Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2007-YILGI INVESTITSIYa DASTURI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Iqtisodiyotda tarkibiy oʻzgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsiya faoliyatini jadallashtirish, modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirishga xorijiy investitsiyalarni, eng avvalo toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni keng jalb etish va ulardan samarali foydalanish, yangi ish oʻrinlari yaratish va shu asosida respublika iqtisodiyotini barqaror va bir maromda rivojlanishini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik subyektlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi Investitsiya dasturining asosiy parametrlari 1 va 2-ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.
* 1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
2. Quyidagilar tasdiqlansin:
davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 2007-yilgi markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari 3-ilovaga* muvofiq;
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
budjetdan tashqari Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2007-yilgi markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari 4-ilovaga* muvofiq;
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
budjetdan tashqari Respublika maktab taʼlimi jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2007-yilgi markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari 5-ilovaga* muvofiq;
* 5-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Taraqqiyot va tiklanish jamgʻarmasi mablagʻlarini jalb etgan holda amalga oshiriladigan 2007-yilgi investitsiya loyihalarining manzilli dasturi 6-ilovaga* muvofiq;
* 6-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
korxonalarning mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan 2007-yilgi yirik investitsiya loyihalarining manzilli qurilishlar roʻyxati 7-ilovaga* muvofiq;
* 7-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati bilan xorijiy kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan 2007-yilgi investitsiya loyihalarining manzilli dasturi 8-ilovaga* muvofiq.
* 8-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
3. Quyidagilar maʼqullansin:
xoʻjalik subyektlari va Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kasb-hunar kollejlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha 2007-yilgi manzilli roʻyxati 9-ilovaga* muvofiq;
* 9-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan 2007-yilgi investitsiya loyihalarining manzilli dasturi 10-ilovaga* muvofiq;
* 10-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
ustuvor investitsiya takliflarining yigʻma roʻyxati 11-ilovaga* muvofiq.
* 11-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar — buyurtmachilar:
oʻn kun muddatda davlat budjeti, budjetdan tashqari Respublika yoʻl fondi, Maktab taʼlimi jamgʻarmasi va Oʻzbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha 2007-yilgi qurilishlarining dastlabki manzilli roʻyxatini kelishib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligiga taqdim etsin;
2006-yilning 15-noyabrigacha Oʻzbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish bilan birgalikda 2007-yilda yangi boshlanadigan qurilishlar boʻyicha pudrat ishlariga tanlov savdolarini oʻtkazishni taʼminlasin;
2006-yilning 1-dekabrigacha pudratchi tashkilotlar bilan birgalikda belgilangan tartibda yildan-yilga oʻtkaziladigan obyektlarning 2007-yil 1-yanvar holatiga koʻra qoldiq narxini qayta hisob-kitob qilsin;
2006-yilning 1-dekabrigacha 2007-yilgi qurilishlarning uzil-kesil manzilli roʻyxatlarini kelishib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligiga taqdim etsinlar;
tanlov savdolarining natijalari tasdiqlangandan soʻng oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy organlariga, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi banklarga moliyalashni ochish maqsadida taqdim qilish uchun yangidan boshlanadigan obyektlar boʻyicha pudrat shartnomalari tuzilishini taʼminlasinlar va qurilishlarning titul roʻyxatlarini tasdiqlasinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda, buyurtmachi tomonidan belgilangan muddatlarda taqdim etilgandan soʻng, davlat budjeti, budjetdan tashqari Respublika yoʻl fondi, Maktab taʼlimi jamgʻarmasi va Oʻzbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha 2007-yilgi qurilishlarning yakuniy manzilli roʻyxatini kelishib olsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2006-yil yakunlari boʻyicha 2006-yilgi Investitsiya dasturining amalga oshirilishi natijalarini tanqidiy koʻrib chiqsin, zarurat tugʻilganda 2007-yilgi Investitsiya dasturining asosiy parametrlarini aniqlashtirsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi:
loyiha va qurilish-montaj ishlarining sifati, shahar qurilishi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari, qoida va standartlariga investitsiya loyihalari amalga oshiriladigan davr mobaynida rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirsin;
tanlov savdolari natijalari boʻyicha tuzilgan shartnoma majburiyatlari ijrosi monitoringi, shuningdek markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishi muddatlari va shartnoma majburiyatlari bajarilishi ustidan nazorat amalga oshirilishini taʼminlasin.
2007-yilning har choragi yakunlari boʻyicha monitoring natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berib turilsin.
8. Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi yirik va muhim strategik investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengashga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining qoʻshma taqdimnomasi boʻyicha 2007-yil mobaynida tasdiqlangan Investitsiya dasturining umumiy parametrlari doirasida investitsiya loyihalarining manzilli dasturiga va ayrim buyurtmachilar boʻyicha kapital mablagʻlar limitlariga aniqliklar kiritish, shu jumladan investitsiya loyihalarini yigʻma roʻyxatdan manzilli dastur qismiga yoki manzilli dasturdan yigʻma roʻyxatga oʻtkazish huquqi;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda oʻtkazilgan tanlov savdolari hamda ayrim qurilish va obyektlar boʻyicha mablagʻlarning amalda oʻzlashtirilishini hisobga olgan holda tasdiqlangan limitlar doirasida buyurtmachilar qurilishlarining manzilli roʻyxatiga oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
9. Belgilansinki, markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hisobidan bajariladigan investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayonida loyiha va/yoki ekspert tashkilotining aybi bilan yoʻl qoʻyilgan qoʻshimcha ish hajmi va xarajatlar aniqlangan taqdirda mazkur loyihani ishlab chiqish va/yoki ekspertizadan oʻtkazish uchun toʻlangan pulning hammasi ana shu tashkilotlardan davlat budjeti daromadiga olib qoʻyilishi lozim.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda markazlashtirilgan manbalar hisobidan amalga oshiriladigan kapital qurilishda narxlarning shakllantirilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi 11-ilovaga kiritilgan investitsiya loyihalarning tashabbuskorlari bilan birgalikda ularni amalga oshirish uchun potensial investorlarni tanlov asosida jalb etishni tashkil etsin.
12. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va N.M. Xanov zimmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 9-oktabr,
PQ-484-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 411-modda)