Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 17.05.2006 yildagi PQ-351-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006 YIL BOShOQLI DON EKINLARI HOSILINI YIG‘IShTIRIB OLIShGA DOIR TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil boshoqli don ekinlari hosilini o‘z vaqtida va sifatli yig‘ishtirib olish hamda davlat resurslariga g‘alla sotish bo‘yicha kontraktatsiya shartnomalarini bajarish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Don hosili o‘rim-yig‘imini tegishli ravishda tashkil etish va talab darajasida amalga oshirish, shuningdek g‘alla o‘rish kombaynlaridan samarali foydalanish uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar hokimlari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagromashservis” uyushmasi va uning mashina-traktor parklari hududiy birlashmalari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagromashservis” uyushmasi va uning mashina-traktor parklari hududiy birlashmalari, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g‘alla o‘rish kombaynlarini, don tashish uchun jalb etiladigan barcha turdagi transport vositalarini, shuningdek don yig‘iladigan xirmon va maydonlarni, don tozalash mashinalari hamda g‘allani dastlabki qayta ishlash uchun zarur bo‘lgan boshqa moddiy-texnika bazasini tayyorlab qo‘yishni joriy yilning 25-mayigacha tugallash bo‘yicha tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlov korxonalari va punktlarida xo‘jaliklardan g‘allani faqat dastlabki tozalangandan keyin, iflosligi va namligi amaldagi standart normativlardan ortiq bo‘lmagan holdagina qabul qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansubligidan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlarning don qabul qilish punktlariga g‘alla tashish uchun yaroqli bo‘lgan transport vositalari shartnoma asosida jalb etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi bilan birgalikda xo‘jaliklar bilan — davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinayotgan g‘alla uchun, mashina-traktor parklari bilan — ko‘rsatilgan mexanizatsiya xizmatlari va g‘alla o‘rish kombaynlari operatorlariga ish haqi to‘lash uchun o‘z vaqtida hisob-kitob qilinishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “O‘zagromashservis” uyushmasi g‘alla o‘rim-yig‘im texnikasi mavjud parkining, ayniqsa yuksak unumli kombaynlarning tayyorlanishini ta’minlasin hamda ehtiyot qismlarning zarur zaxirasini yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash, yong‘inlar kelib chiqishining oldini olish, shuningdek 2006-yilgi boshoqli don ekinlari hosilining talon-toroj qilinishiga va nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ko‘rsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shudgorlashga tayyorlashdan oldin tozalash maqsadida dalalardagi ekin poyalari va qoldiqlari yoqib yuborilishi qat’iyan taqiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi joriy yilning 1-iyunidan boshlab Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalarining tinglovchilari va kursantlari kontingentini ilovaga binoan taqsimlanishiga muvofiq viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari ixtiyoriga yuborsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshshahartransxizmat” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi buyurtmanomalari bo‘yicha, tinglovchilar va kursantlarni vaqtinchalik o‘rnashish joyiga tashish va don yig‘ishtirish tugallangandan keyin ularni olib kelish uchun transport vositalari zarur miqdorda ajratilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkat va fermer xo‘jaliklari tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasi va “Toshshahartransxizmat” uyushmasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tinglovchilari va kursantlarini vaqtinchalik o‘rnashish joyiga tashish va don yig‘ishtirish tugallangandan keyin ularni olib kelish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida tegishli shartnomalar tuzilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchilar hamda kursantlarni vaqtinchalik yashash joylari, shuningdek oziq-ovqatlar, ularni tashish uchun transport va yonilg‘i-moylash materiallari bilan — g‘allachilik xo‘jaliklari mablag‘lari hisobiga ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi yonilg‘i-moylash materiallarining zarur zaxirasini yaratsinlar va limit bo‘yicha ajratilgan dizel yonilg‘isi qiymatining 30 foizi, birja savdolari orqali sotib olinadigan benzin, suyultirilgan gaz va dizel yonilg‘isi qiymatining 100 foizi oldindan to‘langandan keyin hosilni yig‘ishtirib olish, tashish va tayyorlash bilan band bo‘lgan qishloq xo‘jaligi korxonalari, mashina-traktor parklari va boshqa tashkilotlarga belgilangan tartibda uzluksiz yetkazib berilishini tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zstandart” agentligi va “O‘zdavdoninspeksiya” davlat ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan g‘alla va urug‘lik materiali sifati ustidan tegishli nazorat o‘rnatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Urug‘lik g‘allani davlat resurslari uchun xarid qilinadigan tovar g‘allaning umumiy hajmi hisobiga topshirish, shuningdek tovar g‘alladan urug‘lik maqsadlarida foydalanish qat’iyan taqiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va uning joylardagi bo‘linmalari rahbarlari 2007-yil hosili uchun boshoqli don ekinlari urug‘ligining o‘z vaqtida va sifatli g‘amlanishi uchun shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi xo‘jaliklar tomonidan don sotish to‘g‘risidagi statistika hisobotlarining ishonchliligini don qabul qilib olish korxonalari bo‘yicha muntazam ravishda tekshirib borsin, hisobotni buzib ko‘rsatishning aniqlangan holatlari to‘g‘risida tezkorlik bilan Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 17-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-351-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006-yil 17-maydagi
PQ–351-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil boshoqli don ekinlari hosilini yig‘ishtirib olishga jalb etiladigan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalari tinglovchilari va kursantlarining taqsimlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar‎ Ta’lim muassasasining nomi‎ Tinglovchilar va kursantlar soni‎
Jizzax‎ Ichki ishlar vazirligining Toshkent Yong‘in xavfsizligi oliy texnika maktabi‎ 100‎
Qashqadaryo‎ Ichki ishlar vazirligining Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti‎ 150‎
Sirdaryo‎ Ichki ishlar vazirligining Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti‎ 100‎
Toshkent‎ O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi‎ 150‎
Jami‎ 500‎
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 172-modda)