1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.01.00.00 Sudga oid umumiy masalalar va sud tuzilishi. Sud islohoti]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud-ekspertiza muassasalari. Sudga oid tibbiy ekspertiza]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida” 2022-yil 3-avgustdagi OʻRQ-786-son Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PQ-4125-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida” 2022-yil 3-avgustdagi OʻRQ-786-son Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining “Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini toʻlash tartibi va miqdorlari toʻgʻrisida”gi Qonuni oʻz kuchini yoʻqotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni hisoblash tartibi;
jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni toʻlash uchun tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish shartlari;
ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlarga toʻlanadigan haq miqdori;
jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni toʻlash tartibi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2023-yilda jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni surishtiruv, tergov va sud organlariga ajratilgan mablagʻlar doirasida va 2024-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetida nazarda tutilishini taʼminlasin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 28-oktabr,
570-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-oktabrdagi 570-son qaroriga ILOVA
Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.08.00 Protsessual muddatlar va chiqimlar]
1. Ushbu Nizom jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislar fuqarolik, iqtisodiy, jinoyat, maʼmuriy sud ishlari va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarda ishtirok etishga jalb qilinganda, ularga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni hisoblash va toʻlash tartibini belgilaydi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.04.00 Voyaga etmaganlarning fuqarolik-huquqiy holati. 14 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. Emansipatsiya;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
Jabrlanuvchi voyaga yetmagan yoki belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etilgan shaxs boʻlsa, u bilan birgalikda yoki uning oʻrniga ishda ishtirok etishga jalb etilgan qonuniy vakiliga ushbu Nizomga muvofiq haq toʻlab beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 60-moddasi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.08.00 Protsessual muddatlar va chiqimlar]
Mazkur Nizom qoidalari protsessual majburiyatlarni xizmat topshirigʻi sifatida ishda ishtirok etishga jalb qilingan ekspert, mutaxassis va tarjimonga oʻz vazifalarini bajarganlik uchun haq toʻlashga hamda xizmat safari bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni qoplab berishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ish — fuqarolik, iqtisodiy, jinoyat, maʼmuriy sud ishlari va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar;
ishga koʻmaklashuvchi shaxslar — masʼul organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ishda ishtirok etishga jalb etilgan guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislar;
ishga koʻmaklashuvchi shaxslarga ishda ishtirok etishga jalb etilgan vaqt uchun toʻlanadigan kundalik xarajatlar (keyingi oʻrinlarda — kundalik xarajatlar) — ishga koʻmaklashuvchi shaxslar ishda ishtirok etayotgan vaqtda kunlik ovqatlanish, jalb qilingan paytidagi vazifalarni bajarish bilan bogʻliq boshqa kundalik xarajatlar (transport vositalari va turarjoy bilan bogʻliq xarajatlar bundan mustasno);
masʼul organlar (mansabdor shaxslar) — huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaxs), tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.08.00 Protsessual muddatlar va chiqimlar]
3. Masʼul organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ishda ishtirok etishga jalb etilgan quyidagi shaxslarga ushbu Nizomda belgilangan tartibda haq toʻlab beriladi:
a) jabrlanuvchilar va ishga koʻmaklashuvchi shaxslarga:
ularning doimiy yashash joylaridan tashqaridagi hududlarda oʻtkaziladigan protsessual harakatlarni amalga oshirish joyiga kelib-ketish xarajatlari;
turarjoy bilan bogʻliq xarajatlari (mehmonxona yoki turarjoy ijarasi);
kundalik xarajatlari;
b) ekspert, tarjimon, mutaxassisga ishda ishtirok etishda oʻz vazifalarini bajarganligi uchun, ushbu vazifalar xizmat topshirigʻi tartibida bajarilgan hollar bundan mustasno;
v) doimiy ish haqi olmaydigan jabrlanuvchilar va ularning qonuniy vakili, guvohlar va xolislarga ishda ishtirok etishga ularni odatdagi mashgʻulotidan qoldirilganlik (chalgʻitganlik) uchun.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
Agarda qonunchilik hujjatlarida manfaatdor tomonlar oʻrtasida shartnoma tuzilishi nazarda tutilgan boʻlsa, ishda ishtirok etishga jalb etilganlik uchun shartnomada belgilangan miqdorda va tartibda haq toʻlab beriladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
4. Ishga koʻmaklashuvchi shaxslar hamda jabrlanuvchilarga toʻlanishi lozim boʻlgan xarajatlar quyidagi mablagʻlar hisobidan qoplanadi:
fuqarolik, iqtisodiy hamda maʼmuriy sud ishlari boʻyicha tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilgan taraf tomonidan sudning depozit hisobvaragʻiga oldindan kiritilgan mablagʻlar;
jinoyat ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan maxsus ajratiladigan mablagʻlar;
maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha masʼul organlarning budjet mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlar hamda ularning budjetdan tashqari mablagʻlari.
2-bob. Ishga koʻmaklashuvchi shaxslar hamda jabrlanuvchilarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni hisoblash
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.17.00 Yoʻlovchilar va yuklarni sugʻurtalash;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.08.00 Protsessual muddatlar va chiqimlar]
5. Masʼul organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ishda ishtirok etishga jalb qilingan ishga koʻmaklashuvchi shaxslar hamda jabrlanuvchilarga doimiy yashash hududidan tashqaridagi protsessual harakatlar oʻtkazish joyiga quyidagi transport vositalari orqali kelib-ketish boʻyicha yoʻl xarajatlari qoplab beriladi:
a) umumiy foydalaniladigan transportning barcha turlarida yurish (taksidan tashqari) qiymati:
umumiy foydalaniladigan transportning ishda koʻmaklashuvchi shaxsga tegishli tasdiqlovchi hujjatlari asosida.
Bunda “biznes” (havo yoʻllari transporti) va “VIP” (temir yoʻl transporti) tarifidan arzon boʻlgan barcha turlari boʻyicha chipta qiymati hamda “biznes” (havo yoʻllari transporti) va “VIP” (temir yoʻl transporti) tarifi boʻyicha chipta qiymatining 70 foizi miqdorida toʻlov amalga oshiriladi;
b) transportda yoʻlovchilarni davlat tomonidan majburiy sugʻurtalash boʻyicha toʻlovlar;
v) tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, yoʻlda yurish hujjatlarini oldindan sotish, samolyot va poyezdlarda joylarni bronlash xizmatlari boʻyicha toʻlovlar;
g) yoʻl hujjatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, har bir kilometrga bazaviy hisoblash miqdorining 0,1 foizi miqdorida.
Bunda transport xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmaganda, Internet jahon axborot tarmogʻidagi elektron xaritalardan foydalangan holda masofalarni aniqlashga ruxsat etiladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.08.00 Protsessual muddatlar va chiqimlar]
6. Masʼul organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ishda ishtirok etishga jalb qilingan ishga koʻmaklashuvchi shaxslar hamda jabrlanuvchilarning turarjoy bilan bogʻliq xarajatlarini bir kunlik qoplash (mehmonxona yoki turarjoy ijarasi) miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravaridan oshmasligi lozim.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.08.00 Protsessual muddatlar va chiqimlar]
Turarjoyda yashaganligi boʻyicha xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan hollarda, har bir sutka uchun belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida qoplanadi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.09.00.00 Mehmonxona xoʻjaligi]
7. Mehmonxona xizmatidan foydalanganlik uchun xarajatlar quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlanadi:
mehmonxonada yashagan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilgan yashash xarajatlari uchun sarflangan mablagʻlarni tasdiqlovchi chek yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan shakldagi boshqa hujjat;
mehmonxonada yashash bilan bogʻliq xizmatlardan foydalanganlik uchun naqd pul yoki toʻlov kartalari yordamida haq toʻlanganligini tasdiqlovchi kassa cheki, agarda toʻlovlar kassa apparatisiz toʻlangan boʻlsa, toʻlovning boshqa shakllar orqali amalga oshirilganligini tasdiqlovchi kirim orderi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.07.00 Uy-joy ijarasi (shuningdek, 08.02.02.00 ga qarang)]
8. Turarjoy ijarasidan foydalanilganda, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyilgan ijara shartnomasi taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.08.00 Protsessual muddatlar va chiqimlar]
9. Ishga koʻmaklashuvchi shaxslar hamda jabrlanuvchilarning yashash joyiga har kuni qaytish imkoniyati mavjud boʻlsa, ularga turarjoyni ijaraga olish xarajatlari va kundalik xarajatlar toʻlanmaydi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.08.00 Protsessual muddatlar va chiqimlar]
Ishga koʻmaklashuvchi shaxslar hamda jabrlanuvchilarning ishga jalb qilingan joydan oʻzining doimiy yashaydigan joyiga har kuni qaytishi mumkinligi masalasi masʼul organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan masofaning uzoqligi, transport aloqasi sharoiti, bajariladigan topshiriqning tusi, xodim uchun dam olish sharoitlarini yaratish kabi holatlar hisobga olingan holda hal etiladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.08.00 Protsessual muddatlar va chiqimlar]
10. Masʼul organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ishga jalb qilingan ishga koʻmaklashuvchi shaxslar hamda jabrlanuvchilarning doimiy yashash joyidan tashqarida yashash bilan bogʻliq kundalik xarajatlari uchun haq bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan quyidagi koeffitsiyentlarda, jami 0,35 gacha miqdorda toʻlanadi:
ovqatlanish (alkogol va tamaki mahsulotlari bundan mustasno) xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlar (cheklar) taqdim etilganda — 0,25 gacha miqdorda toʻlanadi;
boshqa xarajatlari uchun — 0,10 miqdorida toʻlanadi.
Bunda umumiy ovqatlanish obyektlarida xaridni amalga oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlar (cheklar) taqdim etiladi.
Umumiy ovqatlanish obyektlarida xarid amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (cheklar) ishga koʻmaklashuvchi shaxslar hamda jabrlanuvchilar jalb qilingan davrning har bir kuni uchun alohida-alohida rasmiylashtiriladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.08.00 Protsessual muddatlar va chiqimlar]
11. Doimiy ish haqi olmaydigan jabrlanuvchilar, guvohlar va xolislarga odatdagi mashgʻulotlaridan qoldirilganligi (chalgʻitganligi) uchun toʻlov miqdori amalda ularning sarflangan vaqti va belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.08.00 Protsessual muddatlar va chiqimlar]
Bunda toʻlovning aniq miqdori belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori summasini mazkur oyda mavjud ish kunlariga nisbatini majburiyatlar bajarilgan ish kunlariga koʻpaytirish orqali aniqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PF-108-sonli “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni.
3-bob. Ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlarga toʻlanadigan haq miqdori
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
12. Ekspert, mutaxassis, tarjimon tomonidan bajarilgan ish uchun haq manfaatdor tomonlar oʻrtasida tuzilgan shartnomalar yoki ushbu Nizomda belgilangan miqdorda toʻlanadi.
13. Ekspert va mutaxassisga masʼul organlar (mansabdor shaxslar) topshirigʻiga koʻra bajargan ishi uchun soatiga bazaviy hisoblash miqdorining 0,10 koeffitsiyenti miqdorida haq toʻlanadi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.08.00 Protsessual muddatlar va chiqimlar]
14. Tarjimonga masʼul organlar (mansabdor shaxslar) topshirigʻiga koʻra bajargan ishi uchun toʻlanadigan haq miqdori mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan jadval asosida hisoblanadi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.08.00 Protsessual muddatlar va chiqimlar]
15. Bir tarjimon tomonidan har bir koʻrsatilgan xizmati uchun alohida toʻlov amalga oshiriladi.
4-bob. Ishga koʻmaklashuvchi shaxslar hamda jabrlanuvchilarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni toʻlash tartibi
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.08.00 Protsessual muddatlar va chiqimlar]
16. Ishga koʻmaklashuvchi shaxslar hamda jabrlanuvchilar tomonidan sarflangan xarajatlarni, bajarilgan ishlar uchun haqni undirish uchun tegishli talabgor shaxs (uning qonuniy vakili) mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq ariza bilan bir oy ichida tegishli masʼul organlarga (mansabdor shaxslarga) murojaat qiladi. Arizaga xarajatlar amalga oshirilganligini asoslovchi hujjatlar ilova qilinadi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.08.00 Protsessual muddatlar va chiqimlar]
17. Mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladigan toʻlovlar masʼul organlarning (mansabdor shaxslarning) qarori yoki ajrimi asosida 10 kundan kechiktirilmagan muddatda toʻlanadi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.08.00 Protsessual muddatlar va chiqimlar]
Masʼul organlarning (mansabdor shaxslarning) qaroriga mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq namunada ishga koʻmaklashuvchi shaxslar hamda jabrlanuvchilarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar toʻgʻrisida maʼlumotnoma ilova qilinadi.
18. Masʼul organlarning (mansabdor shaxslarning) qaroriga (ajrimiga) va uning ilovasiga gerbli muhr qoʻyiladi.
Masʼul organlarning (mansabdor shaxslarning) qarori (ajrimi) uch kun ichida:
budjet mablagʻlari hamda masʼul organlarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan toʻlanishi lozim boʻlgan hollarda — masʼul organlarning moliya-iqtisod boʻlinmalariga;
sudning depozit hisobvaragʻiga oldindan oʻtkazilgan mablagʻlar hisobidan toʻlanishi lozim boʻlgan hollarda — sudning vakolatli moliya-iqtisod boʻlinmalariga yuboriladi.
Qarorning (ajrimning) bir nusxasi mablagʻlarni olishga haqli boʻlgan shaxsga taqdim etiladi.
19. Masʼul organlarning moliya-iqtisod boʻlinmalari budjet mablagʻlari hisobidan toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlovlarni bir ish kuni ichida tegishliligiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining hududiy boʻlinmalariga yuboradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari hamda vakolatli tashkilotlarning moliya-iqtisod boʻlinmalari tomonidan besh kun muddatda arizada koʻrsatilgan hisobraqamga pul oʻtkazib beriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.12.00 Davlatning moliyaviy nazorati]
20. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, tegishli masʼul organlar (mansabdor shaxslar) mazkur Nizomda belgilangan talablarga rioya qilgan holda, ishga koʻmaklashuvchi shaxslar uchun toʻlanadigan mablagʻlarning oʻz vaqtida toʻlanishini hamda samarali va maqsadli ishlatilishini nazorat qiladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.01.00 Umumiy qoidalar]
21. Ushbu Nizom talablarini qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.01.00 Umumiy qoidalar]
22. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Tarjimonlarga toʻlanadigan haq miqdorlari
T/r
Tarjima turi
Tarjima tili
Toʻlov miqdori
(belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan)
1.
Ogʻzaki tarjimaning bir soati uchun
oʻzbek, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman, rus tillari
0,025 koeffitsiyent
turk, fors tillari
0,05 koeffitsiyent
ingliz, fransuz, nemis, ispan va boshqa Yevropa davlatlari tillari
0,075 koeffitsiyent
yapon, koreys, xitoy, arab, hind, urdu tillari
0,15 koeffitsiyent
2.
Yozma tarjima uchun
(1 800 bosma belgi)
oʻzbek, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman, rus tillari
0,05 koeffitsiyent
turk, fors tillari
0,075 koeffitsiyent
ingliz, fransuz, nemis, ispan va boshqa Yevropa davlatlari tillari
0,10 koeffitsiyent
yapon, koreys, xitoy, arab, hind, urdu tillari
0,20 koeffitsiyent
3.
Ogʻzaki tarjimaning bir soati yoki yozma tarjima uchun
(1 800 bosma belgi)
boshqa tillar
0,25 koeffitsiyent
4.
Surdo (ishora) tili boʻyicha tarjimaning bir soati uchun
0,15 koeffitsiyent
Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
______________________________________ga
(ishni yuritayotgan vakolatli davlat organi rahbari)
__________________________ son ish boʻyicha
_______________________________________
(jabrlanuvchi, guvoh, tarjimon, mutaxassis va boshq.)
_______________ sifatida ishtirok etayotgan
_______________________________________
________________________________ yashovchi
____________________________________dan
(F.I.O.)
(tel.: _______________)
ARIZA
Men mazkur ish boʻyicha_____________________________________________________ sifatida ishtirok
(jabrlanuvchi, guvoh, tarjimon, mutaxassis va boshq.)
etganim munosabati bilan zimmamdagi majburiyatlarni amalga oshirish uchun:
(protsessual harakatlar oʻtkaziladigan joyga kelib-ketish, turar joyni ijaraga olish, sutkalik sarflangan xarajat puli;
2. _________________________________________________________________________________ bilan
odatdagi mashgʻulotdan qoldirganlik (chalgʻitganlik);ekspert, tarjimon, mutaxassis sifatida amalga oshirilgan ish)
bogʻliq jami ___________________________________________________________ soʻm toʻlanishi lozim.
(summa)
Shunga koʻra mazkur ish boʻyicha majburiyatlarimni bajarishim munosabati bilan toʻlovlarni toʻlab berish boʻyicha qaror (ajrim) chiqarishingizni hamda toʻlovni quyidagi hisobvaragʻimga oʻtkazib berishingizni soʻrayman:
(hisobvaraq, toʻlov karta raqami rekvizitlari koʻrsatiladi)
Ilovalar:
____________/_______/______/
(F.I.O.)______(imzo)___(sana)
Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ish koʻrib chiqilgan organ: __________________________________________
Ishni yuritgan masʼul mansabdor shaxsning F.I.O.: ____________________
Ish raqami: ___________________
I. Jabrlanuvchi, guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon va xolisga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar miqdori
T/r
F.I.O.
Sana
Transport xarajati uchun
Turarjoy ijarasi uchun
Kundalik xarajat uchun
Jami
(ming soʻm)
1.
2.
II. Ekspert, mutaxassis va tarjimon tomonidan bajarilgan ishi uchun toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar miqdori
T/r
F.I.O.
Sana
Tarjimonlik uchun
(soat/bosma belgi)
Ekspert va mutaxassislik uchun
(soat)
Jami
(ming soʻm)
ogʻzaki
yozma
surdo
1.
2.
III. Doimiy ish haqi olmaydigan jabrlanuvchi (uning qonuniy vakili), guvoh va xolisning odatdagi mashgʻulotidan qoldirilganlik (chalgʻitganlik) uchun toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar miqdori
T/r
F.I.O.
Jalb qilingan kunlari
Jami haq miqdori
(ming soʻm)
1.
2.
___________________
(muhr)
__________________________
(ishni yuritishga masʼul shaxs)
(imzo, F.I.O.)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2023-y., 09/23/570/0804-son)