1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.04.00 Ishsizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash kafolatlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasida aholi bandligi va ishsizlik hisobini yuritishni takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 24-fevraldagi PQ-75-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasining mehnat resurslari balansi shakli 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasining mehnat resurslari hisobot va prognoz balansini ishlab chiqish uchun maʼlumotlarni shakllantirish sxemasi 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasining mehnat resurslari hisobot va prognoz balansini ishlab chiqishni tashkil etish sxemasi 3-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasining mehnat resurslari balansini shakllantirish, aholi bandligi va ishsizlikni hisoblash metodikasi 4-ilovaga muvofiq;
Ishsiz shaxslar va norasmiy bandlarning manzilli roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi bir oy muddatda ushbu qarorga 2 va 3-ilovalardagi sxemalarga muvofiq taqdim etiladigan maʼmuriy maʼlumotlarning shakllari tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini taʼminlasin.
Bunda vazirlik va idoralarning maʼmuriy maʼlumotlari qabul qiluvchi tashkilotlarga “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etib boriladi.
3. Belgilansinki, mehnat resurslari hisobot va prognoz balansini ishlab chiqish uchun maʼlumotlarni shakllantirish hamda aholi bandligi va ishsizlik hisobi quyidagi tartibda yuritiladi:
yakka tartibdagi tadbirkorlar va ular yollagan xodimlar, shuningdek, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar hamda dehqon xoʻjaliklarida band boʻlganlar — Soliq qoʻmitasining axborot bazasida;
yuridik shaxslarda faoliyat yuritayotgan shaxslarning hisobi — Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy — apparat kompleksida hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi hisobotlari — Soliq qoʻmitasining axborot bazasida. Bunda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan holatlar hisobga olinadi;
hunarmandlar — “Hunarmand” uyushmasining axborot bazasida;
xorijiy davlatlarga vaqtincha mehnat faoliyatini yuritish uchun ketgan shaxslar — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining axborot bazalarida;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari ajratilgan fuqarolar — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining axborot bazasida;
uy sharoitida pilla yetishtirish, ipak-mato, qoʻlda ipak gilam toʻqish bilan shugʻullanuvchi hamda shaxsiy tomorqa yer uchastkasida tut mevasi va koʻchati yetishtiruvchi shaxslar — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining axborot bazasida;
rasman roʻyxatga olingan ishsiz shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Bandlik xizmati” axborot bazasida;
norasmiy bandlar va roʻyxatga olinmagan ishsizlar hisobi ishchi kuchi kuzatuvlari natijalari asosida — Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining axborot bazasida.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Kambagʻallik va mehnat bozori tadqiqotlari instituti har yili 1-iyulga qadar mehnat bozori talablari asosida kadrlar tayyorlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish maqsadida ish beruvchilarning ishchi kasblar, mutaxassisliklar va malakalarga boʻlgan talablarini oʻrganishga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.E. Zaxidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 29-sentabr,
522-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi 522-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining mehnat resurslari balansi shakli
Koʻrsatkichlar nomi
Qator raqami
Hisoblash
Jami
shundan:
erkaklar
ayollar
shahar joylarda
qishloq joylarda
Doimiy aholining oʻrtacha soni, ming kishi
01
1. Mehnat resurslari
02
03-qator+
93-qator
2. Ishchi kuchi soni
03
04-qator+
76-qator
3. Jami bandlar
04
05-qator+
26-qator+
46-qator
3.1. Rasmiy bandlar
(yuridik shaxslarda, yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlarida rasmiy bandlar, shuningdek, oʻzini oʻzi band qilganlar, kasanachilar, hunarmandlar va boshqa rasman yollanib ishlovchilarni hisobga olgan holda)
05
06 — 24-qatorlar yigʻindisi
ulardan iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha:
qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi
06
togʻ-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash
07
ishlab chiqarish sanoati
08
elektr energiyasi, gaz va bugʻ taʼminoti, havoni tozalash va sovitish
09
suv taʼminoti va oqova suv tizimi, chiqindilarni yigʻish va utilizatsiya qilish
10
qurilish
11
ulgurji va chakana savdo, motorli transport vositalari va mototsikllarni taʼmirlash
12
tashish va saqlash
13
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar
14
axborot va aloqa
15
moliya va sugʻurta faoliyati
16
koʻchmas mulk bilan operatsiyalar
17
professional, ilmiy va texnik faoliyat
18
boshqarish boʻyicha faoliyat va yordamchi xizmatlar koʻrsatish
19
davlat boshqaruvi va mudofaa, majburiy ijtimoiy taʼminot
20
taʼlim
21
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish
22
sanʼat, koʻngilochar va dam olish
23
boshqa turdagi xizmatlar koʻrsatish
24
3.2. Norasmiy bandlar
25
26 — 44-qatorlar yigʻindisi
shu jumladan:
qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi
26
togʻ-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash
27
ishlab chiqarish sanoati
28
elektr energiyasi, gaz va bugʻ taʼminoti, havoni tozalash va sovitish
29
suv taʼminoti va oqova suv tizimi, chiqindilarni yigʻish va utilizatsiya qilish
30
qurilish
31
ulgurji va chakana savdo, motorli transport vositalari va mototsikllarni taʼmirlash
32
tashish va saqlash
33
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar
34
axborot va aloqa
35
moliya va sugʻurta faoliyati
36
koʻchmas mulk bilan operatsiyalar
37
professional, ilmiy va texnik faoliyat
38
boshqarish boʻyicha faoliyat va yordamchi xizmatlar koʻrsatish
39
davlat boshqaruvi va mudofaa, majburiy ijtimoiy taʼminot
40
taʼlim
41
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish
42
sanʼat, koʻngilochar va dam olish
43
boshqa turdagi xizmatlar koʻrsatish
44
3.3. Chet elga ishlash uchun ketganlar (mehnat migrantlari)
45
46-qator+
47-qator
shu jumladan:
tashkillashtirilgan holda yuborilganlar
46
mustaqil ravishda ketganlar
47
Kasb turlari boʻyicha bandlar
48
49 — 57-qatorlar yigʻindisi
ulardan:
rahbarlar
49
professional mutaxassislar
50
mutaxassislar va texniklar
51
ish yuritish boʻyicha yordamchi xodimlar
52
savdo va xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari
53
qishloq va oʻrmon xoʻjaligi, baliqchilik va baliqshunoslik sohalari malakali xodimlari
54
sanoat, qurilish va shu kabi sohalarning malakali ishchilari
55
sanoat uskunalari va dastgohlari yigʻuvchilari va operatorlari
56
malakasiz ishchilar
57
Yosh guruhlari boʻyicha bandlar
58
59 — 68-qatorlar yigʻindisi
16 — 19 yosh
59
20 — 24 yosh
60
25 — 29 yosh
61
30 yosh
62
31 — 34 yosh
63
35 — 39 yosh
64
40 — 44 yosh
65
45 — 49 yosh
66
50 — 54 yosh
67
55 — 60 yosh
68
Taʼlim darajasi boʻyicha bandlar
69
70 — 74-qatorlar yigʻindisi
umumiy oʻrta
70
oʻrta maxsus
71
kasbiy
72
oliy
73
oliy taʼlimdan keyingi taʼlim
74
4. Ishsizlar
75
76-qator+
82 — 85-qatorlar yigʻindisi
ulardan:
Ayni vaqtda ish boshlashga tayyor va ish qidirayotgan shaxslar, shundan:
76
77 — 81-qatorlar yigʻindisi
moliyaviy mablagʻ izlayotganlar, ruxsatnomalar va litsenziyalar olish uchun ariza berganlar
77
qishloq xoʻjaligini yuritish uchun yer, bino, texnika, xomashyo, asbob-uskuna va materiallarni izlayotganlar
78
davlat yoki xususiy bandlik xizmatida roʻyxatdan oʻtgan yoki shartnoma tuzganlar
79
ish beruvchilarga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilganlar, ishlab chiqarish subyektlarida, fermer xoʻjaliklarida, zavodlarda, bozorlarda yoki boshqa jamoat joylarida ish izlaganlar
80
gazetalarda, internet yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali ish izlaganlar (eʼlon bergan yoki eʼlon boʻyicha murojaat qilgan, rezyumesini joylashtirgan yoki yangilagan)
81
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish jarayonidagilar (ayni vaqtda davlat roʻyxatidan oʻtmagan, faoliyat boshlamagan, pul tushumi tushmagan hamda mablagʻ, infratuzilma yoki zarur materiallarni shakllantirayotganlar)
82
Yaqin kelajakda ish boshlovchilar (“ish bilan band boʻlmagan”, “ish qidirmayotgan”, “hozirda ishni boshlashga tayyor” va uch oy ichida ish boshlashga kelishgan shaxslar)
83
“Ish bilan band boʻlmagan”, “hozirda ishni boshlashga tayyor boʻlmagan” va “ish qidirmayotgan” shaxslar (bandlikka koʻmaklashish dasturlari doirasida kasbiy-texnik taʼlim yoki qayta tayyorlash dasturlari ishtirokchilari)
84
“Ish bilan band boʻlmagan” shaxslar (ish haqi yoki foyda olish maqsadida chet elga chiqishga harakat qilgan, lekin hali ham ketish imkoniyatini kutayotganlar)
85
Ish qidirish vaqti davomiyligi boʻyicha ishsizlar soni, shundan:
86
87 — 91-qatorlar yigʻindisi
1 oygacha
87
3 oygacha
88
6 oygacha
89
1 yilgacha
90
1 yildan ortiq
91
5. Ishchi kuchi tarkibidan tashqari aholi
92
93-94-qatorlar yigʻindisi
ulardan:
5.1. Oʻrganilayotgan davrda bandlar va ishsizlar tarkibiga kirmaydigan mehnat yoshidagi shaxslar (ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʻqiyotganlar, ishlashni xohlamaydiganlar, parvarishga muhtoj uy xoʻjaligi aʼzolariga qarayotganlar, bola parvarishida bandlar, sogʻligi tufayli ishlay olmaydiganlar)
93
5.2 Potensial ishchi kuchi
94
95-96-qatorlar yigʻindisi
ulardan:
ish qidirayotgan, hozirda ishni boshlashga tayyor boʻlmagan, lekin qisqa muddat ichida ish boshlashga tayyor shaxslar
95
ish qidirmagan, lekin ishlashni xohlaydi va ayni paytda ishga kirishga tayyor, lekin ish topishga umidsiz boʻlgan shaxslar
96
6. Ishchi kuchi taklifi (ishga joylashtirishga ehtiyoj)
97
98 — 103-qatorlar yigʻindisi
ulardan:
hisobot davri boshidagi ishsizlar
98
tarkibiy oʻzgarishlar natijasida ishdan boʻshatilgan shaxslar
99
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar
100
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etiladigan mehnatga layoqatli shaxslar
101
chet eldan qaytadigan mehnat migrantlari
102
mehnat bozoriga ilk bor kirib keluvchi taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari
103
104 — 106-qatorlar yigʻindisi
shu jumladan:
umumtaʼlim maktablari bitiruvchilari
104
akademik litseylar va kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari
105
oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari
106
7. Ishchi kuchiga talab (ish oʻrinlari taklifi)
107
108 — 112-qatorlar yigʻindisi
ulardan:
hisobot davri boshidagi boʻsh (vakant) ish oʻrinlari
108
yangi tashkil etiladigan ish oʻrinlari
109
mavsumiy va vaqtincha ishlar
110
tabiiy sabablar bilan boʻshaydigan ish oʻrinlari (pensiya, oʻlim, koʻchib ketish)
111
tashkiliy ravishda chet elga ishga yuboriladiganlar
112
8. Balans (ishchi kuchiga talab va taklif oʻrtasidagi farq)
113
97-qator
107-qator
Maʼlumot uchun:
Aholi soni, ming kishi
114
Bandlik darajasi
115
Ishsizlik darajasi
116
Norasmiy bandlik darajasi
117
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi 522-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining mehnat resurslari hisobot va prognoz balansini ishlab chiqish uchun maʼlumotlarni shakllantirish
SXEMASI
T/r
Maʼlumotlar mazmuni
Maʼlumotlarni taqdim etuvchi vazirliklar, idoralar va manbalar
Maʼlumotni taqdim etish muddati
Qayerga taqdim etiladi
I. Mehnat resurslari hisobot balansini ishlab chiqish
1.
Doimiy aholi soni
Milliy statistika qoʻmitasi
Keyingi chorakning birinchi oyi 5-sanasiga qadar
Kambagʻallikni qisqartirishva bandlik vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
2.
14 — 65 yoshdagi fuqarolar (14 — 60 yoshdagi ayollar, 14 — 65 yoshdagi erkaklar) toʻgʻrisidagi manzilli maʼlumotlar(JSHSHIR bilan birga)
Ichki ishlar vazirligi
Keyingi chorakning birinchi oyi 5-sanasiga qadar
Kambagʻallikni qisqartirishva bandlik vazirligi,
Milliy statistika qoʻmitasi
3.
Oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari talabalari soni
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Keyingi chorakning birinchi oyi 5-sanasiga qadar
Kambagʻallikni qisqartirishva bandlik vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Milliy statistika qoʻmitasi
4.
Maktab oʻquvchilarisoni
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
Keyingi chorakning birinchi oyi 5-sanasiga qadar
Kambagʻallikni qisqartirishva bandlik vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Milliy statistika qoʻmitasi
5.
1. Ish haqi toʻlanadigan stajyorlar va kasbiy tayyorgarlikdan oʻtayotgan fuqarolar soni.
2. Ish haqi toʻlanmaydigan stajyorlarva kasbiy tayyorgarlikdan oʻtayotgan fuqarolar soni(yashash joyi boʻyicha).
Ishchi kuchi kuzatuvlari,
Kasbiy taʼlim agentligi
Keyingi chorakning birinchi oyi 5-sanasiga qadar
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
6.
Ikki yoshgacha farzandi bor ayollar soni
Adliya vazirligi
Keyingi chorakning birinchi oyi 5-sanasiga qadar
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
7.
1. Mehnatga layoqatli yoshdan katta ishlovchifuqarolar soni.
2. Yoshga doir imtiyozli pensiya oluvchi pensionerlarsoni.
3. Hisobot davrida pensiya tayinlangan fuqarolar soni.
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi,
Milliy statistika qoʻmitasi,
Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi,
Ishchi kuchi kuzatuvlarinatijalari
Keyingi chorakning birinchi oyi 5-sanasiga qadar
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
8.
1 va 2-guruh nogironligi boʻlgan fuqarolar soni
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Keyingi chorakning birinchi oyi 5-sanasiga qadar
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
9.
Yuridik shaxslarda mehnat shartnomasi asosida yollanib ishlayotganfuqarolar soni
Soliq qoʻmitasi,
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi
Keyingi chorakning birinchi oyi 5-sanasiga qadar
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
10.
Notoʻliq ish kunida bandboʻlgan fuqarolar soni
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi,
Ishchi kuchi kuzatuvlari natijalari
Keyingi chorakning birinchi oyi 5-sanasiga qadar
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
11.
Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlovchi fuqarolar soni
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi,
Ishchi kuchi kuzatuvlari natijalari
Keyingi chorakning birinchi oyi 5-sanasiga qadar
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
12.
1. Yuridik shaxs maqomidagi dehqonva shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarida bandboʻlgan fuqarolar soni.
2. Yakka tartibdagi tadbirkorlar soni (yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchilar).
3. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarsoni.
Soliq qoʻmitasi
Keyingi chorakning birinchi oyi 5-sanasiga qadar
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Milliy statistika qoʻmitasi
13.
Hunarmandlarsoni
“Hunarmand” uyushmasi
Keyingi chorakning birinchi oyi 5-sanasiga qadar
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Milliy statistika qoʻmitasi
14.
Kasanachilarsoni
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Soliq qoʻmitasi,
Ishchi kuchi kuzatuvlari natijalari
Keyingi chorakning birinchi oyi 5-sanasiga qadar
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Milliy statistika qoʻmitasi
15.
Koʻchar va koʻchmas mulkdan daromad oluvchifuqarolar soni
Soliq qoʻmitasi
Keyingi chorakning birinchi oyi 5-sanasiga qadar
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Milliy statistika qoʻmitasi
16.
Chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar soni
Migratsiya agentligi, Ichki ishlar vazirligi,
Ishchi kuchi kuzatuvlari natijalari
Keyingi chorakning birinchi oyi 5-sanasiga qadar
Kambagʻallikni qisqartirishva bandlik vazirligi
17.
Iqtisodiyotning norasmiy sektorida bandboʻlgan fuqarolar soni
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Ishchi kuchi kuzatuvlari natijalari
Keyingi chorakning birinchi oyi 10-sanasiga qadar
Milliy statistika qoʻmitasi
18.
Oʻz xohishiga koʻra ishlamayotganfuqarolar soni
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Ishchi kuchi kuzatuvlari natijalari
Keyingi chorakning birinchi oyi 10-sanasiga qadar
Milliy statistika qoʻmitasi
19.
1. Ishga joylashtirishga muhtoj band boʻlmagan fuqarolar soni.
2. Ishsiz sifatida rasmiy roʻyxatdan oʻtganfuqarolar soni.
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Ishchi kuchi kuzatuvlari natijalari
Keyingi chorakning birinchi oyi 10-sanasiga qadar
Milliy statistika qoʻmitasi
20.
Ishga joylashtirilgan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan va jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarsoni
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Keyingi chorakning birinchi oyi 10-sanasiga qadar
Milliy statistika qoʻmitasi
21.
Oʻzbekiston Respublikasining mehnat resurslari balansi
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Keyingi chorakning birinchi oyi 10-sanasiga qadar
Milliy statistika qoʻmitasi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
II. Mehnat resurslari prognoz balansini ishlab chiqish
22.
1. Mehnatga layoqatli yoshdagi taʼlim oluvchilar soni haqida taʼlim tashkilotlari hamda tuman va shaharlar kesimidagi maʼlumot.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Maktabgacha va maktab taʼlimivazirligi
Har yili1 yanvarga qadar
Kambagʻallikni qisqartirishva bandlik vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Milliy statistika qoʻmitasi
2. Oliy, kasbiy va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining ushbu oʻquv yili bitiruvchilari soni haqida taʼlim tashkilotlari kesimidagi maʼlumot.
Har yili1 iyulga qadar
23.
1. Yoshga doir va nogironlik pensiyasiga chiqqanfuqarolar sonihaqida maʼlumot.
2. Ishlovchi pensionerlar soni haqida maʼlumot.
Budjetdan tashqariPensiya jamgʻarmasi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi
Har yili1 oktabrga qadar
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Milliy statistika qoʻmitasi
24.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari ajratilgan fuqarolar soni
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
Har yili1 oktabrga qadar
Kambagʻallikni qisqartirishva bandlik vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Milliy statistika qoʻmitasi
25.
Ijtimoiy soliq toʻlovchi fuqarolar sonihaqida maʼlumot
Soliq qoʻmitasi
Har yili1 oktabrga qadar
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Milliy statistika qoʻmitasi
26.
Koʻrsatilgan davrda bankrotlikva xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qayta tashkil etish natijasida boʻshaydigan ishchilar soni haqida maʼlumot
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi,
vazirlik va idoralar,
ish beruvchilar
Har oy yakunida
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Milliy statistika qoʻmitasi
27.
Xorijgaketgan va qaytib kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari soni haqida maʼlumot
Ichki ishlar vazirligi
Har yili1 oktabrga qadar
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Milliy statistika qoʻmitasi
28.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari dinamikasi, ushbu subyektlarda iqtisodiyot sohalari boʻyicha bandboʻlgan fuqarolarning oʻrtacha soni (5 yillik dinamika)
Milliy statistika qoʻmitasi
Har yili1 oktabrga qadar
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi
29.
Tuman va shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy prognoz koʻrsatkichlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahrihokimliklari
Har yili1 oktabrga qadar
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
30.
1. Ishga joylashtirishga muhtoj band boʻlmagan aholining hisoblangan soni.
2. Ish qidiruvchi sifatida mehnat organlarida roʻyxatda turgan fuqarolar soni.
3. Iqtisodiyotning norasmiy sektorida bandaholining hisoblangan soni.
Ishchi kuchi kuzatuvlari natijalari,
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Har yili1 oktabrga qadar
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Milliy statistika qoʻmitasi
31.
Mehnat organlari yoʻllanmasi boʻyicha ishga joylashtirilgan fuqarolar soni
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Har yili1 oktabrga qadar
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Milliy statistika qoʻmitasi
32.
Boʻsh ish oʻrinlari soni
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining “osonish”elektron platformasi
Har oy yakunida
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Milliy statistika qoʻmitasi
33.
Ish beruvchilarning ishchi kasblar, mutaxassisliklar va malakalarga boʻlgan talabi haqida maʼlumot
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligitomonidan oʻtkaziladigan sotsiologik tadqiqotlarnatijalari
Har yili avgustga qadar
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Milliy statistika qoʻmitasi
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi 522-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining mehnat resurslari hisobot va prognoz balansini ishlab chiqishni tashkil qilish
SXEMASI
Bosqichlar
Tadbirlar
Muddatlar
Ijro uchun masʼullar
I. Maʼlumotlar bazasini shakllantirish tadbirlari
I bosqich
Taqdim etiladigan maʼmuriy maʼlumotlarning shakllarini ishlab chiqish hamda uni vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga kelishish uchun yuborish
Har yili 1-martga qadar
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Milliy statistika qoʻmitasi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
II bosqich
Ishchi kuchi kuzatuvlari va mehnat bozorini oʻrganish natijalari asosida yil yakunlari boʻyicha koʻrsatkichlarni shakllantirish
Har yili 5-yanvarga qadar
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
III bosqich
Ish beruvchilarning ishchi kasblar, mutaxassisliklar va malakalarga boʻlgan talabini oʻrganish yuzasidan tadqiq etish natijalari asosida koʻrsatkichlarni shakllantirish
Har yili 1-avgustga qadar
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
IV bosqich
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tasdiqlangan shakllarga muvofiq maʼlumotlarni kiritish
Belgilangan muddatlarda
Vazirlik va idoralar,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
II. Mehnat resurslarining hisobot balansini ishlab chiqish tadbirlari
V bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman va shaharlarning mehnat resurslari balansini ishlab chiqish
Har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Milliy statistika qoʻmitasi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
III. Mehnat resurslarining prognoz balansini ishlab chiqish tadbirlari
VI bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining keyingi yil uchun mehnat resurslari prognoz balansini ishlab chiqish
Har yili 1-noyabrga qadar
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Milliy statistika qoʻmitasi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
VII bosqich
Mehnat resurslari prognoz balansining parametrlari asosida tumanlar va shaharlarning keyingi yil uchun mehnat resurslari prognoz balansini ishlab chiqish
Har yili 1-dekabrga qadar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
IV. Mehnat resurslari hisobot va prognoz balansini amalda qoʻllash
VIII bosqich
Aholi bandligini taʼminlash dasturi, mehnat resurslari prognoz balansi koʻrsatkichlariga muvofiq aholini, birinchi navbatda, mehnatga layoqatli yoshdagi ishsizlar va mehnat bozoriga ilk bor kirib keluvchi yoshlar bandligini taʼminlash.
Doimiy
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri,
tuman va shaharlar hokimliklari,
vazirlik va idoralar,
korxona va tashkilotlar
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi 522-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining mehnat resurslari balansini shakllantirish, aholi bandligi va ishsizlikni hisoblash
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Metodika Oʻzbekiston Respublikasining mehnat resurslari hisobot va prognoz balansini ishlab chiqish, aholi bandligi va ishsizlikni hisoblash, shuningdek, ishchi kuchi kuzatuvlarini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Mehnat resurslari hisobot va prognoz balansini ishlab chiqish uchun maʼlumotlarni shakllantirishda, aholi bandligi va ishsizlik hisobini yuritishda mutasaddi vazirlik va idoralarning maʼmuriy maʼlumotlaridan hamda ishchi kuchi kuzatuvlarini oʻtkazish natijalaridan foydalaniladi.
3. Ushbu Metodikada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
doimiy aholi — roʻyxatdan oʻtkazilayotgan vaqtda muayyan aholi punkti yoki hududda doimiy istiqomat qilayotgan aholidan iborat boʻlib, bunga ushbu hududda doimiy roʻyxatda turgan, lekin vaqtincha yashamaydigan aholi ham kiritiladi;
ishsizlar — haq toʻlanadigan ishga yoki daromad keltiruvchi mashgʻulotga ega boʻlmagan, ish izlayotgan va ish taklif etilsa, ishlashga tayyor boʻlgan mehnatga layoqatli yoshdagi shaxslar. Bunda:
a) ishsizlar hisobot davriga nisbatan quyidagi uchta asosiy mezon boʻyicha aniqlanadi:
soʻrov haftasi davomida ishlamagan;
bir oy davomida ish qidirayotgan;
ikki haftadan koʻp boʻlmagan muddat ichida, shu jumladan, ishsizlikni aniqlash uchun foydalaniladigan davrda (kuzatuv haftasida) ishni boshlashga tayyor;
b) mehnat bozori holatini kuzatish uchun ishsizlikning quyidagi koʻrsatkichlari ham qoʻllanadi:
mehnatga layoqatli yoshdagi ishsizlik darajasi;
16 — 30 yoshdagi ishsizlik darajasi (yoshlar ishsizligi);
ishsizlikdan xoli hudud — ishsizlik darajasi tabiiy ishsizlik meʼyoridan oshmagan, shuningdek, mehnat bozori barqaror boʻlgan maʼmuriy-hududiy birlik;
ishchi kuchi — insonning mehnat qilishga qaratilgan aqliy va jismoniy qobiliyatlari yigʻindisi;
ishchi kuchi kuzatuvlari — xalqaro standartlarga muvofiq aholining mehnat bozorida ishtirokini baholash, aholi bandligi va ishsizlik darajasini oʻrganish maqsadida aholi oʻrtasida oʻtkaziladigan rasmiy tanlanma statistik kuzatuvlar;
ishchi kuchi tarkibidan tashqari aholi — mehnatga layoqatli yoshdagi, mehnat bilan band deb hisoblanmaydigan, shuningdek, ishsiz ham boʻlmagan, yaʼni ishlash imkoni va (yoki) istagida boʻlmagan shaxslar boʻlib, uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarishdan ajralgan holda taʼlim olayotgan oʻquvchilar va talabalar;
ish haqi toʻlanmaydigan stajyorlar va kasbiy tayyorgarlikdan oʻtayotgan shaxslar;
uy bekalari va bola parvarishi bilan band boʻlgan ishlamayotgan ayollar;
parvarishga muhtoj uy xoʻjaligi aʼzolariga qarovchi shaxslar;
sogʻligʻi tufayli ishlay olmaydiganlar, ishlashga imkoni yoʻqlar;
oʻz ixtiyoriga koʻra ishlamaydiganlar;
oʻz ehtiyoji uchun mahsulot yetishtirayotganlar va tayyorlaydiganlar;
potensial ishchi kuchi;
mehnat bilan band aholi — kuzatuv haftasi davomida ish haqi (daromad yoki foyda) olish uchun mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq kamida ikki soat davom etadigan har qanday mehnat faoliyatini amalga oshirgan, mehnatga layoqatli yoshdagi shaxslar;
mehnatga layoqatli yoshdagi aholi — oʻn olti yoshdan pensiya taʼminoti huquqini olish yoshigacha boʻlgan mehnatga layoqatli doimiy aholi;
mehnat resurslari — mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi hamda band boʻlgan, mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta shaxslar;
mehnat resurslari balansi — mehnat resurslarining sonini va tarkibini, shuningdek, ularning band boʻlgan, band boʻlmagan va iqtisodiy jihatdan faol boʻlmagan aholiga taqsimlanishini aks ettiruvchi koʻrsatkichlar tizimi;
rasmiy ravishda roʻyxatga olingan ishsizlar — oʻn olti yoshdan pensiya taʼminoti huquqini olish yoshigacha boʻlgan, haq toʻlanadigan ish yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashgʻulot bilan band boʻlmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, uni boshlashga tayyor boʻlgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan oʻtishga yoki malakasini oshirishga tayyor boʻlgan, ishga joylashishda koʻmak olish uchun tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlariga (keyingi oʻrinlarda — mahalliy mehnat organlari) murojaat qilgan va mahalliy mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan mehnatga layoqatli (taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotganlar bundan mustasno) ishsiz shaxslar;
tabiiy ishsizlik — iqtisodiy oʻsish va ish oʻrinlari yetarli boʻlgan sharoitda ham mehnat bozorining tabiiy jarayonlari natijasida yuzaga keladigan, ish qidirish yoki kutish (friksion) va tarkibiy (strukturaviy) oʻzgarishlar yoki migratsiya bilan bogʻliq boʻlgan ishsizlik darajasi.
2-bob. Mehnat resurslari balansini shakllantirish, aholi bandligi va ishsizlik hisobini yuritish tartibi
4. Mehnat resurslari soni mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni va mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta yoshdagi ishlovchilar soni yigʻindisi sifatida quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
5. Mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi soni (WAPM) mehnatga layoqatli yoshdagi aholi (16 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan erkaklar va 16 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan ayollar) sonidan mehnatga layoqatli yoshdagi I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, shuningdek, imtiyozli shartlarda pensiya olayotgan mehnatga layoqatli yoshdagi shaxslar sonini chiqarib tashlash orqali aniqlanadi:
Ip — Ijtimoiy himoya milliy agentligi maʼlumotlari;
PP —Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi maʼlumotlari.
6. Mehnat resurslarining bandlik darajasi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
ERLR = E / LR * 100, bunda:
ERLR — mehnat resurslarining bandlik darajasi;
E — mehnat bilan bandlar;
LR — mehnat resurslari soni.
7. Ishchi kuchi soni mehnat bilan bandlar soniga ishsizlar sonini qoʻshgan holda quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
LF = E+U, bunda:
LF – ishchi kuchi;
E – mehnat bilan bandlar;
U – ishsizlar.
8. Ishchi kuchi tarkibidan tashqari aholi soni mehnat resurslari sonidan mehnat bilan bandlar va ishsizlar sonini ayirish orqali quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
OLF = LR – E – U, bunda:
OLF — ishchi kuchi tarkibidan tashqari aholi soni;
LR — mehnat resurslari soni;
E — mehnat bilan bandlar;
U — ishsizlar.
9. Mehnat bilan bandlar soni iqtisodiyotning rasmiy va norasmiy sektorida mehnat bilan bandlar va mehnat migrantlari sonini qoʻshgan holda quyidagi formula boʻyicha hisoblab chiqiladi:
E = EOs + EIs + LM, bunda:
E –mehnat bilan bandlar;
Eos — iqtisodiyotning rasmiy sektorida mehnat bilan bandlar;
EIs — iqtisodiyotning norasmiy sektorida mehnat bilan bandlar;
LM — mehnat migrantlari (respublikadan tashqarida mehnat qilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi diplomatik vakolatxonalarida ishlovchilardan tashqari);
Axborot manbai:
Eos — soliq organlari va “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi maʼlumotlari;
EIs — ishchi kuchi kuzatuvlari maʼlumotlari;
LM — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi, Ichki ishlar vazirligi hamda ishchi kuchi kuzatuvlari asosida shakllantirilgan maʼlumotlar.
10. Quyidagilar mehnat bilan band fuqarolar hisoblanadi:
mehnat shartnomasi boʻyicha haq evaziga toʻliq yoki toʻliqsiz ish vaqti shartlari asosida ishlayotgan yoxud kasanachilik bilan shugʻullanayotgan, shuningdek, haq toʻlanadigan boshqa ishga, shu jumladan, vaqtincha ishga ega, boʻlgan fuqarolar;
kasalligi, taʼtilda boʻlishi, kasbga tayyorlashda, qayta tayyorlashda yoki malaka oshirishda ekanligi, ishlab chiqarish toʻxtatib turilganligi munosabati bilan, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq vaqtincha ish joyida boʻlmagan xodimning ish oʻrni saqlanib qoladigan boshqa hollarda vaqtincha ish joyida boʻlmagan fuqarolar;
haq toʻlanadigan lavozimga saylangan yoki tayinlangan fuqarolar;
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati tizimida, bojxona organlarida va boshqa harbiy xizmat nazarda tutilgan idoralarda xizmatni oʻtayotgan fuqarolar;
oʻzini ish bilan mustaqil ravishda taʼminlayotgan fuqarolar, shu jumladan, hunarmandlar, oilaviy korxonalarning ishtirokchilari, dehqon xoʻjaliklarining, ishlab chiqarish kooperativlarining aʼzolari, fermer xoʻjaliklarining aʼzolari, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar sifatida roʻyxatga olingan shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek, xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) boʻyicha, shu jumladan, fuqaroviy-huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishga asoslangan faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa shaxslar;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtincha mehnat qilayotgan fuqarolar;
oʻz faoliyatini qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarida, shu jumladan, diniy tashkilotlarda ishlayotgan fuqarolar.
Mehnat bilan bandlar soniga quyidagilar ham kiradi:
pul yoki natura shaklidagi ish haqi evaziga ishlayotgan shogirdlar, stajyorlar yoki kasbiy-texnik taʼlim dasturlari ishtirokchilari;
asosan sotish yoki ayirboshlash uchun moʻljallangan tovarlarni ishlab chiqarish uchun oʻzining uy xoʻjaligi yoki xususiy korxonasida ishlaydigan shaxslar, garchi mahsulotning bir qismi uy xoʻjaligi yoki oila tomonidan isteʼmol qilinsa ham;
mavsumiy ishlarda band boʻlgan shaxslar, agar ular oʻz vazifalari va majburiyatlarining bir qismini mavsumdan tashqari vaqtda ham bajarishda davom etayotgan boʻlsa, mehnatiga haq toʻlanishidan qatʼi nazar, hisobga olinadi;
uy xoʻjaligi yoki oilaga (iqtisodiy birlikka) toʻlanadigan ish haqi yoki foyda uchun ishlayotgan quyidagi fuqarolar:
birga yoki boshqa uy xoʻjaligida yashovchi oila aʼzosi tomonidan boshqariladigan iqtisodiy birliklarda ishlovchilar;
birga yoki boshqa uy xoʻjaligida yashovchi oila aʼzosi ishlaydigan ish joyida uning oʻrniga muayyan vazifalarini yoki majburiyatlarini bajarayotgan fuqarolar.
Mehnat bilan bandlar soniga quyidagilar kiritilmaydi:
keyinchalik ishsizlik nafaqasi kabi davlat ijtimoiy nafaqalarini olish uchun zarur boʻlgan ishlarni bajarayotgan shaxslar;
mehnat faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan ijtimoiy nafaqalarni pul yoki natura shaklida olayotgan shaxslar;
mavsumiy ishlarda band boʻlgan shaxslar mavsumdan tashqari vaqt davomida, agar ular oʻz ishining vazifalari va majburiyatlarini bajarishni toʻxtatsalar;
ish joyida vaqtincha boʻlmagani (masalan, kasallik yoki jarohatlar tufayli taʼtil, oʻquv taʼtili, yillik taʼtillar, qonuniy tugʻuruq taʼtillari) yoki ish vaqtining qayta tashkil etilishi (masalan, smenali ish, moslashuvchan ish vaqti va qoʻshimcha ish uchun kompensatsiya qilingan dam olish vaqti) sabablariga koʻra, oʻsha tashkilotda ishlashga qaytish huquqini saqlab qolgan shaxslar, agar ularning ishda boʻlmagan davrining umumiy uzunligi belgilangan chegaradan oshib ketgan boʻlsa va (yoki) haq toʻlanishi tasdiqlanmasa;
oʻzi ishlagan tashkilotda ishlashga qaytish kafolatisiz nomaʼlum muddatga ish joyida boʻlmagan shaxslar.
11. Rasmiy bandlar soni Soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazasidagi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi maʼlumotlari asosida aniqlanadi.
12. Rasmiy bandlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq hisobotida mehnatga haq toʻlash tarzida daromad hisoblangan jismoniy shaxslar;
harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlari xodimlari hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijtimoiy soliq toʻlovidan ozod etilgan tashkilotlar xodimlari;
yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xoʻjaligi va ularning aʼzolari, shuningdek, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar.
Rasmiy bandlik holatini tahlil qilish uchun rasmiy bandlarning jami bandlarga nisbatan ulushi oʻrganiladi.
13. Norasmiy bandlar jumlasiga soliq organlarida hisobda turmagan quyidagi shaxslar kiradi:
ijtimoiy soliq toʻlamasdan, haqiqatda dehqon xoʻjaliklarida mehnat qilayotgan dehqon xoʻjaliklari aʼzolari;
uyda pulli xizmatlar koʻrsatish boʻyicha mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmasdan, yollanib ishlovchi (enagalar, uy xizmatchilari, uy oshpazlari, avtomobil haydovchilar, qorovullar va boshqalar) shaxslar;
yuridik yoki jismoniy shaxslarda ijtimoiy soliq toʻlovisiz va mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmasdan, yollanib ishlovchi jismoniy shaxslar (quruvchilar, yuk tashuvchilar, farroshlar, ishchilar va boshqalar), shu jumladan, ularning oila aʼzolari.
haftasiga kamida ikki soat iqtisodiyotning norasmiy sektorida haq toʻlanadigan har qanday faoliyat turi bilan bandlik;
bandlik muntazamligi — iqtisodiyotning norasmiy sektoridagi bandlikdan tushadigan har haftalik daromadning mavjudligi;
shaxsiy yordamchi xoʻjaligini yuritish uchun foydalaniladigan uy xoʻjaligi boshqaruvidagi yer maydonining mavjudligi.
15. Norasmiy bandlar soni ushbu Metodikaga ilovaga muvofiq Ishchi kuchi kuzatuvlarini oʻtkazish tartibi asosida aniqlanadi. Bunda norasmiy bandlar sonini aniqlash bir yilda toʻrt marotaba oʻtkaziladi.
16. Norasmiy bandlar sonini aniqlash uchun:
a) iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning tegishli turi bilan shugʻullanuvchi shaxslar sonining mehnatga layoqatli yoshdagi kuzatuv oʻtkaziladiganlarning umumiy sonidagi salmogʻi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
RDIi = NIi : NI * 100, bunda:
RDIi — iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning tegishli turi bilan shugʻullanuvchi kuzatuv oʻtkazilganlar salmogʻi;
NIi — iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning tegishli turi bilan shugʻullanuvchi kuzatuv oʻtkazilganlar soni;
NI — mehnatga layoqatli yoshdagi kuzatuv oʻtkazilganlar soni, hammasi;
b) olingan salmoq koʻrsatkichi boʻyicha iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning tegishli turi bilan shugʻullanuvchi aholi sonining hisobi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
EIsi = WAPM * RDIi : 100, bunda:
EIsi — iqtisodiyotning norasmiy sektorida iqtisodiy faoliyatning tegishli turi bilan shugʻullanuvchilar soni;
WAPM — mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi soni;
v) iqtisodiyotning norasmiy sektorida mehnat bilan bandlarning umumiy sonini aniqlash uchun iqtisodiy faoliyatning har bir turi boʻyicha iqtisodiyotning norasmiy sektorida mehnat bilan bandlar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar jamlanadi:
EIs = Σ1i EIsi,1, bunda:
EIs — iqtisodiyotning norasmiy sektorida mehnat bilan bandlar soni, hammasi.
17. Mustaqil ravishda ish qidirayotganlar soni ishsizlarning hisoblangan sonidan hisobot davri oxiridagi holati boʻyicha mahalliy mehnat organlarida rasman ishsiz sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxslar sonini chiqarib tashlash orqali quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
US = U — UO, bunda:
US — mehnat bilan band boʻlmaganlar, mustaqil ravishda ish qidirayotganlar;
U — ishsizlar;
UO — ishsizlarni aniqlash paytida rasman roʻyxatdan oʻtkazilgan ishsizlar.
18. Ishsizlar soni mehnat resurslari sonidan mehnat bilan bandlar sonini va ishchi kuchi tarkibidan tashqari aholi sonini chiqarib tashlagan holda quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
U = LR – E – OLF, bunda:
U — ishsizlar;
LR — mehnat resurslari;
E — mehnat bilan bandlar;
OLF — ishchi kuchi tarkibidan tashqari aholi soni.
19. Mahalliy mehnat organlari rasman roʻyxatdan oʻtkazilgan ishsizlar boʻyicha axborot olish manbai hisoblanadi.
20. Ishsizlik darajasi ishsizlarning ishchi kuchiga nisbatan ulushi hisoblanib, quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
LU = U / LF * 100, bunda:
LU — ishsizlik darajasi;
U — ishsizlar;
LF — ishchi kuchi.
3-bob. Ishchi kuchi kuzatuvlarini oʻtkazish tartibi
21. Ishchi kuchi kuzatuvlari ushbu Metodikaga ilovaga muvofiq tartib boʻyicha ishchi kuchi kuzatuvlari tanlab olingan uy xoʻjaliklari aʼzolaridan soʻrovnoma oʻtkazish orqali oʻtkaziladi.
22. Ishchi kuchi kuzatuvlari soʻrovnomasi Vazirlik huzuridagi Kambagʻallik va mehnat bozori tadqiqotlari instituti tomonidan mahalliy mehnat organlari xodimlari va hokim yordamchilarini intervyuyerlikka jalb qilgan holda oʻtkaziladi. Zarurat boʻlgan holatlarda, Vazirlikning Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlov shartnomasi asosida boshqa tashkilotlarning maxsus tayyorlangan mutaxassislari jalb etilishi mumkin.
Ishchi kuchi kuzatuvlarini oʻtkazish Vazirlik tomonidan muvofiqlashtiriladi.
23. Ishchi kuchi kuzatuvlari Vazirlik tomonidan Milliy statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan maxsus anketa soʻrovnomasi orqali elektron shaklda oʻtkaziladi.
24. Ishchi kuchi kuzatuvlari soʻrovnomasini oʻtkazish sifati uchun javobgarlik uy xoʻjaliklarida soʻrovnomani oʻtkazgan intervyuyerlarga yuklanadi.
25. Soʻrovnomani oʻtkazish, maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
uy xoʻjaliklari boʻyicha anketa soʻrovnomasini oʻtkazish — bir yilda toʻrt marotaba (har chorakda);
kuzatuv natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma va jadvallarni tayyorlash — hisobot davridan keyingi oyning 10-sanasiga qadar.
4-bob. Mehnat resurslari hisoboti va prognoz balansini ishlab chiqish
26. Ushbu Metodikaga muvofiq toʻplangan maʼlumotlar asosida mehnat resurslarini baholash (hisob-kitob), hisobot va prognoz balanslari ishlab chiqiladi.
27. Baholash (hisob-kitob) balansi Vazirlik tomonidan Milliy statistika qoʻmitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda har chorakda shakllantiriladi.
28. Baholash (hisob-kitob) balansi asosida aholi bandligini taʼminlash, zarur hollarda ish oʻrinlarini tashkil etish parametrlariga tuzatishlar kiritish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
29. Mehnat resurslarining hisobot balansi Vazirlik tomonidan Milliy statistika qoʻmitasi bilan birgalikda har yili ishlab chiqiladi.
30. Mehnat resurslari prognoz balansi Vazirlik tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda har yili keyingi kalendar yil uchun ishlab chiqiladi.
31. Mehnat resurslarining prognoz balansini ishlab chiqishda quyidagilar hisobga olinadi:
ishchi kuchi va mehnat bilan band boʻlmagan aholining turli toifalarini (oʻquvchi va talabalar, 2 yoshgacha farzandi bor ayollar va boshqalar) shakllantiradigan kelgusidagi demografik jarayonlar dinamikasi;
ishsizlarning amaldagi va kutilayotgan soni;
mehnat bilan bandlar sonining belgilangan parametrlari, mehnat bilan bandlikning oʻsishi va investitsiya dasturlari, tarmoqlar va hududlarni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishning moʻljallangan natijalari munosabati bilan mehnat bilan bandlikning oʻsishi va uning tarkibiy oʻzgarishi;
iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgarishlar, mehnat bozoridagi ish beruvchilarning ishchilar, mutaxassislar va malakalarga talablaridan, ularning kelgusidagi rejalarini oʻrganishlar asosida shakllantirilgan kutilmalar;
taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish;
mehnat resurslari balansining prognoz koʻrsatkichlariga muvofiq taʼlim tashkilotlarida kadrlarni kasbga tayyorlash yoʻnalishlarini qayta ixtisoslashtirish.
32. Mehnat resurslari prognoz balansidan hududlarning demografik xususiyatlarini hisobga olgan holda, yangi ish oʻrinlari tashkil etishga ehtiyojni hamda kelgusida aholi bandligi dasturlari parametrlarini aniqlashda vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan foydalaniladi.
5-bob. Hududni “ishsizlikdan xoli hudud” deb eʼtirof etish tartibi, mezonlari va uni bekor qilish shartlari
33. Hududni “ishsizlikdan xoli hudud” deb hisoblashdagi asosiy mezon ishsizlik darajasi tabiiy ishsizlik meʼyoridan oshmasligidir.
Bunda quyidagi holatda hudud “ishsizlikdan xoli hudud” hisoblanadi:
rasmiy ishsizlik darajasi 3,5 foizdan oshmasa;
ish qidirayotgan shaxslar soniga nisbatan boʻsh ish oʻrinlari ulushi kamida 80 foizni tashkil etsa.
34. Hududni “ishsizlikdan xoli hudud” deb hisoblashda har chorakda oʻtkaziladigan ishchi kuchi kuzatuvlari natijalari, Vazirlikning “Bandlik xizmati” axborot tizimi, “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi, soliq va statistika organlarining maʼlumotlari asos boʻladi.
35. “Ishsizlikdan xoli hudud” deb hisoblangan hududda ishsizlik darajasi 3,5 foizdan oshsa va boʻsh ish oʻrinlarining ulushi roʻyxatdan oʻtgan ish qidirayotgan shaxslar soniga nisbatan 80 foizdan kamayib ketsa, ushbu hudud ishchi kuchi kuzatuvlari oʻtkazilgan chorak yakuni bilan “ishsizlikdan xoli hudud” hisoblanmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining mehnat resurslari balansini shakllantirish, aholi bandligi va ishsizlikni hisoblash metodikasiga ILOVA
Ishchi kuchi kuzatuvlarini oʻtkazish tartibi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Tartib Xalqaro mehnat tashkilotining (keyingi oʻrinlarda — XMT) tavsiyalari asosida aholining mehnat bozorida ishtirokini baholash, aholi bandligi va ishsizlik darajasini oʻrganish maqsadida aholi oʻrtasida ishchi kuchi kuzatuvlarini (keyingi oʻrinlarda — kuzatuv) tashkil etish va uni oʻtkazish tadbirlarini belgilaydi.
Kuzatuvni oʻtkazish tartibi doimiy ravishda XMTning soʻnggi tavsiyalari bilan takomillashtirib boriladi.
Kuzatuv natijalari asosida mehnat resurslarining choraklik baholash (hisob-kitob), hisobot va prognoz balanslari hamda norasmiy sektorda band boʻlgan fuqarolarning va ishsizlarning sifat tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shakllantiriladi.
2. Ushbu Tartibda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
anketa — kuzatuvlarni oʻtkazish uchun aniq belgilangan savollar roʻyxatini oʻz ichiga olgan, elektron shaklda toʻldiriladigan va belgilangan tartibda tasdiqlangan hujjat;
intervyuyer — kuzatuv jarayonida tanlashga tushgan uy xoʻjaliklarining aʼzolaridan soʻrovnoma (intervyu) oʻtkazuvchi;
reprezentativlik — tadqiqot oʻtkazilayotgan birlikning xususiyatlarini aks ettiruvchi tanlov belgisi. Bunda reprezentativlikni taʼminlash uchun tanlovda ishtirok etuvchilar tarkibiga faqat shu guruhga oid boʻlganlar kiritiladi va oʻrganiladi;
respondent — soʻrovnoma (intervyu) savollariga javob beradigan, oʻrganilayotgan uy xoʻjaligining boshligʻi yoki boshqa eng koʻp maʼlumotga ega boʻlgan aʼzosi;
supervayzer — hududlarda kuzatuvlarni oʻtkazish uchun intervyuyerlarni maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazish, kuzatuv jarayonlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun jalb qilinadigan, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) yoki uning huzuridagi Kambagʻallik va mehnat bozori tadqiqotlari institutining (keyingi oʻrinlarda — Institut) xodimi;
uy xoʻjaligi boshligʻi — uy xoʻjaligi aʼzolarining xohishi boʻyicha tanlanadi, bunda uy xoʻjaligi boshligʻi eng yoshi katta aʼzosi yoki xoʻjalik yurituvchi yoxud uy xoʻjaligiga eng koʻp daromad keltiruvchi aʼzosi boʻlishi mumkin;
uy xoʻjaligi — bitta turar joyda yoki uning bir qismida birgalikda yashaydigan, oʻzini yashash uchun barcha zarur narsalar bilan taʼminlaydigan, umumiy xoʻjalik yuritadigan, mablagʻlarni toʻliq yoki qisman birlashtiradigan va sarflaydigan shaxslar jamoasi. Bu shaxslar qarindoshlik munosabatlarida boʻlishi yoki boʻlmasligi mumkin. Uy xoʻjaligi bitta shaxsdan iborat boʻlishi mumkin.
3. Kuzatuv har chorakning oxirgi oyida (mart, iyun, sentabr, dekabr) Vazirlik tomonidan oʻtkaziladi.
4. Kuzatuv jarayonida uy xoʻjaliklari kuzatuv birliklari hisoblanadi. Uy xoʻjaliklarining 15 yosh va undan oshgan aʼzolari kuzatuv obyektlari hisoblanadi. Uy xoʻjaliklari tarkibiga aniqlik kiritish uchun 14 yoshgacha boʻlgan uy xoʻjaligi aʼzolari uchun baʼzi savollar soʻralishi mumkin.
5. Har bir uy xoʻjaligida kuzatuv jarayonida mazkur manzilda doimiy istiqomat qiluvchi, jumladan, soʻrov oʻtkazilayotgan paytda doimiy yashash manzilidan tashqariga vaqtincha chiqqan, Qurolli kuchlar safida xizmat qilayotgan, tibbiyot muassasalarida davolanayotgan, turistik maqsadlarda sayohat qilayotgan, boshqa shaharda taʼlim olayotgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida daromad olish maqsadida mehnat qilayotgan shaxslar hisobga olinadi.
6. Uy xoʻjaliklari tarkibida sud qaroriga muvofiq jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan shaxslar hisobga kiritilmaydi.
2-bob. Ishchi kuchi kuzatuvlarini oʻtkazish
7. Kuzatuv tanlanma asosida uy xoʻjaligi aʼzolaridan soʻrovnoma (intervyu) oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
8. Soʻrovnoma (intervyu) oʻtkaziladigan uy xoʻjaliklari respublikaning barcha tuman (shahar)larida maʼlumotlarning namunaviyligini taʼminlaydigan har bir tuman (shahar) boʻyicha mutanosib tanlab olishda 0,5 foizdan kam boʻlmagan uy xoʻjaliklarini qamrab olish orqali saralanadi.
9. Kuzatuv natijalarining namunaviy aniqlik darajasi quyidagicha boʻlishi lozim:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida — har birida aniqligi 95 foizgacha;
kuzatuv obyektlari boʻyicha — tanlab olishning jami yigʻindisi boʻyicha aniqligi 90 foizgacha;
aholi punkti turlari (shahar, qishloq va boshqalar) boʻyicha — aniqligi 90 foizgacha.
10. Kuzatuv oʻtkazishda uy xoʻjaliklari ikki bosqichda tanlab olinadi:
a) birinchi bosqichda — kuzatuv oʻtkazilishi lozim boʻlgan tumanlar (shaharlar) va mahallalar tanlab olinadi. Bunda mahallalarni tanlab olishda ulardagi uy xoʻjaliklari (aholi) soni nisbatan koʻp boʻlgan mahallalarga ustuvorlik beriladi.
Ushbu jarayon har chorakda bir marotaba takrorlanadi hamda mahallalarning ketma-ketligi keyingi choraklarda takrorlanmasligi lozim;
b) ikkinchi bosqichda — tanlab olingan mahallalardan soʻrovnoma (intervyu) oʻtkaziladigan uy xoʻjaliklari saralab olinadi. Bunda intervyuyer tomonidan kuzatuv jarayonida tanlab olishga tushgan uy xoʻjaliklari roʻyxati (uy xoʻjaligi manzili, uy xoʻjaligi boshligʻining ismi, familiyasi va otasining ismi) elektron tarzda shakllantiriladi.
3-bob. Kuzatuvni tashkil etish
11. Kuzatuv tashkiliy va moliyaviy jihatdan Vazirlik tomonidan taʼminlanadi.
12. Kuzatuv Institut tomonidan metodik taʼminlanadi.
13. Institut quyidagilarni taʼminlaydi:
kuzatuv anketasini elektron dasturga yuklash;
kuzatuv oʻtkaziladigan mahallalarni tanlash;
intervyuyerlar uchun koʻrsatma materiallarini tayyorlash;
intervyuyerlar ishini tanlanma asosda tekshirish;
har bir hududda kuzatuv oʻtkazish uchun masʼul–supervayzerlarni tayinlash;
maʼlumotlar bazasini shakllantirish va qayta ishlash;
kuzatuv natijalari boʻyicha mehnat resurslari balansini shakllantirish.
14. Hududga masʼul etib biriktirilgan supervayzer:
intervyuyerlarning roʻyxatini shakllantiradi va ularni tayyorlaydi;
oʻrganiladigan uy xoʻjaliklarining aholi yashash puktlari (mahallalar) koʻrsatilgan intervyuyerlar marshrut varagʻini shakllantiradi;
kuzatuvlarni oʻtkazishda mehnat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
oʻtkaziladigan kuzatuvlar toʻgʻrisida aholiga maʼlumot beradi;
anketalarni elektron shaklda toʻldirish jarayonida intervyuyerlar ishini nazorat qiladi va ularga uslubiy koʻmak beradi.
4-bob. Kuzatuv anketasi tarkibi
15. Kuzatuv anketasi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri tomonidan tasdiqlangan, davlat tilidagi (Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻzbek yoki qoraqalpoq tilida) savol va javob variantlari mavjud elektron shakldagi soʻrovnoma;
oʻrganiladigan uy xoʻjaliklarining manzili koʻrsatilgan intervyuyerlar marshrut varagʻi;
uy xoʻjaliklariga tashrif varaqasi;
alohida savollar anketasini kodlashtirish boʻyicha qoʻllanma;
boshqa zarur koʻrsatma va metodik materiallar.
5-bob. Intervyuyerlarga qoʻyiladigan talablar
16. Intervyuyerlar sifatida uy xoʻjaliklaridan soʻrovnoma oʻtkazish uchun tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari xodimlari, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchilari jalb etiladi.
Zarurat boʻlgan holatlarda, fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida boshqa tashkilotlarning maxsus tayyorlangan mutaxassislari jalb etilishi mumkin.
17. Uy xoʻjaliklariga tashrif buyurganda intervyuyer quyidagilarga amal qilishi kerak:
ozoda kiyingan boʻlishi;
soʻrovnoma oʻtkazish uchun barcha zarur elektron anjomlarga (planshet, telefon) ega boʻlishi;
respondentlar bilan xushmuomala va sabrli boʻlishi;
kuzatuv natijasida olingan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi.
6-bob. Kuzatuvlarni oʻtkazish
18. Kuzatuv intervyuyerning marshrut varagʻida qayd etilgan uy xoʻjaliklarida bevosita boʻlishi va respondent bilan soʻrovnoma (intervyu) oʻtkazishi orqali amalga oshiriladi.
19. Axborotlar toʻplami faqat intervyuyerlar tomonidan maʼlumotlarni elektron anketaga kiritish orqali shakllantiriladi.
20. Barcha kuzatuv birliklari boʻyicha anketa savollariga javoblar uy xoʻjaligi boshqa aʼzolarining bandligini aniqlashda oʻzini layoqatli hisoblaydigan 18 yoshdan kichik boʻlmagan uy xoʻjaligi aʼzosidan olinadi.
21. Intervyuyerlar uy xoʻjaliklariga tashrif buyurganda quyidagilarni amalga oshiradi:
tashrif varaqasini toʻldiradi;
anketaga muvofiq yoshi belgilangan shaxslar bilan soʻrovnomalar oʻtkazadi hamda respondentlarning javoblarini elektron anketaga kiritadi;
javoblarning birlamchi mantiqiy nazoratini (turli savollarga javoblardagi qarama-qarshiliklarni aniqlash) amalga oshiradi.
22. Supervayzer:
kuzatuvga jalb qilinadigan intervyuyerlarga maxsus oʻquv-mashgʻulot (yoʻriqnoma) oʻtadi;
intervyuyerlar ishlarini boshqaradi va ular uchun belgilangan ish hajmining bajarilishini nazorat qiladi;
intervyuyerlar tomonidan elektron shaklda toʻldirilgan anketalarning toʻliqligi va sifatini nazorat qiladi;
tanlov asosida kuzatuv oʻtkazilayotgan uy xoʻjaligiga tashrif buyuradi va soʻrovnoma jarayonini nazorat qiladi;
elektron shaklda toʻldirilgan anketalarni elektron dastur orqali qabul qilib oladi, notoʻgʻri va ishonchsiz toʻldirilgan anketalarni rad qiladi;
kuzatuv oʻtkazish jarayonida respondentlarga anketaning alohida savollari boʻyicha tushuntirishlar beradi.
7-bob. Kuzatuv natijalarini qayta ishlash va ulardan foydalanish
23. Kuzatuv natijalari anketada aks ettirilgan shaxsiy maʼlumotlardan ruxsatsiz foydalanishni taqiqlovchi shartlar boʻyicha qayta ishlanishi shart.
24. Kuzatuv natijalari anketa soʻrovlarida olingan shaxsiy maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash shartlarida qayta ishlanadi.
25. Anketa soʻrovlari maʼlumotlari Institut tomonidan maxsus elektron dasturda umumlashtiriladi (mahalla, tuman, shahar va hudud kesimida).
26. Axborot tizimidagi maʼlumotlar uy xoʻjaligining har bir aʼzosi boʻyicha zarur demografik va bandlik maqomi koʻrsatkichlarini oʻzida aks ettirgan maʼlumotlar hisoblanadi.
27. Kuzatuv natijalari boʻyicha axborot-tahliliy ishlar hududlar boʻyicha tahliliy hisobot va tezkor balanslarni shakllantirish orqali Institut tomonidan amalga oshiriladi.
28. Kuzatuv natijalaridan faqat xizmat maqsadlarida foydalaniladi.
29. Toʻldirilgan elektron anketalar bazasi Institutda oʻn yil mobaynida saqlanadi va ushbu muddat tugagach belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
8-bob. Kuzatuvlar oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtirish
30. Kuzatuvlar oʻtkazish ishlari Vazirlik tomonidan muvofiqlashtiriladi.
31. Kuzatuvlar oʻtkazish mobaynida olinadigan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va sifatliligini taʼminlash maqsadida Vazirlik va Institutdan supervayzer sifatida jalb qilingan xodimlar tomonidan uy xoʻjaliklariga tashrif buyurgan holda tekshiruvlar amalga oshiriladi, bunda har chorakda kuzatuv oʻtkazilgan uy xoʻjaliklarining qariyb 5 foizi tanlanma asosida tekshiriladi.
32. Kuzatuvlarni oʻtkazish hududlar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi 522-son qaroriga 5-ILOVA
Ishsiz shaxslar va norasmiy bandlarning manzilli roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom hududlarda ishsiz shaxslar va norasmiy bandlarning hisobini yuritish va bandlik holatini tahlil qilib borish uchun ularning elektron bazasini yaratish orqali manzilli roʻyxatlarini shakllantirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuini belgilaydi.
2. Ishsiz shaxslar va norasmiy bandlarni aniqlash hamda ularning manzilli roʻyxatini shakllantirish (keyingi oʻrinlarda — ishsizlar va norasmiy bandlarning manzilli roʻyxatini shakllantirish) mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari (keyingi oʻrinlarda — hokim yordamchilari) tomonidan xatlov oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
3. Ishsizlar va norasmiy bandlarning manzilli roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tomonidan tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilingan holda ishlab chiqiladigan “balans.mehnat.uz” elektron platformasi orqali shakllantiriladi.
2-bob. Ishsizlar va norasmiy bandlarning manzilli roʻyxatini shakllantirish
4. Ishsizlar va norasmiy bandlarning manzilli roʻyxati ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq shakllantiriladi.
5. Ishsizlar va norasmiy bandlarning manzilli roʻyxatini shakllantirish uchun ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etiladigan maʼmuriy maʼlumotlar asosiy manba hisoblanadi. Bunda:
vazirlik va idoralar maʼmuriy maʼlumotlarni har chorak yakuni bilan keyingi oyning 5-sanasiga qadar “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etadi;
vazirlik va idoralarning maʼmuriy maʼlumotlari asosida Vazirlik “balans.mehnat.uz” elektron platformasi orqali ishsizlar va norasmiy bandlarning manzilli roʻyxatini shakllantiradi va yuritadi hamda har chorak yakuni bilan maʼlumotlarni yangilab boradi.
6. “Balans.mehnat.uz” elektron platformasida maʼmuriy maʼlumotlar qayta ishlanadi. Bunda quyidagi shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar maʼmuriy maʼlumotlar asosida avtomatik tarzda toifalarga ajratiladi:
tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, tashkilotlarda ishlovchi yoki ularning shtatida hisobda turuvchi shaxslar;
taʼlim tashkilotlarida (oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari, maktablar) tahsil olayotganlar;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq pensiya taʼminoti huquqiga ega boʻlgan shaxslar (pensiya turidan qatʼi nazar);
nogironligi boʻlgan shaxslar;
ikki yoshgacha farzandi bor ayollar;
homiladorlik va tugʻish taʼtilidagilar;
fermer xoʻjaliklarining rahbarlari va xodimlari;
dehqon xoʻjaliklarining rahbarlari va aʼzolari;
oilaviy korxonalarning ishtirokchilari;
shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida band boʻlganlar;
oʻzlariga ajratilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarida band boʻlganlar;
yakka tartibdagi tadbirkorlar va ular yollagan xodimlar;
oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar;
ishlab chiqarish kooperativlarida hamda kasanachilik asosida uy mehnati bilan band boʻlganlar;
uy sharoitida pilla yetishtirish, ipak mato, qoʻlda ipak gilam toʻqish bilan shugʻullanuvchi hamda shaxsiy tomorqa yer uchastkasida tut mevasi va koʻchati yetishtiruvchi shaxslar;
hunarmandlar;
muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan shaxslar;
sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish yoki axloq tuzatish ishlari tarzidagi jazoga hukm qilinganlar;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtincha mehnat qilayotganlar;
kasb-hunarga oʻqiyotganlar;
kambagʻal va kambagʻallikka tushish xavfi boʻlgan oilalarning norasmiy band va roʻyxatga olinmagan ishsiz aʼzolari;
tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari tomonidan ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolar.
7. Ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq toifalarga ajratilmagan shaxslarning bandlik holati, nomaʼlum boʻlganlar sifatida ajratib olinadi va ularning manzilli roʻyxati har chorak yakuni bilan keyingi oyning 10-sanasiga qadar mahallalar kesimida shakllantiriladi.
3-bob. Bandlik holati nomaʼlum boʻlgan shaxslarni aniqlash
8. Bandlik holati nomaʼlum boʻlgan shaxslarning manzilli roʻyxati mahallalar kesimida shakllantiriladi va ikki ish kunida “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali, elektron tarzda hokim yordamchilariga yuboriladi.
9. Hokim yordamchilari har chorakda bir marta hisobot choragidan keyingi oyning yakuniga qadar oʻzlariga biriktirilgan mahallalarda ishsiz va norasmiy bandlarni aniqlash uchun manzilli roʻyxatdagi har bir fuqaroning yashash manziliga borgan holda xatlov oʻtkazadi.
10. Hokim yordamchilari xatlov natijasida aniqlangan ishsizlar va norasmiy bandlarning manzilli roʻyxatini shakllantirib, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritadi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
11. Har chorakda bir marta hisobot choragidan keyingi oyning yakuniga qadar respublikadagi barcha mahallalar kesimida ishsizlar va norasmiy bandlarning manzilli roʻyxati toʻliq shakllantiriladi va “balans.mehnat.uz” elektron platformasiga “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilinadi.
12. Vazirlik va idoralar oʻzlariga tegishli maʼmuriy maʼlumotlarni ushbu Nizomda belgilangan muddatlarda va toʻliq taqdim etish uchun masʼul hisoblanadi.
13. Vazirlik oʻz faoliyatini amalga oshirish jarayonida olingan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlaydi.
Ishsiz shaxslar va norasmiy bandlarning manzilli roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ishsizlar va norasmiy bandlarning manzilli roʻyxatini shakllantirish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Vazirlik va idoralar
Ishsizlar va norasmiy bandlarning manzilli roʻyxatini shakllantirish uchun maʼmuriy maʼlumotlarni “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etadi.
Har chorak yakuni bilan keyingi oyning 5-sanasiga qadar
2-bosqich
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan maʼmuriy maʼlumotlarni “balans.mehnat.uz” elektron platformasida yangilab boradi.
Har chorak yakuni bilan keyingi oyning 10-sanasiga qadar
3-bosqich
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Bandlik holati nomaʼlum boʻlgan shaxslarning manzilli roʻyxatini mahallalar kesimida “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali, elektron tarzda hokim yordamchilariga yuboradi.
Maʼlumotlar shakllantirilgandan soʻng bir kun ichida
4-bosqich
Hokim yordamchilari
Ishsiz va norasmiy bandlarni aniqlash uchun taqdim etilgan manzilli roʻyxat asosida har bir fuqaroning yashash manziliga borgan holda xatlov oʻtkazadi.
Xatlov natijasida aniqlangan ishsizlar va norasmiy bandlarning manzilli roʻyxatini shakllantirib, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritadi.
Har chorakda bir marta,
hisobot choragidan keyingi oyning yakuniga qadar
5-bosqich
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
“Balans.mehnat.uz” elektron platformasi orqali respublika boʻyicha ishsizlar va norasmiy bandlarning hisobini shakllantiradi.
Har chorakda bir marta,
hisobot choragidan keyingi oyning yakuniga qadar
Ishsiz shaxslar va norasmiy bandlarning manzilli roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ishsizlar va norasmiy bandlarning manzilli roʻyxatini shakllantirish uchun vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etiladigan maʼmuriy maʼlumotlar
ROʻYXATI
T/r
Tashkilot nomi
Axborot tizimi nomi
Taqdim etiladigan maʼlumotlar
1.
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi
Yuridik shaxslarda faoliyat yuritayotganlar
Kasanachilik asosida mehnat shartnomasi bilan faoliyat yuritayotganlar
“Bandlik xizmati” axborot tizimi
Ishlab chiqarish kooperativlarida hamda kasanachilik (uy mehnati) bilan band boʻlganlar
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari tomonidan roʻyxatga olingan ishsiz fuqarolar
“Onlayn mahalla” elektron platformasi
Shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida band boʻlganlar
Ishlab chiqarish kooperativlarida hamda kasanachilik (uy mehnati) bilan band boʻlganlar
2.
Migratsiya agentligi
“Xorijda ish” axborot tizimi
Xorijiy davlatlarga vaqtincha mehnat faoliyatini yuritish uchun tashkillashtirilgan tarzda yuborilgan shaxslar
2.
Ichki ishlar vazirligi
Migrasiya va personallashtirish departamenti axborot tizimi
14 — 65 yoshdagi fuqarolar (14 — 60 yoshdagi ayollar, 14 — 65 yoshdagi erkaklar) toʻgʻrisidagi manzilli maʼlumotlar (JSHSHIR bilan birga)
3.
Adliya vazirligi
“FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi
Ikki yoshgacha farzandi bor ayollar
4.
Soliq qoʻmitasi
Soliq qoʻmitasining axborot tizimi
Yakka tartibdagi tadbirkorlar va ular yollagan xodimlar, shuningdek, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar hamda dehqon xoʻjaliklarida band boʻlganlar
5.
Ichki ishlar vazirligi
“Probatsiya xizmati” axborot tizimi,
Sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etilganlar va ozod etilganlar
“Uzoq muddatga ketgan shaxslar” axborot bazasi
Migratsiyaga ketgan va qaytgan shaxslar
6.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
“Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish”axborot tizimi,
“Professional taʼlim jarayonlarini boshqarish”axborot tizimi,
“Diplom” axborot tizimi
Oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari talaba va oʻquvchilari hamda bitiruvchilariga berilgan diplom maʼlumotlari
7.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
“ERP.UZ” axborot tizimi
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining yuqori sinf oʻquvchilari va mehnat bozoriga kirib keluvchi maktab bitiruvchilari
8.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Sogʻliqni saqlash vazirligining axborot tizimi
Homiladorlik va tugʻish taʼtilidagilar
9.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi
Nogironlik rasmiylashtirilganlar
10.
Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi
“Pensiya” axborot tizimi
Pensiya oluvchilar
Muddatidan oldin pensiyaga chiqqanlar
11.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
Qishloq xoʻjaligi vazirligining axborot tizimi
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari ajratilgan fuqarolar
12.
“Hunarmand” uyushmasi
“Hunarmand” uyushmasining axborot tizimi
“Hunarmand” uyushmasi aʼzolari
13.
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi axborot tizimi
Uy sharoitida pilla yetishtirish, ipak mato, qoʻlda ipak gilam toʻqish bilan shugʻullanuvchi hamda shaxsiy tomorqa yer uchastkasida tut mevasi va koʻchati yetishtiruvchi shaxslar
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi 522-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Ishga joylashtirishga muhtoj aholi sonini aniqlash, shu jumladan, uy xoʻjaliklarini mehnat bilan bandlik masalalari boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazish, shuningdek, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini shakllantirish metodikasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 22-dekabrdagi 1011-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-martdagi PF-5379-son Farmoni)” 2018-yil 29-maydagi 396-son qaroriga ilovaning 97-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirishga oid davlat siyosati tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2020-yil 14-dekabrdagi 777-son qaroriga 1-ilovaning 25-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 23-dekabrdagi 806-son qaroriga 2-ilovaning 5-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qaroriga 12-ilovaning 67-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 469-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Rasmiy statistika faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida” 2025-yil 6-oktabrdagi 627-son qaroriga 3-ilovaning 25-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2025-yil 7-noyabrdagi 709-son qaroriga 1-ilovaning 26-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2026-y., 09/26/522/0988-son)