|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.01.2008
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASIning
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASIning
Qarori
SUV RESURSLARIDAN FOYDALANGANLIK UChUN SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 8-fevralda 1097-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2002-yil 14-yanvardagi 7 va 2002-8-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga (2002-yil 15-fevral, roʻyxat raqami 1097 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 3-4-son; 2003-yil, 4-son; “Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y. 10-son, 121-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAXIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 17-fevral,
4-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 17-yanvar,
2005-02-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 5-6-son, 41-modda)