O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN FRANSIYA RESPUBLIKASI HUKUMATI O‘RTASIDAGI MOLIYAVIY PROTOKOL DOIRASIDAGI QARZ MABLAG‘LARIDAN SAMARALI FOYDALANISh ChORA - TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Respublika aholisini toza ichimlik suv bilan ta’minlash bo‘yicha O‘zbekistonni iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor dasturlarini amalga oshirish va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Fransiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida 1998-yil 9-apreldagi Moliyaviy Protokolni bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Fransiya Respublikasi Hukumati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida 1-ilova*ga muvofiq loyihalarni amalga oshirish uchun Fransiya asbob-uskunalarini sotib olish va xizmatlardan foydalanishga 35 yil muddatga, shu jumladan 10 yil imtiyozli davrga, yillik stavkasi 4 foiz bo‘lgan 48 mln Fransiya franki miqdorida Fransiya G‘aznasi krediti berilishi to‘g‘risida Moliyaviy Protokol imzolanganligi;
* 1-ilova berilmaydi.
Moliyaviy Protokolni bajarish bilan bog‘lik qarz mablag‘laridan O‘zbekiston Respublikasida undiriladigan soliqlar va bojlarni to‘lash uchun foydalanish mumkin emasligi;
Moliyaviy Protokol shartlariga muvofiq qarzning asosiy miqdorini qaytarish, foizlar to‘lash va Protokolni bajarish doirasida amalga oshiriladigan boshqa ajratmalar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlardan ozod qilinishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Fransiya Hukumati nomidan va uning topshirig‘i bo‘yicha ish ko‘ruvchi Nateksis (Natexis) banki bilan qarz berish to‘g‘risidagi Bitimni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin.
3. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi ushbu ishga “O‘zkommunxizmat” agentligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Samarqand viloyati hokimligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarni jalb qilgan holda Fransiya Respublikasi Hukumati kredit liniyasi hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadigan loyihalarning amalga oshirilishi uchun mas’ul tashkilot etib;
(3-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
“Samarqand shahrida ichimlik suv ishlab chiqarishni ko‘paytirish, zamonaviylashtirish va taqsimlash” va “Mo‘ynoq shahri aholisining ichimlik suv ta’minoti uchun suvni tozalash qurilmasi o‘rnatish” loyihalari bo‘yicha - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Samarqand viloyati hokimligining hududiy-kommunal birlashmalari, “Janubiy (Mirzacho‘l) kanalni zamonaviylashtirish - II bosqich” loyihasi bo‘yicha — Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi buyurtmachilar etib belgilansin.
4. Belgilansinki:
ko‘rsatib o‘tilgan obyektlar qurilishi davrida xarajatlarning mahalliy ulushini mablag‘ bilan ta’minlash va olingan kreditlar bo‘yicha foizlarni to‘lash Investitsiya dasturida nazarda tutiladigan kapital qo‘yilmalarni mablag‘ bilan ta’minlashga ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
qurilish tugallangandan keyin asosiy qarzni, olingan kreditlar bo‘yicha foizlarni va boshqa moliyaviy xarajatlarni to‘lash qarz berish to‘g‘risidagi Bitim shartlarida belgilangan muddatlarda “Suvoqova” Samarqand viloyati ishlab chiqarish boshqarmasi, “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi va “Tuyamo‘yin-Nukus” mintaqalararo suv quvuridan foydalanish boshqarmasining o‘z mablag‘lari, yetishmaydigan qismi — mahalliy budjet mablag‘lari hisobiga, “Janubiy (Mirzacho‘l) kanalni zamonaviylashtirish — II bosqich” loyihasi bo‘yicha esa — davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
(4-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-apreldagi 109-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 16-son, 202-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-apreldagi 109-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2009-y., 16-son, 202-modda)
5. Ko‘rsatib o‘tilgan obyektlar bo‘yicha Fransiya Respublikasi Hukumati kreditini qaytarishning prognoz jadvallariga 2, 3, 4-ilovalar*ga muvofiq rozilik berilsin.
*2, 3, 4-ilovalar berilmaydi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-sentabrdagi 429-f-son farmoyishi bilan “Samarqand shahrida ichimlik suv ishlab chiqarishni ko‘paytirish, zamonaviylashtirish va taqsimlash” va “Mo‘ynoq shahri aholisining ichimlik suv ta’minoti uchun suvni tozalash qurilmasi o‘rnatish” loyihalari bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslar tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi “Janubiy (Mirzacho‘l) kanalni zamonaviylashtirish - II bosqich” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ikki hafta muddatda puxta ishlab chiqsin hamda uni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tasdig‘iga kiritsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Moliyaviy protokol doirasida mablag‘ bilan ta’minlanadigan kontraktlarning ularni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlasin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zkommunxizmat” agentligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi buyurtmanomalari bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zkommunxizmat” agentligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi buyurtmanomalari bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berilishini va ularning uzaytirilishini, shuningdek vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishni va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishni uzaytirishni davlat boji to‘lashdan ozod qilgan holda ta’minlasin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
11. Fransiya Respublikasi Hukumatining kredit liniyasi hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan asbob-uskunalar va moddiy resurslar boj to‘lashdan ozod qilinsin (boj yig‘imlari bundan mustasno).
12. Ko‘rsatib o‘tilgan loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislar va tashkilotlarga yashaganligi va transportning barcha turlarida yurganligi, kommunal xizmatlar va binolar ijarasi uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar bo‘yicha haq to‘lash huquqi berilsin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari B.S. Hamidov va B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 17-iyun,
305-son