Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda ularga ijtimoiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-son Farmoniga muvofiq yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralarining samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-son Farmoniga muvofiq:
2025-yil 1-yanvardan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Mehr daftari” jamgʻarmalarining amaldagi moliyalashtirish manbalari hamda mavjud qoldiq mablagʻlari Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasiga oʻtkazilgan holda tugatilgani;
Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi tomonidan “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash tadbirlari uchun ajratilgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) gʻazna hisobvaragʻiga ushbu hududlardagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar soniga mutanosib ravishda taqsimlanishi belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, Agentlikning hududiy boshqarmalari gʻazna hisobvaraqlariga taqsimlangan mablagʻlar quyidagilarga ijtimoiy yordamlar koʻrsatishga sarflanadi:
a) muqobil joylashtirish shakllari boʻyicha tarbiyaga olingan (farzandlikka olingan bolalar bundan mustasno) yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga.
Bunda:
oilaviy bolalar uylarini tashkil etgan fuqarolarga oilaviy bolalar uyida tarbiyalanayotgan bolalar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda turar joylarni taʼmirlash maqsadida, istisno tariqasida, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda ijtimoiy yordam koʻrsatishga ruxsat beriladi;
oilaviy bolalar uylarini tashkil etgan fuqarolarning ushbu maqsadlar uchun uy-joy sharoitlarini yaxshilash, shu jumladan, bolalar uchun yashash xonalarini taʼmirlash, kengaytirish hamda alohida xonalar ajratish (qurish) choralari koʻriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
b) ota-onasi uch oydan ortiq muddatga chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganligi munosabati bilan vasiylik yoki homiylik tayinlangan va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlariga (keyingi oʻrinlarda — vasiylik yoki homiylikdagi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandlari).
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ijtimoiy yordamlar ularning maqomi va yoshiga muvofiq shakllantiriladigan individual rivojlanish hamda individual integratsiya rejalari asosida koʻrsatiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
vasiylik yoki homiylikdagi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandlariga ijtimoiy yordamlar ularning oilasi boʻyicha ishlab chiqilgan individual rejada nazarda tutilgan taqdirda koʻrsatiladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar hamda vasiylik yoki homiylikdagi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandlariga ijtimoiy yordam alohida murojaat talab etmagan holda koʻrsatiladi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
bevosita tovarlarni (asbob-uskuna, mehnat qurollari, uy jihozlari va boshqalar) xarid qilish bilan bogʻliq yordamlar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimining elektron savdo platformasi (keyingi oʻrinlarda — elektron savdo platformasi) yoki tadbirkorlik subyektlari tomonidan yuritiladigan elektron savdo maydonchalari orqali koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan ishsiz bolalarni kasb-hunarga oʻqitgan tadbirkorlik subyektlari uchun oʻqish toʻlovini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilansinki, ushbu oʻqish toʻlovi 2026-yil 1-martdan boshlab 17 yoshdan 23 yoshgacha boʻlgan har bir yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola deb eʼtirof etilgan shaxslarni oʻqitgan tadbirkorlik subyektlariga Toshkent shahrida bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarigacha, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravarigacha, qolgan hududlarda bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravarigacha miqdorda toʻlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
5. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
koʻrsatiladigan ijtimoiy yordamlar dasturlari va turlarini belgilash;
ijtimoiy yordamlarni koʻrsatishni monitoring qilish va toʻxtatish;
ijtimoiy yordam koʻrsatish xarajatlarini moliyalashtirish tartibi.
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qarorning 1-bandiga muvofiq Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmalari uchun tegishli gʻazna hisobvaraqlari ochilishini taʼminlasin.
7. Ijtimoiy himoya milliy agentligi:
a) uch oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlar ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini;
b) 2025-yil 1-avgustga qadar Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish tartib-taomillarining toʻliq raqamlashtirilishini;
v) doimiy ravishda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan bolalarga nisbatan zoʻravonlikning barcha shakllari jamiyatning ijtimoiy barqarorligiga salbiy taʼsirini koʻrsatadigan, ogʻir hayotiy vaziyatga tushgan va jamiyatga toʻliq ijtimoiy moslashtirilgan bolalar haqida koʻrsatuvlar, filmlar va ijtimoiy roliklar tayyorlab, targʻibot qilinishini taʼminlasin.
Bunda tayyorlangan koʻrsatuvlar, filmlar va ijtimoiy roliklar Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi va nodavlat telekanallar tomonidan bepul efirga uzatiladi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlari 4-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 5-may,
294-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-maydagi 294-son qaroriga
1-ILOVA
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ijtimoiy yordamlar koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom talablari ota-onasi uch oydan ortiq muddatga chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganligi munosabati bilan vasiylik yoki homiylik tayinlangan va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlariga (keyingi oʻrinlarda — vasiylik yoki homiylikdagi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandlari) nisbatan ham tatbiq etiladi. Bunda:
ushbu Nizom asosida vasiylik yoki homiylikdagi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandlariga ijtimoiy yordamlar ularning oilasi boʻyicha ishlab chiqilgan individual rejada nazarda tutilgan taqdirda koʻrsatiladi;
vasiylik yoki homiylikdagi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandlariga ijtimoiy yordam koʻrsatishda alohida murojaat qilish talab etilmaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vaucher — ayrim turdagi tovarlarni davlat tomonidan qoplab beriladigan mablagʻlar (subsidiya) hisobidan xarid qilish imkoniyatini beradigan matritsali shtrix kod (QR-kod) bilan tasdiqlangan elektron hujjat;
yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar — vasiylik yoki homiylik belgilangan, tutingan (foster) oilaga berilgan, Bolalar uylari, Mehribonlik uylari, Kichik hajmli bolalar uylari, Respublika oʻquv-tarbiya muassasalari hamda “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatida tarbiyalanayotgan yoki bitiruvchilari boʻlgan yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola deb eʼtirof etilgan bolalar;
Jamgʻarma — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi;
individual integratsiya rejasi — 14 yoshdan 23 yoshgacha boʻlgan yetim yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvi hamda integratsiyasini taʼminlash, ularning erkin kasb tanlashlari uchun shart-sharoitlar yaratish, ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy xizmat va yordamlar belgilanadigan reja;
individual rivojlanish rejasi — 14 yoshgacha boʻlgan yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qiziqishlari, ehtiyojlari va yashash sharoitlarini kompleks baholash orqali ularga koʻrsatilishi talab etiladigan ijtimoiy xizmat va yordamlar belgilanadigan reja;
ixtisoslashtirilgan tarbiya muassasalari — Bolalar uylari, Mehribonlik uylari, Kichik hajmli bolalar uylari, Respublika oʻquv-tarbiya muassasalari hamda “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalarni muqobil parvarish qilish xizmati;
qonuniy vakil — vasiy va homiy hamda tutingan (foster) oila va ixtisoslashtirilgan tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari;
sotuvchi — asbob-uskuna, velosiped, kompyuter jamlanmasi, mehnat qurollari, uy jihozlari hamda kiyim-bosh ishlab chiqarish, tayyorlash, yetkazib berish xizmatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari;
tutingan (foster) oila — yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni shartnoma asosida oilaga tarbiyaga (patronat) va oilaviy bolalar uyiga olgan oila;
hududiy boshqarma — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari.
3. Yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ijtimoiy yordamlar ushbu bolalarning maqomi va yoshiga qarab, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (keyingi oʻrinlarda — “Inson” markazi) tomonidan shakllantiriladigan individual rivojlanish rejasi va individual integratsiya rejasiga muvofiq (oilaviy bolalar uylarini taʼmirlash uchun ijtimoiy yordam bundan mustasno) koʻrsatiladi.
4. Yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ijtimoiy yordamlar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
2-bob. Yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni aniqlash va ularga koʻrsatiladigan ijtimoiy yordamlarni belgilash
5. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan ijtimoiy yordamlarga muhtoj yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 106, 148 va 149-moddalari.
6. Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaga, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan tarbiya muassasalarining tarbiyalanuvchilariga ushbu Nizomda nazarda tutilgan ijtimoiy yordamlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda “Inson” markazlari tomonidan ularning yoshiga muvofiq shakllantiriladigan individual rivojlanish rejasi yoki individual integratsiya rejasi asosida alohida murojaat qilish talab etilmagan holda koʻrsatiladi. Bunda:
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 27-moddasi, Oila kodeksining 106-moddasi.
yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaga ijtimoiy yordamlarni koʻrsatish uchun “Inson” markazi tomonidan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — “Ijtimoiy himoya” AT) individual rivojlanish rejasi yoki individual integratsiya rejasi asosida tavsiyanoma shakllantiriladi hamda tegishli ijtimoiy yordamlar koʻrsatilishini tashkil etish uchun “Ijtimoiy himoya” AT orqali elektron shaklda hududiy boshqarmalarga yuboriladi;
yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola boʻyicha shakllantiriladigan individual rivojlanish rejasi yoki individual integratsiya rejasi ushbu bolaning qiziqishlari, ehtiyojlari va yashash sharoitlaridan kelib chiqqan holda doimiy yangilab boriladi;
individual rivojlanish rejasi yoki individual integratsiya rejasiga ushbu Nizomda nazarda tutilgan, biroq yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaga muqaddam koʻrsatilmagan yangi ijtimoiy yordam koʻrsatish boʻyicha maʼlumot kiritilgan taqdirda, ushbu turdagi ijtimoiy yordam koʻrsatilishini tashkil etish uchun “Inson” markazi tomonidan tavsiyanoma shakllantirilib, hududiy boshqarmalarga kiritiladi. Bunda tegishli ijtimoiy yordamni koʻrsatish uchun ushbu Nizomga 2 — 14-ilovalarga muvofiq pasportlarda nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilmagunga qadar tavsiyanoma shakllantirilmaydi.
Tavsiyanoma “Inson” markazlari direktorlari tomonidan elektron raqamli imzo orqali tasdiqlanadi.
3-bob. Ijtimoiy yordamlar turlari va ularni koʻrsatish tartibi
7. Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaga ushbu Nizomga 2 — 14-ilovalarga muvofiq pasportlarda nazarda tutilgan quyidagi dasturlar asosida ijtimoiy yordamlar koʻrsatiladi:
bandlikni taʼminlashga koʻmaklashish dasturi;
sifatli taʼlim olishga koʻmaklashish dasturi;
ehtiyojlarni qoʻllab-quvvatlash dasturi;
uy-joy sharoitlarini yaxshilash dasturi;
sogʻliqni saqlash dasturi.
8. Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaga ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan dasturlar asosida ijtimoiy yordamlar ularga nisbatan shakllantirilgan individual rivojlanish rejasi yoki individual integratsiya rejasida nazarda tutilgan taqdirda koʻrsatiladi.
9. Ushbu Nizomga 2 — 13-ilovalarga muvofiq pasportlarda nazarda tutilgan ijtimoiy yordamlarni koʻrsatish quyidagi holatlarda toʻxtatiladi:
ijtimoiy yordam koʻrsatilayotgan yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola yoxud ularning qonuniy vakili tegishli ijtimoiy yordamdan foydalanishni toʻxtatish haqida ariza bilan murojaat qilganda;
ijtimoiy yordam koʻrsatilayotgan yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola vafot etganda;
yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola tegishli ijtimoiy yordam koʻrsatish belgilangan cheklangan yoshga toʻlganda;
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Nizomning 1-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan bolaning oilasi Ijtimoiy reyestrdan chiqarilganda;
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
ixtisoslashgan tarbiya muassasalarining ijtimoiy xodimlari tomonidan ijtimoiy yordam koʻrsatilayotgan yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaga ijtimoiy yordam koʻrsatish zarurati yoʻqligi sababli uni toʻxtatish haqida soʻrov kiritilganda.
10. Ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda, uch ish kunida “Inson” markazlari tomonidan “Ijtimoiy himoya” ATda dalolatnoma rasmiylashtiriladi hamda “Inson” markazlari direktorining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda hududiy boshqarmalarga kiritiladi.
11. Hududiy boshqarmalar tomonidan “Inson” markazlarining dalolatnomasi kelib tushgan vaqtdan boshlab yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaga ijtimoiy yordam koʻrsatish toʻxtatiladi.
4-bob. Ayrim turdagi ijtimoiy yordamlarni koʻrsatishning oʻziga xos xususiyatlari
1-§. Taʼlim olish va mehnat huquqlaridan foydalanish hamda fuqarolik majburiyatlarini bajarishga yoʻnaltirilgan ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish
12. Ushbu Nizomga muvofiq taʼlim olish, mehnat huquqlaridan foydalanish va fuqarolik majburiyatlarini bajarishga qaratilgan ijtimoiy yordamlardan foydalanish uchun ularni koʻrsatish tartiblari belgilangan pasportlarda nazarda tutilgan talab va shartlarning bajarilishi, shu jumladan, tegishli hujjatlarning “Inson” markazlariga taqdim etilishi talab etiladi.
Bunda tegishli talab va shartlar quyidagi shaxslar tomonidan bajariladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Nizomga 2, 5, 6, 7, 12 va 13-ilovalarga muvofiq pasportlarda nazarda tutilgan ijtimoiy yordamlar boʻyicha — yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar tomonidan;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
ushbu Nizomga 14-ilovaga muvofiq pasportda nazarda tutilgan ijtimoiy yordamlar boʻyicha — oilaviy bolalar uylarni tashkil qilgan jismoniy shaxslar tomonidan.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
14. Ushbu Nizomga 5 va 13-ilovalarga muvofiq ijtimoiy yordamlarni koʻrsatishda yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning tegishli oʻquv kurslariga muntazam qatnashishi “Inson” markazi masʼul xodimlari tomonidan monitoring qilib boriladi.
“Inson” markazi tomonidan ushbu Nizomga 5 va 13-ilovalarga muvofiq ijtimoiy yordamlarni koʻrsatishda mazkur oʻquv kurslarini tashkil etgan taʼlim tashkilotlaridan yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning tegishli oʻquv kurslarida haqiqatda oʻqiganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan tadbirlar amalga oshirilganidan soʻng yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning tegishli oʻquv kurslarida muntazam qatnashganligi aniqlangan taqdirda, toʻlovlarni amalga oshirish davom ettiriladi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi 587-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 09/25/587/0836-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning hisobot oyda tegishli oʻquv kurslarida muntazam qatnashmaganligi aniqlanganda, hisobot oyi uchun toʻlangan toʻlov summasi keyingi toʻlovlarni amalga oshirishda hisobga olinadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi 587-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 09/25/587/0836-son)
2-§. Elektron tijorat orqali amalga oshiriladigan ijtimoiy yordam koʻrsatuvchilarni aniqlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
15. Ushbu Nizomga 3, 4, 8, 9 va 10-ilovalarga muvofiq pasportlarda nazarda tutilgan asbob-uskuna, velosiped, kompyuter jamlanmasi, mehnat qurollari, uy jihozlari, kiyim-bosh, musiqa va sport inventarlari, asboblari va uskunalari hamda maxsus kiyimlarni (keyingi oʻrinlarda — tovar) xarid qilish tarzidagi ijtimoiy yordamlar “Ijtimoiy himoya” ATning elektron savdo platformasi (keyingi oʻrinlarda — elektron savdo platformasi) orqali koʻrsatiladi.
Ushbu Nizomga 3, 4, 8, 9 va 10-ilovalarga muvofiq pasportlarda nazarda tutilgan tovarlar tadbirkorlik subyektlari tomonidan yuritiladigan elektron savdo maydonchalari orqali ham xarid qilinishi mumkin. Bunda elektron savdo maydonchalari orqali tovarlar ushbu elektron savdo maydonchalari operatorlari va ularda tovarlarni sotadigan tadbirkorlik subyektlari tomonidan belgilangan tartibda xarid qilinadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi 587-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 09/25/587/0836-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-noyabr)
16. Elektron savdo platformasi orqali xarid qilinadigan tovarlar ushbu turdagi tovarlar sotuvchilari tomonidan elektron savdo platformasiga joylashtiriladi.
17. Sotuvchilar elektron savdo platformasiga ular tomonidan sotiladigan tovarlarni joylashtirish uchun “Ijtimoiy himoya” ATda elektron ofertani tasdiqlash orqali bepul va ixtiyoriylik asosida avtorizatsiyadan oʻtadi.
Sotuvchilar “Ijtimoiy himoya” ATda avtorizatsiyadan oʻtishda quyidagi maʼlumotlarni koʻrsatadi:
yuridik shaxslar uchun soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) hamda telefon raqami;
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun pasport seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) hamda telefon raqami;
tadbirkorlik subyekti va uning filialining yuridik manzillari, hisobvaragʻi, bank rekvizitlari, ishonchli vakil haqida maʼlumotlar hamda uning telefon raqami;
sotiladigan tovarlarning turlari va nomi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda ularning muvofiqlik sertifikati raqamlari hamda amal qilish muddatlari.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunining 27-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-avgustdagi 502-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
18. Avtorizatsiyadan tegishli maʼlumotlar toʻldirilib, elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda — ERI) yoki “Ijtimoiy himoya” ATda “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiya qilishning yagona axborot tizimi (OneID) orqali tasdiqlangandan soʻng oʻtiladi.
Bunda sotuvchilar elektron ofertani tasdiqlaganidan soʻng ular tomonidan koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarining mavjud emasligi “Ijtimoiy himoya” ATda idoralararo elektron hamkorlik orqali avtomatik tarzda aniqlanadi.
Sotuvchilar tomonidan koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligi hamda ularning faoliyati tugatilmagani aniqlangan taqdirda, sotuvchilar avtorizatsiyadan oʻtkaziladi va ular uchun “Ijtimoiy himoya” ATda shaxsiy kabinet ochiladi.
19. Ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan talablarga javob bermaydigan sotuvchilar “Ijtimoiy himoya” ATda avtorizatsiyadan oʻtkazilmaydi.
20. Quyidagilar sotuvchilarning elektron savdo platformasida tovarlarni sotish faoliyatini cheklash uchun asos hisoblanadi:
tadbirkorlik subyekti tugatilganda yoki bankrot deb topilganda;
yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaga ayni bir sotuvchi tomonidan ikki va undan koʻp marotaba sifatsiz va nuqsonli tovarlar yetkazib berilganda.
21. “Ijtimoiy himoya” ATda avtorizatsiyadan oʻtkazilgan sotuvchilar tovarlarni elektron tijorat orqali sotish uchun ular toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlarni tegishlicha “Ijtimoiy himoya” ATning “Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar uchun tovarlar” boʻlimiga Agentlik tomonidan tasdiqlangan elektron ofertaga ilova qilinadigan minimal texnik talablarga muvofiq joylashtiradi:
har bir tovarning nomi, narxi, foydalanish va kafolat muddatlari, texnik tavsifi va koʻrsatkichlari, ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma, kafolat va foydalanish muddatlari tugamasdan yoki tugaganidan soʻng amalga oshiriladigan tadbirlar;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda muvofiqligi baholanishi yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tovarlar boʻyicha ularning muvofiqlik sertifikati va davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunining 33-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-avgustdagi 502-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-yanvardagi 43-son qarori bilan tasdiqlangan Muvofiqligi baholanishi lozim boʻlgan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi mahsulotlar Roʻyxati.
Agentlik tomonidan belgilangan talablar boʻyicha har bir tovarning turli xil rakursdan olingan fotosuratlari. Bunda realizatsiya qilinadigan tovarga muvofiq kelmaydigan fotosuratlarni joylashtirish taqiqlanadi;
tovarni yetkazib berish muddati.
22. Tovarlarning minimal texnik talablarga muvofiqligi hamda ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻgʻriligi va toʻliqligi Agentlikning masʼul xodimlari tomonidan “Ijtimoiy himoya” ATda qabul qilingandan soʻng ular tegishlicha “Ijtimoiy himoya” ATning “Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar uchun tovarlar” boʻlimi orqali elektron tijoratga chiqariladi.
Bunda minimal texnik talablarga muvofiq kelmaydigan hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda olinishi lozim boʻlgan muvofiqlik sertifikati yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnoma olinmaganda va ularning amal qilish muddati tugaganda ushbu tovarlarni elektron tijoratga chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ushbu Nizomning 16 — 22 bandlaridagi talablar elektron savdo maydonchalari operatorlari hamda Agentlik oʻrtasida kelishuvga asosan elektron savdo maydonchasi orqali xarid qilinadigan tovarlarga ham tatbiq etiladi.
3-§. Elektron tijorat vositasida tovarlarni xarid qilish va yetkazib berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
23. Individual rivojlanish rejasi va individual integratsiya rejasida ushbu Nizomga 3, 4, 8, 9 va 10-ilovalarga muvofiq pasportlarda nazarda tutilgan ijtimoiy yordamlarni koʻrsatish belgilangan taqdirda, “Inson” markazlari tomonidan:
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi 587-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 09/25/587/0836-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-noyabr)
ushbu ijtimoiy yordamlar koʻrsatiladigan yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola nomiga “Ijtimoiy himoya” AT orqali vaucher shakllantiriladi;
yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola uning nomiga vaucher shakllantirilgani toʻgʻrisida “Ijtimoiy himoya” AT yoki SMS-xabarnoma orqali xabardor qilinadi.
24. Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola unga nisbatan vaucher shakllangani toʻgʻrisidagi xabarni olgandan soʻng bevosita oʻzi yoki qonuniy vakili orqali elektron savdo platformasida vaucherga muvofiq tegishli tovarni xarid qilish boʻyicha buyurtma berish uchun “Ijtimoiy himoya” ATda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud tugʻilganlik haqidagi guvohnoma) maʼlumotlari va telefon raqamini kiritgan holda roʻyxatdan oʻtadi.
Kiritilgan maʼlumotlar yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola yoxud uning qonuniy vakilining roziligini ifodalaydigan hamda uni identifikatsiya va autentifikatsiya qilish imkonini beradigan elektron tasdiqlash usullari (SMS-xabarnoma, Face-ID) yoki “Ijtimoiy himoya” ATda yaratilgan maxsus identifikatsiya qilish (Yagona identifikatsiya tizimi (OneID), Mobile-ID) orqali tasdiqlangandan soʻng roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Roʻyxatdan oʻtgan yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola yoxud uning qonuniy vakiliga “Ijtimoiy himoya” ATda shaxsiy kabinet ochiladi.
25. Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola “Ijtimoiy himoya” ATda roʻyxatdan oʻtish hamda vaucherga muvofiq tovarga buyurtma berish uchun bevosita oʻzi yoki qonuniy vakili orqali “Inson” markazi yoki ijtimoiy xodimga murojaat qilishi mumkin.
Bunda ushbu shaxslarning murojaatlariga asosan “Inson” markazi yoki ijtimoiy xodim elektron qurilma vositalari yordamida real vaqt rejimida ularni “Ijtimoiy himoya” ATda roʻyxatdan oʻtkazadi hamda ularning nomidan vaucherga muvofiq tegishli tovarga buyurtmani shakllantiradi.
26. Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola yoxud ularning qonuniy vakillari elektron tijorat orqali tovarga bergan buyurtmalarining toʻliqligi va toʻgʻriligi uchun masʼul hisoblanadi.
27. Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolani tegishli tovarlar bilan taʼminlashda:
yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola yoxud ularning qonuniy vakillari oʻz xohishiga koʻra “Ijtimoiy himoya” ATning “Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar uchun tovarlar” boʻlimi orqali tovarlar sotuvchisini hamda vaucherda koʻrsatilgan tovarning turini tanlaydi va buyurtma qiladi;
sotuvchi buyurtmani “Ijtimoiy himoya” AT orqali qabul qilib olgandan soʻng uch kun ichida buyurtma qilingan tovarni yetkazib berish vaqti haqidagi maʼlumotlarni yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola yoxud ularning qonuniy vakillarini elektron shaklda yoki mobil aloqa vositasi orqali xabardor qiladi;
sotuvchilar tovarlar boʻyicha buyurtmani qabul qilib olgandan soʻng buyurtma qilingan tovarning yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola yoxud ularning qonuniy vakillariga uch kun ichida yetkazib berilishini taʼminlashi lozim;
tovarlar bevosita yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola yoki ularning qonuniy vakillarining oʻziga topshirilgandan soʻng yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola yoxud ularning qonuniy vakillari tomonidan tovar qabul qilib olingani toʻgʻrisidagi SMS-xabarnoma tasdiq kodi maʼlum qilinganda, sotuvchilar buyurtma ularga yetkazib berilganligini “Ijtimoiy himoya” ATda tasdiqlaydi.
Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolani tegishli tovarlar bilan taʼminlash jarayoni tadbirkorlik subyektlarining savdo maydonchalari orqali amalga oshirilganda, savdo operatorlar tomonidan belgilangan talablarga muvofiq ayrim jarayonlar maqbullashtirilishi yoki qoʻshimcha maʼlumotlar soʻralishi mumkin.
4-§. Elektron tijorat vositasida xarid qilingan va yetkazib berilgan tovarlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish tartibi
28. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — DMBAT) mazkur bobga muvofiq xarid qilinadigan tovarlar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish va hisobini yuritish maqsadida hududiy boshqarmalar uchun alohida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochiladi.
29. Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola yoxud ularning qonuniy vakillari tomonidan vaucherga muvofiq ushbu bobda belgilangan tartibda berilgan buyurtmalar kesimidagi maʼlumotlar “Ijtimoiy himoya” ATda shakllantirib boriladi.
30. Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola yoxud ularning qonuniy vakillari tomonidan vaucherga muvofiq tanlangan buyurtmaning xarid narxi va vaucherda koʻrsatilgan miqdordagi mablagʻ oʻrtasida salbiy farq mavjud boʻlganda, yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola yoxud ularning qonuniy vakillari tomonidan dastlab ushbu salbiy farq summasi toʻlanishi lozim.
Buyurtmaning xarid narxi vaucherda koʻrsatilgan miqdordan ortiq boʻlganda va mablagʻ oʻrtasidagi farq summasi yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola yoxud ularning qonuniy vakillari tomonidan toʻlanmagan taqdirda, ushbu tovarni sotayotgan sotuvchi buyurtmani qabul qilishni rad qiladi.
31. Buyurtmalar ushbu Nizomning 27-bandida belgilangan tartibda yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola yoxud ularning qonuniy vakillariga yetkazib berilgani tasdiqlangandan soʻng ushbu shaxslarning yashash joyi boʻyicha “Inson” markazining “Ijtimoiy himoya” ATdagi shaxsiy kabinetiga bu toʻgʻrisida xabarlar kelib tushadi.
32. “Inson” markazi ijtimoiy xodimlari “Ijtimoiy himoya” ATdagi shaxsiy kabinetga xabar kelib tushgandan soʻng besh ish kuni ichida buyurtmalar yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola yoxud ularning qonuniy vakillariga haqiqatda yetkazib berilganligini joyiga chiqqan holda oʻrganadi. Bunda:
buyurtmalar haqiqatda yetkazib berilgan taqdirda, ijtimoiy xodimlar tomonidan bir ish kuni ichida “Ijtimoiy himoya” ATda ushbu Nizomga 15-ilovaga muvofiq shaklda tegishli tovarni sotuvchilarga vaucher qiymatidan koʻp boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni oʻtkazish boʻyicha bildirishnoma rasmiylashtiriladi. Bunda yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola yoxud ularning qonuniy vakillari buyurtmani haqiqatda olganligini tasdiqlovchi turli xil rakursdan olingan fotosuratlar bildirishnomaga ilova qilinadi;
yetkazib berilgan tovarning sifatsizligi va nuqsonlari mavjudligi aniqlangan hollarda, “Inson” markazlari tomonidan “Ijtimoiy himoya” ATda ushbu Nizomga 16-ilovaga muvofiq shaklda yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola yoxud ularning qonuniy vakillari tomonidan vaucher asosida xarid qilingan tovarlarning haqiqatda yetkazib berilgani boʻyicha dalolatnoma tuziladi va sotuvchilarga uni maqbul sifatlisiga almashtirish choralarini koʻrish uchun elektron shaklda yuboriladi. Bunda buyurtmaning sifatsizligi va nuqsonlarini tasdiqlovchi turli xil rakursdan olingan fotosuratlar dalolatnomaga ilova qilinadi.
Ushbu bandga muvofiq oʻrganish jarayonida buyurtmani qabul qilib olgan yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola yoxud ularning qonuniy vakillari buyurtmani olgan holda, chet davlatga chiqib ketganligi aniqlansa, bu toʻgʻrisida “mahalla yettiligi” tomonidan dalolatnoma tuziladi. Bunda dalolatnoma ushbu Nizomning 34-bandiga muvofiq bildirishnoma tuzishga asos boʻladi.
33. Agar buyurtmani qabul qilib olgan yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola yoxud ularning qonuniy vakillari yashash manzilidan koʻchib ketgan va u yerda yashamayotganligi aniqlangan hollarda, “Inson” markazi tomonidan “Ijtimoiy himoya” ATda ushbu Nizomga 16-ilovaga muvofiq shaklda elektron dalolatnoma tuziladi va ushbu dalolatnoma koʻrsatilgan maʼlumot asosida yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola yoxud ularning qonuniy vakillarining hozirgi yashash manzilidagi “Inson” markazining “Ijtimoiy himoya” ATdagi shaxsiy kabinetiga xabar kelib tushadi.
Bunda “Inson” markazi “Ijtimoiy himoya” ATdagi shaxsiy kabinetiga kelib tushgan xabarni qabul qilib olgandan soʻng besh ish kuni ichida buyurtmalar yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola yoxud ularning qonuniy vakillariga haqiqatda yetkazib berilgani va ularning elektron tijoratda eʼlon qilingan talablariga muvofiqligini joyiga chiqqan holda ushbu Nizomning 32-bandida belgilangan tartibda oʻrganadi.
34. Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola buyurtmani qabul qilib olgandan soʻng “Inson” markazi tomonidan oʻrganish davrida vafot etgan hollarda, “Inson” markazi “Ijtimoiy himoya” ATda ushbu Nizomga 15-ilovaga muvofiq shaklda elektron bildirishnoma rasmiylashtiradi.
35. “Ijtimoiy himoya” ATda bildirishnoma rasmiylashtirilgandan soʻng bu toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Ijtimoiy himoya” AT orqali Davlat imtiyozlari yagona elektron platformasiga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat imtiyozlari yagona elektron platformasi orqali buyurtmaning xarid narxi, biroq ushbu Nizomga 3, 4, 8, 9 va 10-ilovalarga muvofiq pasportlarda koʻrsatilgan miqdordagi mablagʻdan koʻp boʻlmagan miqdordagi mablagʻ DMBATga yoʻnaltiriladi. Bunda DMBAT tomonidan tegishli mablagʻlar tovarlarni sotuvchilarning bank hisobvaragʻiga buyurtma yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola yoxud ularning qonuniy vakillariga yetkazib berilgani tasdiqlangandan soʻng avtomatik tarzda oʻtkaziladi.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi 587-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 09/25/587/0836-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-noyabr)
Mablagʻlar sotuvchilarning bank hisobvaragʻiga dam olish kuniga yoki bayram yoxud boshqa ishlanmaydigan kunga toʻgʻri kelsa, undan keyingi birinchi ish kunida oʻtkaziladi.
Xarid qilingan tovarlar xarid narxi vaucherda koʻrsatilgan miqdordan kam boʻlgan taqdirda, oʻrtada hosil boʻlgan farq summasi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida qoldiriladi.
36. Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola yoxud ularning qonuniy vakillarining buyurtmalari ularga yetkazib berilmaganda hamda buyurtmalarda nuqsonlar mavjudligi toʻgʻrisida ijtimoiy xodimlar tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirilgan taqdirda, mablagʻlar sotuvchilarning bank hisobvaragʻiga oʻtkazilmaydi.
37. Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola yoxud ularning qonuniy vakillarining buyurtmalari tadbirkorlik subyektlarining savdo maydonchalari orqali berilganda, savdo maydonchasi operatori tomonidan tovarning haqiqatda yetkazib berilganligi toʻgʻrisidagi elektron maʼlumoti asosida Davlat imtiyozlari yagona elektron platformasiga tegishli xabar yuboriladi hamda mablagʻlar sotuvchilarning bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Bunda ijtimoiy xodim tomonidan tovar yetkazib berilgani toʻgʻrisida bildirishnoma toʻldirilishi talab etilmaydi.
38. Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola berilgan tovarlar kafolat muddati davomida nosoz boʻlib qolsa, ularni yetkazib bergan (sotgan) sotuvchilar tomonidan bepul taʼmirlab beriladi yoki boshqasiga almashtiriladi.
5-bob. Ijtimoiy yordamlarni koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish
39. Yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ijtimoiy yordamlarni koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5215-son qarorining 10-bandida nazarda tutilgan manbalar hisobidan Jamgʻarmada jamlangan mablagʻlardan moliyalashtiriladi.
Mazkur bandga muvofiq Jamgʻarmada jamlangan mablagʻlar hisobidan:
yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qonunchilikda belgilangan tartibda uy-joy bilan taʼminlash xarajatlari ham moliyalashtirilishi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5216-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-son qarori bilan tasdiqlangan Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom, Oila kodeksining 106 va 150-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
vasiylik yoki homiylikdagi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandlariga ushbu Nizomga 2 — 13-ilovalarga muvofiq pasportlarda nazarda tutilgan ijtimoiy yordamlar koʻrsatilishi mumkin.
(39-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
40. Ushbu Nizomning 39-bandiga muvofiq Jamgʻarmada jamlangan mablagʻlar har oyda Jamgʻarma tomonidan hududiy boshqarmalarda ochilgan gʻazna hisobvaraqlariga ushbu hududlardagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Bunda hududiy boshqarmalarda ochilgan gʻazna hisobvaraqlarida har oy boshida qolgan qoldiq mablagʻlar Agentlik tomonidan hududiy boshqarmalar oʻrtasida qayta taqsimlanishi mumkin.
41. Ushbu Nizomga 2 — 14-ilovalarga muvofiq pasportlarda nazarda tutilgan ijtimoiy yordamlarni koʻrsatish hamda ushbu Nizomning 39-bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish Jamgʻarma tomonidan taqsimlangan va hududiy boshqarmalar gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkazilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
42. “Inson” markazlarining ijtimoiy xodimlari va hududiy boshqarmalar tomonidan yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga koʻrsatilgan har bir ijtimoiy yordam toʻgʻrisida “Ijtimoiy himoya” ATga ushbu ijtimoiy yordam koʻrsatilganidan soʻng bir ish kuni ichida maʼlumot kiritib boriladi.
43. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan SMS-xabarnomalarni yuborish bilan bogʻliq xarajatlar Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 26-moddasi.
44. Ushbu Nizomga muvofiq yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida ijtimoiy yordamlar koʻrsatish uchun ajratilgan mablagʻlarning maqsadli va samarali sarflanishi Agentlikning ichki audit xizmati va Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
45. Yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar yoki ularning qonuniy vakillari ushbu Nizomga muvofiq ijtimoiy yordamlarni koʻrsatish bilan bogʻliq tartib-taomillarni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan Agentlikka yoki bevosita sudga shikoyat qilishi mumkin.
46. Sotuvchilar qabul qilingan buyurtmalar asosida tovarlarning belgilangan sifat va muddatda yetkazib berilishini taʼminlash uchun javobgar hisoblanadi.
47. Yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar tovarlardan foydalanish yoʻriqnomasi bilan toʻliq tanishib chiqishi hamda tovarni saqlash, foydalanish muddati davomida foydalanish, uning foydalanish tartib va qoidalariga rioya qilishi lozim.
48. Yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar yoki ularning qonuniy vakillari tomonidan tovarlarni boshqa shaxslarga foydalanish uchun berish, ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish, boshqa shaxslarga sovgʻa qilish hamda ularning qismlarini almashtirish yoki sotish qatʼiyan taqiqlanadi.
49. Yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar tovarlarni buyurtma qilishdan oldin vafot etgan taqdirda, ularga nisbatan shakllantirilgan vaucher oʻz kuchini yoʻqotadi.
50. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 149 va 199-moddalari, Fuqarolik kodeksining 995-moddasi, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 472-moddasi.
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ijtimoiy yordamlarni koʻrsatish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari

1. Vasiylik yoki homiylik belgilangan, tutingan (foster) oilaga berilgan, Bolalar uylari, Mehribonlik uylari, Kichik hajmli bolalar uylari, Respublika oʻquv-tarbiya muassasalari hamda “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining Bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatida tarbiyalanayotgan (bitirgan) yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola deb eʼtirof etilgan bolalar boʻyicha individual rivojlanish rejasi va individual integratsiya rejasini shakllantiradi.
  2. Individual rivojlanish rejasi va individual integratsiya rejasiga yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaga koʻrsatilishi talab etiladigan ijtimoiy yordamlarni belgilaydi.
   3. Yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaga koʻrsatilishi mumkin boʻlgan ijtimoiy yordamlarni koʻrsatish boʻyicha tavsiyanoma shakllantiradi.

4. Tavsiyanomani yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaga tegishli ijtimoiy yordam koʻrsatish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga (hududiy boshqarmalar) kiritadi.

   

Qonunchilikda belgilangan muddatlarda





Qonunchilikda belgilangan muddatlarda

Tegishli ijtimoiy yordam pasportida nazarda tutilgan muddatda


Tavsiyanoma tasdiqlanganidan soʻng avtomatik ravishda

2-bosqich

Hududiy boshqarmalar

Tavsiyanomaga muvofiq yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaga tegishli ijtimoiy yordam koʻrsatilishini taʼminlaydi.

Tegishli ijtimoiy yordamlar pasportlariga muvofiq

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Kasb-hunarga oʻqitish kurslari xarajatlarini qoplash tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish
PASPORTI*

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Kasb-hunarga oʻqitish kurslari xarajatlarini qoplash

2.

Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan dastur:

Bandlikni taʼminlashga koʻmaklashish dasturi

3.

Ijtimoiy yordam miqdori:

Har bir kurs uchun bir oyda quyidagi miqdorlarda:

Toshkent shahrida bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarigacha;

Nukus shahri va viloyatlar markazlarida bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravarigacha;

qolgan hududlarda bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravarigacha.

4.

Ijtimoiy yordam koʻrsatiluvchi bolalar toifasi:

Quyidagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar:

homiylik belgilangan bolalar;

tutingan (foster) oilaga berilgan bolalar;

“SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalarni muqobil parvarish qilish xizmati tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari;

respublika oʻquv-tarbiya muassasalarining bitiruvchilari;

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari;

Kichik hajmli bolalar uylari tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari.

5.

Ijtimoiy yordamdan foydalanuvchining yosh toifasi:

17 — 23 yosh

6.

Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Kasb-hunarga oʻqitish kurslarini tashkil etgan tadbirkorlik subyekti bilan tuzilgan shartnoma**.

7.

Ijtimoiy yordamni koʻrsatish talablari va shartlari:

Quyidagi majburiyatlar yuklatiladi:

kasb-hunarga, shu jumladan, tadbirkorlikka oʻqitish kurslariga muntazam qatnashish;

oʻquv kursi yakuni boʻyicha belgilangan namunadagi beriladigan sertifikatni olish.

8.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Faqat bir turdagi kurs uchun bir marotaba, 6 oygacha boʻlgan muddatda

9.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Mazkur pasportning 4-pozitsiyasida nazarda tutilgan bolalarni kasb-hunarga oʻqitgan (oʻrgatgan) tadbirkorlik subyektlariga oʻquv kursi tashkil etilgan hudud uchun belgilangan miqdorlarda elektron shaklda tuzilgan shartnomaga muvofiq subsidiya shaklida oʻtkaziladi.

Shartnomaga muvofiq subsidiya toʻlovlari oʻquv kursi davomiyligidan qatʼiy nazar 6 oygacha boʻlgan davr uchun oyma-oy mazkur pasportning 3-pozitsiyasida belgilangan miqdorlardan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlab boriladi.

* Mazkur yordam, istisno tariqasida, ota-onasi uch oydan ortiq muddatga chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganligi munosabati bilan homiy tayinlangan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlariga ham koʻrsatilishi mumkin.
** Shartnoma tadbirkorlik subyekti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining tegishli hududiy boshqarmasi hamda yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola (yoki uning qonuniy vakili) oʻrtasida “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Tadbirkorlik yoki oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlash uchun asbob-uskuna yoki mehnat qurollarini xarid qilish tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish
PASPORTI*
Oldingi tahrirga qarang.

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Tadbirkorlik yoki oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlash uchun asbob-uskuna, velosiped, kompyuter jamlanmasi va boshqa mehnat qurollarini xarid qilish

2.

Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan dastur:

Bandlikni taʼminlashga koʻmaklashish dasturi

3.

Ijtimoiy yordam miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha

4.

Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan bolalar toifasi:

Quyidagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar:

homiylik belgilangan bolalar;

tutingan (foster) oilaga berilgan bolalar;

“SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalarni muqobil parvarish qilish xizmati  bitiruvchilari;

respublika oʻquv-tarbiya muassasalarining  bitiruvchilari;

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari
va bitiruvchilari;

Kichik hajmli bolalar uylari  bitiruvchilari.

5.

Ijtimoiy yordamdan foydalanuvchining yosh toifasi:

16 — 23 yosh

6.

Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

7.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish talablari va shartlari:

Quyidagi majburiyatlar yuklatiladi:

xarid qilingan asbob-uskuna, velosiped, kompyuter jamlanmasi va boshqa mehnat qurollaridan foydalanish orqali daromad keltiruvchi faoliyat bilan shugʻullanish;

xarid qilingan asbob-uskuna, velosiped, kompyuter jamlanmasi va boshqa mehnat qurollarini sotib yubormaslik;

xarid qilingan asbob-uskuna, velosiped, kompyuter jamlanmasi va boshqa mehnat qurollarini boshqa shaxslarga foydalanish uchun bermaslik.

8.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Bir marotaba

9.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Asbob-uskuna yoki velosiped yoxud kompyuter jamlanmasi yoki mehnat qurollari yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar yoki ularning qonuniy vakillari tomonidan ushbu turdagi tovarlar sotiladigan elektron savdo platformasi va savdo maydonchalari orqali elektron shaklda xarid qilinadi**.

* Mazkur yordam, istisno tariqasida, ota-onasi uch oydan ortiq muddatga chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganligi munosabati bilan homiy tayinlangan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlariga ham koʻrsatilishi mumkin.
** Mazkur pasportga muvofiq xarid qilinadigan asbob-uskuna va mehnat qurollari turlari va roʻyxati hamda ularni xarid qilish uchun ajratiladigan mablagʻlarning eng yuqori miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Musiqa va sport yoʻnalishida inventarlar, asbob-uskunalar hamda maxsus kiyimlarni xarid qilish tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish
PASPORTI*
Oldingi tahrirga qarang.

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Musiqa va sport yoʻnalishida inventarlar, asbob-uskunalar hamda maxsus kiyimlarni xarid qilish

2.

Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan dastur:

Ehtiyojlarni qoʻllab-quvvatlash dasturi

3.

Ijtimoiy yordam miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha

4.

Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan bolalar toifasi:

Quyidagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar:

vasiylik yoki homiylik belgilangan bolalar;

tutingan (foster) oilaga berilgan bolalar.

5.

Ijtimoiy yordamdan foydalanuvchining yosh toifasi:

5 18 yosh

6.

Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

7.

Ijtimoiy yordamni koʻrsatish talablari va shartlari:

8.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Har uch yilda bir marotaba

9.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Inventar, asbob-uskunalar hamda maxsus kiyimlar yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar yoki ularning qonuniy vakillari tomonidan ushbu turdagi tovarlar realizatsiya qilinadigan elektron savdo platformasi va savdo maydonchalari orqali elektron shaklda xarid qilinadi**.

* Mazkur yordam, istisno tariqasida, ota-onasi uch oydan ortiq muddatga chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganligi munosabati bilan vasiy yoki homiy tayinlangan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlariga ham koʻrsatilishi mumkin.
** Mazkur pasportga muvofiq xarid qilinadigan inventar, asbob-uskuna va maxsus kiyim turlari va roʻyxati hamda ularni xarid qilish uchun ajratiladigan mablagʻlarning eng yuqori miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirish uchun tayyorlanish xarajatlarini qoplash tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish
PASPORTI*
Oldingi tahrirga qarang.

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirish uchun tayyorlanish xarajatlarini qoplash

2.

Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan dastur:

Sifatli taʼlim olishga koʻmaklashish dasturi

3.

Ijtimoiy yordam miqdori:

Har bir kurs uchun quyidagi miqdorlarda:

Toshkent shahrida bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarigacha;

Nukus shahri va viloyatlar markazlarida bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravarigacha;

qolgan hududlarda bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravarigacha.

4.

Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan bolalar toifasi:

Quyidagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar:

homiylik belgilangan bolalar;

tutingan (foster) oilaga berilgan bolalar;

“SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalarni muqobil parvarish qilish xizmati  bitiruvchilari;

respublika oʻquv-tarbiya muassasalarining  bitiruvchilari;

Mehribonlik uyi  bitiruvchilari;

Kichik hajmli bolalar uylari  bitiruvchilari.

5.

Ijtimoiy yordamdan foydalanuvchining yosh toifasi:

1423 yosh

6.

Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirish uchun tayyorlash xizmatlarini koʻrsatuvchi nodavlat taʼlim tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma**

7.

Ijtimoiy yordamni koʻrsatish talablari va shartlari:

Quyidagi majburiyatlar yuklanadi:

oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirish uchun tayyorlash kurslariga muntazam qatnashish;

oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirish uchun tayyorlash kurslari yakuni boʻyicha beriladigan belgilangan namunadagi sertifikatni olish (shunday sertifikat taqdim etilgan taqdirda).

8.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Har bir kurs (5 tagacha) uchun bir marotaba, 12 oygacha

9.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Nodavlat taʼlim tashkilotiga shartnomaga muvofiq oʻtkaziladi. Bunda:

ijtimoiy yordam nodavlat taʼlim tashkilotiga oʻquv kursi tashkil etilgan hudud uchun belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi;

shartnomaga muvofiq subsidiya toʻlovlari oʻquv kursi davomiyligidan qatʼiy nazar 6 oygacha boʻlgan davr uchun oyma-oy mazkur pasportning 3-pozitsiyasida belgilangan miqdorlardan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlab boriladi.
 

* Mazkur yordam, istisno tariqasida, ota-onasi uch oydan ortiq muddatga chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganligi munosabati bilan homiy tayinlangan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlariga ham koʻrsatilishi mumkin.
**Bunda nodavlat taʼlim tashkiloti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining tegishli hududiy boshqarmasi hamda bola (yoki uning qonuniy vakili) oʻrtasida tuziladigan shartnomalar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Oliy taʼlim tashkilotlari talabalarining taʼlim olishi uchun toʻlov-kontrakt summasini toʻlash tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish
PASPORTI*
Oldingi tahrirga qarang.

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Oliy taʼlim tashkilotlari talabalarining taʼlimi uchun toʻlov-kontrakt summasini toʻlash

2.

Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan dastur:

Sifatli taʼlim olishga koʻmaklashish dasturi

3.

Ijtimoiy yordam miqdori:

Davlat oliy taʼlim muassasalarning tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tasdiqlangan toʻlov-kontrakt summalari miqdorida

4.

Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan bolalar toifasi:

Quyidagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar:

homiylik belgilangan bolalar;

tutingan (foster) oilaga berilgan bolalar;

“SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalar muqobil parvarish qilish xizmati  bitiruvchilari;

respublika oʻquv-tarbiya muassasalarining  bitiruvchilari;

Mehribonlik uyi bitiruvchilari;

Kichik hajmli bolalar uylari  bitiruvchilari.

5.

Ijtimoiy yordamdan foydalanuvchining yosh toifasi:

17 — 23 yosh

6.

Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning oliy taʼlim tashkilotiga oʻqishga kirganligi haqidagi oliy taʼlim tashkiloti buyrugʻi;

toʻlov-kontrakt asosida taʼlim berish toʻgʻrisidagi shartnoma.

7.

Ijtimoiy yordamni koʻrsatish talablari va shartlari:

Oliy taʼlim tashkilotlari talabalarining taʼlim olishi uchun toʻlov-kontrakt summasini toʻlash tarzidagi ijtimoiy yordam faqat davlat oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriat bosqichining kunduzgi, kechki va masofaviy taʼlim shakliga oʻqishga qabul qilingan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga koʻrsatiladi.

8.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Oliy taʼlim tashkilotini bakalavr bosqichini tugatgunga qadar, biroq ijtimoiy yordam olish yoshi doirasida

9.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Oliy taʼlim tashkilotiga toʻlov-kontrakt asosida taʼlim berish toʻgʻrisidagi ikki tomonlama shartnoma muvofiq oʻtkaziladi.

* Mazkur yordam, istisno tariqasida, ota-onasi uch oydan ortiq muddatga chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganligi munosabati bilan homiy tayinlangan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlariga ham koʻrsatilishi mumkin.
Ushbu ijtimoiy yordam turi mazkur pasportning 3-pozitsiyasida belgilangan miqdorlarda 2025-yilning yakuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi davlat oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriat bosqichining sirtqi shakliga hamda nodavlat va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriat bosqichining kunduzgi, kechki va sirtqi shakllariga oʻqishga qabul qilingan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ham koʻrsatiladi.
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻqishiga oid maʼlumotlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli axborot tizimlaridan “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha imtihon topshirish xarajatini kompensatsiya qilish tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish
PASPORTI*
Oldingi tahrirga qarang.

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha imtihon topshirish xarajatini kompensatsiya qilish.

Bunda quyidagi xalqaro imtihon tizimlari xarajatlari qoplanadi:

International English Language Testing System (IELTS);

Test of English as a Foreign Language internet Based Test (TOEFL) iBT;

Graduate Management Admission Test (GMAT);

Graduate Record Examinations (GRE);

Scholastic Assessment Test (SAT).

2.

Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan dastur:

Sifatli taʼlim olishga koʻmaklashish dasturi

3.

Ijtimoiy yordam miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravarigacha

4.

Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan bolalar toifasi:

Quyidagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar:

homiylik belgilangan bolalar;

tutingan (foster) oilaga berilgan bolalar;

“SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalarni muqobil parvarish qilish xizmati  bitiruvchilari;

respublika oʻquv-tarbiya muassasalarining  bitiruvchilari;

Mehribonlik uyi  bitiruvchilari;

Kichik hajmli bolalar uylari  bitiruvchilari.

5.

Ijtimoiy yordamdan foydalanuvchining yosh toifasi:

14 — 23 yosh

6.

Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha imtihon topshirish uchun belgilangan tartibda yuborilgan ariza;

xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha imtihon topshirish uchun toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat (toʻlov topshiriqnomasi, chek va boshqalar);

xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha topshirilgan imtihon natijasini aks ettiruvchi hujjatlar (sertifikat, guvohnoma va boshqa).

Mazkur blokda nazarda tutilgan hujjatlarning haqiqiyligi Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi koʻmagida verifikatsiyadan oʻtkaziladi yoki belgilangan tartibda tasdiqlatib olinadi.

7.

Ijtimoiy yordamni koʻrsatish talablari va shartlari:

xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha imtihon topshirish xarajati muqaddam qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda kompensatsiya qilinmagan boʻlsa**;

xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha topshirilgan imtihon natijasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinadigan xalqaro imtihon tizimlari roʻyxatida nazarda tutilgan imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinishi uchun toʻplanishi lozim boʻlgan yuqori ballning (darajaning) minimal koʻrsatkichi bilan bir xil yoki undan 30 foizga past boʻlsa;

xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha topshirilgan imtihon natijasini aks ettiruvchi hujjatlar haqiqiy boʻlsa.

8.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Ikki marotaba

9.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar yoki ularning qonuniy vakilining bank kartasiga oʻtkaziladi.

* Mazkur yordam, istisno tariqasida, ota-onasi uch oydan ortiq muddatga chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganligi munosabati bilan homiy tayinlangan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlariga ham koʻrsatilishi mumkin.
** Ushbu maʼlumotlar Yoshlar ishlari agentligining tegishli maʼlumotlar bazalari va axborot tizimlaridan foydalanilgan holda tekshiriladi.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA
Kiyim-bosh bilan taʼminlash tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish
PASPORTI*
Oldingi tahrirga qarang.

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Kiyim-bosh bilan taʼminlash

2.

Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan dastur:

Ehtiyojlarni qoʻllab-quvvatlash dasturi

3.

Ijtimoiy yordam miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha

4.

Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan bolalar toifasi:

Vasiylik yoki homiylik belgilangan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar**

5.

Ijtimoiy yordamdan foydalanuvchining yosh toifasi:

0 — 18 yosh

6.

Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

7.

Ijtimoiy yordamni koʻrsatish talablari va shartlari:

8.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Bir marotaba, har yili

9.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Kiyim-bosh yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar yoki ularning qonuniy vakillari tomonidan ushbu turdagi tovarlar sotiladigan elektron savdo maydonchalari orqali elektron shaklda xarid qilinadi.

* Mazkur yordam, istisno tariqasida, ota-onasi uch oydan ortiq muddatga chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganligi munosabati bilan vasiy yoki homiy tayinlangan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlariga ham koʻrsatilishi mumkin.
** Mazkur toifadagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga mazkur turdagi ijtimoiy yordamlarni belgilash uchun, istisno tariqasida, ular yashaydigan oilaning ijtimoiy sharoiti, moliyaviy holati va ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushish sabablari oilalarni Ijtimoiy reyestrga kiritish boʻyicha maxsus savolnomaga muvofiq oʻrganiladi hamda vazirlik va idoralarning axborot tizimlarida mavjud maʼlumotlar asosida baholanadi (skoring qilinadi).
Oʻrganish va baholash (skoring) natijasi boʻyicha oila Ijtimoiy reyestrga kiritish uchun belgilangan talablarga javob berganda, ushbu ijtimoiy yordamlar belgilanadi va koʻrsatiladi.
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
9-ILOVA
Zarur uy jihozlari bilan taʼminlash tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish
PASPORTI*
Oldingi tahrirga qarang.

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Zarur uy jihozlari bilan taʼminlash

2.

Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan dastur:

Ehtiyojlarni qoʻllab-quvvatlash dasturi

3.

Ijtimoiy yordam miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha

4.

Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan bolalar toifasi:

Quyidagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar:

vasiylik belgilangan bolalar;

homiylik belgilangan bolalar;

tutingan (foster) oilaga berilgan bolalar.

5.

Ijtimoiy yordamdan foydalanuvchining yosh toifasi:

0 — 18 yosh

6.

Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

7.

Ijtimoiy yordamni koʻrsatish talablari va shartlari:

Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola uchun zarur boʻlgan uy jihozlariga boʻlgan ehtiyoj “Inson” markazi ijtimoiy xodimlari tomonidan bevosita ushbu bolalar yashash joyiga borgan holda oʻrganiladi.

8.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Har besh yilda bir marotaba

9.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Zarur uy jihozlari yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar yoki ularning qonuniy vakillari tomonidan ushbu turdagi tovarlar sotiladigan elektron savdo platformalari yoki savdo maydonchalari orqali elektron shaklda xarid qilinadi**.

* Mazkur yordam, istisno tariqasida, ota-onasi uch oydan ortiq muddatga chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganligi munosabati bilan vasiy yoki homiy tayinlangan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlariga ham koʻrsatilishi mumkin.
** Mazkur pasportga muvofiq xarid qilinadigan jihozlar turlari va roʻyxati hamda ularni xarid qilish uchun ajratiladigan mablagʻlarning eng yuqori miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
10-ILOVA
Turar joyni jihozlash xarajatlarini toʻlash tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Turar joyni jihozlash xarajatlarini toʻlash*

2.

Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan dastur:

Uy-joy sharoitlarini yaxshilash dasturi

3.

Ijtimoiy yordam miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha

4.

Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan bolalar toifasi:

Quyidagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar:

homiylik belgilangan bolalar**;

tutingan (foster) oilaga berilgan bolalar**;

“SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalarni muqobil parvarish qilish xizmati  bitiruvchilari;

respublika oʻquv-tarbiya muassasalarining bitiruvchilari;

Mehribonlik uyi bitiruvchilari;

Kichik hajmli bolalar uylari bitiruvchilari.

5.

Ijtimoiy yordamdan foydalanuvchining yosh toifasi:

18 — 23 yosh

6.

Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

7.

Ijtimoiy yordamni koʻrsatish talablari va shartlari:

Mazkur turdagi ijtimoiy yordam qonunchilik hujjatlariga muvofiq:

davlat hisobidan turar joy bilan taʼminlanadigan toifaga kiruvchi hamda belgilangan tartibda turar joy oluvchilar roʻyxatiga kiritilgan bolalarga koʻrsatiladi;

davlat hisobidan berilgan turar joylarni jihozlash uchun ishlatiladi;

davlat hisobidan turar joyni berish jarayonida zarur ehtiyojdan kelib chiqib belgilanadi.

8.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Bir marotaba

9.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Jihozlar yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar yoki ularning qonuniy vakillari tomonidan ushbu turdagi tovarlar sotiladigan elektron savdo platformalari yoxud savdo maydonchalari orqali elektron shaklda xarid qilinadi***.

* Mazkur pasportga muvofiq yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida tegishli boʻlgan uy-joylar ijtimoiy xodim tomonidan oʻtkazilgan xatlov natijasida xarid qilinishi lozim deb hisoblangan mebel va jihozlar bilan jihozlanadi. Bunda yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida tegishli boʻlgan uy-joylar taʼmirlashga muhtoj boʻlsa, ular tegishli uy-joy joylashgan hududdagi tuman (shahar) hokimligi tomonidan taʼmirlanadi.
** Muqaddam ushbu muqobil joylashtirish shakllari belgilangan yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga (farzandlikka olinganlar bundan mustasno) ushbu ijtimoiy yordam koʻrsatiladi.
*** Mazkur pasportda nazarda tutilgan yordam boʻyicha xarid qilinadigan jihozlar roʻyxati va normativlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
(10-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi 587-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 09/25/587/0836-son. 10-ilova 9-pozitsiyasining kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-noyabr)
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
11-ILOVA
Jarrohlik amaliyotisiz davolanish hamda jarrohlik amaliyoti xarajatlarini qoplash tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish
PASPORTI*
Oldingi tahrirga qarang.

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Jarrohlik amaliyotisiz davolanish hamda jarrohlik amaliyoti xarajatlarini qoplash

2.

Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan dastur:

Sogʻliqni saqlash dasturi

3.

Ijtimoiy yordam miqdori:

jarrohlik amaliyotisiz davolanish xarajatlarini qoplash uchun Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi tomonidan qoplashini belgilangan bazaviy narxlar doirasida;

jarrohlik amaliyotini oʻtkazish, shu jumladan, amaliyot oʻtkaziladigan tibbiyot muassasasida jarrohlik amaliyotini oʻtkazishga qadar tibbiy koʻrik va tahlillarni oʻtkazish hamda davolash bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash uchun Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi tomonidan qoplashini belgilangan bazaviy narxlar doirasida.

4.

Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan bolalar toifasi:

Quyidagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar:

a) davolanish xarajatlarini qoplash:

vasiylik belgilangan bolalar;

homiylik belgilangan bolalar;

tutingan (foster) oilaga berilgan bolalar;

b) jarrohlik amaliyoti xarajatlarini qoplash:

vasiylik belgilangan bolalar;

homiylik belgilangan bolalar;

Bolalar uylari tarbiyalanuvchilari;

tutingan (foster) oilaga berilgan bolalar;

“SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalarni muqobil parvarish qilish xizmati  bitiruvchilari;

respublika oʻquv-tarbiya muassasalarining  bitiruvchilari;

Mehribonlik uyi  bitiruvchilari;

Kichik hajmli bolalar uylari  bitiruvchilari.

5.

Ijtimoiy yordamdan foydalanuvchining yosh toifasi:

0 — 23 yosh

6.

Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) jarrohlik amaliyotisiz davolanish xarajatlarini qoplash uchun yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola davolanayotgan yoxud davolanishi rejalashtirilayotgan davolash-profilaktika muassasasining amalga oshirilishi lozim boʻlgan muolajalar va xizmatlar hamda koʻrsatilgan tibbiy xizmat uchun toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar haqidagi maʼlumotnomasi;

b) jarrohlik amaliyoti xarajatlarini qoplash uchun yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning jarrohlik amaliyoti oʻtkazilishiga muhtojligini tasdiqlovchi hujjatlar.

7.

Ijtimoiy yordamni koʻrsatish talablari va shartlari:

8.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

jarrohlik amaliyotisiz davolanish xarajatlarini qoplash — bir yilda bir marotaba;

jarrohlik amaliyoti xarajatlarini qoplash — zaruratga koʻra cheklanmagan marotaba.

9.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Mazkur ijtimoiy yordamni koʻrsatish boʻyicha mablagʻlar Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga oʻtkazib beriladi. Bunda:

yordam koʻrsatiladigan shaxsni jarrohlik amaliyotisiz davolash yoki jarrohlik amaliyotini oʻtkazish Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda tanlangan hamda shartnoma tuzilgan tibbiyot tashkiloti (davlat yoki nodavlat) tomonidan amalga oshiriladi;

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan mazkur turdagi ijtimoiy yordamga muhtoj bola navbatsiz jarrohlik amaliyotidan oʻtkazilishi hamda tegishli toʻlovlarni tibbiyot tashkilotiga oʻtkazilishi taʼminlanadi;

yordam koʻrsatiladigan shaxsni jarrohlik amaliyotisiz davolash yoki jarrohlik amaliyoti oʻtkazilganidan soʻng Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasining talabnomasiga muvofiq tegishli xarajatlarni moliyalashtirish uchun mablagʻlar Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi Ijro etuvchi apparati tomonidan tegishli mablagʻlar tibbiyot tashkilotiga oʻtkazib beriladi.

10.

Izoh:

Mazkur yordam uni oluvchilar uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq:

Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar davolanadigan kasalliklar roʻyxatiga muvofiq yoʻllanmalar asosida;

Tibbiy yordam xarajatlari Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi hisobidan qoplanmagan holatlarda koʻrsatiladi.

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tibbiyot tashkilotlariga oʻtkazilgan mablagʻlar boʻyicha alohida hisob-kitob yuritiladi.

* Mazkur yordam, istisno tariqasida, ota-onasi uch oydan ortiq muddatga chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganligi munosabati bilan vasiy yoki homiy tayinlangan Ijtimoiy reyestr kiritilgan oilalarning farzandlariga ham koʻrsatilishi mumkin.
(11-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
12-ILOVA
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash xarajatini qoplash tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish
PASPORTI*
Oldingi tahrirga qarang.

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash xarajatini qoplash

2.

Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan dastur:

Ehtiyojlarni qoʻllab-quvvatlash dasturi

3.

Ijtimoiy yordam miqdori:

Qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda

4.

Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan bolalar toifasi:

Quyidagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar:

homiylik belgilangan bolalar**;

tutingan (foster) oilaga berilgan bolalar**;

“SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalarni muqobil parvarish qilish xizmati bitiruvchilari;

respublika oʻquv-tarbiya muassasalarining bitiruvchilari;

Mehribonlik uyi bitiruvchilari;

Kichik hajmli bolalar uylari bitiruvchilari.

5.

Ijtimoiy yordamdan foydalanuvchining yosh toifasi:

18 — 23 yosh

6.

Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ariza beruvchi va tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi oʻrtasida tuzilgan shartnoma

7.

Ijtimoiy yordamni koʻrsatish talablari va shartlari:

Shartnomada belgilangan muddat va talablar asosida safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻz vaqtida oʻtash

8.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Bir marotaba

9.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” maxsus hisobvaragʻiga badal oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq oʻtkaziladi.

* Mazkur yordam, istisno tariqasida, ota-onasi uch oydan ortiq muddatga chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganligi munosabati bilan vasiy yoki homiy tayinlangan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlariga ham koʻrsatilishi mumkin.
** Muqaddam ushbu muqobil joylashtirish shakllari belgilangan yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga (farzandlikka olinganlar bundan mustasno) ushbu ijtimoiy yordam koʻrsatiladi.
(12-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
13-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash oʻquv kursi, test va amaliy imtihonlar xarajatlarini qoplash tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish
PASPORTI*
(13-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi 587-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 09/25/587/0836-son)
Oldingi tahrirga qarang.

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash oʻquv kursi, test va amaliy imtihonlar xarajatlarini qoplash

2.

Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan dastur:

Bandlikni taʼminlashga koʻmaklashish dasturi

3.

Ijtimoiy yordam miqdori:

haydovchilarni tayyorlash oʻquv kursi xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 22 baravarigacha;

test va amaliy imtihonlari xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravarigacha

4.

Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan bolalar toifasi:

Quyidagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar:

homiylik belgilangan bolalar**;

tutingan (foster) oilaga berilgan bolalar**;

“SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalarni muqobil parvarish qilish xizmati bitiruvchilari;

respublika oʻquv-tarbiya muassasalarining bitiruvchilari;

Mehribonlik uyi bitiruvchilari;

Kichik hajmli bolalar uylari bitiruvchilari.

5.

Ijtimoiy yordamdan foydalanuvchining yosh toifasi:

18 — 23 yosh

6.

Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Mazkur ijtimoiy yordamdan foydalanuvchi hamda davlat va nodavlat taʼlim tashkiloti oʻrtasida elektron shaklda tuzilgan shartnoma

7.

Ijtimoiy yordamni koʻrsatish talablari va shartlari:

Quyidagi majburiyatlar yuklanadi:

oʻquv kursiga muntazam qatnashish;

oʻquv kursi yakuni boʻyicha beriladigan belgilangan namunadagi hujjatni olish;

oʻquv kursini tamomlagach, milliy haydovchilik guvohnomasini olish boʻyicha nazariy va amaliy imtihonlarni topshirish.

8.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Belgilangan summa doirasida har bir toifa uchun bir marotaba.

9.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari bilan tuzilgan elektron shartnomaga muvofiq (mazkur pasportning 3-pozitsiyasida belgilanganidan koʻp boʻlmagan miqdorda) oyma-oy oʻtkaziladi

* Mazkur yordam, istisno tariqasida, ota-onasi uch oydan ortiq muddatga chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganligi munosabati bilan homiy tayinlangan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlariga ham koʻrsatilishi mumkin.
** Muqaddam ushbu muqobil joylashtirish shakllari belgilangan yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga (farzandlikka olinganlar bundan mustasno) ushbu ijtimoiy yordam koʻrsatiladi.
(13-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
14-ILOVA
Oilaviy bolalar uylarini taʼmirlash uchun mablagʻ ajratish tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Oilaviy bolalar uylarini taʼmirlash uchun mablagʻ ajratish

2.

Ijtimoiy yordam miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha

3.

Ijtimoiy yordam oluvchi:

Oilaviy bolalar uylarini tashkil etgan jismoniy shaxslar

4.

Ijtimoiy yordamdan foydalanuvchining yosh toifasi:

30 — 65 yosh

5.

Ijtimoiy yordamdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Xizmat koʻrsatuvchi va qurilish mahsulotlari yetkazib beruvchi hamda ariza beruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusxasi.

6.

Ijtimoiy yordamni koʻrsatish talablari va shartlari:

7.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

5 yilda bir marta

8.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

1. Mazkur yordam boʻyicha qurilish materiallari va taʼmirlash uchun mablagʻlar tuman (shahar)lar obodonlashtirish boshqarmalari yoki “Mahalla servis kompaniyasi” MCHJga shartnomaga muvofiq pul oʻtkazish yoʻli bilan taqdim etiladi.

Koʻrsatilgan mablagʻlarning 20 foizigacha boʻlgan qismi ish haqi va boshqa xarajatlar uchun sarflanadi.

Taʼmirlash ishlarini boshlash uchun tuman (shahar)lar obodonlashtirish boshqarmalari yoki “Mahalla servis kompaniyasi” ga koʻrsatilgan mablagʻlarning 30 foizi avans sifatida shartnomaga asosan oʻtkazib beriladi.

Uy-joyni taʼmirlash ishlari yordamdan foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilishi koʻrsatilgan taqdirda, nazarda tutilgan mablagʻning 80 foizi qurilish materiallari yetkazib beruvchi tadbirkorlik subyektlariga shartnomaga muvofiq oʻtkazib beriladi.

2. Tumanlar (shaharlar) obodonlashtirish boshqarmalari yoki “Mahalla servis kompaniyasi” taʼmirlash ishlarining natijalari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va “mahalla yettiligi” tomonidan topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga asosan qabul qilinadi hamda taʼmirlash uchun qolgan mablagʻlar oʻtkazib beriladi.

Bunda nuqson dalolatnomasida koʻrsatilgan holatlar toʻliq bartaraf etilmaganda, taʼmirlash ishlari yakunlanmagan hisoblanadi hamda “mahalla yettiligi” tomonidan qabul qilinmaydi.

9.

Izoh:

Uy-joyni joriy taʼmirlash boʻyicha mablagʻlar quyidagi hollarda ajratiladi:

uy-joyning tom qismini taʼmirlash uchun;

uy-joyning yashash xonalarini pol qismini taʼmirlash uchun;

uy-joyning yashash xonalarini kengaytirish uchun;

uy-joyning yashash xonalari va oshxonasining eshik va derazasi yoʻq yoki yaroqsiz holatda boʻlsa, yangilash yoki taʼmirlash uchun;

uy-joyning hammom yoki hojatxonasi mavjud boʻlmasa yoki taʼmirtalab boʻlsa, yangitdan qurish yoki taʼmirlash uchun;

uy-joyning isitish tizimi mavjud boʻlmasa yoki taʼmirtalab boʻlsa, isitish tizimini qurish yoki taʼmirlash, shuningdek, zaruratga koʻra, isitish qozonlarini yoki quyosh panellarini xarid qilish, oʻrnatish va taʼmirlash uchun.

Mazkur yordamdan foydalanish uchun Oilaviy bolalar uyini tashkil etgan xonadon egasi murojaatiga muvofiq “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan yordam oluvchilarga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida tegishli boʻlgan uy-joylarga borgan holda haqiqatda muhtojlik mavjudligi yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, nuqson dalolatnomasi tuziladi.

Bunda nuqson dalolatnomasida yordamdan foydalanuvchiga tegishli uy-joyning taʼmirlanishi lozim boʻlgan qismlari hamda yangisiga almashtirilishi lozim boʻlgan jihozlar (eshik-rom, shifer va boshqalar) aniq koʻrsatilgan holda uy-joyning fotosuratlari ilova qilinadi.

“Mahalla yettiligi” tomonidan tasdiqlangan dalolatnomaga asosan taʼmirlash ishlari uchun mablagʻlar oʻtkazib beriladi.

(14-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
15-ILOVA
Vaucher asosida yetim bola, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaga yetkazib berilgan tovarlar uchun sotuvchilarga vaucher qiymatidan koʻp boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni oʻtkazish boʻyicha
BILDIRISHNOMA

20__ yil ___ ___________

_________ shahri (tumani)

Dalolatnomani rasmiylashtiruvchi ______________________ tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari ijtimoiy xodimi: _________________________________________________________________

(F.I.O.)

Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning F.I.O hamda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR): _________________________________________________________________

Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning yashash manzili:__________________________________________________________

Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning vaucher asosida sotib olgan buyurtmalari yetkazib berilgan va qabul qilib olingan sana:_____________________________________________________________

Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola tomonidan vaucher asosida sotib olingan tovar turi, nomi va narxi: _________________________________________________________________

Sotib olingan tegishli tovar uchun belgilangan vaucher qiymati: _________________________________________________________________

Yetkazib berilgan, topshirilgan tovarning haqiqatda yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaga yetkazib berilgani va ularda nuqsonlar aniqlanmagani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: ________________________________________________________________ *

Buyurtmani qabul qilib olgan yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning vafot etganligi holatlari. Bunda yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning vafot etganligi Adliya vazirligining tegishli axborot tizimlari orqali oʻlim toʻgʻrisidagi maʼlumotlari asosida tasdiqlanishi lozim.

Sotuvchi tashkilotning nomi va STIR raqami: _________________________________________________________________

Sotuvchining bank hisobvaragʻi va MFO raqami: _________________________________________________________________

* Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning buyurtmani haqiqatda olganligini tasdiqlovchi turli xil rakursdan olingan fotosuratlar ilova qilinadi.

Ijtimoiy xodim: _________________________

(F.I.O)

QR-kod

(matrik shtrixli kod)

Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
16-ILOVA
Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaga vaucher asosida sotib olingan tovarlarning haqiqatda yetkazib berilganligini oʻrganish boʻyicha
DALOLATNOMA

20__ yil ___ ___________

_________ shahri (tumani)

Dalolatnomani rasmiylashtiruvchi ______________________ tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari ijtimoiy xodimi _________________________________________________________________

(F.I.O)

Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning F.I.O hamda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR): _________________________________________________________________

Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning yashash manzili:__________________________________________________________

Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola vaucher asosida sotib olgan tovar yetkazib berilgan va qabul qilib olingan sana: _________________________________________________________________

Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola tomonidan vaucher asosida sotib olingan tovar turi va nomi: _________________________________________________________________

Yetkazib berilgan (yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaga topshirilgan) tovar turi va nomi: ______________________________

Yetkazib berilgan, yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaga topshirilgan tovarning holati (texnik talablarga muvofiqligi, sifati, nuqsonlari mavjudligi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: _________________________________________________________________

I. Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola foydalanishida boʻlgan tovarning nosoz yoki foydalanish uchun yaroqsiz boʻlib qolganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

a) kafolat muddati davomida nosoz boʻlib qolganligi holatlari: _________________________________________________________________

b) kafolat muddati tugagandan soʻng foydalanish muddati davomida yaroqsiz boʻlib qolganligi holatlari: ________________________________*

II. Buyurtmani qabul qilib olgan yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola yashash manzilidan koʻchib ketgan
va u yerda yashamayotganligi holatlari hamda hozirda yashash manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: ___________________________________
______

Buyurtmalarning yetkazib berilganligi va ularning texnik holati oʻrganilgan sana va vaqt: _____________________________________________

*Tovarning sifatsizligi, nuqsonlari mavjudligi va foydalanish uchun yaroqsiz boʻlib qolganligini tasdiqlovchi turli xil rakursdan olingan fotosuratlar ilova qilinadi.

Ijtimoiy xodim: ______________________

(F.I.O)

QR-kod

(matrik shtrixli kod)

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-maydagi 294-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 21-noyabrdagi 739-son qarorida:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalarida hamda ularni tamomlagandan soʻng akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar va oliy taʼlim muassasalarida (keyingi oʻrinlarda — taʼlim muassasalari) taʼlim-tarbiya oladigan muddatda toʻliq davlat taʼminotida boʻlishi”;
b) quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
“21. Mazkur qarorning 2-bandida nazarda tutilgan bitiruv nafaqasi oliy taʼlim muassasalaridan oʻqishdan chetlashtirilgan (oʻqishning boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirilishi bundan mustasno) talabalarga ham ular mehnat shartnomasi asosida oʻzlarining bandligini taʼminlagan hamda uch oylik ish haqi olganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etganda beriladi.
Mazkur bandda nazarda tutilgan talabalarga bitiruv nafaqasi ular oʻqishdan chetlatilgan taʼlim muassasasi tomonidan beriladi”;
ilovaning nomi va 1-banddagi “va texnikumlarda” soʻzlari “va texnikumlar hamda oliy taʼlim muassasalarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shuningdek, oʻquvchi (talaba)larga ular taʼlim muassasasini bitirayotganda, oʻqishdan chetlashtirilganda (oʻqishning boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirilganligi, sud qaroriga koʻra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganligi, vafot etganligi munosabati bilan oʻqishdan chetlatilganlik bundan mustasno), ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar sotib olish hamda yoʻl xarajatlari uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 35 baravari miqdorida pul nafaqasi (keyingi oʻrinlarda — bitiruv nafaqasi) beriladi, ushbu Nizomning 8-bandi uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan oʻquvchi (talaba)lar bundan mustasno”;
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Oʻquvchi (talaba)larga ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish kartochkalari hamda bitiruv nafaqasini berish boʻyicha tegishli hujjatlarni yigʻish va rasmiylashtirish oʻquvchi (talaba)ning guruh rahbari (murabbiy) yoki ishchi guruhning boshqa masʼuli tomonidan amalga oshiriladi.
Guruh rahbari yoki Ishchi guruhning boshqa masʼuli tomonidan oʻquvchi (talaba)larga bitiruv nafaqasini berish boʻyicha tegishli hujjatlarni yigʻish va rasmiylashtirishda oʻquvchi (talaba)larga muqaddam ushbu nafaqa berilmaganligini aniqlash uchun ularni boshqa taʼlim muassasalarini bitirgan yoki ulardan oʻqishdan chetlatilganda “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish (HEMIS)” axborot tizimi orqali tekshiriladi”;
birinchi xatboshidagi “guruh rahbari tomonidan” soʻzlari “guruh rahbari yoki Ishchi guruhning boshqa masʼuli tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“g” kichik band quyidagi mazmundagi “g” va “d” kichik bandlari bilan almashtirilsin:
“g) oʻqishdan chetlashtirilgan talabaning uch oy ishlaganligi hamda ish haqi va ish stajini tasdiqlovchi maʼlumotnoma;
d) oʻquvchi (talaba)ning yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlganligini tasdiqlovchi hujjatlar:
ota-onasining oʻlimi haqidagi guvohnoma nusxasi yoki sudning ota-onani vafot etgan deb topganligi toʻgʻrisidagi qarori nusxasi;
ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi”;
birinchi xatboshi “taʼlim muassasasini bitirayotganda,” soʻzlaridan keyin “oʻqishdan chetlashtirilganda,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻqishdan chetlashtirilgan talabalarga bitiruv nafaqasi ular tomonidan mazkur Nizomning 14-bandining “g” kichik bandida belgilangan hujjatlarni taqdim etilgan taqdirda beriladi”;
32-band “taʼlim muassasasini bitirayotganda,” soʻzlaridan keyin “oʻqishdan chetlashtirilganda,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
33-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻqishdan chetlashtirilgan talabalarga bitiruv nafaqasi mazkur Nizomning 14-bandining “g” kichik bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etgan kundan eʼtiboran uch oy ichida uning bank kartasiga pul oʻtkazish orqali yoki naqd pul shaklida beriladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandi oʻn beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2022-yil 1-yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarining (pivo va tabiiy vino bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar sof tushumining uch foizi miqdoridagi ajratmalar hisobidan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini qoʻllab-quvvatlash hamda ijtimoiy yordam koʻrsatish uchun Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasini moliyalashtirish”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-son qarori bilan tasdiqlangan Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
11-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda 23 yoshdan katta boʻlmagan davrda “onlayn-navbat” axborot tizimiga kiritilgan va uy-joy bilan taʼminlash huquqiga ega boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ular 27 yoshga yetgunga qadar Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash tuman (shahar) komissiyalarining xulosasiga asosan uy-joy xarid qilinishi mumkin”;
18-bandning uchinchi xatboshisi “ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar” soʻzlaridan keyin “ular 23 yoshga toʻlguniga qadar” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-maydagi 294-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 17-yanvardagi 26-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2022-yil 9-avgustdagi 438-son qaroriga 1-ilovaning 107-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 09/25/294/0419-son; 17.09.2025-y., 09/25/587/0836-son; 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son; 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)