OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI IJTIMOIY HIMOYA MILLIY AGENTLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGINING
QARORI
“Ijtimoiy xodimlarning maqomi, vazifalari, funksiyalari va malakaviy talablari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 16-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3240-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Ijtimoiy ish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-sentabrdagi 461-son “Ijtimoiy himoya sohasida yuqori malakali mutaxassislar korpusini shakllantirish, shuningdek, ularning kasbiy faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M. OLLOYOROV
Toshkent sh.,
2026-yil 11-noyabr,
3-son
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 15-sentabr,
66-q/q-son
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 20-oktabr,
403-son
Sogʻliqni saqlash vaziri E. ADILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 28-sentabr,
29-son
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E. KARIMOVA
Toshkent sh.,
2026-yil 22-sentabr,
16-222-son
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
Toshkent sh.,
2026-yil 17-sentabr,
08/462-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining 2026-yil 11-noyabrdagi 3-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 20-oktabrdagi 403-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 17-sentabrdagi 08//462-son, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 22-sentabrdagi 16-222-son, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 15-sentabrdagi 66-q/q-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2026-yil 28-sentabrdagi 29-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligining 2020-yil 15-maydagi 14-2020 q/q, 6-mh, 33-q/q, 16, 71, 8-son “Ijtimoiy xodimlarning maqomi, vazifalari, funksiyalari va malakaviy talablari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 3240, 2020-yil 10-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2020-y., 10/20/3240/0761).
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 15-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3313, 2021-yil 28-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son) ilovaning 536-bandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-son “Vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3916, 2021-yil 28-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son) ilovaning 23-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2026-y., 10/26/3240-1/1137-son)