Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanish, sohaga zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish, mahallalarning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda yuqori daromadli va eksportbop mahsulotlar yetishtirishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining:
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashini Oʻzbekiston fermerlari kengashi etib qayta nomlash;
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqalarini rivojlantirish bilan bogʻliq vazifa va funksiyalarni yuklash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga aholi tomorqasi va dehqon xoʻjaliklari yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish boʻyicha quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
aholi tomorqalari va dehqon xoʻjaliklaridagi yer maydonlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish va ularda yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hisobini yuritish hamda “Online mahalla” platformasida aniq va batafsil maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
tuman va mahallalarning ixtisoslashuv boʻyicha salohiyat va imkoniyatlaridan kelib chiqib, tomorqalarda yuqori daromadli mahsulotlar yetishtirishni yashil va innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etish orqali aholining yuqori daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlash va ularni kambagʻallikdan chiqarish;
mahallalarda har bir aholi tomorqasidan maqsadli va samarali foydalanish, jumladan, yerni tayyorlash, urugʻ, koʻchat va daraxtlar ekish, issiqxonalar qurish boʻyicha ishlarni tashkil etish va yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha vazifalar va chora-tadbirlarning ijrosi ustidan qatʼiy nazorat qilish tizimini yoʻlga qoʻyish;
suv taʼminoti ogʻir boʻlgan mahallalarda sugʻorish tizimini yaxshilash hamda yetakchi eksportchi tadbirkorlarni jalb qilish orqali aholi tomorqalarida bir xil tur va standartdagi eksportbop mahsulotlar yetishtirishni taʼminlash;
tomorqalar va uzoq muddatga ijaraga berilgan ekin yer maydonlaridan foydalanishda aholi va yetakchi tadbirkorlarning koʻp yillik tajribasi va koʻnikmalari hamda hududning tabiiy va iqlim sharoitidan kelib chiqib, tashqi va ichki bozorlarda xaridorgir mahsulotlar yetishtirish boʻyicha ixtisoslashuvni chuqurlashtirish;
yetakchi eksportchi tadbirkorlar salohiyatidan tomorqalarda yuqori daromadli va eksportbop mahsulotlarni yetishtirish bilan birga aholining tadbirkorlik koʻnikmasini shakllantirish va bank mijoziga aylanishiga koʻmaklashish maqsadlarida ham foydalanish amaliyotini kengaytirish;
aholi tomorqalarida energotejamkor, yashil yondashuvlar asosidagi issiqxonalar qurish, kichik intensiv bogʻlar barpo etish va innovatsion sugʻorish texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish.
3. Aholi tomorqalari va uzoq muddatli ijaraga berilgan yer maydonlarida yuqori daromadli mahsulotlar yetishtirish boʻyicha ixtisoslashuvni chuqurlashtirish orqali hududlarning yangi “oʻsish nuqtalari”ni yaratish hamda tomorqani aholining barqaror daromad manbaiga aylantirish maqsadida Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari faoliyatini rivojlantirish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha kengash (keyingi oʻrinlarda — Kengash) tuzilsin va uning tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
eng koʻp eksport qilinadigan mahsulotlar, xususan, uzum, shaftoli, gilos, xurmo, oʻrik, mayiz va boshqa mahsulotlar bilan birga eksport salohiyati yuqori boʻlgan rezavorlar, olma, nok, limon va boshqa meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirishni va eksportini rivojlantirish;
Yangiyoʻl, Oltiariq, Quva, Asaka, Angor, Denov, Qoʻshrabot va boshqa eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan tumanlarda eksport rivojlanishining aholi tomorqalari va ijara yer maydonlaridan chuqur ixtisoslashuv asosida samarali foydalanishga ijobiy taʼsirini inobatga olib, alohida kompaniya tashkil etish orqali ushbu tajribani bosqichma-bosqich respublikaning qolgan tumanlari va mahallalariga tatbiq etish;
tegishli hududda aholi tomorqalari va uzoq muddatli ijaraga berilgan yer maydonlarining bosqichma-bosqich 75 foizida bir xil turdagi va standartdagi mahsulotlar yetishtirish boʻyicha ixtisoslashuvga erishishni taʼminlash;
har bir tanlab olingan yoʻnalishda dastlabki bosqichda 100 ta mahalladagi aholi tomorqalari va uzoq muddatli ijaraga berilgan yer maydonlarida ixtisoslashuvni chuqurlashtirish, keyinchalik ularning sonini 500 taga olib chiqish;
faoliyati tashqi bozorlarda barqaror talabga ega qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining milliy brendlarini yaratish va sifatini oshirish orqali eksport hajmi va geografiyasini kengaytirishga qaratilgan masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi ixtisoslashgan kompaniyalarni tashkil etish;
aholi tomorqalarida va ijaraga berilgan yer maydonlarida issiqxonalar tashkil etish, eski bogʻlarni yangilash, yashil va innovatsion texnologiyalardan foydalanishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amaldagi mexanizmlarni takomillashtirish va yangilarini joriy etish;
tuman va mahallalarning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, hududlarda kichik va oʻrta hajmdagi logistika markazlarini tashkil etish uchun tadbirkorlarga qulay shartlarda kredit va lizing ajratish va boshqa turdagi moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish.
5. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi negizida Oʻzbekiston fermerlari kengashi huzurida Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmasdan Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin.
6. Belgilansinki:
a) Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining:
qoldiq mablagʻlaridan 300 milliard soʻm qismi, tijorat banklariga maqsadli dasturlarni moliyalashtirish uchun joylashtirilgan resurslardan qaytadigan resurslar hisobidan 1 trillion soʻm miqdoridagi mablagʻ va ularga hisoblanadigan foiz toʻlovlari, shuningdek, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi oldidagi qarzdorliklarni qoplash majburiyatlari Jamgʻarmaga oʻtkaziladi;
boshqa aktiv va majburiyatlari toʻliq hajmda Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
b) 2025-yil Davlat budjeti parametrlarida Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish uchun koʻzda tutilgan mablagʻlarning 50 milliard soʻm qismi Jamgʻarmaga oʻtkaziladi.
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Oʻzbekiston fermerlari kengashi bilan birgalikda ikki hafta muddatda mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan moliyaviy resurslar taqsimotini amalga oshirsin.
7. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan quyidagi moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tartiblari joriy etilsin:
har yili 500 ta mahallada bittadan aholi tomorqasida amalga oshirilgan eng namunali va innovatsion loyiha uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan oshmagan miqdorda grantlar ajratiladi;
usta dehqonlar tomonidan qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun har bir kurs uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratiladi;
muayyan mahalladagi 50 foiz xonadonlarning tomorqasida eksportbop mahsulot yetishtirishni yoʻlga qoʻyib bergan usta dehqonlarga 100 million soʻmgacha subsidiya ajratiladi;
tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari hamda ularga xizmat koʻrsatuvchi subyektlarga tijorat banklari orqali qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, ularni qayta ishlash, quritish, saqlash va qadoqlash loyihalari uchun 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada (shundan 5 foiz bank marjasi) kreditlar ajratiladi;
aholi tomorqalari va ijara yerlarida ixcham muzlatkichli omborxonalar, qadoqlash, quritish va qayta ishlash uskunalari, tayyor holdagi issiqxonalar 24 oylik imtiyozli davr bilan 5 yilda boʻlib toʻlash sharti bilan lizingga beriladi.
Belgilansinki, Kengashga Jamgʻarma va boshqa jalb qilingan mablagʻlardan foydalanishda soddalashtirilgan tartibda hamda tezkor qaror qabul qilinishini taʼminlash maqsadida Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri bilan kelishgan holda mazkur bandda nazarda tutilgan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari va instrumentlarining shartlarini qayta koʻrib chiqish va oʻzgartirishga ruxsat beriladi.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi nizomni tasdiqlasin:
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish tartibi;
Jamgʻarma mablagʻlari va boshqa manbalar hisobidan beriladigan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash turlari va ularni berish tartibi.
8. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan oʻtkazib beriladigan mablagʻlar;
Davlat budjetidan transfertlar;
Jamgʻarmaga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari va boshqa donorlarning kreditlari (qarzlari) va grantlari;
Jamgʻarmaning daromadlari, shu jumladan, vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini depozit hisob raqamlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
9. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra aholi tomorqasi va dehqon xoʻjaliklariga ijaraga berilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish holati boʻyicha hokim yordamchisi tomonidan hududning iqlim sharoitini inobatga olgan holda har chorakda oʻtkaziladigan monitoring natijasida ekin toʻliq ekilmagan yoki qarovsiz qoldirganlik holati aniqlanganda tajriba tariqasida (fors-major holatlari bundan mustasno):
a) tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga davlat dasturlari doirasidagi imtiyozli kreditlar berilmaydi;
b) Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan fuqarolar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar toʻxtatiladi;
v) “Online mahalla” elektron platformasi maʼlumotlari asosida ekin ekilmaganligi aniqlangan yil uchun yer soligʻi stavkasi uch karra miqdorida hisoblanadi. Bunda:
berilayotgan imtiyozlarni vaqtinchalik toʻxtatish, qayta tiklash va oshirilgan soliq stavkalarini qoʻllash “mahalla yettiligi” xulosasiga asosan amalga oshiriladi va tegishli maʼlumotlar “Online mahalla” elektron platformasiga kiritib boriladi;
tomorqa va ijaraga berilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish yoʻlga qoʻyilgan, yaʼni ekin ekiladigan maydonlariga ekin ekilgan taqdirda, “mahalla yettiligi” kafilligi bilan barcha imtiyozlar va amaldagi soliq stavkalari tiklab beriladi.
10. Belgilansinki:
aholi tomorqalaridan yuqori daromad olishni ragʻbatlantirish maqsadida 2026-yildan boshlab tajriba tariqasida Namangan viloyatida dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yerlarida yetishtirilgan mahsulotlardan olingan daromad miqdori 1 sotix uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan yuqori boʻlganda fuqarolar va (yoki) dehqon xoʻjaliklarining ekin bilan band boʻlgan yer uchastkalari uchun toʻlangan yer soligʻining 90 foizi tegishli yil yakuni bilan qaytarib beriladi;
mazkur tartib yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda:
uch oy muddatda yetishtirilgan mahsulot hajmi va “Uzex Agro” platformasidagi oʻrtacha narxdan kelib chiqib, fuqarolar va (yoki) dehqon xoʻjaliklarining 1 sotix yer maydonidan olgan daromadini aniqlash imkonini beruvchi mexanizmni ishlab chiqsin;
mazkur bandning ikkinchi xatboshisidagi tajribaning natijalarini hisobga olgan holda ushbu tartibni respublikaning boshqa hududlariga joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
11. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2025-yil 1-martdan boshlab eksport qilish maqsadida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini jismoniy shaxslardan xarid qilgan korxonalar tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar elektron shaklda soliq organlari maʼlumotlar bazasida aks ettirilishi soliq solish maqsadlarida kirim hujjatlariga tenglashtiriladi.
Soliq qoʻmitasi 2025-yil 1-martga qadar eksport qilish maqsadida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini jismoniy shaxslardan xarid qilgan korxonalar tomonidan kirim hujjatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish imkoniyatini yaratsin.
12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining:
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda ixtisoslashuvni chuqurlashtirish, respublikaning qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti rivojlangan tumanlarida tomorqa va ijara yer maydonlaridan samarali foydalanish boʻyicha ijobiy tajribani bosqichma-bosqich boshqa tumanlarga tatbiq etish orqali hududlarda yangi “oʻsish nuqtalari”ni yaratish maqsadida “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati taʼsischiligida “Uzagrostar xolding” kompaniyasini tashkil etish;
“Uzagrostar xolding” kompaniyasining kuzatuv kengashi tarkibiga Kengash aʼzolarini kiritish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Vazirlar Mahkamasi 10 kun muddatda “Uzagrostar xolding” kompaniyasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin.
13. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatida Iqtisodiyot va moliya vazirligining ulushini oshirish hisobiga “Uzagrostar xolding” kompaniyasi ustav kapitalini shakllantirish uchun 2025-yil 25-fevralga qadar 300 milliard soʻm mablagʻni “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatiga ajratsin.
14. Kengash (S. Annaklichev) 2025-yil 1-maydan boshlab alohida mahsulot turlarini yetishtirishga ixtisoslashgan tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklarining nufuzini oshirish, mahsulot brendini yaratish va qayta ishlovchi va eksport qiluvchi korxonalarga koʻmaklashishga qaratilgan namunali aholi tomorqasi, namunali mahalla, namunali issiqxonalar reytingini tuzish hamda har yili ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish amaliyotini yoʻlga qoʻysin.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi namunali qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning ijobiy tajribasini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 3-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
17. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
18. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov belgilansin.
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 14-fevral,
PF-22-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-son Farmoniga
1-ILOVA
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari faoliyatini rivojlantirish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha
KENGASH TARKIBI

1.

S.S. Annaklichev

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB boshqaruvi raisi, Kengash raisi

2.

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari

3.

N.Yu. Abdullayev

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi direktori v.b.

4.

M.Yu. Jurayev

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi oʻrinbosari

5.

J.T. Abduzuxurov

qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari v.b.

6.

A.A. Kamalov

Markaziy bank raisi oʻrinbosari

7.

A.E. Fayzibayev

Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

8.

I.K. Ergashev

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi direktori

10.

A.K. Mirsoatov

“Oʻzmilliybank” AJ boshqaruvi raisi

11.

A. A. Akbarjonov

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi

12.

Ch.S. Mirzayev

“Turonbank” ATB boshqaruvi raisi

13.

K.A. Tulyaganov

“Asakabank” AJ boshqaruvi raisi

14.

R. U. Mamatkulov

 “Agrobank” ATB boshqaruvi raisi

15.

O. A. Butayev

“Mikrokreditbank” ATB boshqaruvi raisi

16.

Sh.X. Atabayev

AT “Xalq banki” boshqaruvi raisi

17.

K.N. Irisbekova

AT “Aloqabank” boshqaruvi raisi

18.

Lavozimi boʻyicha

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB boshqaruvi raisining oʻrinbosari, Kengash kotibi

Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-son Farmoniga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 9-yanvardagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-3709-son Farmonida:
“b”, “v” va “g” kichik bandlardagi tegishli kelishikdagi “kimoshdi savdosi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “elektron onlayn auksion savdosi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“v” kichik banddagi “va subarendaga topshirish” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5742-son Farmonining 1-bandi beshinchi xatboshisi, 2-ilovaning 1, 3, 5 — 11, 13 — 15, 17 — 33, 35, 37 — 46, 48, 50 — 59, 61 — 65, 67, 69 — 71, 73, 75 — 77-pozitsiyalari hamda 4-ilova chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini tartibga solish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6033-son Farmoni 5-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Agrosanoatni rivojlantirish agentligining Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi hisobidan yangi uzum plantatsiyalarini yaratish uchun quyidagi maqsadlarda subsidiyalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda ajratilishi belgilansin”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-76-son Farmoniga 5-ilovaning 39-pozitsiyasi “Chora-tadbirlar nomi” ustuni 3-banddagi “Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligida” soʻzlari “Agrosanoatni rivojlantirish agentligida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-90-son Farmoniga 8-ilovaning 6-pozitsiyasi “Amalga oshirish muddati” ustunidagi “2023-2024-yillar” soʻzlari “2023 — 2026-yillar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-15-son Farmoni 2-bandining “d” kichik bandida:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“10 foizi — 2025-yilning 1-martidan boshlab respublika budjetiga maqsadli ravishda aholi tomorqalarida va dehqon xoʻjaligi yer maydonlarida mahsulot yetishtirish boʻyicha ixtisoslashuvni chuqurlashtirish tadbirlariga yoʻnaltiriladi. Bunda, respublika budjetiga yoʻnaltirilgan mablagʻlar “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatiga davlat ulushini oshirish uchun yoʻnaltiriladi va maqsadli ravishda “Uzagrostar xolding” kompaniyasi va uning muassisligidagi ixtisoslashgan kompaniyalar faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun sarflanadi”;
toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-36-son Farmonining 4-bandi “v” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3318-son qarorida:
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Oʻzbekiston fermerlari kengashining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
fermer, dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi kooperativlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini, shu jumladan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tayyorlov, taʼminot va xizmat koʻrsatish tashkilotlari bilan munosabatlarda, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirishlar oʻtkazish jarayonida hamda sudlarda ishlarni koʻrib chiqishda himoya qilish;
fermer xoʻjaliklariga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va sotish ishlarida, shu jumladan, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda hamda shartnomalar tuzishda, mahsulotlarni tashqi bozorlarga eksport qilishda har tomonlama koʻmaklashish;
qishloq xoʻjaligida shartnoma intizomini mustahkamlash, fermer xoʻjaliklari rahbarlarining huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirish, agrar sohada mehnat munosabatlarini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda samarali faoliyat yuritayotgan fermer xoʻjaliklarini ragʻbatlantirish, faoliyatida kamchiliklarga yoʻl qoʻyayotgan yer egalariga nisbatan jamoatchilik yoʻli bilan taʼsir choralarini koʻrish;
sohada zamonaviy resurstejovchi ilgʻor agrotexnologiyalarni, muqobil energiya vositalarini, shuningdek, innovatsiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga koʻmaklashish;
koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchilarning faoliyatini rivojlantirishga va har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga koʻmaklashish hamda ular uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishda bevosita ishtirok etish;
kooperatsiya asosida ishlaydigan klasterlar va eksport qiluvchi tashkilotlarni mahsulot yetishtiruvchilarga (fermer xoʻjaliklari va dehqon xoʻjaliklari) biriktirish;
mahsulot yetishtiruvchilarning bilim va koʻnikmalarini oshirish uchun oʻquv seminarlarini tashkil etish;
xorijiy davlatlar fitosanitariya talablaridan kelib chiqib, avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarining eksportbop navlarini yetishtirish va eksport qilish borasidagi ishlarni tashkillashtirish;
chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa sohalarga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish yuzasidan amaliy choralar koʻrish, mazkur yoʻnalishlarda faoliyat yuritayotgan namunaviy fermer xoʻjaliklarining tajribalarini keng ommalashtirish;
qishloq xoʻjaligida huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy, agrotexnik hamda boshqa masalalar boʻyicha konsalting xizmatini, shuningdek, mahsulotni ishlab chiqarish, xarid qilish, qayta ishlash, sotish, taʼminot va xizmat koʻrsatish boʻyicha fermer xoʻjaliklarining boshqa tashkilotlar bilan kooperatsiyasining turli shakllarini tashkil etish va kengaytirish, bu sohada ilgʻor xorijiy tajribalarni joriy etish;
qishloq joylarda aholining dehqonchilik madaniyatini yuksaltirish, ularning ekin maydonlaridan samarali foydalanish, shaxsiy manfaatdorligi va masʼuliyatini oshirish yuzasidan keng qamrovli targʻibot ishlarini olib borish;
qishloq xoʻjaligida fermer, dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi kooperativlari ishtirokidagi shartnomaviy majburiyatlarning ijrosini monitoring qilish va jamoatchilik nazoratini yuritish”;
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston fermerlari kengashining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston fermerlari kengashi ijro apparati boshqaruvining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar (Quvasoy shahar) fermerlari kengashlari ijro apparatlari boshqaruvining namunaviy tuzilmalari tegishlicha 3 va 4-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
Oʻzbekiston fermerlari kengashining Rayosati Oʻzbekiston fermerlari kengashi ijro apparati tuzilmasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar (shahar) fermerlari kengashlari ijro apparatlari tuzilmasiga belgilangan boshqaruv xodimlari umumiy soni doirasida oʻzgartirish kiritish huquqiga ega ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin”;
birinchi, ikkinchi va beshinchi xatboshilardagi tegishli kelishikdagi “fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari” soʻzlari tegishli kelishikdagi “fermer xoʻjaliklari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fermer, dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi kooperativlarining manfaatlarini koʻzlab sudga davlat boji toʻlamasdan daʼvo arizalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslari xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlar taqdim etish. Bunda daʼvo arizasini qanoatlantirish rad etilganda manfaati koʻzlab daʼvo arizasi kiritilgan fermer, dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi kooperativlaridan davlat boji undirilmaydi”;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“fermer, dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi kooperativlarining manfaatlarini koʻzlab sud muhokamasining istalgan bosqichida ishtirok etish, shuningdek, daʼvo arizalari bilan bir qatorda apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida shikoyatlar, arizalar taqdim etish”;
g) 4-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi hamda 10-banddagi tegishli kelishikdagi “fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari” soʻzlari tegishli kelishikdagi “fermer xoʻjaliklari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston fermerlari kengashining
TASHKILIY TUZILMASI

Oʻzbekiston fermerlari kengashi konferensiyasi

Oʻzbekiston fermerlari kengashining rayosati

27 nafar

Oʻzbekiston fermerlari kengashining ijro apparati boshqaruvi

26 nafar

Taftish komissiyasi

Oʻzbekiston fermerlari hududiy kengashlari konferensiyasi

Oʻzbekiston fermerlari hududiy kengashining rayosati

19 — 23 nafar

Oʻzbekiston fermerlari hududiy kengashlarining ijro apparati boshqaruvi

9 nafar

Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi

25 nafar

Taftish komissiyasi

Oʻzbekiston fermerlari tuman kengashlari konferensiyasi

Oʻzbekiston fermerlari tuman (shahar) kengashining rayosati

13 — 17 nafar

Oʻzbekiston fermerlari tuman kengashlarining ijro apparati boshqaruvi

4 nafar

Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari

162 ta

Taftish komissiyasi

;

e) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston fermerlari kengashi ijro apparati boshqaruvining
TUZILMASI

Qishloq xoʻjaligining muhim yoʻnalishlari boʻyicha kengash raisining maslahatchilari **

Oʻzbekiston fermerlar kengashi raisi

Yordamchi

1

Agrotexnologiyalar va fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish masalalari boʻyicha raisning birinchi oʻrinbosari

Innovatsiyalar va tejamkor texnologiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha rais oʻrinbosari

Yuridik masalalar boʻyicha rais oʻrinbosari

Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi ijrochi direktori *

Fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish va koʻp tarmoqli faoliyatni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi

3

Innovatsiyalar, tejamkor texnologiyalarni rivojlantirish va ilm-fan, fermer xoʻjaligi rahbarlarining malakasini oshirish boʻlimi

2

Yuridik xizmatlar koʻrsatish va fermer xoʻjaliklarini huquqiy himoya qilish boʻlimi

3

Matbuot kotibi-Jamoatchilik bilan aloqalar va AKTni rivojlantirish boʻlimi

1

Fermer xoʻjaliklari infratuzilmasi va xizmat koʻrsatishni tashkil etish boʻlimi

2

Qonunchilik hujjatlari loyihalarini rasmiylashtirishni muvofiqlashtirish va ijro intizomi sektori

1

Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va faoliyatni baholash yigʻma axborot-tahlil boʻlimi

2

Fermer xoʻjaliklari yetishtirgan mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarga sotishga koʻmaklashish sektori

1

Fermer xoʻjaliklarining dala chetlari va bogʻ qator oralariga maqbul ekinlar ekilishiga koʻmaklashish sektori

1

Devonxona va murojaatlar bilan ishlash sektori

1

Ofis menejeri va xodimlar bilan ishlash boʻlimi

2

Buxgalteriya hamda fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlarini muvofiqlashtirish boʻlimi

2

Oʻzbekiston fermerlari kengashi ijro apparati boshqaruvi xodimlarining cheklangan soni — 26 nafar.
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni oʻrnatilgan meʼyorlarga muvofiq belgilanadi.
* Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi ijrochi direktori lavozimiga muvofiq Kengash raisining oʻrinbosari hisoblanadi.
** Oʻzbekiston fermerlari kengashi rayosati qarori bilan qishloq xoʻjaligining muhim yoʻnalishlari boʻyicha Kengash raisining maslahatchilari jalb qilinishi mumkin”;
j) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar fermerlari kengashi ijro apparati boshqaruvining
NAMUNAVIY TUZILMASI

Hududiy kengash raisi

Hududiy kengash raisining oʻrinbosari

1

Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining hududiy vakili *

Fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish va koʻp tarmoqli faoliyatni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi

1-2

Yuridik xizmatlar koʻrsatish, fermer xoʻjaliklarini huquqiy himoya qilish va fermerlar murojaatlari bilan ishlash boʻlimi

1-2

Buxgalteriya hamda fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari ishini muvofiqlashtirish boʻlimi

1-2

Devonxona, ijro intizomi va xodimlar bilan ishlash boʻlimi

1

Hududiy kengashlar ijro apparati xodimlarining umumiy cheklangan soni — 9 nafar
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni oʻrnatilgan meʼyorlarga muvofiq belgilanadi.
Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining hududiy vakili lavozimiga koʻra Hududiy kengash raisi oʻrinbosari hisoblanadi”;
z) 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tuman (shahar) fermerlar kengashi ijro apparati boshqaruvining
NAMUNAVIY TUZILMASI

Rais

Rais oʻrinbosari — Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazi direktori

Fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish va koʻp tarmoqli faoliyatni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi

1

Yuridik xizmatlar koʻrsatish, fermer xoʻjaliklarini huquqiy himoya qilish va fermerlar murojaatlari bilan ishlash boʻlimi

1

Buxgalteriya

1

Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazi

Tuman (shahar) kengashlari ijro apparati boshqaruvi xodimlarining umumiy cheklangan soni — 4 nafar
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni oʻrnatilgan meʼyorlarga muvofiq belgilanadi”.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3680-son qarorida:
a) 2-banddan “(keyingi oʻrinlarda Kengash deb yuritiladi)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Belgilansinki:
barcha fermer xoʻjaliklarining Oʻzbekiston fermerlari kengashiga (keyingi oʻrinlarda Kengash deb yuritiladi) aʼzoligi majburiy, boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun esa ixtiyoriy hisoblanadi;
fermerlar kengashlari qishloq xoʻjaligida shartnoma majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan monitoring hamda jamoat nazoratini amalga oshiradi”;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“paxta va gʻalla yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaliklari tomonidan yetishtiriladigan paxta xomashyosi boʻyicha birjada eʼlon qilinadigan boshlangʻich narxidan hamda donning shakllangan oʻrtacha narxidan 0,6 foiz miqdorida”;
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
g) 5, 7 va 10-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
d) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kengashning yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Oʻzbekiston fermerlari kengashi huzuridagi Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin”;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“b” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilar uchun sarflanadi:
fermer xoʻjaliklari va ular bilan hamkorlikda ishlaydigan dehqon xoʻjaliklari hamda boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga chorvachilik (qoramol, qoʻy, echki), baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, kurkachilik va parrandachilik, biogumus ishlab chiqarish, agroturizm loyihalari, suv chiqarish uchun tejamkor nasos agregatlari xarid qilish, qishloq xoʻjaligi maqsadlarida quyosh panellarini oʻrnatish, artezian quduqlarini qazish, yomgʻirlatib sugʻorish tizimini oʻrnatish va dala doʻkonlarini qurish uchun — 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga kreditlar ajratish uchun resurslarni tijorat banklariga joylashtirish. Bunda kreditlar yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada (shundan 4 foizi bank marjasi) beriladi;
fermer xoʻjaliklari va ular bilan hamkorlikda ishlaydigan dehqon xoʻjaliklari hamda boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga bogʻdorchilik (koʻchatchilik), uzumchilik (tok soʻrisi) va limonchilikni tashkil etish, issiqxona qurish, qishloq xoʻjaligi texnikasi va transporti hamda asbob-uskunalarini xarid qilish, ularni joylashtirish uchun bino va inshootlar (jumladan, yozgi toʻrli issiqxonalar) qurish, koʻchma muzlatkichlarni oʻrnatish, agrologistika markazlarini tashkil etish, “in-vitro” va boshqa laboratoriyalar, sovutish omborxonalarini tashkil etish uchun — 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha kreditlar ajratish uchun resurslarni tijorat banklariga joylashtirish. Bunda kreditlar yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada (shundan 4 foizi bank marjasi) beriladi;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish, xalqaro sertifikatlar olish, “oʻsimliklar klinikasi” faoliyati hamda qishloq xoʻjaligining boshqa yoʻnalishlari uchun aylanma mablagʻlarga talabgorlarga 6 oy imtiyozli davr bilan 18 oy muddatga kreditlar ajratish uchun resurslarni tijorat banklariga joylashtirish. Bunda kreditlar yillik Markaziy bankning asosiy stavkasida (shundan 4 foizi bank marjasi) beriladi;
Jahon banki va boshqa xalqaro moliya institutlarining kreditlari va qarzlariga xizmat koʻrsatish;
xalqaro moliya institutlaridan olingan grant mablagʻlari va Jamgʻarmaning oʻz mablagʻlari hisobidan fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga grantlar ajratish. Bunda Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan grant ajratish yoʻnalishlari va tartibi Jamgʻarma Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi;
fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga qonunchilikda belgilangan tartibda meva-sabzavotlarni qayta ishlash (quritish) korxonalari, sovitish omborxonalari, chorvachilik komplekslari, ishlab chiqarish bino-inshootlari, issiqxona majmualari qurib berish, intensiv bogʻlar va tokzorlar barpo etish, qishloq xoʻjaligida zanjirli ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyib, yakuniy mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, jumladan, omuxta yem tayyorlash, sutni qayta ishlash, tomat pasta ishlab chiqarish, mineral oʻgʻitlar tayyorlash, oʻsimliklarga kimyoviy ishlov berish, qadoqlash va saralash uskunalari bilan taʼminlash boʻyicha lizing faoliyatini amalga oshirish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga quritish sexi va sovitkichli omborxonalarni xarid qilish va oʻrnatishga 36 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oy muddatga yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar berish. Bunda kredit summasining 60 foizi boʻyicha garov taʼminoti sifatida oʻrnatiladigan quritish sexi va sovitkichli omborxonalar olinadi, 40 foizi boʻyicha garov taʼminoti sifatida ularning qaytmaslik xatarini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi olinadi;
meva-sabzavotlarni qayta ishlash (quritish) korxonalari, sovitish omborxonalari, chorvachilik komplekslari, issiqxona majmualari qurilishiga, intensiv bogʻlar va tokzorlar barpo etilishiga, qishloq xoʻjaligida zanjirli ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyib, yakuniy mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, jumladan, omuxta yem tayyorlash, sutni qayta ishlash, tomat pasta ishlab chiqarish, mineral oʻgʻitlar tayyorlash, oʻsimliklarga kimyoviy ishlov berish, qadoqlash va saralash uskunalarini keltirishga va mazkur obyektlarni sotish uchun savdo maydonlari tashkil etishga. Bunda mazkur xatboshida nazarda tutilayotgan faoliyat Jamgʻarma taʼsischiligida tashkil etiladigan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin, shuningdek mazkur obyektlar fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga Jamgʻarmadan belgilangan tartibda ajratiladigan kreditlar evaziga va lizing toʻlovlari asosida mazkur obyektlarning oʻzini garovga qoʻyish huquqi bilan Jamgʻarma tomonidan balans qiymatida sotiladi. Ularni qurish, xarid qilish va sotish tartibi Jamgʻarma Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi;
davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida loyihalarni belgilangan tartibda moliyalashtirishga;
Jamgʻarmani saqlab turish va faoliyatini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash;
ustav kapitalida Jamgʻarma ulushi shakllantirilgan masʼuliyati cheklangan jamiyatlar faoliyatida ishtirok etish va ularga qoʻshimcha mablagʻ ajratish;
fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalarini rivojlantirishga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan innovatsion va boshqa loyihalarni amalga oshirishga investitsiyalarni jalb qilish bilan bogʻliq boshqa yoʻnalishlar;
Jamgʻarma tomonidan fermer xoʻjaliklari rahbarlari va aʼzolarining hamda qishloq xoʻjaligi kooperativlari xodimlarining bilim va koʻnikmalarini oshirish uchun oʻquv kurslarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun subsidiyalar ajratish. Bunda oʻquv markazlari faoliyatini moliyalashtirish tartibi Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi;
fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalarida qishloq xoʻjaligi borasida innovatsion yoʻnalishlarni ommalashtirish maqsadida mahalliy va xalqaro seminar va koʻrgazmalar tashkil etish hamda xorijda oʻtkaziladigan bu kabi tadbirlarda fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari rahbarlari, Kengash va Jamgʻarma xodimlarini ishtirokini taʼminlash”;
“v” kichik banddagi “hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari” soʻzlari “hududiy fermerlar kengashlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“g” kichik bandda “Jamgʻarma daromadlari” soʻzlaridan keyin “(pul mablagʻlari yoki boshqa aktivlar koʻrinishida)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi “Ilgʻor fermer”, “Mehnatkash dehqon” va “Namunali tomorqachi” koʻkrak nishonlarini taʼsis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3803-son qarorida:
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Belgilab qoʻyilsinki:
“Ilgʻor fermer” koʻkrak nishoni bilan mukofotlash Oʻzbekiston fermerlari kengashining qarori asosida;
“Mehnatkash dehqon” va “Namunali tomorqachi” koʻkrak nishonlari bilan mukofotlash Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining qarori asosida amalga oshiriladi”;
b) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Quyidagilar:
“Ilgʻor fermer” koʻkrak nishoni va uning guvohnomalarini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston fermerlari kengashining mablagʻlari hisobidan;
“Mehnatkash dehqon” va “Namunali tomorqachi” koʻkrak nishonlari va ularning guvohnomalarini tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan qoplanishi toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin”.
v) 1-ilovaning 2 — 9-bandlarida “fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari” soʻzlari “fermerlari” soʻzi bilan almashtirilsin;
2-banddagi “tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari “tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi har yilning 1-noyabr sanasiga qadar tuman hokimligi bilan kelishgan holda koʻkrak nishoniga tavsiya etilayotgan nomzodlarning faoliyatiga oid barcha tegishli hujjatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda viloyatlar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalariga taqdim etadi”;
4-banddagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda viloyatlar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda viloyatlar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya etilgan nomzodlar boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan holda har yilning 15-noyabr sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga taqdim etadi”;
6-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi hamda 8-banddagi tegishli kelishikdagi “Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-banddagi “Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi” soʻzlari “kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pastki chiziqdan 6 millimetr quyida, markazda oraligʻi 2 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Oʻzbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “Kambag'allikni qisqartirish”, uchinchi satrda “va bandlik vazirligining” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan”;
oʻn ikkinchi xatboshidagi “Kengash raisi” soʻzlari “Vazir” soʻzi bilan almashtirilsin;
2-banddagi “tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari “tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi har yilning 1-noyabr sanasiga qadar tuman hokimligi bilan kelishgan holda koʻkrak nishoniga tavsiya etilayotgan nomzodlarning faoliyatiga oid barcha tegishli hujjatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda viloyatlar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalariga taqdim etadi”;
4-banddagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda viloyatlar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda viloyatlar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya etilgan nomzodlar boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan holda har yilning 15-noyabr sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga taqdim etadi;
6-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi hamda 8-banddagi tegishli kelishikdagi “Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-banddagi “Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi” soʻzlari “kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pastki chiziqdan 6 millimetr quyida, markazda oraligʻi 2 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Oʻzbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “Kambag'allikni qisqartirish”, uchinchi satrda “va bandlik vazirligining” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan”;
oʻn ikkinchi xatboshidagi “Kengash raisi” soʻzlari “Vazir” soʻzi bilan almashtirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi “Fermer xoʻjaliklarida hisob tizimini tubdan yaxshilash va ularga bank xizmatlari koʻrsatishni takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3824-son qarorida:
birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari” soʻzlari “fermerlari” soʻzi bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari” soʻzlari “fermerlar” soʻzi bilan almashtirilsin;
3-band, 4-bandning toʻrtinchi xatboshisi hamda 1 va 2-ilovalarning nomlanishida “fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari” soʻzlari “fermerlari” soʻzi bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-avgustdagi “Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4421-son qaroriga 4-ilovada:
1-banddagi “Sh.M. Gʻaniyev Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari” soʻzlari “J.A. Xodjayev Bosh vazir oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
19-banddagi “Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi” soʻzlari “Agrosanoatni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
33-banddagi “Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti” soʻzlari “Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-fevraldagi “Limonchilik tarmogʻini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4610-son qarorida:
5-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisidagi hamda “b” kichik bandningikkinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-bandning birinchi xatboshisidagi “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” soʻzlari “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4767-son qarori 7-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda har yili 1-yanvar va 1-iyulga qadar suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalarida qaziladigan quduqlarning manzilli dasturini shakllantiradi va tasdiqlaydi;
loyiha tashabbuskorlariga belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatga asosan ajratiladigan subsidiyalar 2026-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan, 2026-yil 1-yanvardan boshlab Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi”.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi “Agrar taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4795-son qaroriga 3-ilovada:
5, 7-pozitsiyalari “Metodik yordam koʻrsatuvchi oliy taʼlim muassasasi” ustunidagi “Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali” soʻzlari “Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9, 10, 101-pozitsiyalari “Metodik yordam koʻrsatuvchi oliy taʼlim muassasasi” ustunidagi “Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti” soʻzlari “Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-fevraldagi “Sholi yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4973-son qarorida:
a) 1-bandning yettinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
b) 7-band hamda 1 — 3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 9-bandda:
ikkinchi va uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
g) 11-bandning “a” kichik bandida:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4975-son qarorida:
a) 2-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyuldagi “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish choralari toʻgʻrisida”gi PQ-5202-son qaroriga 1-ilovaning 7-pozitsiyasi chiqarib tashlasin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-dekabrdagi “Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-54-son qarorida:
a) 1-bandning birinchi xatboshisidagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 10-bandning birinchi xatboshisidagi “tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari “tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-55-son qarori 2-bandi oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilari hamda 5-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-dekabrdagi “Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida islohotlarni tadqiq qilish, strategik rejalashtirish hamda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-58-son qarorida:
3-bandning birinchi xatboshisidagi “Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi” soʻzlari “Agrosanoatni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-bandning beshinchi xatboshisidagi “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari “Innovatsion rivojlanish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-273-son qaroriga 2-ilovaning 13-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyuldagi “Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablagʻlari hisobiga Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligiga ilgʻor texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-321-son qaroriga ilovada:
a) 1-pozitsiya “Bajarish muddati” ustunining beshinchi qatoridagi “2023-yil mart” soʻzlari “2025-yil yakuniga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 7-pozitsiya “Bajarish muddati” ustunining toʻrtinchi qatoridagi “2023-yil noyabr” soʻzlari “2025-yil yakuniga qadar” soʻzlari bilan, beshinchi qatoridagi “2023-yil dekabr” soʻzlari “2025-yil yakuniga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-dekabrdagi “Toshkent viloyatida qishloq xoʻjaligini yanada rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-435-son qarorida:
a) 4-band va 2-ilovaning 11-pozitsiyasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 12-bandda:
birinchi xatboshidagi “A. Voitov” soʻzlari “I. Abduraxmonov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“v” kichik banddagi “Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi (X. Karimov)” soʻzlari “Agrosanoatni rivojlantirish agentligi (N. Abdullayev)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 4-ilovada:
1-banddagi “A. Voitov” soʻzlari “I. Abduraxmonov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
16-banddagi “X. Karimov — Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi direktori” soʻzlari “N. Abdullayev — Agrosanoatni rivojlantirish agentligi direktori v.b.” soʻzlari bilan almashtirilsin.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-yanvardagi “Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-22-son qarorida:
18-bandda:
“a” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) 2025-yil yakuniga qadar:
Institutning bino va inshootlari qurilishi, shuningdek, Institutning moddiy-texnik vositalar bilan jihozlanishini;
xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan Institut uchun oʻquv auditoriyalari jihozlari xarid qilinishi, binolar kompleksi hududida oshxona va yordamchi xonalar tashkil etilishini taʼminlasin”;
“v” kichik band quyida tahrirda bayon etilsin:
“v) 2025-yil yakuniga qadar yetakchi loyiha va pudratchi tashkilotlarni jalb etgan holda Institutning yangi oʻquv kampusi xalqaro standartlar asosida qurilishini taʼminlasin”.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-apreldagi “2023-yilda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-113-son qaroriga 4-ilovada:
a) 36-pozitsiya chiqarib tashlansin;
b) 37-pozitsiya “Ijro muddati” ustunidagi “2023-2024-yillar davomida” soʻzlari “2023 — 2026-yillar davomida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-iyuldagi “Agrar sohada ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-216-son qaroriga 1-ilovada:
a) 4-pozitsiya “Bajarish muddati” ustunining beshinchi qatoridagi “2023-2024-yillar” soʻzlari “2023 — 2025-yillar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 21-pozitsiya “Bajarish muddati” ustunidagi “2024/2025 oʻquv yilidan boshlab” soʻzlari “2024-2025-yillar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 33-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

33.

Toshkent davlat agrar universitetining sport kompleksi va talabalar turar joylari bilan taʼminlanish darajasini oshirish.

Toshkent davlat agrar universitetining sport kompleksi, 7 va 12-talabalar turar joyini kapital taʼmirlash maqsadida 2025-2026-yilgi investitsiya dasturiga kiritish choralarini koʻrish.

2025-2026-yillar

Davlat budjeti mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sh. Kudbiyev),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov)

”.

28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi “2023 — 2026-yillarda uzumchilik va vinochilik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-260-son qarorida:
a) 7-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 11-bandning beshinchi xatboshisidagi “qishloq xoʻjaligi vaziri Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini tasarruf qilish huquqiga ega” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan Agrosanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari taqsimlanadi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 16-bandning birinchi xatboshisidagi “Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasini” soʻzlari “Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 3-ilovaning 8-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

8.

Bogʻdorchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining uzum koʻchatchiligi tajriba xoʻjaligini tashkil etish.

1. Navoiy viloyati hokimligi tomonidan Qiziltepa tumanidan tajriba xoʻjaligi uchun 200 ga yer maydonini tanlash va ajratish.

2023-yil sentabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Navoiy viloyati hokimligi,

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi,

Akademik M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti

2. Tajriba uchastkasini tashkil etish xarajatlarini hisob-kitob qilish.

2023-yil oktabr

3. Loyihani moliyalashtirish.

2023-yil davomida

4. Tajriba xoʻjaligini tashkil etib, Fransiya va boshqa davlatlarning texnik uzum navlari koʻchatlarini olib kelish va tajribalarni oʻtkazish choralarini koʻrish.

2024 — 2026-yillar

”.

29. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-389-son qaroriga 5-ilovaning 14-bandidagi “Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi” soʻzlari “Agrosanoatni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
30. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi “Aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash hamda tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida yangi zaxiralarni ishga solishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-115-son qarorida:
a) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (M. Joʻrayev) eksportbop va serdaromad ekinlar ekish uchun namunaviy oʻquv-tajriba maydonlarini Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tashkil etsin va mazkur namunaviy maydonlarda qishloq xoʻjaligi korxonalarining, tomorqa yer egalarining bilim va koʻnikmalarini oshirish choralarini koʻrsin”.
b) 6, 9 va 11-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Fermer xoʻjaliklari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, Kengashning bu sohadagi vakolatlarini kengaytirish va faol ishtirokini taʼminlash maqsadida Kengashga fermer xoʻjaliklari hamda Kengash huquqlari va qonuniy manfaatlariga taalluqli loyihalarni Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali Vazirlar Mahkamasiga kiritish, koʻrib chiqish va axborot berish huquqi berilsin”.
31. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-iyundagi “Iqlim oʻzgarishiga nisbatan barqaror agroekotizimni yaratish hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq xavflarga moslashuvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-233-son qaroriga 1-ilovaning 6-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustunidagi “2024-yil dekabr” va “2025-yil oktabr” soʻzlari tegishlicha “2025-yil dekabr” va “2026-yil oktabr” soʻzlari bilan almashtirilsin.
32. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-sentabrdagi “Chang boʻronlariga qarshi kurashish va atmosfera havosi sifatini yaxshilash boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-338-son qaroriga 1-ilovaning 18-pozitsiyasi “Amalga oshirish mexanizmi” ustuni 3-bandidagi hamda “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi” soʻzlari “Agrosanoatni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
33. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-344-son qaroriga 2-ilovaning 24 va 25-pozitsiyalarida:
“Moliyalashtirish manbai” ustunidagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Masʼullar” ustunidagi “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A. Xaitov)” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
34. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligi maydonlaridagi qoʻshimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni koʻpaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-465-son qaroriga 8-ilovaning 1-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustunidagi “Bir oy muddatda” soʻzlari “Uch oy muddatda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
35. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi “2025-yilda aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-12-son qarorida:
a) 2-bandning “b” kichik bandida “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A. Xaitov)” soʻzlari “Oʻzbekiston fermerlari kengashi (A. Xaitov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-ilovada:
27-pozitsiya “Masʼul ijrochilar” ustunidagi Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
47-pozitsiya “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Fermerlar, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
36. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyundagi “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 433-son qarorida:
a) nomlanishdagi “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston fermerlari kengashi huzuridagi Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston fermerlari kengashi huzuridagi Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi vasiylik kengashining tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston fermerlari kengashi huzuridagi Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston fermerlari kengashi huzuridagi Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati, jumladan, markaziy apparati va hududiy vakillari shtat birliklari soni Jamgʻarma vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi. Bunda Jamgʻarma ish hajmidan kelib chiqib, Vasiylik kengashiga Jamgʻarmaga qoʻshimcha shtat birliklari jalb etish, Oʻzbekiston fermerlari kengashiga zarurat boʻlganda Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Belgilab qoʻyilsinki:
“Tomorqa xizmati” MCHJlarning ustav fondlarida Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga shakllantirilgan ulush nomidan Oʻzbekiston fermerlari kengashi, hududiy fermerlar kengashlari ishtirokchi boʻlishi mumkin;
hududiy fermerlar kengashlari raislari “Tomorqa xizmati” MCHJ ustav fondidagi ulushlarning samarali boshqarilishi uchun shaxsan masʼul hisoblanadi;
Jamgʻarma ijrochi etuvchi direktori lavozimiga koʻra Oʻzbekiston fermerlari kengashi raisining oʻrinbosari hisoblanadi, Jamgʻarmaning hududiy vakillari hududiy fermerlar kengashlari raislari oʻrinbosarlari hisoblanadi. Bunda Jamgʻarma ijrochi direktoriga Kengash faoliyatida ishtirokidan kelib chiqib, Kengash mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha ragʻbatlantirish toʻlovlari amalga oshirilishi mumkin.
Jamgʻarma tomonidan fermer xoʻjaliklariga va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga qonunchilikda belgilangan tartibda meva-sabzavotlarni qayta ishlash (quritish) korxonalari, sovitish omborxonalari, chorvachilik komplekslari, ishlab chiqarish bino-inshootlari, issiqxona majmualari qurib berish, tayyor intensiv bogʻlar va tokzorlar barpo etish, qishloq xoʻjaligida zanjirli ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyib, yakuniy mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, jumladan, omuxta yem tayyorlash, sutni qayta ishlash, tomat pasta ishlab chiqarish, mineral oʻgʻitlar tayyorlash, oʻsimliklarga kimyoviy ishlov berish, qadoqlash va saralash uskunalari bilan taʼminlash boʻyicha lizing faoliyatini amalga oshirish tartibi Jamgʻarma vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3680-son qaroriga muvofiq mablagʻlarni tijorat banklariga joylashtirish hisobidan olinadigan daromadlarning 30 foizgacha miqdordagi Jamgʻarma daromadlari Kengashni moddiy-texnik hamda moliyaviy jihatdan taʼminlash, shuningdek, uning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish uchun yoʻnaltirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Mazkur bandning oʻn birinchi xatboshisidagi maqsadlar uchun Jamgʻarmaning “Tomorqa xizmati” MCHJ ustav kapitalidagi ulushlarini nominal (balans) qiymatida Oʻzbekiston fermerlari kengashiga hamda hududiy fermerlar kengashlariga berishga rozilik berilsin”;
v) 1-ilovada:
nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston fermerlari kengashi huzuridagi Fermer xoʻjaliklarini koʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi vasiylik kengashining tarkibi”;
ikkinchi va beshinchi xatboshilaridagi “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari “Oʻzbekiston fermerlari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining” soʻzlari “Oʻzbekiston fermerlari kengashi huzuridagi Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston fermerlari kengashi huzuridagi Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati tuzilmasi

Jamgʻarma vasiylik kengashi

Jamgʻarma ijro etuvchi direktori

Fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatish infratuzilmasini rivojlantirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi*

3

Fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun tijorat banklariga resurs ajratish boʻlimi**

2

Buxgalteriya boʻlimi ***

2

Yuristkonsult ***

1

Jamgʻarmaning hududiy vakillari

16

Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati, jumladan, markaziy apparati va hududiy vakillari shtat birliklari miqdori Jamgʻarma vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi. Bunda Jamgʻarma ish hajmidan kelib chiqib, Vasiylik kengashiga Jamgʻarmaga qoʻshimcha shtat birliklari jalb etish huquqi berilgan.
* Boʻlim boshligʻi bir vaqtning oʻzida Jamgʻarma ijro etuvchi direktori oʻrinbosari hisoblanadi, Kengash raisi bilan kelishgan holda oʻrinbosar vazifasini bajarish boshqa boʻlimlar boshliqlariga yuklatilishi mumkin.
** Lizing faoliyatini amalga oshirish uchun Jamgʻarma ulushi ishtirokida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida yuridik shaxs tashkil etilishi mumkin;
*** Yuridik xizmat va buxgalteriya xizmati autsorsing asosida tashkil etilishi mumkin”;
d) 3-ilovada:
nomlanishidagi “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston fermerlari kengashi huzuridagi Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston fermerlari kengashi huzuridagi Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) vazifalari va faoliyati yoʻnalishlarini, boshqarish tartibini, shuningdek, uning mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston fermerlari kengashiga (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) hisobot beradi”;
4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash Jamgʻarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi”;
5-bandda:
ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi tegishli kelishikdagi “fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari” soʻzlari tegishli kelishikdagi “fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalarini Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tashishga moʻljallangan transport vositalari, asbob-uskunalar yoki ular joylashgan bino-inshootlar bilan birga, shuningdek, tayyor intensiv bogʻ va tokzorlar hamda issiqxonalar bilan taʼminlash boʻyicha lizing faoliyatini amalga oshirish”;
7-bandda:
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamgʻarma tomonidan tijorat banklariga resurs ajratish, lizing xizmatlarini koʻrsatish hamda Jamgʻarmaning boshqa asosiy faoliyat yoʻnalishlariga mablagʻlar ajratishning har yilgi prognoz parametrlarini belgilaydi. Bunda Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarga tashabbuskorlarning talabidan kelib chiqqan holda har yilgi parametrlardan kelib chiqib qoʻshimcha mablagʻlar ajratilishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Jamgʻarma ishtirokchi hisoblangan masʼuliyati cheklangan jamiyatlar ustav kapitalidagi ulushlarini va ularning yirik bitimlari doirasidagi aktivlarini tasarrufidan chiqarish tartibini belgilaydi, odatdagi xoʻjalik faoliyati jarayonida tuziladigan bitimlar bundan mustasno”;
toʻqqizinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishincha oʻninchi — oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
9-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mazkur bandda nazarda tutilayotgan majburiyat va vakolatlar Jamgʻarma ijro etuvchi direktori oʻrinbosari zimmasiga yuklatilishi mumkin”;
13-bandning uchinchi xatboshisidagi “3 baravargacha” soʻzlari “5 baravargacha” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
14-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Jamgʻarmada ish yuritish jarayonini raqamlashtirish maqsadida Jamgʻarma vasiylik kengashi bilan kelishgan holda uning faoliyatidagi barcha hisob-kitoblarni va hujjatlashtirish jarayonini qamrab oluvchi hamda “oilakredit.uz” yagona elektron platformasiga integratsiya qilinadigan axborot dasturi yaratiladi”;
15-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilar uchun sarflanadi:
fermer xoʻjaliklari va ular bilan hamkorlikda ishlaydigan dehqon xoʻjaliklari hamda boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga chorvachilik (qoramol, qoʻy, echki), baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, kurkachilik va parrandachilik, biogumus ishlab chiqarish, agroturizm loyihalari, suv chiqarish uchun tejamkor nasos agregatlari xarid qilish, qishloq xoʻjaligi maqsadlarida quyosh panellarini oʻrnatish, artezian quduqlarini qazish, yomgʻirlatib sugʻorish tizimini oʻrnatish va dala doʻkonlarini qurish uchun — 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga kreditlar ajratish uchun resurslarni tijorat banklariga joylashtirish. Bunda kreditlar yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada (shundan 4 foizi bank marjasi) beriladi;
fermer xoʻjaliklari va ular bilan hamkorlikda ishlaydigan dehqon xoʻjaliklari hamda boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga bogʻdorchilik (koʻchatchilik), uzumchilik (tok soʻrisi) va limonchilikni tashkil etish, issiqxona qurish, qishloq xoʻjaligi texnikasi va transporti hamda asbob-uskunalarini xarid qilish, ularni joylashtirish uchun bino va inshootlar (jumladan, yozgi toʻrli issiqxonalar) qurish, koʻchma muzlatkichlarni oʻrnatish, agrologistika markazlarini tashkil etish, “in-vitro” va boshqa laboratoriyalar, sovutish omborxonalarini tashkil etish uchun — 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha kreditlar ajratish uchun resurslarni tijorat banklariga joylashtirish. Bunda kreditlar yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada (shundan 4 foizi bank marjasi) beriladi;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish, xalqaro sertifikatlar olish, “oʻsimliklar klinikasi” faoliyati hamda qishloq xoʻjaligining boshqa yoʻnalishlari uchun aylanma mablagʻlarga talabgorlarga 6 oy imtiyozli davr bilan 18 oy muddatga kreditlar ajratish uchun resurslarni tijorat banklariga joylashtirish. Bunda kreditlar yillik Markaziy bankning asosiy stavkasida (shundan 4 foizi bank marjasi) beriladi;
Jahon banki va boshqa xalqaro moliya institutlarining kreditlari va qarzlariga xizmat koʻrsatish;
xalqaro moliya institutlaridan olingan grant mablagʻlari va Jamgʻarmaning oʻz mablagʻlari hisobidan fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga grantlar ajratish. Bunda Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan grant ajratish yoʻnalishlari va tartibi Jamgʻarma Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi;
fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga qonunchilikda belgilangan tartibda meva-sabzavotlarni qayta ishlash (quritish) korxonalari, sovitish omborxonalari, chorvachilik komplekslari, ishlab chiqarish bino-inshootlari, issiqxona majmualari qurib berish, intensiv bogʻlar va tokzorlar barpo etish, qishloq xoʻjaligida zanjirli ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyib, yakuniy mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, jumladan, omuxta yem tayyorlash, sutni qayta ishlash, tomat pasta ishlab chiqarish, mineral oʻgʻitlar tayyorlash, oʻsimliklarga kimyoviy ishlov berish, qadoqlash va saralash uskunalari bilan taʼminlash boʻyicha lizing faoliyatini amalga oshirish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga quritish sexi va sovitkichli omborxonalarni xarid qilish va oʻrnatishga 36 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oy muddatga yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar berish. Bunda, kredit summasining 60 foizi boʻyicha garov taʼminoti sifatida oʻrnatiladigan quritish sexi va sovitkichli omborxonalar olinadi, 40 foizi boʻyicha garov taʼminoti sifatida ularning qaytmaslik xatarini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi olinadi;
meva-sabzavotlarni qayta ishlash (quritish) korxonalari, sovitish omborxonalari, chorvachilik komplekslari, issiqxona majmualari qurilishiga, intensiv bogʻlar va tokzorlar barpo etilishiga, qishloq xoʻjaligida zanjirli ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyib, yakuniy mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, jumladan, omuxta yem tayyorlash, sutni qayta ishlash, tomat pasta ishlab chiqarish, mineral oʻgʻitlar tayyorlash, oʻsimliklarga kimyoviy ishlov berish, qadoqlash va saralash uskunalarini keltirishga va mazkur obyektlarni sotish uchun savdo maydonlari tashkil etishga. Bunda mazkur xatboshida nazarda tutilayotgan faoliyat Jamgʻarma taʼsischiligida tashkil etiladigan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin, shuningdek mazkur obyektlar fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga Jamgʻarmadan belgilangan tartibda ajratiladigan kreditlar evaziga va lizing toʻlovlari asosida mazkur obyektlarning oʻzini garovga qoʻyish huquqi asosida Jamgʻarma tomonidan balans qiymatida sotiladi. Ularni qurish, xarid qilish va sotish tartibi Jamgʻarma vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi;
davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida loyihalarni belgilangan tartibda moliyalashtirish;
Jamgʻarmani saqlab turish va faoliyatini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash;
ustav kapitalida Jamgʻarma ulushi shakllantirilgan masʼuliyati cheklangan jamiyatlar faoliyatida ishtirok etish va ularga qoʻshimcha mablagʻ ajratish;
fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalarini rivojlantirish, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan innovatsion va boshqa loyihalarni amalga oshirishga investitsiyalarni jalb qilish bilan bogʻliq boshqa yoʻnalishlar;
Jamgʻarma tomonidan fermer xoʻjaliklari rahbarlari va aʼzolarining hamda qishloq xoʻjaligi kooperativlari xodimlarining bilim va koʻnikmalarini oshirish uchun oʻquv kurslarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun subsidiyalar ajratish. Bunda oʻquv markazlari faoliyatini moliyalashtirish tartibi Jamgʻarmaning vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi;
fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalarida qishloq xoʻjaligi borasida innovatsion yoʻnalishlarni ommalashtirish maqsadida mahalliy va xalqaro seminar va koʻrgazmalar tashkil etish hamda xorijda oʻtkaziladigan bu kabi tadbirlarda fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari rahbarlari, Kengash va Jamgʻarma xodimlarini ishtirokini taʼminlash;
Kengashni saqlash va moddiy-texnik taʼminlash hamda mablagʻlarni tijorat banklariga joylashtirish hisobiga olinadigan Jamgʻarma daromadlarning 30 foizi miqdordagi mablagʻlar (pul mablagʻlari yoki boshqa aktivlar koʻrinishida) uning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish”;
18-band quyidagi mazmundagi uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Jamgʻarmaning “Tomorqa xizmati” MCHJlar ustav fondini shakllantirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlari mazkur bandning birinchi xatboshida keltirilgan manbalar hisobidan shakllantirilgan boʻlib, Jamgʻarmaning oʻz aktivlari hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-22-son Farmoni 6-bandida belgilangan mablagʻlar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga oʻtkazib berilgandan soʻng Jamgʻarmaning balansida mavjud barcha aktivlar, jumladan pul mablagʻlari Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining daromadidan shakllangan oʻz aktivlari hisoblanadi;
Jamgʻarma faoliyati va mablagʻlari davlat tashqi auditi va moliyaviy nazorati organlari nazorat obyekti hisoblanmaydi”;
19-bandining ikkinchi — beshinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
21-bandda:
birinchi xatboshidagi “fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari” soʻzlari “fermerlar kengashlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Talabgorlarga kreditlar oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlaridan tashqari boshqa qishloq xoʻjaligi yoʻnalishlari asosida ham ajratilishi mumkin”;
22-bandda “fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari” soʻzlari “fermerlar kengashlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
23-bandning birinchi xatboshisidagi “tomorqa yer egalari” soʻzlari “fermerlar bilan hamkorlikda ishlaydigan dehqon xoʻjaliklari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
24-bandda:
birinchi xatboshidagi “fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga” soʻzlari “fermer xoʻjaliklariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari, “Tomorqa xizmati” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari, qishloq xoʻjaligi kooperativlari hamda boshqa tashabbuskorlarga” soʻzlari “fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
25-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
37. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi “Fargʻona viloyatida tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash va qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy-amaliy salohiyatni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 846-son qarorida:
a) 5-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 6-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari” soʻzlari “Oʻzbekiston fermerlari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandda:
uchinchi xatboshidagi “2018 — 2020-yillarda” soʻzlari “2018 — 2025-yillar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazi” MCHJning ustav kapitalidagi Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi ulushi nominal (balans) qiymatida Jamgʻarma mablagʻlarini tijorat banklariga joylashtirish hisobidan olinadigan daromadlarning Kengashga yoʻnaltiriladigan 30 foiz qismi hisobidan Kengashga rasmiylashtirib beriladi”.
38. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-noyabrdagi 972-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 3-banddagi “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari “Oʻzbekiston fermerlari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-banddagi “tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari” soʻzlari “tuman fermerlari kengashlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovadagi “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga” soʻzlari “Oʻzbekiston fermerlar kengashiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 2-ilovada:
2-bosqichda:
“Subyektlar” ustunidagi “Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari “Tuman fermerlari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Tadbirlar” ustunining 4-bandida “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga” soʻzlari “Oʻzbekiston fermerlari kengashiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3 va 4-bosqichlar “Subyektlar” ustunida “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari tegishincha “Oʻzbekiston fermerlari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
39. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash dasturlari doirasida bogʻdorchilik, uzumchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 52-son qarorida:
a) 1-band va 4-band “v” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston fermerlari kengashi huzuridagi Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
b) ilovaning 3-bandidagi, 4-bandidagi, 5-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi, 7-bandi uchinchi xatboshisi, 11-bandining ikkinchi xatboshisi, 14-bandining uchinchi xatboshisidagi, 17-bandidagi, 269-bandi ikkinchi xatboshisida tegishli kelishikdagi “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Oʻzbekiston fermerlari kengashi huzuridagi Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) Nizomning 1-ilovasida:
2-bosqich va 4-bosqich “Tadbirlar” ustunidagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga” soʻzlari “Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-bosqich, 5-bosqich, 7-bosqich, 8 va 9-bosqich “Subyektlar” ustunida “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
40. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-fevraldagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 3-bandning beshinchi xatboshisida “, quvurlar, shuningdek, boshqarish stansiyasi bilan jihozlangan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 10-bandning ikkinchi xatboshisida “fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari “fermerlari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 101-bandda:
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash)” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Kengashning” soʻzi “Vazirlikning” soʻzi bilan almashtirilsin;
g) 102-bandning birinchi xatboshisidagi va 204-bandning uchinchi xatboshisidagi “Kengashga” soʻzi “Vazirlikka” soʻziga bilan almashtirilsin;
d) 103-band birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “Kengash” soʻzi “Vazirlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
e) 202-band va 203-banddagi “tuman kengashlari” soʻzlari “kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish tuman boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 205-bandda:
birinchi xatboshidagi “Kengash” soʻzi “Vazirlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshida “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) 206-banddagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
i) 208-bandda:
birinchi xatboshidagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Kengash” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Vazirlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda, talabgorlarning burgʻilangan vertikal sugʻorish quduqlari boʻyicha “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali kiritilgan hujjatlari asosida 20 milliard soʻmgacha boʻlgan qismi 2025-yil 1-martga qadar Oʻzbekiston fermerlari kengashi huzuridagi Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi hisob varagʻida koʻzda tutilgan budjet mablagʻlari hisobidan toʻlab beriladi. Bunda 2025-yil 1-martdan boshlab “Agrosubsidiya” axborot tizimidagi tuman, viloyat va respublika bosqichidagi hujjatlarni koʻrib chiqish va subsidiyalarni toʻlash Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi”.
k) 2-ilovada:
1-bosqich va 6-bosqich “Subyektlar” ustunidagi “Tuman (shahar) fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish tuman boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-bosqich va 7-bosqich “Tadbirlar” ustunidagi tegishli kelishikdagi “Tuman (shahar) fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish tuman boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-bosqich, 4-bosqich va 9-bosqich “Subyektlar” ustunidagi “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bosqich, 8-bosqich va 10-bosqich “Tadbirlar” ustunidagi tegishli kelishikdagi “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7-bosqich “Subyektlar” hamda 6-bosqich “Tadbirlar” ustunlaridagi tegishli kelishikdagi “hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hududiy boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-bosqich va 10-bosqich “Tadbirlar” ustuni va 11-bosqich “Subyektlar” ustunidagi tegishli kelishikdagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
l) 3-ilovaning 2-bandidagi “Tuman (shahar) fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tuman bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
m) 4-ilovaning ikkinchi xatboshisidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi viloyat boshqarmasi boshligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
41. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-dekabrdagi “Toshkent viloyatida tomorqachilikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 798-son qarorida:
a) 1-bandning “a” kichik bandidagi “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston fermerlari kengashi huzuridagi Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-banddagi, 3-bandning birinchi xatboshisidagi va 6-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari “Oʻzbekiston fermerlari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan” soʻzlari “Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 5-banddagi “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashining 2021 — 2023-yillarda Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan” soʻzlari “Oʻzbekiston fermerlari kengashining 2021 — 2025-yillarda Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 6-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tomorqachilikni rivojlantirish Milliy markazi tomorqa xizmati” MCHJning ustav kapitalidagi Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi ulushi nominal (balans) qiymatida Jamgʻarma mablagʻlarini tijorat banklariga joylashtirish hisobidan olinadigan daromadlarning Kengashga yoʻnaltiriladigan 30 foiz qismi hisobidan Kengashga rasmiylashtirib beriladi”.
42. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi “Tomorqa xoʻjaliklarida yetishtirilgan mahsulotlarni kafolatli xarid qilish tizimini moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi 81-son qarorida:
a) 1-banddagi, 2-bandning oltinchi xatboshisidagi va 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovada:
3-banddagi “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8, 9, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17 va 18-bandlardagi, 20-bandning birinchi va beshinchi xatboshilaridagi, 21-band birinchi va ikkinchi xatboshilardagi, 22 , 23, 24, 25, 31, 32, 33-bandlardagi tegishli kelishikdagi “tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish tuman boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-ilovada:
1, 2, 6-bosqichlar “Amalga oshirish mexanizmi” ustuni va 2, 5-bosqichlar “Ijrochilar” ustunidagi tegishli kelishikdagi “tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlariga” soʻzlari tegishli kelishikdagi “kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish tuman boʻlimlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-bosqich “Ijrochilar” ustunidagi “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarma” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-ilovada:
1-banddagi “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-banddagi “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori oʻrinbosari” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi direktori oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3, 4, 5, 6-ilovalarning nomlanishida tegishli kelishikdagi “tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
43. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 373-son qarori bilan tasdiqlangan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 5-bandning toʻqqizinchi xatboshisidagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash dasturi doirasida” soʻzlari “Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 15-bandda “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini” soʻzlari “Kambagʻalchilikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 17-bandning oltinchi xatboshisidagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini” soʻzlari “Fermer xoʻjaliklarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 20-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kreditlar hududiy fermerlar kengashlari tavsiyanomasiga koʻra ajratiladi”;
d) 23-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini” soʻzlari “Fermer xoʻjaliklarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 306-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“306. Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan:
Fermer xoʻjaliklari bilan hamkorlikda ishlaydigan dehqon xoʻjaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanish yoʻnalishida dehqon xoʻjaliklariga 3 million soʻmgacha mikrokreditlar beriladi hamda ushbu mikrokreditlar yagona elektron platforma orqali ajratiladi;
bitta konturda joylashgan kamida uchta dehqon xoʻjaligiga qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish maqsadida oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida bitta katta hajmdagi vertikal sugʻorish qudugʻini burgʻilash va ishga tushirish uchun tijorat banklaridan kredit olishga ruxsat beriladi”.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-son Farmoniga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 11-martdagi “Qishloq xoʻjaligida hisob-kitoblar tizimini takomillashtirishga oid tub chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-1734-son Farmoni.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 18-apreldagi “Fermer xoʻjaliklarini qayta tashkil etish va ularning yer maydonlarini optimallashtirishda qonunchilikka rioya etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4301-son Farmoni.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyuldagi “Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-109-son Farmoniga ilovaning 1-bandi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 16-maydagi “2005-yil boshoqli don ekinlari hosilini yigʻishtirib olishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-76-son qarori.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi “2017-yil boshoqli don ekinlari hosilini yigʻishtirib olishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2974-son qarori.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi “2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni joylashtirish, ekish uchun talab etiladigan moddiy-texnika resurslarini oʻz muddatida yetkazib berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3027-son qarori.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-fevraldagi “Paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3574-son qarorining 6 va 7-bandlari.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3671-son qarorining 4-bandi va 1 — 6-ilovalari.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-noyabrdagi “Issiqxona komplekslarini rivojlantirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4020-son qarorining 7-bandi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-oktabrdagi “Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5269-son qarori.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-noyabrdagi “Toshkent shahrida sugʻoriladigan yerlardan samarali foydalanishni tashkil etish, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishda boshqaruv tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-17-son qarorining 8-bandi hamda 1, 1a, 2, 2a, 3, 3a, 4 va 5-ilovalari.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)