Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish, fondlarni saqlash va hisobdan chiqarish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
“Axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 7-iyundagi PQ-4354-son qarori ijrosini taʼminlash hamda axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish, fondlarni saqlash va hisobdan chiqarish sohasini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PQ-4354-son qarori bilan tasdiqlangan 2019 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish konsepsiyasi 4-bobi 1-bandiga muvofiq axborot-kutubxona muassasalarini jamlash mexanizmlarini yaratish, axborot-kutubxona fondlari saqlanishini taʼminlash boʻyicha:
axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona fondlarini konservatsiyalash, fondlar holati va ularning saqlanish sharoitlari monitoringi tizimini yaratish, saqlashning meʼyoriy tartiblarini taʼminlash;
axborot-kutubxona muassasalari va axborot-kutubxona fondlari xavfsizligini taʼminlash, axborot-kutubxona muassasalari va axborot-kutubxona fondlari xavfsizligi texnologiyasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy va uslubiy baza ishlab chiqilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
a) Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish va axborot-kutubxona fondini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
axborot-kutubxona resurslari hisobini yuritishga qoʻyiladigan talablarni belgilash (hisobga olish axborotining toʻliqligi va ishonchliligi; axborot-kutubxona fondiga har bir kirim va chiqimni hujjatlashtirilgan koʻrinishda rasmiylashtirish; qabul qilish va hisobga olish shakllarining mosligi va ularning ishonchliligi);
axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish tizimini belgilash (axborot-kutubxona fondining barcha boʻlinmalarini hisobga olish; axborot-kutubxona fondi boʻyicha davlat statistika hisobotini topshirish; ayrim axborot-kutubxona resurslarining hisobga olinishi);
axborot-kutubxona resurslarini jamlanma va yakka tartibda hisobga olish, axborot-kutubxona fondini axborot-kutubxona muassasasi tomonidan tuziladigan komissiya tomonidan tekshirish tartibi;
b) Axborot-kutubxona muassasalarining axborot-kutubxona fondlarini saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq:
axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini belgilangan doimiy, uzoq muddatli, vaqtinchalik saqlash talablariga muvofiq saqlash tartibi;
axborot-kutubxona muassasalari tomonidan noyob, alohida qimmatga ega va nodir nashrlar fondlarini asrash va saqlashga qoʻyiladigan asosiy talablarni belgilash;
axborot-kutubxona fondlarini tashkil etish va ularning butligini taʼminlash, ulardan toʻgʻri foydalanish qoidalarini belgilash (axborot-kutubxona resurslarini rasmiylashtirish, hisobga olish kataloglari va kartotekalarga ajratish, fondlardan foydalanishda ulardan nusxalar olish, ularni shikastlanishdan saqlash tartibi va b.);
v) Axborot-kutubxona resurslarini axborot-kutubxona muassasalarining fondlari hisobidan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
axborot-kutubxona muassasasi direktorining yoki ushbu axborot-kutubxona muassasasi tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadigan muassasa rahbarining buyrugʻiga muvofiq, axborot-kutubxona resurslarini hisobdan chiqarish boʻyicha komissiya faoliyatini tashkil etish tartibi va ushbu komissiyaning asosiy vazifalari;
axborot-kutubxona fondidan bir yilda kamida bir marta axborot-kutubxona resurslarini hisobdan chiqarish tartibi;
axborot-kutubxona fondidan chiqarish taqiqlangan axborot-kutubxona resurslari roʻyxati;
axborot-kutubxona resurslarini axborot-kutubxona fondidan chiqarishda axborot-kutubxona muassasalari rahbarlarining shaxsiy javobgarligi masalalari.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirish tavsiya etilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 30-sentabr,
552-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-sentabrdagi 552-son qaroriga
1-ILOVA
Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish va axborot-kutubxona fondini tekshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini, shu jumladan, elektron axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish va axborot-kutubxona fondini tekshirish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining barcha axborot-kutubxona muassasalari faoliyatiga nisbatan, ularning maqomidan, fondi tuzilmasidan, tashkiliy-texnologik xususiyatlaridan qatʼi nazar (fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek tijorat tashkilotlarining kutubxonalaridan tashqari), tatbiq etiladi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
audiovizual resurs — texnik vositalar yordamida qayta aks ettiriladigan tasviriy, ovozli va matnli axborotdan iborat axborot-kutubxona resursi;
axborot-kutubxona muassasasi — “Axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq mustaqil muassasa yoki tashkilotning tarkibiy boʻlinmasi sifatida tashkil etiladigan tashkilot (tarkibiy boʻlinma);
axborot-kutubxona resursi — moddiy obyektda matn, ovozli yozuv yoki tasvir tarzida qayd etilgan hamda identifikatsiyalash, saqlash va foydalanishni taʼminlash uchun rekvizitlarga ega boʻlgan axborot;
axborot-kutubxona fondi — tizimlashtirilgan axborot-kutubxona resurslarining majmui;
axborot-kutubxona fondining harakati — axborot-kutubxona resurslarining hisob hujjatlarida aks ettiriladigan hisobga kiritish va undan chiqarish jarayoni;
bozor narxi — iqtisodiy holat, talab va taklif tendensiyalari hamda raqobatni hisobga olgan holda, tegishli mahsulot (kitoblar, AVR, elektron nashrlar) bozorida shakllanadigan narx;
jamlanma hisobga olish — axborot-kutubxona muassasasining axborot-kutubxona fondi hajmi, tarkibi va undagi oʻzgarishlar (kirish, joyni oʻzgartirish, chiqish) haqida toʻliq maʼlumotlarni olish maqsadida barcha axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish kitobida roʻyxatdan oʻtkazish;
yillik komplekt — axborot-kutubxona resursining bir hisob birligi sifatida qabul qilinadigan bir yillik davriy nashrlar sonlari (nashrlari) yigʻindisi;
Oldingi tahrirga qarang.
“1-kutubxona” — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan Davlat statistika hisoboti shakli (axborot-kutubxona muassasasining moddiy-texnik bazasi, foydalanuvchilar soni, fond harakati hamda xodimlari toʻgʻrisida maʼlumot);
(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
metrotokcha — nashrlar va boshqa hujjatlar bilan band boʻlgan stellaj tokchasining 1 metr hajmida oʻlchanadigan fond hajmini hisobga olishning xalqaro birligi;
konvolyut — kutubxona, noshir yoki nashriyot tomonidan tuzilgan, mustaqil nashrlar, qoʻlyozmalar, maqolalarning nusxalari va boshqa materiallar kiritilgan yigʻmajild;
fonoresurs — ovozli, tovushli resurs.
3. Axborot-kutubxona resurslari hisobini yuritishga quyidagi talablar qoʻyiladi:
hisobga olish axborotining toʻliqligi va ishonchliligi;
axborot-kutubxona fondiga har bir kirim va chiqimni hujjatlashtirilgan koʻrinishda rasmiylashtirish;
qabul qilish va hisobga olish shakllarining mosligi va ularning ishonchliligi.
4. Axborot-kutubxona resursi hisobini yuritishda quyidagilar amalga oshiriladi:
axborot-kutubxona resurslarini qabul qilish;
axborot-kutubxona resurslarini markalash;
axborot-kutubxona resurslari qabul qilinganini, joyi oʻzgartirilganini, chiqarilganini qayd etish;
axborot-kutubxona resurslarining fondda mavjudligini tekshirish.
5. Axborot-kutubxona muassasasi:
axborot-kutubxona fondiga kelib tushadigan va undan chiqariladigan axborot-kutubxona resurslarining umumiy va yakka tartibda hisobga olinishini belgilangan hisobga olish birliklarida amalga oshirishi;
axborot-kutubxona resurslarini nusxalarda hisobga olish birliklarining ularni saqlash va berish birliklari bilan taqqoslanishini taʼminlashi lozim (gazetalar, jurnallar, varaqli nashrlar bundan mustasno).
6. Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish tizimi
7. Axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish tizimi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
axborot-kutubxona fondining barcha boʻlinmalarini hisobga olish;
axborot-kutubxona fondi boʻyicha “1-kutubxona” shaklida davlat statistika hisobotini topshirish;
ayrim axborot-kutubxona resurslarining, shu jumladan kitob yodgorliklarining alohida (ixtisoslashtirilgan) hisobga olinishi.
8. Kitob yodgorliklariga kiritilgan noyob, alohida qimmatli va nodir axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga, shu jumladan ushbu Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
3-bob. Axborot-kutubxona fondini hisobga olish obyektlari va birliklari
9. Axborot-kutubxona resursining turi va shaklidan qatʼi nazar, axborot-kutubxona muassasasiga keladigan va undan chiqariladigan axborot-kutubxona resurslari axborot-kutubxona fondining hisobga olish obyektlari hisoblanadi.
10. Oʻz tarkibida almashinadigan va rezerv axborot-kutubxona fondlariga ega axborot-kutubxona muassasalari ushbu axborot-kutubxona fondlarining alohida hisobini yuritadi.
11. Nusxa va nomi, gazetalar uchun esa yillik komplekt va nomi bosma nashrlar, chop etilmagan, audiovizual, elektron axborot-kutubxona resurslari fondi hajmini hisobga olish birliklari hisoblanadi.
Axborot-kutubxona fondi va uning boʻlinmalarining umumiy hajmi nusxalarda hisobga olinadi.
12. Metrotokcha, yillik komplekt (gazetalardan tashqari) va muqovalangan komplekt (podshivka) bosma nashrlar va chop etilmagan axborot-kutubxona resurslari uchun axborot-kutubxona fondining hajmini hisobga olishning qoʻshimcha birliklari hisoblanadi.
13. Barcha mustaqil rasmiylashtirilgan matbaa nashrlari (gazetalardan tashqari) yoki ularning nusxalari alohida hisobga olinadi.
14. Quyidagi kitoblar va risolalar alohida nusxalar va alohida nomlar sifatida hisobga olinadi:
har bir yangi nashr (kitob, risola) yoki alohida nashr qilingan nusxa;
umumiy muqova bilan sunʼiy birlashtirilgan nashrlar (konvolyutlar);
yakka tartibdagi sarlavhaga ega koʻp jildli nashrning har bir alohida jildi (nashr, qism);
birlashtiruvchi papka, muqova, manjetkada chiqarilgan risolalarning har biri;
kitob seriyasiga (raqamlangan yoki raqamlanmagan) kiruvchi har bir kitob yoki risola;
yakka tartibdagi sarlavha va mustaqil maʼnoga ega kitoblar, risolalarga alohida nashr qilingan ilovalar.
15. Jurnallar va davomli nashrlar nomi oʻzgarishidan qatʼi nazar, nomi va nusxasi boʻyicha hisobga olinadi. Bunda alohida saqlanadigan son (jild, nashr), shuningdek bitta blokka muqovalangan sonlar (jildlar, nashrlar) komplekti nusxa hisoblanadi.
16. Davomli nashrning yakka tartibdagi sarlavhaga va oʻz raqamiga ega seriya (kichik seriya) alohida nomlar sifatida hisobga olinadi.
17. Mustaqil nashr qilinadigan, yakka tartibdagi sarlavhaga va mustaqil raqamga ega jurnallar uchun davriy ilovalar alohida nusxalar va alohida nomlar sifatida hisobga olinadi.
18. Gazeta nomi, uning sarlavhasi oʻzgarishi va komplektning toʻliqligidan qatʼi nazar, axborot-kutubxona fondiga kelib tushgan butun yillar ichidagi gazetaning yillik komplekti va gazetalarni hisobga olishning asosiy birliklari hisoblanadi.
19. Gazetaning nusxasi (soni, nashri) va nomi bir kunlik (bir martalik) gazetalarni hisobga olish birliklari boʻlib hisoblanadi.
20. Yakka tartibdagi sarlavhaga va oʻz raqamiga ega gazetalar uchun alohida chiqarilgan davriy ilovalar alohida hisobga olinadi.
21. Tasviriy nashrlar (albomlar, komplektlar, alohida varaqli nashrlar)ni hisobga olish birliklari boʻlib, ularning nusxasi va nomi hisoblanadi.
22. Quyidagi tasviriy nashrlar alohida nashrlar va alohida nomlar sifatida hisobga olinadi:
yakka tartibdagi sarlavhaga ega har bir alohida chiqarilgan jild, albom nashri yoki davomli nashrlar;
noshirlik papkasi (muqova, manjetka) bilan birlashtirilmagan tasviriy nashrlar seriyasining har bir varagʻi (nashri).
23. Noshirlik papkasi (muqova, manjetka) bilan birlashtirilgan varaqli nashrlar bitta nusxa va bir nom sifatida hisobga olinadi.
24. Notali nashrlarning nusxasi va nomi hisobga olish birliklari boʻlib hisoblanadi. Bitta nashrda partitura (klavir) bilan birlashtirilgan alohida turkumlar (ovozlar), shuningdek noshirlik papkasi (muqova, manjetka) bilan birlashtirilgan turkumlar (ovozlar) bitta nusxa va bitta nom sifatida hisobga olinadi. Alohida nashr qilingan alohida partitura (klavir) va turkumlar (ovozlar) turli nusxalar sifatida hisobga olinadi. Bitta muqovada (konvolyutda) birlashtirilgan mustaqil nomli nashrlar alohida nusxalar va alohida nomlar sifatida hisobga olinadi.
25. Nusxasi va nomi kartografik nashrlarni hisobga olish birliklari boʻlib hisoblanadi. Xaritalar, xarita-sxemalar, planlar, atlaslar va shu kabilar kartografik nashrlarga kiradi.
26. Quyidagi kartografik nashrlar alohida nusxalar va alohida nomlar sifatida hisobga olinadi:
alohida raqamlangan yoki sana qoʻyilgan nashrlardan iborat atlaslar;
xarita yoki atlas seriyali nashrning har bir nashri.
27. Umumiy nom bilan birlashtirilgan bir necha varaqlarda (yopishtirilishi kerak boʻlgan) nashr qilingan xarita bitta nusxa va bitta nom sifatida hisobga olinadi.
28. Umumiy sarlavha bilan birlashtirilgan koʻp jildli (koʻp varaqli) kartografik nashrlar jildlar soni va bitta nom boʻyicha hisobga olinadi.
Alohida nashr qilingan, ammo mustaqil mazmunga ega boʻlmagan turli nashrlar (kitoblar, risolalar, jurnallar va hokazolar)ga boʻlgan kartografik ilovalar alohida hisobga olinmaydi.
29. Fotoresurslar va mikroshakllardagi resurslarning nusxasi va nomi hisobga olish birliklari boʻlib hisoblanadi.
30. Axborot-kutubxona resurslarining nusxasi boʻlib:
a) gramplastinka va kompakt-disk uchun — disk;
b) magnit fonogramma uchun — gʻaltak, kasseta va bobina;
v) videoresurs uchun — kasseta yoki disk;
g) fotoresurs (diapozitiv) uchun — kadr;
d) mikroshakldagi resurs uchun:
mikrofish uchun — fish;
mikrofilm uchun — rulon hisoblanadi.
31. Kinofilmlar uchun bobina, diafilmlar uchun esa rulon kinoresurslarni hisobga olish birliklari boʻlib hisoblanadi.
32. Quyidagilar bitta nom sifatida hisobga olinadi:
alohida chiqarilgan gramplastinka, kompakt-disk, kasseta;
gramplastinkalar, kompakt-disklar va kassetalarning umumiy nom bilan birlashtirilgan komplekti (albomi);
bitta gʻaltak (kasseta)dagi magnit fonogramma, umumiy nom bilan birlashtirilgan bir nechta gʻaltaklar (kassetalar)dagi magnit fonogramma;
alohida chiqarilgan fonoresurs yoki umumiy sarlavha bilan birlashtirilgan fonoresurslar komplekti;
tashkil qiluvchi qismlar yoki diapozitivlar komplekti uchun kadrlar sonidan qatʼi nazar, kinofilm, diafilm, umumiy nom bilan birlashtirilgan fishlar komplekti.
33. Disketa, optik disk, flesh-karta (CD-ROM, DVD va shu kabilar), shuningdek ularning nomi ajratib olinadigan tashuvchilardagi elektron axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish birliklari boʻlib hisoblanadi. Agar ajratib olinadigan tashuvchilar nashrga ilova shaklida rasmiylashtirilgan boʻlsa, ular alohida nusxa sifatida hisobga olinmaydi.
34. Yakka tartibdagi tashuvchisiz elektron axborot-kutubxona resurslarining nusxasi, nomi, fayl, diskda xotira egallagan hajmi hisobga olish birliklari boʻlib hisoblanadi.
35. Mustaqil direktoriyaga rasmiylashtirilgan turli formatlardagi yakka tartibdagi tashuvchisiz elektron axborot-kutubxona resursi uchun uning har bir taqdim etilishi yangi nom hisoblanadi. Boshqa formatga qayta yozish natijasida olingan elektron axborot-kutubxona resurslari ham hisobga olish jarayonidan oʻtadi.
36. Yakka tartibdagi tashuvchisiz elektron axborot-kutubxona resursini boshqa kompyuterga yoki ajratib olinadigan tashuvchiga xuddi shu formatda, ammo dastlabki resursni yoʻq qilgan holda qayta yozishga joyini oʻzgartirish sifatida qaraladi va manzilini (kompyuter yoki ajratib olinadigan diskning raqami va boshqa atributlarini) almashtirishdan boshqa qoʻshimcha rasmiylashtirishni (kelib tushishini yoki chiqarilishini) talab qilmaydi.
4-bob. Axborot-kutubxona fondiga axborot-kutubxona resurslari kelib tushishini hisobga olish
37. Axborot-kutubxona fondiga axborot-kutubxona resurslari kelib tushishi bilan darhol ular doimiy, uzoq muddatli va vaqtincha saqlanadigan axborot-kutubxona resurslariga ajratish yoʻli bilan hisobga olinadi.
38. Bepul majburiy nusxasi doimiy saqlash sharti bilan axborot-kutubxona muassasalariga kelib tushadigan mahalliy axborot-kutubxona resurslari, shuningdek depozitar saqlash uchun qabul qilinadigan axborot-kutubxona resurslarining bitta nusxasi unga inventar raqami berilib, doimiy saqlash uchun hisobga olinadi.
Axborot-kutubxona resursining turi, uning hajmi, mavzusi va boshqa belgilaridan qatʼi nazar, kitobxonlarning kundalik va prognoz qilinadigan ehtimoldagi talabini qondirish uchun moʻljallangan axborot-kutubxona resurslari ularga inventar raqami berilib, uzoq muddatli saqlash uchun hisobga olinadi.
Davriy hamda axborot ahamiyatiga ega axborot-kutubxona resurslariga (davriy nashrlar: gazetalar, jurnallar, byulletenlar va b.) 1 yildan 5 yilgacha saqlash muddati belgilanadi va vaqtincha saqlash uchun hisobga olindi.
Vaqtincha saqlanadigan axborot-kutubxona resurslarining turi va roʻyxati axborot-kutubxona muassasasining faoliyati yoʻnalishi va ixtisosligidan kelib chiqib belgilanadi.
39. Axborot-kutubxona muassasasi tomonidan sovgʻa sifatida olingan axborot-kutubxona resurslari (kitoblar, albomlar, boshqa nashrlar) hadya qilish dalolatnomasi asosida axborot-kutubxona muassasasining fondiga kiritiladi.
40. Axborot-kutubxona muassasasining fondiga kiritiladigan axborot-kutubxona resurslari markalanadi. Bunda shtempellar, kitob belgilari, yakka tartibdagi mashina oʻqiydigan shtrix-kodlardan foydalanish mumkin.
Axborot-kutubxona resurslarini markalashda ularning tegishliligi belgilanishi, estetik talablarga javob berishi, markalash belgisining uzoq muddatga chidamliligi, matn yoki boshqa belgili axborotning saqlanishi taʼminlanishi lozim.
41. Yakka tartibdagi tashuvchilarsiz elektron axborot-kutubxona resurslari maxsus kompyuter dasturlari yordamida markalanadi, bunda tegishlilik belgisi umumiy direktoriya tarkibidagi mustaqil fayl bilan rasmiylashtirilishi yoki elektron axborot-kutubxona resursiga kiritilishi mumkin.
5-bob. Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish
42. Axborot-kutubxona fondiga kelib tushadigan barcha turdagi axborot-kutubxona resurslari kuzatuv hujjatlari (davlat roʻyxatiga olish varagʻi, hisob-faktura, yuk xati, reyestr, dalolatnoma va shu kabilar) asosida uch kun muddatda jamlanma hisobga olinadi.
Qabul qilinadigan toʻplamlarda kuzatuv hujjatidagi maʼlumotlar bilan farqlar, shuningdek, keraksiz yoki nuqsonli axborot-kutubxona resurslari yuborilganligi aniqlanganda ular boʻyicha yetkazib beruvchiga darhol xabar berilishi va tegishli choralar koʻrilishi lozim.
43. Jamlanma hisobga olish qogʻoz yoki elektron shaklda yuritiladigan Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish kitobida amalga oshiriladi.
44. Axborot-kutubxona fondining harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur Nizomga 2 — 4-ilovalarida keltirilgan shakllarga muvofiq Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish kitobining quyidagi uchta qismlarida qayd qilinadi:
1-qism — Axborot-kutubxona fondiga kelib tushgan axborot-kutubxona resursi;
2-qism — Axborot-kutubxona fondidan chiqarish;
3-qism — Axborot-kutubxona fondining harakati yakunlari.
45. Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish kitobi toʻliq toʻldirilishi lozim.
46. Yil yakuni boʻyicha axborot-kutubxona fondining yillik harakati yakuni chiqariladi. Axborot-kutubxona muassasasida qabul qilingan hisobga olish tartibiga muvofiq axborot-kutubxona fondining harakati yakunlari chorak yoki yarim yil uchun ham chiqarilishi mumkin.
6-bob. Axborot-kutubxona resurslarini yakka tartibda hisobga olish
47. Axborot-kutubxona resursining har bir nusxasini yakka tartibda hisobga olish unga inventar raqamini berish orqali amalga oshiriladi. Bunda, davriy bosma nashrlar ularga inventar raqami berilmasdan axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish kitobida qayd etiladi. Yakka tartibdagi raqam axborot-kutubxona resursi axborot-kutubxona muassasasida mavjud boʻlish vaqtida unga biriktiriladi.
48. Mazkur Nizomga 5-ilovada keltirilgan shakldagi Inventar kitobi, shuningdek, hisobga olish katalogi kartochkasi va roʻyxatga olish varaqchalari axborot-kutubxona resurslarini yakka tartibda hisobga olish shakllari boʻlib hisoblanadi.
49. Inventar kitoblari axborot-kutubxona resurslarining har bir turi boʻyicha alohida yuritiladi.
50. Axborot-kutubxona resurslari toʻplami qabul qilingandan soʻng u Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish kitobida qayd etiladi va barcha nusxalarga inventar raqami berilib, ular xatlovdan oʻtkaziladi hamda mazkur Nizomga 6-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq axborot-kutubxona resurslarini kutubxonaga qabul qilish toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi.
7-bob. Axborot-kutubxona resurslarining axborot-kutubxona fondidan chiqarilishini hisobga olish
51. Axborot-kutubxona resurslarining axborot-kutubxona fondidan chiqarilishini hisobga olish ularni fonddan chiqarish sabablari va asoslarini aniq koʻrsatgan holda Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish kitobiga tegishli yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.
52. Foydalanuvchilar tomonidan yoʻqotilgan axborot-kutubxona resurslari oʻrniga qabul qilingan nashrlar mazkur Nizomga 7-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq foydalanuvchilardan yoʻqolganlar oʻrniga qabul qilingan kitoblar va boshqa axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish daftarida qayd qilinadi. Unga kiritilgan yozuvlar asosida kelib tushgan va chiqarilgan axborot-kutubxona resurslari boʻyicha dalolatnomalar tuziladi, axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish kitobining tegishli qismlariga qayd qilinadi.
53. Axborot-kutubxona muassasasining faoliyat koʻrsatadigan axborot-kutubxona fondlaridan chiqarilgan axborot-kutubxona resurslari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish kitobi ikkinchi qismining tegishli ustunlariga qayd qilinadi.
8-bob. Axborot-kutubxona fondini tekshirish
54. Axborot-kutubxona fondini tekshirish uchun axborot-kutubxona muassasasi tomonidan tekshirish komissiyasi tuziladi va ushbu komissiya tarkibiga buxgalteriya vakili kiritilishi lozim.
55. Axborot-kutubxona fondini tekshirish:
moddiy javobgar shaxs almashtirilganda;
axborot-kutubxona resurslarini oʻgʻirlash, suiisteʼmol qilish yoki buzish holatlari aniqlanganda;
tabiiy ofat, yongʻin va boshqa holatlarda;
axborot-kutubxona muassasasi qayta tashkil qilinganda va tugatilganda amalga oshiriladi.
56. Fondlarni tekshirish quyidagi muddatlarda oʻtkaziladi:
seyflarda saqlanadigan noyob va alohida qimmatli axborot-kutubxona resurslari boʻyicha — 3 yilda bir marta;
qadimiy va nodir axborot-kutubxona resurslari boʻyicha — 5 yilda bir marta;
axborot-kutubxona muassasalarining 50 ming hisobga olish birliklarigacha boʻlgan axborot-kutubxona fondlari — 5 yilda bir marta;
axborot-kutubxona muassasalarining 50 mingdan 100 ming hisobga olish birliklarigacha boʻlgan axborot-kutubxona fondlari — 7 — 10 yilda bir marta;
axborot-kutubxona muassasalarining 100 mingdan 200 ming hisobga olish birliklarigacha boʻlgan axborot-kutubxona fondlari — 10 — 15 yilda bir marta;
axborot-kutubxona muassasalarining 200 mingdan 1 mln hisobga olish birliklarigacha boʻlgan axborot-kutubxona fondlari — bosqichma-bosqich 15 — 20 yilda bir marta;
1 mln hisobga olish birliklaridan koʻp boʻlgan axborot-kutubxona muassasalarining axborot-kutubxona fondlari — butun axborot-kutubxona fondining tekshiruvi tugallangan holda tanlab olish tartibida bosqichma-bosqich 20 — 25 yilda bir marta.
57. Ajratib olinadigan tashuvchilardagi elektron axborot-kutubxona resurslarining tekshiruvi hisobga olish va saqlash birliklari boʻyicha amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi tashuvchisiz elektron axborot-kutubxona resurslarini tekshirish axborot-kutubxona resurslaridagi oʻzgarishlarni aniqlash imkonini beruvchi miqdoriy koʻrsatkichlar (fayllar miqdori) boʻyicha amalga oshiriladi.
58. Inventar raqamlari berilgan axborot-kutubxona resurslarining barcha turlari tekshirilishi kerak.
Agar tekshiruv jarayonida axborot-kutubxona resurslarining yoʻqligi aniqlansa, ularni qidirib topish choralari koʻriladi.
59. Axborot-kutubxona fondini yoki uning qismini tekshirish komissiyaning xulosalari va yoʻq boʻlgan axborot-kutubxona resurslarining roʻyxati yozilgan mazkur Nizomga 8-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq Axborot-kutubxona fondini tekshirish toʻgʻrisida dalolatnoma tuzish bilan yakunlanadi.
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
60. Hisobga olish hujjatlari doimiy saqlanishi lozim.
61. Ushbu Nizom qoidalarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish va axborot-kutubxona fondini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

I. Axborot-kutubxona fondiga axborot-kutubxona resurslari kelib tushishini hisobga olish

1-bosqich

Axborot-kutubxona muassasasi

1. Axborot-kutubxona fondiga kelib tushgan axborot-kutubxona resurslari (kitob, jurnal va boshqa davriy nashrlar)ni (keyingi oʻrinlarda — AKR) doimiy, uzoq muddatli va vaqtincha saqlash uchun ajratadi.

2. Doimiy, uzoq muddatli va vaqtincha saqlash uchun ajratilgan AKRni markalaydi (shtempellar, kitob belgilari, shtrix-kodlar qoʻyish orqali).

Axborot-kutubxona resurslari kelib tushishi bilan darhol

2-bosqich

Axborot-kutubxona muassasasi

1. AKRni jamlanma hisobga olish kitobida qayd etadi, soʻng ularni yakka tartibda hisobga oladi (barcha nusxalarga inventar raqamini berib, ularni xatlovdan oʻtkazadi).

1-2. Uch kun muddatda

2. AKRni kutubxonaga qabul qilish toʻgʻrisida belgilangan shaklda dalolatnoma tuzadi.

3. AKRni jamlanma hisobga olish kitobi va inventar kitobini yuritadi.

3. Muntazam

4. AKRni jamlanma hisobini chiqaradi.

4. Har yil (har chorak, yarim yillik) yakuni boʻyicha

II. Axborot-kutubxona resurslarining axborot-kutubxona fondidan chiqarilishini hisobga olish

3-bosqich

Axborot-kutubxona muassasasi

AKRni axborot-kutubxona fondidan chiqarishning asoslarini koʻrsatgan holda jamlanma hisobga olish kitobiga tegishli yozuv kiritadi.

Axborot-kutubxona resursini axborot-kutubxona fondidan chiqarish uchun asos vujudga kelgandan boshlab darhol

Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish va axborot-kutubxona fondini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish
KITOBI
1-qism. Axborot-kutubxona fondiga kelib tushgan axborot-kutubxona resursi*

T/r

Kelib tushish manbai

Ilova hujjatining raqami va (yoki) sanasi

Jami nusxa

Qiymati

Manba nomlari (majburiy nusxa, xarid qilingan, obuna, xalqaro kitob almashinuvi, sovgʻa va boshqalar)

Axborot-kutubxona resurslari turlari

Bilim sohalariga oid nashr

Tillar boʻyicha

Boshqa turdagi resurslar

kitob

boshqa turdagi nashrlar

fan, din, siyosat

aniq fanlar

texnika

tibbiyot

boshqalar

oʻzbek

rus

boshqa chet tillari

* Ustunlar soni axborot-kutubxona muassasalarining turlaridan kelib chiqqan holda oʻzgartirilishi mumkin.
Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish va axborot-kutubxona fondini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish
KITOBI
2-qism. Axborot-kutubxona fondidan chiqarish

T/r

Sana

Dalolatnoma raqami

Jami nusxa

Qiymati

Axborot-kutubxona resurslari turlari

Bilim sohalariga oid nashr

Tillar boʻyicha

Fonddan chiqish asosi va sabablari

kitob

jurnal

boshqa turdagi nashrlar

fan, din, siyosat

aniq fanlar

texnika

tibbiyot

boshqalar

oʻzbek

rus

boshqa chet tillari



Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish va axborot-kutubxona fondini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish
KITOBI
3-qism. Axborot-kutubxona fondining harakati yakunlari

T/r

Fond harakati

Jami nusxa

Qiymati

Axborot-kutubxona resurslari turlari

Bilim sohalariga oid nashr

Tillar boʻyicha

Izoh

kitob

jurnal

boshqa turdagi nashrlar

fan, din, siyosat

aniq fanlar

texnika

tibbiyot

boshqalar

oʻzbek

rus

boshqa chet tillari

20__ yilda mavjud

20__ yilda kelib tushdi

20__ yilda hisobdan chiqarildi

Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish va axborot-kutubxona fondini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
20___ yil boʻyicha
INVENTAR KITOBI

T/r

Yozuv sanasi

Axborot-kutubxona fondini jamlanma hisobga olish kitobidagi yozuv raqami

Axborot-kutubxona resursining inventar raqami

Axborot-kutubxona resursining muallifi, sarlavhasi, jildi, qismi, soni

Axborot-kutubxona resursining nashr qilingan joyi va yili

Qiymati

Tekshiruv toʻgʻrisidagi belgi

Hisobdan chiqarish dalolatnomasi raqami

Eslatma



Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish va axborot-kutubxona fondini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA

NAMUNA

Axborot-kutubxona resurslarini kutubxonaga qabul qilish toʻgʻrisidagi _____-son
‎DALOLATNOMA

‎20___ yil “___” ________________

________________________________________________________________________

(dalolatnomani tuzishda ishtirok etgan shaxslarning F.I.O.)

________________________________________________________________________
axborot-kutubxona muassasasiga qabul qilishda _________________________________

(hujjat turi va kimdan olingan)

________________________________________________________________________
________________ umumiy summadagi _______________________ nusxa miqdoridagi
________________________________________________________________________

(summa yozma ravishda takrorlanadi)

axborot-kutubxona resurslari qabul qilindi.
Kitoblar (yoki boshqa axborot-kutubxona resurslari) roʻyxati ilova qilinadi*.
Imzolar: _______________________________________

(rahbarning imzosi)

___________________________________

(xodimning imzosi)

___________________________________

(axborot-kutubxona resurslarini topshirgan shaxsning imzosi)

Ilova qilingan axborot-kutubxona resurslari
‎ROʻYXATI

T/r‎

Kitob muallifi, sarlavhasi yoki axborot-kutubxona resursining turi

Narxi (soʻm)

Nusxalar soni

Umumiy qiymati

1.‎

2.‎

3.‎

Izoh. Kitoblar va boshqa axborot-kutubxona resurslarining miqdori koʻp boʻlmagan taqdirda roʻyxat ushbu dalolatnomaning matniga kiritiladi.
Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish va axborot-kutubxona fondini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Foydalanuvchilardan yoʻqolganlar oʻrniga qabul qilingan kitoblar va boshqa axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish
DAFTARI

Sana

Foydalanuvchi F.I.O.

Yoʻqolgan

Qabul qilingan

Foydalanuvchi imzosi

inventar raqami

axborot-kutubxona resursining muallifi, sarlavhasi, nashr qilingan yili

narxi (soʻm)

axborot-kutubxona resursini saqlovchi boʻlim

axborot-kutubxona resursining muallifi, sarlavhasi, nashr qilingan yili

narxi (soʻm)

axborot-kutubxona resursini saqlovchi boʻlim



Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish va axborot-kutubxona fondini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA

Fondlarni saqlash komissiyasida koʻrib chiqildi
‎20___ y. “____” __________dagi _________-son bayonnoma

“TASDIQLAYMAN”
‎__________________________________
‎(dalolatnomani tasdiqlagan shaxs F.I.O., imzosi)

20 ___ y. “____” __________

Axborot-kutubxona fondini tekshirish toʻgʻrisidagi ______-son
‎DALOLATNOMA

‎‎20___ y. “____” ________________

Ushbu dalolatnomani tekshiruv komissiyasi raisi________________________________

(tekshiruv komissiyasi raisi F.I.O. va lavozimi)

________________________________________________________________________
va komissiya aʼzolari ______________________________________________________

(tekshiruv komissiyasi aʼzolari F.I.O. va lavozimi)

________________________________________________________________________

(t?kshiruv komissiyasi aʼzolari F.I.O. va lavozimi)

__________________________________________________________________sababli

(tekshiruv sabablari koʻrsatiladi)

20___ yil “___” ________________________dan “___” _______________________gacha

_________________________ axborot-kutubxona fondining tekshiruvi oʻtkazilganligi

(axborot-kutubxona muassasasi)

toʻgʻrisida tuzdik.
Tekshiruvda quyidagi hujjatlar oʻrganildi:
a) ______________________________dagi fondning avvalgi tekshiruvi dalolatnomasi;

(axborot-kutubxona muassasasining tarkibiy boʻlinmasi)

________________________________________________________________________

(hujjatlarning turi va nomi)

b) boshqalar ______________________________________________________________;
1. Hisobga olish hujjatlari boʻyicha hisobda:
________________________________________ axborot-kutubxona resurslari mavjud.

(soni, turlari va nomlari koʻrsatiladi)

2. Amalda ________________________________ axborot-kutubxona resurslari mavjud.

(soni, turlari va nomlari koʻrsatiladi)

3. Umumiy summasi ______________________________________________ soʻm boʻlgan

(summasi soʻzlar bilan yoziladi)

_____________________________________ axborot-kutubxona resurslari yetishmaydi.

(soni, turlari va nomlari koʻrsatiladi)

Yetishmaydigan axborot-kutubxona resurslarining roʻyxati ushbu dalolatnomaga ilova qilinadi.
‎4. 20____ yilgacha foydalanuvchilarga berilgan axborot-kutubxona resurslardan _________ nusxasi qaytarilmagan.
‎5. Inventar kitobida hisobga olinmagan ___________ axborot-kutubxona resurslari nusxa aniqlandi.

6. Tekshiruv komissiyasining tekshiruv natijasi boʻyicha xulosasi __________________
‎________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________

7. Tekshiruv komissiyasining tekshiruv natijasi boʻyicha takliflar _________________
‎________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________

‎Imzolar:

‎Komissiya raisi:

_____________________

_____________

(F.I.O., lavozimi)

(imzo)

Komissiya aʼzolari:

_____________________

_____________

(F.I.O., lavozimi)

(imzo)

_____________________

_____________

(F.I.O., lavozimi)

(imzo)

_____________________

_____________

(F.I.O., lavozimi)

(imzo)

_____________________

_____________

(F.I.O., lavozimi)

(imzo)

_____________________

_____________

(F.I.O., lavozimi)

(imzo)

_____________________

_____________

(F.I.O., lavozimi)

(imzo)

Izoh. Tekshiruv komissiyasining tekshiruv natijasi boʻyicha kengaytirilgan xulosasi va takliflari dalolatnomaga ilova qilinishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-sentabrdagi 552-son qaroriga
2-ILOVA
Axborot-kutubxona muassasalarining axborot-kutubxona fondlarini saqlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom axborot-kutubxona muassasalarining axborot-kutubxona fondlarini (keyingi oʻrinlarda — fond) saqlash tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining barcha axborot-kutubxona muassasalari faoliyatiga nisbatan, ularning maqomidan, fondi tuzilmasidan, tashkiliy-texnologik xususiyatlaridan qatʼi nazar (fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek tijorat tashkilotlarining kutubxonalaridan tashqari), tatbiq etiladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi axborot-kutubxona muassasalarining (fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek tijorat tashkilotlarining kutubxonalaridan tashqari) fondlari davlat mulki hisoblanadi va davlat tasarrufidan chiqarilishi hamda xususiylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
3. Davlat tomonidan fondni saqlash, asrash va undan foydalanish, shuningdek uni shikastlanishdan va oʻgʻirlanishdan himoya qilish uchun maqbul shart-sharoitlar yaratiladi.
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
abonent — axborot-kutubxona muassasasi tomonidan doimiy foydalanuvchi sifatida roʻyxatga olingan jismoniy shaxs;
abonement — foydalanuvchilarga muayyan muddatga uyda foydalanish uchun fondning axborot-kutubxona resurslarini taqdim etish bilan shugʻullanish maqsadida tashkil etiladigan axborot-kutubxona muassasasining tarkibiy boʻlinmasi;
axborot-kutubxona muassasasi — “Axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq mustaqil muassasa yoki tashkilotning tarkibiy boʻlinmasi sifatida tashkil etiladigan tashkilot (tarkibiy boʻlinma);
axborot-kutubxona resurslariga ishlov berish — axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish, kataloglashtirish va texnik qayta ishlash (shtempel bosish, inventar raqami va shifr qoʻyish, kitoblar formulyarlarini rasmiylashtirish, kitoblarga choʻntakcha yopishtirish, qaytarish muddati varaqalari, shifrli yorliqlar) orqali axborot-kutubxona resurslarini saqlash va foydalanishni taʼminlovchi texnik va ilmiy ishlov berish jarayonlari majmui;
mavzuli-tipologik butlash rejasi — axborot-kutubxona muassasasi fondining siyosatini belgilaydigan dasturiy hujjat boʻlib, u fondni butlashning sifati va miqdori tasnifini (hujjatlarning mavzusi, turi, yoʻsini, fondni saqlash va foydalanuvchilarga yanada maqbul xizmat koʻrsatish maqsadida fondga kiritilgan nusxalarni) aks ettiradi;
vaqtincha (qisqa muddat) saqlanadigan axborot-kutubxona resurslari — qoida tariqasida, 1 yildan 5 yilgacha saqlash muddati avvaldan belgilangan, davriy hamda axborot ahamiyatiga ega axborot-kutubxona resurslari;
doimiy saqlanadigan (muddatsiz) axborot-kutubxona resurslari — yodgorlik, kolleksiya, noyoblik, nodirlik mezonlariga javob beradigan, saqlash muddati belgilanmagan axborot-kutubxona resurslari hamda kitoblarni majburiy nusxa sifatida olish tizimi va kitob yodgorliklari sifatida saqlash asosida shakllantirilgan kitob fondining bir qismi;
yordamchi axborot-kutubxona fondi — foydalanuvchilarning soʻrovlarini tezkor qondirish uchun axborot-kutubxona muassasasining oʻquv zallarida, abonementlarda, maʼlumot va boshqa boʻlinmalarida tashkil etiladigan eng dolzarb va koʻp soʻraladigan adabiyotlar fondi;
kutubxonalararo abonement — axborot-kutubxona muassasasining foydalanuvchilarning soʻrovlarini har tomonlama, oʻz vaqtida qondirish maqsadida tashkil etilgan boʻlimi (xizmati) yoki shuʼbasi, kutubxona fondida mavjud boʻlmagan adabiyotlarni bunday nashrlarga ega boʻlgan axborot-kutubxona muassasalaridan olib, foydalanuvchilarga taqdim etish orqali respublika axborot-kutubxona muassasalari fondlaridan oʻzaro hamkorlikda foydalanish tizimi;
koʻchmas fond — doimiy (muddatsiz) saqlanadigan axborot-kutubxona resursi;
uzoq vaqt saqlanadigan (uzoq muddatli) axborot-kutubxona resurslari — saqlash muddati tabiiy hayot davomiyligi yoxud foydalanuvchilar talabi bilan belgilanadigan axborot-kutubxona resurslari;
foydalanuvchi — axborot-kutubxona muassasasida roʻyxatdan oʻtgan shaxs;
foydalanuvchining buyurtma varaqasi — kutubxona foydalanuvchisiga axborot-kutubxona resurslaridan foydalanish huquqini beruvchi va uning buyurtmalarini aks ettiruvchi kutubxonachilik hujjati;
foydalanuvchilarga nostatsionar xizmat koʻrsatish — axborot-kutubxona muassasasidan tashqarida: filiallar, kitob berish punktlari, koʻchma kutubxonalar, bibliobuslar, nogironlarning uylariga kitob yetkazish xizmati orqali aholiga, barcha foydalanuvchilarga differensial xizmat koʻrsatish;
fond harakati — fondni yangi adabiyotlar bilan toʻldirish va uning maʼlum qismini turli sabablarga koʻra (kitob ayirboshlash) hisobdan chiqarish hamda kutubxona boʻlinmalari oʻrtasidagi almashinuv jarayoni;
fondlardan ochiq foydalanish — foydalanuvchilarga adabiyotlarni bevosita axborot-kutubxona muassasasi fondidan mustaqil tanlash imkoniyatini taqdim etuvchi xizmat koʻrsatish tizimi;
noyob, alohida qimmatga ega va nodir nashrlar — tarixiy, ilmiy, badiiy yoki boshqa madaniy qiymatga molik, ularni saqlash va foydalanish bilan bogʻliq munosabatlar doirasida hisobga olishning alohida tartibi belgilangan qoʻlyozma kitoblar va bosma nashrlar, adabiyot va sanʼat asarlari, qoʻlyozma hamda grafik hujjatlar, manuskriptlar (madaniyat yodgorliklari, tarixiy hujjatlar);
elektron buyurtma — elektron shaklda axborot-kutubxona xizmati uchun (elektron pochta orqali) berilgan buyurtma.
5. Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslari doimiy, uzoq muddatli, vaqtinchalik saqlashning belgilangan talablariga muvofiq saqlanadi. Axborot-kutubxona resurslarini saqlash muddatlari mavzuli-tipologik rejada yoki fondlarni butlash ixtisosligida qayd etiladi.
6. Noyob, alohida qimmatga ega va nodir nashrlar, shuningdek alohida ahamiyatga molik kitoblar toʻplami Oʻzbekiston Respublikasining milliy, madaniy boyligi sanaladi va qonunchilikka muvofiq, moddiy madaniy meros obyektlari sifatida davlat himoyasida boʻladi.
Axborot-kutubxona muassasalari tomonidan noyob, alohida qimmatga ega va nodir nashrlar fondlarini asrash va saqlash uchun maxsus javonlar, seyflar bilan, nashrlar saqlanadigan bino (xona)lar videokuzatuv, qoʻriqlash va yongʻindan xabar beruvchi tizim (signalizatsiya) bilan taʼminlangan, eshik va derazalari temir panjaralar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
7. Fondlarni asrash va saqlash uchun javobgarlik axborot-kutubxona muassasalari rahbarlariga yuklanadi.
8. Axborot-kutubxona muassasalari rahbariyati fondni saqlash va undan foydalanish uchun quyidagi maqbul sharoitlarni yaratib berishi kerak:
fondni joylashtirish va saqlash uchun, shu jumladan sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga mos maxsus bino yoki xonalar;
maxsus jihozlar (javonlar (mobil/statsionar, yogʻoch/temir), gazetalar, xaritalar va hokazolarni saqlash uchun keng tokchali javonlar va shkaflar, alohida qimmatga ega axborot-kutubxona resurslarini saqlash uchun seyflar, shuningdek, noyob nashrlar uchun jildlar, qutichalar, gʻiloflar);
yoritish rejimi.
9. Fondni saqlash sharoitlari fondning fizik-kimyoviy, biologik va mexanik shikastlanishlardan himoya qilinishini taʼminlashi lozim.
10. Axborot-kutubxona muassasalari rahbariyati axborot-kutubxona resurslari shikastlanganda oʻz vaqtida taʼmirlash choralarini koʻrishi lozim.
2-bob. Fondni tashkil etish jarayonida uning butligini taʼminlash
11. Fondning butligi axborot-kutubxona resurslariga ishlov berish va ularni butlash jarayonida qonunchilik hujjatlariga muvofiq, maxsus hisobga olish hujjatlari (yuk xati, dalolatnoma va b.), jamlanma hisobga olish kitobi, inventar kitobi, hisobga olish kataloglari va kartotekalari, shuningdek elektron katalogga kiritish orqali taʼminlanadi.
12. Axborot-kutubxona resurslari kutubxona ishlovidan soʻng axborot-kutubxona muassasasining saqlash boʻlinmasiga hujjat asosida rasmiylashtirilib yoʻnaltiriladi hamda mazmuni, tarkibi, yoʻnalishi va hajmiga qarab joylashtiriladi.
13. Ochiq fondlarga foydalanuvchilar masʼul xodim nazoratida kiritiladi.
Ochiq fond javonlari foydalanuvchilarning ish jarayoni xodimlar uchun koʻrinadigan holatda joylashtirilishi lozim.
Axborot-kutubxona muassasasi kitob ombori va boʻlinmalardan axborot-kutubxona resurslarining foydalanuvchiga berilishi ustidan zarur nazoratni taʼminlashi lozim.
14. Fondni tekshirish vaqtida axborot-kutubxona resurslarini fonddan va hisobdan chiqarish taqiqlanadi.
15. Axborot-kutubxona muassasalarining boshqa tashkilot hududida yoki uzoq aholi punktlarida ochiladigan filiallari (punktlari)da, kutubxonadan tashqarida (nostatsionar) xizmat koʻrsatish axborot-kutubxona muassasasi va tashkilot oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq olib boriladi. Bunday hollarda, fondning butligi uchun javobgarlik mazkur tashkilotning vakolatli xodimi zimmasiga yuklatiladi.
16. Axborot-kutubxona resurslari foydalanishga kutubxonalararo abonement orqali berilganda, koʻrgazmaga, taʼmirlashga, koʻchma kutubxonaga, elektron shaklini yaratish kabi sabablarning biri bilan axborot-kutubxona muassasasining hududidan olib chiqilganda (tashilganda), shuningdek, fond boshqa binoga koʻchirilganda axborot-kutubxona muassasasi maʼmuriyati axborot-kutubxona resurslarining butligini taʼminlash va ularni talofatsiz ravishda koʻchirib, joylashtirish yuzasidan tegishli choralarni koʻrishi lozim.
Binodan tashqarida, sovuq havoda koʻchirilayotganda kondensat hosil boʻlishining oldini olish uchun kitoblarni iqlimga moslashtirish zarur.
3-bob. Fonddan foydalanish jarayonida asrash
17. Axborot-kutubxona resurslaridan foydalanuvchilarga oʻquv zalida, abonement tartibida, nostatsionar xizmat koʻrsatiladigan punktlarda, shuningdek kutubxonalararo abonement orqali axborot-kutubxona muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan Axborot-kutubxona muassasasidan foydalanish qoidalariga muvofiq xizmat koʻrsatiladi.
18. Axborot-kutubxona muassasasi xodimlari foydalanuvchilar qarzdorligining oldini olish va uni bartaraf etish choralarini koʻrishlari lozim.
19. Axborot-kutubxona muassasalari muntazam ravishda bosma va Brayl shriftidagi nashrlarni kichik joriy taʼmirlash ishlarini olib borishlari (tushib qolgan varaqlarni yopishtirish, yamash, muqovalarni yelimlash va h.k.) lozim.
Foydalanuvchilar tomonidan koʻp soʻraladigan, shuningdek, muntazam yoki uzoq vaqt saqlashga moʻljallangan yumshoq jildli va jildsiz nashrlar muqovalanishi shart. Shuningdek, gazeta va jurnallar taxlamlari ham toʻplam koʻrinishida muqovalanishi zarur.
Fondlarning butligi va xavfsizligini taʼminlash maqsadida quyidagi axborot-kutubxona resurslaridan nusxa koʻchirish mumkin emas:
jismoniy holati nusxa koʻchirishga imkon bermaydigan nashrlar (nusxa koʻchirish natijasida nashrning bus-butunligiga shikast yetishi, qogʻozlar yirtilishi mumkinligi va b.);
yirtilgan yoki shikastlangan axborot-kutubxona resurslari;
hamma tomoni koreshok bilan berkitilgan nashrlar (koreshok bevosita kitobning varaqlariga yopishtirilgan boʻlsa);
nodir kitoblar va alohida qimmatli nashrlar;
yagona nusxadagi qimmatbaho kitoblar;
alohida qiymatga ega muqovali nashrlar;
varaqlari choksiz yopishtirilgan kitoblar;
maxsus katta formatdagi nusxalar.
20. Fonddan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida doimiy saqlashga moʻljallangan ilmiy, tarixiy va badiiy jihatdan qimmatli axborot-kutubxona resurslarining elektron shakllari (raqamli nusxalari) yaratiladi.
Raqamlash jarayonida asl (original) manbalarning bus-butunligini taʼminlash va ishlarni bajarishda ularning jismoniy holati yomonlashuviga olib keladigan taʼsirlarga yoʻl qoʻymaslik lozim.
4-bob. Axborot-kutubxona muassasalarining huquqlari va majburiyatlari
21. Axborot-kutubxona muassasasi quyidagi huquqlarga ega:
foydalanuvchilar tomonidan axborot-kutubxona muassasasining fondiga yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash turi va miqdorini belgilash;
axborot-kutubxona resurslarining ortiqcha nusxasi va ixtisoslanmagan nusxalarini belgilangan tartibda boshqa axborot-kutubxona muassasalariga yoki oʻzga tashkilotlarga berish;
dalolatnoma asosida hisobdan chiqarilgan axborot-kutubxona resurslarini makulatura qabul qiladigan tashkilotlarga hujjat asosida topshirishdan, shuningdek, yoʻqolgan axborot-kutubxona resurslari oʻrnini qoplashdan tushgan mablagʻlarni yangi axborot-kutubxona resurslarini xarid qilish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq axborot-kutubxona muassasasining daromadiga yoʻnaltirish.
22. Axborot-kutubxona muassasasi quyidagilarga majbur:
axborot-kutubxona muassasasida saqlanayotgan axborot-kutubxona resurslarining saqlanishini, toʻliqligini va butligini taʼminlash;
yongʻin va boshqa xavfsizlik choralarini taʼminlash;
axborot-kutubxona resurslarining oʻgʻirlanishi va talon-taroj qilinishiga yoʻl qoʻymaslik;
axborot-kutubxona resurslarining anʼanaviy va elektron katalogini, resurslarning toʻliq matnini shakllantirish.
5-bob. Yakunlovchi qoida
23. Ushbu Nizom qoidalarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-sentabrdagi 552-son qaroriga
3-ILOVA
Axborot-kutubxona resurslarini axborot-kutubxona muassasalarining fondlari hisobidan chiqarish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq axborot-kutubxona resurslarini axborot-kutubxona muassasalarining fondlari (keyingi oʻrinlarda — fond) hisobidan chiqarish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining barcha axborot-kutubxona muassasalari faoliyatiga nisbatan, ularning maqomidan, fondi tuzilmasidan, tashkiliy-texnologik xususiyatlaridan qatʼi nazar (fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek tijorat tashkilotlarining kutubxonalaridan tashqari), tatbiq etiladi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
axborot-kutubxona muassasasi — “Axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq mustaqil muassasa yoki tashkilotning tarkibiy boʻlinmasi sifatida tashkil etiladigan tashkilot (tarkibiy boʻlinma);
axborot-kutubxona resurslarini axborot-kutubxona fondi hisobidan chiqarish — axborot-kutubxona muassasasi fondidagi axborot-kutubxona resurslarini fondning tarkibi va hisobidan chiqarish (balansdan chiqarib tashlash) bilan bogʻliq harakat jarayoni;
axborot-kutubxona resurslarini axborot-kutubxona fondidan chiqarish — ixtisoslanmagan, nuqsonli, eskirgan (jismonan, maʼnan va mazmunan), ortiqcha nusxadagi, toʻzigan, yoʻqolgan, yaroqsiz holga kelgan axborot-kutubxona resurslarini tanlab olish va ularni hisobdan chiqarish;
almashuv fondi — hujjatlarni ayirboshlash, boshqa axborot-kutubxona muassasalariga begʻaraz topshirish uchun moʻljallangan fond;
depozitar fond — axborot-kutubxona muassasalarida kam foydalaniladigan, doimiy saqlash va foydalanish uchun moʻljallangan maxsus fond;
ixtisoslanmagan axborot-kutubxona resurslari — mazmuni boʻyicha kitobxonlar kontingenti talablariga nomutanosibligi, shuningdek fondning qayta ixtisoslashtirilishi, axborot-kutubxona muassasasining maqomi oʻzgarishi munosabati bilan ushbu axborot-kutubxona muassasasini butlash ixtisosligiga muvofiq kelmaydigan axborot-kutubxona resurslari;
mazmunan eskirgan nashrlar — mazmunan oʻz dolzarbligini va ahamiyatini yoʻqotgan, matn mazmuni ilmiy bilimlarning va amaliy faoliyatning zamonaviy darajasiga javob bermaydigan nashrlar;
nuqsonli axborot-kutubxona resursi — sahifalari, illustratsiya (rasm, jadval, chizma)lari toʻliq boʻlmagan, notoʻgʻri sahifalangan, foydalanuvchilar tomonidan shikastlangan, foydalanishga yaroqsiz axborot-kutubxona resurslari;
ortiqcha nusxadagi axborot-kutubxona resurslari — vaqt oʻtishi bilan foydalanuvchilarning talab va ehtiyojlarini qondirmay qolgan hamda soʻnggi 10 yil mobaynida foydalanuvchilar tomonidan soʻralmagan katta miqdordagi (5 tadan ortiq) nusxalarga ega bir nomdagi nashrlarning (koʻp nusxali, ortiqcha nusxalar) nusxalari;
fondning balans qiymati — axborot-kutubxona fondining buxgalterlik hisobi hujjatlarida aks ettiriladigan qiymati;
fond egasi — fondni foydalanuvchilarning talab, qiziqish va ehtiyojlariga mos adabiyotlar bilan toʻldirilishini taʼminlovchi hamda axborot hujjatlarini boshqa muassasalarga berish huquqiga ega axborot-kutubxona muassasasi;
ekspertlar guruhi — barcha sohadagi fanlar boʻyicha oʻz siyosiy va mafkuraviy dolzarbligini, ilmiy, amaliy va tarixiy qiymatini yoʻqotgan nashrlarni saqlashga yoki axborot-kutubxona fondlari hisobidan chiqarishga xulosa beruvchi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari hamda tegishli vazirlik va idoralarning tajribali mutaxassislaridan iborat ekspertlar guruhi;
yaroqsiz axborot-kutubxona resursi — foydalanish uchun jismonan yaroqsiz holga kelgan, taʼmirlab boʻlmaydigan yoki iqtisodiy jihatdan nomuvofiq boʻlgan axborot-kutubxona resurslari;
Oldingi tahrirga qarang.
qayta baholash indeksi — axborot-kutubxona resurslari qiymatlarini qayta baholashda qoʻllaniladigan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan raqamli koʻpaytirgich.
(2-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
3. Axborot-kutubxona muassasalari rahbarlari ushbu Nizomga muvofiq axborot-kutubxona resurslarini fond hisobidan chiqarish, ixtisoslikka muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlari uchun zarur boʻlgan aniq asosli (faktik), tarixiy va boshqa maʼlumotlarga ega eskirgan nashrlarning bir yoki bir nechta nusxasini fondda qoldirish huquqiga egadirlar.
4. Axborot-kutubxona muassasalari rahbarlari axborot-kutubxona resurslarining axborot-kutubxona fondidan toʻgʻri va oʻz vaqtida hisobdan chiqarilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
5. Tizimida axborot-kutubxona muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar rahbarlari mazkur Nizom talablariga muvofiq idoraviy axborot-kutubxona muassasalari fondlaridan axborot-kutubxona resurslarining toʻgʻri chiqarilishini nazorat qiladilar.
2-bob. Axborot-kutubxona resurslarini fond hisobidan chiqarish
6. Axborot-kutubxona muassasalari bir yilda kamida bir marta axborot-kutubxona resurslarini fond hisobidan chiqarish choralarini koʻradi.
7. Axborot-kutubxona resurslarini fond hisobidan chiqarish axborot-kutubxona muassasalarining ish rejasi asosida fondning barcha boʻlimlarida amalga oshiriladi.
8. Axborot-kutubxona muassasasi rahbarining yoki boshqa tashkilotning tarkibiy boʻlinmasi sifatida tashkil etilgan axborot-kutubxona tuzilmasi rahbarining buyrugʻiga muvofiq Axborot-kutubxona resurslarini fond hisobidan chiqarish boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) tuziladi.
Ishchi guruh axborot-kutubxona resurslarini fond hisobidan chiqarish uchun toʻgʻri tanlanganligi, qayta baholash indekslarining toʻgʻri qoʻllanilganligi, hisobdan chiqarishda tegishli dalolatnoma tuzish qoidalariga rioya etilganligini nazorat qilish kabi vazifalarni amalga oshiradi.
9. Axborot-kutubxona resurslarini fond hisobidan chiqarish yakunlari boʻyicha tuzilgan tegishli dalolatnoma Ishchi guruhning barcha aʼzolari tomonidan tasdiqlangandan keyin axborot-kutubxona resurslari hisobdan chiqariladi.
10. Axborot-kutubxona muassasasining butlash ixtisosligiga muvofiq kelmaydigan va mazmunan eskirgan nashrga ega boʻlgan axborot-kutubxona muassasasi ushbu nashrlarni faqat oʻz hududidagi Axborot-kutubxona markazi bilan kelishgan holda fond hisobidan chiqaradi.
11. Barcha sohadagi fanlar boʻyicha oʻz siyosiy va mafkuraviy dolzarbligini, ilmiy, amaliy va tarixiy qiymatini yoʻqotgan ilmiy, ilmiy-ommabop, ishlab chiqarish, oʻquv, yordamchi texnik adabiyotlar, ilmiy va ishlab chiqarish munosabatlari uchun eskirgan, foydalanishga yaroqsiz, eskirgan uslubiy ishlanmalar, yodnomalar, dasturlar, darsliklar, narxnomalar, boshqa texnik tusdagi hujjatlarning mazmunan eskirganligi (noyob, alohida qimmatli va nodir axborot-kutubxona resurslaridan tashqari) ekspertlar guruhining xulosasiga koʻra belgilanadi.
Bunda, ekspertlar guruhi muayyan axborot-kutubxona resurslarini fond hisobidan chiqarish yoki chiqarmaslik boʻyicha xulosa berish uchun Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari rahbarlari tomonidan tuziladi.
12. Axborot-kutubxona resurslarini fond hisobidan chiqarish toʻgʻrisidagi dalolatnoma uch nusxada tuziladi.
13. Axborot-kutubxona resurslarini fond hisobidan chiqarish toʻgʻrisidagi dalolatnoma ilovasida koʻrsatilgan adabiyotlar soni 500 nusxadan ortiq boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Mazkur roʻyxatni tayyorlashda kitob formulyari (adabiyot pasporti)dagi maʼlumotlar — shifr indeksi, muallif, sarlavha, inventar raqami va bahosi tekshiriladi hamda chiqariladigan axborot-kutubxona resurslari bilan solishtiriladi. Roʻyxat inventar raqamlari oshib borishi tartibida tuziladi.
14. Axborot-kutubxona muassasasi ixtisosligi boʻyicha nashrlarning soʻnggi nazorat nusxalarini, 500 nusxadan kam adaddagi, oʻlkashunoslikka oid nashrlarning nusxalarini, maʼlumotnoma nashrlar, shuningdek alohida ilmiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga molik axborot-kutubxona resurslarini fondlar hisobidan chiqarish taqiqlanadi.
15. Axborot-kutubxona resurslarini fond hisobidan chiqarish toʻgʻrisidagi dalolatnomada chiqariladigan axborot-kutubxona resurslarining umumiy soni koʻrsatiladi, shuningdek axborot-kutubxona muassasasi balansi hisobidan chiqarilishi kerak boʻlgan nashrlarning qiymati alohida yoziladi.
16. Axborot-kutubxona muassasasi balansida boʻlmagan va inventar raqamlari qoʻyilmagan axborot-kutubxona resurslarini (inventar raqamlarisiz) fond hisobidan chiqarishda roʻyxat kitob formulyari yoki titul varaqlaridagi maʼlumotlar asosida tuziladi. Balansda boʻlmagan axborot-kutubxona resurslari turli sabablarga koʻra fond hisobidan chiqarish dalolatnomasida bozor qiymati boʻyicha ularning haqiqiy ahvolini hisobga olgan holda baholanib, umumiy soni koʻrsatiladi va mazkur dalolatnoma buxgalteriyada, butlash boʻlimida besh yil mobaynida saqlangach yoʻq qilinadi.
17. Axborot-kutubxona muassasalari hisobida turgan axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish hujjatlarida qoʻyilgan narxlar qayta baholash indekslarini qoʻllagan holda qiymati qayta baholanib, hisobdan chiqariladi. Agar axborot-kutubxona resursidagi formulyarda yoki alifbo katalogining asosiy kartochkasida (bosh katalogda) bahosi koʻrsatilmagan boʻlsa, axborot-kutubxona muassasasining komplektlash boʻlimiga yoki hisob-kitob boʻlimiga murojaat qilinadi.
18. Fond hisobidan chiqariladigan axborot-kutubxona resurslari roʻyxati tasdiqlangandan keyin axborot-kutubxona resurslari tegishli axborot-kutubxona muassasasi yoki hisobdan chiqarishni amalga oshiradigan boʻlinma (boʻlim) rahbarining javobgarligi ostida makulaturaga topshiriladi.
Dalolatnomaning birinchi nusxasi va unga ilova qilingan roʻyxat buxgalteriya hisobi va hisoboti talablariga muvofiq umumiy summa hamda roʻyxatda koʻrsatilgan resurslar miqdorini axborot-kutubxona muassasasi balansidan chiqarish uchun hisob-kitob boʻlimiga topshiriladi.
Dalolatnomaning ikkinchi nusxasi — butlash boʻlimiga, uchinchi nusxasi fond hisobidan chiqarishni amalga oshirgan boʻlinmada qoladi.
Makulaturaga topshirilgani uchun toʻlovni tasdiqlovchi hujjat hisob-kitob boʻlimiga topshiriladi. Toʻlovni tasdiqlovchi hujjat raqami dalolatnomaning birinchi va ikkinchi nusxalarida koʻrsatiladi. Axborot-kutubxona hisobi maʼlumotlari hisob-kitob boʻlimining buxgalteriya hisobi maʼlumotlari bilan solishtiriladi.
19. Fond hisobidan chiqarilgan axborot-kutubxona resurslari tegishli dalolatnoma va toʻlovni tasdiqlovchi hujjat olinganidan keyin axborot-kutubxona muassasalarining hisobga olish hujjatlaridan chiqariladi.
20. Axborot-kutubxona muassasalarining fondlari hisobidan chiqarilgan axborot-kutubxona resurslari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Axborot-kutubxona fondini jamlab hisobga olish daftari ikkinchi qismining tegishli ustunlari kesimida roʻyxatdan chiqariladi. Axborot-kutubxona resurslarining hisobdan chiqarilishi barcha hisobga olish hujjatlari va kataloglarida: asosiy katalog va kitobxonlarning alifbo katalogi, tizimlashtirilgan katalog, shu jumladan, elektron roʻyxatga olish kartotekalari va davomli nashrlarda aks etadi.
1-§. Ixtisoslashmagan va ortiqcha nusxadagi axborot-kutubxona resurslari resurslarini fond hisobidan chiqarish
21. Axborot-kutubxona muassasasi fondi hisobidan chiqariladigan ixtisoslashmagan va ortiqcha nusxadagi axborot-kutubxona resurslari ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq dalolatnoma asosida boshqa axborot-kutubxona muassasasiga begʻaraz taqdim etiladi.
22. Axborot-kutubxona resurslarini boshqa axborot-kutubxona muassasalari va boshqa tashkilotlarga taqdim etish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
ixtisoslashmagan va ortiqcha nusxadagi axborot-kutubxona resurslari toʻgʻrisidagi maʼlumot fond egasi tomonidan hududiy Axborot-kutubxona markazining Internet jahon axborot tarmogʻidagi veb-saytiga joylashtirish uchun mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklga asosan taqdim etiladi va ushbu maʼlumot Axborot-kutubxona markazi tomonidan uch ish kuni ichida oʻz veb-saytiga bir yil muddatga joylashtiriladi;
ixtisoslashmagan va ortiqcha nusxadagi axborot-kutubxona resurslarini qabul qilish uchun talabnoma fond egasiga yozma ravishda beriladi.
23. Axborot-kutubxona resurslarini taqdim etish axborot-kutubxona resurslarini kitob ayirboshlash tartibida bir axborot-kutubxona muassasasidan boshqasiga berishning qabul qilish-topshirish dalolatnomasi va unga ilova qilinadigan roʻyxat bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur dalolatnomalar uch nusxada tuzilib, Ishchi guruh aʼzolari tomonidan imzolanadi va axborot-kutubxona muassasalari rahbarlari yoki ushbu axborot-kutubxona muassasalari tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadigan muassasalar rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
24. Axborot-kutubxona resurslarini taqdim etishdan oldin titul varagʻidagi kutubxona shtampi va inventar raqami qizil siyoh bilan oʻchiriladi yoki “chiqarilgan” degan shtamp bosiladi.
2-§. Foydalanuvchilar tomonidan yoki boshqa muayyan sabablarga koʻra yoʻqotilgan axborot-kutubxona resurslarini fond hisobidan chiqarish
25. Foydalanuvchilar tomonidan yoʻqotilgan yoki boshqa muayyan sabablarga koʻra fond hisobidan chiqariladigan axborot-kutubxona resurslari quyidagi hollarda yoʻqotilgan hisoblanadi:
xatlov jarayonida kamomadi aniqlangan axborot-kutubxona resurslari;
koʻrgazmadan yoʻqolganligi haqida tuzilgan dalolatnoma asosida aniqlangan axborot-kutubxona resurslari;
favqulodda vaziyatlar, axborot-kutubxona resurslarining bir joydan boshqa joyga koʻchishi, tabiiy ofatlar (suv toshqini, vayronkor zilzilalar, yongʻinlar) va boshqa favqulodda holatlar oqibatida yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan axborot-kutubxona resurslari;
foydalanuvchi vafot etganligi yoki boshqa sabablarga koʻra qaytarilmagan axborot-kutubxona resurslari;
boshqa tashkilotlarga turli tadbirlar oʻtkazish uchun berilganda yoʻqolgan axborot-kutubxona resurslari.
26. Foydalanuvchilar tomonidan qaytarilmagan axborot-kutubxona resurslari ularga teng qiymatdagi nusxa bilan almashtirilgandan yoki yoʻqotilgan axborot-kutubxona resurslari qiymati barobarida qoplangandan keyin fond hisobidan chiqariladi.
Foydalanuvchilarning aybi bilan yoʻqolgan axborot-kutubxona resurslari qiymati Ishchi guruhi tomonidan aniqlanadi va oʻrniga almashtirish uchun taklif etilayotgan axborot-kutubxona resurslarining qiymati yoʻqolgan resurslar qiymatidan kam boʻlmasligi kerak.
27. Yoʻqolgan resurslar oʻrniga foydalanuvchilardan qabul qilingan axborot-kutubxona resurslari qonunchilik hujjatlariga muvofiq, belgilangan tartibda Yoʻqotilgan resurslar oʻrniga foydalanuvchilardan qabul qilingan axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish daftarida qayd etiladi.
Axborot-kutubxona muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlangan Axborot-kutubxona muassasasidan foydalanish qoidalariga muvofiq foydalanuvchi tomonidan yoʻqotilgan axborot-kutubxona resurslari qiymatiga teng miqdorda pul qabul qilinganda kirim orderi tuziladi va foydalanuvchiga toʻlovni tasdiqlovchi hujjat beriladi.
28. Nizoli holatlarda yoʻqotilgan axborot-kutubxona resurslarining qiymati toʻgʻrisidagi masala Ishchi guruh muhokamasiga kiritiladi. Yoʻqotilgan axborot-kutubxona resurslari qiymatini oʻn baravar miqdorida (yoki ushbu miqdor doirasida) qoplash toʻgʻrisidagi qaror ham Ishchi guruh tomonidan qabul qilinadi. Ishchi guruh barcha qayta baholash indekslari va bozor baholarini qoʻllashga, shuningdek zararni qoplashning boshqa turlari va miqdorlarini belgilashga haqlidir.
29. Noyob, alohida qiymatga ega va nodir axborot-kutubxona resurslari yoʻqolgan va oʻgʻirlangan taqdirda ularning real qiymatini aniqlash uchun Ishchi guruh oʻz ishiga tegishli ekspertlarni jalb etishi, shuningdek, ilmiy-metodik markazlar, yarmarkalar va kataloglar materiallaridan foydalanishi mumkin. Ushbu holatlarda yetkazilgan zararni aniqlash chegaralangan (bir martalik) koeffitsiyentlar bilan cheklanmaydi.
30. Foydalanuvchining vafoti yoki boshqa sabablarga koʻra qaytarilmagan va qaytarish imkoni boʻlmagan axborot-kutubxona resurslari Axborot-kutubxona resurslarini axborot-kutubxona fondi hisobidan chiqarish toʻgʻrisidagi dalolatnomaga tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi va fond hisobidan chiqariladi.
31. Axborot-kutubxona resurslarini muayyan sabablarga koʻra axborot-kutubxona fondi hisobidan chiqarish ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda dalolatnoma tuziladi. Bunda, bir vaqtning oʻzida yoʻqolganlari oʻrniga qonunchilik hujjatlariga muvofiq fondga qabul qilingan axborot-kutubxona resurslari toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi.
32. Axborot-kutubxona resurslarini axborot-kutubxona fondidan hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi dalolatnomalar, fonddan ochiq foydalanilganda yoʻqolgan, shikastlangan, oʻgʻirlangan, shuningdek tabiiy va texnogen xususiyatga ega boʻlgan ofatlar natijasida yoʻqolgan yoki jiddiy shikast yetkazilgan axborot-kutubxona resurslari aniqlanganda, tezkorlik bilan tegishli hujjatlar (bayonnoma, dalolatnoma) tuzilib, ekspertlar guruhiga xulosa tayyorlash uchun taqdim etiladi.
Ekspertlar guruhi aʼzolari tomonidan tegishli xulosa tayyorlanadi va imzolanadi, soʻng tasdiqlash uchun axborot-kutubxona muassasasi rahbariga yoki tashkilotning tarkibiy boʻlinmasi hisoblangan muassasa rahbariga beriladi.
33. Muqovalashdan qaytmagan, kitob-rasm koʻrgazmalaridan, ochiq fondlardan yoʻqolgan yoki oʻgʻirlangan, qayta ishlash jarayonida yoʻqolgan yoki yoʻqolish sababi aniqlanmagan, axborot-kutubxona resursi uzoq vaqt mobaynida asosiy va yordamchi fondda boʻlmagan hollarda axborot-kutubxona resurslarini hisobdan chiqarish — yoʻqolish holati aniqlangan kundan boshlab bir oy oʻtgach rasmiylashtiriladi.
Ushbu holatda axborot-kutubxona resurslarini axborot-kutubxona fondi hisobidan chiqarish toʻgʻrisidagi dalolatnomaga mavjud boʻlmagan axborot-kutubxona resurslarini qidirish choralari koʻrsatilgan holda yoʻqolgan axborot-kutubxona resurslarining roʻyxati axborot-kutubxona muassasasi rahbari yoki axborot-kutubxona muassasasi boʻlinmasi rahbarining tushuntirish xati va Ishchi guruh qarori ilova qilinadi.
3-§. Vaqtincha saqlanadigan axborot-kutubxona resurslarini fond hisobidan chiqarish
34. Vaqtincha saqlanadigan axborot-kutubxona resurslari (davriy nashrlar: gazetalar, jurnallar va b.) belgilangan saqlash muddatlari tugagandan soʻng ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq dalolatnoma asosida fond hisobidan chiqariladi.
Bunda, ushbu axborot-kutubxona resurslarini fond hisobidan chiqarish butlash ixtisosligi va foydalanuvchilarning talablari asosida saqlash uchun shart-sharoitlar hisobga olingan holda, har bir axborot-kutubxona muassasasi tomonidan mustaqil belgilanadi.
Davriy nashrlarga ixtisoslashtirilgan fondga ega boʻlgan respublika, viloyat darajasidagi axborot-kutubxona muassasalari ushbu fondlardagi respublika va mahalliy ahamiyatdagi nashrlarning yagona nusxasini fond hisobidan chiqarishi taqiqlanadi.
4-§. Tashqi tashuvchi xotira qurilmalaridagi mikroformalar, audiovizual va elektron axborot-kutubxona resurslarini fond hisobidan chiqarish
35. Mikroformalarni (mikrofilmlar rulonlari, mikrofishlar plastinkalari), tashqi tashuvchi xotira qurilmalaridagi audiovizual (slaydlar, bobinalar, disklar, kassetalar), elektron axborot-kutubxona resurslarini (kompakt-disklar, flesh xotiralar) axborot-kutubxona resurslarini axborot-kutubxona muassasasi fondi hisobidan chiqarish sabablari asoslanib, Axborot-kutubxona resurslarini boshqa muayyan sabablarga koʻra axborot-kutubxona fondidan hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu dalolatnomaga har xil turdagi, lekin bitta sabab bilan hisobdan chiqariladigan audiovizual nashrlar kiritilishi mumkin.
36. Plyonkadagi maʼlumotlarning magnitlanish jarayonlarini nazorat qilish uchun tegishli yozuv jurnalga qayd etiladi.
37. Plyonkadagi foydalanish uchun yaroqsiz va taʼmirlab boʻlmaydigan audiovizual maʼlumotlar, mikroformalar quyidagi sabablarga koʻra hisobdan chiqariladi:
sifatsiz fotografik tasvir;
nuqsonli mikroplyonkalar;
mexanik shikastlangan (yorilgan, singan va shu kabilar) holatlar.
38. Tashqi tashuvchi xotira qurilmalaridagi axborot-kutubxona resurslari va disklardagi audiovizual resurslarni hisobdan chiqarish uchun quyidagilar asos boʻladi:
axborot-kutubxona muassasalari oʻrtasida dasturiy-apparat muhitiga nomunosiblik;
axborotning boshqa tashqi tashuvchi xotira qurilmalariga oʻtkazilishi;
tashqi tashuvchi xotira qurilmalarining yaroqsiz holga kelishi yoki shikastlanishi;
litsenziya bitimi muddatining tugashi;
kumulyatsiya hodisasi (yangilangan versiyada);
toʻliqroq maʼlumot olingani bois nashrlar parchalarini almashtirish;
qulayroq formatdagi va matn sifati yaxshi boʻlgan disklar olinganda nashrlarni almashtirish;
mazmunan eskirgan (maʼlumotlar bazalari hisobotlari);
nuqsonli (qoʻporilgan) tashqi tashuvchi xotira qurilmasi (sanab boʻlmaydigan axborot);
nusxasi noshirdan olinganda, xususiy shaxslardan olingan nashrlarni almashtirish;
virus yoki xakerlik hujumi natijasida maʼlumotlarning yoʻqolishi.
5-§. Lokal tarmoq elektron axborot-kutubxona resurslarini fond hisobidan chiqarish
39. Axborot-kutubxona muassasasining raqamli kutubxonasi yoki raqamli kolleksiyasini hosil qiladigan, axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari orqali foydalanuvchilar uchun ochiq axborot-kutubxona muassasasining serverida joylashtiriladigan har xil turdagi elektron fayllar lokal tarmoqdagi elektron axborot-kutubxona resurslariga taalluqlidir.
40. Lokal tarmoq elektron axborot-kutubxona resurslarini hisobdan chiqarish — jismonan yoʻqolishi (serverda mavjud emaslik) yoki isteʼmol xossalari qisman yoxud toʻliq yoʻqolishi — nuqsonlilik (maʼlumotlarni uzatishda yoki saqlashda ularning yaxlitligi buzilishi) munosabati bilan amalga oshiriladi.
41. Lokal tarmoq elektron axborot-kutubxona resurslari Axborot-kutubxona resurslarini boshqa sabablarga koʻra axborot-kutubxona muassasasi hisobidan chiqarish toʻgʻrisidagi dalolatnoma asosida hisobdan chiqariladi. Dalolatnomaning nomi, tartib raqami va sanasi elektron kutubxonaning maʼlumotlar bazasiga tegishli faylga metaaxborot sifatida kiritiladi.
3-bob. Fond hisobidan chiqarilgan axborot-kutubxona resurslarini axborot-kutubxona muassasasining hisobga olish hujjatlaridan chiqarish
42. Axborot-kutubxona resurslarini fond hisobidan chiqarish toʻgʻrisidagi dalolatnomalar ularni barcha hisobga olish (jamlanma hisobga olish kitobi, inventar kitobi, kataloglar kartochkalari) hujjatlaridan, shuningdek kartotekalardan chiqarish, elektron katalogdan yozuvlarni oʻchirish, axborot-kutubxona muassasasi balansidan axborot-kutubxona resurslari soni va qiymatini hisobdan chiqarish uchun asos boʻladi.
43. Hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi belgi inventar kitobining tegishli bandiga qizil siyoh bilan qoʻyiladi, bunda inventar raqami, narxi ustiga chizib oʻchiriladi hamda dalolatnomaning raqami va dalolatnoma tasdiqlangan sana yoziladi.
44. Bosh katalog kartochkasida inventar raqami chizib tashlanadi, axborot-kutubxona resursining oxirgi nusxasi hisobdan chiqarilganda esa kartochkalar barcha katalog va kartotekalardan hamda elektron katalog qaydlaridan oʻchirib tashlanadi. Agar koʻp jildli va turkumli nashrning kartochkasida boshqa jildlar ham koʻrsatilgan boʻlsa, u holda muqova tomoniga “chiqar. jild” belgisi qoʻyiladi va kartochkadagi chiqarilgan jildning inventar raqami oʻchiriladi.
45. Axborot-kutubxona resurslarini axborot-kutubxona muassasalari fondidan hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi dalolatnomalar va ularga ilova qilingan roʻyxatlar (kitob formulyarlari, titul varaqlar, katalog kartochkalari) navbatdagi xatlov muddatigacha saqlanadi. Shundan keyin arxiv muassasalarining tasdigʻisiz oʻrnatilgan tartibda yoʻq qilinishi, ushbu Nizomning 5-ilovasidagi shaklga muvofiq axborot-kutubxona muassasalari faoliyatiga oid ayrim hujjatlarni yoʻq qilish uchun hisobdan chiqarish haqidagi dalolatnoma rasmiylashtirilishi lozim. Saqlash muddati — ish yuritish materiallari tamom boʻlgan yildan keyingi yilning 1-yanvaridan boshlanadi.
46. Butun fondni yoki uning bir qismini rejali tekshirish (xatlovdan oʻtkazish) natijasida aniqlangan hisobdan chiqariluvchi axborot-kutubxona resurslari tekshiriladigan fond sonining bir foizidan ortiq boʻlmasligi kerak. Fondning bir foizidan ortiq boʻlgan axborot-kutubxona resurslari kamomadi yuqori turuvchi tashkilot rahbarining yoki tizimida axborot-kutubxona muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralar rahbarlarining ruxsati bilan hisobdan chiqariladi.
Hisobdan chiqarishda aybdor shaxslar haqiqatda mavjud emasligi aniqlangach va zararning oldini olish maqsadida zarur chora-tadbirlar koʻrilgandan keyin hisobdan chiqariladi.
47. Axborot-kutubxona resurslari qiymatini qayta baholash yoʻqolgan axborot-kutubxona resurslari uchun foydalanuvchilar bilan hisob-kitob qilish va hisobdan chiqarish paytlarida qayta baholash indekslari qoʻllanilgan holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qiymatni qayta baholash qonunchilik hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan har yili ommaviy axborot vositalarida rasman eʼlon qilinadigan qiymatni oʻzgartirish indekslari qoʻllanilgan holda amalga oshiriladi.
(47-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Qayta baholash axborot-kutubxona resurslarini nashr qilingan yillari boʻyicha indeksatsiya qilingan holda axborot-kutubxona resurslarining nominal qiymatini (sotib olishdagi, hisobga olish hujjatlaridagi narxi) qayta hisob-kitob qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Agar yoʻqolgan axborot-kutubxona resurslari axborot-kutubxona fondi hisobiga 1992-yil 1-aprelgacha olingan boʻlsa, uning nominal qiymati Vazirlar Mahkamasining “Asosiy fondlar qiymatini amaldagi narxlar boʻyicha qayta hisoblab chiqish ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 18-iyundagi 293-son qaroriga binoan 17,4 marotabagacha koʻpaytiriladi, soʻngra, asosiy jamgʻarmalar narxining oshirilishi sababli, 1992-yilgacha olingan nashrlarning narxi 22,9 baravarga; 1992-yil olinganlari — 13,9 baravarga; 1993-yil I choragi davomida olinganlari — 3,4 ga; 1993-yil iyuligacha olingan hamma nashrlarning narxi — 12 ga; 1993-yil iyulidan 1994-yil yanvarigacha olinganlari — 1,2 ga koʻpaytiriladi.
Soʻm-kuponlarga sotib olingan nashrlar qiymati 1000 ga boʻlish yoʻli bilan soʻmlarga aylantiriladi.
Vazirlar Mahkamasining “Notariuslarning ijro xatlariga asosan qarzni undirish soʻzsiz amalga oshiriladigan hujjatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2002-yil 18-yanvardagi 26-son qaroriga muvofiq kutubxonalarning fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan qaytarilmagan kitoblar, boshqa bosma asarlar va kutubxonalar zaxirasidan olingan boshqa materiallar qiymati qayta baholanib, umumiy summaning oʻn baravari miqdorida undiriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoida
48. Ushbu Nizom qoidalarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Axborot-kutubxona resurslarini axborot-kutubxona muassasalari fondlari hisobidan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

NAMUNA

Axborot-kutubxona resurslarini kitob ayirboshlash tartibida bir axborot-kutubxona
‎muassasasidan boshqasiga qabul qilish-topshirish toʻgʻrisidagi _____-son
‎‎DALOLATNOMASI

“TASDIQLAYMAN” ________________________________

(tasdiqlovchi shaxsning imzosi)

20 ___ y. “____” __________

20___ y. “_____” _____________

Ushbu dalolatnoma axborot-kutubxona muassasasining vakili
‎________________________________________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

tomonidan tanlab olingan.
20____ y. “______” ______________dagi ___-son shartnoma asosidagi soni __________ nusxa umumiy qiymati____________ soʻm_______ tiyin
‎________________________________________________________________________

(summa yozuv bilan)

Jumladan, buxgalteriya hisobida turgan axborot-kutubxona resurslari, soni __________nusxa umumiy qiymati____________ soʻm_______ tiyin
‎________________________________________________________________________

(summa yozuv bilan)

boʻlgan axborot-kutubxona resurslari _______________________________________________________________ tomonidan

(beruvchi axborot-kutubxona muassasasining nomi)

_______________________________________________________________________ga

(oluvchi axborot-kutubxona muassasasining nomi)

berilganligi haqida tuzildi.

Ilova qilingan roʻyxatga muvofiq axborot-kutubxona resurslarini topshirdim
‎________________________________________________________________________

(F.I.O., lavozimi) (imzo)

qabul qilib oldim _________________________________________________________

(F.I.O., lavozimi) (imzo)

________-son dalolatnomaga axborot-kutubxona resurslari roʻyxati

T/r

Inventar raqami

Muallifi, nashr nomi (sarlavhasi)

Nashr etilgan yili

Nashr etilgan joyi

Sotib olingan narxi

Yangi bahosi

soʻm

tiyin

1‎

2

3

4

5

6

7

8

Axborot-kutubxona resurslarini axborot-kutubxona muassasalari fondlari hisobidan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ixtisoslashmagan va ortiqcha nusxadagi axborot-kutubxona resurslari toʻgʻrisidagi axborotni hududiy axborot-kutubxona markazi veb-saytiga joylashtirish shakli

T/r

Axborot-kutubxona muassasasining nomi

Manzili

Telefon raqami

Axborot-kutubxona resurslar muallifi

Axborot-kutubxona resurslar nomi

Soni

Nashr yili

Nashriyot nomi

Annotatsiyasi

1.

2.

Axborot-kutubxona resurslarini axborot-kutubxona muassasalari fondlari hisobidan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

NAMUNA

Axborot-kutubxona resurslarini muayyan sabablarga koʻra axborot-kutubxona
‎fondidan hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi _____-son
‎DALOLATNOMASI

“TASDIQLAYMAN” ________________________________

(tasdiqlovchi shaxsning imzosi)

20 ___ y. “____” __________

20___ y. “_____” _____________

Ushbu dalolatnoma quyidagi tarkibda Ishchi guruh tomonidan:
‎_________________________________________________________________________

(Ishchi guruh aʼzolarining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi)

_________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________
1. _________________

___________

__________

__________

(Hisobdan chiqarish sababi)

(nusxa)

(nomda)

(narxi)

2. _________________

___________

__________

__________

(Hisobdan chiqarish sababi)

(nusxa)

(nomda)

(narxi)

3. _________________

___________

__________

__________

(Hisobdan chiqarish sababi)

(nusxa)

(nomda)

(narxi)


‎Jami ________ nusxa, ________ nomdagi, umumiy bahosi ______ soʻm ________ tiyin ______________ axborot-kutubxona resurslari
‎_____________________________________________________________________ning

(axborot-kutubxona muassasasi yoki uning tarkibiy boʻlinmasi nomi)

axborot-kutubxona fondi hisobidan chiqarish toʻgʻrisida tuzildi.
Chiqariladigan axborot-kutubxona resurslari roʻyxati ilova qilinadi.
Imzolar:
Ishchi guruh rahbari:

_____________________

_____________

(F.I.O.)

(imzo)

Ishchi guruh aʼzolari:

_____________________

_____________

(F.I.O.)

(imzo)

_____________________

_____________

(F.I.O.)

(imzo)

_____________________

_____________

(F.I.O.)

(imzo)

_______-son dalolatnoma boʻyicha hisobdan chiqariladigan axborot-kutubxona resurslari
‎ROʻYXATI

T/r

Inventar raqami

Muallifi, nashr nomi (sarlavhasi)

Nashr etilgan yili

Nashr etilgan joyi

Sotib olingan narxi

Yangi bahosi

soʻm

tiyin

1‎

2

3

4

5

6

7

8

Izoh.
1. Har xil inventar raqamlariga ega boʻlgan bir necha nusxalarni (ayni bir kitobning dubletlari) ketma-ket yozishda 3,4,5-ustunlariga qavs qoʻyiladi.
2. Dublet yozuvlari keyingi sahifaga koʻchirilganda nashr toʻgʻrisidagi maʼlumotlar barcha ustunlarda takrorlanadi.
Axborot-kutubxona resurslarini axborot-kutubxona muassasalari fondlari hisobidan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

NAMUNA

Vaqtincha saqlanadigan axborot-kutubxona resurslarini axborot-kutubxona fondi hisobidan chiqarish toʻgʻrisidagi _____-son
‎DALOLATNOMASI

“TASDIQLAYMAN” ________________________________

(tasdiqlovchi shaxsning imzosi)

20 ___ y. “____” __________

20___ y. “_____” _____________

Ushbu dalolatnoma _________________________________________________________

(Ishchi guruh aʼzolarining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi)

_________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________

tomonidan vaqtincha saqlash muddati tamom boʻlganligi munosabati bilan
‎___________________________________________________ soʻm ___________ tiyin _________________________________________________________________________

(summa yozuv bilan)

summalik soni ________ ta __________ nusxa vaqtincha saqlanadigan axborot-kutubxona resurslarini axborot-kutubxona fondi hisobidan chiqarish toʻgʻrisida tuzildi _________________________________________________________________________

(vaqtincha saqlanadigan axborot-kutubxona resurslarining turi koʻrsatilsin: gazetalar, jurnallar va shu kabilar)

Imzolar:
Ishchi guruh rahbari:

_____________________

_____________

(F.I.O.)

(imzo)

Ishchi guruh aʼzolari:

_____________________

_____________

(F.I.O.)

(imzo)

_____________________

_____________

(F.I.O.)

(imzo)

_____________________

_____________

(F.I.O.)

(imzo)

Axborot-kutubxona resurslarini axborot-kutubxona muassasalari fondlari hisobidan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

NAMUNA

Axborot-kutubxona muassasasi faoliyatiga oid ayrim amaliy ahamiyatini yoʻqotgan
‎hujjatlarini yoʻq qilish uchun ajratish toʻgʻrisidagi _______-son
‎DALOLATNOMA

“TASDIQLAYMAN” ________________________________

(tasdiqlovchi shaxsning imzosi)

20 ___ y. “____” __________

Axborot-kutubxona muassasasi faoliyatiga oid ayrim amaliy ahamiyatini yoʻqotgan hujjatlarini yoʻq qilish uchun ajratish

_________________________________________________________________________

(uzoq muddatga saqlanishi zarur boʻlmagan hujjatlarni ajratgan muassasaning nomi)

Tuzildi “____” _____________ 20_____ y.
‎Ishchi guruhi ______________________________________________________________

(muassasaning nomi)

Ishchi guruh rahbari ________________________________________________________

(Ishchi guruh rahbari F.I.O., lavozimi)

Ishchi guruh aʼzolari _______________________________________________________

(Ishchi guruh aʼzolarining F.I.O., lavozimi)

_________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________

Rahbariyatning 20_____ y. “_____” _____________ dagi __________-sonli buyrugʻi

Axborot-kutubxona muassasasi faoliyatiga oid ayrim amaliy ahamiyatini yoʻqotgan hujjatlarning yoʻq qilinishi boʻyicha quyidagi ilovada keltiriladi:

T/r‎

Hujjatlar sanasi

Hujjatlar nomi (jamlangan yoki alohida), nomenklatura boʻyicha ularning tartib raqami, arxiv roʻyxati yoki inventar kitoblar

Izoh

Hujjat soni (jildlar)

Hujjat soni (jildlar)

1‎

2

3

4

5

6

Jami (son va yozuv bilan) hujjat _____________________________________________
‎________________________________________________________________________
Ishchi guruh rahbari _________________

(imzo)

Ishchi guruh aʼzolari ________________

(imzo)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2022-y., 09/22/552/0876-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)