1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholashni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 13-martdagi PF-49-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyati natijadorligini hamda maqsadli koʻrsatkichlarga erishishni baholashning samarali tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.05.00 Mehnat normalari va ishbay baholash]
1. Quyidagilar:
Faoliyati eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholanadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
2. Belgilansinki, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oʻrinbosarlarining (keyingi oʻrinlarda — baholanuvchi rahbarlar) faoliyati eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (keyingi oʻrinlarda — samaradorlik koʻrsatkichlari) asosida “samaradorlik.uz” elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — platforma) orqali baholanadi.
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari platformadan “hrm.argos.uz” elektron platformasiga ulanish va xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma doirasida foydalanadi.
3. Baholanuvchi rahbarlar oʻz faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni platformaga oʻz vaqtida va sifatli kiritib borsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.05.00 Mehnat normalari va ishbay baholash]
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq samaradorlik koʻrsatkichlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tasdiqlash uchun masʼullar:
Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan samaradorlik koʻrsatkichlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tasdiqlash uchun masʼul tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan platformaga kiritiladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
ushbu tashkilotlar oʻzining kamida boshqarma boshligʻi darajasidagi masʼul xodimlarini “hrm.argos.uz” elektron platformasiga kiritib, platforma orqali samaradorlik koʻrsatkichlariga masʼul etib biriktiriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 435-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/435/0615-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi elektron hisoboti yuritilmaydigan samaradorlik koʻrsatkichlarini 2025-yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich raqamlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish yuzasidan maʼlumotlarni har chorakda Agentlik va Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.01.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasining umumiy qoidalari]
6. Belgilansinki, Agentlik platformaning egasi, Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator “UZINFOCOM” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Operator) operatori hisoblanadi.
Operator platformani joriy etish, unga texnik xizmat koʻrsatish, platformani yanada takomillashtirish, shuningdek, uning uzluksiz va xavfsiz ishlashi uchun masʼul etib belgilansin. Operator:
ikki oy muddatda ushbu qaror talablaridan kelib chiqib, platformani takomillashtirsin va tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilsin;
platformaning faoliyatida nuqson va nosozliklar aniqlanganda, Agentlik talabnomasiga asosan ularning uch kun ichida bartaraf etilishini taʼminlasin;
Agentlikning takliflariga asosan hamda ularda belgilangan muddatlarda platformani takomillashtirish choralarini koʻrib borsin.
7. Agentlik:
ikki oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
yil yakuni boʻyicha baholash natijalarini tahlil qilgan holda, baholanuvchi rahbarlar faoliyatini samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholash tartibini takomillashtirish, inson omili aralashuvini keskin qisqartirish va jarayonni yanada raqamlashtirish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi
12.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
13.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
14.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
15.
Sport vazirligi
16.
Madaniyat vazirligi
17.
Tashqi ishlar vazirligi
18.
Adliya vazirligi
II. Qoʻmitalar
19.
Soliq qoʻmitasi
20.
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi
21.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi
22.
Din ishlari boʻyicha qoʻmita
23.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi
24.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi
25.
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi
26.
Turizm qoʻmitasi
27.
Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi
28.
Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita
III. Agentliklar
29.
Yoshlar ishlari agentligi
30.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
31.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi
32.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi
33.
Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi
34.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
35.
Milliy antidoping agentligi
36.
Madaniy meros agentligi
37.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi
38.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi
39.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi
40.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi
41.
Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi
42.
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi
43.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi
44.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi
45.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi
46.
Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
47.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi
48.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi
49.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi
50.
Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi
51.
Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi
52.
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi
53.
Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi
IV. Inspeksiyalar
54.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi
55.
Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
56.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi
57.
Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi
58.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
59.
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi
60.
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi
61.
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi
V. Markazlar va boshqa tashkilotlar
62.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi
63.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi
64.
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi elchixonalari (elchilar, savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilar)
VI. Davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan kompaniyalar va jamiyatlar
65.
“Oʻzavtosanoat” AJ
66.
“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ
67.
“Oʻzagrolizing” AJ
68.
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ
69.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ
70.
“Uzbekistan Airways” AJ
71.
“Uzbekistan Airports” AJ
72.
“Toshshahartransxizmat” AJ
73.
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ
74.
“Oʻzbekneftgaz” AJ
75.
“Oʻztransgaz” AJ
76.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
77.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ
78.
“Hududgaztaʼminot” AJ
79.
“Oʻzbekgidroenergo” AJ
80.
“Navoiy KMK” AJ
81.
“Olmaliq KMK” AJ
82.
“Oʻzmetkombinat” AJ
83.
“Oʻzkimyosanoat” AJ
84.
“Navoiyazot” AJ
85.
“Oʻzsanoateksport” AJ
86.
“Oʻzbekekspertiza” AJ
87.
“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ
88.
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB
89.
“Agrobank” ATB
90.
“Oʻzmilliybank” AJ
91.
“Mikrokreditbank” ATB
92.
AT “Xalq banki”
93.
“Asakabank” AJ
94.
“Turonbank” ATB
95.
AT “Aloqabank”
96.
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB
97.
“Oʻzbektelekom” AK
98.
“Dori-Darmon” AK
99.
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
100.
“Oʻzmeliomashlizing” DUK
101.
“Navoiyuran” DK
VII. Uyushmalar
102.
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi
103.
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi
104.
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi
105.
“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi
106.
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi
107.
“Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi
108.
“Hunarmand” uyushmasi
109.
“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi
110.
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi
111.
“Parrandasanoat” uyushmasi
112.
“Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi
113.
Oʻzbekiston fermerlarikengashi
114.
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi
Izoh. Ushbu roʻyxatdagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalarining rahbarlari bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari boʻlganda, shuningdek, rejim va kadrlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-martdagi PF-49-son Farmoni bilan joriy etilgan faoliyat samaradorligini baholash tizimi tatbiq etilmaydi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 463-son qaroriga 2-ILOVA
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.05.00 Mehnat normalari va ishbay baholash]
1. Ushbu Nizom respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (keyingi oʻrinlarda — samaradorlik koʻrsatkichlari) asosida baholash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi Faoliyati eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholanadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari roʻyxatiga kiritilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlariga (keyingi oʻrinlarda — baholanuvchi rahbar) nisbatan tatbiq etiladi.
3. Samaradorlik koʻrsatkichlari har yil uchun choraklar kesimida ishlab chiqilib, tasdiqlanadi hamda uning ijrosi har chorak va yil yakuni boʻyicha baholanadi.
Bunda xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlari kuzatuv kengashlari tomonidan maʼqullanadi hamda uning ijrosi har chorak va yil yakuni boʻyicha kuzatuv kengashlari tomonidan muhokama qilinadi.
4. Samaradorlik koʻrsatkichlarida “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish doirasida belgilangan maqsadli koʻrsatkichlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuklangan vazifalar hamda topshiriqlar, shuningdek, baholanuvchi rahbar faoliyatining asosiy vazifalari va maqsadlari aks ettiriladi.
5. Samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish boʻyicha “yoʻl xaritalari” hamda ularni hududlarda amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi.
6. Baholanuvchi rahbar faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va baholash ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga asosan “Samaradorlik.uz” elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — platforma) orqali amalga oshiriladi.
2-bob. Baholanuvchi rahbar faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqish va tasdiqlash
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.05.00 Mehnat normalari va ishbay baholash]
7. Baholanuvchi rahbar faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarining namunaviy shakli ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilanadi.
8. Har bir baholanuvchi rahbar faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlari soni qoida tariqasida, 5 tadan 10 tagacha boʻladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.02.00 Mehnat sohasidagi boshqaruv]
9. Samaradorlik koʻrsatkichlari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
aniq boʻlishi — erishish koʻzlanayotgan samaradorlik koʻrsatkichlarining aniq belgilanishi;
vaqt chegarasining mavjudligi — erishish koʻzlanayotgan natijalarga erishishning aniq muddatlari belgilanishi;
kompetentligi — samaradorlik koʻrsatkichlari baholanuvchi rahbarning vazifa va javobgarligi doirasida boʻlishi;
maqsadliligi — samaradorlik koʻrsatkichlari respublika ijro etuvchi hokimiyat organining asosiy vazifalarini amalga oshirishdan kutilayotgan natijalarga erishishga yoʻnaltirilganligi;
erishish mumkinligi — samaradorlik koʻrsatkichlarining mavjud resurs va vakolatlarga muvofiqligi;
oʻlchanadigan boʻlishi — samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish darajasini baholash uchun muayyan shartli birliklarda oʻlchash mumkin boʻlgan koʻrsatkichlardan foydalanish.
10. Samaradorlik koʻrsatkichlarining har biri uchun bitta oʻlchov birligidan foydalaniladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.05.00 Mehnat normalari va ishbay baholash]
11. Samaradorlik koʻrsatkichlarining vazni ularning muhimligi, murakkabligi va ularni bajarish uchun sarflanadigan vaqtdan kelib chiqib belgilanadi.
Har bir baholanuvchi rahbar faoliyati samaradorlik koʻrsatkichlarining chorak uchun umumiy vazni 100 ga teng boʻladi.
12. Samaradorlik koʻrsatkichlarining prognozi kelgusi yil uchun choraklar kesimida qoida tariqasida, progressiv koʻrsatkichlar uchun oʻsib boruvchi hamda regressiv koʻrsatkichlar uchun pasayib boruvchi yakun bilan belgilanadi. Bunda samaradorlik koʻrsatkichlarining prognozi ularning xususiyatlaridan kelib chiqib, barcha choraklar uchun belgilanmasligi mumkin.
Samaradorlik koʻrsatkichlarining prognozi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda topshiriqlarida belgilangan koʻrsatkichlardan past boʻlmagan darajada belgilanadi. Bunda samaradorlik koʻrsatkichlarining prognozi tasdiqlangandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda topshiriqlari qabul qilinganda, Vazirlar Mahkamasi tomonidan samaradorlik koʻrsatkichlarining prognoziga bir hafta muddatda tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.
Samaradorlik koʻrsatkichlarining prognozi quyidagi shakllarda belgilanadi:
davriy — yillik prognoz choraklardagi prognozlar jami yigʻindisiga teng;
oʻsuvchi — yillik prognoz oxirgi chorakdagi prognozga teng hamda choraklardagi prognozlar oldingi chorakdan kam boʻlishi mumkin emas;
oʻrtacha — yillik prognoz choraklardagi prognozlar oʻrtacha qiymatiga teng;
oʻzgaruvchan — yillik prognoz oxirgi chorakdagi prognozga teng.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 435-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/435/0615-son)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.01.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasining umumiy qoidalari]
13. Samaradorlik koʻrsatkichlari bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot (keyingi oʻrinlarda — maʼlumot) avtomatik tarzda yoki tasdiqlash orqali shakllantiriladi.
Baholanuvchi rahbar samaradorlik koʻrsatkichlarining maʼlumotini avtomatik tarzda shakllantirish manbaini yoki maʼlumotni tasdiqlash uchun namunaviy shakl loyihasiga masʼul davlat organi yoki Vazirlar Mahkamasining boʻlinmasini (keyingi oʻrinlarda — masʼul) kiritadi.
Bunda har bitta samaradorlik koʻrsatkichlarining maʼlumotini tasdiqlashga bitta davlat organi masʼul boʻladi hamda baholanuvchi rahbar faoliyat yuritadigan davlat organini yoki unga boʻysunuvchi tashkilotni namunaviy shakl loyihasiga kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 435-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/435/0615-son)
14. Samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish boʻyicha “yoʻl xaritasi” har bir koʻrsatkich kesimida ushbu Nizomga 3-ilovadagi shaklga muvofiq ishlab chiqiladi.
15. Samaradorlik koʻrsatkichlarini hududlarda amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi har bir koʻrsatkich kesimida ushbu Nizomga 4-ilovadagi shaklga muvofiq ishlab chiqiladi.
16. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari namunaviy shaklga muvofiq baholanuvchi rahbar faoliyatining keyingi yil uchun samaradorlik koʻrsatkichlarini, ularga erishish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni hamda uni hududlarda amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, 1-dekabrga qadar Boshqaruv samaradorligi agentligiga kiritadi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
Bunda xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlari, “yoʻl xaritalari” va chora-tadbirlar dasturi kuzatuv kengashlari tomonidan maʼqullanganidan soʻng kelishish uchun Boshqaruv samaradorligi agentligiga kiritadi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
161. Boshqaruv samaradorligi agentligi ilmiy-tadqiqot markazlari hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar xodimlarini jalb qilgan holda, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari namunaviy shaklga muvofiq baholanuvchi rahbar faoliyatining keyingi yil uchun samaradorlik koʻrsatkichlarini, ularga erishish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni hamda uni hududlarda amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini “Oʻzbekiston-2030” strategiyasi va davlat dasturiga muvofiqligi va bogʻliqligi, tashkilotlarning oʻzaro bogʻliq samaradorlik koʻrsatkichlarining uygʻunligi taʼminlangani nuqtai nazaridan 20-dekabrga qadar ekspertizadan oʻtkazadi va yakuni boʻyicha xulosa beradi.
(161-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
162. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari 25-dekabrga qadar baholanuvchi rahbar faoliyatining keyingi yil uchun samaradorlik koʻrsatkichlarini, ularga erishish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni hamda uni hududlarda amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini Boshqaruv samaradorligi agentligining xulosasi bilan birga Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
(162-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
17. Vazirlar Mahkamasi samaradorlik koʻrsatkichlarining oʻlchov birligi, vazni, prognozi va masʼul haqidagi maʼlumotlar, shuningdek, “yoʻl xaritasi” va chora-tadbirlar dasturini 15-yanvarga qadar tasdiqlaydi.
18. Tasdiqlangan samaradorlik koʻrsatkichlari Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan 25-yanvarga qadar platformaga kiritiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
19. Tasdiqlangan “yoʻl xaritasi” va chora-tadbirlar dasturi faoliyati baholanadigan rahbar tomonidan 25-yanvarga qadar platformaga kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimi platformaga kiritilgan “yoʻl xaritasi” va chora-tadbirlar dasturini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “yoʻl xaritasi” va chora-tadbirlar dasturiga muvofiqligi yuzasidan tekshiradi.
20. Platformadagi va qogʻozda tasdiqlangan samaradorlik koʻrsatkichlari oʻrtasida tafovut boʻlgan taqdirda, platformadagi samaradorlik koʻrsatkichlari qoʻllaniladi.
21. Baholanuvchi rahbar boshqa ishga oʻtgan yoki lavozimi vakant boʻlgan taqdirda, ushbu rahbarning samaradorlik koʻrsatkichlarini sifatli ishlab chiqish va ularga erishish boʻyicha masʼuliyati, javobgarligi va funksiyalari uning oʻrniga lavozimga tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxs faoliyatining samaradorligi vakant boʻlgan lavozimning samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholanmaydi.
3-bob. Baholanuvchi rahbar faoliyati samaradorlik koʻrsatkichlarining “yoʻl xaritasi” va chora-tadbirlar dasturiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv]
22. Platformada tasdiqlangan samaradorlik koʻrsatkichlari, “yoʻl xaritasi” hamda chora-tadbirlar dasturiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar Vazirlar Mahkamasi Rayosati qarori asosida kiritiladi.
Bunda muddati tugagan hisobot davridagi samaradorlik koʻrsatkichlari, “yoʻl xaritasi” hamda chora-tadbirlar dasturiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taqiqlanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 435-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/435/0615-son)
23. Tasdiqlangan samaradorlik koʻrsatkichlari, “yoʻl xaritasi” hamda chora-tadbirlar dasturiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar quyidagi tartibda kiritiladi:
a) Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimi samaradorlik koʻrsatkichlari, “yoʻl xaritasi” hamda chora-tadbirlar dasturiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan quyidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda, Boshqaruv samaradorligi agentligiga xat kiritadi:
(23-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
Vazirlar Mahkamasi Rayosati qarori (PDF shaklida ilova qilinadi);
tashkilotning nomi;
baholanuvchi rahbar F.I.O. va lavozimi;
oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladigan samaradorlik koʻrsatkichlari, “yoʻl xaritasi” hamda chora-tadbirlar dasturi haqida maʼlumot (prognozi, maʼlumoti, hisobot davri);
b) Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining xatiga asosan platformaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar besh ish kuni ichida kiritiladi.
(23-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
4-bob. Baholanuvchi rahbar faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarining maʼlumotlarini kiritish va baholash
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.05.00 Mehnat normalari va ishbay baholash]
24. Samaradorlik koʻrsatkichlarining maʼlumotlari baholanuvchi rahbar tomonidan hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasiga qadar platformaga kiritiladi, natijasi avtomatik tarzda shakllantiriladigan samaradorlik koʻrsatkichlari bundan mustasno.
25. Platformaga kiritilgan samaradorlik koʻrsatkichlarining maʼlumotlari masʼul tomonidan hisobot davridan keyingi oyning 30-sanasiga qadar tasdiqlanadi.
26. Baholanuvchi rahbar tomonidan samaradorlik koʻrsatkichlarining maʼlumotlari platformaga notoʻgʻri kiritilgan taqdirda, tegishli baholanuvchi rahbarga intizomiy jazo qoʻllash masalasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatida koʻrib chiqilgan holda, masʼul tomonidan tegishli tuzatish kiritiladi.
27. Natijasi avtomatik tarzda shakllantiriladigan samaradorlik koʻrsatkichlarining maʼlumotlari tegishli axborot tizimlariga integratsiya qilish orqali platformada hisobot davridan keyingi oyning 30-sanasiga qadar shakllantiriladi.
28. Baholanuvchi rahbar faoliyatining samaradorligini baholash natijalari reytingi platformada hisobot davridan keyingi oyning 30-sanasida shakllantiriladi.
29. Baholanuvchi rahbar faoliyatining samaradorligi har chorak va yil yakuni boʻyicha baholanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.05.00 Mehnat normalari va ishbay baholash]
30. Samaradorlik koʻrsatkichlarining chorak yakuni boʻyicha natijasi quyidagi tartibda hisoblanadi:
a) samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish darajasi quyidagi formulalar asosida hisoblab chiqiladi:
v) chorak yakuni boʻyicha faoliyat samaradorligi natijasi quyidagi formula asosida hisoblab chiqiladi:
FSN = KOB1 + KOB2 + …,
Bunda:
FSN — faoliyat samaradorligi natijasi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.05.00 Mehnat normalari va ishbay baholash]
31. Samaradorlik koʻrsatkichlarining yil yakuni boʻyicha natijasi quyidagi tartibda hisoblanadi:
a) samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish darajasi quyidagi formulalar asosida hisoblab chiqiladi:
(2) KYI = KIoxirgi chorak natijasi samaradorlik koʻrsatkichlarining maʼlumotlari oʻsuvchi hamda oʻzgaruvchan shaklda kiritilgan holatda;
(31-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 435-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/435/0615-son)
(3) KYI = (KI1+KI2+KI3+KI4)/4 samaradorlik koʻrsatkichlarining maʼlumotlari oʻrtacha shaklda kiritilgan holatda.
KI1 — samaradorlik koʻrsatkichlarining choraklik maʼlumoti, bunda faqat vazn belgilangan choraklar inobatga olinadi;
(31-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 435-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/435/0615-son)
KIoxirgi chorak natijasi — samaradorlik koʻrsatkichlari ijrosi kiritilgan oxirgi chorakdagi maʼlumoti;
v) yil yakuni boʻyicha samaradorlik koʻrsatkichlari natijasi quyidagi formula asosida hisoblab chiqiladi:
KOB = KED*YV
Bunda:
KOB — samaradorlik koʻrsatkichlari ijrosi boʻyicha olingan ball;
YV — samaradorlik koʻrsatkichining yillik vazni;
g) samaradorlik koʻrsatkichlarining yillik vazni quyidagi formula asosida hisoblab chiqiladi:
YV=(CHV1+CHV2+CHV3+CHV4)/4
d) yil yakuni boʻyicha faoliyat samaradorligi natijasi quyidagi formula asosida hisoblab chiqiladi:
FSYN = KOB1 + KOB2 + …,
Bunda:
FSYN — faoliyat samaradorligi yillik natijasi.
32. Baholanuvchi rahbar faoliyatining samaradorligi natijasi:
70 balldan kam boʻlganda — “qoniqarsiz”;
70 balldan 85 ballgacha — “qoniqarli”;
85 balldan 100 ballgacha — “yaxshi”;
100 ball va undan yuqori boʻlganda — “aʼlo” deb baholanadi.
33. Baholanuvchi rahbarni ragʻbatlantirish toʻlovlari miqdori uning faoliyati samaradorligini baholash natijalaridan kelib chiqib kelgusi chorak uchun belgilanadi.
Ragʻbatlantirish toʻlovlarining turlari va ularni hisoblash tartibi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan aksiyadorlik jamiyatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni inobatga olgan holda belgilanadi.
34. Baholanuvchi rahbar faoliyatining samaradorligi natijalari “qoniqarsiz” deb baholanganda:
chorak yakuni boʻyicha ustamalar toʻlash toʻxtatiladi va intizomiy javobgarlik qoʻllash;
yil yakuni bilan lavozimiga loyiqligi masalasi koʻrib chiqiladi.
Samaradorlik koʻrsatkichlarining bajarilmasligi Vazirlar Mahkamasi Rayosatida asoslantirilgan sabablar keltirilgan hollar bundan mustasno.
35. Baholanuvchi rahbar tomonidan “yoʻl xaritasi” hamda chora-tadbirlar dasturi ijrosi boʻyicha maʼlumotlarni, shu jumladan, hisobotlar va asoslovchi hujjatlarni belgilangan muddatlarga qadar platformaga kiritadi.
36. “Yoʻl xaritasi” hamda chora-tadbirlar dasturi ijrosi natijasi platformada baholanuvchi rahbar tomonidan kiritilgan maʼlumotlar asosida avtomatik tarzda hisoblanadi.
5-bob. Baholanuvchi rahbar faoliyatining samaradorligini baholashni auditdan oʻtkazish va monitoring qilish
37. Samaradorlik koʻrsatkichlari va ularning bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot, shuningdek, “yoʻl xaritasi” hamda chora-tadbirlar dasturi va ularning ijrosi yuzasidan maʼlumotlar oʻz vaqtida va sifatli kiritilishi hamda tasdiqlanishi tanlanma tartibda Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan monitoring qilinadi hamda xato va kamchiliklar aniqlanganda, Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot kiritiladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
38. Samaradorlik koʻrsatkichlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot, shuningdek, “yoʻl xaritasi” hamda chora-tadbirlar dasturining ijrosi yuzasidan maʼlumotlarning haqqoniyligi tanlanma tartibda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli tashkilot vakillarini jalb qilgan holda tekshiriladi.
6-bob. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va masʼul davlat organlarining javobgarligi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
39. Quyidagilar:
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbarlari — oʻzlari masʼul boʻlgan tarmoq va sohalar boʻyicha samaradorlik koʻrsatkichlariga erishilishi hamda maʼlumotlarni toʻgʻri va oʻz vaqtida platformaga kiritilishini taʼminlashga;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbarlarining oʻrinbosarlari — oʻzlarining samaradorlik koʻrsatkichlarini sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqishga hamda ularga erishishga, shuningdek, erishilganligi haqidagi maʼlumotlarni toʻgʻri va oʻz vaqtida platformaga kiritishga;
masʼul — samaradorlik koʻrsatkichlarini oʻz vaqtida tasdiqlash va maʼlumotlarning haqqoniyligini taʼminlashga shaxsan masʼul va javobgar hisoblanadi.
7-bob. Platformadan foydalanishni texnik jihatdan tashkil qilish va baholanuvchi rahbar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni boshqarish
40. Platformadan foydalanish texnik jihatdan Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator “UZINFOCOM” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Operator) tomonidan tashkil etiladi.
41. Operator:
platformaning sifatli va uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi va uni doimiy ravishda texnik qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻradi;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga platformadan foydalanish jarayonida texnik yordam koʻrsatilishini tashkil etadi;
platformaning axborot xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻradi;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan platformadan foydalanish jarayonida kelib tushgan takliflarni hisobga olgan holda, shuningdek, Boshqaruv samaradorligi agentligining takliflariga asosan platformani takomillashtiradi va modernizatsiya qiladi.
(41-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
42. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalarining platformaga ulanish boʻyicha soʻrovi Boshqaruv samaradorligi agentligiga kelib tushganidan soʻng uch kun muddatda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalarining kabineti yaratiladi hamda ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq muddatlarda sozlanadi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
43. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalarining kabinetida baholanuvchi rahbar haqidagi maʼlumotlar “hrm.argos.uz” elektron platformasi orqali integratsiya qilish orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.
“Nrm.argos.uz” elektron platformasiga ulanish va yuritish tartibi Vazirlar Mahkamasining “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 22-sentabrdagi 492-son qarori bilan tartibga solinadi.
44. “Nrm.argos.uz” elektron platformasi orqali shakllantirilgan maʼlumotlarga qoʻshimcha kiritish, ularni tahrir qilish va toʻldirish tegishli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
45. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqish va baholash
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari (keyingi oʻrinlarda — baholanuvchi rahbar)
Boshqaruv samaradorligi agentligi
Baholanuvchi rahbar
1. Eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (keyingi oʻrinlarda — samaradorlik koʻrsatkichlari), ularga erishish boʻyicha “yoʻl xaritalari” hamda hududlarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, kelishish uchun Boshqaruv samaradorligi agentligiga kiritadi.
Bunda xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlari, “yoʻl xaritalari” va chora-tadbirlar dasturi kuzatuv kengashlari tomonidan maʼqullanganidan soʻng kelishish uchun Boshqaruv samaradorligi agentligiga kiritiladi.
2. Samaradorlik koʻrsatkichlarini, ularga erishish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni hamda uni hududlarda amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini “Oʻzbekiston-2030” strategiyasi va davlat dasturiga muvofiqligi va bogʻliqligi, tashkilotlarning oʻzaro bogʻliq samaradorlik koʻrsatkichlarining uygʻunligi taʼminlangani nuqtai nazaridan ekspertizadan oʻtkazadi va yakuni boʻyicha xulosa beradi.
3. Samaradorlik koʻrsatkichlarini, ularga erishish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni hamda uni hududlarda amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini Boshqaruv samaradorligi agentligining xulosasi bilan birga Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
1-dekabrga qadar
20-dekabrga qadar
25-dekabrga qadar
2-bosqich
Vazirlar Mahkamasi
Samaradorlik koʻrsatkichlari, ularga erishish boʻyicha “yoʻl xaritalari” hamda hududlarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturini koʻrib chiqib, tasdiqlaydi.
15-yanvarga qadar
3-bosqich
Boshqaruv samaradorligi agentligi
Tasdiqlangan samaradorlik koʻrsatkichlari “Samaradorlik.uz” elektron platformasiga (keyingi oʻrinlarda — platforma) kiritadi.
25-yanvarga qadar
Baholanuvchi rahbar
Tasdiqlangan “yoʻl xaritasi” hamda chora-tadbirlar dasturini platformaga kiritadi.
4-bosqich
Baholanuvchi rahbar
Samaradorlik koʻrsatkichlari bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni platformaga kiritadi, bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik tarzda shakllantiriladigan samaradorlik koʻrsatkichlari bundan mustasno.
Hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasiga qadar
5-bosqich
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan davlat organlari yoki Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimlari
Platformaga kiritilgan samaradorlik koʻrsatkichlari bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tasdiqlaydi.
Hisobot davridan keyingi oyning 30-sanasiga qadar
Platformada baholanuvchi rahbar faoliyati samaradorligini baholash natijalari reytingini shakllantiradi.
30-sanasida
6-bosqich
Baholanuvchi rahbar
“Yoʻl xaritasi” hamda chora-tadbirlar dasturi ijrosi boʻyicha maʼlumotlarni, shu jumladan, hisobotlar va asoslovchi hujjatlarni platformaga kiritadi.
“Yoʻl xaritasi” hamda chora-tadbirlar dasturida belgilangan muddatlarda
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarining
Bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotni tasdiqlashga masʼul
I chorak
II chorak
III chorak
IV chorak
vazn
reja
vazn
reja
vazn
reja
vazn
reja
1. Tashkilotning nomi
1.1. Rahbar F.I.O.
1.
1.
2.
2.
3.
3.
1.2. Rahbarning birinchi oʻrinbosari F.I.O.
4.
1.
5.
2.
6.
3.
1.3. Rahbar oʻrinbosari F.I.O.
7.
1.
8.
2.
9.
3.
Izoh:
* progressiv — bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning rejaga nisbatan oʻsish dinamikasi ijobiy natija boʻlganda, regressiv — bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning rejaga nisbatan pasayish dinamikasi ijobiy natija boʻlganda.
** 2025-yildan boshlab oldingi yilning holati, agar platformada mavjud boʻlsa, platformadagi maʼlumotlar asosida shakllantiriladi.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ning
NAMUNAVIY SHAKLI
T/r
Amalga oshirish mexanizmi/ishlab chiqiladigan hujjat
Ijro muddati
Masʼul ijrochilar
1. Tashkilotning nomi
1.1. Rahbar F.I.O.
1. Birinchi samaradorlik koʻrsatkichining nomi
1.1.
1.2.
1.3.
2. Ikkinchi samaradorlik koʻrsatkichining nomi
2.1.
2.2.
2.3.
1.2. Rahbarning birinchi oʻrinbosari F.I.O.
1. Birinchi samaradorlik koʻrsatkichining nomi
1.1.
1.2.
1.3.
2. Ikkinchi samaradorlik koʻrsatkichining nomi
2.1.
2.2.
2.3.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini hududlarda amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturining
NAMUNAVIY SHAKLI
T/r
Hudud nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Ijro muddati
Masʼul ijrochilar
1. Tashkilotning nomi
1.1. Rahbar F.I.O.
1. Birinchi samaradorlik koʻrsatkichining nomi
1.1.
1.2.
1.3.
2. Ikkinchi samaradorlik koʻrsatkichining nomi
2.1.
2.2.
2.3.
1.2. Rahbarning birinchi oʻrinbosari F.I.O.
1. Birinchi samaradorlik koʻrsatkichining nomi
1.1.
1.2.
1.3.
2. Ikkinchi samaradorlik koʻrsatkichining nomi
2.1.
2.2.
2.3.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 463-son qaroriga 3-ILOVA
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
1. Ushbu Nizom mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbar oʻrinbosarlarining faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (keyingi oʻrinlarda — samaradorlik koʻrsatkichlari) asosida baholash tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
2. Ushbu Nizomning amal qilishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimlarining oʻrinbosarlariga nisbatan tatbiq etiladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.05.00 Mehnat normalari va ishbay baholash]
3. Samaradorlik koʻrsatkichlari har yil uchun choraklar kesimida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlari hamda hududlar kesimidagi chora-tadbirlar dasturi asosida ishlab chiqilib, tasdiqlanadi hamda uning ijrosi har chorak va yil yakuni boʻyicha baholanadi.
4. Samaradorlik koʻrsatkichlarida “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish doirasida belgilangan maqsadli koʻrsatkichlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuklangan vazifalar hamda topshiriqlar, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oʻrinbosarlari faoliyatining asosiy vazifalari va maqsadlari aks ettiriladi.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari oʻrinbosarlarining (keyingi oʻrinlarda — baholanuvchi rahbar) samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish boʻyicha “yoʻl xaritalari” hamda tuman (shahar) hokimi oʻrinbosarlarining samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish boʻyicha ish rejalari ishlab chiqiladi.
Bunda hududning jamoaviy va adaptiv sport turlari boʻyicha sport musobaqalaridagi natijalari va aholini jamoaviy va adaptiv sport turlariga jalb qilish mezonlariga alohida eʼtibor qaratiladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 817-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son)
6. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlari oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ularni baholash ushbu Nizomga 1 va 1a-ilovalardagi sxemaga asosan “Samaradorlik.uz” elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — platforma) orqali amalga oshiriladi.
2-bob. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlari oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqish va tasdiqlash
7. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbari oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarining namunaviy shakli ushbu Nizomga 2 va 2a-ilovalarga muvofiq belgilanadi.
8. Har bir mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi rahbari oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlari soni qoida tariqasida, 5 tadan 10 tagacha boʻladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.05.00 Mehnat normalari va ishbay baholash]
9. Samaradorlik koʻrsatkichlari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
aniq boʻlishi — erishish koʻzlanayotgan samaradorlik koʻrsatkichlarining aniq belgilanishi;
vaqt chegarasining mavjudligi — erishish koʻzlanayotgan natijalarga erishishning aniq muddatlari belgilanishi;
kompetentligi — samaradorlik koʻrsatkichlari baholanuvchi rahbarning vazifa va javobgarligi doirasida boʻlishi;
maqsadliligi — samaradorlik koʻrsatkichlari respublika ijro etuvchi hokimiyat organining asosiy vazifalarini amalga oshirishdan kutilayotgan natijalarga erishishga yoʻnaltirilganligi;
erishish mumkinligi — samaradorlik koʻrsatkichlarining mavjud resurs va vakolatlarga muvofiqligi;
oʻlchanadigan boʻlishi — samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish darajasini baholash uchun muayyan shartli birliklarda oʻlchash mumkin boʻlgan koʻrsatkichlardan foydalanish.
10. Samaradorlik koʻrsatkichlarining har biri uchun bitta oʻlchov birligidan foydalaniladi.
11. Samaradorlik koʻrsatkichlarining vazni ularning muhimligi, murakkabligi va ularni bajarish uchun sarflanadigan vaqtdan kelib chiqib belgilanadi.
Har bir mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi rahbari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorlik koʻrsatkichlarining chorak uchun umumiy vazni 100 ga teng boʻladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.05.00 Mehnat normalari va ishbay baholash]
12. Samaradorlik koʻrsatkichlarining prognozi kelgusi yil uchun choraklar kesimida qoida tariqasida, progressiv koʻrsatkichlar uchun oʻsib boruvchi hamda regressiv koʻrsatkichlar uchun pasayib boruvchi yakun bilan belgilanadi. Bunda samaradorlik koʻrsatkichlarining prognozi ularning xususiyatlaridan kelib chiqib, barcha choraklar uchun belgilanmasligi mumkin.
Samaradorlik koʻrsatkichlarining prognozi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda topshiriqlarida belgilangan koʻrsatkichlardan past boʻlmagan darajada belgilanadi. Bunda samaradorlik koʻrsatkichlarining prognozi tasdiqlangandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda topshiriqlari qabul qilinganda, Vazirlar Mahkamasi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan samaradorlik koʻrsatkichlarining prognoziga bir hafta muddatda tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.
Samaradorlik koʻrsatkichlarining prognozi quyidagi shakllarda belgilanadi:
davriy — yillik prognoz choraklardagi prognozlar jami yigʻindisiga teng;
oʻsuvchi — yillik prognoz oxirgi chorakdagi prognozga teng hamda choraklardagi prognozlar oldingi chorakdan kam boʻlishi mumkin emas;
oʻrtacha — yillik prognoz choraklardagi prognozlar oʻrtacha qiymatiga teng;
oʻzgaruvchan — yillik prognoz oxirgi chorakdagi prognozga teng.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 435-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/435/0615-son)
13. Samaradorlik koʻrsatkichlari bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot (keyingi oʻrinlarda — maʼlumot) avtomatik tarzda yoki tasdiqlash orqali shakllantiriladi.
Baholanuvchi rahbar samaradorlik koʻrsatkichlarining maʼlumotini avtomatik tarzda shakllantirish manbaini yoki maʼlumotni tasdiqlash uchun namunaviy shakl loyihasiga masʼul davlat organi yoki Vazirlar Mahkamasining boʻlinmasini (keyingi oʻrinlarda — masʼul) kiritadi.
Bunda har bitta samaradorlik koʻrsatkichlarining maʼlumotini tasdiqlashga bitta davlat organi masʼul boʻladi hamda baholanuvchi rahbar faoliyat yuritadigan davlat organini yoki unga boʻysunuvchi tashkilotni namunaviy shakl loyihasiga kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 435-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/435/0615-son)
14. Baholanuvchi rahbar namunaviy shaklga muvofiq oʻz faoliyatining keyingi yil uchun samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqib, 25-yanvarga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
15. Vazirlar Mahkamasi baholanuvchi rahbar faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlari, ularning oʻlchov birligi, vazni, prognozi va masʼul haqidagi maʼlumotlarni 15-fevralga qadar tasdiqlaydi.
16. Tasdiqlangan samaradorlik koʻrsatkichlari Boshqaruv samaradorligi agentligining hududiy filiallari tomonidan 25-fevralga qadar platformaga kiritiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
17. Baholanuvchi rahbar oʻz faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni har bir koʻrsatkich kesimida ushbu Nizomga 3-ilovadagi shaklga muvofiq ishlab chiqib, 25-fevralga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga kiritadi.
“Yoʻl xaritasi”dagi tadbirlar qoida tariqasida, tuman (shahar) kesimida bayon etiladi.
18. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari baholanuvchi rahbar faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni 1-martga qadar tasdiqlaydi.
19. Baholanuvchi rahbar tomonidan oʻz faoliyatining tasdiqlangan samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 5-martga qadar platformaga kiritiladi.
20. Samaradorlik koʻrsatkichlarining maʼlumotini tasdiqlashga masʼul davlat organlarining hududiy boshqarmalari baholanuvchi rahbarning tasdiqlangan samaradorlik koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqish boʻyicha takliflarni 5-fevralga qadar tegishli baholanuvchi rahbarlarga kiritadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.05.00 Mehnat normalari va ishbay baholash]
21. Baholanuvchi rahbar namunaviy shaklga muvofiq tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqib, 18-fevralga qadar Boshqaruv samaradorligi agentligining hududiy filiallari bilan kelishadi.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
Bunda Boshqaruv samaradorligi agentligining hududiy filiallari tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarining umumiy vazni har bir chorak uchun 100 ga tengligi, yillik va choraklardagi prognozlar oʻzaro muvofiqligi, maʼlumotni tasdiqlashga masʼul davlat organi sifatida oʻzi yoki oʻziga boʻysunuvchi tashkilotlar belgilanmaganligini koʻrib chiqadi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
22. Baholanuvchi rahbar Boshqaruv samaradorligi agentligining hududiy filiallari bilan kelishilgan tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarini 20-fevralga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga kiritadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
23. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlari, ularning oʻlchov birligi, vazni, prognozi va masʼul haqidagi maʼlumotlarni 25-fevralga qadar tasdiqlaydi.
24. Tuman (shahar) hokimi oʻrinbosarlari tomonidan oʻz faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlari 1-martga qadar platformaga kiritiladi.
25. Platformaga kiritilgan samaradorlik koʻrsatkichlari Boshqaruv samaradorligi agentligining hududiy filiallari tomonidan 10-martga qadar tasdiqlanadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
26. Tuman (shahar) hokimi oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish boʻyicha ish rejalari har bir koʻrsatkich kesimida ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq ishlab chiqiladi.
Ish rejalaridagi tadbirlar qoida tariqasida, mahallalar kesimida bayon etiladi.
27. Ish rejalari keyingi oy uchun platformada tuman (shahar) hokimi oʻrinbosarlari tomonidan har oyning 1-sanasiga qadar ishlab chiqiladi hamda tuman (shahar) hokimi tomonidan har oyning 5-sanasiga qadar tasdiqlanadi.
Tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlari tasdiqlangunga qadar ish rejalari qoida tariqasida, oldingi hisobot davri uchun tasdiqlangan samaradorlik koʻrsatkichlari kesimida ishlab chiqiladi.
Tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari lavozimi vakant boʻlgan yoki ushbu lavozimga yangi hokim oʻrinbosari tayinlangan oy uchun ish rejalari ishlab chiqilmaydi.
28. Tuman (shahar) hokimi oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish boʻyicha ish rejalari sifatli ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi baholanuvchi rahbar tomonidan muvofiqlashtiriladi.
29. Platformadagi va qogʻozda tasdiqlangan samaradorlik koʻrsatkichlari oʻrtasida tafovut boʻlgan taqdirda, platformadagi samaradorlik koʻrsatkichlari qoʻllaniladi.
30. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining oʻrinbosarlari boshqa ishga oʻtgan yoki lavozim vakant boʻlgan taqdirda, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oʻrinbosarlarining samaradorlik koʻrsatkichlari, “yoʻl xaritasi” va ish rejalarini sifatli ishlab chiqish hamda ularga erishish boʻyicha masʼuliyati, javobgarligi va funksiyalari ularning oʻrniga lavozimga tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxs faoliyatining samaradorligi vakant boʻlgan lavozimning samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholanmaydi.
3-bob. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlari oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlari, “yoʻl xaritasi” va ish rejalariga oʻzgartirish hamda qoʻshimchalar kiritish
31. Platformada tasdiqlangan baholanuvchi rahbar faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar Vazirlar Mahkamasi Rayosati qarori asosida kiritiladi.
Bunda muddati tugagan hisobot davridagi samaradorlik koʻrsatkichlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taqiqlanadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 435-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/435/0615-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
4.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.05.00 Mehnat normalari va ishbay baholash]
32. Baholanuvchi rahbar faoliyatining tasdiqlangan samaradorlik koʻrsatkichlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar quyidagi tartibda kiritiladi:
a) Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimi samaradorlik koʻrsatkichlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan quyidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda Boshqaruv samaradorligi agentligiga xat kiritadi:
(32-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
Vazirlar Mahkamasi Rayosati qarori (PDF shaklida ilova qilinadi);
tashkilotning nomi;
baholanuvchi rahbar F.I.O. va lavozimi;
oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladigan samaradorlik koʻrsatkichlari haqida maʼlumot (prognozi, maʼlumoti, hisobot davri);
b) Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining xatiga asosan platformaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar besh ish kuni ichida kiritiladi.
(32-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
33. Platformada tasdiqlangan “yoʻl xaritasi” hamda tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlari va ish rejalariga Vazirlar Mahkamasi Rayosati qarori yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimlarining qarorlari asosida oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.
Bunda muddati tugagan hisobot davridagi “yoʻl xaritasi” hamda tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taqiqlanadi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 435-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/435/0615-son)
34. “Yoʻl xaritasi” hamda tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari faoliyatining tasdiqlangan samaradorlik koʻrsatkichlari va ish rejalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar quyidagi tartibda kiritiladi:
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining tegishlicha Axborot-tahlil boshqarmasi hamda axborot-tahlil guruhlarining masʼul xodimi samaradorlik koʻrsatkichlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan quyidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda, Boshqaruv samaradorligi agentligining hududiy filiallariga xat kiritadi:
(34-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
Vazirlar Mahkamasi Rayosati qarori yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarorlari (PDF shaklida ilova qilinadi);
baholanuvchi rahbar F.I.O. va lavozimi;
oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladigan samaradorlik koʻrsatkichlari haqida maʼlumot (prognozi, maʼlumoti, hisobot davri);
b) Boshqaruv samaradorligi agentligining hududiy filiallari tomonidan Vazirlar Mahkamasi Rayosati qarori yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining xatiga asosan platformaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar besh ish kuni ichida kiritiladi.
(34-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
4-bob. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining oʻrinbosarlari faoliyati samaradorlik koʻrsatkichlarining maʼlumotlarini kiritish va baholash
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.05.00 Mehnat normalari va ishbay baholash]
35. Baholanuvchi rahbar faoliyati samaradorlik koʻrsatkichlarining maʼlumotlari oʻzlari tomonidan hamda tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarining maʼlumotlari masʼul davlat organlarining hududiy boshqarmalari tomonidan hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasiga qadar platformaga kiritiladi, maʼlumot avtomatik tarzda shakllantiriladigan samaradorlik koʻrsatkichlari bundan mustasno.
36. Platformaga kiritilgan samaradorlik koʻrsatkichlarining maʼlumotlari masʼul tomonidan hisobot davridan keyingi oyning 30-sanasiga qadar tasdiqlanadi.
37. Tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari faoliyati samaradorlik koʻrsatkichlarining maʼlumotlarini tasdiqlashga masʼullarning respublika darajasidagi yuqori turuvchi tashkiloti mavjud boʻlmagan taqdirda, platformaga kiritilgan samaradorlik koʻrsatkichlarining maʼlumotlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining tegishlicha Axborot-tahlil boshqarmasi hamda axborot-tahlil guruhlari tomonidan tasdiqlanadi.
38. Baholanuvchi rahbar yoki masʼul davlat organlarining hududiy boshqarmalari tomonidan samaradorlik koʻrsatkichlarining maʼlumotlari platformaga notoʻgʻri kiritilgan taqdirda, tegishli tashkilot rahbar xodimiga intizomiy jazo qoʻllash masalasi koʻrib chiqilgan holda, masʼul tomonidan tegishli tuzatish kiritiladi.
39. Natijasi avtomatik tarzda shakllantiriladigan samaradorlik koʻrsatkichlarining maʼlumotlari tegishli axborot tizimlariga integratsiya qilish orqali platformada hisobot davridan keyingi oyning 30-sanasiga qadar shakllantiriladi.
40. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbari oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorligini baholash natijalari reytingi platformada hisobot davridan keyingi oyning 30-sanasida shakllanadi.
41. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbari oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorligi har chorak va yil yakuni boʻyicha baholanadi.
42. Samaradorlik koʻrsatkichlarining chorak yakuni boʻyicha natijasi quyidagi tartibda hisoblanadi:
a) samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish darajasi quyidagi formulalar asosida hisoblab chiqiladi:
(2) KYI = KIoxirgi chorak natijasi samaradorlik koʻrsatkichlarining maʼlumotlari oʻsuvchi hamda oʻzgaruvchan shaklda kiritilgan holatda;
(43-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 435-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/435/0615-son)
(3) KYI = (KI1+KI2+KI3+KI4)/4 samaradorlik koʻrsatkichlarining maʼlumotlari oʻrtacha shaklda kiritilgan holatda.
KI1 — samaradorlik koʻrsatkichlarining choraklik maʼlumoti, bunda faqat vazn belgilangan choraklar inobatga olinadi;
(43-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 435-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/435/0615-son)
KIoxirgi chorak natijasi — samaradorlik koʻrsatkichlari ijrosi kiritilgan oxirgi chorakdagi maʼlumoti;
v) yil yakuni boʻyicha samaradorlik koʻrsatkichlari natijasi quyidagi formula asosida hisoblab chiqiladi:
KOB = KED*YV
Bunda:
KOB — samaradorlik koʻrsatkichlari ijrosi boʻyicha olingan ball;
YV — samaradorlik koʻrsatkichining yillik vazni;
g) samaradorlik koʻrsatkichlarining yillik vazni quyidagi formula asosida hisoblab chiqiladi:
YV=(CHV1+CHV2+CHV3+CHV4)/4
d) yil yakuni boʻyicha faoliyat samaradorligi natijasi quyidagi formula asosida hisoblab chiqiladi:
FSYN = KOB1 + KOB2 + …,
Bunda:
FSYN — faoliyat samaradorligi yillik natijasi.
44. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbari oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorligi natijasi:
70 balldan kam boʻlganda — “qoniqarsiz”;
70 balldan 85 ballgacha — “qoniqarli”;
85 balldan 100 ballgacha — “yaxshi”;
100 ball va undan yuqori boʻlganda — “aʼlo” deb baholanadi.
45. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlari oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorligi natijalari “aʼlo” va “yaxshi” deb baholanganda ularga kelgusi chorak uchun ragʻbatlantirish toʻlovlari belgilanadi.
Ragʻbatlantirish toʻlovlarining turlari va ularni hisoblash tartibi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanadi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 435-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/435/0615-son)
47. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlari oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorligi natijalari “qoniqarsiz” deb baholanganda:
chorak yakuni boʻyicha ustamalar toʻlash toʻxtatiladi va intizomiy javobgarlik qoʻllash;
yil yakuni bilan lavozimiga loyiqligi masalasi koʻrib chiqiladi.
Bundan samaradorlik koʻrsatkichlarining bajarilmasligi Vazirlar Mahkamasi Rayosatida asoslantirilgan sabablar keltirilgan hollar mustasno.
48. Tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari tomonidan oʻz faoliyatining oylik ish rejalari ijrosi boʻyicha maʼlumotlarni, shu jumladan, hisobotlar va asoslovchi hujjatlarni hisobot oyining yakuni bilan keyingi oyning 1-sanasiga qadar platformaga kiritadi.
49. Ish rejalari ijrosi boʻyicha platformaga kiritilgan maʼlumotlar baholanuvchi rahbarning kotibiyat mudirlari tomonidan hisobot oyining yakuni bilan keyingi oyning 5-sanasiga qadar tasdiqlanadi.
50. Ish rejasidagi tadbirlar bajarildi va bajarilmadi shaklida tasdiqlanadi, bunda har bir tadbir faqatgina 100 foizga amalga oshirilganda bajarilgan hisoblanadi.
51. Baholanuvchi rahbarning kotibiyat mudirlari tomonidan tasdiqlanmagan tadbirlar hisobot oyining yakuni bilan keyingi oyning 5-sanasida avtomatik tarzda bajarilmagan deb baholanadi.
52. Tuman (shahar) hokimi oʻrinbosarlari faoliyatining ish rejalari ijrosini baholash natijalari hisobot oyining yakuni bilan keyingi oyning 5-sanasida platformada shakllantiriladi.
5-bob. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlari oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorligini baholashni auditdan oʻtkazish va monitoring qilish
53. Samaradorlik koʻrsatkichlari va ularning bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot, shuningdek, “yoʻl xaritasi” hamda ish rejalari va ularning ijrosi yuzasidan maʼlumotlar oʻz vaqtida va sifatli kiritilishi hamda tasdiqlanishi tanlanma tartibda Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda uning filiallari tomonidan monitoring qilinadi hamda xato va kamchiliklar aniqlanganda Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot kiritiladi.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
54. Samaradorlik koʻrsatkichlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot, shuningdek, “yoʻl xaritasi” hamda ish rejalarining ijrosi yuzasidan maʼlumotlarning haqqoniyligi tanlanma tartibda Vazirlar Mahkamasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimlari tomonidan tegishli tashkilot vakillarini jalb qilgan holda tekshiriladi.
6-bob. Masʼul davlat organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining javobgarligi
55. Quyidagilar:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimlari — oʻzlari masʼul boʻlgan tarmoq va sohalar boʻyicha oʻrinbosarlari kesimida samaradorlik koʻrsatkichlariga erishilishi hamda maʼlumotlarni toʻgʻri va oʻz vaqtida platformaga kiritilishini taʼminlashga;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlari oʻrinbosarlari — oʻzlarining samaradorlik koʻrsatkichlarini sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqishga hamda ularga erishishga;
masʼul — samaradorlik koʻrsatkichlarini oʻz vaqtida tasdiqlash va maʼlumotlarning haqqoniyligini taʼminlashga;
masʼul davlat organlarining hududiy boshqarmalari — samaradorlik koʻrsatkichlarining maʼlumotlarini oʻz vaqtida kiritishga va maʼlumotlarning haqqoniyligini taʼminlashga;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining tegishlicha Axborot-tahlil boshqarmasi hamda axborot-tahlil guruhlari — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlari oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlari oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishiga hamda ularning bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot oʻz vaqtida platformaga kiritilishiga shaxsan masʼul va javobgar hisoblanadi.
7-bob. Platformadan foydalanishni texnik jihatdan tashkil qilish va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlari oʻrinbosarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni boshqarish
56. Platformadan foydalanish texnik jihatdan Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator “UZINFOCOM” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Operator) tomonidan tashkil etiladi.
57. Operator:
platformaning sifatli va uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi va uni doimiy ravishda texnik qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻradi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga platformadan foydalanish jarayonida texnik yordam koʻrsatilishini tashkil etadi;
platformaning axborot xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻradi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan platformadan foydalanish jarayonida kelib tushgan takliflarni hisobga olgan holda, shuningdek, Boshqaruv samaradorligi agentligining takliflariga asosan platformani takomillashtiradi va modernizatsiya qiladi.
(57-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
58. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining platformaga ulanish boʻyicha soʻrovi Boshqaruv samaradorligi agentligiga kelib tushganidan soʻng uch kun muddatda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining kabineti yaratiladi hamda ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq muddatlarda sozlanadi.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
59. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining kabinetida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlari oʻrinbosarlari haqidagi maʼlumotlar “hrm.argos.uz” elektron platformasi orqali integratsiya qilish orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.
“Nrm.argos.uz” elektron platformasiga ulanish va yuritish tartibi Vazirlar Mahkamasining “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 22-sentabrdagi 492-son qarori bilan tartibga solinadi.
60. “Nrm.argos.uz” elektron platformasi orqali shakllantirilgan maʼlumotlarga qoʻshimcha kiritish, ularni tahrir qilish va toʻldirish tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tashkiliy-kadrlar guruhi tomonidan amalga oshiriladi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
61. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va baholash
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari oʻrinbosarlari (keyingi oʻrinlarda –baholanuvchi rahbar)
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlarining samaradorlik koʻrsatkichlari hamda hududlar kesimidagi chora-tadbirlar dasturi asosida oʻz faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (keyingi oʻrinlarda — samaradorlik koʻrsatkichlari) ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
25-yanvarga qadar
2-bosqich
Vazirlar Mahkamasi
Samaradorlik koʻrsatkichlarini koʻrib chiqib, tasdiqlaydi.
15-fevralga qadar
3-bosqich
Boshqaruv samaradorligi agentligining hududiy filiallari
Tasdiqlangan samaradorlik koʻrsatkichlarini “Samaradorlik.uz” elektron platformasiga (keyingi oʻrinlarda — platforma) kiritadi.
25-fevralga qadar
4-bosqich
Baholanuvchi rahbar
Tasdiqlangan samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga kiritadi.
25-fevralga qadar
5-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari
Baholanuvchi rahbar faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni koʻrib chiqib, platforma orqali tasdiqlaydi.
1-martga qadar
6-bosqich
Baholanuvchi rahbar
Samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish boʻyicha tasdiqlangan “yoʻl xaritalari”ni platformaga kiritadi.
5-martga qadar
7-bosqich
Baholanuvchi rahbar
Samaradorlik koʻrsatkichlari bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni platformaga kiritadi, bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik tarzda shakllantiriladigan samaradorlik koʻrsatkichlari bundan mustasno.
Hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasiga qadar
8-bosqich
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan davlat organlari yoki Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimlari
Platformaga kiritilgan samaradorlik koʻrsatkichlari bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tasdiqlaydi.
Hisobot davridan keyingi oyning 30-sanasiga qadar
Platformada baholanuvchi rahbar faoliyati samaradorligini baholash natijalari reytingi shakllantiradi.
30-sanasida
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1a-ILOVA
Tuman (shahar) hokimi oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va baholash
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari oʻrinbosarlari (keyingi oʻrinlarda — baholanuvchi rahbar) faoliyatining tasdiqlangan samaradorlik koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqish boʻyicha takliflarni tegishli baholanuvchi rahbarlarga kiritadi.
5-fevralga qadar
2-bosqich
Baholanuvchi rahbar
Namunaviy shaklga muvofiq tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqib, Boshqaruv samaradorligi agentligining hududiy filiallari bilan kelishadi.
18-fevralga qadar
3-bosqich
Baholanuvchi rahbar
Boshqaruv samaradorligi agentligining hududiy filiallari bilan kelishilgan tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga kiritadi.
20-fevralga qadar
4-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari
Tuman (shahar) hokimi oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarini koʻrib chiqib, tasdiqlaydi.
25-fevralga qadar
5-bosqich
Tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari
Tasdiqlangan samaradorlik koʻrsatkichlari platformaga kiritadi.
1-martga qadar
6-bosqich
Boshqaruv samaradorligi agentligining hududiy filiallari
Platformaga kiritilgan samaradorlik koʻrsatkichlarini tasdiqlaydi.
10-martga qadar
7-bosqich
Tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari
Oʻz faoliyatlarining tasdiqlangan samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish boʻyicha ish rejalarini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun tegishli tuman (shahar) hokimiga yuboradi.
Har oyning 1-sanasiga qadar
8-bosqich
Tuman (shahar) hokimi
Oʻzining oʻrinbosarlari faoliyatining ish rejalarini koʻrib chiqadi, eʼtirozi boʻlgan taqdirda, tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari bilan qayta ishlab tasdiqlaydi.
Har oyning 5-sanasiga qadar
9-bosqich
Tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari
Ish rejalari ijrosi boʻyicha maʼlumotlar, shu jumladan, hisobotlar va asoslovchi hujjatlar platformaga kiritadi.
Hisobot oyining yakuni bilan keyingi oyning 1-sanasiga qadar
10-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining kotibiyat mudirlari
Tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari tomonidan “ish rejalar” ijrosi boʻyicha platformaga kiritilgan maʼlumotlarni tasdiqlaydi.
Hisobot oyining yakuni bilan keyingi oyning 5-sanasiga qadar
Platformada tuman (shahar) hokimi oʻrinbosarlari ish rejalarining ijrosini baholash natijalarini shakllantiradi.
5-sanasida
11-bosqich
Vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari
Samaradorlik koʻrsatkichlari bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni platformaga kiritadi, bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik tarzda shakllantiriladigan samaradorlik koʻrsatkichlari bundan mustasno.
Hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasiga qadar
12-bosqich
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan davlat organlari yoki Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimlari
Platformaga kiritilgan samaradorlik koʻrsatkichlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tasdiqlaydi.
(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarining
Bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotni tasdiqlashga masʼul
I chorak
II chorak
III chorak
IV chorak
vazn
reja
vazn
reja
vazn
reja
vazn
reja
1. QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI
1.1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari F.I.O.
1.
1.
2.
2.
3.
3.
1.2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari F.I.O.
4.
1.
5.
2.
6.
3.
1.3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari F.I.O.
7.
1.
8.
2.
9.
3.
Izoh:
* progressiv — bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning rejaga nisbatan oʻsish dinamikasi ijobiy natija boʻlganda, regressiv — bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning rejaga nisbatan pasayish dinamikasi ijobiy natija boʻlganda.
** 2025-yildan boshlab oldingi yilning holati agar platformada mavjud boʻlsa, platformadagi maʼlumotlar asosida shakllantiriladi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2a-ILOVA
Tuman (shahar) hokim oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarining
Bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotni tasdiqlashga masʼul
I chorak
II chorak
III chorak
IV chorak
vazn
reja
vazn
reja
vazn
reja
vazn
reja
1. TUMAN (SHAHAR) NOMI
1.1. Tuman (shahar) hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari F.I.O.
1.
1.
2.
2.
3.
3.
1.2. Tuman (shahar) hokimning qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari F.I.O.
4.
1.
5.
2.
6.
3.
1.3. Tuman (shahar) hokimning oʻrinbosari F.I.O.
7.
1.
8.
2.
9.
3.
Izoh:
* progressiv — bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning rejaga nisbatan oʻsish dinamikasi ijobiy natija boʻlganda, regressiv — bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning rejaga nisbatan pasayish dinamikasi ijobiy natija boʻlganda.
** 2025-yildan boshlab oldingi yilning holati agar platformada mavjud boʻlsa, platformadagi maʼlumotlar asosida shakllantiriladi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ning
NAMUNAVIY SHAKLI
T/r
Amalga oshirish mexanizmi
Ijro muddati
Masʼul ijrochilar
1. QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI
1.1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari F.I.O.
1. Birinchi samaradorlik koʻrsatkichining nomi
1.1.
1.2.
1.3.
1.4.
2. Ikkinchi samaradorlik koʻrsatkichining nomi
2.1.
2.2.
2.3.
2.4.
1.2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari F.I.O.
1. Birinchi samaradorlik koʻrsatkichining nomi
1.1.
1.2.
2. Ikkinchi samaradorlik koʻrsatkichining nomi
2.1.
2.2.
2.3.
1.3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari F.I.O.
1. Birinchi samaradorlik koʻrsatkichining nomi
1.1.
1.2.
2. Ikkinchi samaradorlik koʻrsatkichining nomi
2.1.
2.2.
3. Uchinchi samaradorlik koʻrsatkichining nomi
3.1.
3.2.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Tuman (shahar) hokimi oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish boʻyicha oylik ish rejalarining
NAMUNAVIY SHAKLI
“TASDIQLAYMAN”
________ tuman (shahar) hokimi
_________________________
2024-yil “____” ___________
___________ tuman (shahar) hokimining _________________________ masalalari boʻyicha oʻrinbosari
F.I.O.
(muddat koʻrsatiladi)
ISH REJASI
Umumiy maʼlumotlar:
aholi soni — ____ nafar, mahallalar soni — ___ ta, xonadonlar soni — ____ ta, oilalar soni — ____ ta, va boshqa hokim oʻrinbosari faoliyatiga aloqador maʼlumotlar.
T/r
Chora-tadbirlar nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Oʻlchov birligi
Reja
Masʼullar
1. Birinchi samaradorlik koʻrsatkichining nomi
1.
2.
2. Ikkinchi samaradorlik koʻrsatkichining nomi
3.
4.
3. Uchinchi samaradorlik koʻrsatkichining nomi
5.
6.
7.
Erishiladigan natijalar koʻrsatiladi:
1.
2.
3.
_______ tuman (shahar) hokimining
___________________ masalalari boʻyicha oʻrinbosari _________________________________________________________ F.I.O.