07.06.2006 yildagi 109-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.2020
 LexUZ sharhi

4. Notarial idoralarning hamda shaharchalar, qishloqlar va ovullarning fuqarolar yig‘ini raislari (oqsoqollari) notarial ishlarni bajarganliklari uchun, shuningdek notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini berganlik uchun, mazkur organlarning bitishuvlar, arizalar loyihalarini tuzib berganliklari, hujjatlar va ulardan ko‘chirmalar tayyorlab berganliklari uchun:

a) uy-joylar qurish uchun muddatsiz foydalaniladigan yer maydonlari berilishi bilan bog‘liq bo‘lgan shartnomalarni tasdiqlaganlik uchuneng kam oylik ish haqining 15 foizi miqdorida
b) kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), shu jumladan xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), dala hovlilar, garajlar, boshqa binolar, inshootlar va imoratlarning oldi-sotdi, almashtirish, renta olish, umrbod ta’minlash sharti bilan boshqalarga berish va hadya qilish shartnomalarini:
— mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalariga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, tug‘ishgan aka-ukalari va opa-singillariga tasdiqlaganlik uchun1 kv. m. maydon uchun eng kam oylik ish haqining 0,5 foizi miqdorida
— boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga tasdiqlaganlik uchun 1 kv. m. maydon uchun eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida
— xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), uylar (uylarning bir qismi) kim oshdi savdosi orqali sotilganda shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun 1 kv. m. maydon uchun eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida
Izoh. Uy-joylar (uylarning bir qismi), kvartiralar (kvartiralarning bir qismi) va dala hovlilar uchun stavka turar joy maydonidan kelib chiqib hisoblab chiqiladi. Garajlar, boshqa binolar, inshootlar va imoratlar uchun stavka umumiy maydondan kelib chiqib hisoblab chiqiladi.
v) garov, kafillik shartnomalarini va mikromoliyalashtirishni hamda ipoteka kreditini amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun shartnoma summasining 0,1 foizi miqdorida
g) banklar bilan qarz oluvchilarning kredit bo‘yicha qarzdorlikni qarzdorning likvidli mol-mulki hisobiga qaytarish to‘g‘risidagi yozma bitimlarini (shartnomalarini) tasdiqlaganlik uchun eng kam oylik ish haqining yarmi miqdorida
d) baholanadigan boshqa shartnomalarni tasdiqlaganlik uchunshartnoma summasining 1,0 foizi miqdorida, biroq eng kam oylik ish haqining kamida 20 foizi miqdorida
e) mulkni bo‘lish shartnomalarini, kafillik shartnomalarini (ushbu bandning “v” kichik bandida ko‘rsatilgan hollardan tashqari) va baholanmaydigan boshqa bitishuvlarni tasdiqlaganlik uchun:
jismoniy shaxslar uchuneng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida
tomonlardan biri yuridik shaxs bo‘lgan taqdirda eng kam oylik ish haqining 25 foizi miqdorida
j) nikoh shartnomasini tasdiqlaganlik, unga o‘zgartirishlar kiritganlik yoki uning amal qilishini tugatganlik uchun eng kam oylik ish haqining 25 foizi miqdorida
z) vasiyatnomalarni tasdiqlaganlik uchuneng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida
i) merosga egalik huquqi haqida guvohnoma berganlik uchun:
— birinchi navbatdagi vorislargameros summasining 0,1 foizi miqdorida
— ikkinchi navbatdagi vorislargameros summasining 0,5 foizi miqdorida
— qolgan vorislargameros summasining 2 foizi miqdorida

Izoh. Uy-joylar (uylarning bir qismi), kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), shu jumladan xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), dala hovlilar, garajlar, boshqa binolar, inshootlar va imoratlarga meros huquqi haqida guvohnoma berishda meros tartibida o‘tayotgan meros qilinayotgan mol-mulk summasi merosxo‘rlik tayinlangan kunda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tegishli kadastr va ko‘chmas mulk xizmati tomonidan belgilangan baholash ma’lumotlari hisobga olingan holda belgilanadi.

k) mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar o‘rtasida, fuqarolar o‘rtasida, shuningdek fuqarolar, korxonalar va tashkilotlar o‘rtasida avtomototransport vositalarining oldi-sotdi, almashtirish, hadya etish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun quyidagi sxema bo‘yicha boj undiriladi:

Transport turi

Foydalanish muddatiga qarab:

3 yilgacha bo‘lganda

3 yildan ortiq bo‘lganda

7 yildan ortiq bo‘lganda

1. Har bir ot kuchi uchun davlat boji stavkasi:

a) yuk tashuvchi va yengil avtotransport, shu jumladan, avtobus, traktor, o‘zi yurar mashina uchun

eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida

eng kam oylik ish haqining 7 foizi miqdorida

eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida

b) chet elda ishlab chiqarilgan avtotransport uchun

eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida

eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida

eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida

2. Bitta mototransport, motokolyaska, motoqayiq uchun davlat boji stavkalari

eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida

eng kam oylik ish haqining 3 foizi miqdorida

eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida

Izoh. Almashtirish shartnomasini rasmiylashtirishda davlat boji shu bojning ko‘p summasi olinadigan faqat bir mashinadan undiriladi.

Quyidagi shartnomalarni rasmiylashtirishda:
er-xotinlar, ota-onalar, bolalar va nabiralar, tug‘ishgan aka-ukalar va opa-singillar o‘rtasida avtomototransport vositalarining oldi-sotdi, almashtirish va hadya qilish shartnomalari rasmiylashtirilayotganda boj belgilangan stavkaning 5 foizi miqdorida undiriladi;
bank kreditlari hisobiga sotib olinadigan avtomototransport vositalarining oldi-sotdisi uchun boj belgilangan stavkaning 10 foizi miqdorida undiriladi;

yo‘l-transport hodisasi natijasida shikastlangan avtomototransport vositalarining oldi-sotdi, almashtirish va hadya etish shartnomalari rasmiylashtirilayotganda boj miqdori shu transport vositalari yaroqliligining qoldiq foiziga qarab o‘zgartiriladi va uning miqdori bitishuv qatnashchilarining xohishiga ko‘ra va davlat notariusining topshirig‘iga binoan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalarining mutaxassislari, bunday muassasalar bo‘lmagan viloyatlarda esa — “O‘zavtotexxizmat” aksiyadorlik jamiyati korxonalari tomonidan belgilanadi.

l) quyidagilarni tasdiqlaganlik uchun:

— ota-onalar, er-xotin va ularning ota-onalari, bolalar va ularning er-xotinlari, aka-ukalar, opa-singillar, nabiralar, jiyanlarga avtomototransport vositalaridan foydalanish va tasarruf qilish huquqini beruvchi ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida

— avtomototransport vositalaridan boshqa shaxslarning foydalanishi huquqini beruvchi ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida

— avtomototransport vositalarini boshqa shaxslar tasarruf etishi huquqini beruvchi ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida

m) boshqa ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida

n) meros mulkni muhofaza qilish choralarini ko‘rganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida

o) hujjatning bir tildan boshqa tilga qilingan tarjimasining to‘g‘riligini tasdiqlaganlik uchun

har bir bet uchun eng kam oylik ish haqining 1 foizi miqdorida

p) ijro xatlari yozib berganlik uchun

undiriladigan summaning 1 foizi miqdorida, biroq eng kam oylik ish haqining 10 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda

Izoh. Lizing obyektining lizing beruvchi talabi bo‘yicha ijro xatlari yozib berishda, lizing shartnomasida belgilangan to‘lanmagan to‘lovlar summasidan lizing shartnomasi muddati tugashigacha qolgan davrga lizing beruvchi daromadini chegirgan holda davlat boji undiriladi.

r) hujjatlarning nusxalari va ulardan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini tasdiqlaganlik uchun:
jismoniy shaxslar uchunhar bir bet uchun eng kam oylik ish haqining 0,5 foizi miqdorida
yuridik shaxslar uchunhar bir bet uchun eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida
shu ishlarni chet mamlakatda bajarganlik uchunhar bir bet uchun eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida
s) hujjatlardagi yozuvlarning haqiqiyligini, shu jumladan tarjimon imzosining haqiqiyligini tasdiqlaganlik uchun:
jismoniy shaxslar uchuneng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida
yuridik shaxslar uchuneng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida
t) notarial idoralarda mavjud bo‘lgan hujjatlarning nusxalarini va dublikatlarini berganlik uchuneng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida
u) banklarda hisob raqamlari ochishda imzolarning haqiqiyligini tasdiqlaganlik uchuneng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida

f) yuridik va jismoniy shaxslarning arizalari boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilganligi hamda boshqa notarial ishlar bajarilganligi uchun, mazkur bandning “a” — “u” kichik bandlarida nazarda tutilganlar bundan mustasno.

eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida

Izoh. Notarial idoralar binosidan tashqarida bajariladigan notarial ishlar uchun davlat boji 2 baravar miqdorida undiriladi (ozodlikdan mahrum etish joylaridagi yoki qamoqdagi shaxslarning ishonchnomalarini notarial tasdiqlashdan tashqari), shuningdek ushbu ishlarni bajarish uchun joyga borish bilan bog‘liq amalda sarflangan xarajatlar to‘lanadi.