05.05.1994 yildagi 1038-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘ZBEKISTON QAHRAMONI” UNVONINI BELGILASh VA OLIY NIShON — “OLTIN YuLDUZ” MEDALINI TA’SIS ETISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni belgilansin va oliy nishon — “Oltin Yulduz” medali ta’sis etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oltin Yulduz” medalining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 5-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1038-XII-son

1994-yil 5-mayda qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan
TASDIQLANGAN

“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1. “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni oliy darajadagi mukofot bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga davlat va xalq oldidagi qahramonona jasorat ko‘rsatish bilan bog‘liq xizmatlari uchun beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni ayrim hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslarga ham berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi. Unvon berish to‘g‘risidagi Farmon matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “O‘zbekiston Qahramoni” unvonini berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar va idoralar rahbarlarining hamda jamoat birlashmalari respublika organlarining taqdimnomasiga binoan amalga oshiriladi.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan shaxsga “Oltin Yulduz” medali va unvon berilganligi to‘g‘risidagi tegishli hujjat topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oltin Yulduz” medalini tantanali va keng oshkoralik vaziyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki uning nomidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri topshiradi.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan shaxslar oylik ish haqiga yoki pensiyaga qo‘shimcha ravishda bazaviy hisoblash miqdorida oy sayin to‘lanadigan ustama mukofot oladilar.
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat passajir transportining barcha turlarida (taksidan va boshqa transport turlarining buyurtma reyslaridan tashqari) tekinga yurish huquqiga egadirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan shaxslar qonunchilikda belgilab qo‘yiladigan boshqa imtiyozlardan ham foydalanadilar.
(6-moddasi uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oltin Yulduz” medali ko‘krakning chap tomoniga orden va medallardan yuqoriroqqa taqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “O‘zbekiston Qahramoni” unvonini takroran berish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni vafotidan keyin berilgan taqdirda “Oltin Yulduz” medali va unvon berilganligi to‘g‘risidagi hujjat mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 5-mayda qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“oltin yulduz” medalining tavsifi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oltin Yulduz” medali 585 darajali (probali) oltin qotishmasidan tayyorlanadi va old tomonida har bir qirrasining ikki yonbag‘ridan oltin nurlar taralgan sakkiz qirrali yulduz shaklida bo‘ladi. Yulduzning qarama-qarshi joylashgan uchlarining orasi 32 millimetr. Medal markazidagi diametri 8 millimetrli sathga jo bo‘lgan doira ichida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining ramziga monand yarim oy va besh qirrali yulduz joylashgan. Yarim oy jo bo‘lgan sath aylanasining diametri 6 millimetr, besh qirrali yulduz jo bo‘lgan sath aylanasining diametri esa 3 millimetrdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Medalning orqa tomoni markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi joylashgan. Gerbning pastidagi nurga medalning raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Medal yonlari o‘yiq to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida ishlangan, o‘lchami 16x25 millimetrli kumush qadag‘ich (kolodka)ga kumushdan ishlangan ilmoqcha va halqa yordamida ulanadi. Qadag‘ichning qismlari va halqa 0,25 mikron qalinlikdagi tilla bilan qoplangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qadag‘ichning ichki qismi respublika Davlat bayrog‘ining rangidagi yo‘l-yo‘l zardo‘zi mato (lenta) bilan qoplangan. Matoning kattaligi 11x20 millimetr.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qadag‘ichning orqa tomonida taqma to‘g‘nog‘ich bor.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Medal og‘irligi 12,5 gramm
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 113-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 141-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)