1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ommaviy axborot vositalari. Noshirlik faoliyati.]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISh TARTIBINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1017-sonli “Ommaviy axborot va kommunikatsiyalar sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”, “Axborot olish prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, shuningdek ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish, ularning mustaqil rivojlanishi uchun kafolatlar yaratish, axborot olish erkinligi prinsiplariga rioya etilishini ta’minlash, har bir kishining axborotni erkin va to‘sqinliksiz tarqatish va undan foydalanish huquqini ro‘yobga chiqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (B. Alimov) uch oy muddatda ommaviy axborot vositalarining ta’sis hujjatlarini xatlovdan o‘tkazsin, ularni amaldagi qonun hujjatlariga va ilova qilinayotgan O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” 2003-yil 30-sentabrdagi 418-son qarori va unga ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 93-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 11-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
214-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-oktabrdagi 214-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ommaviy axborot vositasi deyilganda ommaviy axborotni davriy tarqatishning doimiy nomga ega bo‘lgan hamda bosma tarzda (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar va boshqalar) va (yoki) elektron tarzda (tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar, umumfoydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlaridagi veb-saytlar) olti oyda kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan (bundan buyon matnda chiqariladigan deb yuritiladi) shakli hamda axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ommaviy axborot vositalariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davriy bosma nashrlar (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, almanaxlar va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar, axborot agentliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlari Internet global tarmog‘i orqali tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, almanaxlar, tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosan bolalar, o‘smirlar, nogironlar uchun mo‘ljallangan, shuningdek ta’lim va madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, almanaxlar, tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama xususiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositalari (reklama tarqatishga ixtisoslashgan gazetalar, jurnallar, bukletlar, tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalarining boshqa turlari (elektron tarzda tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari mahsulotlari va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositalari mahsuloti deyilganda davriy bosma nashrning alohida soni, adadi yoki adadining bir qismi, yoxud tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlarning va ommaviy axborotni davriy tarqatish boshqa elektron turlarining alohida soni tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositasi tahririyati deyilganda ommaviy axborot vositasini chiqaruvchi yuridik shaxs yoki yuridik shaxsning tarkibiy bo‘linmasi tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reklama xususiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositasi deyilganda davriy bosma nashr alohida soni hajmining 40 foizidan, tele-, radio dasturlarda eshittirish va ko‘rsatuv har bir soatining 10 foizidan ko‘prog‘ini reklama xabarlari tashkil qiladigan ommaviy axborot vositasi tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositalari muassislari deyilganda ommaviy axborot vositasini ta’sis etgan, uni yaratish va chiqarish vazifalarini o‘z zimmasiga olgan, shuningdek tahririyatni tashkil etgan O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi tushuniladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 2-apreldagi 68-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 14-son, 141-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ommaviy axborot vositalari ushbu Nizomning 10-bandiga muvofiq O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot va axborot agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ deb yuritiladi) tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ommaviy axborot vositalarini (mahsulotlari global Internet tarmog‘i orqali tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari bundan mustasno) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun muassis yoki uning tomonidan vakil qilingan shaxs ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga 1-ilovaga muvofiq shaklda ariza beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlari global Internet tarmog‘i orqali tarqatiladigan ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun muassis yoki uning tomonidan vakil qilingan shaxs ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga 2-ilovaga muvofiq shaklda ariza beradi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 2-apreldagi 68-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 14-son, 141-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahririyat to‘g‘risidagi nizomning nusxasi — ommaviy axborot vositasi tahririyati yuridik shaxs bo‘lmagan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat bojining belgilangan miqdori to‘langanligi to‘g‘risida bankning to‘lov hujjati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, davlat bojining belgilangan miqdori to‘langanligi to‘g‘risida bankning to‘lov hujjati bundan mustasno.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ommaviy axborot vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq stavkalar bo‘yicha davlat boji undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot va axborot agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmalari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun ushbu Nizomga 3-ilovada ko‘rsatilgan davlat bojining 70 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi va qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganligi uchun undiriladigan davlat bojining 50 foizi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ hisob raqamiga, qolgan qismi — O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ommaviy axborot vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza ariza ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan ko‘rib chiqilgunga qadar qaytarib olingan taqdirda muassis to‘langan davlat boji summasini o‘n kun mobaynida qaytarib olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan taqdirda to‘langan davlat boji summasi qaytarilmaydi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Hujjatlar muassis yoki uning vakolatli shaxsi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga bevosita yoxud olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning mas’ul xodimi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ hujjatlar olingandan keyin uch kun muddatda ularning nusxalarini O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markaziga yuboradi, Markaz o‘z navbatida o‘n kun muddatda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ommaviy axborot vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuzasidan xulosa berishi shart.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ariza bilan birga barcha zarur hujjatlar olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq Sxemaga binoan ko‘rib chiqiladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 2-apreldagi 68-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 14-son, 141-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy qismi O‘zbekiston Respublikasining butun hududida, uning tashqarisida, ikki yoki undan ko‘p viloyatlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri) hududlarida tarqatish uchun mo‘ljallangan davriy bosma nashrlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiyaning qaroriga muvofiq — tele-, radiodasturlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot agentliklarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlari elektron tarzda tarqatiladigan boshqa ommaviy axborot vositalari turlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot va axborot agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmalari asosiy qismi bitta viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri) hududida tarqatish uchun mo‘ljallangan davriy bosma nashrlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi O‘zbekiston Respublikasi Ommaviy axborot vositalarining yagona reyestrini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ommaviy axborot vositasi uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma berilgandan keyin davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ommaviy axborot vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish ommaviy axborot vositasi ta’sis hujjatlariga, shuningdek muassis to‘g‘risidagi ma’lumotlar va hujjatlarga, nomiga, tiliga, turiga, maqsad va vazifalariga hamda ommaviy axborot vositasi ixtisoslashuviga o‘zgartirish kiritilganda amalga oshiriladi. Qolgan hollarda muassis yoki tahririyat bir oy muddatda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni yozma ravishda xabardor qilishlari kerak.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 2-apreldagi 68-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 14-son, 141-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma o‘rniga muassisning arizasiga ko‘ra uning dublikati berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ommaviy axborot vositalari qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganligi uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda nazarda tutilgan davlat boji summasining ellik foizi miqdorida davlat boji undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma dublikati berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davriy bosma nashrlar ilovalar bilan chiqarilishi mumkin. Bunda ilovalarda ular ilovasi bo‘lgan asosiy davriy bosma nashrning nomi ko‘rsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davriy bosma nashrning alohida nomga ega bo‘lgan ilovalariga mustaqil ommaviy axborot vositasi sifatida qaraladi va ular umumiy asoslarda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda va qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi xulosasini hisobga oladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ijobiy qaror chiqarilgan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ qaror qabul qilingandan keyin bir hafta muddatda ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ommaviy axborot vositasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtiradi va beradi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 2-apreldagi 68-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 14-son, 141-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan hollarda rad etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ommaviy axborot vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ qaror qabul qilingandan keyin o‘n kun mobaynida ariza beruvchiga rad etish sabablari hamda ariza beruvchi ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma bildirishnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni qayta ko‘rib chiqishda ilgari davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ barcha hujjatlar bilan birga ariza olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda hujjatlarni qayta ko‘rib chiqadi. Ariza qayta ko‘rib chiqilganligi uchun davlat boji undirilmaydi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning ommaviy axborot vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ommaviy axborot vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish, guvohnomani haqiqiy emas deb hisoblash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ommaviy axborot vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish, guvohnomani haqiqiy emas deb hisoblash “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasdan axborot tarqatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan faqat ularning rasmiy xabarlari va materiallarini, normativ-huquqiy hujjatlarini e’lon qilish uchun ta’sis etiladigan ommaviy axborot vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona, muassasa, tashkilot (shu jumladan o‘quv va ilmiy muassasa)ning o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun tiraji yuz nusxagacha bo‘lgan davriy bosma nashrlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarqatilishi bir korxona, muassasa, tashkilot (shu jumladan o‘quv va ilmiy muassasa)ning binosi va (yoki) hududi bilan cheklangan kabel tarmoqlar orqali uzatiladigan tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar, audiovizual xabarlar va materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab qilinmaydi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 2-apreldagi 68-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 14-son, 141-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Davriy bosma nashrlar shaklida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ommaviy axborot vositalari tahririyatlari noshirlar bilan tuziladigan shartnomalarda o‘z mahsuloti majburiy nazorat nusxalarining ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq boshqa tashkilotlar va muassasalarga yuborilishini nazarda tutishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ushbu Nizomni buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ______________ tomonidan
Ariza
“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2006-yil 11-oktabrdagi 214-son qaroriga muvofiq “__________________”ni ommaviy axborot vositasi (keyingi o‘rinlarda OAV deb ataladi) sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishingizni so‘rayman.
Muassis yoki tahririyat boshqa qaysi ommaviy axborot vositalariga muassis, ishonchli boshqaruvchi, noshir, tarqatuvchi (barcha affillangan shaxslar va har bir shaxsning tahririyat ustav fondidagi ulushi miqdorlari ko‘rsatilgan holda) hisoblanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi lozim. Agar bunday holat bo‘lmasa boshqa ommaviy axborot vositalari faoliyatida ishtirok etmasligi ko‘rsatilishi kerak.
Muassis (Rahbar lavozimi)
___________ (imzo)
_______________________________ (F.I.Sh.)
(muhr o‘rni)
________________________ (imzolangan sana)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ______________ tomonidan
Ariza
“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2006-yil 11-oktabrdagi 214-son qaroriga muvofiq umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlaridagi “______________” veb-sayt (portal)ni ommaviy axborot vositasi (keyingi o‘rinlarda OAV deb ataladi) sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishingizni so‘rayman.
Muassis yoki tahririyat boshqa qaysi ommaviy axborot vositalariga muassis, ishonchli boshqaruvchi, noshir, tarqatuvchi (barcha affillangan shaxslar va har bir shaxsning tahririyat ustav fondidagi ulushi miqdorlari ko‘rsatilgan holda) hisoblanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi lozim. Agar bunday holat bo‘lmasa boshqa ommaviy axborot vositalari faoliyatida ishtirok etmasligi ko‘rsatilishi kerak.
Muassis (Rahbar lavozimi)
___________ (imzo)
_______________________________ (F.I.Sh.)
(muhr o‘rni)
________________________ (imzolangan sana)
(nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 2-apreldagi 68-son qarori asosida 1, 2-ilovalar bilan to‘ldirildi — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 14-son, 141-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun davlat boji stavkalari
(3-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositasi turi
Davlat boji miqdori
Davriy bosma nashrlar (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, almanaxlar va boshqalar)
Eng kam oylik ish haqining 12,5 baravari miqdorida
Tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar, axborot agentliklari
Eng kam oylik ish haqining 15 baravari miqdorida
Mahsulotlari Internet global tarmog‘i orqali tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, almanaxlar, tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar va boshqalar)
Eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida
Asosan bolalar, o‘smirlar, nogironlar uchun mo‘ljallangan, shuningdek ta’lim va madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, almanaxlar, tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar va boshqalar)
Eng kam oylik ish haqining 2,5 baravari miqdorida
Reklama xususiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositalari (reklamaga ixtisoslashgan gazetalar, jurnallar, bukletlar, tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar va boshqalar)
Eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdorida
Ommaviy axborot vositalarining boshqa turlari (elektron tarzda tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari mahsulotlari va boshqalar)
Eng kam oylik ish haqining 12,5 baravari miqdorida
(3-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 2-apreldagi 68-son qarori bilan 4-ilova hisoblangan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 14-son, 141-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sxemasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ILOVA
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 2-apreldagi 68-son qarori bilan 5-ilova hisoblangan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 14-son, 141-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi
Ommaviy axborot vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida
GUVOHNOMA
№ _____
Nomi ______________________________________________________________________________
Tarqatish shakli _____________________________________________________________________
Tahririyat manzili ___________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________
Tarqatish hududi _____________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________
Ushbu guvohnoma “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq berilgan.
O‘zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy, ma’muriy, intizomiy va boshqa javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-oktabrdagi 214-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda ma’lumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“teleradioeshittirish va telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalangan holda ma’lumotlar uzatishga maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar)ni rasmiylashtirish ishlarini tashkil etish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda teleradiodasturlarni ommaviy axborot vositalari sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va ularni Yagona davlat reyestriga kiritadi”;

“litsenziya bitimlari shartlariga va elektron ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda teleradiodasturlarni ommaviy axborot vositalari sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va ularni Yagona davlat reyestriga kiritadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Faoliyat turiga litsenziya olish uchun xo‘jalik yurituvchi subyekt Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiya huzuridagi ishchi guruhga litsenziya olish uchun qonun hujjatlarida belgilangan ro‘yxat bo‘yicha hujjatlarni topshiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-banddagi “O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-banddagi “O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bandning birinchi xatboshidagi “bir hafta muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma beradi va davlat reyestriga kiritadi” so‘zlari “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va uni davlat reyestriga kiritadi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9 va 10-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Teleradioeshittirish sohasida chastota spektridan samarali foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 20-dekabrdagi 592-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 12-son, 109-modda) bilan tasdiqlangan Radiochastotalarni tanlov yo‘li bilan taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“22. Imzolangan protokol asosida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tadbirlar” ustuni beshinchi pozitsiyasining 1-bandi matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston matbuot va axborot agentligiga ommaviy axborot vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda murojaat qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bajarish muddatlari” ustunining beshinchi pozitsiyasidagi “5 kun mobaynida” so‘zlari “g‘olibning ixtiyoriga ko‘ra” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tadbirlar” ustuni oltinchi pozitsiyasining 1-bandi matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bajarish muddatlari” ustunining oltinchi pozitsiyasidagi 1 bandidagi “uch kun muddatda” so‘zlari “bir oy muddatda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Matbuot, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qaroriga 6-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 46-modda) 1-bandi “e” kichik bandining oltinchi va yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 415-modda; 2007-y., 14-son, 141-modda; 2009-y., 10-11-son, 115-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2013-y., 34-son, 458-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda, 26-son, 338-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)