O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh, ShUNINGDEK BA’ZILARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARINI SOTIB OLISh, ULARDAN FOYDALANISh VA ULARNI BOShQA ShAXSGA BERIShNI TARTIBGA SOLIShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA” 2006 YIL 7 MARTDAGI 38-SON QARORI)
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxsga berishni tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 7-martdagi 38-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini xarid qilish — sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida” 1991-yil 16-sentabrdagi 233-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1991-y., 9-son, 30-modda) 1 va 4-bandlari;
Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxslarga berishni tartibga solish to‘g‘risida” 2001-yil 28-avgustdagi 354-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 8-son, 51-modda) 1 va 2-bandlari;
Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarining oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirishni tartibga solish to‘g‘risida” 2003-yil 13-yanvardagi 12-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 4-modda) 1 va 2-bandlari, shuningdek ushbu qarorga ilova 1-bandining “b” kichik bandi, 3-bandining “b” kichik bandi va 4-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 12-may,
83-son
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalari 4-bandining “sh” kichik bandidan keyingi izoh quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Izoh: Notarial idoralarning binolaridan tashqari qilingan notarial ishlar uchun davlat boji ikki baravar miqdorda undiriladi (ozodlikdan mahrum qilish va hibsda saqlash joylaridagi shaxslarning ishonchnomalarini notarial tasdiqlash bundan mustasno), shuningdek ana shu ishlarni bajarish uchun joylarga borish bilan bog‘liq qilingan xarajatlar ham to‘lanadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 951-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 19-son, 164-modda; 2017-y., 36-son, 951-modda)