1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Yoshlarga doir siyosat toʻgʻrisida qonun hujjatlari]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
FARMONI
“Yoshlar daftari” jamgʻarmalari orqali ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardagi yoshlarga “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari orqali ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimi samaradorligini oshirish hamda yoshlar hamjamiyatida ijtimoiy kapitalni rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar Farmonning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
(a) 16 ming nafar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning doimiy daromad manbaiga ega boʻlishiga koʻmaklashish;
(b) 30 ming nafar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning taʼlim jarayonida ijobiy oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga erishish;
(v) “Mutolaa” loyihasi doirasida ilmiy-ommabop, badiiy kitoblarni muntazam oʻqib boruvchi yoshlarning ulushini 10 foizga oshirish;
(g) “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 100 ming nafar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish;
(d) “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida xorijiy tillarni oʻzlashtirgan yoshlar ulushini 30 foizga oshirish.
II. Yoshlar bilan ijtimoiy hamkorlikni kuchaytirish hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirish
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.02.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani boshqarish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish]
2. Belgilansinki, 2026-yil 1-fevraldan boshlab ushbu Farmonning 1-ilovasida nazarda tutilgan ijtimoiy yordam turlari individual reja asosida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi yoshlarning shaxsiy rivojlanishiga qaratilgan yoshlar ijtimoiy shartnomasi (keyingi oʻrinlarda — ijtimoiy shartnoma) orqali quyidagi shartlar asosida taqdim etiladi:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
(a) taʼlim olishni uzluksiz ravishda amalga oshirib borish (uzrli sabablar bundan mustasno);
(b) taʼlim jarayonida ijobiy oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga erishish;
(v) volontyorlik faoliyatini amalga oshirish;
(g) “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkaziladigan loyihalarda qatnashish;
(d) ilmiy, ilmiy-ommabop, badiiy kitoblarni muntazam mutolaa qilish;
(j) tadbirkorlik yoki oʻzini oʻzi band qilish asosida faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
(z) xorijiy tillarni oʻzlashtirish boʻyicha kamida B1 darajasiga erishish.
Bunda mazkur shartlarning aniq turlari koʻrsatiladigan ijtimoiy yordamning xususiyatidan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.02.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani boshqarish]
3. Belgilab qoʻyilsinki, ijtimoiy shartnoma shartlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda bosqichma-bosqich quyidagi ketma-ketlikda choralar qoʻllanadi:
(a) ijtimoiy shartnomaning bajarilmagan shartlarini oʻn besh kun ichida bajarish lozimligi toʻgʻrisida ogohlantirish;
(b) ijtimoiy yordam miqdorlarini 15 foizdan 30 foizgacha kamaytirish;
(v) ijtimoiy yordam koʻrsatishni bir oydan olti oygacha boʻlgan muddatga vaqtinchalik toʻxtatish;
(g) ijtimoiy yordam koʻrsatishni bir yil va undan ortiq muddatga toʻxtatish. Bunda:
(i) ushbu bandning “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan choralar qoʻllangandan soʻng ijtimoiy yordam koʻrsatilgan shaxs ijtimoiy shartnoma shartlarini lozim darajada bajargan taqdirda, qoʻllangan choralar bekor qilinib, choralar qoʻllanishi natijasida koʻrsatilmay qolgan ijtimoiy yordamlar toʻliq taqdim etiladi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
(ii) ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan choralar tegishli mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan, “b”, “v” va “g” kichik bandlaridagi choralar esa Yoshlar yagona elektron platformasi orqali avtomatik tarzda qoʻllanadi hamda bekor qilinadi.
4. Ijtimoiy shartnoma shartlarini muntazam ravishda kamida olti oy davomida yuqori darajada bajargan yoshlar quyidagicha ragʻbatlantiriladi:
(a) ijtimoiy yordam soʻrab murojaat qilgan vaqtidan qatʼi nazar, unga imtiyozli ravishda navbatdan tashqari ijtimoiy yordam koʻrsatiladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
(b) eng yaxshi 1 000 nafar yoshlar har yili bir marta Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
(v) yoshlarning tashabbuskorligi va faolligini ragʻbatlantirishga qaratilgan mukofotlarga tavsiya etiladi.
5. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
(a) ijtimoiy shartnoma tegishli mahalladagi yoshlar yetakchisi hamda yordam koʻrsatiladigan shaxs (oʻn sakkiz yoshgacha boʻlganlar uchun ularning nomidan ota-onasi yoki ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslar) oʻrtasida Yoshlar yagona elektron platformasida elektron shaklda rasmiylashtiriladi;
(b) ijtimoiy shartnoma shartlarining bajarilishini monitoring qilish va baholash Yoshlar yagona elektron platformasi orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi;
(v) yoshlar yetakchisi, zaruratga koʻra, ijtimoiy shartnoma shartlari bajarilishini joyiga chiqqan holda nazorat qilish huquqiga ega.
III. “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari orqali ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-fevraldan boshlab Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi yoshlarga:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.03.00 Safarbarlik tayyorgarligi]
(a) safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni bepul oʻtash tartibi joriy etiladi hamda ushbu maqsad uchun subsidiya ajratish tartibi bekor qilinadi. Bunda harbiy xizmat bilan bogʻliq xarajatlar Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” maxsus hisobvaragʻidan amalga oshiriladi hamda harbiy xizmatni oʻtab kelgan yoshlar bandligini taʼminlash choralari koʻriladi;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish]
(b) “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari orqali:
(i) avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash oʻquv kursi xarajatlarini qoplash boʻyicha subsidiya haydovchilik guvohnomasining “A”, “B”, “D” va “DE” toifalarini olish uchun toʻlab beriladi;
(ii) kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlari oʻquvchi-talabalarining toʻlov-kontrakt summasining 50 foizgacha qismi oʻquvchi-talaba bilan tuzilgan ijtimoiy shartnoma shartlarini bajarish darajasidan kelib chiqib toʻlanadi hamda yordamning umumiy miqdori bir oʻquv yili uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmasligi lozim;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
(iii) yoshlarning tadbirkorlik, anʼanaviy va zamonaviy kasblarni egallash, axborot texnologiyalarini oʻrganish, xorijiy tillarga oʻqitish, ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi oʻquv kurslari uchun toʻlanadigan har oylik subsidiyalar miqdori oʻtgan oyda subsidiya oluvchi tomonidan ijtimoiy shartnoma shartlarini bajarish darajasidan kelib chiqib belgilanadi;
(iv) ayni bir shaxs bir kalendar yil davomida turli ijtimoiy yordamlardan koʻpi bilan ikki marta foydalanishi mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
7. Yoshlar ishlari agentligi:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.02.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani boshqarish]
(a) har yili 1-fevralga qadar ijtimoiy yordamlarning samaradorligini baholash natijalariga koʻra samarasi past boʻlgan ijtimoiy yordamlarni, zaruratga koʻra, maqbullashtirish, shuningdek, samaradorligini oshirish maqsadida ularni takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
(b) ikki oy muddatda “Yoshlar daftari” jamgʻarmalaridan koʻrsatiladigan ijtimoiy yordamlarning samaradorligini baholab borish metodologiyasini tasdiqlasin;
(v) ikki oy muddatda ushbu Farmondan kelib chiqib, Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlarga “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari orqali ijtimoiy yordam taqdim etishning yangi tartibini, ijtimoiy shartnoma asosida yordam koʻrsatish qoʻllanmaydigan shaxslar toifalarini tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalari orqali koʻrsatiladigan ijtimoiy yordamlar roʻyxatiga2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
9. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Saʼdullayev belgilansin.
10. Farmon ijrosi uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 20-noyabr,
PF-222-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-noyabrdagi PF-222-son Farmoniga 1-ILOVA
Ijtimoiy shartnoma tuzish orqali “Yoshlar daftari” jamgʻarmalaridan taqdim etiladigan ijtimoiy yordamlar
ROʻYXATI
1. Kamida 3 nafar yoshlarning bandligi va ijtimoiy faolligini taʼminlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun grant ajratish.
2. 6 oy davomida muntazam sport va sanʼat toʻgaraklariga qatnashayotgan yoshlar uchun maxsus sport formasi, inventar yoki musiqa va cholgʻu asboblarini xarid qilish.
3. Avtomototransport vositalari haydovchilik guvohnomasining “A”, “B”, “D” va “DE” toifalarini olish boʻyicha oʻquv kursi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish.
4. Kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlari oʻquvchi-talabalarining toʻlov-kontrakt summasini toʻlab berish.
5. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga turarjoy ijarasi uchun kompensatsiya toʻlash.
6. Yoshlarning tadbirkorlik, anʼanaviy va zamonaviy kasblarni egallash, axborot texnologiyalarini oʻrganish va xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarida oʻqish xarajatlari uchun subsidiya ajratish.
7. Ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi oʻquv kurslari uchun subsidiya ajratish.
8. Yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlari uchun subsidiya ajratish.
9. Yoshlarga taʼlim, madaniyat va sanʼat, sport, axborot texnologiyalari sohasiga va fanlarni oʻqitishga ixtisoslashgan nodavlat taʼlim tashkilotining noturar joy ijarasi yoki zarur jihozlar bilan taʼminlash xarajatlari uchun subsidiya ajratish.
10. Yoshlar uchun safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni bepul oʻtash imkoniyatini yaratish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-noyabrdagi PF-222-son Farmoniga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalari orqali koʻrsatiladigan ijtimoiy yordamlar roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“I. “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan koʻrsatiladigan ijtimoiy yordamlar” boʻlimida:
(a) 5 — 9-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
5.
Avtomototransport vositalari haydovchilik guvohnomasining “A”, “B”, “D” va “DE” toifalarini olish boʻyicha oʻquv kursi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish.
Bir marta
BHMning 8 baravarigacha
1. Mazkur subsidiya Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning qonunchilikda belgilangan tartibda oʻquv kurslarida qatnashish huquqini beruvchi yoshga toʻlgan, biroq 30 yoshdan oshmagan aʼzolari uchun ajratiladi.
2. Mazkur subsidiyaning 50 foizi oʻquv kursi boshlanishida, qolgan qismi milliy haydovchilik guvohnomasi olinganidan soʻng hamda ijtimoiy shartnomaning shartlarini bajarish darajasidan kelib chiqib toʻlab beriladi.
3. Subsidiya toʻlovlarining 50 foizi avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash oʻquv kursini tashkil qilgan davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlariga shartnoma asosida, qolgan 50 foizi shartnoma shartlariga koʻra taʼlim tashkilotiga oʻtkazib beriladi yoki fuqaroga toʻlab beriladi.
6.
Kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlari oʻquvchi-talabalarining toʻlov-kontrakt summasini toʻlab berish.****
—
Toʻlov-kontrakt summasining 50 foizgacha qismi miqdorida, biroq BHMning 50 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda
1. Mazkur yordam Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning 30 yoshdan oshmagan kasbiy taʼlim, bakalavriat va magistraturaning kunduzgi yoʻnalishida taʼlim olayotgan oʻquvchi-talaba aʼzolariga beriladi.
2. Toʻlov-kontrakt summasi oʻquvchi-talaba bilan tuzilgan ijtimoiy shartnoma shartlarini bajarish darajasidan kelib chiqib toʻlanadi.
7.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga turarjoy ijarasi uchun kompensatsiya toʻlash.
12 oydan koʻp boʻlmagan muddatga
Har oyda, ijara toʻlovlarining 50 foizi, biroq BHMning 2 baravarigacha
(Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida BHMning 3 baravarigacha)
1. Mazkur kompensatsiya Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan yosh oilalarga ajratiladi.
2. Mazkur kompensatsiya soliq organlarida hisobga qoʻyilgan ijara shartnomasiga muvofiq ajratiladi.
3. Ijara uchun kompensatsiya summasi ijara toʻlovining ikkinchi oyidan boshlab tuzilgan ijtimoiy shartnoma shartlari bajarilishi darajasidan kelib chiqib toʻlanadi.
8.
Yoshlarning tadbirkorlik, anʼanaviy va zamonaviy kasblarni egallash, axborot texnologiyalarini oʻrganish va xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarida oʻqish xarajatlari uchun subsidiya ajratish.****
6 oydan koʻp boʻlmagan muddatga
Har oyda, BHMning 4 baravarigacha
1. Mazkur yordam Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning 14 — 30 yoshdagi aʼzolari uchun ajratiladi.
2. Har oylik subsidiyalar miqdori oʻtgan oyda subsidiya olgan shaxs tomonidan ijtimoiy shartnoma shartlarini bajarish darajasidan kelib chiqib belgilanadi va toʻlov amalga oshiriladi.
3. Tegishli mablagʻlar oʻquv kurslarini tashkil etgan taʼlim tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq oʻtkaziladi.
9.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi oʻquv kurslari uchun subsidiya ajratish.****
6 oydan koʻp boʻlmagan muddatga
Har oyda, BHMning 1 baravarigacha
1. Mazkur yordam Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning 14 — 30 yoshdagi aʼzolari uchun ajratiladi.
2. Har oylik subsidiyalar miqdori oʻtgan oyda subsidiya olgan shaxs tomonidan ijtimoiy shartnoma shartlarini bajarish darajasidan kelib chiqib belgilanadi va toʻlov amalga oshiriladi.
3. Tegishli mablagʻlar oʻquv kurslarini tashkil etgan taʼlim tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq oʻtkaziladi.
”;
(b) 12-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
12.
Yoshlar uchun safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni bepul oʻtash imkoniyatini yaratish.
Bir marta
—
1. Mazkur yordam Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning 18 — 27 yoshdagi aʼzolariga ajratiladi.
2. Yosh fuqaroga harbiy xizmatni oʻtab kelgandan soʻng rasmiy band boʻlish majburiyati yuklanadi.
”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2025-y., 06/25/222/1067-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)