hamda xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq dasturlarni amalga oshirishda;
mutaxassislar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash tizimini rivojlantirishni mablag‘ bilan ta’minlashda;
O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi apparati hamda uning tizimiga kiruvchi va daromad olishning mustaqil manbalariga ega bo‘lmagan telekommunikatsiya tizimlarini tartibga solish, boshqarish va nazorat qilish davlat organlari faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlashda;
tanlov asosida tanlab olinadigan pochta va telekommunikatsiyalarni rekonstruksiya qilish hamda rivojlantirish loyihalarini mablag‘ bilan ta’minlashda;
shahar va qishloq aloqa bo‘limlarida pochta-kassa operatsiyalarini kompyuterlashtirish loyihalarini mablag‘ bilan ta’minlashda;
efirga ruxsatsiz chiqishlar va davlat tuzilmalarining radio vositalariga xalal berishlarning oldini olish maqsadida radiochastota spektridan foydalanilishi ustidan davlat nazoratini o‘rnatish uchun maxsus nazorat-o‘lchov texnikasi sotib olishga sarflangan xarajatlarni qisman qoplashda;
kommutatsiya tizimlari uchun vatanimizning dasturiy ta’minotini tashkil qilish va joriy etish bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini mablag‘ bilan ta’minlashda;
qishloq joylarda aloqa xizmati ko‘rsatuvchi pochta aloqasi, radio aloqa, radioeshittirish va televideniye korxonalariga vaqtinchalik moliyaviy yordam ko‘rsatishda;
pochta xodimlari uchun formali kiyim - bosh va velosipedlar sotib olish xarajatlarini qisman mablag‘ bilan ta’minlashda foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi qishloqlari va uzoq aholi yashash joylari telekommunikatsiya infratuzilmasini qayta jihozlash va uni yanada rivojlantirishni maqsadli mablag‘ bilan ta’minlash.
(III bo‘lim 5-bandining uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-sonli qaroriga muvofiq xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
operatorlar va provaydyerlar tomonidan ko‘rsatilayotgan telekommunikatsiyalar universal xizmatlarini rivojlantirishni mablag‘ bilan ta’minlash;
(III bo‘limning 5-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-sonli qaroriga muvofiq xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2000-y., 9-10-son, 146-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining telekommunikatsiya asbob-uskunalarini yetkazib berish yuzasidan kontraktlar bo‘yicha qarzlarini qisman to‘lash.
(III bo‘limning 5-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-dekabrdagi 488-sonli qaroriga muvofiq xatboshi bilan to‘ldirilgan)
6. Jamg‘arma mablag‘lari tegishli litsenziyalar asosida respublika hududida o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, asosiy faoliyati bo‘yicha xizmatlar hajmi jami tushum hajmining kamida 60 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslarga, shuningdek pochta va telekommunikatsiyalar sohasidagi o‘quv, ilmiy-tadqiqot muassasalariga va tartibga solish, boshqarish va nazorat qilish organlarigagina ajratiladi.
7. Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tizimiga kiruvchi korxonalarning sarmoyalariga qo‘yiladi va ayrim hollarda “Aloqabank” va uning filiallari orqali ularga kreditlar sifatida beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Jamg‘arma mablag‘lari Jamg‘armaning tasdiqlangan budjetiga muvofiq Agentlik va “Aloqabank” ekspertizasidan o‘tgan elektr, pochta aloqasi, radioaloqa, radioeshittirish va televideniye vositalari va tarmoqlarini rivojlantirishning aniq loyihalariga ajratiladi.
(III bo‘limning 8 bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-yanvardagi 5-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 1-2-son, 2-modda)
mazkur Nizomning II bo‘limida belgilangan manbalardan tushuvchi mablag‘larni o‘z bank schyotlarida jamlash;
mablag‘larni pochta va telekommunikatsiyalar korxonalarining sarmoyalariga qo‘yish yoki ixtisoslashtirilgan “Aloqabank” va uning filiallari orqali kreditlar, berish yo‘li bilan ulardan foydalanish;
Jamg‘arma tomonidan ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanishni nazorat qilish, qoidabuzishlar aniqlangan hollarda mablag‘ bilan ta’minlashni to‘xtatish yoki ajratilgan mablag‘larni qaytarib olish;
“Aloqabank” va uning tarmoqlarining mamlakat hamda xorijiy davlatlarning kredit - moliya muassasalari bilan vakillik munosabatlaridan foydalanib, vaqtincha bo‘sh mablag‘larni qisqa muddatli likvidli moliya vositalariga (depozitlarga, qarz qimmatli qog‘ozlar va boshqalarga) joylashtirish.
10 Jamg‘arma mablag‘larini joylashtirishga oid barcha operatsiyalar Jamg‘arma Kengashi bilan kelishgan holda uning tomonidan har yili tasdiqlanadigan budjet doirasida amalga oshiriladi.
11. Jamg‘arma elektr va pochta aloqasi, radioaloqa, radioeittirish va televideniye vositalari va tarmoqlarini rivojlantirish hamda rekonstruksiya qilishning aniq loyihalariga Jamg‘arma mablag‘larini ajratish uchun shartlar, talablar va Qoidalarni belgilashga haqlidir.
12. Jamg‘arma savdo - vositachilik, lizing, trast va ipoteka operatsiyalarini amalga oshirish, shuningdek qarz mablag‘larini jalb qilish huquqiga ega emas.
har yili 1-dekabrdan kechiktirmay navbatdagi yil uchun daromadlar va xarajatlarni yil choraklari, shuningdek, moddalar bo‘yicha taqsimlagan holda prognoz budjetni tuzish va uni Jamg‘arma Kengashi tasdiqlashi, uchun kiritishga;
har bir kalendar chorakning yigirma kuni davomida O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligiga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tamom bo‘lgan yil choragi uchun moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida hisobot taqdim etishga;
har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga o‘tgan davr uchun Jamg‘arma faoliyati to‘g‘risida batafsil hisobot taqdim etishga majburdir.
14. Jamg‘arma Kengashi Jamg‘arma boshqaruvining yuqori organi hisoblanadi, u O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat mulki qo‘mitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hukumat aloqasi xizmati rahbarlari o‘rinbosarlaridan iborat bo‘ladi.
Jamg‘arma Kengashining shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktorining o‘rinbosari Jamg‘arma Kengashining raisi hisoblanadi.
15. Jamg‘arma Kengashi Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlarini va shartlarini belgilaydi va Jamg‘arma direktorining mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotini tinglaydi.
16. Jamg‘arma Kengashining yig‘ilishi yil choragida kamida bir marta o‘tkaziladi. Zarurat bo‘lganda navbatdan tashqari yig‘ilishlar chaqirilishi mumkin.
17. Jamg‘armaning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish va Jamg‘arma Kengashi qarorlarini bajarish direktor boshchiligidagi direksiya tomonidan amalga oshiriladi. Direktor O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda o‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan bo‘shatiladi hamda Jamg‘arma Kengashi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi.
Jamg‘armaning joriy faoliyatini tashkil etadi va unga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi;
davlat organlari, muassasalar va korxonalar, yuridik va jismoniy shaxslar oldida, shu jumladan xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar oldida Jamg‘armaning manfaatlarini ifodalaydi.
Jamg‘arma faoliyatiga aloqador yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzadi, Jamg‘arma nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi;