1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-yanvardagi “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-39-son qaroriga muvofiq, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hamda ularga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-yanvardagi “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-39-son qaroriga muvofiq:
qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va qoʻshimcha ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi (keyingi oʻrinlarda — reyting) joriy etilganligi;
tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalar ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda joriy etilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar (keyingi oʻrinlarda — qoʻllab-quvvatlash choralari) ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda quyidagi tartibda joriy etiladi:
a) qoʻllab-quvvatlash choralari “V” va undan yuqori reyting darajasiga ega tadbirkorlik subyektlariga amaldagisiga nisbatan quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:
“AAA” toifa — amaldagi miqdorning 100 foizi;
“AA” toifa — amaldagi miqdorning 90 foizi;
“A” toifa — amaldagi miqdorning 80 foizi;
“VVV” toifa — amaldagi miqdorning 70 foizi;
“VV” toifa — amaldagi miqdorning 60 foizi;
“V” toifa — amaldagi miqdorning 50 foizi;
b) qoʻllab-quvvatlash choralari roʻyxatdan oʻtganiga olti oy boʻlmagan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-son Farmoniga muvofiq 4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga ularning reyting darajasidan qatʼi nazar amaldagi miqdorlarda taqdim etiladi;
v) tadbirkorlik subyektlarining reyting darajasi:
pasaygan taqdirda, qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etish uch oy davomida saqlab qolinadi;
yuqorilagan taqdirda, qoʻllab-quvvatlash choralari keyingi oydan boshlab yangilangan reyting darajasiga muvofiq miqdorlarda taqdim etiladi.
Belgilansinki, mazkur bandda belgilangan mezonlar ushbu qaror qabul qilingunga qadar joriy etilgan qoʻllab-quvvatlash choralariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
3. Tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladigan subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni maqbullashtirish hamda ularning samaradorligini taʼminlash boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
4. Respublika komissiyasi (J. Qoʻchqorov) 2024-yil 1-oktabrga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin:
amaldagi barcha qoʻllab-quvvatlash choralarini xatlovdan oʻtkazgan holda, ularning iqtisodiyotga va sogʻlom raqobat muhitiga taʼsirini tahlil qilish hamda samaradorligini baholash natijalari boʻyicha tubdan qayta koʻrib chiqish;
tuman va shahar toifasidan kelib chiqib, tadbirkorlik subyektlariga qoʻllab-quvvatlash choralarini qoʻllash tartibi natijadorligini baholash;
qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etishda tadbirkorlik subyektlari tomonidan erishilishi lozim boʻlgan aniq maqsadli koʻrsatkichlarni belgilash tartibini joriy etish;
davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari taqdim etiladigan sohalar, tarmoqlar va faoliyat yoʻnalishlari doirasini aniq belgilash;
qonunchilik hujjatlariga imtiyozlar va preferensiyalar tushunchasi, turlari va shakllarini toʻliq ifodalaydigan normalarni kiritish;
qoʻllab-quvvatlash choralaridan foydalanish samaradorligini monitoring qilish va baholash, maqsadsiz foydalanilgan mablagʻlarni majburiy tartibda qaytarish tartibini joriy etish;
qoʻllab-quvvatlash choralaridan foydalanish natijadorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ochiq eʼlon qilib borish;
tahlillar va baholash natijalari boʻyicha samarasiz deb topilgan qoʻllab-quvvatlash choralarini bekor qilish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.03.00 Monopoliya faoliyati yuzasidan davlat nazorati. Monopoliyaga qarshi davlat organi]
5.Belgilansinki:
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi har yili 1-iyulga qadar qoʻllab-quvvatlash choralarining sogʻlom raqobat muhitiga taʼsirini baholaydi hamda baholash natijalarini Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritadi;
2-ilovaga muvofiq roʻyxatda keltirilgan vazirlik va idoralar (keyingi oʻrinlarda — manfaatdor vazirlik va idoralar) har yili 1-iyulga qadar tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilgan qoʻllab-quvvatlash choralari hamda ularning samaradorligi toʻgʻrisidagi hisobotlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Hisob palatasi bilan birgalikda har yili 1-avgustga qadar qoʻllab-quvvatlash choralarining samaradorligini baholash yakunlari boʻyicha Respublika komissiyasiga axborot kiritib boradi;
Respublika komissiyasi har yili 1-oktabrga qadar qoʻllab-quvvatlash choralarining samaradorligini baholash yakunlari boʻyicha maʼlumotnomani hamda ushbu choralarning amal qilishini davom ettirish, bekor qilish yoki ularni taqdim etish tartibini takomillashtirish haqidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib boradi.
6. Manfaatdor vazirlik va idoralar:
2024-yil 1-iyulga qadar soliq va bojxona imtiyozlarini berish uchun asos boʻladigan (litsenziya, guvohnoma va boshqalar) hujjatlarning toʻgʻriligi va haqqoniyligini tasdiqlash uchun Soliq va Bojxona qoʻmitalari bilan oʻzaro maʼlumot almashish amaliyotini yoʻlga qoʻysin;
2025-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilgan qoʻllab-quvvatlash choralaridan maqsadli va samarali foydalanishni tegishli axborot tizimlarida idoralararo axborot almashinuvi orqali monitoring qilish tartibini joriy etsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
7. 2025-yil 1-yanvardan boshlab “subsidiya.mf.uz” platformasida tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladigan qoʻllab-quvvatlash choralarining turlari, muddatlari va tartibini oʻz ichiga olgan alohida reyestr yuritilishi yoʻlga qoʻyilsin.
Bunda qoʻllab-quvvatlash choralari haqidagi maʼlumotlar manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan “subsidiya.mf.uz” platformasiga majburiy tartibda kiritiladi.
Manfaatdor vazirlik va idoralar uch oy muddatda tegishlicha qoʻllab-quvvatlash choralarini xatlovdan oʻtkazgan holda, “subsidiya.mf.uz” platformasida alohida reyestrni yuritish uchun qoʻllab-quvvatlash choralari roʻyxatini va ular haqidagi maʼlumotlarni taqdim etsin.
8. Soliq qoʻmitasi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-dekabrga qadar “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasi hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining axborot tizimi “subsidiya.mf.uz” platformasiga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
9. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
a) uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
b) 2024-yil 1-oktabrga qadar:
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikdatadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalar taqdim etilishini tizimli monitoring qilish va ularning samaradorligini baholash tartibini (metodologiyasini) ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hisob palatasi bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlari tomonidan maqsadsiz foydalanilgan hamda asossiz olingan subsidiyalarni qaytarib olish tartibini ishlab chiqsin.
10.Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 24-may,
PQ-193-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PQ-193-son qaroriga
1-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladigan subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni maqbullashtirish hamda ularning samaradorligini taʼminlash boʻyicha
RESPUBLIKA KOMISSIYASI TARKIBI
1.
J.A. Qoʻchqorov
—
Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Respublika komissiyasi raisi
2.
D.A. Vahobov
—
Savdo-sanoat palatasi raisi, Respublika komissiyasi raisioʻrinbosari
3.
M.R. Abdullayev
—
Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari, Respublika komissiyasi raisioʻrinbosari
4.
D.S. Qosimov
—
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil
5.
A.D. Tashkulov
—
adliya vaziri
6.
L.Sh. Kudratov
—
investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri
7.
B.A. Musayev
—
kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri
8.
K.A. Sharipov
—
oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
9.
X.U. Umarova
—
maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
10.
A.A. Xudayarov
—
sogʻliqni saqlash vaziri v.b.
11.
I.Y. Abdurahmonov
—
qishloq xoʻjaligi vaziri
12.
Sh.R. Xamrayev
—
suv xoʻjaligi vaziri
13.
I.R. Maxkamov
—
transport vaziri
14.
Lavozimi boʻyicha
—
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi
15.
A.Y. Xaydarov
—
iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari
16.
Sh.D. Kudbiyev
—
Soliq qoʻmitasi raisi
17.
A.Y. Mavlonov
—
Bojxona qoʻmitasi raisi
18.
U.R. Shadiyev
—
Turizm qoʻmitasi raisi
19.
A.J. Ortiqov
—
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori
20.
M.M. Ubaydullayev
—
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori
21.
T.A. Sattarov
—
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi oʻrinbosari
22.
I.R. Tangriyev
—
Vazirlar Mahkamasining kotibiyat mudiri, Respublika komissiyasi kotibi
Izoh.
Respublika komissiyasining aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Respublika komissiyasi oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda zarur hollarda, boshqa vazirlik va idoralarning rahbar va masʼul xodimlarini jalb etish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PQ-193-son qaroriga
2-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalar taqdim etish hamda ularning samaradorligini taʼminlash uchun masʼul vazirlik va idoralarning
ROʻYXATI
T/r
Subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar
Masʼul vazirlik va idoralar
1.
Aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha subsidiyalar
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
2.
Eksport faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalar
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
3.
Qishloq xoʻjaligi sohasiga oid subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalar
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
4.
Suv xoʻjaligi sohasiga oid subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalar
Suv xoʻjaligi vazirligi
5.
Sanoat va ishlab chiqarish sohasiga oid subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalar
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
6.
Energetika sohasiga oid subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalar
Energetika vazirligi
7.
Transport sohasiga oid subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalar
Transport vazirligi
8.
Taʼlim sohasini rivojlantirish bilan bogʻliq subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalar
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
9.
Sogʻliqni saqlash sohasini rivojlantirish bilan bogʻliq subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalar
Sogʻliqni saqlash vazirligi
10.
Turizm sohasini rivojlantirish bilan bogʻliq subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalar
Turizm qoʻmitasi
11.
Soliq sohasiga oid imtiyozlar va preferensiyalar
Soliq qoʻmitasi
12.
Bojxona sohasiga oid imtiyozlar va preferensiyalar
Bojxona qoʻmitasi
13.
Davlat koʻchmas mulki obyektlari bilan bogʻliq imtiyozlar va preferensiyalar
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
14.
Yer va yer ajratish bilan bogʻliq imtiyozlar va preferensiyalar
Kadastr agentligi
15.
Tadbirkorlik subyektlari uchun bank kreditlari boʻyicha imtiyozlar
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi,
Markaziy bank, tijorat banklari
Izoh. Mazkur roʻyxatga Tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladigan subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni maqbullashtirish hamda ularning samaradorligini taʼminlash boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 07/24/193/0366-son)