O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASINING
Qarori
TASDIQLANGAN MAHALLIYLAShTIRISh DASTURI LOYIHALARI AMALGA OShIRILAYOTGAN KORXONALAR TOMONIDAN SOLIQ VA BOJXONA IMTIYOZLARINI QO‘LLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 24-avgustda 1619-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2008-yil 26-avgustdagi 90, 2008-32, 01-02/8-51-sonli “Tasdiqlangan mahalliylashtirish dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori(ro‘yxat raqami 1857, 19.09.2008-y.) bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 22-iyundagi “2006—2008-yillarda mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi to‘g‘risida”gi PQ-386-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 25-26-son, 230-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Ilova* qilinayotgan Tasdiqlangan mahalliylashtirish Dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom (yangi tahrirda) tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2004-yil 6-fevralda 28, 2004-19, 01-02/8-13-son bilan tasdiqlangan “Tasdiqlangan mahalliylashtirish Dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (2004-yil 23-fevral, ro‘yxat raqami 1315 — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 8-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 18-avgust,
75-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 18-avgust,
2006-36-son
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 18-avgust,
01-02/8-16-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 34-35-son, 353-modda)