O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining
BUYRUG‘I
BUDJET MABLAG‘LARI TAQSIMLOVChI (OLUVChI)LARNING ShAXSIY HISOBVARAQLARINI OChISh VA YoPISh BO‘YIChA VAQTINChALIK QOIDALARNI TASDIQLASh HAQIDAGI BUYRUQQA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 25-oktabrda 1600-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2007-yil 17-oktabrdagi 93-son “Budjetdan mablag‘ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligida va uning hududiy bo‘linmalarida yuritish Qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1746, 05.12.2007-y.) bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat budjeti g‘aznachilik ijrosi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 52-son, 386-modda) 18-bandiga asosan buyuraman:
1. Budjet mablag‘lari taqsimlovchi (oluvchi)larning shaxsiy hisobvaraqlarini ochish va yopish bo‘yicha vaqtinchalik qoidalarni tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2006-yil 27-iyundagi 59-son buyrug‘iga (2006-yil 24-iyul, ro‘yxat raqami 1600 — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 30-son, 297-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 18-oktabr,
89-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 43-44-son, 431-modda)