|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 05.06.2001
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “OʻZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYo TRANSPORTI AGENTLIGINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA” 1998 YIL 11 IYuLDAGI 296-SON QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-iyundagi 245-sonli “Avtomobil transporti sohasida boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tizimi xodimlarining cheklangan soni 70 kishi, shu jumladan agentlik markaziy apparati xodimlari soni (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) 12 kishi, hududiy boʻlimlar xodimlari soni har bir mintaqada 4-5 kishidan iborat etib belgilansin.
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga Agentlik boshligʻining bir nafar oʻrinbosariga hamda 5 kishidan iborat hayʼatga ega boʻlishiga ruxsat etilsin.
3. “Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi toʻgʻrisidagi nizom”ning V boʻlimi 10-bandi va 11-bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Agentlik boshligʻi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan bir nafar oʻrinbosarga ega boʻladi.
11. Agentlikda tarkibiga Agentlik boshligʻi (hayʼat raisi), lavozimi boʻyicha boshliq oʻrinbosari, shuningdek Agentlik tizimining boshqa xodimlari kiruvchi 5 kishidan iborat hayʼat tuziladi. Hayʼatning shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari L. Axmetov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 2-oktabr,
422-son
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tashkiliy
tuzilmasi
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi markaziy apparatining tashkiliy
tuzilmasi