O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
Qarori
YAGONA SOLIQNI HISOBLASh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 5-iyulda 1590-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2007-yil 28-fevraldagi 26-son va 2007-22-sonli “Yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1667, 28.03.2007-y.) bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 52-son, 386-modda) muvofiq qaror qiladi:
1. Ilova* qilinayotgan Yagona soliqni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olinganidan so‘ng o‘n kun muddat o‘tgach kuchga kiritilsin.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 25-may,
47-son
Davlat soliq qo‘mitasining raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 25-may,
2006-25-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 27-son, 254-modda)