O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MEHNATGA HAQ TO‘LAShNING YaGONA TARIF SETKASINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-oktabrdagi 218-sonli “Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2006-yilning 1-iyulidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida” 2006-yil 9-iyundagi PF-3761-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda ish haqining rag‘batlantiruvchi ahamiyatini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2006-yil 1-iyuldan boshlab boshlang‘ich razryadning oyiga 10800 so‘m miqdorida belgilangan eng kam oylik ish haqi tarif stavkasi mehnatga haq to‘lashning Yagona tarif setkasiga asos qilib olinsin va yangi tarif koeffitsiyentlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-iyuldagi 309-son qarori 2006-yil 1-iyuldan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 20-iyun,
120-son
Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi
Mehnatga haq to‘lash razryadlari |
Tarif koeffitsiyentlari |
| 0 | 1,000 |
| 1 | 2,278 |
| 2 | 2,507 |
| 3 | 2,758 |
| 4 | 3,033 |
| 5 | 3,322 |
| 6 | 3,625 |
| 7 | 3,941 |
| 8 | 4,268 |
| 9 | 4,597 |
| 10 | 4,933 |
| 11 | 5,274 |
| 12 | 5,625 |
| 13 | 5,982 |
| 14 | 6,341 |
| 15 | 6,708 |
| 16 | 7,080 |
| 17 | 7,457 |
| 18 | 7,839 |
| 19 | 8,227 |
| 20 | 8,620 |
| 21 | 9,019 |
| 22 | 9,420 |
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 25-26-son, 233-modda)