1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.03.00 Yer osti va yer usti suvlarining davlat hisobi. Davlat suv kadastri. Suv obyektlari monitoringi]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Suv va suvdan foydalanish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Yer osti suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Respublikada yer osti suvlaridan foydalanish va quduq burgʻilash tizimini yanada takomillashtirish, yer osti suv resurslarini muhofaza qilish boʻyicha davlat va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, aholi orasida suvdan oqilona foydalanish madaniyatini keng targʻib qilish, ularning miqdor jihatdan kamayib ketishi va ifloslanishining oldini olish hamda pirovard natijada aholini uzoq muddatli istiqbolda sifatli ichimlik suv bilan taʼminlash maqsadida:
1. Yer osti suvlariga quduq burgʻilash va ulardan foydalanish boʻyicha moratoriy joriy etiladigan, yer osti suvlari sathi pasayib ketayotgan hududlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, 2023-yil 1-yanvardan boshlab:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.03.00 Yer osti va yer usti suvlarining davlat hisobi. Davlat suv kadastri. Suv obyektlari monitoringi]
a) yer osti suvlarining koʻp yillik oʻrtacha sathiga nisbatan suv sathi 5 metrdan ortiq pasayib ketgan hududlarda yerlarni sugʻorish va ishlab chiqarish maqsadlariga gidrogeologik xulosa berish, yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash hamda mavjud quduqlardan yerlarni suv tejovchi texnologiyalarsiz sugʻorish taqiqlanadi, bundan tasdiqlangan davlat dasturlari doirasida va jismoniy shaxslar tomonidan chuqurligi 25 metrgacha boʻlgan quduqlarni burgʻilash hamda sutkasiga 5 metr kubgacha hajmdagi yer osti suvlarini shaxsiy ehtiyojlar uchun yakka tartibda olish mustasno;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.08 Suv muhofazasi zonasi. Qirgʻoq boʻyi mintaqasi. Suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari. Er usti va yer osti suvlarining hosil boʻlish zonalari]
b) yer osti suvlarining koʻp yillik oʻrtacha sathiga nisbatan suv sathi 5 metrgacha pasaygan hududlarda yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilashga gidrogeologik xulosa va suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat geologiya qoʻmitasi) tomonidan:
qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarini sugʻorish maqsadlari uchun — suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish shartlari bilan Suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan holda;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.02.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (shuningdek, 01.12.05.00ga qarang) / 02.02.02.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining vakolatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.02.00 Hokimni tayinlash va tasdiqlash. Vakolatlari]
ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun — hududiy rivojlantirish dasturlari va suvdan tejamli foydalanish shartlariga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishilgan holda beriladi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.03.00 Yer osti va yer usti suvlarining davlat hisobi. Davlat suv kadastri. Suv obyektlari monitoringi]
v) qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishda suv tejovchi texnologiyalardan (tomchilatib, yomgʻirlatib, diskret va boshqalar) foydalanilmaganda burgʻi quduqlaridan foydalanishni taqiqlash Davlat geologiya qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) tomonidan amalga oshiriladi.
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2023-yil 1-apreldan boshlab:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.06.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini litsenziyalash. Litsenziyani berish va qayta rasmiylashtirish. Tanlov va auksionlar]
yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash uchun ruxsatnoma berishning amaldagi tartibi bekor qilinadi hamda Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga (keyingi oʻrinlarda — burgʻilovchi subyektlar) yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash faoliyatiga ruxsatnoma berish tartibi joriy etiladi;
burgʻilovchi subyektlarga oʻz tasarrufidagi burgʻilash uskunalarini GPS-trekerlar bilan jihozlash va ularni doimo ishchi holatda saqlash majburiyati yuklatiladi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.08 Suv muhofazasi zonasi. Qirgʻoq boʻyi mintaqasi. Suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari. Er usti va yer osti suvlarining hosil boʻlish zonalari]
qonunchilikda nazarda tutilgan tegishli texnik hujjatlarga ega boʻlmagan burgʻilash uskunalari yordamida yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash taqiqlanadi va Inspeksiya tomonidan bunday holatlar aniqlangan taqdirda, burgʻilash uskunalarini musodara qilish yuzasidan sudga murojaat etiladi;
yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash faoliyatiga ruxsatnomaning talab va shartlarini bajarmaganlik uning amal qilishini toʻxtatib turishga, gidrogeologik xulosasiz burgʻilash ishlarini olib borish esa ruxsatnomani bekor qilishga asos boʻladi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.03.00 Yer osti va yer usti suvlarining davlat hisobi. Davlat suv kadastri. Suv obyektlari monitoringi]
yer osti suv olish inshootlariga (burgʻi qudugʻi, buloq kaptaji) ega boʻlgan barcha yer osti suvlaridan foydalanuvchilarga yillik suv olish miqdori toʻgʻrisidagi hisobotni belgilangan tartibda Davlat geologiya qoʻmitasining hududiy gidrogeologiya stansiyalariga topshirish majburiyati yuklanadi;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.08 Suv muhofazasi zonasi. Qirgʻoq boʻyi mintaqasi. Suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari. Er usti va yer osti suvlarining hosil boʻlish zonalari]
vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan shakllantiriladigan yer osti suvlari hisobiga suv taʼminotini yaxshilash boʻyicha istiqbolli dasturlar Davlat geologiya qoʻmitasi bilan kelishilishi shart.
3. Yer osti suv sathi pasayib ketayotgan hududlarda suvdan oqilona foydalanish va suv sathi kamayishining oldini olish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Kompleks chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash yuzasidan masʼuliyat tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklansin.
4. Davlat geologiya qoʻmitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda yer osti suvlari holatining, ularda boʻlayotgan oʻzgarishlarning onlayn nazoratini oʻrnatish maqsadida:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.03.00 Yer osti va yer usti suvlarining davlat hisobi. Davlat suv kadastri. Suv obyektlari monitoringi]
2023-yil 1-mayga qadar Davlat geologiya qoʻmitasi tarkibidagi “Oʻzbekgidrogeologiya” DUK tomonidan yer osti suvlari monitoringining raqamli maʼlumotlar bazasi va interaktiv xaritasini tayyorlash boʻyicha zamonaviy uskunalar va dasturiy taʼminotlar bilan jihozlangan situatsion markaz faoliyati yoʻlga qoʻyilishini;
yaratilgan yer osti suvlaridan foydalanuvchilarning elektron maʼlumotlar bazasi 2023-yil 1-maydan boshlab Davlat soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab fuqarolar yigʻinlari aʼzolari tomonidan oʻzlariga biriktirilgan hududlarda yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash holatlari boʻyicha Inspeksiyaga yoki hududiy gidrogeologiya stansiyalariga xabar berib borilishini taʼminlasin.
6. Belgilansinki, yer osti suvlaridan foydalanuvchilarga:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.08 Suv muhofazasi zonasi. Qirgʻoq boʻyi mintaqasi. Suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari. Er usti va yer osti suvlarining hosil boʻlish zonalari]
2024-yil 1-yanvarga qadar yer osti suvlaridan foydalanishning aniq hisobini yuritish maqsadida oʻz tasarrufidagi yer osti suv olish inshootlarini suv hisoblash vositalari bilan belgilangan tartibda jihozlash majburiyati yuklatiladi;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-son qarori bilan tasiqlanganYer osti suv olish inshootlarini suv hisoblash vositalari bilan jihozlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.03.00 Yer osti va yer usti suvlarining davlat hisobi. Davlat suv kadastri. Suv obyektlari monitoringi]
2024-yil 1-yanvardan boshlab suvni hisobga olish vositalari bilan jihozlanmagan yer osti suv olish inshootlaridan foydalanish taqiqlanadi (bundan jismoniy shaxslarga shaxsiy va xoʻjalik ehtiyojlari uchun yakka tartibda sutkasiga 5 metr kubgacha boʻlgan miqdorda yer osti suvlarini olish mustasno).
yer osti suvlaridan foydalanuvchilar tomonidan suv olish inshootlarida oʻrnatilgan suvni hisobga olish vositalari plombalanishi, roʻyxatga olinishi va ishchi holatining monitoringini taʼminlab borsin;
Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda yer osti suvlaridan foydalanuvchilar tomonidan suvni hisobga olish vositalarisiz suv olinganida soliq toʻlovini belgilangan soliq stavkasining besh baravari miqdorida undirish choralarini koʻrsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 06/26/95/0508-son)
8. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Davlat geologiya qoʻmitasining:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.02.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish ustidan nazorat va boshqaruv. Foydali qazilmalarni qazib olish faoliyatini litsenziyalash]
hududlarda yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash va ulardan samarali foydalanish sohasida davlat nazoratini kuchaytirish maqsadida Inspeksiya shtat jadvaliga tizim tashkilotlari boshqaruv xodimlari sonini mos ravishda qisqartirish hisobidan 13 ta inspektor lavozimini kiritish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.03.00 Yer osti va yer usti suvlarining davlat hisobi. Davlat suv kadastri. Suv obyektlari monitoringi]
“Oʻzbekgidrogeologiya” DUK tarkibiga “Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati” davlat muassasasini kiritish orqali respublikada yer osti suvlari hamda xavfli geologik jarayonlarning yagona monitoring tizimini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
9. Davlat geologiya qoʻmitasi:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.14.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
a) 2023-yil 1-yanvarga qadar yer osti suvlariga quduqlarni noqonuniy burgʻilash va ulardan foydalanish, shuningdek, xavfli geologik jarayonlarning oldini olish boʻyicha koʻrsatma talablarini bajarmaganlik uchun javobgarlikni keskin kuchaytirish, bunda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarning Inspeksiyaga taalluqliligini belgilash boʻyicha qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.04.00 Vazirlar Mahkamasining Reglamenti]
b) 2023-yil 30-yanvarga qadar yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash faoliyatiga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti hamda yer osti suv olish inshootlarida suvni hisobga olish vositalarini oʻrnatish va ulardan foydalanish tartibini tasdiqlovchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.03.00 Yer osti va yer usti suvlarining davlat hisobi. Davlat suv kadastri. Suv obyektlari monitoringi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
v) 2023-yil 1-yanvardan boshlab Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi bilan birgalikda yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni aniqlash maqsadida respublikadagi maxsus transport vositalarining (yer osti suvlariga quduqlar burgʻilash uskunalarining) yagona elektron bazasini shakllantirib borsin;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
g) suv sathi pasayib ketayotgan hududlarda yer osti suvlari davlat monitoringini kuchaytirsin hamda natijalariga koʻra har yili 1-aprelga qadar quyidagilar boʻyicha asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin:
hududlarda belgilangan cheklov choralarini davom ettirish, yumshatish yoki bekor qilish;
cheklovlar qoʻllanilgan hududlar maydonini oʻzgartirish yoki yangi hududlarni qoʻshish;
qoʻshimcha choralarni qoʻllash hamda mazkur hududlarda yer osti suvlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bilan bogʻliq boshqa masalalar.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Bunda, Vazirlar Mahkamasi kiritilgan takliflarga muvofiq, moratoriy joriy etilgan hududlar maydoniga va tegishli cheklovlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish choralarini koʻrsin;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari]
d) moratoriy joriy etilgan hududlar toʻgʻrisidagi yillik maʼlumotlar oʻzining rasmiy veb-saytida va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa ochiq manbalarda eʼlon qilib borilishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
e) 2023 — 2027-yillarda har yilgi mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturlari doirasida suv sathi pasayib ketayotgan hamda intensiv tarzda ekspluatatsiya qilinayotgan yer osti suv konlari resurslarini tubdan qayta baholash boʻyicha geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirsin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.03.00 Yer osti va yer usti suvlarining davlat hisobi. Davlat suv kadastri. Suv obyektlari monitoringi]
10. Yer osti suvlari boʻyicha geologik tadqiqotlarni olib borish, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish sohasida ilgʻor xorijiy tajribani joriy etish maqsadida Davlat geologiya qoʻmitasi sohaga oid tajribali konsultantlar bilan birgalikda:
ikki oy muddatda “Oʻzbekgidrogeologiya” DUKning tarkibiy boʻlinmasi sifatida yer osti suvlarining holatini monitoring qilish va ulardan samarali foydalanish, aholi va obyektlarni roʻy berishi mumkin boʻlgan xavfli geologik jarayonlardan muhofaza qilishga qaratilgan Davlat geologik monitoring xizmati faoliyatini yoʻlga qoʻysin;
2023-yilgi mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturi loyihasida Davlat geologik monitoring xizmatini tubdan modernizatsiya qilish maqsadida zamonaviy aloqa, mobil laboratoriya, oʻlchov-kuzatuv qurilmalari, asbob-uskuna hamda avtotransport vositalari bilan taʼminlashni nazarda tutsin;
2023-yil 1-aprelga qadar oʻz tasarrufidagi gidrogeologiya korxonasining burgʻilash uskunalarini GPS-trekerlar bilan jihozlashni hamda ularning onlayn rejimda monitoringini yoʻlga qoʻysin;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
2023-yildan boshlab sohadagi xorijiy tashkilotlar bilan tizimli ravishda tajriba almashuvini va iqtidorli yosh mutaxassislarning xorijda malakasini oshirishni taʼminlab borsin.
11. Hududlarda yer osti suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
bir hafta muddatda mazkur qarorga 3-ilovadan kelib chiqib, tegishli hududlarda yer osti suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni tasdiqlasin;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
Inspeksiya, Davlat soliq qoʻmitasi hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda doimiy asosda yer osti suv quduqlarini noqonuniy burgʻilash va suv olish holatlari ustidan nazoratni kuchaytirsin va taʼsirchan choralar koʻrib borsin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
13. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Davlat geologiya qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda yer osti suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan tizimli ravishda telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar tayyorlanishi va efirga uzatilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 5-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Davlat geologiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari A.A. Kadirxodjayev, suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari A.S. Nazarov va Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari M.M. Mirzayev belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 7-dekabr,
PQ-439-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-dekabrdagi PQ-439-son qaroriga 1-ILOVA
Yer osti suvlariga quduq burgʻilash va ulardan foydalanish boʻyicha moratoriy joriy etiladigan, yer osti suvlari sathi pasayib ketayotgan hududlar
ROʻYXATI
T/r
Viloyat nomi
Tuman nomi
Suv sathi pasayib ketayotgan maydonlar
5 metrgacha
5 metrdan ortiq
maydoni, ga
koordinatlari
maydoni, ga
koordinatlari
1.
Navoiy viloyati
Nurota tumani
15 400
SHK 40.590811° SHU 65.627721°
SHK 40.631591° SHU 65.672949°
SHK 40.596526° SHU 65.778531°
SHK 40.568862° SHU 65.819268°
SHK 40.550388° SHU 65.858702°
SHK 40.549203° SHU 65.882081°
SHK 40.560910° SHU 65.903963°
SHK 40.556425° SHU 65.935897°
SHK 40.563170° SHU 65.988450°
SHK 40.489072° SHU 66.171239°
SHK 40.508289° SHU 66.097473°
SHK 40.529620° SHU 66.044333°
SHK 40.539199° SHU 65.918762°
SHK 40.525811° SHU 65.844587°
SHK 40.539352° SHU 65.782597°
2.
Samarqand viloyati
Nurobod tumani
8 225
SHK 39.499391° SHU 66.562282°
SHK 39.531663° SHU 66.576209°
SHK 39.542695° SHU 66.587645°
SHK 39.545312° SHU 66.816004°
SHK 39.520784° SHU 66.815901°
SHK 39.510614° SHU 66.740724°
Payariq tumani,
Ishtixon tumani
Jami:
18 674
shundan:
8 055
10 619
SHK 40.024584° SHU 66.655206°
SHK 40.139093° SHU 66.645512°
SHK 40.112987° SHU 66.729799°
SHK 40.078716° SHU 66.870068°
SHK 40.019663° SHU 66.867798°
Ishtixon tumani
3 821
SHK 40.015783° SHU 66.468138°
SHK 40.050920° SHU 66.464099°
SHK 40.067539° SHU .66.480141°
SHK 40.068009° SHU 66.543762°
SHK 40.027562° SHU 66.545208°
SHK 40.009623° SHU 66.511614°
Urgut tumani
5 135
SHK 39.465971° SHU 67.327235°
SHK 39.464293° SHU 67.388673°
SHK 39.381299° SHU 67.357711°
SHK 39.386606° SHU 67.312761°
SHK 39.379272° SHU 67.300968°
SHK 39.383565° SHU 67.296600°
SHK 39.394659° SHU 67.293052°
Qoʻshrabot tumani
30 601
SHK 40.203215° SHU 66.680486°
SHK 40.241875° SHU 66.795290°
SHK 40.302839° SHU 66.766200°
SHK 40.318704° SHU 66.776061°
SHK 40.314955° SHU 66.470087°
SHK 40.332707° SHU 66.456782°
SHK 40.357320° SHU 66.500800°
SHK 40.373718° SHU 66.477851°
SHK 40.364216° SHU 66.433574°
SHK 40.403222° SHU 66.355846°
SHK 40.410816° SHU 66.357645°
SHK 40.440040° SHU 66.291144°
SHK 40.459457° SHU 66.298338°
SHK 40.481709° SHU 66.236258°
SHK 40.472853° SHU 66.211009°
SHK 40.205683° SHU 66.633574°
3.
Jizzax viloyati
Forish tumani
87 764
SHK 40.639572° SHU 66.749853°
SHK 40.740939° SHU 66.826721°
SHK 40.626112° SHU 67.064972°
SHK 40.549464° SHU 67.350900°
SHK 40.511996° SHU 67.416234°
SHK 40.384129° SHU 67.410312°
SHK 40.426321° SHU 67.179456°
Zomin tumani
23 606
SHK 40.229485° SHU 68.336883°
SHK 40.237958° SHU 68.604879°
SHK 40.207084° SHU 68.596378°
SHK 40.219070° SHU 68.605176°
SHK 40.142513° SHU 68.534183°
SHK 40.122991° SHU 68.338126°
46 446
SHK 40.063519° SHU 68.173062°
SHK 40.048635° SHU 68.337981°
SHK 40.122912° SHU 68.338325°
SHK 40.132300° SHU 68.536276°
SHK 40.113648° SHU 68.534609°
SHK 40.096491° SHU 68.571570°
SHK 40.095248° SHU 68.586702°
SHK 40.080041° SHU 68.638799°
SHK 40.068824° SHU 68.606054°
SHK 40.061508° SHU 68.614643°
SHK 40.034476° SHU 68.611920°
SHK 39.991818° SHU 68.630152°
SHK 39.972626° SHU 68.183164°
Yangiobod tumani
24 904
SHK 40.145616° SHU 68.920226°
SHK 40.111204° SHU 68.899218°
SHK 40.112287° SHU 68.845610°
SHK 40.114572° SHU 68.865505°
SHK 40.099909° SHU 68.768841°
SHK 40.079831° SHU 68.676189°
SHK 40.080041° SHU 68.638799°
SHK 40.068824° SHU 68.606054°
SHK 40.061508° SHU 68.614643°
SHK 40.034476° SHU 68.611920°
SHK 39.991818° SHU 68.630152°
SHK 40.034218° SHU 68.666680°
SHK 40.072669° SHU 68.841106°
SHK 40.058373° SHU 68.944279°
Sh. Rashidov tumani
17 099
1-uchastka.
SHK 40.247312° SHU 67.650665°
SHK 40.254225° SHU 67.734972°
SHK 40.250408° SHU 67.758244°
SHK 40.190802° SHU 67.786685°
SHK 40.157921° SHU 67.737798°
SHK 40.187480° SHU 68.699352°
2-uchastka.
SHK 40.013803° SHU 67.866366°
SHK 40.036067° SHU 67.866420°
SHK 40.038974° SHU 67.969763°
SHK 40.091849° SHU 67.979533°
SHK 40.081020° SHU 68.078508°
SHK 40.006776° SHU 68.067320°
4.
Qashqadaryo viloyati
Chiroqchi tumani
17 120
SHK 39.213326° SHU 66.506575°
SHK 39.120393° SHU 66.623283°
SHK 39.045338° SHU 66.590087°
SHK 39.046035° SHU 66.447297°
Koʻkdala tumani, Koson tumani
Jami:
60 228
shundan:
51 880
8 348
SHK 39.247586° SHU 66.034811°
SHK 39.287836° SHU 66.095471°
SHK 39.213326° SHU 66.506575°
SHK 39.046035° SHU 66.447297°
SHK 39.102991° SHU 66.160311°
SHK 39.038084° SHU 66.029685°
SHK 39.067655° SHU 66.953936°
SHK 39.107628° SHU 66.822628°
SHK 39.124793° SHU 66.848605°
SHK 39.101939° SHU 66.008491°
SHK 39.122244° SHU 66.222863°
SHK 39.156270° SHU 66.289833°
SHK 39.187377° SHU 66.289887°
SHK 39.214065° SHU 66.256352°
Jami:
37 130
shundan:
26 597
10 533
SHK 39.247586° SHU 66.034811°
SHK 39.214065° SHU 66.256352°
SHK 39.187377° SHU 66.289887°
SHK 39.156270° SHU 66.289833°
SHK 39.122244° SHU 66.222863°
SHK 39.101939° SHU 66.008491°
SHK 39.124793° SHU 66.848605°
5.
Namangan viloyati
Kosonsoy tumani
2 638
SHK 41.217345° SHU 71.519766°
SHK 41.211786° SHU 71.492858°
SHK 41.177270° SHU 71.449920°
SHK 41.158333° SHU 71.478581°
SHK 41.166923° SHU 71.523212°
SHK 41.204794° SHU 71.525116°
Chortoq tumani
1 174
SHK 41.160013° SHU 71.735177°
SHK 41.147045° SHU 71.750966°
SHK 41.136172° SHU 71.752625°
SHK 41.118353° SHU 71.773280°
SHK 41.133746° SHU 71.788329°
SHK 41.155304° SHU 71.781777°
SHK 41.149946° SHU 71.792014°
Chust tumani
14 947
SHK 41.083900° SHU 71.124006°
SHK 41.065452° SHU 71.285665°
SHK 41.014827° SHU 71.282553°
SHK 40.986200° SHU 71.231305°
SHK 41.016542° SHU 71.105417°
SHK 41.052323° SHU 71.087817°
SHK 41.112673° SHU 71.128395°
SHK 41.098976° SHU 71.303192°
SHK 41.010888° SHU 71.338866°
SHK 40.968641° SHU 71.230791°
SHK 40.992068° SHU 71.072258°
SHK 41.049103° SHU 71.065132°
12 718
SHK 41.083900° SHU 71.124006°
SHK 41.065452° SHU 71.285665°
SHK 41.014827° SHU 71.282553°
SHK 40.986200° SHU 71.231305°
SHK 41.016542° SHU 71.105417°
SHK 41.052323° SHU 71.087817°
Yangiqoʻrgʻon tumani, Chortoq tumani
Jami:
21 675
shundan:
14 356
7 319
SHK 41.242353° SHU 71.769472°
SHK 41.266402° SHU 71.798768°
SHK 41.304004° SHU 71.763606°
SHK 41.289102° SHU 71.689968°
SHK 41.246359° SHU 71.689724°
SHK 41.235697° SHU 71.741377°
SHK 41.249247° SHU 71.659350°
SHK 41.201156° SHU 71.715668°
SHK 41.220346° SHU 71.834161°
SHK 41.400976° SHU 71.796696°
SHK 41.336751° SHU 71.669131°
SHK 41.249413° SHU 71.659187°
4 941
SHK 41.242353° SHU 71.769472°
SHK 41.266402° SHU 71.798768°
SHK 41.304004° SHU 71.763606°
SHK 41.289102° SHU 71.689968°
SHK 41.246359° SHU 71.689724°
SHK 41.235697° SHU 71.741377°
6.
Fargʻona viloyati
Beshariq tumani
6 049
SHK 40.322521° SHU 70.564739°
SHK 40.326549° SHU 70.566561°
SHK 40.332887° SHU 70.573364°
SHK 40.335974° SHU 70.577353°
SHK 40.338309° SHU 70.578044°
SHK 40.342448° SHU 70.572047°
SHK 40.343037° SHU 70.561720°
SHK 40.347015° SHU 70.561375°
SHK 40.352335° SHU 70.560734°
SHK 40.354200° SHU 70.560038°
SHK 40.354728° SHU 70.555287°
SHK 40.350708° SHU 70.491234°
SHK 40.350983° SHU 70.483885°
SHK 40.353802° SHU 70.473199°
SHK 40.357757° SHU 70.465175°
SHK 40.394186° SHU 70.520283°
SHK 40.328125° SHU 70.648762°
7.
Andijon viloyati
Izboskan tumani
2 184
SHK 41.000698° SHU 72.220655°
SHK 41.006141° SHU 72.267117°
SHK 40.998969° SHU 72.266380°
SHK 40.985903° SHU 72.266720°
SHK 40.976266° SHU 72.283369°
SHK 40.925059° SHU 72.268381°
Jalaquduq tumani, Xoʻjaobod tumani
Jami:
1 006
shundan:
523
483
SHK 40.570957° SHU 72.751635°
SHK 40.570978° SHU 72.749342°
SHK 40.575662° SHU 72.747848°
SHK 40.580840° SHU 72.743577°
SHK 40.581374° SHU 72.740943°
SHK 40.582568° SHU 72.738651°
SHK 40.582440° SHU 72.737254°
SHK 40.588287° SHU 72.722019°
SHK 40.588893° SHU 72.700515°
SHK 40.621749° SHU 72.758980°
SHK 40.618675° SHU 72.758046°
SHK 40.606693° SHU 72.750705°
SHK 40.605487° SHU 72.750566°
SHK 40.602326° SHU 72.752053°
SHK 40.596770° SHU 72.750223°
SHK 40.595710° SHU 72.749610°
SHK 40.594084° SHU 72.749792°
SHK 40.590885° SHU 72.752000°
SHK 40.587085° SHU 72.753256°
SHK 40.584828° SHU 72.755779°
SHK 40.582826° SHU 72.755984°
SHK 40.582436° SHU 72.755636°
SHK 40.581445° SHU 72.752808°
SHK 40.581048° SHU 72.752397°
SHK 40.579024° SHU 72.753926°
SHK 40.573212° SHU 72.764752°
SHK 40.572284° SHU 72.765104°
SHK 40.571884° SHU 72.764773°
SHK 40.571400° SHU 72.762448°
SHK 40.571508° SHU 72.758800°
SHK 40.573011° SHU 72.753493°
Paxtaobod tumani
5 026
SHK 41.002432° SHU 72.268734°
SHK 41.012105° SHU 72.265257°
SHK 41.022220° SHU 72.275867°
SHK 41.029931° SHU 72.293383°
SHK 41.029389° SHU 72.302890°
SHK 41.033275° SHU 72.319292°
SHK 41.038662° SHU 72.324134°
SHK 41.044967° SHU 72.324104°
SHK 41.049924° SHU 72.328936°
SHK 41.059320° SHU 72.348466°
SHK 41.044464° SHU 72.362350°
SHK 41.041058° SHU 72.370057°
SHK 41.040497° SHU 72.378177°
SHK 41.032324° SHU 72.381673°
SHK 41.028191° SHU 72.393087°
SHK 41.028535° SHU 72.407056°
SHK 41.026567° SHU 72.409669°
SHK 41.026558° SHU 72.411208°
SHK 41.029739° SHU 72.421251°
SHK 41.034619° SHU 72.425636°
SHK 41.031929° SHU 72.444063°
SHK 41.028671° SHU 72.450002°
SHK 41.020775° SHU 72.458974°
SHK 41.011646° SHU 72.472098°
Qoʻrgʻontepa tumani
4 338
SHK 40.672897° SHU 72.846589°
SHK 40.677575° SHU 72.820447°
SHK 40.719742° SHU 72.834435°
SHK 40.746145° SHU 72.866522°
SHK 40.759740° SHU 72.959251°
SHK 40.760949° SHU 72.980133°
SHK 40.751145° SHU 72.967275°
SHK 40.750310° SHU 72.964208°
SHK 40.738509° SHU 72.950571°
SHK 40.737926° SHU 72.949065°
SHK 40.736614° SHU 72.947636°
SHK 40.733282° SHU 72.945909°
SHK 40.732278° SHU 72.944562°
SHK 40.731986° SHU 72.932684°
SHK 40.727639° SHU 72.923290°
SHK 40.725068° SHU 72.921851°
SHK 40.722976° SHU 72.916545°
SHK 40.722859° SHU 72.913814°
SHK 40.721989° SHU 72.905564°
SHK 40.717815° SHU 72.892036°
SHK 40.715445° SHU 72.888100°
SHK 40.715475° SHU 72.886010°
SHK 40.714078° SHU 72.884901°
SHK 40.710615° SHU 72.871741°
SHK 40.711981° SHU 72.859931°
SHK 40.710034° SHU 72.858219°
SHK 40.699886° SHU 72.758152°
SHK 40.699550° SHU 72.864622°
Jami
296 897
175 952
Izoh: koordinatlar WGS-84 koordinatlar tizimiga muvofiq olingan (aniqligi yuqori boʻlgan oʻn darajada).
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-dekabrdagi PQ-439-son qaroriga 2-ILOVA
Yer osti suv sathi pasayib ketayotgan hududlarda suvdan oqilona foydalanish va suv sathi kamayishining oldini olish boʻyicha
KOMPLEKS CHORA-TADBIRLAR REJASI
T/r
Chora-tadbirlar nomi
Muddati
Moliyalashtirish manbai
Bajarish uchun masʼullar
I. Yer osti suvlaridan oqilona foydalanishni tartibga solish boʻyicha tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar
1.
Chust, Yangiqoʻrgʻon, Kosonsoy, Chortoq, Nurota, Qoʻshrabot, Zomin, Yangiobod, Chiroqchi, Koʻkdala, Beshariq, Paxtaobod, Izboskan, Qoʻrgʻontepa, Jalaquduq, Nurobod, Urgut, Ishtixon, Payariq, Sh. Rashidov va Forish tumanlarining 1-ilovaga muvofiq hududlaridagi mavjud yer osti suv olish inshootlarini xatlovdan oʻtkazish hamda ulardan oqilona foydalanish (shu jumladan suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish) yuzasidan foydalanuvchilarga koʻrsatmalar berish.
Namangan, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Fargʻona va Andijon viloyatlari hokimliklari
2.
Xatlov natijasiga koʻra quyidagilar boʻyicha tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish:
suvdan foydalanuvchilar tomonidan ruxsatsiz burgʻilangan quduqlarni keyinchalik ulardan oqilona foydalanish maqsadida tegishlicha hisobga olish (texnik pasport tayyorlash, suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma rasmiylashtirish, suvni hisobga olish vositalarini oʻrnatish);
tashlandiq va egasiz, lekin texnik yaroqli boʻlgan suv olish inshootlarini muayyan suvdan foydalanuvchilarga keyinchalik foydalanish uchun berish;
tashlandiq, egasiz va yaroqsiz boʻlgan suv olish inshootlarini Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda tugatish;
suv tejovchi texnologiyalarni qoʻllamagan holda hamda yer usti suv manbalari mavjud boʻlgan hududlarda chuchuk yer osti suvlaridan yerlarni sugʻorish maqsadida foydalanilayotgan quduqlar faoliyatini toʻxtatish.
2023-yil sentabr
-
Davlat geologiya qoʻmitasi
(A. Kadirxodjayev),
Suv xoʻjaligi vazirligi
(A. Nazarov),
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ
(S. Saifnazarov),
Namangan, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Fargʻona va Andijon viloyatlari hokimliklari
3.
Suvdan foydalanuvchilarga mavjud quduqlar uchun texnik pasportlar tayyorlash, suvdan maxsus foydalanish ruxsatnomalarini olish, quduqlarni suvni hisobga olish vositalari bilan jihozlashni targʻib qilish, olinayotgan suv hisobini yuritish va tegishlicha axborotni hududiy gidrogeologiya stansiyalariga taqdim etib borish yuzasidan amaliy yordam va maʼlumotlar berish.
2023-2024-yillar
-
Davlat geologiya qoʻmitasi
(A. Kadirxodjayev),
Namangan, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Fargʻona va Andijon viloyatlari hokimliklari
4.
Yer osti suvlaridan foydalanuvchilarga berilgan koʻrsatmalarning oʻz vaqtida bajarilishi ustidan tizimli monitoring olib borish.
Muntazam ravishda
Davlat boshqaruvi organlari dasturlari doirasida
Suvinspeksiya
(G. Raximov),
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ
(S. Saifnazarov),
Davlat geologiya qoʻmitasi
(A. Kadirxodjayev),
Davlat ekologiya qoʻmitasi
(N. Oblomuradov),
Suv xoʻjaligi vazirligi
(A. Nazarov),
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
(A. Voitov)
5.
Chust, Yangiqoʻrgʻon, Kosonsoy, Chortoq, Nurota, Qoʻshrabot, Zomin, Yangiobod, Chiroqchi, Koʻkdala, Beshariq, Paxtaobod, Izboskan, Qoʻrgʻontepa, Jalaquduq, Nurobod, Urgut, Ishtixon, Payariq, Sh. Rashidov va Forish tumanlaridagi yer osti suv sathi pasayib ketayotgan hududlarda suvga quduqlar burgʻilash ishlarining hamda mazkur hududlardagi chuchuk yer osti suvlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnomalar berishning alohida tartibga muvofiq amalga oshirilishini taʼminlash.
Muntazam ravishda
Ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchilardan belgilangan tartibda undiriladigan yigʻim
Adliya vazirligi
(A. Tashkulov),
Davlat geologiya qoʻmitasi
(A. Kadirxodjayev),
Suv xoʻjaligi vazirligi
(A. Nazarov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(I. Norqulov),
Namangan, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Fargʻona va Andijon viloyatlari hokimliklari
6.
Yer osti suvlari holati va ulardan foydalanish ustidan davlat monitoringini kuchaytirish.
2023-2024-yillar
Mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturi
Davlat geologiya qoʻmitasi
(A. Kadirxodjayev)
7.
Qishloq xoʻjaligi sohasida suv tejovchi texnologiyalardan foydalanishni rivojlantirish dasturlari doirasida, birinchi navbatda, suv sathi pasayib ketayotgan hududlarda yer osti suvlari hisobidan yerlarni sugʻorishda mazkur texnologiyalarni toʻliq joriy qilish hamda ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish choralarini koʻrish.
2023-yil dekabr
Tegishlicha davlat dasturlari, yerdan foydalanuvchilarning oʻz mablagʻlari
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
(A. Voitov),
Suv xoʻjaligi vazirligi
(A. Nazarov),
Namangan, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Fargʻona va Andijon viloyatlari hokimliklari
8.
Suv sathi pasayib ketayotgan hududlardagi sugʻoriladigan yerlarni xatlovdan oʻtkazgan holda suvni kam talab qiladigan ekinlar yetishtirishga bosqichma-bosqich oʻtish choralarini koʻrish.
2023-2024-yillar
Tegishli dasturlar doirasida
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
(A. Voitov),
Kadastr agentligi
(A. Allaberganov),
Namangan, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Fargʻona va Andijon viloyatlari hokimliklari
9.
Respublika boʻyicha yer osti chuchuk suvlari hosil boʻladigan maydonlarda tashkil etilgan 11 ta muhofaza etiladigan tabiiy hududlar yerlaridan foydalanuvchilarni va potensial ifloslantirish manbalarini qayta xatlovdan oʻtkazish, xaritalash, geoaxborot bazasini yaratish hamda Milliy geografik axborot tizimiga integratsiya qilish.
2023-yil noyabr
Vazirlik va idoralar dasturlari doirasida
Davlat ekologiya qoʻmitasi
(N. Oblomuradov),
Kadastr agentligi
(M. Mirmaksudov),
Davlat geologiya qoʻmitasi
(A. Kadirxodjayev),
Toshkent, Andijon, Namangan, Fargʻona, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari
10.
Xatlov natijasiga koʻra, mavjud yer fondidan oqilona foydalanish, yer osti suvlari ifloslanishining oldini olish va ularni muhofaza qilish, ulardan foydalanish nazorati hamda monitoringini kuchaytirish, hududlar maydoniga oʻzgartirishlar kiritish, yangi hududlarni tashkil etish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2023-yil dekabr
-
Davlat geologiya qoʻmitasi
(A. Kadirxodjayev),
Davlat ekologiya qoʻmitasi
(N. Oblomuradov),
Kadastr agentligi
(M. Mirmaksudov),
Toshkent, Andijon, Namangan, Fargʻona, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari
II. Yer osti suvlaridan oqilona foydalanish yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish
11.
Yer osti suvlarini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik normalari va talablari yuzasidan aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish, shuningdek, suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish zarurligini suvdan foydalanuvchilarga yetkazish choralarini koʻrish.
2023-2024-yillar
-
Davlat geologiya qoʻmitasi
(A. Kadirxodjayev),
Davlat ekologiya qoʻmitasi
(N. Oblomuradov),
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ
(S. Saifnazarov),
Namangan, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Fargʻona va Andijon viloyatlari hokimliklari
12.
Yer osti suvlarini muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablarini keng tushuntirish maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida “davra suhbatlari” va boshqa amaliy tadbirlarni oʻtkazish.
Muntazam ravishda
-
Davlat geologiya qoʻmitasi
(A. Kadirxodjayev),
Davlat ekologiya qoʻmitasi
(N. Oblomuradov),
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ
(S. Saifnazarov),
Namangan, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Fargʻona va Andijon viloyatlari hokimliklari
13.
Yer osti suvlarini muhofaza qilish sohasida yuqori malakali mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar tayyorlash hamda efirga uzatishni taʼminlash.
2023-2024-yillar
Tegishli dasturlar doirasida
Oʻzbekiston MTRK
(A. Xadjayev),
Namangan, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Fargʻona va Andijon viloyatlari hokimliklari
14.
Joylarga chiqqan holda, muntazam ravishda aholi bilan uchrashuvlar oʻtkazish, suv resurslaridan samarasiz foydalanish oqibatlarini tushuntirish.
2023-2024-yillar
-
Davlat ekologiya qoʻmitasi
(N. Oblomuradov),
Davlat geologiya qoʻmitasi
(A. Kadirxodjayev),
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ
(S. Saifnazarov)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-dekabrdagi PQ-439-son qaroriga 3-ILOVA
Hududlarda yer osti suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish boʻyicha
AMALIY CHORA-TADBIRLAR REJASI
T/r
Chora-tadbirlar
Amalga oshirish mexanizmi
Moliyalashtirish manbai
Ijro muddati
Bajarish uchun masʼullar
I. Yer osti suvlaridan oqilona foydalanishni tartibga solish boʻyicha tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar
1.
Hududlar kesimida yer osti suvidan foydalanuvchilarni va ularning tasarrufidagi suv olish inshootlarini batafsiltahlil qilish hamda ulardan oqilona foydalanishni taʼminlash.
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududida roʻyxatga olingan yer osti suvlaridan foydalanuvchilar va ularning tasarrufidagi quduqlarni (kamida 30 mingdan ortiq) birgalikda oʻrganib tahlil qilish.
2. Oʻrganishlar natijasi boʻyicha yer osti suvlaridan foydalanishga doir qonun buzilishi holatlari yuzasidan ularni bartaraf etish boʻyicha suvdan foydalanuvchi subyektlarga tegishlicha koʻrsatmalarni rasmiy tarzda taqdim etish.
3. Taqdim etilgan koʻrsatmalar ijrosini tizimli monitoring qilish.
Mahalliy budjet mablagʻlari,
Mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturi
2023-yil avgust
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,
Suv xoʻjaligi vazirligi,
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ,
“Oʻzbekgidrogeologiya” DUK
Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi
2.
Yer osti suv sathi pasayib borayotgan hududlarda davlat yer osti suv monitoringi ishlarini kuchaytirish.
1. Respublika boʻyicha yer osti suv sathi pasayib borayotgan 21 ta hududdagi 187 takuzatuv quduqlarida oʻlchov ishlarini oyiga 3-martadan 5-martagacha oshirish, jumladan:
Navoiy viloyatida — 21 ta;
Samarqand viloyatida — 54 ta;
Jizzax viloyatida — 28 ta;
Qashqadaryo viloyatida — 18 ta;
Namangan viloyatida — 32 ta;
Fargʻona viloyatida — 8 ta;
Andijon viloyatida — 26 ta.
Mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturi
2023-2024-yillar
“Oʻzbekgidrogeologiya” DUK,
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari
2. Monitoring natijalariga muvofiq suv sathi tushib ketayotgan yangi hududlar roʻyxatini shakllantirib borish va doimiy ravishda tegishli davlat idoralariga axborot kiritish.
Har yili 1-aprelga qadar
3. Suv sathi 5 metrgacha pasaygan hududlarda yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilashga gidrogeologik xulosa va suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnomani tegishligicha Suv xoʻjaligi vazirligi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda berilishini taʼminlash.
Doimiy, alohida koʻrsatma boʻlguniga qadar
4. Suv sathi 5 — 20 metrga pasaygan hududlarda ichimlik maqsadlaridan boshqa maqsadlar uchun quduqlar burgʻilanishini, suv tejovchi texnologiyalarsiz yerlar sugʻorilishini oldini olish choralarini koʻrish.
Doimiy, alohida koʻrsatma boʻlguniga qadar
II. Yer osti suvlaridan foydalanishning aniq hisobini yuritishni hamda burgʻilash uskunalari monitoringini yoʻlga qoʻyish
3.
Yer osti suv olish inshootlarini (quduqlar) suvni hisobga olish vositalari bilan jihozlash choralarini koʻrish.
1. Yer osti suv olish inshootlarida suv hisoblash vositalarini oʻrnatish va ulardan foydalanish tartibini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
-
2023-yil 1-fevral
Suv xoʻjaligi vazirligi,
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Davlat soliq qoʻmitasi,
“Oʻzbekgidrogeologiya” DUK
2. Yer osti suvlaridan foydalanuvchilar tomonidan oʻrnatilgan suvni hisobga olish vositalarini plombalash, roʻyxatga olish va ishchi holatining monitoringini olib borish.
3. Suvdan foydalanuvchilar hisobotlari asosida raqamli maʼlumotlar bazasini shakllantirib borish va uning soliq organlari maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyasini taʼminlash.
Suvdan foydalanuvchilarning oʻz mablagʻlari
2023-yil dekabr
4.
Yer osti suvlariga quduqlar burgʻilash uskunalarini GPS-trekerlar bilan jihozlash.
1. Yer osti suvlariga quduq burgʻilash faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari va ularga tegishli burgʻilash uskunalari roʻyxatini shakllantirish.
Burgʻilovchi subyektlarning oʻz mablagʻlari
2023-yil 1-yanvardan boshlab
“Oʻzbekgidrogeologiya” DUK,
Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi,
yer osti suvlariga quduq burgʻilash faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari
2. Burgʻilash uskunalarini GPS-trekerlar bilan jihozlashni taʼminlash.
3. Burgʻilash uskunalaridagi GPS-trekerlarning doimiy ishchi holatini taʼminlash.
2023-yil 1-martdan boshlab
III. Yer osti suvlaridan foydalanish sohasidagi davlat nazoratini kuchaytirish
5.
Yer osti suvlariga quduqlarni noqonuniy burgʻilash va ulardan foydalanish holatlarini tizimli monitoring qilib borish.
1. Aniqlangan noqonuniy burgʻilash va suvdan foydalanish holatlari boʻyicha koʻrsatmalar berib borish.
2. Berilgan koʻrsatmalarni oʻz vaqtida bajarmaganlik uchun qonuniy taʼsirchan choralarini koʻrish.
Davlat boshqaruvi organlari dasturlari doirasida
2023-2024-yillar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar hokimliklari, Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi, Suvinspeksiya,
Davlat ekologiya qoʻmitasi,
“Oʻzbekgidrogeologiya” DUK
6.
Yer osti suvlari holati monitoringi va kadastrini yuritish samaradorligini oshirish.
1. Sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini samarali joriy etish orqali maʼlumotlarning tezkor almashinuvi va tahlilini yoʻlga qoʻyish.
2. Respublika boʻylab 13 tagidrogeologiya stansiyalari tomonidan 3 062 ta kuzatuv quduqlarida yer osti suvlari monitoringini olib borish.
3. Monitoring va kuzatuv jarayonini onlayn rejimda nazorat qilish uchun “Situatsion markaz”ni tashkil etish va uning samarali faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
Mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturi
2023-yil iyun
“Oʻzbekgidrogeologiya” DUK
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-dekabrdagi PQ-439-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PF-116-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2023-y., 06/23/116/0579-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-apreldagi 315-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomda:
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PF-116-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2023-y., 06/23/116/0579-son)
“58. Uzluksiz ish staji (uzoq muddat uzluksiz xizmati) uchun har oylik ustama faqat asosiy ish joyi boʻyicha har oyda va xodimning lavozim maoshiga belgilangan razryad tarif stavkasiga nisbatan quyidagi foizlarda hisoblanadi:
Ish staji boʻyicha guruh
Uzluksiz staj uchun ustama miqdori
1 yildan 3 yilgacha
30 %
3 yildan 5 yilgacha
60 %
5 yildan 10 yilgacha
75 %
10 yildan 15 yilgacha
100 %
15 yil va undan ortiq
150 %
”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi “Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar berish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 133-son qarorida:
“mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda yer qaʼridan foydalanish maqsadlari uchun olib qoʻyilayotgan (sotib olinayotgan) yer uchastkasining egasi, foydalanuvchisi, ijarachisi yoki mulkdori bilan kompensatsiya toʻlovlari miqdori va shartlari kelishiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlari hisobidan kompensatsiya toʻlovlari, shuningdek yer uchastkasini davlat organiga ajratish boʻyicha materiallarni tayyorlash va berish bilan bogʻliq xarajatlar qoplab beriladi”;
“yer qaʼridan foydalanish maqsadlari uchun yer uchastkasini belgilangan tartibda olib qoʻyish (sotib olish), yer uchastkasini ajratish boʻyicha materiallarni tayyorlash, yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash va uchastka chegaralarini kiritgan holda yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash dalolatnomasini tayyorlash ishlarini bajarish bilan bogʻliq xarajatlar keyinchalik yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarmaga ruxsatnoma rasmiylashtirilgunga qadar qoplab beriladi (amalga oshiriladi)”;
“Yer qaʼridan foydalanish maqsadlari uchun belgilangan tartibda olib qoʻyilgan (sotib olingan) yer uchastkasi, yer uchastkasini ajratish boʻyicha materiallarni tayyorlash, yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash va uchastka chegaralarini kiritgan holda yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash dalolatnomasini tayyorlash ishlarini bajarish bilan bogʻliq xarajatlar yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarmaga ruxsatnoma rasmiylashtirilgunga qadar qoplab berilishi lozim”;
“Yer qaʼridan foydalanish maqsadlari uchun belgilangan tartibda olib qoʻyilgan (sotib olingan) yer uchastkasi, yer uchastkasini ajratish boʻyicha materiallarni tayyorlash, yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash va uchastka chegaralarini kiritgan holda yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash dalolatnomasini tayyorlash ishlarini bajarish bilan bogʻliq xarajatlar yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarmaga ruxsatnoma rasmiylashtirilgunga qadar qoplab berilishi lozim”;
v) 2-ilovaning 31-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Yer qaʼridan foydalanish maqsadlari uchun belgilangan tartibda olib qoʻyilgan (sotib olingan) yer uchastkasi, yer uchastkasini ajratish boʻyicha materiallarni tayyorlash, yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash va uchastka chegaralarini kiritgan holda yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash dalolatnomasini tayyorlash ishlarini bajarish bilan bogʻliq xarajatlar yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarmaga ruxsatnoma rasmiylashtirilgunga qadar qoplab berilishi lozim”;
g) 3-ilovaning 15-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Yer qaʼridan foydalanish maqsadlari uchun belgilangan tartibda olib qoʻyilgan (sotib olingan) yer uchastkasi, yer uchastkasini ajratish boʻyicha materiallarni tayyorlash, yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash va uchastka chegaralarini kiritgan holda yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash dalolatnomasini tayyorlash ishlarini bajarish bilan bogʻliq xarajatlar yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarmaga ruxsatnoma rasmiylashtirilgunga qadar qoplab berilishi lozim”.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-dekabrdagi PQ-439-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3578-son qarorining 9-bandi, 10-bandning ikkinchi xatboshisi hamda qarorga 3 va 4-ilovalar.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-4461-son qaroriga ilovaning 5-bandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “Tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklidagi kitob geologiya milliy tabiat bogʻini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4766-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2022-y., 07/22/439/1081; 10.08.2023-y., 06/23/116/0579-son; 20.05.2026-y., 06/26/95/0508-son)