|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
1993 YILNING 20 IYuLIDAN BOShLAB QIShLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTLARI VA OZIQ-OVQAT TOVARLARI AYRIM TURLARINING ShARTNOMAVIY (ERKIN) XARID VA ChAKANA NARXLARIGA OʻTISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Iqtisodiy islohotlar yoʻlini oʻtkazishni yanada davom ettirish, respublika ichki isteʼmol bozorini himoya qilish, narxlarning keskin oshib ketishini toʻxtatib turish va alohida ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan oziq-ovqat tovarlari narxlarini boshqarishning yagona tartibini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1993-yilning 20-iyulidan boshlab chorva mollari, sut, kartoshka va piyozning shartnomaviy (erkin) xarid narxlariga, shuningdek, goʻsht, qaymogʻi olinmagan sut, makaron, oʻsimlik moyi, qand-shakar, choy va kir sovunning shartnomaviy (erkin) chakana narxlariga oʻtish, ular bilan respublika aholisini belgilangan miqdorda kafolatli taʼminlagan holda, amalga oshirilsin.
2. Nazarda tutilsinki, eng zarur oziq-ovqat mahsulotlariga ularni yetishtirish, tashib keltirish va sotish xarajatlarini qoplaydigan erkin narx belgilashga oʻtish, uni asosan 1994-yil 1-yanvarga qadar tugallagan holda, asta-sekin amalga oshiriladi.
3. “Oʻzbeksavdo” uyushmasi va Oʻzbekbirlashuv huzurida chakana narxlarni boshqarishning budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasini tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Chakana narxlarni boshqarishning budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasini tashkil etish va sarflashning ilova qilinayotgan Vaqtinchalik tartibi tasdiqlansin, 1993-yilda uni shakllantirishning asosiy manbalari etib quyidagilar belgilansin: budjetdan ajratiladigan mablagʻlar, “Oʻzbeksavdo” uyushmasi, Oʻzbekbirlashuvning, savdo tapmogʻiga ega boʻlgan vazirliklar, idoralar va birlashmalarning tijorat narxlari boʻyicha sotishdan, tovarlarni qayta baholashdan, chakana narxlar darajasini boshqarishdan, tushumlarning bir qismini tavakkal jamgʻarmalariga markazlashtirish daromadlari hisobiga oladigan mablagʻlari, shuningdek, xayriya jamgʻarmalari, korxonalar va tashkilotlarning ixtiyoriy badallari. Belgilab qoʻyilsinki, yil oxirigacha foydalanilmagan budjet mablagʻlapi musodara qilinmaydi.
4. “Oʻzbeksavdo” uyushmasi va Oʻzbekbirlashuvga respublika moliya vazirligi bilan kelishgan holda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda, aholiga belgilangan miqdorlar boʻyicha, shuningdek, budjet tashkilotlariga va umumiy ovqatlanish korxonalarining yopiq tarmoqlariga sotiladigan eng zarur oziq-ovqat tovarlariga chakana narxlarning chegaralangan darajasini bozor konyunkturasidan, resurslar mavjudligidan, haqiqiy xarajatlardan kelib chiqqan holda narxlarni boshqarishning mavjud mablagʻlari doirasida belgilash huquqi berilsin.
“Oʻzbeksavdo” uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv, savdo tarmogʻiga ega boʻlgan boshqa vazirliklar va idoralar mahalliy hokimiyat organlari va boshqarmalar bilan birgalikda hamma joyda aholi oʻrtasida, narxlarning oʻzgarishi sabablari va omillari toʻgʻrisida maʼlum qilgan holda, tushuntirish ishlari olib borilsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
mazkur qarorning 1-bandida qayd etilgan tovarlar qoldigʻini qayta baholash toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarni, tovarlar qoldiqlarini qayta baholashdan olingan summa chakana narxlarni boshqarishning budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasiga toʻliq yoʻnaltirilishini nazarda tutgan holda, manfaatdor vazirliklar va idoralarga yetkazsin;
xoʻjaliklar, birlashmalar va korxonalar tomonidan shartnomaviy narxlarning toʻgʻri shakllantirilishi ustidan qattiq davlat nazoratini taʼminlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari oʻrtoq T. M. Miryoqubov, “Oʻzbeksavdo” uyushmasining raisi oʻrtoq M. 3. Usmonov va Oʻzbekbirlashuv raisi oʻrtoq G. G. Volkov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 16-iyul.,
360-son
Chakana narxlarni boshqarishning budjetdan tashqari maxsus
jamgʻarmasini tashkil etish va sarflashning
jamgʻarmasini tashkil etish va sarflashning
VAQTINChALIK TARTIBI
1. Umumiy qoidalar
Mazkur tartib Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 16-iyuldagi 360-son qaroriga muvofiq oziq-ovqat tovarlarining ayrim turlariga shartnomaviy (erkin) narxlarga oʻtilishi munosabati bilan ishlab chiqilgan.
“Oʻzbeksavdo” uyushmasi va Oʻzbekbirlashuv huzuridagi chakana narxlarni boshqarishning budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasi aholiga belgilangan miqdorlar boʻyicha, shuningdek, budjet tashkilotlariga va maxsus isteʼmolchilarga sotiladigan eng zarur oziq-ovqat mahsulotlari xaridorlarining manfaatlarini koʻzlab chakana narxlarni boshqarish maqsadida tashkil etiladi.
“Oʻzbeksavdo” uyushmasi va Oʻzbekbirlashuvga chakana narxlarni boshqarishning budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida, resurslar mavjudligidan, vujudga kelayotgan harajatlardan va bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari bilan birgalikda chakana narxlarning chegaralangan darajalarini davrlar boʻyicha belgilash huquqi beriladi. Bunda aholiga belgilangan miqdorlar boʻyicha, shuningdek, budjet tashkilotlariga va maxsus isteʼmolchilarga sotiladigan eng zarur tovarlarning chakana narxlari albatta Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishiladi.
II. Chakana narxlarni boshqarishning budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasini
shakllantirish manbalari
shakllantirish manbalari
Chakana narxlarni boshqarishning budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasi 1993-yilda:
1) “Oʻzbeksavdo” uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv va savdo tarmogʻiga ega boʻlgan boshqa vazirliklar, idoralar, birlashmalarning mablagʻlaridan quyidagilar hisobiga shakllanadi;
tovarlarni tijorat narxlarida va barter operatsiyalari boʻyicha sotishdan olingan daromadlar (narxlardagi tafovutning 95 foizi);
resurslarning mavjudligi va bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda tovarlar chakana narxlari darajasini boshqarish natijasida narxlardagi ijobiy farqlar;
tovarlarni qayta baholashdan olingan daromadlar;
tavakkal jamgʻarmasi mablagʻlarining bir qismi (50 foizgacha);
2) budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga;
3) xayriya jamgʻarmalarining, korxonalar va tashkilotlarning mablagʻlari hisobiga.
Chakana narxlarni boshqarishning budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasiga tushadigan mablagʻlap “Oʻzbeksavdo” uyushmasining maxsus ochiladigan schyotida jamlanadi.
Qayd etib oʻtilgan jamgʻarmaga mablagʻlarning toʻliq va oʻz vaqtida oʻtkazilishini nazorat qilish “Oʻzbeksavdo” uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv va respublika soliq idoralari tomonidan amalga oshiriladi.
III. Chakana narxlarni boshqarishning budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasidan foydalanish
Chakana narxlarni boshqarishning budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasi mablagʻlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, muayyan davrda narxlarning, eng avvalo, eng zarur oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining nisbatan past darajasini saqlab turishda foydalaniladi.
“Oʻzbeksavdo” uyushmasi Oʻzbekbirlashuv bilan birgalikda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, har oyda, 1993-yil mobaynida, oy boshlanishidan 2 kun oldin aholiga belgilangan miqdorlar boʻyicha sotiladigan goʻsht, qand-shakar, oʻsimlik moyi va boshqa oziq-ovqat tovarlarining chakana narxlari chegaralangan miqdorlarini belgilaydi hamda ularni barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, birlashmalar va korxonalarga maʼlum qiladi, shuningdek, ularning toʻgʻpi qoʻllanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.