Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining
buyrugʻI
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 16-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3954]
Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 5-avgustdagi OʻRQ-1162-son “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 8-oktabr,
13-son
Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 8-oktabrdagi 13-son buyrugʻiga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2013-yil 23-dekabrdagi 20-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2545, 2013-yil 26-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-son, 710-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobilda tashuvchining yoʻl harakati xavfsizligi xizmati toʻgʻrisidagi nizomning 14-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “katta hajmli va ogʻir vaznli” degan soʻzlar “yirik gabaritli va (yoki) ogʻir vaznli” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2014-yil 22-apreldagi 22-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2582, 2014-yil 13-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 20-son, 234-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobilda tashuvchi tomonidan haydovchilarga yoʻl harakati xavfsizligi masalalari boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 19-bandi ikkinchi xatboshisidagi “katta hajmli va ogʻir vaznli” degan soʻzlar “yirik gabaritli va (yoki) ogʻir vaznli” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2026 y., 10/26/3954/1046-son)