1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.01.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanishning umumiy masalalari]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.03.00 Hayvonlarning davlat hisobi. Hayvonot dunyosining davlat kadastri va monitoringi]
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunining 43-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarning roʻyxati, shuningdek, mazkur roʻyxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yuridik shaxslar tomonidan saqlash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar roʻyxatiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yuridik shaxslar tomonidan saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.16.00 Hayvonlarni boshqa joyga koʻchirish, urchitish (gibridlash), yarim tutqun va tutqun sharoitlarda saqlab turish va koʻpaytirish]
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
a) 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
Jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar roʻyxatiga (keyingi oʻrinlarda — roʻyxat) kiritilgan yovvoyi hayvonlarni jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitda yoki tutqunlikda saqlash;
yovvoyi hayvonlarni davlat va mobil sirklarida (shapitolar) saqlash hamda ulardan sirk tomoshalarini oʻtkazish maqsadlarida foydalanish taqiqlanadi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.05.00 Noyob, yoʻq boʻlib ketish xavfi ostida boʻlgan oʻsimliklar va hayvonlar. Qizil kitob]
b) roʻyxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining ruxsatnomalari asosida belgilangan tartibda faqat yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan hayvonot bogʻlari va (yoki) pitomniklarda (terrarium, okeanarium, serpentariy va boshqalar) saqlanishi mumkin.
Bunda roʻyxatdagi Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hamda zaharli hayvonlar qonunchilikka muvofiq maxsus pitomniklarda saqlanadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.15.00 Hayvonot obyektlarini va ular yashash muhitini muhofaza qilish]
4. Belgilansinki, jismoniy shaxslar, shuningdek, davlat va mobil sirklar (shapitolar) ixtiyoridagi roʻyxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlar:
shartnoma asosida yovvoyi hayvonlar saqlash uchun hayvonot bogʻlari va (yoki) pitomniklarga pulli yoki bepul topshirilishi;
Oʻzbekiston faunasiga mansub boʻlganda, ular uchun mos boʻlgan tabiiy yashash muhitiga, Oʻzbekiston faunasiga mansub boʻlmaganda esa, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga qonunchilikda belgilangan tartibda chiqarib yuborilishi mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda roʻyxatga kiritilgan jismoniy shaxslar ixtiyoridagi, shuningdek, davlat va mobil sirklarda (shapitolar) saqlanayotgan yovvoyi hayvonlarni 2026-yil 1-yanvarga qadar hayvonot bogʻlari va (yoki) pitomniklarga topshirilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Tashqi ishlar vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda yovvoyi hayvonlarni hayvonot bogʻlaridagi reabilitatsiya markazlarida saqlash uchun xalqaro va donor tashkilotlarning begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish choralarini koʻrsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda roʻyxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni noqonuniy saqlash holatlarining oldini olish boʻyicha nazorat tadbirlarini kuchaytirsin hamda aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar koʻrilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
yovvoyi hayvonlarni yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlash boʻyicha minimal talablarni tasdiqlasin;
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 5-noyabr,
736-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-noyabrdagi 736-son qaroriga 1-ILOVA
Jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarning
ROʻYXATI
Hayvonlarning sistematik taksonlari va turlarining nomi
T/r
Oʻzbek tilidagi nomi
Rus tilidagi nomi
Lotin tilidagi nomi
I. Zaharli hayvonlar
1.
Yirik skolopendra
Gigantskaya skolopendra
Scolopendra gigantea
2.
Qizil olov chumoli
Krasniy ognenniy muravey
Solenopsis invicta
3.
Buldog-chumoli
Chyorniy muravey-buldog
Myrmecia pilosula
4.
Qizil chumoli
Krasniy amerikanskiy muravey-jnets ili Borodatiy muravey-jnets
Pogonomyrmex barbatus
5.
Oʻq chumoli
Muravey pulya
Paraponera clavata
6.
Osiyo yirik qovoq arisi
Aziatskiy gigantskiy shershen
Vespa mandarinia
7.
Chayonlarning zaharli turlari
Yadovitie vidi skorpionov
Scorpiones
8.
Qoraqurt
Karakurt
Latrodectus tredecimguttatus
9.
Qirollik babuin oʻrgimchagi
Korolevskiy pauk-babuin
Pelinobius muticus
10.
Amerika sayr qiluvchi oʻrgimchagi
Amerikanskiy stranstvuyushiy pauk
Cupiennius salei
11.
Braziliya sayr qiluvchi oʻrgimchagi
Brazilskiy stranstvuyushiy pauk
Phoneutria fera
12.
Sidney oʻrgimchagi
Sidneyskiy Leykopautinniy ili voronkoviy pauk
Atrax robustus
13.
Olti koʻzli qum oʻrgimchagi
Shestiglaziy peschaniy pauk
Sicarius hahni
14.
Chili oʻrgimchagi
Korichneviy pauk otshelnik
Loxosceles reclusa
15.
Tosh baliq
Riba-kamen (Borodavchatka)
Synanceia verrucosa
16.
Qizil arslon baliq
Krilatka-zebra ili riba-zebra ili polosataya krilatka
Pterois volitans
17.
Qoziqdum skatlar
Xvostokolovie ili skati-xvostokoli
Dasyatidae
18.
Qoʻngʻir fugu baligʻi
Takifugu ili fugu
Takifugu rubripes
19.
Kirpi baligʻi
Dlinnoiglaya riba-yoj
Diodon holocanthus
20.
Aspidlar oilasiga mansub barcha turdagi ilonlar (kobra, aspida, krayt va boshqalar)
Vse vidi semeystva Aspidovie (kobra, aspidi, krayt i drugiye)
Elapidae
21.
Qora ilonlar oilasiga mansub barcha turdagi ilonlar (qora ilonlar, efa, koʻlvor ilon va boshqalar)
Vse vidi semeystva Gadyukovie (gadyuka, efa, gyurza i drugiye)
Viperidae
22.
Uzun tishli suv ilonlar
Dlinnozubie uji
Rhabdophis
23.
Bumslang
Bumslang
Dispholidus typus
24.
Komodo echkemari
Komodskiy varan
Varanus komodoensis
II. Yirtqich hayvonlar
25.
Kulrang akulalar oilasiga mansub barcha turlar
Vse vidi semeystva serix akul
Carcharhinidae
26.
Bolgʻa boshli akulalar oilasiga mansub barcha turlar
Vse vidi semeystva molotogolovie akuli ili akuli-moloti ili molot-ribi
Sphymidae
27.
Kulrang buqa akula
Tuporilaya akula ili seraya bichya akula, ili akula-bik
Carcharhinus leucas
28.
Murenadoshlar oilasiga mansub barcha turlar
Vse vidi semeystva Murenovie
Muraenidae
29.
Arra tumshuq skatlar oilasiga mansub barcha turlar
Vse vidi semeystva pilorilie skati
Pristidae
30.
Katta barrakuda
Bolshaya barrakuda
Sphyraena barracuda
31.
Afrika yoʻlbars baligʻi
Afrikanskaya tigrovaya riba
Nydrocynus vittatus
32.
Timsohlarning barcha turlari va kichik turlari
Vse vidi i podvidi krokodilov
Crocodilia
33.
Kayman toshbaqasi
Kaymanovaya cherepaxa
Chelydra serpentina
34.
Tasqara (grif) toshbaqa
Grifovaya cherepaxa
Macrochelys temminckii
35.
Lochinsimonlar turkumiga mansub barcha turlar va kenja turlar
Vse vidi i podvidi Sokoloobraznix
Falconiformes
36.
Yapaloqqushsimonlar turkumiga mansub barcha turlar va kenja turlar
Vse vidi i podvidi Sovoobraznix
Strigiformes
37.
Yoʻlbars va uning barcha kenja turlari
Vse podvidi tigra
Panthera tigris
38.
Sher va uning barcha kenja turlari
Vse podvidi lva
Panthera leo
39.
Yovvoyi mushuklar (Osiyo mushugi, Oltin mushuk, marmar mushuk, otselot yaguarundi, toʻqay mushugi, silovsin, qoraquloq, serval, manul)
Fillar oilasiga mansub barcha turlar va kenja turlar
Vse vidi i podvidi slonovix
Elephantidae
58.
Nosoroglar oilasining barcha turlari va kenja turlari
Vse vidi i podvidi nosorogovix
Rhinocerotidae
59.
Otlarning barcha turlari va kenja turlari (xonaki otlar va eshaklar bundan mustasno)
Vse vidi i podvidi loshadinix (za isklyucheniyem domashnix loshadey i oslov)
Equidae
60.
Oddiy begemot
Obiknovenniy begemot
Nippopotamus amphibius
61.
Bizon, zubr, Afrika buyvoli
Bizon, zubr, Afrikanskiy buyvol
Bison bison, Bison bonasus, Syncerus caffer
62.
Gorillalarning turlari va kenja turlari
Vse vidi i podvidi gorill
Gorilla
63.
Orangutanlarning barcha turlari va kenja turlari
Vse vidi i podvidi orangutanov
Pongo
64.
Pavianlarning barcha turlari
Vse vidi pavianov
Papio
65.
Shimpanzening barcha turlari
Vse vidi shimpanze
Pan
66.
Gibbonlar oilasining barcha turlari
Vse vidi semeystvo gibbonovie
Nylobatidae
67.
Kengurular oilasiga kiruvchi barcha turlar
Vse vidi kengurovix
Macropodidae
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-noyabrdagi 736-son qaroriga 2-ILOVA
Jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar roʻyxatiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yuridik shaxslar tomonidan saqlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.01.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanishning umumiy masalalari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.16.00 Hayvonlarni boshqa joyga koʻchirish, urchitish (gibridlash), yarim tutqun va tutqun sharoitlarda saqlab turish va koʻpaytirish]
1. Mazkur Nizom jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar roʻyxatiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yuridik shaxslar tomonidan saqlash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
yovvoyi hayvonlar — quruqlikda, suvda, atmosferada va tuproqda tabiiy erkin holatida yashovchi yovvoyi hayvonlar (sut emizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar, amfibiyalar, baliqlar, mollyuskalar, hasharotlar);
zaharli hayvonlar — organizmida doimiy yoki vaqti-vaqti bilan boshqa organizmlar uchun zaharli boʻlgan moddalarni ishlab chiqaradigan va saqlaydigan hayvonlar;
okeanarium — suv hayvonlari saqlanadigan yirik akvarium yoki suv havzasi;
pitomnik — yovvoyi hayvonlarni maʼlum maqsadlar uchun saqlashga moʻljallangan va doimiy inson nazorati ostida boʻlgan hudud (joy);
serpentariy — ilonlarni saqlash uchun moʻljallangan hamda harorati, namligi va yorugʻligi inson nazorati ostida boʻlgan maxsus joy;
terrarium — amfibiya, sudralib yuruvchilar, hasharotlar va boshqa umurtqasiz hayvonlarni saqlash uchun zarur sharoitlar yaratilgan joy.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.05.00 Noyob, yoʻq boʻlib ketish xavfi ostida boʻlgan oʻsimliklar va hayvonlar. Qizil kitob]
3. Jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar roʻyxatiga kiritilgan yovvoyi hayvonlar (keyingi oʻrinlarda — yovvoyi hayvonlar) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligi) ruxsatnomalari asosida belgilangan tartibda faqat yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan hayvonot bogʻlari va (yoki) pitomniklarda (terrarium, okeanarium, serpentariy va boshqalar) saqlanishi mumkin.
Bunda roʻyxatdagi Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hamda zaharli hayvonlar qonunchilikka muvofiq maxsus pitomniklarda saqlanadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.15.00 Hayvonot obyektlarini va ular yashash muhitini muhofaza qilish]
4. Yovvoyi hayvonlarning biologik turi va individual ehtiyojlarini hisobga olib, ular yashash uchun qulay sharoitlarda saqlanishi shart.
5. Yovvoyi hayvonlarni saqlash joylari mazkur Nizomga ilovadagi jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar roʻyxatiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yuridik shaxslar tomonidan saqlash boʻyicha minimal talablarga javob berishi lozim.
2-bob. Yovvoyi hayvonlarni saqlash boʻyicha talablar
6. Yovvoyi hayvonlarga egalik qilishning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar va ularni saqlash sharoitlari, shu jumladan, jihozlangan qafaslar, akvariumlar, terrariumlar, suzish havzalari, toʻsiqlar va boshqa maxsus joylar va (yoki) binolar (keyingi oʻrinlarda — saqlash joylari) mavjud boʻlganda saqlanishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.15.00 Hayvonot obyektlarini va ular yashash muhitini muhofaza qilish]
7. Yovvoyi hayvonlarni saqlash quyidagi talablarga javob berishi lozim:
yovvoyi hayvonlarni saqlash joylarida oʻz maydoni va hajmiga koʻra ularning hayoti uchun qulay shart-sharoitlar, shu jumladan, chiqindilardan tozalash, shamollatish hamda ortiqcha suvni chiqarib tashlaydigan drenaj tizimlari mavjud boʻlishi;
yovvoyi hayvonlar saqlash joylari veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga javob berishi;
saqlanayotgan yovvoyi hayvonlarga individual identifikatsiya belgilari (yorliq, halqa, mikrochip) oʻrnatilganligi;
yovvoyi hayvonlar saqlash joylari ularning hayotiy faoliyatini taʼminlaydigan qurilmalar (uyalar, boshpanalar) bilan jihozlanganligi va barcha jihozlar, shu jumladan, elektr jihozlari hayvonlarga shikast yetkazmasdan oʻrnatilganligi;
yovvoyi hayvonlar saqlash joylari yomgʻir, qor, shamol yoki quyosh nurlari tushishidan boshpana bilan taʼminlangan boʻlishi;
yovvoyi hayvonlar saqlash joylarining harorat rejimi, shamollatish tizimi va yoritilishi hayvonlarning turiga muvofiq taʼminlanganligi;
yovvoyi hayvonlar doimiy ravishda yetarli miqdorda toza ichimlik suvi bilan taʼminlanganligi;
yovvoyi hayvonlarga noqulaylik (stress) va jarohat yetkazmasdan ularni boqish va parvarish qilish, shuningdek, yovvoyi hayvonlar kasallikka chalinganda, ularni veterinariya sohasidagi mutaxassislar ishtirokida davolash uchun sharoitlar yaratilganligi;
yovvoyi hayvonlarning kasalliklarga qarshi emlab borilishi;
yovvoyi hayvonlar maʼlum bir turning ehtiyojlarini va har birining individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ozuqa ratsioniga muvofiq oziqlantirilishi.
8. Yovvoyi hayvonlar boshqa hayvonlarga zarar yetkazishining oldi olinishini, shuningdek, xodimlar va tashrif buyuruvchilar uchun xavfsizlik sharoitlarini taʼminlagan holda saqlanadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.03.00 Hayvonlarning davlat hisobi. Hayvonot dunyosining davlat kadastri va monitoringi]
9. Yovvoyi hayvonlar hisobi har yili 1-yanvar va 1-iyul holatiga koʻra Ekologiya vazirligining hududiy boʻlinmalari tomonidan yuritiladi va bu toʻgʻrisida dalolatnomalar rasmiylashtiriladi. Bunda dalolatnoma uch nusxada tuzilib, Ekologiya vazirligining hududiy boʻlinmasi va yuridik shaxs vakillari tomonidan imzolanadi hamda uning bir nusxasi oʻzida qoldirilib, ikkinchi hamda uchinchi nusxalari yuridik shaxs va Ekologiya vazirligiga taqdim etiladi.
10. Yovvoyi hayvonlarni saqlashda quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
yovvoyi hayvonlarni davlat hisobiga qoʻymasdan saqlash;
yovvoyi hayvonlarni belgilanmagan joylarda saqlash;
Ekologiya vazirligining hududiy boʻlinmalari vakillari ishtirokisiz hayvonot bogʻlari va pitomniklarda saqlanayotgan yovvoyi hayvonlarni oʻzboshimchalik bilan tabiatga chiqarib yuborish;
kasalliklarga qarshi emlanmagan yovvoyi hayvonlarni saqlash;
yovvoyi hayvonlarni tajovuz xatti-harakatlarga undash;
bir-biriga xavf soladigan hayvonlar turlarini bitta yoki yaqin joyga joylashtirish;
yovvoyi hayvonlarni belgilangan talablarga rioya etmagan holda saqlash oqibatida ularning oʻlimiga olib kelish holatlariga yoʻl quyish;
yovvoyi hayvonlarni jamoat joylarida olib yurish va ularni sayr qildirish, shuningdek, maxsus qafassiz boshqa joylarga tashish;
yovvoyi hayvonlardan foydalangan holda, foto surʼat va video tasvirlarga tushirish xizmatlarini koʻrsatish;
telekoʻrsatuvlarda va boshqa tadbirlarda hayvonlarni namoyish etish maqsadida olib borish yoki boshqa shaxslarga foydalanishga berish;
yovvoyi hayvonlarni jismoniy shaxslarga berish, sotish, sovgʻa qilish va (yoki) boshqacha tarzda realizatsiya qilish.
11. Yovvoyi hayvonlarni jonsizlantirishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi:
yashab ketishga qodir boʻlmagan hayvonning azob chekishini toʻxtatish zarur boʻlganda, basharti azoblanishni boshqa usulda toʻxtatish mumkin boʻlmasa;
hayvon quturgan taqdirda;
odamlar yoki hayvonlarning hayoti va sogʻligʻiga xavf solayotgan hayvonni zararsizlantirish uchun.
Bunda ushbu holatlar vujudga kelganda, yovvoyi hayvonlarni insoniylik tamoyillari asosida faqatgina veterinariya mutaxassisi tomonidan jonsizlantiriladi.
3-bob. Yovvoyi hayvonlarni saqlovchi yuridik shaxslarning huquq va majburiyatlari
12. Yovvoyi hayvonlarni saqlashda yuridik shaxslar kuyidagi huquqlarga ega:
yovvoyi hayvonlarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq egalik qilish;
yovvoyi hayvonlarni saqlash va urchitish (koʻpaytirish);
yovvoyi hayvonlarni ovlash va tabiatga qoʻyib yuborish;
yovvoyi hayvonlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga belgilangan tartibda olib kirish va uning hududidan olib chiqish;
yovvoyi hayvonlarni sotib olish, sotish, sovgʻa qilish va (yoki) boshqa tarzda realizatsiya qilish;
yovvoyi hayvonlarni namoyish qilish, ular ishtirokida koʻrgazma, ekologik va maʼrifiy ishlarni amalga oshirish.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.29.00 Majburiyatlarning boshqa turlari]
13. Yovvoyi hayvonlarni saqlashda yuridik shaxslar:
yovvoyi hayvonlarni davlat hisobiga qoʻyish uchun belgilangan tartibda Ekologiya vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmalariga murojaat qilishi;
yovvoyi hayvonlarni belgilangan talablarga muvofiq holda saqlashi;
yovvoyi hayvonlarni maʼlum bir turi va har birining ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ozuqa ratsioniga muvofiq oziqlantirishi;
yovvoyi hayvonlar ularning biologik xususiyatlariga muvofiq saqlanishi, ularga nisbatan insoniylik tamoyillari asosida munosabatda boʻlishni, ozuqasiz va suvsiz qoldirmaslikka, kasallangan holatlarda esa malakali veterinariya yordami koʻrsatilishini taʼminlashi;
yovvoyi hayvonlar saqlash joylari va ularga tutash hududni veterinariya-sanitariya va zoogigiyena talablariga muvofiq saqlashi;
yovvoyi hayvonlarni koʻzdan kechirish, diagnostik tadqiqotlar va davolash-profilaktika ishlarini amalga oshirishi hamda emlash uchun veterinariya mutaxassislariga imkoniyat yaratib berishi;
yovvoyi hayvonlarni saqlash talablariga rioya etish yuzasidan Ekologiya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarining koʻrsatmalarini bajarishi;
yovvoyi hayvonlar insonlarning hayoti va sogʻligʻiga, ularning mol-mulkiga, shuningdek, boshqa hayvonlarga zarar yetkazishining oldini olishi;
yovvoyi hayvonlar inson yoki hayvonlarga har qanday jarohatlarni yetkazganda, ularga dastlabki tibbiy yordam koʻrsatish uchun tibbiyot muassasasiga (veterinariya poliklinikasiga) olib borishi;
yovvoyi hayvonlar toʻsatdan nobud boʻlishi, bir necha hayvonning bir vaqtda kasallanishi yoki ular oʻzlarini odatdan tashqari holatda tutishi toʻgʻrisida veterinariya mutaxassislarini xabardor qilishi;
veterinariya mutaxassislari yetib kelgunga qadar sogʻlom yovvoyi hayvonlarni kasallik belgilari borligiga shubha qilinayotgan yovvoyi hayvonlardan, shuningdek, kasallik tufayli nobud boʻlgan deb shubha qilinayotgan yovvoyi hayvonlarning jasadlarini alohida saqlashi;
nobud boʻlgan hayvonlarning jasadini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli vakolatli organlar tomonidan krematsiya qilinishini taʼminlashi shart.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.04.00 Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va muhofaza qilish ustidan nazorat]
15. Mazkur Nizom talablariga rioya etish ustidan nazorat Ekologiya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, davlat veterinariya nazorati va ichki ishlar organlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.17.00 Hayvonot olamidan foydalanish va muhofaza qilish qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik. Hayvonot dunyosiga yetkazilgan zararni undirish (taksalar)]
16. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 90, 92, 921-moddalari.
Jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar roʻyxatiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yuridik shaxslar tomonidan saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar roʻyxatiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yuridik shaxslar tomonidan saqlash boʻyicha
MINIMAL TALABLAR
I. Yovvoyi hayvonlarni saqlash uchun volyerlar
Yovvoyi hayvon turlari
Guruhdagi soni
Ochiq volyer
Ichki volyer
Har bir qoʻshimcha hayvon uchun
Tavsiya etiladigan maydon va balandligi
maydon
(m2)
hajmi
(m3)
maydon
(m2)
hajmi
(m3)
ochiq volyer
(m2)
ichki volyer
(m2)
1. Sut emizuvchi hayvonlar uchun volyerlar oʻlchami
Xaltalilar:
Oʻrta kenguru, vallabi
4
200
600
15
-
15
3
Katta kenguru (kulrang, malla rang)
4
300
900
20
-
30
4
Primatlar:
Pavianlar
5
50
200
30
150
4
4
balandligi 4-5 m
Gibbonlar
3
50 — 100
500
40
240
8
8
120 m2 ochiq volyer, balandligi 6-7 m
Shimpanze, orangutanlar, babunlar
3
150
800
50
200
8
8
balandligi 4 — 6 m
Gorillalar
3
150
800
50
200
10
10
balandligi 4 — 6 m
Yirtqich sut emizuvchilar:
Itsimonlar:
Kichik tulkilar (korsak, katta quloqli)
2
30
-
8
20
4
1
Tulkilar (karagan, Turkiston tulkisi)
2
60
-
-
-
10
-
Chiyaboʻri, qizil boʻri
4
100
-
-
-
15
-
Yoldor boʻri
2
150
-
20
60
20
2
Boʻri turlari
4
200
-
15
45
20
-
Ayiqlar:
Malay ayigʻi
2
100
-
50
150
20
-
Ayiqlar (qoʻngʻir, Ximoloy)
2
150
-
-
-
20
-
Katta panda
1
300
100
400
Oq ayiq
1
150
-
15
-
-
-
Susarlar:
Rosomaxa
2
120
-
30
-
-
-
Asalxoʻr
2
60
-
30
-
4
4
Viverralar:
Yaguarundi
2
50
150
20
60
5
5
balandligi — 2,5-3 m. dan kam boʻlmagan
Mushuksimonlar:
Kichik mushuksimonlar (manul, qoplonli mushuk
2
20
60
10
30
4
4
Silovsin, serval, qoraquloq, tutunli qoplonlar
2
85
250
20
80
10
10
Puma, yaguar, qoplon, qor qoploni
2
200
1000
50
250
15
12
Yoʻlbars, sher
2
200
60
180
20
15
Gepard
2
200
-
40
120
20
-
Sirtlonlar:
Yerboʻri
2
100
-
20
60
10
6
Sirtlon
2
200
-
20
-
20
-
Xartumlilar:
Fil erkagi
1
150
200
1400
100
1 bosh hayvon uchun 500 m2 dan kam boʻlmagan
Fil urgʻochisi
2
500
200
1400
100
guruh uchun 2000 m2 dan kam boʻlmagan
Toqtuyoqlilar:
Tekislik zebrasi, kulon, Prjeval oti, Osiyo yovvoyi eshagi
4
1000
50
150
100
Togʻ zebrasi, Afrika yovvoyi eshagi
4
1000
-
100
-
100
-
Nosorog
2
500
-
100
300
150
-
Juft tuyoqlilar:
Begemot
2
500
-
200
1000
50
10
Buyvol, bizon, zubr
2
500
-
120
360
80
-
2. Qushlar uchun volyerlar oʻlchami
Tuyaqushlilar:
Kazuar
2
125 + 125
-
60+60
180+180
50
6
Lochinsimonlar:
Yirik burgutlar va tasqaralar, joʻrchi
2 — 6
450 — 500
2 000
-
-
10
balandligi 4 — 10 m
Kichik burgutlar, sorlar, boʻktargilar va boshqalar
2
20
60
-
-
8
Yirik lochinlar (krechet, oddiy lochin, itolgʻi, sahro lochini)
2
20
60
-
-
4
Urta va kichik lochinlar (jigʻiltoy, turumtoy, miqqiy)
2
10
30
-
-
2
Yapaloqqushlar:
Yirik yapaloqqushlar, ukki
2
20
50
-
-
6
Urta va kichik yapaloqqushlar
2
10
25
-
-
3
II. Yovvoyi hayvonlarni saqlash uchun suv havzalari
Su g emizuvchilar uchun suv havzalari oʻlchami
Hayvon turlari
Guruhdagi soni
Maydon
(m2)
Chuqurligi
(m)
Hajmi
(m3)
Har bir qoʻshimcha hayvon uchun
Amur yoʻlbarsi
1
10
1
10
10
Ayiqlar
2
10
1
10
2
Oq ayiq
1
80
2
160
20
Osiyo nosorogi
2
10
1
10
5
Mitti begemot
2
20
0,8
16
-
Begemot
2
30
1,5
45
8
III. Sudralib yuruvchi hayvonlar uchun volyerlar
Hayvon turlari
Guruhdagi soni
Quruqlik maydon
(m2)
Suv havzasi maydon
(m2)
Hajmi
(m3)
Balandligi
(m)
Har bir qoʻshimcha hayvon uchun
quruqlik maydon
(m2)
suv havzasi, maydon
(m2)
Yirik toshbaqalar
2
30
-
-
-
5
Suv toshbaqalari (kayman, grif va boshqalar)
2
1-2
16
32
-
-
8
Timsoh, gavial
2
10
20
20
2
5
5
Missisipi alligatori, qora kayman, yirik timsoh turlari
2
10
20
20
2
5
5
Kaymanlar, Xitoy alligatori
2
8
8
8
1,5
2
2
Timsoh va kaymanlarning kichik turlari
2
6
6
6
1,5
2
2
Yirik echkemarlar (komodo)
2
24
2
1
2
10
0,5
Echkemarlarning boshqa turlari
2
6
1
0,2
2
2
0,2
Boʻz echkemar
2
3
-
-
1
1
-
Yirik pitonlar (toʻrli, qora yoʻlbars, toʻrsimon va boshqalar)
2
umumiy uzunligidan 2/3 x 1/2
-
-
umumiy uzunligidan 1/2, 2,2 m gacha
yer sathidan 1/7
-
Anakonda
2
umumiy uzunligidan 2/3 x 1/2
umumiy uzunligidan 1/4 x 1/4, eng kami 1 m2
suv havzasining maydoni umumiy uzunligidan 0,1
umumiy uzunligidan 1/2, 2,2 m gacha
yer sathidan 1/7
0,2
Boshqa boʻgʻma ilonlar (Kuba, gilamsimon piton va boshqalar)
2
umumiy uzunligidan 2/3 x 1/3
-
-
umumiy uzunligidan 1/2, 2,2 m
yer yuzasidan 1/7
-
Zaharli ilonlar
Aspidlar oilasiga mansub barcha turdagi ilonlar (kobra, aspid, krayt va boshqalar)
1
umumiy uzunligidan 2/3 x 1/2
umumiy uzunligidan 1/4 x 1/4
-
umumiy uzunligidan 1/2
yer sathidan 1/7
-
Qora ilonlar oilasiga mansub barcha turdagi ilonlar (qora ilon, efa, qulvor ilon, bush ilon) (1,2 mdan uzun)
2
umumiy uzunligidan 2/3 x 1/2
-
-
umumiy uzunligidan 1/2
yer sathidan 1/7
Orqa joʻyakli ilonlar (uzun tishli suvilonlar, bumslang va boshqalar)
2
umumiy uzunligidan 2/3 x 1/2
umumiy uzunligidan 1/4 x 1/4
suv havzasining maydoni umumiy uzunligidan 0,1
umumiy uzunligidan 1/2
yer sathidan 1/7
IV. Suvda yashovchi hayvonlarni (baliqlar) saqlash talablari
Hayvon turlari
Baliq oʻlchami
(sm)
Guruhdagi soni
Bir juft uchun hajm
(litr)
Katta barrakuda
80 — 120
1
400
Mushuksimon va boshqa yirik boʻlmagan akula turlari
50
2
800 dan ortiq
Akulalar (kulrang, bolgʻaboshli, kulrang buqa akula, va boshqalar)
100
2
3000 dan
Murena
60 — 100
1
200 — 800
Krilatka-zebra
30 — 35
2-3
450 dan
Fugu
15
5
300
Elektr ugori
3 dan ortiq
1
450 — 500
Elektr laqqa baligʻi
1 — 3
1
250 dan
Elektr skat
50 — 150
1
1000
Qoziqdum skat, arra tumshuq skat
70
1
1000
Kirpi baligʻi (Riba-yoj)
15 — 40
2
820
Riba-kamen (Borodavchatka ujasnaya)
25
1
120
Afrika yoʻlbars baligʻi
180
1
2000 — 3000
Oddiy piranya
15 — 30
5 — 8
400 — 500
V. Umurtqasizlarni saqlash talablari
Hayvon turlari
Guruhdagi soni
Uzunligi
(sm)
Eni
(sm)
Balandligi
(sm)
Chayonlarning zaharli turlari (rang-barang, Kavkaz)
20 — 50
40
30
30
Tropik chayon
10
40
30
30
Yirik skolopendra
1
30
20
30
Mayda oʻrgimchak (qoraqurt va boshqalar)
1
15
15
15
Yirik va mayda oʻrgimchaklar (tarantul va boshqalar)
1
30
30
30
Osiyo yirik qovoq arisi
500 gacha
50
50
30
Chumolilar fermasi (yirik chumoli turlari)
500 tagacha
25
20
6
Chumolilar fermasi (mayda chumoli turlari)
1000 tagacha
16
15
6
Ona chumoli (probirka)
30 tagacha
15
1,6
1,6
Yirik hashoratlar
10 — 100
100
60
60
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2024-y., 09/24/736/0893-son)