|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.1998
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
JISMONIY ShAXSLARNING MOL-MULKIGA SOLINADIGAN SOLIQ STAVKALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-fevraldagi 55-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini oʻz kuchini toʻliq va qisman yoʻqotgan deb hisoblash hamda ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida” 1993-yil 28-dekabrdagi qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Jismoniy shaxslarning mol-mulki boʻlgan uy-joylar, kvartiralar, bogʻdorchilik va uzumchilik shirkatlari aʼzolarining bogʻ uychalari, grajdanlar va boshqa imoratlarga solinadigan soliq stavkalari ularni roʻyxatga olish qiymatining 0,25 foizi miqdorida, roʻyxatga olish qiymati boʻlmagan hollarda esa koʻrsatilgan obyektlarning majburiy davlat sugʻurtasi boʻyicha summasining 2,5 foizi miqdorida tasdiqlansin.
2. Motorli qayiqlar, vertolyotlar, samolyotlar va boshqa transport vositalariga (avtomobillar, mototsikllar va boshqa pnevmatik oʻziyurar mashinalar hamda mexanizmlar bundan istisno) solinadigan soliq stavkalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Jismoniy shaxslar mol-mulkini qayta baholash toʻgʻrisidagi Nizom loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlovchilarni hisobga olishning toʻliqligini va soliqlarning oʻz vaqtida tushishini taʼminlasinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 9-dekabr,
591-son
Transport vositalariga solinadigan soliq
stavkalari
|
|
Soliq miqdori (eng kam ish haqidan), foiz hisobida |
| Vertolyotlar, samolyotlar, teploxodlar: | |
| xar bir ot kuchiga yoki | 0,25 |
| quvvatining har bir kilovatiga | 0,25 |
| Yaxtalar, katerlar: | |
| xar bir ot kuchiga yoki | 0,25 |
| quvvatining har bir kilovatiga | 0,25 |
| Motorli qayiqlar va boshqa transport vositalari: | |
| xar bir ot kuchiga yoki | 0,25 |
| quvvatining har bir kilovatiga | 0,25 |