O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING
Qarori
AKADEMIK LITSEY VA KASB-HUNAR KOLLEJLARI DIREKTOR O‘RINBOSARLARI, PEDAGOG VA MUHANDIS-PEDAGOG KADRLARI ATTESTATSIYASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 3-oktabrda 1462-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 25-avgustdagi 38, 35/QQ, 01-276-sonli “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1847, 29.08.2008-y.) bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Attestatsiya jarayonida to‘plangan tajribalarni inobatga olgan holda qaror qilamiz:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklarining 2005-yil 24-martdagi 05/Q, 01-77 va 01/1185-sonli qarori bilan tasdiqlangan Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktor o‘rinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagog kadrlari attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomga (2005-yil 28-mart, ro‘yxat raqami 1462 — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil 12-13-son, 97-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiritilsin.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’lim markazi direktori A. KARIMOV
ta’lim markazi direktori A. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 26-sentabr,
34/QB-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi
direktori B. ISMOILOV
direktori B. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2006-yil 26-sentabr,
01-293-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
vaziri v.b. A. XAITOV
vaziri v.b. A. XAITOV
Toshkent sh.,
2006-yil 26-sentabr,
11 / 3008-son
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
markazi, Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Davlat test markazi,
Mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish vazirligining
2006-yil 26-sentabrdagi
34/QB, 01-293, 11/3008-sonli qaroriga
ILOVA
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
markazi, Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Davlat test markazi,
Mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish vazirligining
2006-yil 26-sentabrdagi
34/QB, 01-293, 11/3008-sonli qaroriga
ILOVA
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktor o‘rinbosarlari,
pedagog va muhandis-pedagog kadrlari attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomga
kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
pedagog va muhandis-pedagog kadrlari attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomga
kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Nizomning 5-bandi quyidagi tahrirdagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Attestatsiya jarayonida mahalliy hokimiyat va jamoatchilik tashkilotlari vakillari, kasaba uyushma xodimlari ovoz berish huquqiga ega bo‘lmagan holda, kuzatuvchi sifatida ishtirok etishlari mumkin.”.
2. Nizomning 16-bandi uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“mansab vazifalarida belgilangan masalalar bo‘yicha test sinovi va suhbatdan o‘tkaziladi. Suhbat jarayonida berilgan savol va javoblar maxsus (sahifalangan, bog‘langan, muhrlangan) jurnalda qayd etiladi.”.
3. Nizomning 18-bandi uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“pedagog kadrlar o‘z mutaxassisligi, lavozim vazifalari va me’yoriy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha malaka sinovi (test, yozma yoki ijodiy ish) va suhbatdan o‘tkaziladi. Suhbat jarayonida berilgan savol va javoblar maxsus (sahifalangan, bog‘langan, muhrlangan) jurnalda qayd etiladi.”.
4. Nizomning 19-bandi birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Attestatsiya komissiyasi direktor o‘rinbosari va pedagoglar faoliyati haqidagi ma’lumotlar, malaka sinovi (test, yozma yoki ijodiy ish) va suhbat natijalari asosida umumiy xulosani qabul qiladi.”.
5. Nizomning 20-bandi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Komissiya attestatsiya natijalariga ko‘ra:
direktor o‘rinbosarlari haqida “Attestatsiyadan o‘tdi” yoki “Attestatsiyadan o‘tmadi”;
pedagoglar haqida “Attestatsiyadan o‘tdi”, “Attestatsiyadan shartli o‘tdi” yoki “Attestatsiyadan o‘tmadi” deb xulosa chiqaradi.”.
6. Nizomning 22-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Attestatsiyadan shartli o‘tdi” deb e’tirof etilgan pedagoglar kamida 6 oydan so‘ng qayta attestatsiyadan o‘tkaziladi.”.
7. Nizomning 29-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Direktor o‘rinbosari va pedagoglar attestatsiyasi to‘g‘risidagi mehnat nizolari qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.”.
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 40-son, 402-modda)