1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Zamonaviy talablar va jamiyat ehtiyojlariga javob beradigan yangi oʻquv rejalari, dasturlari va oʻquv-metodik adabiyotlarni ishlab chiqish hamda amaliyotga kiritish munosabati bilan Taʼlim muassasalari uchun matbaa mahsulotlari xavfsizligi talablarini belgilashning umumiy texnik reglamentiga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Soʻnggi yillarda taʼlim tashkilotlarida oʻqitish metodikasini takomillashtirish, zamonaviy talablar va ilgʻor xorijiy tajriba asosida yangi darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni nashr qilish, ularni tajriba-sinovdan oʻtkazish hamda ekspertiza qilishni tashkillashtirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, taʼlim jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy qilish, zamonaviy talablar va jamiyat ehtiyojlariga javob beradigan yangi oʻquv rejalari, dasturlari va oʻquv-metodik adabiyotlarni ishlab chiqish hamda amaliyotga kiritish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-metodik va tadqiqot ishlari sifatini oshirish orqali taʼlim tizimini kompleks rivojlantirishni jadallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 20-apreldagi PQ-128-son qarori bilan ilmiy-metodik va tadqiqot ishlari sifatini oshirish orqali taʼlim tizimini kompleks rivojlantirishni jadallashtirish choralari belgilandi.
Shu munosabat bilan, ushbu qarorga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini muvofiqlashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-metodik va tadqiqot ishlari sifatini oshirish orqali taʼlim tizimini kompleks rivojlantirishni jadallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 20-apreldagi PQ-128-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-dekabrdagi 726-son qarori bilan tasdiqlangan Taʼlim muassasalari uchun matbaa mahsulotlari xavfsizligi talablarini belgilashning umumiy texnik reglamentigailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.U. Umarova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 20-may,
209-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-maydagi 209-son qaroriga ILOVA
Taʼlim muassasalari uchun matbaa mahsulotlari xavfsizligi talablarini belgilashning umumiy texnik reglamentiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“17. Oʻquv nashrlari hamda oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmalar parametrlari ushbu Reglamentga 4-ilovada keltirilgan talablarga javob berishi kerak.
Oʻquv nashrlarini ishlab chiqarishda faqat ushbu maqsadlar uchun moʻljallangan qogʻozdan, shu jumladan ofset, tipografik, kitob-jurnal, mashinada yengil boʻrlangan (Machine Finished Coated) va shunga oʻxshash turdagi qogʻozlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Oʻquv nashrlarini ishlab chiqarishda gazeta qogʻozi va yaltiroq (toʻliq boʻrlangan) qogʻozdan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Quyidagilarga:
oʻquv nashrlarining muqovasini ishlab chiqarishda yaltiroq (toʻliq boʻrlangan) qogʻozdan foydalanishga;
qayta foydalanish uchun moʻljallanmagan bosma mahsulotlarni (imtihon biletlari, topshiriqli kartochkalar, test savollari, krossvordlar va shu turdagilar) ishlab chiqarishda gazeta qogʻozi va yaltiroq (toʻliq boʻrlangan) qogʻozlardan foydalanishga;
oʻquv nashrlari hamda qoʻshimcha taʼlim uchun nashrlarning muqovalari va matnida rangli rasm, kollaj yoki kompozitsion tasvir, illyustratsiya va dizayn elementlarini hosil qilishda toʻrt xilgacha rangli boʻyoqlar (CMYK)dan foydalanishga ruxsat etiladi”.
“b) rangli (kulrang) fonda 200 belgidan koʻproq hajmdagi matnni chop etishda oq qolip-plashkadan (nashr qogʻozining belgilangan oqlik darajasi) foydalaniladi — shriftning qoʻshimcha ajratilishi talab etilmaydi;
v) soʻzlararo oraliq asosiy matn shrifti balandligining 110 foizdan 150 foizgacha qismini tashkil etishi kerak;
g) 1 — 4-sinflar nashrlaridagi shriftli ajratishda ranglardan foydalanishda 4 xil rangdan, shuningdek, ularning tuslaridan oshishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Matnni qolip-plashkali ajratishda ranglar intensivligi 70 foizdan kam boʻlmasligi zarur. Ushbu talablar bilan metodik materiallarni (sxemalar, diagrammalar, jadvallar) tartibga solinishi majburiy emas. 5 — 11-sinflar nashrlari uchun ikkidan koʻp rang boʻyogʻidan, oʻrta maxsus taʼlim nashrlari uchun umuman rang boʻyoqlaridan foydalanish tavsiya etilmaydi;
d) rasm ostiga yozuv qoʻyish uchun balandligi asosiy matn shrifti balandligidan 4 punktdan koʻp boʻlmagan shriftdan foydalanish tavsiya etiladi”.
5. 4-ilova (Taʼlim muassasalari uchun oʻquv nashrlari parametrlari)ning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Taʼlim muassasalari uchun oʻquv nashrlari PARAMETRLARI
Nomlanishi
Sahifalar uchun ishlatiladigan qogʻoz turi
Qogʻozning oqligi, %
Bichimi*
Qogʻozning zichligi g/m2
Noshaffoflik, %
Muqova bilan biriktirish**
Oʻquv nashrlari
Maktabgacha taʼlim uchun oʻquv nashrlari
Ofset qogʻozi
84 dan kam boʻlmagan
60 x 84 1/8, 60 x 84 1/16, 60 x 90 1/8, 60 x 90 1/16,
62 x 84 1/8,
62 x 90 1/16,
70 x 90 1/16,
70 x 1001/16,
70 x 1081/16, 84 x 1081/16, 84 x 1081/32,
70,0 ± 3,0 dan kam boʻlmagan
86 — 91
1. Muqova 13mkm ± 3 laminatsiya plyonkasi bilan qoʻshib biriktiriladi1.
Sahifalarni bloklarga va bloklarni muqova bilan biriktirish uchun notch yoki burst binding texnologiyasi boʻyicha maxsus kuchaytirilgan yelimlangan choksiz birikmalardan foydalaniladi.
Shuningdek, sahifalarni bloklarga va bloklarni muqova bilan biriktirish uchun oʻquv nashrlar kapron (yoki armirlangan) ipda kamida 5 ta chok2 bilan tikilishi yoki belgilangan yelimlash texnologiyasidan foydalangan holda biriktirilishi mumkin.
2. Blokni jamlashda koreshok va uning ikki tomonidagi bigovka uchun ajratilgan qattiq muqova uchun 10 mm, yumshoq muqova uchun 5-6 mm gacha qismlari toʻliq muqovaga yelimlanadi.
Muqova orqa va old tomonidan bigovkaqilinadi.
3. Darsliklar va amaliy qoʻllanmalar uch tomonidan toʻgʻri va tekis qirqiladi.
Darsliklarning tepadagi oʻng va pastdagi oʻng burchaklari radiusi 5 — 10 mmga teng boʻlgan yumaloq shaklga keltiriladi.
4. Amaliy qoʻllanmalar uchun muqova va sahifalar oʻrtadan (bukilgan holatda) ikkita sim halqa bilan mustahkamlanadi.
1-sinf uchun darsliklar
Mashinada yengil boʻrlangan kitob-jurnal qogʻozi (Machine Finished Coated Paper)
87 dan kam boʻlmagan
80,0 ± 4,0 dan kam boʻlmagan
88 dan kam boʻlmagan
Ofset qogʻozi
87 dan kam boʻlmagan
80,0 ± 4,0 dan kam boʻlmagan
1-sinf uchun oʻquv qoʻllanmalar
Ofset qogʻozi
86 dan kam boʻlmagan
60 dan kam boʻlmagan yengil vaznli qogʻoz***
2 — 4-sinflar uchun darsliklar
Mashinada yengil boʻrlangan kitob-jurnal qogʻozi (Machine Finished Coated Paper)
84 dan kam boʻlmagan
80,0 ± 4,0 dan kam boʻlmagan
86 — 91
Ofset qogʻozi
84 dan kam boʻlmagan
80,0 ± 3,0 dan kam boʻlmagan
2 — 4-sinflar uchun oʻquv qoʻllanmalar
Ofset qogʻozi
86 dan kam boʻlmagan
60 dan kam boʻlmagan yengil vaznli qogʻoz***
5 — 9-sinflar uchun darsliklar
Ofset qogʻozi
80 dan kam boʻlmagan
70,0 ± 3,0 dan kam boʻlmagan
86 — 91
5 — 9-sinflar uchun oʻquv qoʻllanmalar
Ofset qogʻozi
86 dan kam boʻlmagan
60 dan kam boʻlmagan yengil vaznli qogʻoz
10-11-sinflar va OʻMPTlar uchun darsliklar
Ofset qogʻozi
74 dan kam boʻlmagan
70,0 ± 3,0 dan kam boʻlmagan
86 dan kam boʻlmagan
10-11-sinflar va va OʻMPTlar uchun oʻquv qoʻllanmalar
Ofset qogʻozi
86 dan kam boʻlmagan
60 dan kam boʻlmagan yengil vaznli qogʻoz
1-sinf uchun mashq, husnixat, ish va ijodiy vazifalar daftarlari
Ofset qogʻozi
86 dan kam boʻlmagan
70,0 ± 3,0 dan kam boʻlmagan
88 dan kam boʻlmagan
2- va undan yuqori sinflar uchun mashq, husnixat, ish va ijodiy vazifalar daftarlari
Ofset qogʻozi
86 dan kam boʻlmagan
70,0 ± 3,0 dan kam boʻlmagan
86 dan kam boʻlmagan
* Bichim (oʻlcham) boʻyicha chegaraviy farqlanishlar ±2 mm dan koʻp boʻlmasligi kerak.
** Oʻquv qoʻllanmalarining muqovasi uchun 190±5 g/m2 dan kam boʻlmagan qogʻozdan foydalaniladi.
*** Yengil vaznli qogʻozning gʻovaklilik darajasi 1,4 — 1,8 sm3/g., zichligi 70 g\m² va 80 g\m² boʻlgan ofset qogʻozning gʻovaklilik darajasi — 1,2 sm3/g, zichligi 80 g\m² boʻlgan mashinada yengil boʻrlangan kitob-jurnal qogʻozining (Machine Finished Coated Paper) gʻovaklilik darajasi — 1,0 sm3/g boʻlishi kerak.
Mashq daftarlari muqovasi plyonka bilan qoplanmaydi.
Bichimi 70 x 1081/16, 70 x 1001/16, 70 x 90 1/16, 60 x 90 1/16 boʻlgan va boshqa kichik formatdagi oʻquv nashrlar kamida 4 ta chok bilan tikilgan yoki belgilangan yelimlash texnologiyasidan foydalangan holda biriktirilgan boʻlishi lozim”.
Oʻquv nashrlarining matnli bezatilishiga qoʻyiladigan TALABLAR
Sinflar
Kegl
Interlinyajni oshirish, punktdan kam boʻlmagan
Maksimal qator uzunligi
Bl/kv sigʻimi, koʻpi bilan
kvadrat
mm
Birinchi
18
2
9 1/4
167
6,0
Ikkinchi
16/14*
2
9 1/4
167
6,0 (6,3)**
Uchinchi
14/12*
2
8 1/2
153
6,7 (7,2)**
Toʻrtinchi
14/12*
2
7 3/4
140
7,7 (8,0)**
* Hajmi 200 belgidan koʻp boʻlmagan qoʻshimcha matn uchun ruxsat etiladi.
** Qavslarda lotin alifbosida chiqariladigan nashrlar uchun shrift sigʻimi koʻrsatilgan.
Katta bichimlardan, yaʼni 60 x 90 1/8, 70 x 90 1/8, 60 x 84 1/8 formatlardan foydalanganda, sahifada qator uzunligi maksimum 185 mm dan oshmasligi kerak”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2023-y., 09/23/209/0290-son)