Hujjat hali kuchga kirgan emas
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026 yil 28 sentyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3337-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-sentabrdagi PQ-282-son “Moliyaviy hisob tizimini xalqaro talab va standartlarga muvofiq takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 18-noyabrdagi 20/3-son qarori (roʻyxat raqami 3337, 2021-yil 27-noyabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2021-y., 10/21/3337/1103-son) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2026 yil 28 avgust,
14/9-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 28-avgustdagi 14/9-son qaroriga
ILOVA
Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom tijorat banklari, mikromoliya banklari, shuningdek islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklar va mikromoliya banklari (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) tomonidan hisob siyosatini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek banklarning moliyaviy hisobotlariga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.”.
2. Quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
“21. Hisob siyosati buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplari, tanlangan hisob usullari va moliyaviy hisobotni tayyorlashga oid yondashuvlarni belgilaydi. Buxgalteriya hisobini yuritishning tashkiliy va amaliy tartibi, ichki nazorat, hujjatlar aylanishi, buxgalteriya operatsiyalarini rasmiylashtirish hamda boshqa amaliy masalalar bankning ichki qoidalari bilan tartibga solinadi.”.
3. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Banklarning moliyaviy hisobotlari quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobot;
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq foyda yoki zarar toʻgʻrisidagi hisobot;
mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq boshqa umumlashgan daromad toʻgʻrisidagi hisobot;
mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq xususiy kapitaldagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi hisobot;
mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobot (bevosita usul);
mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobot (bilvosita usul);
moliyaviy hisobotlarni tushuntiruvchi izohlar.
Moliyaviy hisobotlarda mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq yoritib beriladigan axborotning tarkibi va mazmuni MHXSning tegishli standartlariga mos boʻlishi lozim.
Banklar moliyaviy hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 15-iyunidan kechiktirmay auditorlik xulosasi bilan birga qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat organlariga taqdim etadi.”.
4. 1 — 4-ilovalar mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1 — 4-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
5. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 5 — 7-ilovalarga muvofiq tahrirdagi 5 — 7-ilovalar bilan toʻldirilsin.
Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
1-ILOVA
“Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
MOLIYAVIY HOLAT TOʻGʻRISIDAGI HISOBOT

(ming soʻmda)

 

Aktivlar

Izohlar

Joriy hisobot davri oxiriga

Oʻtgan hisobot davri oxiriga

1.

Pul mablagʻlari va pul mablagʻlari ekvivalentlari

 

 

 

2.

Boshqa banklardagi (kredit tashkilotlaridagi) mablagʻlar

 

 

 

3.

Qarz qimmatli qogʻozlariga kiritilgan investitsiyalar

 

 

 

4.

Ulushli qimmatli qogʻozlarga kiritilgan investitsiyalar

 

 

 

5.

Amortizatsiyalangan qiymatda baholanadigan qimmatli qogʻozlar

 

 

 

6.

Teskari REPO operatsiyalari boʻyicha sotib olingan qimmatli qogʻozlar

 

 

 

7.

Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qogʻozlar

 

 

 

8.

Derivativ moliyaviy aktivlar

 

 

 

9.

Taʼsir ostidagi tashkilotlar va qoʻshma korxonalardagi investitsiyalar

 

 

 

10.

Mijozlarga berilgan kreditlar va boʻnaklar, shu jumladan moliyaviy ijara

 

 

 

11.

Asosiy vositalar

 

 

 

12.

Nomoddiy aktivlar

 

 

 

13.

Foydalanish huquqidagi aktivlar

 

 

 

14.

Investitsiya koʻchmas mulki

 

 

 

15.

Qayta sugʻurta shartnomasi aktivlari

 

 

 

16.

Joriy daromad soliq aktivlari

 

 

 

17.

Kechiktirilgan soliq aktivlari

 

 

 

18.

Soliq majburiyatlari boʻyicha boʻnak toʻlovlari

 

 

 

19.

Boshqa moliyaviy aktivlar

 

 

 

20.

Garov hisobidan undirib olingan aktivlar

 

 

 

21.

Boshqa aktivlar

 

 

 

22.

Sotish uchun moʻljallangan uzoq muddatli aktivlar va hisobdan chiqariladigan guruhlar

 

 

 

23.

 

 

 

 

24.

Jami aktivlar (1 + 2 + 3 + 4 + 5 + 6 + 7 + 8 + 9 + 10 + 11 + 12 + 13 + 14 + 15 + 16 + 17 + 18 + 19 + 20 + 21 + 22 + 23)

 

 

Majburiyatlar

 

 

 

25.

Davlat va xalqaro moliya institutlariga toʻlanadigan mablagʻlar

 

 

 

26.

Markaziy bankga toʻlanadigan mablagʻlar

 

 

 

27.

Boshqa banklarning (kredit tashkilotlarining) mablagʻlari

 

 

 

28.

Mijozlarning mablagʻlari

 

 

 

29.

Chiqarilgan qarz qimmatli qogʻozlari

 

 

 

30.

Boshqa qarz mablagʻlari

 

 

 

31.

Subordinatsiyalangan qarz mablagʻlari

 

 

 

32.

Ijara boʻyicha majburiyatlar

 

 

 

33.

Boshqa moliyaviy majburiyatlar

 

 

 

34.

Derivativ moliyaviy majburiyatlar

 

 

 

35.

Sugʻurta shartnomalari boʻyicha majburiyatlar

 

 

 

36.

Jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti majburiyatlari

 

 

 

37.

Foyda soligʻi boʻyicha joriy majburiyatlar

 

 

 

38.

Kechiktirilgan soliq majburiyatlari

 

 

 

39.

Bank bosh ofisidan kelib tushgan mablagʻlar

 

 

 

40.

Boshqa majburiyatlar

 

 

 

41.

 

 

 

 

42.

Jami majburiyatlar (25 + 26 + 27 + 28 + 29 + 30 + 31 + 32 + 33 + 34 + 35 + 36 + 37 + 38 + 39 + 40 + 41)

 

 

Xususiy kapital

 

 

 

43.

Aksiyadorlik kapitali

 

 

 

44.

Emission daromad

 

 

 

45.

Xususiy kapitalning boshqa komponentlari

 

 

 

46.

Qoʻshilgan kapital

 

 

 

47.

Qoʻshimcha toʻlangan kapital

 

 

 

48.

Rezerv kapitali

 

 

 

49.

Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan moliyaviy aktivlarni qayta baholash rezervi

 

 

 

50.

Boshqa zaxiralar

 

 

 

51.

Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)

 

 

 

52.

 Bank aksiyadorlariga tegishli kapital (sof aktivlar)

 

 

 

53.

Gʻaznachilik aksiyalari

 

 

 

54.

Investitsion qimmatli qogʻozlarni qayta baholash zaxirasi

 

 

 

55.

Nazorat ostida boʻlmagan ulushlar

 

 

 

56.

 

 

 

 

57.

Jami xususiy kapital (43 + 44 + 45 + 46 + 47 + 48 + 49 + 50 + 51 + 52 + 53 + 54 + 55 + 56)

 

58.

Jami xususiy kapital va majburiyatlar (42 + 57)

 

* Moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobotning tegishli moddalari manfiy (–) ishorasi bilan yozilishi mumkin.
** Zaruratdan kelib chiqib satrlar qoʻshilishi mumkin.”.
Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
2-ILOVA
“Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
FOYDA YOKI ZARAR TOʻGʻRISIDAGI HISOBOT

(ming soʻmda)

Т/р

Moddalar

Izohlar

Joriy hisobot davri

Oʻtgan hisobot davri

1.

Effektiv foiz stavkasi usulida hisoblangan foizli daromadlar

 

 

 

2.

Boshqa foizli daromadlar

 

 

 

3.

Effektiv foiz stavkasi usulida hisoblangan foizli xarajatlar

 

 

 

4.

Boshqa foizli xarajatlar

 

 

 

5.

Sof foizli daromad (1 + 2 + 3 + 4)

 

6.

Kredit operatsiyalari boʻyicha kutilayotgan yoʻqotishlar zaxirasi

 

7.

Foizli aktivlarni dastlabki tan olishda tuzatishlardan foyda (zarar)

 

8.

Kutilayotgan yoʻqotishlar boʻyicha zaxira shakllantirilgandan soʻng sof foizli daromad (5 + 6 + 7)

 

9.

Komissiya daromadlari

 

10.

Komissiya xarajatlari

 

11.

Sof qiymati foyda va zararlar orqali tan olinadigan qimmatli qogʻozlarga oid xarajatlarni chegirilgan holdagi daromadlar

 

12.

Derivativ qimmatli qogʻozlardan xarajatlarni chegirgan holdagi daromadlar

 

13.

Xorijiy valyuta operatsiyalaridan xarajatlar chegirilgan holdagi daromadlar

 

14.

Xorijiy valyutani qayta baholashdan xarajatlarni chegirgan holdagi daromadlar

 

15.

Kredit va boʻnaklarni dastlabki tan olishdagi zarar

 

16.

Shoʻba korxona foydasidagi ulushlar

 

17.

Shoʻba korxonani sotishdan (zarar)/foyda

 

18.

 Shoʻba korxona investitsiyalarining qadrsizlanishi boʻyicha zaxira

 

19.

Qaram korxonalarning moliyaviy natijasi

 

20.

Kreditlar boʻyicha yoʻqotishlar uchun zaxiralarni tiklanishi

 

21.

Boshqa moliyaviy aktivlar boʻyicha yoʻqotishlar uchun zaxiralarni tiklanishi

 

22.

Kredit boʻyicha yoʻqotishlar uchun zaxiralarni yaratilishi

 

23.

Boshqa moliyaviy aktivlar boʻyicha yoʻqotishlar uchun zaxiralarni yaratilishi

 

24.

Boshqa moliyaviy boʻlmagan aktivlarning qadrsizlanishi

 

25.

Sotish uchun moʻljallangan uzoq muddatli aktivlarning qadrsizlanishi

 

26.

Undirilgan aktivlar qiymatidagi oʻzgarishlar

 

27.

Dividend daromadi

 

28.

Boshqa operatsion daromadlar

 

29.

Maʼmuriy va boshqa operatsion xarajatlar

 

30.

Xodimlar ish haqi xarajatlari

 

31.

Moddiy va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi

 

32.

Reklama xarajatlari

 

33.

Daromadlarni jamgʻarma pensiya tizimi ishtirokchilari va rezerv fondiga taqsimlash

 

34.

Sugʻurta operatsiyalari daromadi (qayta sugʻurta biznesidan tashqari)

 

35.

Sugʻurta operatsiyalari xarajatlari (qayta sugʻurta biznesidan tashqari)

 

36.

Sugʻurta shartnomalaridan moliya daromadlari (xarajatlari) (sof)

 

37.

Qayta sugʻurtalash biznesi

 

38.

Nobank faoliyatdan olingan daromadlar

 

39.

Nobank faoliyatdan olingan sotish xarajatlari

 

40.

Sof foizsiz daromad (xarajat)

 

41.

 

 

42.

Soliq toʻlanguncha foyda/zarar (8 + 9 + 10 + 11 + 12 + 13 + 14 + 15 + 16 + 17 + 18 + 19 + 20 + 21 + 22 + 23 + 24 + 25 + 26 + 27 + 28 + 29 + 30 + 31 + 32 + 33 + 34 + 35 + 36 + 37 + 38 + 39 + 40 + 41)

 

43.

Foyda soligʻi xarajati (daromadi)

 

44.

Joriy yildagi foyda/zarar (42 + 43)

 

45.

Qimmatli qogʻozlar va moliyaviy aktivlarni qayta baholashdan kelib chiqadigan sof foyda (zarar)

 

46.

Xedjlarning haqqoniy qiymatidagi foyda (zarar)

 

47.

Soliq effekti

 

48.

Joriy yildagi boshqa umumlashgan foyda

 

49.

Joriy yildagi jami umumlashgan foyda

 

 

Foydaning:

 

50.

Bank aksiyadorlariga tegishli qismi

 

51.

Nazorat qilinmaydigan ulushlarga tegishli qismi

 

52.

Joriy yildagi foyda/zarar (51 + 52) = 44

 

Jami umumlashgan foydaning:

 

53.

Bank aksiyadorlariga tegishli qismi

 

54.

Nazorat qilinmaydigan ulushlarga tegishli qismi

 

55.

Joriy yildagi jami umumlashgan foyda (54 + 55) = 50

 

56.

Bank aksiyadorlari uchun hisoblanadigan, har bir aksiyaga toʻgʻri keladigan foyda (har bir aksiya uchun soʻmda)

 

 

 

* Xarajat (zarar) moddalari, shuningdek xarajatlarning qiymati daromadlardan ortiq boʻlgan moddalar manfiy (–) ishorasi bilan yoziladi.
** Zaruratdan kelib chiqib satrlar qoʻshilishi mumkin.”.
Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
3-ILOVA
“Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
BOSHQA UMUMLASHGAN DAROMAD TOʻGʻRISIDAGI HISOBOT

(ming soʻmda)

Т/р

Moddalar

Joriy hisobot davri

Oʻtgan hisobot davri

1.

Qimmatli qogʻozlar va moliyaviy aktivlarni qayta baholashdan kelib chiqadigan sof foyda (zarar)

 

 

2.

Toʻgʻridan-toʻgʻri boshqa umumiy daromadda qayd etilgan daromad soligʻi

 

 

3.

Chet eldagi boʻlinmalar moliyaviy hisobotini qayta hisoblash boʻyicha kurs farqlari

 

 

4.

Hisobot davri uchun boshqa umumlashgan daromad

 

 

5.

Hisobot davri uchun jami umumlashgan daromad (1 + 2 + 3 + 4)

6.

Bank egalariga tegishli foyda

7.

Nazorat qilinmaydigan ulushga tegishli foyda

8.

Hisobot davri uchun sof foyda (6 + 7)

9.

Bank egalariga tegishli jami umumlashgan daromad (zarar)

10.

Nazorat qilinmaydigan ulush egalariga tegishli jami umumlashgan daromad (zarar)

11.

Hisobot davri uchun umumlashgan daromad (9 + 10)

12.

Bank egalariga tegishli foyda uchun oddiy aksiyaga toʻgʻri keladigan daromad, asosiy va aralashgan koʻrinishda (soʻmda)

 

 

* Xarajat (zarar) moddalari, shuningdek xarajatlarning qiymati daromadlardan ortiq boʻlgan moddalar manfiy (–) ishorasi bilan yoziladi.
** Zaruratdan kelib chiqib satrlar qoʻshilishi mumkin.
*** Foyda yoki zararlar toʻgʻrisidagi hisobotni tuzadigan subyektlar ushbu hisobotni toʻldirmaydi.”.
Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
4-ILOVA
“Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
XUSUSIY KAPITALDAGI OʻZGARISHLAR TOʻGʻRISIDAGI HISOBOT

(ming soʻmda)

Т/р

Moddalar

Bank muassislari uchun hisoblanadigan

Aksiyadorlik kapitali

Xususiy kapitalning boshqa komponentlari

Qoʻshilgan kapital

Boshqa umumlashgan daromad orqali baholanadigan moliyaviy aktivlarni qayta baholash zaxirasi

Asosiy vositalarni qayta baholash boʻyicha rezerv

Emission daromad

Taqsimlanmagan foyda (Qoplanmagan zarar)

Jami bank kapitali

Nazorat qilinmaydigan ulush

Jami kapital

1.

Oldingi davr boshiga qoldiq

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2.

Davr foydasi (zarari)

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3.

Asosiy vositalarni qayta baholash uchun zaxirani oʻtkazish

 

 

 

 

 

 

 

 

 

4.

Shoʻba korxonalarning ulushini kamayishi (ortishi)

 

 

 

 

 

 

 

 

 

5.

Shoʻba korxonalarni sotilishi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

6.

Eʼlon qilingan dividendlar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

7.

Ustav kapitalining oʻzgarishi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

8.

Aksiyalar emissiyasi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

9.

Hisobot davri boshiga qoldiq (1 + 2 + 3 + 4 + 5 + 6 + 7 + 8)

10.

Davr foydasi (zarari)

 

 

 

 

 

 

 

 

 

11.

Aksiyalar emissiyasi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

12.

Ustav kapitalining oʻzgarishi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

13.

Oʻz aksiyalarni qayta sotib olish

 

 

 

 

 

 

 

 

 

14.

Asosiy vositalarni qayta baholash uchun zaxirani oʻtkazish

 

 

 

 

 

 

 

 

 

15.

Shoʻba korxonalarning ulushini kamayishi (ortishi)

 

 

 

 

 

 

 

 

 

16.

Shoʻba korxonalarni sotilishi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

17.

Subordinar qarzni dastlabki tan olinishi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

18.

Eʼlon qilingan dividendlar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

19.

Hisobot davri oxiriga qoldiq (9 + 10 + 11 + 12 + 13 + 14 + 15 + 16 + 17 + 18)

* Xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobotning tegishli moddalari manfiy (–) ishorasi bilan yozilishi mumkin.
** Zaruratdan kelib chiqib satrlar yoki ustunlar qoʻshilishi mumkin.”.
Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
5-ILOVA
“Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobot
(Bevosita usul)

(ming soʻmda)

Т/р

Moddalar

Joriy hisobot yili

Oʻtgan hisobot yili

 

Operatsion faoliyatdagi pul oqimlari

1.

Effektiv foiz stavkasi usulida olingan foizli daromadlar

2.

Effektiv foiz stavkasi usulida toʻlangan foizli xarajatlar

3.

Olingan komission daromadlar

4.

Toʻlangan komission xarajatlar

5.

Xorijiy valyutadagi operatsiyalardan olingan daromadlar

6.

Hosilaviy qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalardan olingan daromadlar

7.

Boshqa operatsion daromadlar

8.

Xodimlar uchun qilingan xarajatlar

9.

Toʻlangan maʼmuriy va boshqa operatsion xarajatlar

10.

Sugʻurta faoliyati boʻyicha kelib tushgan daromadlar

11.

Sugʻurta faoliyati boʻyicha amalga oshirilgan toʻlovlar

12.

Moddiy va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi

13.

Shoʻba korxonalariga kiritilgan investitsiyalardan kutilgan yoʻqotishlar uchun zaxiralar

14.

Toʻlangan foyda soligʻi

15.

Operatsion aktivlar va majburiyatlardagi oʻzgarishlarga qadar operatsion faoliyatdagi pul oqimlari (1 + 2 + 3 + 4 + 5 + 6 + 7 + 8 + 9 + 10 + 11 + 12 + 13 + 14)

16.

Aktivlardagi sof oʻsish/kamayish: (17 + 18 + 19 + 20 + 21 + 22 + 23 + 24)

17.

Boshqa banklardagi mablagʻlar

18.

Mijozlarga ajratilgan kreditlar

19.

Foyda va zarar orqali baholanadigan qarz qimmatli qogʻozlariga kiritilgan investitsiyalar

20.

Foyda va zarar orqali baholanadigan ulushli qimmatli qogʻozlarga kiritilgan investitsiyalar

21.

Sugʻurta faoliyati boʻyicha aktivlar

22.

Investitsion qimmatli qogʻozlar

23.

Teskari REPO bitimlari boʻyicha xarid qilingan qimmatli qogʻozlar

24.

Boshqa aktivlar

25.

Majburiyatlardagi sof oʻsish/kamayish: (26 + 27 + 28 + 29 + 30 + 31 + 32)

26.

Boshqa banklarning mablagʻlari

27.

Mijozlarning mablagʻlari

28.

Boshqa moliyaviy majburiyatlar

29.

Boshqa nomoliyaviy majburiyatlar

30.

Chiqarilgan qarz qimmatli qogʻozlari

31.

Jamgʻarib boriladigan pensiya majburiyatlari

32.

 

33.

Operatsion faoliyatda foydalanilgan sof pul mablagʻlari (15 + 16 + 25)

 

Investitsion faoliyatdagi pul oqimlari

34.

Asosiy vositalarning sotib olinishi

35.

Asosiy vositalarning chiqib ketishi

36.

Nomoddiy aktivlarning sotib olinishi

37.

Nomoddiy aktivlarning chiqib ketishi

38.

Shoʻba korxonalardagi investitsiyalarni sotib olish

39.

Shoʻba korxonalar va investitsion qimmatli qogʻozlardan olingan dividend daromadlari

40.

Investitsion qimmatli qogʻozlarni xarid qilish

41.

Investitsion qimmatli qogʻozlarni sotish va chiqarishdan tushgan mablagʻlar

42.

Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholangan aksiyalarni sotib olish

43.

Qarz qimmatli qogʻozlarini (obligatsiyalarni) sotib olish

44.

Qarz qimmatli qogʻozlarini (obligatsiyalarni) soʻndirish

45.

Shoʻba korxonalarni sotib olish

46.

Shoʻba korxonalarni sotishdan tushgan mablagʻlar

47.

Mulk, jihozlar va nomoddiy aktivlar uchun toʻlangan avanslarning qaytarilishi

48.

Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholangan moliyaviy aktivlarni sotib olish

49.

Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholangan moliyaviy aktivlarni sotish

50.

Ijara toʻlovlari

51.

 

52.

Investitsion faoliyatda foydalanilgan sof pul mablagʻlari (34 + 35 + 36 + 37 + 38 + 39 + 40 + 41 + 42 + 43 + 44 + 45 + 46 + 47 + 48 + 49 + 50 + 51)

 

Moliyaviy faoliyatdagi pul oqimlari

53.

Davlat va xalqaro moliya institutlaridan mablagʻlarni jalb qilish

54.

Davlat va xalqaro moliya institutlaridan olingan mablagʻlarni soʻndirish

55.

Markaziy bankdan mablagʻlarni jalb qilish

56.

Markaziy bankdan olingan mablagʻlarni soʻndirish

57.

Ustav kapitalini chiqarish

58.

Minoritar aksiyadorlar tomonidan kapitalni koʻpaytirish

59.

Boshqa qarz mablagʻlarini jalb qilish

60.

Boshqa qarz mablagʻlarini soʻndirish

61.

Subordinar qarzni jalb qilish

62.

Subordinar qarzni soʻndirish

63.

Qarz qimmatli qogʻozlarini chiqarish

64.

Qarz qimmatli qogʻozlarini soʻndirish

65.

Ijara boʻyicha asosiy summani soʻndirish

66.

Toʻlangan dividendlar

67.

Ijara (lizing) boʻyicha majburiyatlarni toʻlash

68.

 

69.

Moliyaviy faoliyatdan olingan (foydalanilgan) sof pul mablagʻlari (53 + 54 + 55 + 56 + 57 + 58 + 59 + 60 + 61 + 62 + 63 + 64 + 65 + 66 + 67 + 68)

70.

Pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlariga kurs farqlarining taʼsiri

71.

Pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlariga ehtimoliy yoʻqotishlar zaxirasining taʼsiri

72.

Pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlarining sof oʻsishi (33 + 52 + 69 + 70 + 71)

73.

Pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlarining yil boshiga qoldigʻi

74.

Pul mablagʻlari va ular ekvivalentlarining yil oxiriga qoldigʻi (72 + 73)

Izoh:
* Pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobotning tegishli moddalari manfiy (–) ishorasi bilan yozilishi mumkin.
** Zaruratdan kelib chiqib satrlar qoʻshilishi mumkin.
*** Banklar pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobotni MHXSga muvofiq bilvosita usulda ham tuzishlari mumkin.”.
Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
6-ILOVA
“Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobot
(Bilvosita usul)

(ming soʻmda)

Т/р

Moddalar

Joriy hisobot yili

Oʻtgan hisobot yili

Operatsion faoliyatdagi pul oqimlari

1.

Soliq toʻlanishidan oldingi foyda

Tuzatishlar (quyidagilar uchun):

2.

Kredit yoʻqotish xarajati

 

 

3.

Boshqa aktivlarning qadrsizlanishidan kelib chiqadigan zarar

 

 

4.

Assotsiatsiyalashgan tashkilotlarga kiritilgan investitsiyalarning qadrsizlanishi

 

 

5.

Foiz daromadi keltiruvchi aktivlarni dastlabki eʼtirof etishdagi zarar

 

 

6.

Xorijiy valyuta boʻyicha realizatsiya qilinmagan sof daromad (zarar)

 

 

7.

Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan instrumentlarni qayta baholashdan sof foyda (zarar)

 

 

8.

Amortizatsiya va eskirish

 

 

9.

Assotsiatsiyalashgan tashkilotlar zararidagi (foydasidagi) ulush

 

 

10.

Foiz daromadi hisoblanishidagi oʻzgarishlar

 

 

11.

Foiz xarajati hisoblanishidagi oʻzgarishlar

 

 

12.

 

 

 

13.

Operatsion aktivlar va majburiyatlardagi oʻzgarishlarga qadar operatsion faoliyatdagi pul oqimlari (1 + 2 + 3 + 4 + 5 + 6 + 7 + 8 + 9 + 10 + 11 + 12)

Operatsion aktivlardagi sof oʻsish (kamayish)

14.

Kredit tashkilotlaridan olinadigan mablagʻlar

15.

Mijozlarga berilgan kreditlar

16.

Boshqa aktivlar

17.

Operatsion majburiyatlardagi sof oʻsish (kamayish)

18.

Markaziy bank oldidagi toʻlov majburiyatlari

19.

Kredit tashkilotlari oldidagi toʻlov majburiyatlari

20.

Mijozlar oldidagi toʻlov majburiyatlari

21.

Boshqa majburiyatlar

 

 

22.

 

 

 

23.

Soliqdan oldingi operatsion faoliyatdan olingan (foydalanilgan) sof pul oqimi (14 + 15 + 16 + 17 + 18 + 19 + 20 + 21 + 22)

24.

Toʻlangan daromad soligʻi

25.

Operatsion faoliyatdan olingan (foydalanilgan) sof pul mablagʻlari (23 + 24)

Investitsion faoliyatdagi pul oqimlari

26.

Investitsiya qimmatli qogʻozlarini sotib olish

27.

Investitsiya qimmatli qogʻozlarini sotish va qaytarishdan tushgan mablagʻ

28.

Assotsiatsiyalashgan korxonalarning sotilishidan tushgan mablagʻ

29.

Assotsiatsiyalashgan korxonalarga investitsiya kiritish

30.

Assotsiatsiyalashgan korxonalar va investitsiya qimmatli qogʻozlaridan olingan dividendlar

31.

Asosiy vositalarni sotib olish

32.

Asosiy vositalarni sotishdan tushgan mablagʻ

33.

 

34.

Investitsion faoliyatdan olingan (foydalanilgan) sof pul mablagʻlari (26 + 27 + 28 + 29 + 30 + 31 + 32 + 33)

Moliyalashtirish faoliyatdagi pul oqimlari

35.

Qarz qimmatli qogʻozlar chiqarishdan tushgan mablagʻ

 

 

36.

Chiqarilgan qarz qimmatli qogʻozlarini toʻlash

 

 

37.

Boshqa olingan qarz mablagʻlari va mijozlar oldidagi majburiyatlardan tushgan mablagʻ

 

 

38.

Boshqa olingan qarz mablagʻlari va mijozlar oldidagi majburiyatlarni qaytarish

 

 

39.

Subordinar qarzlarni qaytarish

 

 

40.

Toʻlangan dividendlar

 

 

41.

Minoritar ulushlarni xarid qilish

 

 

42.

Moliyaviy faoliyatdan olingan (foydalanilgan) sof pul mablagʻlari (35 + 36 + 37 + 38 + 39 + 40 + 41 + 42)

43.

Pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlariga kurs farqlarining taʼsiri

44.

Pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlariga ehtimoliy yoʻqotishlar zaxirasining taʼsiri

45.

Pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlarining sof oʻsishi (25 + 34 + 43 + 44 + 45)

46.

Pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlari yil boshiga qoldigʻi

47.

Pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlari yil oxiriga qoldigʻi (46 + 47)

48

Olingan foiz daromadlari

 

 

49.

Toʻlangan foiz xarajatlari

 

 

Izoh:
* Pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobotning tegishli moddalari manfiy (–) ishorasi bilan yozilishi mumkin.
** Zaruratdan kelib chiqib satrlar qoʻshilishi mumkin.”.
Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
7-ILOVA
“Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Bankning hisob siyosatida moliyaviy operatsiyalarni ochib berishda tegishli MHXSni qoʻllash boʻyicha
NAMUNAVIY JADVAL

T/r

Bank operatsiyasi / yoʻnalishi

Tegishli MHXS

Izoh

Kreditlash: isteʼmol, ipoteka, mikroqarz va korporativ kreditlar

7-son MHXS,

9-son MHXS, zarur hollarda 32-son BHXS

Kredit riski va kutilayotgan kredit zararlari boʻyicha yoritib beriladigan maʼlumotlar 7-son MHXS bilan tartibga solinadi.

Kreditlarni dastlabki tan olish, biznes modeli va belgilangan sanalarda faqat asosiy qarz summasi toʻlovlari va soʻndirilmagan asosiy qarz summasiga hisoblangan foiz toʻlovlaridan iborat pul oqimlari mezoni asosida tasniflash, amortizatsiyalangan qiymat, effektiv foiz stavkasi, modifikatsiya, hisobdan chiqarish va kutilayotgan kredit zararlari 9-son MHXS bilan tartibga solinadi.

32-son BHXS asosan moliyaviy aktiv va majburiyatlarni taqdim etish hamda oʻzaro hisob-kitob qilish masalalarini tartibga soladi.

Depozitlar, banklararo mablagʻlar va boshqa jalb qilingan resurslar

7-son MHXS,

9-son MHXS, 32-son BHXS

7-son MHXS likvidlilik, foiz va boshqa moliyaviy risklar boʻyicha yoritib beriladigan maʻlumotlarni belgilaydi.

9-son MHXS boʻyicha depozit va qarz mablagʻlari, odatda, amortizatsiyalangan qiymatda hisobga olinadi. Bunda foiz daromadi yoki xarajati effektiv foiz stavkasi usuli orqali hisoblanadi.

32-son BHXS majburiyat yoki kapital sifatida tasniflash va oʻzaro hisob-kitob qilish boʻyicha talablarni belgilaydi.

Chiqarilgan obligatsiyalar, subordinatsiyalangan qarz va gibrid instrumentlar

9-son MHXS, 32-son BHXS,

33-son BHXS

Majburiyat komponenti 9-son MHXS boʻyicha baholanadi.

Instrumentning qarz yoki kapital ekanligi 32-son BHXS boʻyicha uning shartnomaviy mohiyatiga qarab aniqlanadi.

Bankka nisbatan 33-son BHXS talablari qoʻllanilgan taqdirda, bir aksiyaga toʻgʻri keladigan foyda koʻrsatkichi ham hisoblanadi.

Qimmatli qogʻozlarga investitsiyalar

7-son MHXS,

9-son MHXS, 13-son MHXS

Yoritib beriladigan maʼlumotlar 7-son MHXS bilan tartibga solinadi.

9-son MHXSga muvofiq, qarz instrumentlari biznes modeli va pul oqimlari mezoni asosida amortizatsiyalangan qiymat, boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda yoki foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholash orqali hisobga olinadi. Ulushli instrumentlar odatda foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda hisobga olinadi; ayrim notijorat ulushlar boʻyicha esa boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholashning qaytarib boʻlmaydigan tanlovi qoʻllanishi mumkin.

Haqqoniy qiymat 13-son MHXSga muvofiq aniqlanadi.

Derivativ moliyaviy instrumentlar va xedjlash

7-son MHXS,

9-son MHXS, 13-son MHXS

39-son BHXS

Derivativ va xedjlash munosabatlari boʻyicha risklarni (bozor, kredit, likvidlilik) oshkor qilishda 7-son MHXS qoʻllaniladi.

Tan olish, tasniflash va baholash asoslari, shuningdek xedjlash hisobini yuritishda 9-son MHXS qoʻllaniladi.

Haqqoniy qiymatni aniqlash va baholash uslubiyati 13-son MHXS asosida amalga oshiriladi.

Derivativlar, odatda, foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda hisobga olinadi.

Makro-xedjlashning ayrim jihatlarida 39-son BHXSdan foydalanish imkoniyati saqlanib qolgan.

Kredit majburiyatlari, foydalanilmagan kredit liniyalari, kafolatlar va akkreditivlar

9-son MHXS, ayrim holatlarda 37-son BHXS

Moliyaviy kafolat shartnomalari va 9-son MHXS doirasidagi kredit majburiyatlari boʻyicha kutilayotgan kredit zararlari tan olinadi. Akkreditivning huquqiy-iqtisodiy mazmuni alohida tahlil qilinadi.

9-son MHXS doirasiga kirmaydigan boshqa shartli majburiyatlar 37-son BHXS doirasiga tushishi mumkin.

Komissiya va xizmat daromadlari

9-son MHXS va/yoki 15-son MHXS

Kredit yoki moliyaviy instrumentning effektiv foiz stavkasining ajralmas qismi boʻlgan komissiyalar 9-son MHXS boʻyicha instrumentning amortizatsiyalangan qiymatiga kiritiladi.

Hisob-kitob, inkassatsiya, kartalar, aktivlarni boshqarish va boshqa alohida xizmatlar uchun komissiyalar 15-son MHXS boʻyicha bajarish javobgarliklari bajarilganda tan olinadi.

Komissiya daromadlarining bir qismi 9-son MHXS, bir qismi esa 15-son MHXS doirasiga kiradi.

Bankning binolar, ofislar, avtomobillar va uskunalarni ijaraga olishi

16-son MHXS, 36-son BHXS, zarur hollarda 37-son BHXS

Bank ijarachi boʻlsa, odatda 16-son MHXS boʻyicha foydalanish huquqidagi aktiv va ijara majburiyatini tan oladi.

 Foydalanish huquqidagi aktivning qadrsizlanishi 36-son BHXS boʻyicha baholanadi.

Qisqa muddatli va past qiymatli aktivlar boʻyicha istisnolar mavjud boʻlganda 37-son BHXS qoʻllaniladi.

Bank tomonidan mijozlarga moliyaviy yoki operativ ijara berilishi

7-son MHXS,

9-son MHXS,

16-son MHXS,

Moliyaviy ijara boʻyicha sof investitsiya (debitorlik qarzi) 9-son MXXSning qadrsizlanishga oid talablariga boʻysungani sababli, ushbu debitorlik qarzi yuzasidan kredit riski va boshqa tegishli maʼlumotlar 7-son MXXSga muvofiq oshkor qilinadi.

 Moliyaviy ijara boʻyicha kutilayotgan kredit zararlari boʻyicha baholanadigan rezerv 9-son MHXS boʻyicha hisoblanadi.

Moliyaviy ijara boʻyicha sof investitsiya 16-son MHXS boʻyicha tan olinadi.

Asosiy vositalar

16-son BHXS,

zarur hollarda 23-son BHXS, 36-son BHXS

Dastlabki tan olish, keyingi xarajatlar, amortizatsiya va qayta baholash 16-son BHXS boʻyicha amalga oshiriladi.

Kvalifikatsiyalanadigan aktivlar boʻyicha qarz xarajatlari esa 23-son BHXS boʻyicha, qadrsizlanish 36-son BHXS boʻyicha hisobga olinishi mumkin.

Investitsiya koʻchmas mulki

13-son MHXS, 40-son BHXS

Haqqoniy qiymat modeli tanlansa, baholash 13-son MHXS tamoyillariga muvofiq amalga oshiriladi.

Ijara daromadini olish yoki kapital qiymati oshishi uchun ushlab turilgan investitsiya koʻchmas mulki 40-son BHXS doirasida hisobga olinadi.

Nomoddiy aktivlar va dasturiy taʻminot

36-son BHXS,

ayrim bulutli xizmatlarda 38-son BHXS va Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini sharhlash qoʻmitasining qarorlari

Qadrsizlanish 36-son BHXS boʻyicha baholanadi.

Dasturiy taʼminot, litsenziya va boshqa nomoddiy aktivlarning tan olinishi, foydali xizmat muddati va amortizatsiyasi 38-son BHXS bilan tartibga solinadi.

Dasturiy taʼminot sifatidagi xizmat yoki bulutli xizmat shartnomalari har doim ham nomoddiy aktivni yuzaga keltirmaydi. Bunday holatlarda tegishli Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini sharhlash qoʻmitasining sharhlari va qarorlari hisobga olinadi.

Chet el valyutasidagi operatsiyalar va xorijiy faoliyat

moliyaviy instrumentlar

Xorijiy valyutadagi operatsiyalar funksional valyutada tan olinadi.

Monetar moddalar hisobot sanasidagi kurs boʻyicha qayta hisoblanadi.

Nomonetar moddalar esa ularning baholash bazasiga qarab tarixiy yoki haqqoniy qiymat sanasidagi kursda hisobga olinadi.

Joriy va kechiktirilgan foyda soligʻi

12-son BHXS, noaniq soliq pozitsiyalarida 23-son Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini sharhlash qoʻmitasining sharhi

Joriy soliq, vaqtinchalik farqlar, soliq zararlari va kechiktirilgan soliq aktivlari yoki majburiyatlari 12-son BHXS boʻyicha hisobga olinadi.

Soliq organi bilan noaniqlik mavjud boʻlsa 23-son Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini sharhlash qoʻmitasining sharhi qoʻllaniladi.

Garov undirib olinishi natijasida bank balansiga olingan aktiv

Aktiv odatdagi faoliyat doirasida sotish uchun moʻljallangan boʻlsa —2-son BHXS,

5-son MHXS, 16-son BHXS

40-son BHXS

Garov hisobidan olingan aktiv uni ushlab turish maqsadiga qarab tasniflanadi.

2-son BHXS faqat mulk bankning odatdagi faoliyati doirasida sotish uchun moʻljallangan boʻlsa qoʻllanadi. Garov undirib olinishining oʻzi bunday tasniflash uchun asos boʻlmaydi.

5-son MHXS aktiv sotish uchun mavjud deb tasniflanganda va uni sotish yuqori ehtimolli boʻlganda qoʻllanadi.

Aktiv bankning oʻz faoliyatida foydalanish uchun moʻljallangan boʻlsa 16-son BHXS, ijara daromadini olish yoki kapital qiymatining oshishini taʼminlash maqsadida saqlansa 40-son BHXS qoʻllanadi.

Sotish uchun moʻljallangan uzoq muddatli aktivlar va hisobdan chiqariladigan guruhlar

5-son MHXS

5-son MHXS faqat aktiv yoki hisobdan chiqariladigan guruhning balans qiymati asosan foydalanish orqali emas, sotish orqali qoplanishi kutilsa va barcha tasniflash mezonlari bajarilsa qoʻllanadi.

Baholash balans qiymati bilan sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatning kichigi orqali hisoblanadi.

Shoʻba korxonalar va bank guruhini konsolidatsiya qilish

9-son MXXS

10-son MHXS, 12-son MHXS, alohida moliyaviy hisobotda — 27-son BHXS

10-son MHXS nazorat modelini va konsolidatsiya tartibini belgilaydi.

Shoʻba tashkilotlar, birgalikdagi faoliyat boʻyicha kelishuvlar, taʼsir ostidagi tashkilotlar va konsolidatsiyalashmaydigan tuzilmaviy tashkilotlardagi ulushlar boʻyicha yoritib beriladigan maʼlumotlar 12-son MHXSga muvofiq taqdim etiladi.

Alohida moliyaviy hisobotda shoʻba tashkilotdagi investitsiya 27-son BXXSga muvofiq bankning tanloviga koʻra tannarx usulida, 9-son MXXSga muvofiq yoki ulushli ishtirok usulida hisobga olinishi mumkin.

Biznes birlashmalari, bank yoki kompaniya sotib olish

3-son MHXS,

8-son BHXS

Xarid qilish usuli, identifikatsiyalanadigan aktiv va majburiyatlarning haqqoniy qiymati, gudvil yoki manfaatli xariddan koʻrilgan foyda 3-son MHXS bilan tartibga solinadi.

Umumiy nazorat ostidagi tashkilotlar yoki bizneslar birlashmalari 3-son MXXS doirasidan chiqarilgan boʻlib, 8-son BHXS asosida hisob siyosati ishlab chiqishni talab qiladi.

Taʼsir ostidagi tashkilot

yoritib berish — 12-son MHXS,

alohida moliyaviy hisobotda — 27-son BHXS, konsolidatsiyalashgan hisobotda — 28-son BHXS

Ulushlar boʻyicha maʼlumotlar 12-son MHXSga muvofiq yoritib beriladi.

alohida moliyaviy hisobotda — 27-son BHXSga muvofiq tannarx, 9-son MHXS yoki ulushli ishtirok usulida, ahamiyatli taʼsir mavjud boʻlganda konsolidatsiyalashgan hisobotda — 28-son BHXS.

Birgalikdagi faoliyat boʻyicha kelishuvlar (birgalikdagi operatsiyalar va qoʻshma korxonalar)

11-son MHXS,

12-son MHXS,

27-son BHXS, 28-son BHXS,

Birgalikdagi operatsiya ishtirokchisi oʻz aktivlari, majburiyatlari, tushumlari va xarajatlaridagi ulushini tan oladi.

11-son MHXSga muvofiq kelishuv turi aniqlanadi.

Yoritib beriladigan maʼlumotlar 12-son MHXSga muvofiq taqdim etiladi.

Alohida moliyaviy hisobotda qoʻshma korxonadagi ulush 27-son BHXSga muvofiq hisobga olinadi.

Qoʻshma korxonadagi ulush investitsiya sifatida tan olinadi va 28-son BHXSga muvofiq ulushli qatnashish usulida hisobga olinadi.

Sugʻurta va qayta sugʻurta shartnomalari

sugʻurta faoliyati doirasida saqlanadigan moliyaviy aktivlar uchun — 9-son MHXS,

15-son MHXS,

17-son MHXS

Sugʻurta faoliyati bilan bogʻliq moliyaviy aktivlar 9-son MHXSga muvofiq hisobga olinadi.

Bank shartnoma chiqaruvchi emas, balki agent sifatida ish yuritganda, olingan komissiya 15-son MHXSga muvofiq tushum sifatida tan olinadi.

Bank yoki uning shoʻba sugʻurta kompaniyasi sugʻurta shartnomalarini chiqarsa, 17-son MHXS qoʻllaniladi. Qayta sugʻurta shartnomalari ham ushbu standart doirasiga kiradi.

Xodimlar ish haqi, bonuslari va pensiya majburiyatlari

aksiyalarga asoslangan toʻlovlarda 2-son MHXS,

19-son BHXS

Aksiyalarga asoslangan toʻlovlar 2-son MHXSga tegishli.

Qisqa muddatli toʻlovlar, uzoq muddatli bonuslar, belgilangan badallar boʻyicha va belgilangan toʻlovlar boʻyicha pensiya dasturlari 19-son BHXS boʻyicha hisobga olinadi.

Sud ishlari, daʼvolar, restrukturizatsiya va boshqa baholangan majburiyatlar

9-son MHXS

37-son BHXS

Hozirgi majburiyat mavjud, resurslar chiqib ketishi ehtimolli va summani ishonchli baholash mumkin boʻlsa baholangan majburiyat tan olinadi.

Moliyaviy kafolat va kredit majburiyatlarining 9-son MHXS doirasidagi qismi 9-son MHXS boʻyicha, qolgan shartli majburiyatlar esa 37-son BHXS boʻyicha hisobga olinadi.

Davlat subsidiyalari va davlat koʻmagi

bozor stavkasidan past foizli mablagʻlar boʻyicha 9-son MHXS;

20-son BHXS; yoritib berish — 24-son BHXS

Davlat bankiga bozor stavkasidan past foizda berilgan mablagʻ dastlab 9-son MHXSga muvofiq haqqoniy qiymatda tan olinadi.

Tushum bilan boshlangʻich balans qiymati oʻrtasidagi farq 20-son BHXSga muvofiq davlat granti sifatida hisobga olinadi. Davlat grantlari va xarajatlarni qoplashga moʻljallangan subsidiyalar ham mazkur standartga muvofiq hisobga olinadi.

24-son BHXS grantni hisobga olish tartibini belgilamaydi, u faqat davlat bilan bogʻliq boʻlgan tashkilotlar bilan operatsiyalar boʻyicha yoritib beriladigan maʼlumotlarga taalluqli.

Moliyaviy hisobotni taqdim etish

1-son BHXS — 2026-yil hisobotlari uchun; 18-son MHXS — 2027-yildan

2026-yil 31-dekabrda yakunlanadigan hisobot davri uchun 1-son BHXS amalda qoladi.

18-son MHXS 2027-yil 1-yanvardan yoki undan keyin boshlanadigan yillik davrlar uchun majburiy boʻlib, 1-son BHXSning taqdimot boʻyicha asosiy talablarini almashtiradi. 18-son MHXS foyda yoki zarar hisobotida yangi toifalar va majburiy oraliq natijalarni, shuningdek boshqaruv tomonidan belgilangan samaradorlik koʻrsatkichlari boʻyicha yoritib beriladigan maʼlumotlarni joriy qiladi.

Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot

7-son BHXS

Operatsion, investitsion va moliyaviy pul oqimlari tasnifi, pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlari tarkibi, moliyalashtirish majburiyatlaridagi oʻzgarishlarni ochib berish 7-son BHXS boʻyicha amalga oshiriladi.

Hisob siyosati, baholashlar va xatolar

8-son BHXS

MHXSda aniq talab boʻlmagan operatsiyalar boʻyicha hisob siyosatini ishlab chiqish, hisob baholaridagi oʻzgarishlar va oldingi davr xatolarini retrospektiv tuzatish 8-son BHXS bilan tartibga solinadi.

Hisobot sanasidan keyingi hodisalar

10-son BHXS

Tuzatuvchi va tuzatmaydigan hodisalarni ajratish, dividendlar va faoliyatning uzluksizligi bilan bogʻliq keyingi hodisalarni aks ettirish 10-son BHXS boʻyicha amalga oshiriladi.

Moliyaviy instrumentlarni taqdim etish va oʻzaro hisobga olish

32-son BHXS

Moliyaviy aktiv, moliyaviy majburiyat va kapital instrumentini ajratish, murakkab moliyaviy instrumentlar va aktiv va majburiyatlarni oʻzaro hisob-kitob qilish 32-son BHXSning mustaqil yoʻnalishi boʻlib, alohida qator sifatida qoʻllaniladi.

Moliyaviy risklar va moliyaviy instrumentlar boʻyicha yoritib beriladigan maʼlumotlar

7-son MHXS

7-son MHXS kredit riski, kutilayotgan kredit zararlari, likvidlilik riski, bozor riski, taʼsirchanlik tahlili, garov, modifikatsiya, hisobdan chiqarish va moliyaviy instrumentlar toifalari boʻyicha yoritib beriladigan maʼlumotlarni belgilaydi. Standart banklarning moliyaviy instrumentlari boʻyicha asosiy yoritib berish talablarini belgilaydi.

Haqqoniy qiymatni baholash

13-son MHXS

13-son MHXS qaysi aktiv yoki majburiyatni haqqoniy qiymatda hisobga olish kerakligini belgilamaydi, balki haqqoniy qiymatni qanday baholash usullarini tartibga soladi.

Bogʻliq tomonlar bilan operatsiyalar

24-son BHXS

Nazorat yoki muhim taʼsirga ega aksiyadorlar, davlat bilan bogʻliq tashkilotlar (24-son BHXSning 25 — 27-bandlaridagi qisman istisno hisobga olingan holda), shoʻba, qoʻshma va taʼsir ostidagi tashkilotlar, kuzatuv kengashi, asosiy boshqaruv xodimlari hamda ularning yaqin oila aʼzolari bilan operatsiyalar va qoldiqlar 24-son BXXSga muvofiq oshkor qilinadi.

Davlat bilan bogʻliq banklar uchun 24-son BHXSdagi davlat bilan bogʻliq boʻlgan tashkilotlar boʻyicha istisnolar alohida tahlil qilinadi.

Operatsion segmentlar

8-son MHXS

Segmentlar operatsion qarorlar qabul qiluvchi boshqaruv organiga taqdim etiladigan ichki boshqaruv hisobotlari asosida aniqlanadi.

8-son MHXS qarz yoki ulush instrumentlari ommaviy bozorda muomalada boʻlgan yoki ularni ommaviy chiqarish jarayonidagi banklarga majburiy tatbiq etiladi.

Oraliq moliyaviy hisobot

34-son BHXS

Yarim yillik yoki choraklik moliyaviy hisobotlar, minimal tarkib, oldingi yillik hisobotga nisbatan yangilangan maʼlumotlar va bir xil hisob siyosatini qoʻllash 34-son BHXS bilan tartibga solinadi.

Bir aksiyaga toʻgʻri keladigan foyda

33-son BHXS

Oddiy va oʻzgaruvchan bir aksiyaga toʻgʻri keladigan foydani hisoblash, ehtimoliy oddiy aksiyalar va retrospektiv tuzatishlar 33-son BHXS boʻyicha amalga oshiriladi.

 Standart aksiyalari ommaviy bozorda muomalada boʻlgan yoki ularni ommaviy chiqarish jarayonidagi banklarga tatbiq etiladi.

Faoliyatning uzluksizligi

1-son BHXS, 10-son BHXS

1-son BHXSda rahbariyat bankning faoliyatni uzluksiz davom ettirish qobiliyatini baholaydi. Muhim noaniqliklar mavjud boʻlsa, ular ochib beriladi.

10-son BHXSga muvofiq, hisobot sanasidan keyingi hodisalar moliyaviy hisobotga taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Giperinflyatsiya

29-son BHXS

Faqat funksional valyuta giperinflyatsion iqtisodiyot valyutasi boʻlganda qoʻllanadi.

Standartning qoʻllanishi bitta inflyatsiya koʻrsatkichiga emas, iqtisodiy muhitning barcha belgilariga asoslanadi.

Birinchi marta MHXSga oʻtish

1-son MHXS

Faqat bank birinchi marta MHXSga toʻliq va aniq muvofiqlik bayonotini beradigan moliyaviy hisobotni tayyorlaganda qoʻllanadi. Keyingi hisobot davrlarida standart qayta qoʻllanilmaydi.

”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2026 y., 10/26/3337-1/0976-son)