Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.07.2017 17.08.2006 yildagi PQ-445-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.07.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON “O‘ZKOMMUNXIZMAT” AGENTLIGI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh VA KOMMUNAL XO‘JALIK KORXONALARINI MOLIYAVIY SOG‘LOMLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Ko‘chirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5118-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘ztransgaz” aksionerlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 8-avgustdagi PQ–438-sonli qaroriga muvofiq hamda O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish, kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirishni ta’minlash, kommunal xizmatlar uchun tariflarning asossiz o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligining Mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish Bosh direksiyasini tugatish va uning tarkibiga kiruvchi mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmalarini bevosita O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligiga bo‘ysundirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning umumiy soni 37 birlik, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 29 birlikdan iborat bo‘lgan O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligining tashkiliy tuzilmasi va markaziy apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, zamonaviy talablarga javob beradigan qonunchilik va normativ-huquqiy bazani shakllantirish bo‘yicha davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida raqobat muhitini yaratishga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida yagona texnikaviy siyosatni o‘tkazish, kommunal tarmoqlar va korxonalarni rivojlantirish, texnik qayta jihozlash va modernizatsiyalashga investitsiyalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashish, ilg‘or zamonaviy texnologiyalar, mashina va uskunalarni tatbiq etish, suv va issiqlik energiyasini sotish hamda iste’mol qilish bo‘yicha hisoblagichlar va nazorat asbob-uskunalari bilan jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqalararo suv quvurlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ulardan samarali foydalanish, ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash, kommunal xo‘jalik tizimida tarmoqlar hamda asbob-uskunalarni kapital va joriy ta’mirlashni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2007-yilning 1-yanvaridan respublikaning issiqlik va suv ta’minoti korxonalari uch yil muddatga asosiy fondlarni har yili qayta baholashni o‘tkazishdan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining suv va issiqlik ta’minoti korxonalaridan tabiiy monopoliyalar, iste’molchilar huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini, monopoliyaga qarshi va soliq qonun hujjatlarini buzganligi uchun 5-6 ilovalarga* muvofiq jarima sanksiyalari summasini 2006-yil 1-aprel holatiga ko‘ra hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi taklifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekenergo” DAK va “O‘zbekneftgaz” MXKning suv va issiqlik ta’minoti korxonalarining elektr energiya, tabiiy gaz, mazut va issiqlik energiyasi bo‘yicha to‘lash muddati o‘tgan qarzlari penyasini 2006-yil 1-aprel holatiga ko‘ra 7-8 ilovalarga* muvofiq hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 5—8-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, suv va issiqlik ta’minoti korxonalari mazkur qarorda qabul qilingan moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari munosabati bilan bo‘shagan mablag‘larni kommunal xo‘jalik tizimidagi tarmoqlar va asbob-uskunalarni kapital va joriy ta’mirlashga yo‘naltirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralarning me’yoriy hujjatlari mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 17-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-445-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 34-35-son, 340-modda)