Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
farmoni
Toshkent shahrini 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Toshkent shahrida zamonaviy menejment tamoyillari hamda davlat va tadbirkorlar oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik tizimini joriy etish orqali poytaxtni yashash uchun eng qulay shaharlarning biriga aylantirish, xususan mavjud resurslardan foydalanishning samaradorligini oshirish, shaharning ijtimoiy infratuzilmasi va arxitektura qiyofasini yaxshilash, shuningdek, aholi uchun qulay hududlar va yashil zonalarni koʻpaytirish maqsadida:
1. Quyidagilar Toshkent shahrini 2030-yilgacha rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish hamda mavjud resurslardan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish orqali barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash;
madaniyat va istirohat bogʻlari, xiyobonlar va bulvarlar qiyofasini oʻzgartirish, yashil hududlarni keskin koʻpaytirish orqali poytaxtni toza havoli megapolislardan biriga aylantirish hamda aholi va mehmonlar hordiq chiqarishi uchun sharoitlar yaratish;
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish orqali poytaxtni kommunal xizmat koʻrsatish muammolaridan holi hududga aylantirish va aholi harakatlanishi uchun yanada qulay yoʻl infratuzilmasini yaratish;
yagona yondashuv asosida qurilishlarni muvofiqlashtirish va qurilish hajmiga mos ravishda ijtimoiy infratuzilmani kengaytirish orqali “aqlli” shaharsozlik tamoyillarini joriy etish;
hokimlik tizimida har bir yoʻnalish boʻyicha loyiha ofislarini tashkil etish hisobiga muhim samaradorlik koʻrsatkichlariga asoslangan zamonaviy menejmentni yoʻlga qoʻyish va inson resurslarini rivojlantirish.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Toshkent shahrini 2030-yilgacha rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Toshkent shahrini yashash uchun eng qulay shaharlar reytingiga kiritish;
yalpi hududiy mahsulot hajmini 500 trillion soʻmga yetkazish;
sanoat va xizmatlar sohasida jami 40 milliard AQSH dollari miqdoridagi loyihalarni amalga oshirish;
sanoat, xizmatlar va turizm eksporti hajmini 7,5 milliard AQSH dollariga yetkazish;
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish va toʻliq modernizatsiya qilish;
qoʻshimcha 4 ming gektar yashil hududlar tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasi va Toshkent shahri hokimligining Toshkent shahrida davlat va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash tartibini 2031 yil 1-yanvarga qadar huquqiy eksperiment tariqasida joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-iyuldagi PQ-279-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2026-y., 07/26/279/0795-son)
4. Toshkent shahri hokimligi muassisligida davlat va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida “koʻprik” vazifasini bajaruvchi “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) tashkil etilsin.
5. Quyidagilar:
“Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining asosiy yoʻnalishlari 2-ilovaga muvofiq;
yer uchastkalari negizida “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida loyihalarni amalga oshirish mexanizmlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Toshkent shahrining infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish, aholining kundalik hayotidagi kommunal va boshqa sohalardagi kechiktirib boʻlmaydigan masalalarni tezkor hal etish maqsadida Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) etib qayta nomlansin va Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish huquqi Kompaniyaga berilsin.
Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari va sarflash yoʻnalishlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Kompaniyaning ustav kapitali xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qarori asosida Toshkent shahri shahar budjetining qoʻshimcha manbalari, Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan bosqichma-bosqich 1 trillion soʻm miqdorida shakllantiriladi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktabrdagi PF-202-sonli Farmoni tahririda)
Kompaniyaning alohida yoʻnalishlar boʻyicha loyiha ofislarini tashkil etish va ularni moliyalashtirish masalalari uning Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi;
Kompaniya va Jamgʻarma mablagʻlarini loyihalar va boshqa maqsadlarga yoʻnaltirish hamda tijorat banklari va xalqaro moliya institutlaridan qarz mablagʻlarini jalb etish Kompaniya kuzatuv kengashi qarori asosida amalga oshiriladi;
Kompaniya va Jamgʻarmaning hisob raqamlari tijorat banklarida ochiladi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining “Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2021-yil 18-noyabr 20/4-son qarori (roʻyxat raqami 3336, 26-noyabr 2021-yil).
Jamgʻarma mablagʻlarini Toshkent shahri hokimligi majburiyatlari boʻyicha ijro hujjatlari va inkasso topshiriqnomasi asosida undirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 15-fevraldagi 3/12-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizomning 6-bobi (roʻyxat raqami 3229, 13-aprel 2020-y.).
8. Kompaniya faoliyati ochiqligi va uning jamoatchilik oldidagi hisobdorligini taʼminlash maqsadida shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Kompaniya moliyaviy hisobotni Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq tuzadi va mazkur hisobot auditning xalqaro standartlariga muvofiq “katta toʻrtlikka” kiruvchi auditorlik kompaniyalari tomonidan tashqi auditdan oʻtkazilganidan keyin 2027-yildan boshlab har yili 1-avgustga qadar Toshkent shahri hokimligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktabrdagi PF-202-sonli Farmoni tahririda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4611-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 507-son qarori bilan tasdiqlangan Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnini tan olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Kompaniya tomonidan moliyaviy va nomoliyaviy hisobotlar hamda unga nisbatan tijorat va notijorat maqsadlar 2027-yildan boshlab Toshkent shahri hokimligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktabrdagi PF-202-sonli Farmoni tahririda)
2027-yilga qadar Kompaniyada ISO, ERP, SAP va boshqaruvning boshqa zamonaviy tizimlari joriy qilinib, u tomonidan yetakchi xalqaro agentliklarning kredit reytingi olinishi taʼminlanadi;
Toshkent shahri hokimining xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi oldidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotida Kompaniya faoliyati natijadorligi va Jamgʻarmaning mablagʻlari samarali foydalanilishi toʻgʻrisida maʼlumot nazarda tutiladi.
9. Toshkent shahrini 2023 — 2025-yillarda rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
10. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Sh.B. Umurzakov belgilansin.
Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 26-iyul,
PF-112-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-iyuldagi PF-112-son Farmoniga
1-ILOVA
Toshkent shahrini 2030-yilgacha rivojlantirishning
ASOSIY MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI

T/r

Koʻrsatkichlar nomi

Oʻlchov birligi

Amalda

2024-yil

2025-yil

2026-yil

2027-yil

2028-yil

2029-yil

2030-yil

1.

Toshkent shahrining Yashash uchun qulay boʻlgan shaharlar reytingidagi oʻrni (Economist Intelligence Unit hisoboti boʻyicha)

oʻrin

157

145

130

115

100

85

65

50

2.

Yalpi hududiy mahsulot**

trln soʻm

178 9

210,7

245,6

283,0

323,5

380,0

435,4

500,0

3.

Sanoat ishlab chiqarish hajmi**

trln soʻm

122,8

145,8

162,9

192,0

225,1

254,6

275,3

300,1

4.

Sanoat va xizmat koʻrsatish sohasidagi loyihalar**

mln dollar

2 900

3 100

3 300

4 600

5 800

6 600

7 900

8 700

5.

Tovar va xizmatlar eksporti**

mln dollar

4 000

5 300

5 600

5 900

6 200

6 800

7 100

7 500

6.

Xorijiy turistlar soni**

mln nafar

1,7

4,5

5,0

5,5

6,0

6,5

7,0

7,5

7.

Mahalliy sayyohlar soni**

mln nafar

3,5

6,5

8,5

10,5

12,5

16,5

18,5

20

8.

Bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrovi*

foizda

77,1

80,1

83,6

88,4

91,3

95,7

98

100

9.

Maktablarda oʻquvchi oʻrinlari soni*

ming oʻrin

329,2

343,5

352,4

360,6

367,1

384,2

390,4

430,1

10.

Oliy taʼlim qamrovi*

foizda

47

49

51

53

55

57

59

60

11.

Yashil zonalar maydoni*

gektar

900

1 100

1 400

1 900

2 500

3 200

4 000

5 000

12.

Kanallar boʻyidagi sayilgohlar maydoni*

km

42

50

60

75

90

110

130

150

13.

Jamoat transportidan foydalanish darajasi*

foizda

30

33

38

43

47

50

56

60

14.

Elektrobuslarning jamoat transportidagi ulushi*

foizda

17

22

25

30

35

40

45

50

15.

Havoga chiqariladigan zararli gazlar miqdori**

ming tonna

300

280

260

240

210

190

170

150

16.

Velosiped yoʻlaklari*

km

65

75

85

100

115

130

150

170

17.

Uy-joylar qurish**

ming xonadon

-

20

25

30

33

37

41

44

18.

Issiqlik inshootlarini modernizatsiya qilish*

dona

-

2

10

15

35

55

65

181

19.

Issiqlik tarmoqlarini yangilash yoki taʼmirlash*

km

-

129

202

461

720

979

1 238

1 500

20.

Ichki yoʻllarni taʼmirlash*

km

-

335,8

401,4

502,0

650,5

800,1

905,0

1 000

21.

Elektr tarmoqlarini yangilash*

km

-

1 300

1 500

2 100

2 700

3 500

4 500

5 000

22.

Elektr transformatorlarni yangilash*

dona

-

234

400

520

740

960

1250

1 600

23.

Elektr ustunlarini yangilash*

dona

-

1 200

1 600

2 100

2 600

3 200

3 800

4 500

24.

Yangi tortiladigan suv tarmoqlari*

km

-

60

120

200

350

500

650

800

25.

Suv tarmogʻini yangilash*

km

-

20

30

45

70

95

140

185

* Yildan yilga oʻsib boruvchi yoki kamayib boruvchi koʻrsatkich.
** Yillik koʻrsatkich.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-iyuldagi PF-112-son Farmoniga
2-ILOVA
“Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining
ASOSIY YOʻNALISHLARI
1. Toshkent shahri va tumanlar hokimliklari hamda ular tarkibidagi korxona va muassasalarga tegishli mulklar (keyingi oʻrinlarda — munitsipal mulklar) holatini tahlil qilish, mavjud resurs va imkoniyatlarni aniqlash va ulardan samarali foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
2. Munitsipal mulklarni boshqarish, ularning negizida davlat sherigi sifatida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish hamda ularni tadbirkorlik subyektlariga ijara va boshqaruvga berish, ularning monitoringini yuritish va samaradorligini baholab borish.
3. Munitsipal mulklarning investitsion jozibadorligini oshirish, ularning negizida investorlar bilan hamkorlikda investitsiya loyihalarini amalga oshirish.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasig Fuqarolik kodeksining 215-moddsi.
4. Tadbirkorlik subyektlarining Toshkent shahri infratuzilmasini rivojlantirish bilan bogʻliq istiqbolli loyihalarini ularning moliyaviy jozibadorligi va samaradorligidan kelib chiqib moliyalashtirishda ishtirok etish.
5. Toshkent shahrining alohida hududlarini rivojlantirish va renovatsiya dasturlari, master reja va quriladigan obyektlarning loyiha hujjatlari ishlab chiqilishini tashkil etish.
6. Toshkent shahridagi kommunal soha korxonalarining faoliyatini tahlil qilgan holda, ular faoliyatini transformatsiya qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
7. Toshkent shahridagi qurilish va rekonstruksiya qilish ishlarini hamda infratuzilma tarmoqlariga ulanish jarayonlarini muvofiqlashtirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-iyuldagi PF-112-son Farmoniga
3-ILOVA
Yer uchastkalari negizida “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida loyihalarni amalga oshirish mexanizmlari
1. Yuridik shaxslar ustav kapitalida ishtirok etish orqali yer uchastkalari negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirishning asosiy bosqichlari:
mazkur mexanizm asosida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tanlangan yer uchastkalari yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish tartibida Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatiga (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) 49 yildan oshmaydigan muddatga ijaraga beriladi;
Kompaniyaga ijaraga berilgan yer uchastkalari Kompaniya tomonidan jalb qilinadigan baholovchi tashkilotlar tomonidan baholanadi;
yer uchastkalari, unda amalga oshiriladigan investitsiya loyihasining master rejasi, loyiha hujjatlari va boshqa ruxsat berish hujjatlari rasmiylashtirilgan holda, Kompaniya buyurtmasiga asosan u bilan birgalikda loyihani amalga oshirishda ishtirok etish huquqi uchun “E-auksion” elektron savdo platformasida auksion savdolariga (keyingi oʻrinlarda — auksion savdolari) chiqariladi;
auksion savdolarida shakllangan narx auksion gʻolibi tomonidan bir yil ichida Kompaniya va auksion gʻolibi ishtirokida tashkil etiladigan xoʻjalik jamiyati ustav kapitaliga gʻolibning ulushi sifatida yoʻnaltiriladi, bunda ushbu xoʻjalik jamiyatining ustav kapitalida Kompaniyaning 50 foizgacha ulushi tegishli loyiha uchun tanlangan yer uchastkasining auksion savdolarida shakllangan narxi hisobiga shakllantiriladi;
tashkil etiladigan xoʻjalik jamiyatining taʼsis hujjatlarida Kompaniyaning ulushi sotish yoki qurilgan obyektning bir qismini yoki uning qiymatini olish hisobiga begonalashtirilishi mumkin. Bunda, ulush qiymati davlat aktivining auksion savdolarida shakllangan bahosidan kam boʻlmasligi kerak.
2. Oddiy shirkat shartnomasi asosida yer uchastkalari negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirishning asosiy bosqichlari:
mazkur mexanizm asosida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tanlangan yer uchastkalari yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish tartibida Vazirlar Mahkamasi tomonidan Kompaniyaga 49 yildan oshmaydigan muddatga ijaraga beriladi;
Kompaniyaga ijaraga berilgan yer uchastkalari Kompaniya tomonidan jalb qilinadigan baholovchi tashkilotlar tomonidan baholanadi;
yer uchastkalari, unda amalga oshiriladigan investitsiya loyihasining master rejasi, loyiha hujjatlari va boshqa ruxsat berish hujjatlari rasmiylashtirilgan holda, Kompaniya buyurtmasiga asosan u bilan birgalikda loyihani amalga oshirishda ishtirok etish huquqi uchun auksion savdolariga chiqariladi. Bunda, yer uchastkalarining qiymati, foydani taqsimlash tartibi hamda tomonlarning huquq va majburiyatlarini nazarda tutuvchi oddiy shirkat shartnomasi elektron raqamli imzo bilan imzolangan holda ilova qilinadi;
auksion savdolarida ishtirok etuvchi talabgorlar savdolarda qatnashish uchun yer uchastkasi qiymatining kamida 10 foizini zakalat puli sifatida keyinchalik Kompaniyaga oʻtkazish uchun savdo operatoriga oʻtkazadi. Bunda, mazkur toʻlangan mablagʻlar yer uchastkalari uchun toʻlovlar amalga oshirilganda hisobga olinadi;
auksion gʻolibi qurilishni oʻz mablagʻlari va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan amalga oshirishi, qurilish yakunlangandan keyin koʻchmas mulk obyekti yoki uning bir qismini oddiy shirkat shartnomasida belgilangan tartibda sotishi mumkin;
koʻchmas mulk qurilishi boʻyicha xarajat va daromadlarning hisobi alohida yuritiladi va loyiha natijasida yer uchastkasi qiymati toʻlangandan soʻng olingan sof foyda oddiy shirkat shartnomasida belgilangan tartibda taqsimlanadi. Bunda, oddiy shirkat shartnomasi shartlari bajarilmagan taqdirda, investor tomonidan kiritilgan mablagʻlar qaytarilmaydi.
Izohlar:
mazkur ilovada nazarda tutilgan mexanizmlarni, shu jumladan yangi mexanizmlarni amalga oshirish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
Vazirlar Mahkamasi qarori asosida bir nechta yer uchastkalari Kompaniyaga berilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-iyuldagi PF-112-son Farmoniga
4-ILOVA
Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari va sarflash yoʻnalishlari
I. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari:
1. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan loyihalardan olingan daromadlar, shu jumladan “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) tomonidan yangidan yaratilgan aktivlarni sotishdan tushgan tushumlar.
2. Kompaniya davlat sherigi sifatida ishtirok etgan davlat-hususiy sheriklik loyihalaridan olingan daromadlar.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Toshkent shahridagi yer uchastkalarini ijaraga olish va mulk huquqini elektron onlayn auksion orqali sotishdan tushadigan mablagʻlar (savdoga chiqarish va sotish bilan bogʻliq xarajatlar chegirib qolinganidan soʻng toʻliq miqdorda). Bunda:
Toshkent shahrida joylashgan davlat aktivlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini sotishdan tushgan tushumlarning qonunchilikka muvofiq Jamgʻarmaga yoʻnaltirilishi belgilangan qismi Toshkent shahrining shahar budjetida ochilgan alohida daromad hisobvaraqlariga oʻtkazilgandan soʻng, kun yakuni bilan toʻliqligicha Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi;
ushbu manbalar hisobidan mahalliy budjetga tushgan mablagʻlar daromadlarning orttirib bajarilgan qismini hisoblashda chegiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
4. Toshkent shahrida maxsus avtomatlashtirilgan foto va videofiksatsiya texnika vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalarning Toshkent shahri mahalliy budjetiga yoʻnaltiriladigan qismining 50 foizi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Toshkent shahri uchun ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlari tariflariga belgilangan maxsus ustamaning Toshkent shahri hokimligiga yoʻnaltirilgan qismi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
6. Toshkent shahrida tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) joylashtirish uchun qonunchilikda belgilangan toʻlovning 20 foizi.
7. Toshkent shahrida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida shaharsozlik faoliyati obyektini qurish yoki rekonstruksiya qilishni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish qiymatiga kiritilgan toʻlovning 100 foizi.
8. Vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olingan daromadlar.
9. Toshkent shahrining shahar budjeti daromadlarining prognozdan oshirib bajarilgan qismidan ajratmalar.
10. Jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari.
11. Qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
II. Jamgʻarma mablagʻlari sarflanadigan asosiy yoʻnalishlar:
1. Kompaniya tomonidan, shu jumladan investorlar ishtirokida investitsiya loyihalari, davlat-xususiy sheriklik loyihalari, Toshkent shahri infratuzilmasini rivojlantirish bilan bogʻliq istiqbolli loyihalarni amalga oshirish.
2. Toshkent shahri alohida hududlarini rivojlantirish va renovatsiya dasturlari, master reja va quriladigan obyektlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.
3. Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash.
4. Hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish.
5. Renovatsiya dasturlarini amalga oshirish.
6. “Yangi Oʻzbekiston” massivlari, davlat uy-joy dasturlarida koʻzda tutilgan massivlar, shuningdek, maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari (ichimlik va oqova suv, elektr energiyasi, tabiiy gaz tarmoqlari va avtomobil yoʻli) bilan taʼminlash.
7. Qiymati 200 milliard soʻmdan oshadigan, investorning oʻz mablagʻlari ulushi 25 foizdan kam boʻlmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalar, shuningdek, xalqaro va respublika ahamiyatidagi avtomobil yoʻllari boʻyidagi yaxlit yer maydonlarida tashkil etiladigan yoʻlboʻyi infratuzilma obyektlarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
71. Kompaniya tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarning yer uchastkalari hamda Toshkent shahrida realizatsiya qilingan yer uchastkalari boʻyicha:
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish boʻyicha yer tuzish loyihalarini bajarish ishlarini amalga oshirish maqsadida loyiha institutlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar haqini;
olib qoʻyilayotgan yerlarning egalari, foydalanuvchilari va ijarachilariga yetkaziladigan zararlarni, shuningdek, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash.
Bunda realizatsiya qilingan yer uchastkalari boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan boʻlsa qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrni yer uchastkasining oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha kelib tushayotgan mablagʻlarga mutanosib ravishda taqsimlanib qoplanadi hamda toʻliq qoplangunga qadar yer ajratish loyihasini naturaga koʻchirish va yer uchastkalariga boʻlgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlarni tayyorlashga ruxsat beriladi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktabrdagi PF-202-sonli Farmoniga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Kompaniya Kuzatuv kengashi qarori asosida qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan Kompaniya faoliyati bilan bogʻliq hamda Toshkent shahar hokimining qaror va farmoyishlariga asosan boshqa xarajatlarni amalga oshirish.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktabrdagi PF-202-sonli Farmoni tahririda)
Izohlar:
1. Ushbu ilovaning I boʻlimi 1 va 2-bandlaridagi tushumlar Kompaniya kuzatuv kengashi qarori asosida Kompaniyani saqlash, shu jumladan xodimlarni ragʻbatlantirish hamda yuqori malakali mutaxassislarni, xususan xorijiy ekspertlarni jalb qilish xarajatlariga yoʻnaltirilishi mumkin.
2. Ushbu ilovaning I boʻlimi 5-bandidagi tushumlar 2023-yil 1-oktabrdan 4, 6 va 7-bandlaridagi tushumlar 2024-yil 1-yanvardan boshlab Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi.
3. Jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etish, hisobi va hisobotini yuritish Kompaniya orqali amalga oshiriladi.
4. Jamgʻarmaga Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi tatbiq etilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-iyuldagi PF-112-son Farmoniga
5-ILOVA
Toshkent shahrini 2023 — 2025-yillarda rivojlantirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddati

Masʼul ijrochilar

I. Barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash

1.

2024-yil va kelgusi yillar uchun moʻljallangan Toshkent shahrini 2030-yilgacha rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlariga erishish boʻyicha chora-tadbirlarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Chora-tadbirlar rejasi

Har yili dekabr

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov)

2.

Chilonzor, Uchtepa, Shayxontohur, Olmazor, Yakkasaroy, Yunusobod va Mirzo Ulugʻbek tumanlarida turizm va savdo xizmatlarini rivojlantirish dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda:

Chilonzordagi Arnasoy, Yashnoboddagi Sultonali Mashxadiy va Miroboddagi Taras Shevchenko koʻchalarida “gastronomik turizm”ni yoʻlga qoʻyish;

tarixiy qiyofasini saqlagan holda, Zarqaynar, Gulbozor va Sarxumdon mahallalarida turizm va hunarmandlar koʻchalarini tashkil qilish;

Eski Juva hududidagi bozor ansamblini meʼmoriy qiyofasini saqlagan holda, eng ilgʻor arxitektura yechimlari asosida rekonstruksiya qilish;

Chilonzor, Shayxontohur va Uchtepa tumanlarida 1 mln kvadrat metr savdo maydoniga ega boʻlgan, 1,5 mlrd dollarlik 6 ta yirik savdo-servis kompleksini ishga tushirish;

200 dan ortiq turistik obyekt tashkil qilish, 50 dan ziyod ziyoratgoh, tarixiy va madaniy meros obyektlarini taʼmirlash;

har bir tumanda kamida 2 tadan tunu kun ishlaydigan savdo va koʻngilochar maskanlarni ishga tushirish;

avtomobil halqa yoʻllari boʻyida 1 mingdan ziyod zamonaviy savdo-servis obyektlarini tashkil qilish;

300 dan ziyod zamonaviy mehmonxona va biznes markazlarini qurishni nazarda tutish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil dekabr

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev),

Turizm qoʻmitasi (Shadiyev),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Zakirov),

Savdo-sanoat palatasi (Vahabov)

3.

Yangihayot, Chilonzor, Bektemir, Sergeli va Mirobod tumanlarida elektronika, bio-farmatsevtika, bio-texnologiyalar asosida kimyo, qurilish materiallari va oziq-ovqat sanoati loyihalarini amalga oshirish uchun yangi sanoat zonalarini tashkil etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil dekabr

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov)

4.

Toshkent shahri hokimligi muassisligida “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatini (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) tashkil etish, uning ustavini tasdiqlash va kuzatuv kengashi tarkibini shakllantirish.

Toshkent shahri hokimining qarori

2023-yil avgust

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov)

5.

Kompaniyaning ustav kapitalini shakllantirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023 — 2025-yillar

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov)

6.

Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish.

Toshkent shahri hokimining qarori

2023-yil avgust

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov)

7.

Yer uchastkalari negizida Kompaniya va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida loyihalarni amalga oshirish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil sentabr

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov)

8.

Kompaniya faoliyati ochiqligi va jamoatchilik oldidagi hisobdorligini taʼminlash chora-tadbirlarini belgilash.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil oktabr

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov)

9.

Toshkent shahri mahalliy budjeti hisobini 2028-yildan boshlab Davlat sektorida xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IPSAS) asosida yuritishni toʻliq yoʻlga qoʻyish.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil dekabr

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev)

10.

Huquqiy eksperiment natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, huquqiy eksperimentni takomillashtirish yoki toʻliq joriy etish haqidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil mart

Vazirlar Mahkamasi,

Adliya vazirligi (Tashkulov),

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov)

II. Kommunal xizmatlar sifatini oshirish va ijtimoiy infratuzilmani yangilash

11.

2030-yilgacha aholini zamonaviy va hamyonbop uy-joylar bilan taʼminlash, shu jumladan 230 ming kvartirali uy-joylar qurish va renovatsiya dasturlari asosida 1,7 mingta uy-joylarni qayta tiklashni nazarda tutuvchi dasturni tasdiqlash.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil

noyabr

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Zakirov)

12.

2030-yilga qadar elektr, gaz, issiqlik va suv taʼminotini yaxshilash boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi dasturni Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

5 ming km elektr tarmoq, 1,6 mingta transformator va 4,5 mingta elektr ustunlarini yangilash;

800 km suv tarmoqlarini tortish, 100 tadan ortiq mahallada suv taʼminotini yaxshilash, 185 km suv tarmogʻi, quduqlar va gidrantlarni yangilash;

181 ta issiqlik inshootlarini modernizatsiya qilish, 1,5 ming km tarmoqlarni taʼmirlash;

quvvati 1,5 mln kub metr boʻlgan oqova suv tozalash inshootini barpo etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Har yili dekabr

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov),

Energetika vazirligi (Mirzamahmudov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Zakirov),

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (Abduxakimov)

13.

Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan tashkilot va idoralar tomonidan ularga tegishli bino va unga tutash hududlar atrofida obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va tozalikni saqlash ishlarini amalga oshirish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil noyabr

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov),

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (Abduxakimov)

14.

Yoʻl-transport boshqaruvini raqamlashtirish va ilgʻor xorijiy tajriba, xususan “Vision zero” konsepsiyasi asosida quyidagilarni nazarda tutuvchi “xavfsiz va ravon yoʻl” tamoyilini joriy qilish boʻyicha dasturni Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

“aqlli chorraha” va “aqlli svetofor” boshqaruv tizimi asosidagi chorrahalarni tashkil etish;

kirish joylarda va yoʻlovchi oqimi yuqori boʻlgan metro bekatlari atrofida koʻp qavatli avtoturargohlar tashkil qilish;

tirbandlik yuqori boʻlgan koʻchalarda yoʻl oʻtkazgichlar qurish va yoʻl boʻyi avtomobillar toʻxtash joylarini tashkil etish;

1 000 kmdan ziyod ichki yoʻllar, 15 ta mahalladagi 16 ta koʻprikni taʼmirlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil dekabr

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov),

Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov),

Transport vazirligi (Mahkamov)

15.

Jamoat transportini rivojlantirish boʻyicha dasturni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda, qoʻshimcha 1,2 mingta elektrobus xarid qilish va avtobuslarni tabiiy gaz yoqilgʻisiga oʻtkazishni nazarda tutish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil mart

Transport vazirligi (Mahkamov),

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov)

16.

“Doʻstlik” metro bekatidan Yangi Toshkent shahriga qadar uzunligi 15 km boʻlgan 115 ming yoʻlovchi tashish quvvatiga ega yer usti metro yoki tramvay liniyasini tortish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil iyun

Transport vazirligi (Mahkamov),

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Adilov)

III. Ekologik vaziyatni yaxshilash

17.

Toshkent shahrida iqlim oʻzgarishlariga mos koʻchat yetishtirish, parvarishlash va sugʻorish boʻyicha ilgʻor ilmiy va texnologik yechimlarni oʻzida qamrab olgan zamonaviy servis tizimini yoʻlga qoʻyish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil yanvar

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov),

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (Abduxakimov)

18.

Toshkent shahri boʻylab har yili kamida 1 mln dona manzarali, mevali daraxtlar koʻchatlarini va qalamchalarini ekish, har bir mahallada mingtadan daraxt koʻchatlarini ekish, “tematik” bogʻlar barpo qilish boʻyicha dasturni tasdiqlash.

Chora-tadbirlar rejasi

Har yili dekabr

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov),

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (Abduxakimov)

19.

Yangi Toshkent shahri hududida umumiy maydoni 35 gektar boʻlgan “sunʼiy koʻl” va 50 gektar maydonda “akvapark” tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023 — 2026-yillar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Adilov),

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov)

20.

Anhor kanali boʻyida uzunligi 60 km boʻlgan sayilgoh tashkil etish. Bunda:

Yunusobod va Chilonzor tumanlarini toʻsiqsiz piyodalar va velosiped yoʻlaklarini bilan bogʻlash;

mingdan ortiq dam olish zonalari va xizmat koʻrsatish obyektlarini joylashtirish, 100 km velosiped yoʻlaklari, 32 ta sayilgoh, 30 ta yashil hudud va xiyobonlar barpo qilishni nazarda tutish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023 — 2025-yillar

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov),

Transport vazirligi (Mahkamov),

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (Abduxakimov)

IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirish

21.

Maktabgacha taʼlim qamrovini kengaytirish maqsadida 2024-yil va kelgusi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarida 50 ming oʻrinli 400 dan ortiq yangi maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda 240 ta maktabgacha taʼlim tashkilotini mukammal taʼmirlashni inobatga olish.

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi

Har yili dekabr

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Shin),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev)

22.

Maktab taʼlimi sifatini oshirish maqsadida 2024-yil va kelgusi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarida maktablarda 100 mingta yangi oʻquvchi oʻrni yaratish va 115 ta maktabda qurilish va kapital taʼmirlash ishlarini amalga oshirishni nazarda tutish.

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi

Har yili dekabr

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev)

23.

Tibbiy xizmatlar hajmini oshirish maqsadida 2024-yil va kelgusi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarida quyidagilarni inobatga olish:

35 ta yangi poliklinika qurish;

65 ta tibbiyot muassasasini kapital taʼmirlash;

450 oʻrinli 2 ta shifoxona faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi

Har yili dekabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov),

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev)

24.

Toshkent shahridagi shoshilinch xizmatlarni (yongʻin xavfsizligi, ichki ishlar, tez tibbiy yordam, kommunal xizmatlar) yagona platformada ishlashga oʻtkazish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil dekabr

Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov),

Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Kuldashev),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Zakirov)

Izoh: ushbu ilovadagi chora-tadbirlarning amalga oshirish shakli tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetiga qarab qayta koʻrib chiqilishi yoki birlashtirilishi mumkin.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 06/23/112/0522-son; 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son; 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son; 29.07.2026-y., 07/26/279/0795-son)