1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Moliyalashtirish manbalari | Bajarish muddati | Masʼul ijrochilar |
1. | Respublikadagi oliy taʼlim muassasalarining sport klublari tarkibida kurash seksiyalarini tashkil etish choralarini koʻrish. | 1. Oliy taʼlim muassasalariga ularning sport klublarida kurash seksiyalarini tashkil etishga har tomonlama koʻmaklashish hamda uslubiy yordam koʻrsatib borish. 2. Kurash seksiyalariga trener va boshqa mutaxassislarni jalb etib borish. 3. Oliy taʼlim muassasalari sport klublari oʻrtasida kurash boʻyicha sport musobaqalarini tizimli oʻtkazib borishni yoʻlga qoʻyish. | Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari | 2025/2026 oʻquv yili | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi |
4. Oliy taʼlim muassasalari sport klublarida kurash seksiyalari tashkil etilganligi va faoliyati muntazam yoʻlga qoʻyilganligi, talabalarining musobaqalarda sovrinli oʻrinlarni egallaganligi kabi mezonlarni oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlash mezonlari sifatida belgilashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi | ||||
2. | Kurashning yangi turlari qoidalarini ishlab chiqish, ularni ommalashtirish choralarini koʻrish, trener va boshqa mutaxassislarni tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish. | 1. Kurash xalqaro assotsiatsiyasiga kurashning yangi turlari qoidalarini ishlab chiqishga koʻmaklashish. 2. Kurashning yangi turlarini ommalashtirish boʻyicha xalqaro seminarlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazib borish. | Kurashga ajratiladigan mablagʻlar doirasida, Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari | 2025-yil dekabr | Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Xalqaro kurash instituti |
3. | Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar koʻchasida joylashgan 1 ga yer maydonida xalqaro kurash musobaqalarini oʻtkazishga moʻljallangan Kurash milliy sport markazini barpo etish. | 1. Qurilish ishlari uchun zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlash. 2. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. 3. Belgilangan tartibda qurilish ishlarini amalga oshirib borish. 4. Kurash milliy sport markazini zarur sport jihozlari, texnika va inventarlar bilan jihozlash. 5. Qurilish ishlarini yakunlash, obyektni topshirish va qabul qilishni amalga oshirish. | Kurashga ajratiladigan mablagʻlar doirasida, Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari, homiylar mablagʻlari | 2026-2027-yillar davomida | Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Sport vazirligi |
4. | Kurash boʻyicha oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqilishini hamda chop etilishini tashkil qilish. | 1. Kurashni oʻqitishga bagʻishlangan “Kurash texnikasi va taktikasini oʻrgatish metodikasi”, “Yangi oʻrganuvchilar uchun kurash”, “Kurash hamma uchun”, “Kurash usullarini oʻqitish metodikasi” nomli oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqilishini tashkil qilish. 2. Oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni chop etish choralarini koʻrish. | Kurashga ajratiladigan mablagʻlar doirasida, Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari | 2025-yil dekabr | Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Xalqaro kurash instituti, Sport vazirligi |
3. Oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni xorijiy tillarga tarjima qilish hamda xorijiy kurash federatsiyalari orqali targʻib qilib borilishini taʼminlash. | 2026-yil mart | ||||
5. | Kurash sport turi boʻyicha jahon chempionatlarida (kattalar, yoshlar) gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar, shuningdek, ularni tayyorlagan trenerlarni Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar, shuningdek, ularni tayyorlagan trenerlar uchun belgilangan ragʻbatlantirish summalarining yarmi miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantirib borish tizimini joriy etish. | 1. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. 2. Loyihani oʻrnatilgan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish va Hukumatga kiritish. | - | 2025-yil oktabr | Sport vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi |
6. | Kurash sport turi boʻyicha trenerlar va boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirib borishni yoʻlga qoʻyish. | 1. Oʻzbekiston kurash federatsiyasi tomonidan chet ellik trenerlar va boshqa mutaxassislar malakasini oshirish boʻyicha reja-grafik tasdiqlash. | Kurashga ajratiladigan mablagʻlar doirasida, Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari | 2025-yil iyun | Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Xalqaro kurash instituti |
2. Har yili 50 nafar chet ellik trenerlar va boshqa mutaxassislar malakasini oshirish boʻyicha bepul 2 haftalik oʻquv kurslarini tashkil etib borish. | reja-grafik asosida | ||||
7. | Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchi va xodimlari oʻrtasida kurash boʻyicha respublika chempionatini tashkil etish hamda oʻtkazib borish. | 1. Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar sport musobaqalari yillik kalendar rejasiga kurash boʻyicha musobaqalarni kiritish. 2. Yillik kalendar rejaga muvofiq kurash boʻyicha musobaqalarni oʻtkazib borish. | Tashkilotchilar mablagʻlari, homiylar mablagʻlari | 2025-yildan boshlab doimiy | Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Mudofaa vazirligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar |
8. | Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilishni yoʻlga qoʻyish. | 1. Kurashni xorijiy davlatlarda ommalashtirish, mahalliy trener va boshqa mutaxassislarning xalqaro miqyosda faoliyat olib borish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida kurash boʻyicha mahalliy trener va boshqa mutaxassislarga xorijiy tillarni oʻrgatishni yoʻlga qoʻyish. 2. Xorijiy davlatlar kurash federatsiyalarining soʻroviga binoan kurash boʻyicha mahalliy mutaxassislarni xorijiy davlatlarga yuborish tizimini joriy etish. | - | 2025-yildan boshlab doimiy | Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Xalqaro kurash instituti, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
9. | Kurash xalqaro assotsiatsiyasiga aʼzo milliy federatsiyalar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun jahon professionallar seriyasi (World Series Pro) xalqaro musobaqasi muntazam oʻtkazib borilishini taʼminlash. | Kurash xalqaro assotsiatsiyasiga aʼzo milliy federatsiyalar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun jahon professionallar seriyasi (World Series Pro) xalqaro musobaqasini muntazam oʻtkazib borish. | Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasi mablagʻlari, homiylar mablagʻlari | 2025-yildan boshlab har yili | Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Sport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
10. | Har yili standartlarga javob beradigan 2 000 dona yaktak sport kiyimlari hamda 50 komplekt kurash gilamlari tarqatilishini taʼminlash. | 1. Har yili standartlarga javob beradigan 2 000 dona yaktak sport kiyimlari hamda 50 komplekt kurash gilamlari xarid qilish. 2. Kurash sport turi boʻyicha yaktak sport kiyimlari hamda komplekt kurash gilamlarini tegishli jismoniy tarbiya va sport tashkilotlariga tarqatish choralarini koʻrish. | Kurashga ajratiladigan mablagʻlar doirasida | Doimiy | Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Transport vazirligi, “Uzbekistan Airways” AJ, Sport vazirligi |
11. | “Yil kurashchisi”, “Yil treneri” va “Yil hakami” nominatsiyalari boʻyicha respublika tanlovlarini tashkil etish va oʻtkazib borish. | 1. “Yil kurashchisi”, “Yil treneri” va “Yil hakami” nominatsiyalari boʻyicha respublika tanlovlari nizomlarini tasdiqlash. | Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari | 2025-yil oktabr | Sport vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi |
2. Har yil yakunida tegishli nominatsiyalar boʻyicha tanlovlarni oʻtkazib borish. | 2025-yildan boshlab doimiy | ||||
12. | Tadbirkorlar, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb etish orqali yaktak hamda kurash gilamlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish. | 1. Tegishli tadbirkorlik birlashmalari bilan birgalikda yaktak hamda kurash gilamlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini oʻrganish. 2. Yaktak hamda kurash gilamlari ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish uchun moliyalashtirish manbalarini yaratish choralarini koʻrish. 3. Tadbirkorlar, shu jumladan xorijiy investorlarni yaktak hamda kurash gilamlari ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishga jalb etish. | Tijorat banklari kreditlari, ijrochilar mablagʻlari | 2025 — 2028-yillar davomida | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi |
13. | Elektron ommaviy axborot vositalarida kurash boʻyicha maʼlumotlar bazasini kengaytirish. | Kurash boʻyicha nufuzli sport musobaqalari, jumladan Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, Osiyo va jahon chempionatlari gʻolib va sovrindorlari, milliy terma jamoalar aʼzolari, shuningdek, nufuzli sport musobaqalari, trenerlar va hakamlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning Oʻzbekiston kurash federatsiyasi rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlash. | - | 2025-yil dekabr | Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Sport vazirligi |
14. | Oʻzbek, ingliz va rus tillaridagi “KURASH” nomli ilmiy-ommabop elektron jurnalini chop etish va uni elektron ommaviy axborot vositalarida keng targʻib qilish. | 1. “KURASH” nomli ilmiy-ommabop elektron jurnalini taʼsis etish. 2. Jurnalning oʻzbek, ingliz va rus tillarida muntazam nashr qilib borilishini taʼminlash. 3. Jurnalni kurash boʻyicha axborot va maʼlumotlar bilan boyitib borish choralarini koʻrish. | Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari | 2026-yildan boshlab doimiy | Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Xalqaro kurash instituti |
15. | Kurash sport turini xorijiy davlatlarda ommalashtirish maqsadida kurash boʻyicha maxsus video qoʻllanmalarni ishlab chiqish. | 1. Milliy va jahon sport yulduzlari ishtirokida oʻzbek, rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarda kurash usullarini oʻrgatishga moʻljallangan maxsus videoroliklar tayyorlash. 2. Videoroliklarning Oʻzbekiston kurash federatsiyasi va Xalqaro kurash instituti rasmiy veb-saytlariga joylashtirilishini taʼminlash. | Kurashga ajratiladigan mablagʻlar doirasida, Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari, homiylar mablagʻlari | 2026-yil yanvar | Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Xalqaro kurash instituti, Sport vazirligi |
16. | Kurashni ommaviy axborot vositalari orqali targʻib qilish va ommalashtirishni tizimli yoʻlga qoʻyish. | 1. Kurash sportini keng targʻib qilish boʻyicha media reja-grafigini tasdiqlash. | Kurashga ajratiladigan mablagʻlar doirasida, homiylar mablagʻlari | 2025-yil iyun | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Sport vazirligi |
2. Reja-grafik doirasida: “Kurashchilar uchun badantarbiya”, “Bolalar uchun kurash”, “Kattalar uchun kurash”, “Kurash malikasi”, “Kurash milliy gʻururimiz”, “Kurash millat faxri” va boshqa nomlardagi maxsus roliklar tayyorlash hamda namoyish etib borish; “Bizning kurash” nomli maxsus telekoʻrsatuvlar tayyorlash, radio eshittirishlar tashkil etish; yoshlar oʻrtasida kurashni keng targʻib etish, ularda vatanparvarlik hissini uygʻotish, sogʻlom turmush tarziga amal qilishga undashga qaratilgan koʻrsatuvlarni namoyish etib borish. 3. Kurashni jahon boʻylab targʻib qilish boʻyicha videoroliklar tayyorlash va nufuzli xorijiy ommaviy axborot vositalarida namoyish etilishini tashkil qilish choralarini koʻrish. 4. Mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda boʻlib oʻtadigan kurash musobaqalari, “toʻy kurashlari”, “kurash sayillari”, “kurash festivallari” va boshqa tadbirlar haqida rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarda materiallar tayyorlash, ularni ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻib qilish. | reja-grafik asosida | ||||
17. | Kurash boʻyicha xalqaro sport tadbirlari gʻoliblari ishtirokida kurash mahorat darslarini muntazam tashkil etish hamda ularni ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish. | 1. Kurash boʻyicha xalqaro sport tadbirlari gʻolib va sovrindorlari ishtirokida respublikamizning diqqatga sazovor tarixiy maskanlari va sayyohlar gavjum boʻlgan boshqa joylarda kurash mahorat darslarini tashkil etib borish. 2. Kurash mahorat darslarini ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish. | - | Doimiy | Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Sport vazirligi |
2-ILOVA
T/r | Kurash markazining manzili | Muddati |
Jami respublika boʻyicha: (14 ta obyekt) | 2023 — 2027-yillar | |
1. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri, Taxiatosh guzari | 2025-yil |
2. | Andijon viloyati, Andijon shahri, Yusuf Otabekov koʻchasi | 2026-yil |
3. | Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Namozgoh koʻchasi | 2026-yil |
4. | Jizzax viloyati, Jizzax shahri, “Obod” MFY | 2025-yil |
5. | Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi | 2025-yil |
6. | Navoiy viloyati, Karmana tumani, “Yoshlik” MFY | 2027-yil |
7. | Namangan viloyati, Namangan shahri, “Yuksalish” MFY | 2026-yil |
8. | Samarqand viloyati, Samarqand shahri, “Qorasuv” massivi | 2026-yil |
9. | Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, “Bogʻi shamol” MFY | 2027-yil |
10. | Sirdaryo viloyati, Guliston tumani, “Zarbdor” suv isteʼmolchilari uyushmasi | 2027-yil |
11. | Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, “Birlik” MFY | 2027-yil |
12. | Fargʻona viloyati, Fargʻona shahri, Margʻilon koʻchasi, 1-uy | 2026-yil |
13. | Xorazm viloyati, Yangibozor tumani, “Doʻstlik” MFY (rekonstruksiya qilish hisobiga) | 2023-yil |
14. | Toshkent shahri, Yashnobod tumani, “Olmos” MFY | 2027-yil |