Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1993 YILDA RESPUBLIKA AHOLISINI BOLALARGA ATALGAN MOLLAR VA IP GAZLAMALAR BILAN BELGILANGAN MIQDORDA IMTIYOZLI NARXLARDA TAʼMINLASh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
Respublika aholisini bolalarga atalgan asosiy turdagi eng zarur mollar va ip gazlamalar bilan imtiyozli narxlarda kafolatli taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1993-yil 1-apreldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida bolalarga atalgan (hamma turdagi) mollar va ip gazlamalarni aholiga chakana savdo tarmogʻi orqali sotib, chakana narxdan
1-ilovaga binoan 50 foiz miqdorida chegirib, imtiyozli narxlar bilan sotish joriy etilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki,
1-ilovada koʻrsatilgan mollarning chakana narxlari sanoat korxonalari tomonidan haqiqiy tannarxiga, 15 foiz miqdoridagi cheklangan rentabellikka va koʻpi bilan 10 foiz miqdoridagi savdo ustamasiga asoslanib shakllantiriladi.
3. Korxonalarni bolalarga atalgan mollar ishlab chiqarishni koʻpaytirishdan iqtisodiy manfaatdor qilish maqsadida jami ishlab chiqarish hajmining kamida 50 foizini shunday mollar tashkil qiluvchi korxonalarga qoʻshilgan qiymatiga solinadigan soliq va budjetga oʻtkazilishi lozim boʻlgan badal miqdorining 50 foizini bolalarga atalgan mollar ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun sarflashga ruxsat berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi bolalarga atalgan mollar ishlab chiqaruvchi korxonalar, tashkilotlarning budjet bilan oʻzaro hisob-kitob tartibini 10 kun muddatda belgilab bersinlar.
4. Respublika savdo tashkilotlarini aholiga belgilangan miqdorda sotish uchun zarur hajmdagi ip gazlamalar va bolalar mollari resurslari bilan taʼminlash maqsadida “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi bilan “Mahalliy sanoat” korporatsiyasiga 1993-yilda savdoga
2-ilovaga binoan hajmdagi va turdagi bolalar mollarini yetkazib berish yuzasidan topshiriqlar belgilansin.
2-ilovada koʻrsatilgan turdagi mollarning tijorat doʻkonlari tarmogʻida sotilishi taqiqlansin.
5. “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi (oʻrtoq Ismoilov) bilan “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi (oʻrtoq Chjen) aholiga bolalar uchun uzluksiz sotiladigan zarur hajmdagi ip gazlama va mollarni oʻz muddatida savdo tashkilotlariga yetkazib berish topshiriqlarini bajarish choralarini koʻrsinlar.
6. “Oʻzshartnomasavdo” (oʻrtoq Sharipov) gazlama, xomashyo va materiallarni amalda yetkazib beruvchilarni mazkur mollarni ishlab chiqarish uchun “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi va “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi korxonalariga biriktirib qoʻyishni hamda ishlab chiqarish uchun zarur hajmda shu mahsulotlar oʻz vaqtida yuborilishini taʼminlasin.
7. Belgilangan miqdorda sotiladigan bolalarga atalgan eng zarur turdagi mollar va ip gazlamalarning chakana narxlarini belgilash va narxlardagi tafovutning oʻrnini qoplash
tartibi 3-ilovaga binoan tasdiqlansin.
8. “Oʻzbeksavdo” uyushmasi (oʻrtoq Usmonov) va Oʻzbekbirlashuv (oʻrtoq Volkov):
bozor resurslarini eʼtiborga olib, 10 kun muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga bolalarning soni va yoshiga qarab koʻrsatilgan buyumlarning resurslarini maʼlum qilsinlar;
belgilangan mollarni imtiyozli narxlarda sotish tartibiga rioya etilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsinlar.
9. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbeksavdo” uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv, “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi, “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi va “Oʻzshartnomasavdo” rahbarlari, shuningdek, joylardagi hokimliklar yuqorida koʻrsatilgan mollarning belgilangan miqdorda sotilishini taʼminlash uchun shaxsan javobgardirlar.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 16-yanvardagi 18-son
qarori, 1992-yil 9-yanvardagi 4-son qaroriga
2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tegishli masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasining xalq isteʼmol mollari, savdo va xizmatlar majmuiga va boshqa majmuilari zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 18-martdagi 142-son
qaroriga1-ILOVA
1993-yilda belgilangan miqdorda imtiyozli narxlarda sotiladigan mollar
|
Mollarning nomi |
Bir bolaga yillik norma |
| 3 yoshgacha boʻlgan bolalar poyabzali |
2 juft |
| 3 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar poyabzali |
1 juft |
| chaqaloqlar uchun komplekt |
1 komplekt |
| 12 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar koʻylagi |
1 dona |
| 12 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar shimi |
1 dona |
| 12 yoshgacha boʻlgan qiz bolalar koʻylagi |
1 dona |
| 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun paypoq (kolgotkadan tashqari) |
2 juft |
| ip gazlama |
1 ki�iga 3 metr |
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 18-martdagi 142-son
qaroriga2-ILOVA
1993-yilda respublika savdo tashkilotlariga bolalarga atalgan eng zarur mollarni belgilangan miqdorlarda aholiga chakana narxlarda sotish uchun ip gazlamalarni yetkazib berish yuzasidan “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi va “Mahalliy sanoat” korporatsiyasiga
Nomi |
Oʻlchov birligi |
Jami |
Shu jumladan |
|
“Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi |
“Mahalliysanoat” korporatsiyasi |
|
Ip gazlama |
ming p.m |
66000 |
66000 |
|
|
3 yoshgacha boʻlgan bolalar poyabzali |
ming juft |
2868 |
2868 |
|
|
3 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar poyabzali |
” |
6136 |
6136 |
|
|
Chaqaloqlar uchun komplekt |
ming komplekt |
753 |
600 |
153 |
|
12 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar koʻylagi |
ming dona |
3525 |
3310 |
215 |
|
12 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar shimi |
” |
3525 |
3175 |
350 |
|
12yoshgacha boʻlgan qiz bolalar koʻylagi |
” |
3440 |
1600 |
1840 |
|
12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun paypoq (kolgotkadan tashqari) |
ming juft |
13930 |
13930 |
|
| |
|
|
|
|
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 18-martdagi 142-son
qaroriga3-ILOVA
Belgilangan miqdorda sotiladigan bolalarga atalgan eng zarur mollar va ip gazlamalarning chakana narxlarini shakllantirish va ularning narxlaridagi tafovutlarning oʻrnini qoplash
1. Respublika sanoat korxonalari tomonidan aholiga belgilangan miqdorda sotish uchun beriladigan bolalarga atalgan mollar va ip gazlamalarning chakana narxlari (Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 18-martdagi 142-son qaroriga
1-ilovaga muvofiq haqiqiy tannarxiga, 15 foiz miqdoridagi cheklangan rentabellikka va 10 foiz miqdoridagi savdo ustamasiga asoslanib shakllantiriladi.
2. Markalangan yorliqlarda, toʻlov hujjatlarida “imtiyozli sotish” tamgʻasi albatta qoʻyiladi va chakana narx bilan bir qatorda 50 foizli chegirma narxi koʻrsatiladi.
3. Belgilangan miqdorda sotishga moʻljallangan bolalarga atalgan mollar va ip gazlamalar sanoat korxonalari—tayyorlovchilar tomonidan ulgurji savdoda 10 foiz miqdoridagi savdo chegirmasi chiqarib tashlangan chakana narxlar boʻyicha sotiladi.
4. Ana shu mollarni chakana savdo tashkilotlari tomonidan sotish markalangan yorlikda koʻrsatilgan chakana narxning 50 foizini chegirib tashlagan holda amalga oshiriladi.
5. Chakana savdo tashkilotlari yuqorida koʻrsatilgan mollar boʻyicha narxlardagi farqni budjet hisobiga quyidagi tartibda qoplaydilar:
chakana savdo korxonalari haqiqatda sotilgan mollar uchun joylardagi savdo boshqarmasi organlariga, matlubot kooperatsiyasi korxonalari esa — viloyat matlubot jamiyatlarga ilova qilinayotgan shakl boʻyicha hisob-kitob taqdim etadilar. Ular esa bu hujjatlarni tegishli ravishda “Oʻzbeksavdo” uyushmasiga va Oʻzbekbirlashuvga yoʻllaydilar;
“Oʻzbeksavdo” uyushmasi va “Oʻzbekbirlashuv” materiallarni hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadilar;
vazirliklar va idoralar har oyning 10-kuniga qadar oʻzlariga qarashli korxonalar tomonidan respublika savdo tarmoqlariga aholiga belgilangan tartibda sotiladigan ip gazlamalar va bolalarga atalgan mollar amalda qancha yetkazib berilganligi haqida Moliya vazirligiga hisobot maʼlumotlarini taqdim etadilar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har oyning 5-kuniga qadar mablagʻlarning rejali yil choragi summasining 50 foizi miqdorida respublika budjeti boʻyicha kreditlar ochadi.
“Oʻzbeksavdo” uyushmasi va Oʻzbekbirlashuvning yil choragi hisobotlari boʻyicha, shuningdek, vazirliklar va idoralarning ana shunday mollar haqiqatda yetkazib berilganligi haqidagi maʼlumotlari asosida aniqlangan ortiqcha toʻlovlar (kam toʻlovlar) birinchi yarim yillik va yillik hisobotlar topshirilishiga koʻra ushlab qolinishi (qaytarilishi) kerak.
7. Joylardagi moliya organlari va savdo boshqarmasi organlari sanoat va savdo korxonalarida narxlarni shakllantirishning va narxlardagi farqni qoplash hisob-kitoblarining toʻgʻriligini muntazam ravishda tekshiradilar.
8. Korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari va bosh buxgaltyerlari narxlardagi farqlar boʻyicha berilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun shaxsan javob beradilar.
Belgilangan miqdordagi ashyoviy mollar narxlaridagi farqni qoplash summasining
|
Nomi |
Artikul |
Haqiqatda sotish miqdori (oʻlchov birligi) |
Bir oʻlchov birligining soʻmlardagi chakana narxi |
Budjetdan qoplanadigan narxlardagi farq |
Qoplash summasi |
|
toʻla |
50 foiz chegirma bilan |
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |