1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.14.00 Oʻsimliklar karantini]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 15-iyuldagi PF-6262-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 15-iyuldagi PQ-5185-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining Oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Zararli va xavfli organizmlarga qarshi fitosanitariya tadbirlarini oʻtkazish, zararkunandalarga qarshi kurashish hamda favqulodda vaziyatlarda hosilni saqlab qolishni taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Avtomobil yoʻllari, temir yoʻl stansiyalari, aeroportlar, daryo porti va tashqi iqtisodiy faoliyat, davlatlararo chegara maskan (punkt)lari hamda pochtamtdagi oʻsimliklar karantini maskan (punkt)lari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida uchraydigan karantin ahamiyatga ega boʻlmagan zararli organizmlar roʻyxati 5-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining Oʻsimliklar karantini davlat inspektorlarining formali kiyim-boshlari va farqlash belgilari namunalari va tavsifi 51-ilovaga muvofiq;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari roʻyxati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 7-iyun,
311-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 311-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi toʻgʻrisida
NIZOM
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik), uning tarkibiy boʻlinmalarining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, faoliyatini va hisobot berishini tashkil etish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va majburiyatlarini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
2. Agentlik oʻsimliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohalarida yagona davlat siyosati va nazoratini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
3. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi) hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligiga boʻysunadi va hisobot beradi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
4. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
5. Agentlik oʻz faoliyatini davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
6. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
7. Agentlik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boʻlinmalar), Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — ilmiy-tadqiqot instituti), “Biosifat” respublika markazi, Respublika agrokimyoviy tahlil markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmatlari (keyingi oʻrinlarda — hududiy xizmatlar) yuridik shaxslar hisoblanadi.
8. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida shaxsiy gʻaznachilik hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisobvaraqlariga hamda fitosanitariya ramziga ega boʻladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
toʻliq nomi: Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, qisqartirilgan nomi — Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi;
b) ingliz tilida: Agency of Plant Protection and Quarantine under the Ministry of Agriculture of the Republic of Uzbekistan; qisqartirilgan nomi — Agency of Plant Protection and Quarantine;
v) rus tilida: Agentstvo po karantinu i zashite rasteniy pri Ministerstve selskogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Agentstvo po karantinu i zashite rasteniy.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
10. Agentlikning joylashgan manzili (pochta manzili): 100100, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur 1-tor koʻchasi, 17-uy.
2-bob. Agentlik tuzilmasi
11. Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Agentlikning markaziy apparati;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari hamda Oʻsimliklar karantini va himoyasi tuman (shahar) boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — tuman (shahar) boʻlimlari);
Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — ilmiy-tadqiqot instituti) va uning mintaqaviy filiallari;
“Biosifat” respublika markazi;
Respublika agrokimyoviy tahlil markazi va uning hududiy boʻlinmalari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmatlari.
Agentlik, hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari oʻsimliklar karantini va himoyasi davlat xizmatining yagona tizimini tashkil qiladi.
3-bob. Agentlikning vazifalari va funksiyalari
1-§. Agentlikning vazifalari va funksiyalari
12. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
oʻsimliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohalarida yagona davlat siyosati va nazoratini amalga oshiradi;
tuproq agrokimyoviy tahlillarini oʻtkazish va qishloq xoʻjaligiga yetkazib beriladigan barcha turdagi mineral va mikrobiologik oʻgʻitlar sifatini nazorat qilish, tuproq va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibidagi pestitsid, nitrat va ogʻir metall tuzlari qoldiqlarining dala sharoitida radiologik-toksikologik tahlillarini oʻtkazadi;
oʻsimliklar karantini va himoyasida prognoz tizimini takomillashtirish, oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurashning uygʻunlashgan samarali usullarini belgilash hamda ijrosini nazorat qilish, monitoring olib borish, iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarning respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish hamda yoʻq qilish choralarini koʻradi;
oʻsimliklar klinikalari va biolaboratoriyalar tizimini rivojlantiradi hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari hamda mineral va mikrobiologik oʻgʻitlarning biologik samaradorligi boʻyicha sinovlarni tashkil qilish hamda roʻyxatdan oʻtkazish, qishloq xoʻjaligida kimyolashtirish va biologik vositalardan foydalanish sohasida normativ hujjatlar, reglament va standartlarni ishlab chiqish hamda kimyolashtirish va biologik vositalar realizatsiyasi bilan shugʻullanuvchi subyektlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
fitosanitariya xavfsizlikni taʼminlashda ilmiy, metodik va taʼlim imkoniyatlarini rivojlantirish, innovatsion ishlanmalar natijalari, rejalashtirish va boshqaruv usullarini amaliyotga joriy qilish, ilgʻor texnologiya hamda ish uslublarining ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishlarini belgilash, fundamental va amaliy tadqiqotlar fitosanitariya amaliyotiga joriy etilishini muvofiqlashtirish, soha xodimlarini tizimli qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishni tashkil etadi.
13. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) oʻsimliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohalarida yagona davlat siyosati va nazoratini amalga oshirish sohasida:
Vazirlar Mahkamasiga oʻsimliklar karantini, himoyasi va agrokimyo yagona davlat siyosatini yuritishga qaratilgan takliflarni, oʻsimliklar karantini, himoyasi va agrokimyo toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga doir normativ-huquqiy hujjatlar hamda davlat dasturlarining loyihalarini koʻrib chiqish uchun kiritadi;
oʻz vakolati doirasida buyruqlar chiqaradi, yuridik va jismoniy shaxslar bajarishi majburiy boʻlgan yoʻriqnomalar, oʻsimliklar karantini qoidalari va fitosanitariya talablarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi hamda ularni tashkilotlar va fuqarolarga yetkazadi;
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan oʻsimliklar karantini va himoyasi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari, shu jumladan, oʻsimliklar karantini qoidalari va fitosanitariya talablari bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
oʻsimliklar karantini va himoyasi sohasidagi xalqaro konvensiyalar va boshqa davlatlar bilan tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan tadbirlar oʻtkazilishini tashkillashtiradi va ijrosi boʻyicha nazoratni amalga oshiradi;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtiradi;
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlar kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan kompleks profilaktika chora-tadbirlarini belgilaydi va bajarilishi boʻyicha davlat nazoratini amalga oshiradi;
xorijiy davlatlardan karantin ostidagi mahsulotlar, mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar olib kiriladigan chegara maskanlarini belgilaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida Agentlik vakolatiga kiradigan sohalar yuzasidan xizmat tekshiruvlarini belgilangan tartibda tashkil etadi va oʻtkazadi, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda boshqa davlatlar hududida oʻtkaziladigan oʻsimliklar karantini, himoyasi va agrokimyoga doir xizmat tekshiruvlarida ishtirok etadi;
tanlab olish asosida oʻsimliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohalarida nazoratni oʻtkazish imkonini beradigan alohida xavf-xatarlarni tahlil qilish tizimlarini joriy etadi va muntazam yangilab boradi;
Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega boʻlgan zararli organizmlar roʻyxatini tasdiqlaydi;
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi hududida uchraydigan karantin ahamiyatga ega boʻlmagan zararli organizmlar roʻyxatini ishlab chiqadi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi taqiqlangan ekish materiallari, karantin ostidagi mahsulotlar va ularning tarqalish hududlari roʻyxatini tasdiqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi taqiqlangan karantin ostidagi mahsulotlar roʻyxatini tasdiqlaydi;
oʻsimliklar karantiniga doir tadbirlar va fitosanitariya choralarini amalga oshirish tartibi, uslublari va tavsiyalarini tasdiqlaydi;
oʻsimliklar karantini sohasidagi hujjatlarni — karantin ruxsatnomasini, mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish uchun ruxsatnomani, fitosanitariya sertifikatini, ichki fitosanitariya sertifikatini va reeksport uchun fitosanitariya sertifikatini, transport birliklarini ochish toʻgʻrisidagi dalolatnomani, karantin koʻrigi dalolatnomasini beradi;
olib kiriladigan va joʻnatiladigan, karantindagi zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlar tashuvchilari boʻlishi mumkin boʻlgan oʻsimliklar karantini ostidagi mahsulotlar turlari, urugʻliklar, oʻsimliklar, oʻsimlik mahsulotlari va tuproq va boshqa materiallarni karantin tekshiruvidan oʻtkazadi;
oʻsimliklar karantini, himoyasi va agrokimyo yoʻnalishida belgilangan tartibda laboratoriya ekspertizasini oʻtkazadi;
karantin ostidagi mahsulotga, uni olib kirishga, olib chiqishga, ishlab chiqarishga, qayta ishlashga, saqlashga, tashishga, realizatsiya qilishga va yoʻq qilishga doir talablarni belgilaydigan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart boʻlgan fitosanitariya talablarini tasdiqlaydi;
urugʻliklar, oʻsimliklar, oʻsimlik xomashyosi, boshqa oʻsimlik mahsulotlari va xalq isteʼmol tovarlarini mamlakat ichida tashish, eksport qilish uchun olib chiqishning karantin qoidalarini hamda ulardan foydalanish shartlarini tasdiqlaydi;
zarur boʻlganda, jismoniy va yuridik shaxslarga oʻsimliklar karantini obyektlariga qarshi kurashishda yordam berish uchun ixtisoslashtirilgan zararsizlantirish (fumigatsiya) otryadlarini tuzadi;
respublika hududlarini karantin boʻyicha hududlarga va mikrohududlarga ajratadi;
Vazirlar Mahkamasi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga tegishli hududda karantin oʻrnatish (uni bekor qilish) toʻgʻrisida taqdimnomalar yuboradi;
qishloq xoʻjaligi va boshqa oʻsimliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda oʻsimliklar karantini boʻyicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
oʻsimlik mahsulotlari va boshqa materiallarni sogʻlomlashtirishni, shuningdek, boshqa davlatlar hamda karantin nazoratida deb eʼlon qilingan hududlardan keladigan transport vositalarini Tashqi iqtisodiy faoliyat (keyingi oʻrinlarda — TIF) maskani yoki maxsus joylarda zararsizlantirish (fumigatsiya)ni tashkil etadi;
nazorat qilinadigan oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarni oʻz vaqtida aniqlash maqsadida qishloq xoʻjaligi va boshqa ekinlar, oʻsimlik mahsulotlari saqlanadigan va qayta ishlanadigan joylarda nazorat tekshiruvlarini oʻtkazadi;
oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi ilmiy-amaliy tadqiqotlarning buyurtmalarini muvofiqlashtiradi;
oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarning monitoringini tashkil qiladi;
xalqaro tashkilotlar va davlat organlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
oʻsimliklar himoyasi sohasidagi xalqaro dasturlarning amalga oshirilishida ishtirok etadi;
davlat fitosanitariya nazoratini amalga oshiradi;
oʻz vakolati doirasida standartlash boʻyicha hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqadi, shuningdek, standartlash boʻyicha davlat standartlari, xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari, texnik-iqtisodiy axborotlar milliy klassifikatorlari va tavsiyalarni oʻzgartirish, qayta koʻrib chiqish hamda bekor qilish boʻyicha takliflar kiritadi;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
oʻsimliklar himoyasi sohasidagi ilmiy-amaliy tadqiqotlar oʻtkazilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek, oʻsimliklar himoyasi boʻyicha oʻquv dasturlariga muvofiq mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirishni taʼminlaydi;
b) tuproq agrokimyoviy tahlillarini oʻtkazish va qishloq xoʻjaligiga yetkazib beriladigan barcha turdagi mineral va mikrobiologik oʻgʻitlar sifatini nazorat qilish, tuproq va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibidagi pestitsid, nitrat hamda ogʻir metall tuzlari qoldiqlarining dala sharoitida radiologik-toksikologik tahlillarini oʻtkazish sohasida:
yerlarning agrokimyoviy holati asosida qishloq xoʻjaligi hududlarini rivojlantirish sohasida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat faoliyatiga metodik rahbarlik qiladi;
agrokimyoviy tahlil tizimini takomillashtirish, agrokimyoviy tahlil infratuzilmasini modernizatsiya qilish va texnik yangilash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
vakolatli organlar bilan birgalikda tuproq, mineral oʻgʻitlar, radiologik va toksikologik tadqiqotlarning laboratoriya tahlillarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqadi;
tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish dasturini tasdiqlaydi, qishloq xoʻjaligi yerlarining agrokimyoviy holati toʻgʻrisidagi axborotni maʼlumotlar bankiga, Qishloq xoʻjaligi vazirligining Geoaxborot tizimiga va “Yerlar degradatsiyasi” geportaliga kiritib boradi hamda tuproqqa oid maʼlumotlar fondida aks ettirish uchun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutiga taqdim etadi;
(13-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-apreldagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2024-y., 09/24/224/0293-son)
yerlarning agrokimyoviy holatini kuzatish va baholashda Respublika agrokimyoviy tahlil markazining xizmatlar koʻrsatish tariflari qoidalarini tasdiqlaydi;
mineral oʻgʻitlarga qoʻyiladigan ilmiy talablarni va ularni qishloq xoʻjaligi ekinlariga tatbiq etishni tasdiqlaydi;
laboratoriyalarni xalqaro standartlar talablariga moslashtirish va ular belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
agrokimyoviy tahlil laboratoriyalari, biolaboratoriyalar, oʻsimliklar klinikalari va tuproq klinikalarida ISO/IEC 17025 xalqaro standarti talablarini tatbiq etadi;
tuproqdagi oziq moddalarning darajasini oʻrganish va yaxshilash sohasida fundamental hamda amaliy tadqiqotlar olib boradi;
kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning samarali tizimini takomillashtirish, agrokimyoviy tahlil sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan tajriba almashish va malaka oshirish sohasida hamkorlik qiladi;
oʻsimliklarni himoya qilishda ishlatiladigan inson salomatligiga salbiy taʼsir etuvchi kimyoviy moddalarni ularning oʻrnini bosuvchi moddalar bilan xalqaro talablarga muvofiq bosqichma-bosqich almashtirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
v) oʻsimliklar karantini va himoyasida prognoz tizimini takomillashtirish, oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurashning uygʻunlashgan samarali usullarini belgilash hamda ijrosini nazorat qilish, monitoring olib borish, iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarning respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish hamda yoʻq qilish sohasida:
respublika hududida sezilarli iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarning fitosanitariya xavf tahlilini oʻtkazadi va ular kirib kelishining oldini olishga qaratilgan ilmiy asoslangan fitosanitariya tadbirlarini ishlab chiqadi;
respublika hududida oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa xavfli oʻsimlik zararkunandalarining tarqalishini aniqlaydi va prognozlashtiradi, shuningdek, ularga tashxis qoʻyadi hamda qarshi kurashning ekspress usullarini ishlab chiqadi;
oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurash usullarini tasdiqlash, ulardan xoli hududlarni aniqlash, ular tarqalishining oldini oladi hamda ularga qarshi kurashish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqadi va tegishli organlarga taqdim etadi;
oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarning oʻsimlik va oʻsimlik mahsulotlariga taʼsirini ilmiy jihatdan oʻrganadi, ularga qarshi kurashishning innovatsion usullarini va entomofaglarning yangi turlarini iqlimlashtirish asoslarini ishlab chiqadi;
respublika hududida yetishtirilgan paxta, gʻalla va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlaridagi zararkunanda, kasallik va begona oʻtlarni barvaqt aniqlash, bioekologik xususiyatlarni oʻrganish va zararlanish darajasiga qarab kurashish usullarini takomillashtirish ishlarini olib boradi;
Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqiladigan oʻsimliklar karantini ostidagi mahsulotlar xorijiy davlatlar karantin fitosanitariya talablariga mos kelmagan holatlarda ularni tekshiradi;
xorijiy davlatlardan kirib kelgan yoki tranzit tarzida olib oʻtiladigan oʻsimliklar karantini ostidagi mahsulotlar Oʻzbekiston Respublikasining fitosanitariya karantin talablariga mos kelmaganda xalqaro standartlarga muvofiq choralar koʻradi va bu haqida tegishli xorijiy davlat karantin xizmatini xabardor qiladi;
xorijiy davlatlarning tegishli idoralari bilan fitosanitariya zonalari toʻgʻrisida xalqaro shartnomalar tuzish va ularni amalga oshirishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etadi;
xorijiy davlatlarning vakolatli idoralari bilan oʻsimliklar karantini va fitosanitariya xavfsizligi toʻgʻrisida zarur axborotlarni almashadi;
xorijiy davlatlarning sohadagi milliy tashkilotlarini oʻsimliklar karantini ostidagi mahsulotlarga qoʻyiladigan talablar va oʻsimliklar karantini boʻyicha xorijiy davlatlar organlari tomonidan ularga nisbatan belgilangan cheklovlar toʻgʻrisida xabardor qiladi;
oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarga qarshi fitosanitariya tadbirlarini oʻtkazish, zararkunandalarga qarshi kurashish hamda favqulodda vaziyatlarda hosilni saqlab qolishni taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar Davlat budjeti parametrlari doirasida qoplab berilishini taʼminlaydi.
g) oʻsimliklar klinikalari va biolaboratoriyalar tizimini rivojlantirish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
oʻsimliklar klinikalari monitoringini yuritadi va ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
oʻsimliklar klinikalari huzurida majburiy boʻlgan kimyoviy, biokimyoviy, biologik, mexanik vositalar, qurilmalar va preparatlarning minimal assortimenti roʻyxatini tasdiqlaydi;
agronom-inspektorning tavsiyasi va retsepti asosida sotiladigan mineral oʻgʻit va oʻsimliklarni himoya qilishda qoʻllaniladigan kimyoviy vositalar roʻyxatini tasdiqlaydi;
oʻsimliklarni himoya qilish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi jismoniy shaxslar va oʻsimliklar klinikalari xodimlarini sertifikatlashni tashkil qiladi;
oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurashning biologik usulini keng qoʻllash choralarini koʻradi;
biolaboratoriya faoliyatini monitoring qiladi va muvofiqlashtiradi;
xalqaro hamkorlikni kengaytirish, biologik himoya sohasida zamonaviy innovatsion texnologiyalar va usullarni joriy etadi;
d) oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari hamda mineral va mikrobiologik oʻgʻitlarning biologik samaradorligi boʻyicha sinovlarni tashkil qilish hamda roʻyxatdan oʻtkazish, qishloq xoʻjaligida kimyolashtirish va biologik vositalardan foydalanish sohasida normativ hujjatlar, reglament va standartlarni ishlab chiqish hamda kimyolashtirish va biologik vositalar realizatsiyasi bilan shugʻullanuvchi subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
oʻsimliklarni himoya qilish vositalari (pestitsidlar) xavfsizligi boʻyicha maxsus texnik reglamentlarni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun kiritadi;
oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va pestitsidlarni roʻyxatga olishni amalga oshiradi;
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligida foydalanishga ruxsat etilgan zararkunandalarga qarshi kimyoviy va biologik vositalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlar, defoliantlar hamda oʻsimliklarning oʻsishi regulatorlari roʻyxatini yuritadi va bir yilda kamida bir marta eʼlon qilib boradi;
oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining faol va nofaol moddalaridan foydalanishda taqiqlangan hamda cheklangan reyestrni yuritadi;
roʻyxatga olish sinovlarini tashkil qiladi (kichik va ishlab chiqarish);
respublika hududida budjet mablagʻlari hisobiga sotib olingan pestitsidlarni oʻsimliklar karantini sohasidagi monitoring maʼlumotlari va hozirgi fitosanitariya holatiga qarab taqsimlaydi;
oʻsimliklarni himoya qilish vositalaridan foydalanish qoidalariga rioya qilish boʻyicha davlat boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar (pestitsidlar)ning ulgurji hamda chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalar beradi;
pestitsidlarni ishlab chiqarish, sotish, pestitsidlarni aerozol va fumigatsiya usullari bilan ishlatish boʻyicha malaka talablarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishgan holda roʻyxatga olish (kichik va ishlab chiqarish) testlarini oʻtkazish va pestitsidlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
(13-band “d” kichik bandining oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining faol va nofaol moddalaridan foydalanishda taqiqlangan hamda cheklangan reyestrni yuritadi;
respublikaga olib kirilayotgan mineral oʻgʻit va oʻsimliklarni himoya qilishda qoʻllaniladigan kimyoviy vositalarning sifati nazoratini tashkil qiladi, ulardan foydalanish boʻyicha xulosalar beradi va inson salomatligi hamda atrof muhitga salbiy taʼsir koʻrsatilsa, ulardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyadi;
oʻsimliklarni biologik usulda himoya qilishda biomahsulotlarning samaradorligini taʼminlash maqsadida respublikada faoliyat yurituvchi biolaboratoriyalarda yetishtiriladigan biomahsulotlarga muvofiqlik sertifikati berilishini taʼminlaydi va “Biosifat” respublika markazining xizmatlar koʻrsatish tariflari qoidalarini tasdiqlaydi;
e) fitosanitariya xavfsizlikni taʼminlash sohasida ilmiy, metodik va taʼlim imkoniyatlarini rivojlantirish, innovatsion ishlanmalar natijalari, rejalashtirish va boshqaruv usullarini amaliyotga joriy qilish, ilgʻor texnologiya hamda ish uslublarining ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishlarini belgilash, fundamental va amaliy tadqiqotlar fitosanitariya amaliyotiga joriy etilishini muvofiqlashtirish, soha xodimlarini tizimli qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish sohasida:
isteʼdodli yosh olimlar, magistrlar, doktarantlarning oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qiladi;
ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birgalikda karantindagi zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashish boʻyicha samarali tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
oʻsimlik va oʻsimlik mahsulotlarini yetishtiruvchi klasterlar, fermer va dehqon xoʻjaliklari, oʻsimliklar klinikalari, biolaboratoriyalar, mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari ulgurji va chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarining oʻsimliklar himoyasi sohasi mutaxassislari malakasini oshirish hamda ularga sertifikat berish faoliyatini yoʻlga qoʻyadi;
oʻsimliklar karantini va himoyasi sohasiga ilm-fandagi yutuqlarni va ilgʻor tajribalarni joriy qiladi, shuningdek, aholini karantindagi zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurash tadbirlari bilan tizimli tanishtirish ishlarini amalga oshiradi;
oʻsimliklar mahsulotlari va boshqa materiallarning yashirin zararlanganini karantin koʻrigidan, laboratoriya ekspertizasidan oʻtkazadi va aniqlaydi hamda zararsizlantirish usullarini ishlab chiqadi;
respublika hududida mavjud boʻlmagan va cheklangan darajada tarqalgan zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari hamda begona oʻtlarning turlari va bioekologiyasini oʻrganadi;
ilm-fan yutuqlari va ilgʻor tajribani, innovatsion uslublar, karantindagi zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashish vositalari hamda usullarini targʻib qilish hamda ishlab chiqarishga joriy etish, aholi oʻrtasida karantindagi obyektlar toʻgʻrisidagi bilimni ommalashtirish ishlarini tashkil etadi;
Agentlikda yaratilgan “e-Fitouz” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga boshqa avtomatlashtirlgan axborot tizimlarini integratsiya qilish ishlarini amalga oshiradi;
xalqaro tashkilotlarda oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha respublika manfaatlarini ifoda etadi;
fitosanitariya xavfsizligi, oʻsimliklar karantini va himoyasi sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha xalqaro tashkilotlar, konferensiyalar hamda seminarlarda ishtirok etadi;
xodimlarning karantindagi zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashish boʻyicha kasb darajasini muntazam oshirishga qaratilgan tizimli ishlar bajarilishini taʼminlaydi;
oʻsimliklar karantini va himoyasi davlat xizmati kadrlarini tizimli asosda qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishni tashkil qiladi, rahbarlar va mutaxassislarning ishlash shakllari hamda uslublarini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
Agentlik qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
2-§. Agentlik markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari
14. Quyidagilar Agentlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari hamda tarkibiy tuzilmalari bilan birgalikda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajaradi;
oʻsimliklar karantini va himoyasi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini amalga oshirish, ushbu yoʻnalishda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtiradi;
oʻsimliklar karantini sohasida ilmiy, metodik va taʼlim imkoniyatlarini har tomonlama kengaytirish, ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishlarini belgilash, fitosanitariya amaliyotiga fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalari, innovatsion ishlanmalar joriy etilishini muvofiqlashtiradi;
xalqaro hamkorlikni kengaytiradi, oʻsimliklar karantini sohasida xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganadi, karantin xizmati faoliyatiga ilgʻor texnologiyalar hamda ish uslublarini joriy etadi;
Oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish jamgʻarmasiga mablagʻlar tushishi va sarflanishini tahlil qiladi hamda hisobga oladi;
Agentlik tizimidagi tashkilotlarning samarali faoliyat yuritishini tashkil etadi va ularni rivojlantirish istiqbollarini belgilaydi.
15. Agentlik markaziy apparati oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Agentlik faoliyati va uning rahbariyatini tashkiliy hamda tahliliy axborot bilan taʼminlaydi;
oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarning kirib kelishi, tarqalishining oldini olish, shuningdek, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va bartaraf etish, ularga qarshi kurashish tadbirlarini oʻz vaqtida hamda sifatli amalga oshirish boʻyicha kompleks tizimni ishlab chiqishga qaratilgan choralarni koʻradi;
karantin laboratoriya ishini tashkil qiladi, respublikada bunday laboratoriyalar tarmogʻini shakllantirish choralarini koʻradi;
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan birgalikda oʻsimliklar karantini obyektlariga qarshi kurashishning innovatsion, samarali va ilgʻor usullari, oʻsimliklar karantini sohasidagi dolzarb yutuqlar targʻib qilinishini oʻrganadi, ularning qoʻllanilishini nazorat qiladi;
(15-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
oʻsimliklar karantini davlat xizmati faoliyatiga ilgʻor texnologiyalar va ish usullarini joriy qiladi;
xalqaro hamkorlik, xalqaro munosabatlarni oʻrnatish va ularni rivojlantirish sohasida Agentlik faoliyatini taʼminlaydi;
markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari, hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari, farmoyishlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
oʻsimliklar karantini va himoyasi davlat xizmati tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etadi, ularning muntazam takomillashtirilishi hamda yangilanishini taʼminlaydi;
Agentlik direktorining buyruqlari hamda farmoyishlarini oʻz vakolati doirasida amalga oshiradi;
(15-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
karantin ruxsatnomasini beradi;
mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalar beradi;
mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish uchun ruxsatnomalar beradi;tadbirkorlik subyektlariga Agentlik tomonidan amalga oshiriladigan ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish boʻyicha axborot, metodik, tashkiliy hamda maslahat yordamini koʻrsatadi;
Agentlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan hujjatlar sifatli hamda oʻz vaqtida ishlab chiqilishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil qiladi;
hududiy boʻlinmalar va tizim tashkilotlari hamda Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatiga rahbarlik qiladi va muvofiqlashtiradi;
Agentlik faoliyatini, jumladan, normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish sohasida huquqiy taʼminlashni tashkil etadi;
boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida oʻsimliklar karantini, himoyasi va agrokimyo, shuningdek, fitosanitariya xavfsizligi sohasida rivojlanish tendensiyalari toʻgʻrisida Agentlik rahbariyati uchun axborot toʻplaydi, umumlashtiradi va tahlil qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish ishlarini tashkil etadi;
tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish-xoʻjalik va Agentlik vakolatiga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
3-§. Hududiy boʻlinmalarning vazifalari va funksiyalari
16. Quyidagilar hududiy boʻlinmalarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tegishli hududda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajaradi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) va Toshkent shahri hokimlari, hududiy prokuratura organlari, ichki ishlar organlari va davlat soliq xizmatining rahbarlari rahbarlik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari bilan (keyingi oʻrinlarda — kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari) oʻzaro hamkorlik qiladi;
karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarni oʻz vaqtida aniqlaydi, ularning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik hamda yoʻq qilishni tashkil etadi, shuningdek, respublikaning ular mavjud boʻlmagan hududlariga kirib borishining oldini oladi;
qishloq xoʻjaligi va boshqa oʻsimliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda fitosanitariya talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarni oʻz vaqtida aniqlash maqsadida qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar, oʻrmon fondi, qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar, qoʻriqxonalar, tabiiy bogʻlarning qoʻriqlanadigan hududlari va davlat biosfera rezervatlari, oʻsimlik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va sotish joylari, oʻsimliklar karantini ostidagi mahsulotlar olib kiriladigan maskanlar va ularga tutash hududlar nazorat tekshiruvlaridan tizimli oʻtkazilishini tashkil etadi;
aniqlangan zararlanish oʻchoqlari kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va ularni bartaraf etish, shuningdek, oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlar kirib keladigan yoʻllarni aniqlash va toʻsishga doir shoshilinch choralar koʻradi;
respublikaga xorijiy davlatlardan keladigan mahsulotlarni sogʻlomlashtirish, shuningdek, transport vositalarini TIF maskani yoki maxsus joylarda zararsizlantirish (fumigatsiya)ni nazorat qiladi;
oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarning xorijiy davlatlardan respublika hududiga kirib kelishidan himoya qiladi;
olib kirilayotgan, olib chiqilayotgan va tranzit tarzida olib oʻtilayotgan karantin ostidagi mahsulotlar oʻsimliklar karantini qoidalari va fitosanitariya talablariga muvofiqligini nazorat qiladi;
qonunchilikda belgilangan tartibda oʻsimliklar karantini sohasidagi hujjatlarni, xususan, transport birliklarini ochish toʻgʻrisidagi dalolatnomani, karantin koʻrigi dalolatnomasini, fitosanitariya sertifikatini, ichki fitosanitariya sertifikatini va reeksport uchun fitosanitariya sertifikatlarini rasmiylashtirib beradi;
tegishli organlar va tashkilotlarni chegaraoldi hududlarda, qoʻshni davlatlarda yuzaga kelgan karantin holati toʻgʻrisida xabardor qiladi, oʻsimliklar karantiniga doir tadbirlarni amalga oshiradi hamda zarur tavsiyalar beradi;
qishloq xoʻjaligi va karantin ostidagi mahsulotlarni bir hududdan boshqa bir hududga tashishda fitosanitariya talablari va qoidalariga rioya etilishi hamda shu yoʻnalish boʻyicha oʻsimliklar karantiniga doir tadbirlar bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarga tashxis qoʻyish maqsadida laboratoriya tekshiruvlari va boshqa tekshiruvlar oʻtkazilishini tashkil etadi;
oʻsimliklar karantini qoidalariga nomuvofiqlik va fitosanitariya talablari buzilganligi faktlari aniqlanganda temir yoʻl vagonlaridan, kemalardan, samolyotlardan va boshqa transport vositalaridan foydalanishga doir taqiq oʻrnatadi;
olib kirilayotgan, olib chiqilayotgan va tranzit tarzida olib oʻtilayotgan karantin ostidagi mahsulotlarning oʻsimliklar karantini qoidalari va fitosanitariya talablariga nomuvofiqligi aniqlanganda karantini ostidagi mahsulotni vaqtincha ushlab turish, olib qoʻyish va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻq qilish tadbirlarini amalga oshiradi;
xorijiy tajriba hisobga olingan holda oʻsimliklar karantini va himoyasi hamda fitosanitariya xavfsizligi tizimidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga oid takliflar kiritadi;
oʻsimliklar karantini sohasida pullik xizmatlar koʻrsatishda tarif siyosatini shakllantirishga doir takliflar tayyorlaydi;
markaziy apparat nomenklaturasiga kiritilgan lavozimlarga kadrlarni tanlaydi va tavsiya etadi;
hududiy boʻlinmalarning oʻsimliklar karantini sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga boʻlgan ehtiyojlarini oʻrganadi, shuningdek, ushbu masala yuzasidan aniq takliflar kiritadi;
hududiy boʻlinmalar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni, axborot tizimlari va resurslarini himoya etishni taʼminlaydi.
17. Hududiy boʻlinmalar oʻzlariga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
karantindagi zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari hamda begona oʻtlarni oʻz vaqtida aniqlash maqsadida qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar, davlat oʻrmon fondi, qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar, oʻsimlik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va sotish joylari, oʻsimliklar karantini ostidagi mahsulotlar olib kiriladigan maskanlar va ularga tutash hududlarni nazorat tekshiruvlaridan oʻtkazadi;
aniqlangan zararlanish oʻchoqlari tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va ularni bartaraf etish, shuningdek, oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlar kirib keladigan yoʻllarni aniqlash va toʻsish ishlarini amalga oshiradi;
tegishli organlar va tashkilotlarni chegara oldi hududlar, chegaradosh davlatlarda yuzaga kelgan karantin vaziyati toʻgʻrisida xabardor qiladi, karantin tadbirlarini amalga oshiradi va zarur tasviyalar beradi;
oʻsimlik klinikalari monitoringini olib boradi;
davlat boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslarga zarur fitosanitariya talablarini bajarish, shuningdek, oʻsimliklar karantini va himoyasi, kimyoviy himoya vositalari hamda mineral oʻgʻitlarni sotish, saqlash va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi haqida taqdimnomalar yuboradi;
oʻsimliklar karantini ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirish hujjatlari, fitosanitariya sertifikati, ichki fitosanitariya sertifikati, reeksport fitosanitariya sertifikati va boshqa hujjatlar berilishini tashkil qiladi;
oʻsimliklar karantini ostidagi mahsulotlarni, zarurat boʻlganda esa respublikaga xorijiy davlatlardan keladigan transport vositalarini TIF maskani yoki maxsus joylarda zararsizlantirish (fumigatsiya) ishlarini amalga oshiradi, oʻsimliklar karantini ostidagi mahsulotlar uchun fitosanitariya sertifikatlari, reeksport fitosanitariya sertifikatlari va boshqa hujjatlarning reyestrini yuritadi;
karantin ostidagi mahsulot olib kirilayotganda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashilayotganda, olib chiqilayotganda transport vositalaridagi va boʻsh omborlardagi fumigatsiya ishlari faqat Agentlikning zararsizlantirish (fumigatsiya) boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi va ularning yakuni boʻyicha zararsizlantirish toʻgʻrisidagi dalolatnoma rasmiylashtiriladi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan karantin xususiyatidagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda oʻzaro hamkorlik qiladi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikda fitosanitariya xavfsizligini taʼminlash, oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish choralarini koʻradi;
aholini hududiy boʻlinmalar faoliyati haqida xabardor qilish ishlarini tashkil qiladi va tizimli asosda amalga oshiradi, jismoniy va yuridik shaxslarning hududiy boʻlinmalar vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan murojaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqadi hamda zarur choralar koʻradi;
jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini qabul qiladi, yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holatini tahlil qiladi, interfaol “qayta aloqa” va “virtual qabulxona” mexanizmini joriy etadi;
yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish doirasida yillik, choraklik va oylik ish rejalari, shuningdek, aniq yoʻnalishdagi ishlar boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqadi hamda Agentlik bilan belgilangan tartibda kelishadi;
Agentlik hayʼati va ilmiy-texnik kengashlari ish rejalarini tayyorlashda ishtirok etadi;
Aholini oʻsimliklar karantini va himoyasi faoliyatining maqsadlari, vazifalari va aniq natijalari toʻgʻrisida xabardor qilish maqsadida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qiladi.
Hududiy boʻlinmalar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
4-§. Oʻsimliklar karantini va himoyasi tuman (shahar) boʻlimlarining vazifalari va funksiyalari
18. Quyidagilar Oʻsimliklar karantini va himoyasi tuman (shahar) boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — tuman (shahar) boʻlimlari)ning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tegishli tuman (shahar) hududida Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali amalga oshiradi;
oʻsimliklar karantini va himoyasi masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, yuqori turuvchi rahbariyat topshiriqlarini bajaradi;
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari bilan hamkorlik qiladi;
oylik, choraklik va yillik hisobotlar, maʼlumotlar va statistika maʼlumotlari oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlaydi;
karantin ostidagi mahsulotni yetishtirish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan oʻsimliklar karantini va himoyasi qoidalari va fitosanitariya talablariga rioya qilinishi boʻyicha davlat nazoratini olib boradi;
oʻsimliklar karantini sohasida monitoring yuritadi va fitosanitariya dala nazoratini amalga oshiradi;
oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik chorasini koʻradi;
zarur boʻlganda jismoniy va yuridik shaxslarga oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurashishda yordam berish uchun zararsizlantirish (fumigatsiya) boʻlimlarini jalb qiladi va ularning ishini tashkil qiladi;
qishloq xoʻjaligiga yetkazib beriladigan barcha turdagi mineral va mikrobiologik oʻgʻitlar sifatini nazorat qilishni, tuproq va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibidagi pestitsid, nitrat va ogʻir metall tuzlari qoldiqlarini dala sharoitida radiologik-toksikologik tahlillardan oʻtkazishni tashkil etadi;
oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha prognoz olib boradi, oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurashning uygʻunlashgan samarali usullarini belgilaydi hamda ijrosini nazorat qiladi;
oʻsimliklar klinikalari va biolaboratoriyalar bilan hamkorlikdagi tizimli ishlarni olib boradi;
oʻz faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni, axborot tizimlari va resurslari himoyasini taʼminlaydi.
Tuman (shahar) boʻlimlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
19. Tuman (shahar) boʻlimlari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
oʻsimliklarni himoya qilish tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha kalendar (ishchi) rejalar tuzadi;
oylik, choraklik va yillik hisobotlar, maʼlumotlar va statistik maʼlumotlarni yuritadi;
karantin ostidagi mahsulotni yetishtirish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, yuridik va jismoniy shaxslarga qonunchilikda belgilangan tartibda ichki fitosanitariya sertifikatini rasmiylashtirib beradi;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-yanvardagi 65-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar uchun fitosanitariya sertifikatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
tuman (shahar) hududlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda karantindagi hudud va mikrohududlarni belgilaydi;
davlat inspektorlari vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha zarur hujjatlarni tayyorlaydi;
respublikada oʻsimliklar karantini ahamiyatiga ega zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlar tarqalishini nazorat qiladi;
urugʻlik, oʻsimlik, oʻsimlik xomashyosi, boshqa oʻsimlik mahsulotlari va xalq isteʼmol tovarlarini mamlakat ichida tashish, eksport qilish uchun olib chiqishning karantin qoidalari hamda ulardan foydalanish shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
karantindagi zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlardan xoli urugʻlik va ekish materiallari yetishtirilishini taʼminlash maqsadida koʻchatxonalar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va manzarali-gulchilik xoʻjaliklarida ekinlar hamda koʻchatlarni nazorat qiladi;
oʻsimlik va oʻsimlik mahsulotlarining fitosanitariya tozaligini taʼminlash, oʻtkaziladigan laboratoriya tekshiruvlari xulosalarini olish asosida oʻrmonlar, qishloq xoʻjaligi ekinlarida karantindagi zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlar borligi yoki yoʻqligini aniqlash maqsadida dala nazoratini amalga oshiradi;
oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurash ishlarini tashkil etadi;
qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilgan hududlarda oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarning tarqalgan maydoni, zarar yetkazish darajasini oʻrganish yuzasidan tizimli monitoring yuritadi hamda ularga qarshi kurash boʻyicha aniq tadbirlarni belgilaydi;
oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlardan agrotexnik, kimyoviy, biologik va boshqa vositalar bilan himoya qilish boʻyicha profilaktik va fitosanitariya tadbirlari majmuasining bajarilishini taʼminlaydi;
fitosanitariya tadbirlarining iqtisodiy samaradorligini aniqlaydi;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish va ekin hosildorligi yoʻqotilishlarining oldini olish maqsadida oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurashda progressiv texnologiya va eng ilgʻor amaliyotlarni joriy etadi;
urugʻlik va ekish materialining entofitopatologik holati ustidan nazoratni taʼminlaydi;
oʻsimliklarni himoya qilish vositalari bilan ishlash uchun moddiy-texnika vositalari, maxsus kiyimlar, shaxsiy himoya vositalariga boʻlgan ehtiyojni aniqlaydi;
oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini yetkazib berish, toʻgʻri saqlash va hisobga olishni tashkil etadi, ulardan oqilona foydalanishni taʼminlaydi;
oʻsimliklarni himoya qilish vositalari bilan ishlash qoidalarini xodimlarga oʻrgatish ishlarini olib boradi;
oʻsimliklar karantini va himoyasi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
oʻz faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etadi, axborot tizimlari va resurslari himoyasini taʼminlaydi.
Tuman (shahar) boʻlimlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
4-bob. Agentlik, uning markaziy apparati hamda hududiy boʻlinmalari huquqlari hamda javobgarligi
1-§. Agentlikning huquqlari va javobgarligi
20. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur axborotni belgilangan tartibda soʻrab olish;
vazirliklar, idoralar, shu jumladan, davlat statistika organlaridan Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur maʼlumotlarni, xususan statistika axborotlarini bepul olish;
Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlarga biriktirilgan davlat mulkini oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida bir boʻlinmadan ikkinchisiga belgilangan tartibda oʻtkazish;
oʻsimliklar karantini va himoyasi davlat xizmati xodimlari oʻz faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari parametrlarini bajarishini hisobga olgan holda ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi, miqdori hamda shartlarini belgilash;
Vazirlar Mahkamasi, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha xalqaro darajada Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda himoya qilish;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha idoralararo xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻsimliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohasidagi islohotlarni amalga oshirish masalalarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq hayʼat majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etish;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarga oʻsimliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohasidagi huquqbuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar yuborish;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlariga fitosanitariya xavfsizligi hamda oʻsimliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini bajarmagani yoki tegishli ravishda bajarmagani uchun belgilangan tartibda taʼsir choralarini qoʻllash uchun takliflarni Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritish;
oʻz vakolati doirasida normativ-huquqiy hujjatlar, zarur hollarda davlat boshqaruvining boshqa organlari bilan birgalikda Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha belgilangan tartibda qoʻshma qarorlar hamda boshqa hujjatlar qabul qilish;
oʻz vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish hamda ularni oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shunday tadbirlarda qatnashish;
ijtimoiy sheriklik doirasida nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini sohani rivojlantirish dasturlari hamda normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga jalb qilish;
nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan bitim va shartnomalar tuzish, qoʻshma loyihalar va rejalar ishlab chiqish, qoʻshma tadbirlar tashkil etishga qaratilgan maslahatlashuvlar hamda muzokaralar oʻtkazish;
fitosanitariya xavfsizligi hamda oʻsimliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohasida axborot-tahlil hamda ekspert ishlarini amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot, texnologik, loyiha-konstruktorlik tashkilotlari, oliy taʼlim muassasalari, shuningdek, olimlar va malakali mutaxassislarni, shu jumladan, chet ellik olimlar hamda mutaxassislarni shartnoma asosida belgilangan tartibda jalb etish;
xorijiy davlatlarning ushbu yoʻnalishda faoliyat koʻrsatuvchi vazirliklari (idoralari), xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, firma va kompaniyalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan xorijiy davlatlar elchixonalari va missiyalari, xalqaro hamda xorijiy tashkilotlar bilan belgilangan tartibda majlislar va videokonferensiyalar oʻtkazish;
fitosanitariya xavfsizligi hamda oʻsimliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohasida xorijiy davlatlar bilan hamkorlik boʻyicha hukumatlararo agentliklar va komissiyalar ishida ishtirok etish;
xorijiy davlatlarning fitosanitariya xavfsizligi hamda oʻsimliklar karantini, himoyasi va agrokimyo tashkilotlari, idoralari, agentliklari va boshqa turdosh tuzilmalari bilan Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida xalqaro huquq normalariga muvofiq idoralararo shartnomalar (bitimlar, protokollar, memorandumlar) tayyorlash hamda tuzishda ishtirok etish;
Agentlik va uning tashkilotlari moddiy-texnika bazasini yaxshilash choralarini koʻrish;
Agentlikning direktori hamda uning oʻrinbosarlari Agentlik nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish hamda jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash.
(20-bandning yigirma uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Agentlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
21. Agentlik quyidagilar uchun javob beradi:
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, fitosanitariya xavfsizligi hamda oʻsimliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi;
respublika hududida oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha tadbirlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi;
iqtisodiyot tarmoqlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarning xorijiy davlatlardan respublika hududiga kirib kelishidan himoya qilish;
karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va yoʻq qilishni tashkil etish, shuningdek, respublikaning ular mavjud boʻlmagan hududlariga kirib borishining oldini olish;
oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha barcha tadbirlarning oʻtkazilishi, bu boradagi zarur ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi, qishloq xoʻjaligi va boshqa oʻsimliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda oʻsimliklar karantini boʻyicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Agentlik faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa hujjatlar loyihalarini sifatli tayyorlash, ularni amalga oshirishning yakuniy natijalari va oqibatlari, shuningdek, Agentlik qabul qiladigan qarorlar sifati;
oʻsimliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohasini rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va sohadagi muammoli masalalarni hal etish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning sifatli amalga oshirilishi;
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi hamda ularni himoya qilishni taʼminlash.
2-§. Agentlik markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi
22. Agentlik markaziy apparati oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va boshqa idoraviy mansub tashkilotlardan Agentlik markaziy apparatida koʻrib chiqiladigan masalalarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tahlil qilish hamda ishlab chiqish uchun zarur materiallar va maʼlumotlarni soʻrab olish;
zarur boʻlganda Agentlikda koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun hududiy boʻlinmalar va ilmiy-tadqiqot instituti hamda tizim tashkilotlari rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb qilish, ushbu maqsadlarda ekspert hamda ishchi guruhlar tashkil etish;
hududiy boʻlinmalar va ilmiy-tadqiqot instituti va tizim tashkilotlaridan ular kiritgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqishni talab qilish, zarur boʻlganda ularni mukammal tayyorlash uchun qaytarish;
hududiy boʻlinmalar va ilmiy-tadqiqot instituti hamda tizim tashkilotlari rahbarlari hamda vakillari bilan majlislar oʻtkazish;
hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlariga Agentlikka yuklangan hamda tezkor hal etishni talab etadigan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlarining qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari, shuningdek, Agentlik hamda uning rahbariyati hujjatlari va topshiriqlarini bajarish boʻyicha faoliyatini oʻrganish hamda tekshirish;
fitosanitariya xavfsizligi va oʻsimliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi bilan bogʻliq materiallarni vakolatli organlar va huquqni muhofaza qilish organlariga belgilangan tartibda yuborish;
hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlarining rahbarlarini lavozimga tayinlash hamda lavozimdan ozod etish toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritish;
Agentlik tizimida budjet mablagʻlaridan oqilona foydalanishni tizimli nazorat qilish, hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tekshirish hamda taftish qilish.
Agentlik markaziy apparati qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
23. Agentlik markaziy apparati quyidagilar uchun masʼul:
Agentlik tuzilmasiga kiradigan tashkilotlar bilan birgalikda Agentlikka yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarning kirib kelishi, tarqalishi, shuningdek, kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va ularni bartaraf etishga doir kompleks tizimni ishlab chiqish, ularga qarshi kurashish tadbirlarining oʻz vaqtida amalga oshirilishi;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilishda qoʻllaniladigan kimyoviy vositalar importi, ulgurji va chakana savdosi faoliyatini litsenziyalash va ushbu sohani tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini monitoring qilish boʻyicha kompleks tizimni ishlab chiqish;
Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining Agentlik faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash ishlarini tashkil etish;
Agentlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Agentlik qabul qiladigan qarorlarni tayyorlash va ekspertizadan oʻtkazish sifati;
Agentlikning tarkibiy boʻlinmalari va markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari tomonidan oʻsimliklar karantini va himoyasi sohasini tartibga solish, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda ularning oʻsimliklar karantini sohasidagi muammoli masalalarini hal etish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar amalga oshirilishini tashkil etish;
iqtisodiyot tarmoqlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarning xorijiy davlatlardan respublika hududiga kirib kelishidan himoya qilish;
oʻsimliklar karantini, himoyasi va agrokimyo boʻyicha barcha tadbirlarning oʻtkazilishi, bu boradagi zarur ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi, qishloq xoʻjaligi va boshqa oʻsimliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda oʻsimliklar karantini, himoyasi va agrokimyo boʻyicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan davlat nazoratini taʼminlash;
oʻsimliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohasidagi qonunchilik ijrosini nazorat qilishni taʼminlash;
oʻsimliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohasida tarif siyosatini va koʻrsatiladigan xizmatlarni hisobga olish tizimini takomillashtirish;
tarkibiy boʻlinmalar, markaziy apparat, hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlarining kadrlar salohiyatini shakllantirish;
oʻsimliklar klinikalari, biolaboratoriyalar faoliyati monitoringining samarali tizimini tashkil etish.
3-§. Hududiy boʻlinmalarning huquqlari va javobgarligi
24. Hududiy boʻlinmalar oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan boshqarmalar vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur axborotni belgilangan tartibda soʻrab olish;
sohadagi hududiy boʻlinmalar vakolatiga kiradigan muhim muammolarni koʻrib chiqish boʻyicha idoralararo komissiyalar va kengashlarni hududiy darajada tashkil etish;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga hududiy boʻlinmalar vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritish;
davlat boshqaruvi hududiy organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻsimliklar karantini va himoyasi sohasida islohotlarni amalga oshirish masalalarini koʻrib chiqishga bagʻishlangan majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etish;
davlat boshqaruvi hududiy organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslarga oʻsimliklar karantini va himoyasi sohasidagi huquqbuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi taqdimnomalarni belgilangan tartibda yuborish;
davlat boshqaruvi hududiy organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlarini oʻsimliklar karantini va himoyasi sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini bajarmagani yoki tegishli ravishda bajarmagani uchun belgilangan tartibda javobgarlikka tortish boʻyicha takliflarni Agentlikka koʻrib chiqish uchun kiritish;
Oʻzbekiston Respublikasiga import qilish uchun moʻljallangan va tarkibida oʻsimliklar karantini ostidagi mahsulotlar boʻlgan yuklarni tekshirish, ular oʻsimliklar karantini obyektlari bilan zararlangani yoki zararlanmaganini aniqlash va zarur boʻlganda vizual tekshirish, namunalar olish hamda tekshirish va boshqa usullar orqali yuklar holatini tasdiqlash;
Agentlikning hayʼati va ilmiy-texnik kengashi ishlarida ishtirok etish;
Agentlik topshirigʻiga binoan oʻsimliklar karantini sohasidagi masalalar boʻyicha majlislar va seminarlar tashkil etish hamda oʻtkazish;
hududiy boʻlinmalarning moddiy-texnika bazasini yaxshilashga doir takliflarni Agentlikka kiritish;
hududiy boʻlinmalar vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan daʼvogar va javobgar boʻlish;
oʻsimliklar karantini va himoyasi sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi bilan bogʻliq materiallarni vakolatli organlar va huquqni muhofaza qilish organlariga belgilangan tartibda yuborish;
Agentlikka axborot taqdim etish, hududiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etishga koʻmaklashish;
olib kirilayotgan, olib chiqilayotgan va tranzit tarzida olib oʻtilayotgan karantin ostidagi mahsulotlarning oʻsimliklar karantini qoidalari va fitosanitariya talablariga nomuvofiqligi aniqlanganda karantini ostidagi mahsulotni vaqtincha ushlab turish, olib qoʻyish va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻq qilish tadbirlarini amalga oshirish;
hududiy boʻlinmalar boshliqlari hamda ularning oʻrinbosarlari Agentlik nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish hamda jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash;
davlat inspektorlari oʻz vakolatlariga muvofiq maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish;
(24-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
fitosanitariya xavfsizligi, oʻsimliklar karantini va himoyasi sohasida isteʼdodli va malakali yosh kadrlarni jalb etish.
Hududiy boshqarmalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
25. Hududiy boʻlinmalar quyidagilar uchun javob beradi:
Agentlikning hududiy boʻlinmalariga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
iqtisodiyot tarmoqlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarning xorijiy davlatlardan faoliyat yuritayotgan hududlarga kirib kelishidan himoya qilish;
karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarni oʻz vaqtida aniqlash, tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va bartaraf etishni tashkil etish, shuningdek, respublikaning ular mavjud boʻlmagan hududlariga kirib borishining oldini olish;
oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha barcha tadbirlarning oʻtkazilishi, bu boradagi zarur ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi, qishloq xoʻjaligi va boshqa oʻsimliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda oʻsimliklar karantini boʻyicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha davlat xizmati inspektorlarining Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy davlatlardan olib kelinadigan oʻsimliklar karantini ostidagi mahsulotlarni respublika hududidagi maskanlarda tekshirish;
karantin ruxsatnomasi berilgan oʻsimliklar karantini ostidagi mahsulotlar turlarining fitosanitariya tozaligi;
fitosanitariya sertifikati berilgan oʻsimliklar karantini ostidagi mahsulot turlarining fitosanitariya tozaligi;
hududiy boʻlinmalar faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash;
oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha barcha tadbirlarning oʻtkazilishi, bu boradagi zarur ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi, qishloq xoʻjaligi va boshqa oʻsimliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda oʻsimliklar karantini boʻyicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
tumanlarda (shaharlarda) aniqlangan muammolarni chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida faoliyat yuritayotgan hududda oʻsimliklar karantini va himoyasi sohasini rivojlantirishga doir takliflar tayyorlash;
oʻsimliklar karantini va himoyasi sohasini rivojlantirish, muammoli masalalarni hal etish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish;
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va ularni himoya qilishni taʼminlash;
oʻsimliklar karantini va himoyasi sohasidagi qonunchilik ijrosi nazoratini taʼminlash, uni buzish holatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish va oʻz vakolati doirasida tegishli choralar koʻrish;
oʻsimliklar karantini va himoyasi sohasida tarif siyosatini va koʻrsatiladigan xizmatlarni hisobga olish tizimining takomillashtirilishi.
4-§. Tuman (shahar) boʻlimlarining huquq va javobgarligi
26. Tuman (shahar) boʻlimlari oʻzlariga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat boshqaruvi organlarining tuman boʻlimlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur axborotni belgilangan tartibda soʻrab olish;
davlat boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga Agentlikning tumanlar (shaharlar) boʻlimlari vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritish;
oʻsimlik va oʻsimlik mahsulotlarini sogʻlomlashtirish, shuningdek, omborxonalar va transport vositalarini zararsizlantirish (fumigatsiya)ni nazorat qilish;
oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurash tadbirlarini nazorat qilish;
davlat boshqaruvining hududiy organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻsimliklar karantini va himoyasi sohasidagi masalalarni koʻrib chiqishga bagʻishlangan majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etish;
davlat boshqaruvi hududiy organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va fuqarolarga oʻsimliklar karantini va himoyasi sohasida huquqbuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarni belgilangan tartibda yuborish;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha bajarilishi shart boʻlgan koʻrsatmalar berish;
temir yoʻl vagonlari, suv transporti, samolyotlar va boshqa transport vositalarining oʻsimliklar karantini qoidalariga mos kelmasligi va talablarni buzish holatlari aniqlanganda ulardan foydalanishni taqiqlash;
Oʻzbekistonga import qilish uchun moʻljallangan va tarkibida oʻsimliklar karantini ostidagi mahsulotlar boʻlgan yuklarni tekshirish, ular oʻsimliklar karantini obyektlari bilan zararlangani yoki zararlanmaganini aniqlash va zarur boʻlganda, vizual tekshirish, namunalar olish hamda tekshirish va boshqa usullar orqali yuklar holatini tasdiqlash;
fitosanitariya harakatlarini amalga oshirish, oʻsimliklar karantini obyektlari yoki oʻsimliklar karantini ostidagi mahsulotlarga ishlov berish, ularni utilizatsiya qilish, qaytarib yuborish yoxud ajratib qoʻyish usullarini belgilash;
temir yoʻl stansiyalari va avtovokzallar (avtostansiyalar), aeroportlar, daryo bandargohlari (pristanlar), pochtamtlar, omborlar, tegirmonlar hududi va binosi, yoʻlovchi va yuk vagonlari, samolyotlar, daryo floti kemalari, koʻrgazmalar, botanika bogʻlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, tajriba stansiyalari, dehqon va fermer xoʻjaliklari, tashkilotlar va idoralar hududlariga, fuqarolarning tomorqa uchastkalariga, shuningdek, urugʻlar, oʻsimliklar va boshqa oʻsimlik mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash va sotish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar hududiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda asoslangan dalillar mavjud boʻlganda hamda xizmat vazifasini bajarish jarayonida moneliksiz kirish;
oʻsimliklar karantini ostidagi mahsulotlar namunalarini belgilangan tartibda tekshirish, shuningdek, keyinchalik laboratoriya tekshiruvlari va tegishli ekspertizalar oʻtkazish uchun namunalar olish;
oʻsimliklar karantini obyektlari aniqlanganda karantin qoidalariga muvofiq oʻsimliklar karantini boʻyicha cheklovlar belgilash;
oʻsimliklar karantini obyektlari aniqlanganda xorijiy davlatlardan olib kelingan oʻsimliklar karantini ostidagi mahsulotni ushlab turish, olib qoʻyish va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻq qilish;
davlat chegarasidan oʻtkazish maskanlari, temir yoʻl stansiyalari, avtovokzallar (avtostansiyalar), aeroportlar, daryo bandargohlari (pristanlar), pochtamtlar orqali olib kelinayotgan va joʻnatilayotgan yuklar toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etishni, zarur boʻlganda — oʻz hududida oʻsimliklar karantini ostidagi mahsulotlarni tekshirish va zararsizlantirish (fumigatsiya) uchun transport vositalari, yordamchi ishchilar, xizmat binolari va yordamchi materiallar berilishini talab qilish;
oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlardan agrotexnik, kimyoviy, biologik va boshqa vositalar bilan himoya qilish boʻyicha profilaktik va fitosanitariya tadbirlari majmuasining bajarilishini nazorat qilish;
fitosanitariya harakatlarini olib borish, oʻsimliklar karantini obyekti yoki karantin mahsulotlarini qayta ishlash, yoʻq qilish, qayta joʻnatish yoki karantin obyektlarini izolyatsiya qilish usullarini aniqlash;
oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini toʻgʻri saqlash va hisobga olishni nazorat qilish, ulardan oqilona foydalanishni taʼminlash;
tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari Agentlik nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish hamda jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash;
davlat inspektorlari oʻz vakolatlariga muvofiq maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish.
Tuman (shahar) boʻlimlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
27. Tuman (shahar) boʻlimlari quyidagilar uchun javob beradi:
tumanlardagi (shaharlardagi) davlat inspektorlari zimmasiga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
iqtisodiyot tarmoqlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlar xorijiy davlatlardan tumanlar (shaharlar) hududlariga kirib kelishidan himoya qilish;
karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarni oʻz vaqtida aniqlash, tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va bartaraf etishni tashkil etish, shuningdek, respublikaning ular mavjud boʻlmagan hududlariga kirib borishining oldini olish;
oʻsimliklar karantini oʻchogʻining tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va oʻsimliklar karantini boʻyicha tadbirlar oʻtkazilishini tashkil etish;
fitosanitariya va oʻsimliklar karantini boʻyicha barcha tadbirlarning oʻtkazilishi, bu boradagi zarur ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi, qishloq xoʻjaligi va boshqa oʻsimliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda oʻsimliklar karantini boʻyicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
hududiy boʻlinmalar rahbariyatiga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflarni ishlab chiqish sifati, shuningdek, ular qabul qiladigan qarorlar sifati, ularning yakuniy natijalari va amalga oshirish oqibatlari;
qishloq xoʻjaligi ekinlarining holatini tekshirish, ularning karantindagi obyektlari va boshqa zararli organizmlarning zarar yetkazish darajasini oʻrganish va ularga qarshi kurash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
oʻsimliklarni himoya qilish boʻyicha fitosanitariya tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirish;
oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlardan agrotexnik, kimyoviy, biologik va boshqa vositalar bilan himoya qilish boʻyicha profilaktik va fitosanitariya tadbirlari majmuasini amalga oshirish;
urugʻlik va ekish materialining entofitopatologik holatini oʻz vaqtida nazorat qilish;
pestitsidlarni tegishli tartibda saqlash va hisobga olishni tashkil etish va ulardan oqilona foydalanish;
oʻsimliklar karantini va himoyasi toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish;
oʻsimliklarni himoya qilish vositalari bilan ishlash qoidalarini ishchilarga oʻrgatish ishlarini olib borish;
Oʻzbekistonga kirib kelib tarqalgan oʻsimliklar karantini ahamiyatiga ega zararkunandalarning holati boʻyicha monitoring olib borish va dolzarb maʼlumotlarni yuritish;
aholini, ayniqsa, yoshlar, fermer xoʻjaliklari egalari va boshqa tadbirkorlik subyektlarini tashvishga solayotgan dolzarb muammolarni, shuningdek, tumanlarni (shaharlarni) rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli kamchiliklarni aniqlash, tumanni (shaharni) rivojlantirish dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlash hamda kiritish;
tuman (shahar)larda fitosanitariya xavfsizligi sohasini rivojlantirish, muammoli masalalarni hal etish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish;
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va ularni himoya qilishni taʼminlash.
5-bob. Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
28. Quyidagilar Agentlik direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 15-iyuldagi PF-6262-son Farmoni va “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 15-iyuldagi PQ-5185-son qaroriga, boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq Agentlikka yuklangan vazifalar hamda funksiyalar bajarilishini tashkil qilish;
(28-bandning toʻrtinchi xatboshisi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
(28-bandning beshinchi xatboshisi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy va hududiy boʻlinmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar hamda tadbirlar amalga oshirilishini chuqur hamda tanqidiy tahlil qilish;
Agentlik, uning tarkibiy boʻlinmalari va hududiy boʻlinmalar faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini soʻzsiz taʼminlash borasida amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalari va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Agentlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi hamda uning Rayosati majlislarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;
Agentlik xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;
Agentlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur sharoitlar tashkil etish, Agentlik kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan nomzodlarning, shuningdek, Agentlikka ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning professional darajasi, chuqur bilimga egaligi, ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlari yuqoriligi kafolatlanganini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi hamda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini tashkil qilish, Vazirlar Mahkamasi apparatida ularni mukammal ishlab chiqish, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqishda ishtirok etish;
Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq hamda har tomonlama koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan puxta oʻtkazish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tartibga solish taʼsirini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 15-martdagi PQ-5025-son qaroriga asosan tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga, shuningdek, atrof muhitga taʼsir koʻrsatuvchi barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamentiga va Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq belgilangan muddatlarda kelishish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarori talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Agentlik rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarida boʻlishini tashkil etish, xizmat safarlarining asosliligi, samaradorligi va natijadorligini hamda xizmat safarlari uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli hamda oqilona foydalanishni taʼminlash;
Agentlik xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi yoki qolmasligi maqsadga muvofiqligi haqidagi masalani koʻrib chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Agentlik xodimlari tomonidan Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq davlat boshqaruvi organlar tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, ularning sodir etilishiga koʻmaklashadigan sabablar hamda sharoitlarni huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Agentlik, hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari faoliyatiga ishlarni tashkil qilishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlash;
aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilishda “yagona darcha” tamoyilini joriy etish, Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali davlat xizmatlarini koʻrsatish va ulardan foydalanish samaradorligi hamda sifatini oshirish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil qilish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy shaxslarni hamda yuridik shaxslar vakillarini muntazam shaxsan qabul qilish, shu jumladan, sayyor qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, Agentlik xodimlari va rahbariyatining qabulxonalar faoliyatida faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslardan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga tushadigan murojaatlar oʻz vaqtida hamda toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
davlat sirlariga kiritilgan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya etish;
Agentlik faoliyatining ochiqligini taʼminlash masalasida qonun hujjatlarini amalga oshirish;
fitosanitariya xavfsizlik, oʻsimliklar karantini, himoyasi va agrokimyo tizimiga yangi boshqaruv uslublarini joriy etish, jumladan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan yoki davlat-xususiy sheriklik shaklida turli hamkorlik shakllarini tatbiq etish;
ijtimoiy sheriklik doirasida fitosanitariya xavfsizlik, oʻsimliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohasida faoliyatning nodavlat notijorat tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan qoʻllab-quvvatlanishini talab etadigan ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
Agentlik markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlarining xodimlari bajarishi shart boʻlgan buyruqlar qabul qilish hamda koʻrsatmalar berish;
zarur boʻlganda markaziy apparat, hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlarining boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
Agentlik markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlarining shtat jadvalini, shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda Agentlik markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan xarajatlari smetasini tasdiqlash;
(28-bandning oʻttizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Agentlik markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari toʻgʻrisidagi nizom va ustavlarni, shuningdek, Oʻsimliklar karantini va himoyasi tuman (shahar) boʻlimlarining namunaviy nizomlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
soha xodimlarini koʻkrak nishonlari va faxriy yorliqlar bilan belgilangan tartibda mukofotlash toʻgʻrisidagi masalani hal etish, Agentlik tizimining alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini faxriy unvonga hamda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim etish;
Agentlik markaziy apparati xodimlarini, hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;
Agentlik mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini belgilangan tartibda imzolash;
oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini doimiy monitoring qilish.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qaroriga asosan oʻttiz oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
29. Quyidagilar Agentlik direktori birinchi oʻrinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
Agentlik direktori vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
(29-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Direktor oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishilishini baholashning asosiy mezonlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari bilan kelishgan holda belgilangan tartibda tasdiqlangan topshiriqlar oʻz muddatida bajarilishini taʼminlash;
(29-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
tegishli oʻrinbosarlar va Agentlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilashda, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlashda ishtirok etish, Agentlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻrinbosarlar va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini oshirishni taʼminlash;
Agentlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va unga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish va uning faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar hamda tadbirlar amalga oshirilishini chuqur hamda tanqidiy tahlil qilish;
mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarning prognoz koʻrsatkichlarga erishishini soʻzsiz taʼminlash choralarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini tizimli ravishda eshitish hamda qayd etilgan koʻrsatkichlarga erishish borasida ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish;
mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalar rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida sifatli ijro etilishi uchun hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Agentlik hayʼati qarorlari, Agentlik direktorining buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini taʼminlash;
(29-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Agentlik direktoriga mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishga doir takliflar taqdim etish, ularning professional darajasi, chuqur bilimga, amaliy tajribaga egaligi, ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarining yuqoriligi kafolatlanganini taʼminlash, ularning kasb malakasini oshirish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
(29-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarning normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli tayyorlashini taʼminlash, Agentlik tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik muhokama etish uchun koʻrib chiqish hamda viza qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga muvofiq ularning Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, shuningdek, Agentlik direktorining topshirigʻiga binoan Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari himoyasida ishtirok etish;
(29-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq hamda har tomonlama koʻrib chiqish, ularni huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan puxta oʻtkazish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarori talablariga qatʼiy muvofiq ravishda xizmat safarlarida boʻlish, xizmat safarlarining asosliligi, samaradorligi va natijadorligini hamda xizmat safarlari uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli hamda oqilona foydalanishni taʼminlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, ularning Agentlik hayʼati majlislarida shaxsiy hisobotlarini eshitish va yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
soha faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi organlari faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy choralar koʻrish, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Agentlik rahbariyatiga kiritish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi yoki qolmasligi maqsadga muvofiqligi haqidagi masalani koʻrib chiqish toʻgʻrisida Agentlik direktoriga takliflar kiritish, funksional majburiyatlar va yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
(29-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashadigan sabablar hamda sharoitlarni huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Agentlik rahbariyatiga davlat xizmatlarini koʻrsatish va ulardan foydalanish samaradorligi hamda sifatini oshirishga doir takliflar kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil qilish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy shaxslarni hamda yuridik shaxslar vakillarini muntazam shaxsan qabul qilish, shu jumladan, sayyor qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslardan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga tushadigan murojaatlar oʻz vaqtida hamda toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
davlat sirlariga kiritilgan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya etish;
respublika hududlarida oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashni tashkil etish ustidan nazorat qilish;
paxta, boshoqli don va moyli ekinlar maydonlari nazoratini tashkil etish;
dala nazorati faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha ishlarni amalga oshirish;
oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarga biologik kurashish uchun biologik laboratoriyalarni tashkil etish;
mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi va boshqa oʻsimlik ekinlarining fitosanitariya tozaligini taʼminlash maqsadida bogʻlar, tokzorlar, sabzavotlar va qovunlar ekilgan maydonlarda, dala va issiqxonalarda, shuningdek, oʻrmon yerlarida fitosanitariya nazoratini tashkil etish;
oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlardan biologik nazorat va biologik himoya qilish uchun yaratilgan oʻsimliklar faoliyatini nazorat qilish;
chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash faoliyatini tizimli tashkil etish;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilishda qoʻllaniladigan kimyoviy vositalar importi, ulgurji va chakana savdosi faoliyatini litsenziyalash boʻyicha faoliyatni tashkil etish;
ijro intizomining yagona idoralararo elektron tizimi “Ijro.gov.uz” orqali buyruqlar va vazifalar ijrosini taʼminlash;
Agentlik rahbariyatiga mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatish va ulardan foydalanish samaradorligi hamda sifatini oshirishga doir tegishliligi boʻyicha takliflar kiritish;
oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish uchun Agentlik mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar boʻyicha grant mablagʻlarini jalb etish chora-tadbirlarini koʻrish;
Agentlik mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalarning moddiy-texnika bazasini yaratish va takomillashtirish choralarini koʻrish;
Agentlik mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan “E-Fitouz” avtomatlashtirilgan axborot tizimi vazifalari bajarilishini tegishliligi boʻyicha nazorat qilish.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qaroriga asosan oʻttiz toʻrtinchi — oʻttiz sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
30. Quyidagilar Agentlik direktori oʻrinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
Agentlik direktori yoki uning birinchi oʻrinbosari vaqtincha boʻlmaganda, tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
(30-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Agentlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va unga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish va uning faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar hamda tadbirlar amalga oshirilishini chuqur hamda tanqidiy tahlil qilish;
mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarning prognoz koʻrsatkichlarga erishishini soʻzsiz taʼminlash choralarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini tizimli ravishda eshitish hamda qayd etilgan koʻrsatkichlarga erishish borasida ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish;
mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalar rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy va hududiy boshqarmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Agentlik hayʼati qarorlari, Agentlik direktorining buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini taʼminlash;
(30-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Agentlik direktoriga mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishga doir takliflar taqdim etish, ularning professional darajasi, chuqur bilimga, amaliy tajribaga egaligi, ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarining yuqoriligi kafolatlanganini taʼminlash, ularning kasb malakasini oshirish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
(30-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarning normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli tayyorlashini taʼminlash, Agentlik tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik muhokama etish uchun koʻrib chiqish hamda viza qoʻyish, Agentlik direktori tomonidan imzolash, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga muvofiq ularning Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi direktorining topshirigʻiga binoan Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
(30-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq hamda har tomonlama koʻrib chiqish, ularni huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan puxta oʻtkazish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarori talablariga qatʼiy muvofiq ravishda xizmat safarlarida boʻlish, xizmat safarlarining asosliligi, samaradorligi va natijadorligini hamda xizmat safarlari uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli hamda oqilona foydalanishni taʼminlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, ularning Agentlik hayʼati majlislarida shaxsiy hisobotlarini eshitish va yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
soha faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi organlari faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy choralar koʻrish, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Agentlik rahbariyatiga kiritish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi yoki qolmasligi maqsadga muvofiqligi haqidagi masalani koʻrib chiqish toʻgʻrisida Agentlik direktoriga takliflar kiritish, funksional majburiyatlar va yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
(30-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashadigan sabablar hamda sharoitlarni huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Agentlik rahbariyatiga davlat xizmatlarini koʻrsatish va ulardan foydalanish samaradorligi hamda sifatini oshirishga doir takliflar kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil qilish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy shaxslarni hamda yuridik shaxslar vakillarini muntazam shaxsan qabul qilish, shu jumladan, sayyor qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslardan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga tushadigan murojaatlar oʻz vaqtida hamda toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
davlat sirlariga kiritilgan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya etish;
xorijiy davlatlardan respublika hududiga kirib kelishi va iqtisodiyot tarmoqlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarni bartaraf qilishga qaratilgan ichki va tashqi karantin nazoratini tashkil etish;
dala nazorati va oʻsimliklar karantini monitoringi sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish boʻyicha ishlarni amalga oshirish;
eksport qilinayotgan mahsulotlar, shuningdek, mamlakat hududiga olib kirilayotgan (eksport qilinayotgan) karantin ostidagi mahsulotlar sifatini nazorat qilishni oʻsimliklar karantini ostidagi mahsulotlar olib kiriladigan maskanlar va ularga tutash hududlarda muvofiqlashtirish;
fitosanitariya xavfni tahlil qilish va baholashni tashkil etish;
oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarga biologik kurashish uchun biologik laboratoriyalarni tashkil etish;
fitosanitar tozalikni taʼminlash maqsadida karantin ostidagi mahsulotlar va omborlarni zararsizlantirish (fumigatsiya) boʻyicha ishlarni amalga oshirish;
ilgʻor tajribaga ega mamlakatlardan mutaxassislarni jalb qilgan holda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tizimi mutaxassislari uchun oʻquv tadbirlarini tashkil etish;
bogʻlar, tokzorlar va maydonlar, shuningdek eksportbop mahsulotlar yetishtiriladigan qadoqlash sexlari reyestrini shakllantirish ustidan nazoratni muvofiqlashtirish;
oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi boʻyicha ishlarni tashkil etish;
ijro intizomining yagona idoralararo elektron tizimi “Ijro.gov.uz” orqali belgilangan buyruq va vazifalar ijrosini taʼminlash;
Agentlik rahbariyatiga mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatish va ulardan foydalanish samaradorligi hamda sifatini oshirishga doir tegishliligi boʻyicha takliflar kiritish;
oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish uchun mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar boʻyicha grant mablagʻlarini jalb etish choralarini koʻrish;
Agentlik tarkibiy boʻlinmalarining tegishliligi boʻyicha moddiy-texnika bazasini yaratish va takomillashtirish choralarini koʻrish;
oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarni aniqlash hamda ularga qarshi kurashish choralarini aniqlashga qaratilgan elektron mobil ilovalarni joriy etish va ishlab chiqish;
Agentlik mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan “E-Fitouz” avtomatlashtirilgan axborot tizimi vazifalari bajarilishini tegishliligi boʻyicha nazorat qilish.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qaroriga asosan oʻttiz uchinchi — oʻttiz sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
32. Quyidagilar Agentlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
oʻz vakolatlari doirasida hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
prognoz koʻrsatkichlar bajarilishini tizimli tahlil qilish va Agentlikning mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarining mazkur koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha choralar koʻrish boʻyicha Agentlik direktorining mutasaddi oʻrinbosarlariga takliflar kiritish;
(32-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida sifatli ijro etilishi uchun hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Agentlik hayʼati qarorlari, Agentlik direktori va oʻrinbosarlarining buyruqlari hamda topshiriqlarining oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini taʼminlash;
(32-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda qayd etilgan vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini taʼminlash;
tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlarining faoliyatiga amaliy va metodik koʻmaklashish;
tarkibiy boʻlinmalar faoliyati boʻyicha qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish;
Agentlik direktori oʻrinbosarlariga tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishga doir takliflar taqdim etish, ularning professional darajasi, chuqur bilimga, amaliy tajribaga egaligi, ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarining yuqoriligi kafolatlanganini taʼminlash, ularning kasb malakasini oshirish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
(32-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
tarkibiy boʻlinmalarning normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli tayyorlashini taʼminlash, Agentlik tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik muhokama etish uchun koʻrib chiqish hamda imzolash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga muvofiq ularning Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, Agentlik rahbarining topshirigʻiga binoan Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq hamda har tomonlama koʻrib chiqish, ularni huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan puxta oʻtkazish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarori talablariga qatʼiy muvofiq ravishda xizmat safarlarida boʻlish, xizmat safarlarining asosliligi, samaradorligi va natijadorligini hamda xizmat safarlari uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish va yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashadigan sabablar hamda sharoitlarni huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Agentlik direktoriga davlat xizmatlarini koʻrsatish va ulardan foydalanish samaradorligi hamda sifatini oshirishga doir takliflar kiritish;
(32-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy shaxslarni hamda yuridik shaxslar vakillarini muntazam shaxsan qabul qilish, shu jumladan, sayyor qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslardan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga tushadigan murojaatlar oʻz vaqtida hamda toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
davlat sirlariga kiritilgan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya etish.
33. Quyidagilar hududiy boʻlinmalar rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
hududiy boʻlinmalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, ushbu boshqarmalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari, shuningdek, Agentlik qarorlari bilan yuklangan vazifalar hamda funksiyalar bajarilishini tashkil qilish;
hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishish boʻyicha amaliy choralarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha tuman (shahar)lar inspektorlari, oʻsimliklar karantini chegara maskanlari inspektorlari, shuningdek, hududiy boʻlinmalar boshqa boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida sifatli ijro etilishi uchun hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Agentlik hayʼati qarorlari, Agentlik direktori buyruqlari, Agentlik direktori va oʻrinbosarlarining topshiriqlari oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini taʼminlash;
(33-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari bilan Agentlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha hamkorlik qilish;
oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, hududiy boʻlinmaning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini, hududiy boʻlinmalari faoliyatining ayrim uchastkalariga rahbarlik uchun oʻz oʻrinbosari hamda boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash;
hududiy boʻlinma faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, hududiy boʻlinma va oʻz oʻrinbosarlari ishlarining choraklik rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilish;
hududiy boʻlinmaga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur sharoitlar yaratish, hududiy boʻlinmalarning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Agentlik nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan nomzodlarning, shuningdek, hududiy boʻlinmaga ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning professional darajasi, chuqur bilimga, amaliy tajribaga egaligini, ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarining yuqoriligi kafolatlanganini taʼminlash;
hududiy boʻlinma xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi yoki qolmasligi maqsadga muvofiqligi haqidagi masalani koʻrib chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
hududiy boʻlinma xodimlari tomonidan Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, ularning sodir etilishiga koʻmaklashadigan sabablar hamda sharoitlarni huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
prognoz koʻrsatkichlar bajarilishini tizimli tahlil qilish va hududiy boʻlinmalarning mazkur koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha choralar koʻrish boʻyicha Agentlik direktorining mutasaddi oʻrinbosarlariga takliflar kiritish;
(33-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
hududiy boʻlinma xodimlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish va yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
hududiy boʻlinma faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlarini koʻrsatish va ulardan foydalanish samaradorligi hamda sifatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Agentlik rahbariyatiga koʻrish chiqish uchun kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy shaxslarni hamda yuridik shaxslar vakillarini muntazam shaxsan qabul qilish, shu jumladan, sayyor qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslardan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga tushadigan murojaatlar oʻz vaqtida hamda toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
hududiy boʻlinma xodimlariga mukofotlar toʻlash, lavozim maoshiga ustama belgilash, moddiy yordam koʻrsatish, mukofotlash, ragʻbatlantirish va intizomiy jazoga tortish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish, Agentlikka davlat mukofotlar va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash haqida takliflar kiritish;
davlat sirlariga kiritilgan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya etish;
hududiy boʻlinma xodimlari bajarishi shart boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish;
hududiy boʻlinma mol-mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish;
hududiy boʻlinma tomonidan xizmatlar koʻrsatishda yuzaga keladigan moliyaviy va texnik masalalarni hal etishga har tomonlama koʻmaklashish;
boshqarma rahbarlari va xodimlari malakasini oshirish boʻyicha majburiy kurslarni tashkil etish hamda oʻtkazishda yordam berish;
hududiy boʻlinma hamda Oʻsimliklar karantini va himoyasi tuman (shahar) boʻlimlarining nizomlarini tasdiqlash;
fitosanitariya xavfsizlik, oʻsimliklar karantini va himoyasi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish toʻgʻrisida aholi xabardorligini oshirish maqsadida jamoatchilik bilan ishlash uchun ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadigan materiallarni toʻliq hamda har tomonlama koʻrib chiqish va tahlil qilish;
jismoniy va yuridik shaxslardan tushadigan murojaatlar yuzasidan zarur choralar koʻrish.
34. Agentlik direktori quyidagilar uchun shaxsan masʼuldir:
(34-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan Agentlikning javobgarlik sohalari boʻyicha;
ushbu Nizomning 28-bandida qayd etilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi.
35. Agentlik direktorining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari quyidagilar uchun shaxsan masʼuldir:
(35-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Agentlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarida Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan Agentlikning mutasaddilik qilinadigan masalalar yuzasidan javobgarlik sohalari boʻyicha;
ushbu Nizomning29-30-bandlarida qayd etilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi.
(35-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
36. Agentlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari boshliqlari quyidagilar uchun shaxsan masʼuldir:
tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;
ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan Agentlik markaziy apparatining javobgarlik sohalari boʻyicha;
ushbu Nizomning 32-bandida qayd etilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi.
37. Hududiy boʻlinmalar boshliqlari quyidagilar uchun shaxsan masʼuldir:
hududiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;
ushbu Nizomning 33-bandida qayd etilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi.
38. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
39. Agentlik direktori qishloq xoʻjaligi vaziri taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan oʻrinbosarlarga ega boʻladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
40. Agentlik direktori moddiy, maishiy, transport va tibbiy xizmat koʻrsatish shartlari boʻyicha vazirga, Agentlik direktorining birinchi oʻrinbosari vazirning birinchi oʻrinbosariga, Agentlik direktorining oʻrinbosarlari vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
41. Agentlik direktori boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga binoan uning oʻrinbosarlari tomonidan bajariladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi boshligʻi, viloyatlar va Toshkent shahar Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari boshliqlari Agentlik direktori tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, tegishli viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi hamda lavozimdan ozod etiladi;
(42-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Agentlik markaziy apparati xodimlari, hududiy boʻlinmalar boshligʻi oʻrinbosarlari, Agentlik tizimiga kiruvchi respublika tashkilotlari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
(42-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
tumanlar (shaharlar) boʻlimlari boshliqlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalarining boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
hududiy boʻlinmalar va tizim tashkilotlarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishning qonunchilikda belgilangan tartibdagi jarayoni yakuniga yetguniga qadar koʻrsatib oʻtilgan tarkibiy boʻlinmalar faoliyatini taʼminlash maqsadida Agentlik direktori boshliqning vazifasini vaqtincha bajaruvchini tayinlash huquqiga ega.
(42-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
43. Agentlik tizimi xodimlariga Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik xodimlarining xizmat guvohnomasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq xizmat guvohnomalari beriladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
44. Agentlik direktori hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlarining tuzilmasida belgilangan xodimlar soni doirasida shtat jadvallarini tasdiqlaydi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
2-§. Agentlik markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlarining oʻzaro hamkorligi
45. Agentlik markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlarining oʻzaro hamkorligi ushbu tashkilot rahbarlari tomonidan taʼminlanadi.
46. Agentlik markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlik qilgan holda:
topshiriqlarni hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlariga yetkazadilar hamda ularning bajarilishini nazorat qiladilar;
hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlariga tarkibiy boʻlinmalarining bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradilar hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladilar;
hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari faoliyati amaliyotini tekshiradilar va oʻrganadilar, natijalarni umumlashtiradilar, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadilar va qabul qiladilar;
hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobot va axborot materiallari, statistik maʼlumotlar va boshqa maʼlumotlar oʻrganilishini tashkil etadilar;
hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlaridan tushgan takliflarni koʻrib chiqadilar;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda hududiy boshqarmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim tashkilotlari ishtirokini tashkil etadilar, sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha ulardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadilar.
47. Hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari Agentlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladilar, shu jumladan:
Agentlik rahbariyati topshiriqlarining bajarilishi toʻgʻrisida axborot beradi;
markaziy apparatga belgilangan faoliyat sohasidagi qonunchilik hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻgʻrisida axborot taqdim etadi;
ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida aniqlangan kamchiliklar hamda qonunbuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻgʻrisida axborot beradi;
Agentlik markaziy apparatiga belgilangan tartib va muddatlarda oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etadi;
Agentlik markaziy apparatiga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini, shu jumladan, aholining muhim muammolarini hal etishga qaratilgan takliflar yuboradi;
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari bilan hamkorlik natijalari toʻgʻrisida axborot beradi;
vakolatli organlar tomonidan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari haqida xabardor qiladi.
48. Agentlik markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlarining oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Agentlik direkorining topshirigʻiga binoan uning tegishli oʻrinbosarlari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, ular boʻyicha qaror bevosita Agentlik direktori tomonidan qabul qilinadi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
3-§. Agentlikning davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi
49. Agentlik oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
50. Hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari oʻz vakolati doirasida davlat boshqaruvining hududiy boʻlinmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari bilan oʻzaro uzviy hamkorlik qiladilar.
4-§. Agentlik hayʼati, jamoatchilik va ilmiy-texnik kengashi
51. Agentlik direktori (hayʼat raisi), uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), shuningdek, Agentlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiradigan tarkibiy boʻlinmalar boshliqlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi.
Hayʼat aʼzolarining soni va shaxsiy tarkibi Agentlik direktorining taqdimnomasiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
52. Hayʼatga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Agentlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Agentlik markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini eshitishni tashkil qilish, qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlarida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha Oʻsimliklar karantini va himoyasi davlat xizmati rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Agentlik faoliyati sohasiga oid hududiy va tarmoq dasturlarini amalga oshirish samaradorligini har chorakda va tizimli ravishda koʻrib chiqish;
hayʼatning kengaytirilgan sayyor majlislari oʻtkazilishini tashkil etish, joylarda Agentlik faoliyati sohasiga taalluqli dolzarb masalalar muhokama etilishini taʼminlash;
Agentlik markaziy apparatining lavozimlar nomenklaturasi va uning tizimini koʻrib chiqish hamda tasdiqlash;
Agentlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, ularni tarbiyalash va joy-joyiga qoʻyish masalasini koʻrib chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda topshiriqlari bilan belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun davlat boshqaruvi organlari rahbarlari hamda xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy masʼuliyatini oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritiladigan va Agentlik masʼul ijrochi boʻlgan qonunchilik loyihalari bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish.
Hayʼat Agentlik vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.
53. Hayʼat majlislarida Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarni muhokama qilish uchun davlat boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari ham taklif etilishi mumkin.
54. Hayʼat uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
55. Hayʼat qarorlari Agentlik direktorining buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
56. Agentlik direktori va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Agentlik direktori yuzaga kelgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Vazirlar Mahkamasiga maʼlum qilishlari mumkin.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
57. Hayʼat faoliyatining tartibi hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.
58. Agentlikda ilmiy-texnik kengash tashkil etiladi.
Ilmiy-texnik kengash Agentlik direktori (ilmiy-texnik kengash raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi rahbari, Agentlik tarkibiy boʻlinmalari boshliqlari, soha, ilmiy-tadqiqot institutlari, taʼlim muassasalari, mustaqil kompaniyalar va sohaning boshqa tashkilotlari mutaxassislaridan iborat tarkibda tuziladi va Agentlik buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
(58-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
59. Quyidagilar Agentlik ilmiy-texnik kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
mahalliy va xorijiy tajribani oʻrganish asosida oʻsimliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohasidagi yagona ilmiy-texnik siyosatni belgilaydigan ilmiy asoslangan takliflarni tayyorlash hamda koʻrib chiqish;
Agentlik faoliyatini istiqbolli rivojlantirish yoʻnalishlariga ilmiy-texnik rahbarlik qilish, oʻsimliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohasida ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar, yoʻriqnomalar, tavsiyalar, normativ-huquqiy hujjatlarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;
yetakchi institutlar olimlari va amaliyotchilarini jalb etgan holda oʻsimliklar karantini sohasidagi jahon tajribasini, ishlab chiqariladigan mahsulot unumdorligi va sifati boʻyicha zamonaviy talablar, fitosanitariya standartlariga javob beradigan ilgʻor texnologiyalar va uskunalarni chuqur tahlil qilish;
ilmiy va loyiha gʻoyalarini koʻrib chiqish, ilmiy-texnik kengash tomonidan taklif etiladigan qarorlarni professional darajada muhokama etish, jumladan, xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb etgan holda oʻsimliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohasida loyihalarni ishlab chiqish uchun texnik vazifalarni shakllantirishga koʻmaklashish.
Agentlik direktori Agentlik ilmiy-texnik kengashi raisi hisoblanadi.
(59-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
60. Agentlikda Jamoatchilik kengashi tashkil qilinadi.
Jamoatchilik kengashi tarkibiga soha mutaxassislari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek, ilmiy tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlar va jamoatchilik birlashmalarining vakillari kiradi.
Jamoatchilik kengashining shaxsiy tarkibi, shuningdek, uning Nizomi Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
(60-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
8-bob. Agentligi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari hamda koʻrsatkichlari
61. Agentlik faoliyatining samaradorligi muntazam baholab boriladi.
62. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baholar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari va (yoki) Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
63. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Agentlik rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari;
Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.
Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezoni Agentlik direktori tomonidan belgilanadi.
9-bob. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish
64. Agentlik markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlarining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, Agentlikning Oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi va moddiy-texnik taʼminlanadi.
65. Oʻsimliklar karantini va himoyasi qoidalari hamda normalarini buzganlik uchun maʼmuriy jarima mablagʻlari Agentlikning maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
66. Agentlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa toʻlovlardan iborat.
Agentlik xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq toʻlanadi.
(66-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
67. Mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi, budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar Agentlik xodimlariga ish haqi toʻlash hamda ularni moddiy ragʻbatlantirish manbalari hisoblanadi.
10-bob. Agentlikning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga hisobot berishi
68. Agentlik direktori oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga muntazam ravishda hisobot beradi.
(68-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
69. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari hamda qishloq xoʻjaligi vaziri Agentlik rahbarlariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun ularning faoliyati ustidan monitoring olib boradi, Agentlik faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
70. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Agentlikning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari ragʻbatlantiriladi yoki yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortiladi.
11-bob. Yakunlovchi qoida
71. Agentlik qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 311-son qaroriga
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining Oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining Oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
2. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) yuridik shaxs tashkil etmagan holda tuziladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
3. Jamgʻarma faoliyati Jamgʻarma Kengashi tomonidan tashkil etiladi, nazorat qilinadi va boshqariladi. Jamgʻarma Kengashining shaxsiy tarkibi Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
4. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
import va tranzit karantin ruxsatnomalari, xalqaro, ichki va reeksport fitosanitariya sertifikatlari, transport birligini ochish va karantin koʻrigi dalolatnomasi rasmiylashtirilishidan olinadigan toʻlovlar;
oʻsimliklarni himoya qilishda qoʻllaniladigan kimyoviy vositalar, mineral va organik oʻgʻitlarni saqlash, realizatsiya qilishni litsenziyalashdan olinadigan davlat boji va toʻlovlar;
koʻrsatilgan laboratoriya tahlillari xizmati uchun olinadigan toʻlovlar;
zararsizlantirish (fumigatsiya) ishlari oʻtkazish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun olinadigan toʻlovlar;
tuproq agrokimyoviy tahlillari asosida agrokimyoviy xaritanomani ishlab chiqish va boshqa xizmatlar uchun toʻlovlar;
biolaboratoriyalar faoliyati uchun beriladigan texnik ruxsatnoma va biomahsulot sifati boʻyicha sertifikatlar uchun olinadigan toʻlovlar;
kimyoviy va biologik himoya vositalarining biologik samaradorligi boʻyicha oʻtkaziladigan sinovlar uchun olinadigan toʻlovlar;
maʼmuriy huquqbuzarlik uchun qonunchilikka muvofiq undiriladigan jarimalar;
Agentlik tizimidagi tashkilotlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga koʻrsatiladigan boshqa xizmatlardan tushadigan mablagʻlar;
5. Jamgʻarmaga tushadigan mablagʻlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan maxsus hisobvaraqlarda jamgʻariladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
6. Agentlik tizimidagi hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari hisobvaraqlariga tushgan mablagʻlar belgilangan tartibda taqsimlanib, mablagʻlar tushgan kundan keyingi bir bank ish kunidan kechiktirmasdan Jamgʻarma hisobvaraqlariga yoʻnaltirilishi shart.
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
7. Jamgʻarma mablagʻlari:
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish;
ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish;
moddiy-texnika bazani mustahkamlash;
mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Jamgʻarmaga tushadigan tushumlarning 25 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorida Agentlik va uning tizimi tashkilotlari xodimlar uchun mukofot, kompensatsiya va ragʻbatlantirish xususiyatiga ega boʻlgan toʻlovlarni amalga oshirish;
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
(7-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
oʻsimliklar karantini va himoyasi nazoratidagi materiallarni zararsizlantirish uchun fumigantlar xarid qilish;
Agentlik va uning tizimi tashkilotlari hamda hududiy boshqarmalar rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlari xarajatlarini qoplash uchun budjetdan ajratilgan mablagʻlar yetarli boʻlmaganda xizmat safari xarajatlarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi;
Jamgʻarma mablagʻlaridan qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda ham foydalanish mumkin.
8. Jamgʻarma mablagʻlaridan zaruratga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati topshiriqlarini bajarish va davlat tadbirlarini oʻtkazish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, oqibatlarini bartaraf etish hamda boshqa ishlarda foydalaniladi.
9. Jamgʻarma mablagʻlari daromadlar va xarajatlar smetasi asosida taqsimlanadi. Daromadlar va xarajatlar smetalarini umumlashtirish va qabul qilish ishlari Jamgʻarma Kengashining qarori asosida tashkil etiladi, mutaxassislar daromadlar va xarajatlar smetasining tegishli loyihalarini tayyorlaydi, Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanish hamda ularni samarali boshqarish boʻyicha monitoring olib boriladi.
10. Jamgʻarma Kengashi:
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish uchun buyurtmanomalarni qabul qiladi, koʻrib chiqadi va umumlashtiradi;
mablagʻlar ajratish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni belgilaydi va asoslangan qarorlar qabul qiladi;
ajratilgan mablagʻlardan belgilangan maqsadlarda foydalanilmagan holatlar aniqlanganda moliyalashtirishni toʻxtatish va Jamgʻarma mablagʻlarini qaytarish choralarini koʻradi;
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq boshqa masalalar yuzasidan ham qarorlar qabul qiladi.
11. Jamgʻarma mablagʻlaridan har yili Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasiga asosan foydalaniladi. Xarajatlar smetasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
12. Daromadlar va xarajatlar smetasi kelgusi yil uchun Jamgʻarmaga tushishi kutilayotgan mablagʻlar prognozi hisobga olingan holda va amalga oshiriladigan tadbirlar asosida tuziladi.
13. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish uchun buyurtmanomalar, hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari tomonidan taqdim etiladi.
Kelgusi yilga zarur mablagʻlarni olish uchun daromadlar va xarajatlar smetasi Agentlikka har yili 1-iyunga qadar elektron shaklda pochta yoki axborot uzatishning boshqa vositalari orqali taqdim etiladi.
Daromadlar va xarajatlar smetasi asosida beriladigan buyurtmanomada quyidagilar koʻrsatiladi:
Agentlik, hududiy boʻlinmalar, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlarining toʻliq nomi va rekvizitlari;
soʻraladigan mablagʻlar hisob-kitobi va xarajatlar moddalari.
Zarur boʻlganda mablagʻlarga boʻlgan ehtiyoj asoslab berilgan hujjatlar buyurtmanomaga ilova qilinadi.
14. Taqdim etilgan daromadlar va xarajatlar smetasi Jamgʻarma Kengashi tomonidan har yili 1-iyulgacha koʻrib chiqiladi, ustuvor yoʻnalishlar belgilanib, buning asosida Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
15. Agentlik tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetalariga muvofiq Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanuvchi hisoblanadi.
16. Jamgʻarmaning joriy moliyaviy yilda foydalanilmagan mablagʻlari olib qoʻyilmaydi va Agentlikning hisobvaragʻida qoladi hamda keyinchalik ushbu Nizomda nazarda tutilgan boshqa maqsadlarda belgilangan tartibda foydalaniladi.
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha hisobot, ularni hisobga olish, nazorat qilish hamda bu boradagi javobgarlik
17. Jamgʻarma Kengashi Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanishni belgilangan tartibda nazorat qiladi.
18. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishni hisobga olish va bu boradagi hisobot belgilangan tartibda amalga oshiriladi, Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha monitoring ichki audit boʻlimi tomonidan nazorat qilinadi.
19. Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishi yuzasidan davlat moliyaviy nazorati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 311-son qaroriga
3-ILOVA
Zararli va xavfli organizmlarga qarshi fitosanitariya tadbirlarini oʻtkazish, zararkunandalarga qarshi kurashish hamda favqulodda vaziyatlarda hosilni saqlab qolishni taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom zararli va xavfli organizmlarga qarshi fitosanitariya tadbirlarini oʻtkazish, zararkunandalarga qarshi kurashish hamda favqulodda vaziyatlarda hosilni saqlab qolishni taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlarni Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
zararli organizmlar — oʻsimliklarning, hayvonlarning yoxud kasallik qoʻzgʻatuvchi agentlarning oʻsimliklarga yoki oʻsimlik mahsulotlariga zarar yetkazuvchi har qanday turi, xili yoki biotipi;
fitosanitariya monitoringi yuritish — zararli va xavfli organizmlarning tarqalishini prognoz qilish maqsadida ularni aniqlash, kuzatish, tahlil qilish, baholash;
fitosanitariya prognozi (keyingi oʻrinlarda — prognoz) — zararli va xavfli organizmlarning qishlovdan chiqishi, tarqalishi, miqdori hamda rivojlanishini ilmiy asoslangan holda mutaxassislar tomonidan uzoq va qisqa muddatli prognoz qilish jarayoni;
favqulodda vaziyat — zararli va xavfli organizmlarning atrof tabiiy muhitga, hosildorlikka zarar yetkazishi, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan yoki olib kelgan holat;
favqulodda vaziyat eʼlon qilish boʻyicha vakolatli organ — Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari;
kimyoviy vositalar — zararli va xavfli organizmlarga qarshi kurashda foydalaniladigan, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kimyoviy moddalar;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-martdagi 115-sonli qarori bilan tasdiqlangan Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan oʻtkazish hamda roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisida nizom.
iqtisodiy zarar miqdori mezoni (keyingi oʻrinlarda — IZMM) — fitosanitariya choralari olib borilishi lozim boʻlgan hollarda oʻsimlik mahsulotlarining yoʻqotilishini keltirib chiqaruvchi zararli va xavfli zararli organizmlarning miqdori;
toʻda hosil qiladigan zararli chigirtkalar — Osiyo, Marokash, Italiya prusi va Saksovul chigirtkalari.
2-bob. Fitosanitariya tadbirlarini oʻtkazish tartibi
3. Fitosanitariya chora-tadbirlarini oʻtkazishning asosiy mezoni monitoring maʼlumotlari asosida Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan ishlab chiqilgan prognozga asoslanadi.
4. Fitosanitariya tadbirlari hajmlarini belgilashda yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi organlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar ham hisobga olinadi.
5. Agentlik maʼlumotlari asosida kimyoviy yoʻl bilan ishlov beriladigan maydon IZMM qiymatlariga koʻra aniqlanadi.
6. Agentlik tomonidan zararli va xavfli organizmlarning rivojlanishi hamda tarqalishining doimiy ravishda fitosanitariya monitoringi olib boriladi.
7. Davlat boshqaruvi organlari, jismoniy va yuridik shaxslar oʻz hududlarida oʻtkazilgan fitosanitariya monitoringi natijalari boʻyicha IZMMdan yuqori boʻlmagan zararli va xavfli organizmlar aniqlangan taqdirda, qarshi kurashish tadbirlarini oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirishlari shart.
Zararli va xavfli organizmlar koʻpayishi va tarqalishi orqali favqulodda vaziyat yuzaga kelganda, yaʼni yer egalari tomonidan zararli va xavfli organizmlarga qarshi 2-marta ishlov berilgandan keyin ham koʻpayishi va tarqalishi kuzatilsa, ularni bartaraf etish yoki keng tarqalishiga qarshi kurashish xarajatlari Davlat budjeti parametrlari doirasida Agentlik uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
8. Zararli organizmlarga qarshi kurashish tadbirlari kimyoviy vositalar orqali amalga oshiriladi.
9. Agentlik zararli va xavfli organizmlarning rivojlanish fenologiyasi, muhofazalanadigan ekinlarni roʻyxatga olish boʻyicha tizimli kuzatuvlarga asoslanib mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga hududlarni oʻrganish va fitosanitariya qarshi kurashish choralarini oʻtkazish zarurligi toʻgʻrisida tezkor xabar beradi.
10. Agentlik tomonidan zararli va xavfli organizmlarga qarshi kurashish boʻyicha fitosanitariya tadbirlari dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 695-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻsimliklar karantini obyektini yoʻq qilish va uning oʻchogʻini bartaraf etish dasturini ishlab chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
11. Zararli va xavfli organizmlarga qarshi fitosanitariya monitoringi va fitosanitariya chora-tadbirlari oʻtkazilishi ustidan nazorat Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
3-bob. Toʻda hosil qiladigan va toʻda hosil qilmaydigan zararli chigirtkalarga qarshi kurashish hamda fitosanitariya choralarini koʻrish tartibi
12. IZMMdan yuqori miqdorda boʻlmagan toʻda hosil qiladigan va toʻda hosil qilmaydigan zararli chigirtkalar (keyingi oʻrinlarda — zararli chigirtkalar)ga qarshi kurashish hamda fitosanitariya tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish joylardagi davlat tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish xizmatlarining prognoz maʼlumotlari asosida qoʻshni davlatlar hududidan kirib keladigan zararli chigirtkalar xavfini bartaraf etish maqsadida zarur kimyoviy vositalar va texnikalar zaxirasini yaratish, zararkunandalarga qarshi kurashish hamda favqulodda vaziyatlarda hosilni saqlab qolishni taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish xizmatlari tomonidan ularning prognoz maʼlumotlari asosida zararli chigirtkalarga qarshi kimyoviy ishlov beriladigan maydonlar hajmlari IZMM boʻyicha aniqlanadi va Agentlik bilan kelishgan holda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etiladi.
15. Tegishli yilda IZMMdan yuqori miqdordagi zararli chigirtkalar tarqalgan haqiqiy maydonlar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda kuzatuv-nazorat dalolatnomasi bilan tasdiqlanadi.
16. Zararli chigirtkalarga qarshi fitosanitariya tadbirlarini tashkil etish mahalliy budjet parametrlarida koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
17. Zararli chigirtkalarga qarshi kurashish boʻyicha fitosanitariya tadbirlariga quyidagilar kiradi:
IZMM miqdoridan yuqori boʻlgan chigirtkalarga qarshi kimyoviy ishlov berish uchun kimyoviy vositalarni sotib olish, shuningdek, kimyoviy vositalar zaxirasini shakllantirish, saqlash va turlarini yangilash;
IZMM miqdoridan yuqori boʻlgan zararli chigirtkalarga qarshi kimyoviy vositalarni saqlash va tashish boʻyicha xizmatlar;
IZMM miqdoridan yuqori boʻlgan zararli chigirtkalar tarqalgan hududlarda kimyoviy ishlov berish xizmatlari.
18. Zararli chigirtkalarga qarshi kimyoviy ishlov berish maydonlari IZMM boʻyicha aniqlanadi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish xizmatining maʼlumotlari mahalliy ijro etuvchi organlar bilan muvofiqlashtirilib, Agentlikka taqdim etiladi.
19. Zararli chigirtkalarga qarshi kurashish tadbirlarini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshirishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish xizmatlarining prognoz maʼlumotlari asosida ishlov maydonlarining hajmlari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
4-bob. Favqulodda vaziyatlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hosilining saqlanishini taʼminlash va zararli organizmlarga qarshi fitosanitariya chora-tadbirlari bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash tartibi
20. Favqulodda vaziyatlarda zararli organizmlarga qarshi fitosanitariya chora-tadbirlari hamda hosilni saqlab qolishni taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun Davlat budjeti parametrlaridagi mablagʻlar qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda respublika miqyosida sezilarli iqtisodiy zarar keltirishi mumkin boʻlgan zararli organizmlarga qarshi kurashish tadbirlarini moliyalashtirishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlarining qarorlari asosida Agentlik bilan kelishilgan holda ajratiladi.
21. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlarining qarori bilan qishloq xoʻjaligi ekinlariga zarar keltirishi mumkin boʻlgan favqulodda holatlar yuzaga kelishining oldini olish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklarida ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — viloyat/tuman ishchi guruhi) tashkil etiladi.
Viloyat/tuman ishchi guruhi tarkibi, qoida tariqasida, viloyat/tuman hokimliklarida hokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, viloyat/tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining viloyat boshqarmasi/tuman boʻlimi hamda Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi rahbarlari va tegishli mutaxassislardan tashkil topadi.
22. Viloyat/tuman ishchi guruhi:
favqulodda vaziyatlarda zarur chora-tadbirlarni va zararli organizmlarni yoʻq qilish choralarini belgilaydi;
samaradorlik yuzasidan chora-tadbirlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi;
ijrochilar tomonidan oʻz vazifalarini bajarishlari uchun yetarlicha qarshi kurashishni tashkil etadi;
moliyaviy va boshqa resurslardan foydalanishni nazorat qiladi;
hujjatlashtirish va hujjatlarni arxivlashni oʻz ichiga olgan maʼlumotlarni umumlashtiradi;
belgilangan vazifalar yuzasidan monitoring olib boradi va baholaydi.
23. Favqulodda vaziyatlarda xarajatlarni qoplash yerdan foydalanuvchilarning yozma murojaatlariga asosan ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunda tuman ishchi guruhi:
a) murojaat yuzasidan joyiga chiqqan holda oʻrganib chiqadi;
b) oʻrganish yuzasidan dalolatnoma tuzadi va dalolatnomada favqulodda holatlarda qilingan sarf-xarajatlarni qoplash summasini belgilashda quyidagi asoslashga koʻra hisob-kitob qiladi:
1) kimyoviy ishlov uchun kimyoviy vositalar xaridi uchun qilingan xarajatlar;
2) kimyoviy vositalarni tashish va saqlash uchun qilingan xarajatlar;
3) kimyoviy vositalar bilan yerdan foydalanuvchining ekin maydonlariga ishlov berishda koʻrsatilgan xizmatlar uchun qilingan xarajatlar.
v) tuzilgan dalolatnoma va unda qayd etilganlarga javobgarlikni toʻliq oʻz zimmasiga oladi.
24. Tuman ishchi guruhi tomonidan tuman hududidagi yer maydonlari (konturlar) boʻyicha zararli organizmlarning tarqalishi va koʻpayishi oʻrganib boriladi hamda ularga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisida tuman hokimligiga xulosa kiritiladi.
25. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlarida zararli organizmlar, zararkunandalar, karantin obyektlari, begona (zaharli) oʻtlar va oʻsimliklar kasalliklari turi, ishlov beriladigan maydon hajmi, ularga qarshi kurashda foydalaniladigan vositalarni sotib olish uchun talab etiladigan mablagʻ miqdori koʻrsatiladi hamda mablagʻ ajratish yuzasidan talabnoma Agentlikka yuboriladi.
26. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining qarorlari va talabnomalar Agentlikka tushgan vaqtdan boshlab 3 ish kunida koʻrib chiqiladi va Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar oʻsimliklar karantini va himoyasi hududiy boʻlinmalarining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi. Hududiy boʻlinmalar yerdan foydalanuvchilarga qarshi kurashish uchun sarf-xarajatlarni tuman ishchi guruhining dalolatnomalari asosida qoplaydi.
27. Ajratilgan mablagʻlarni boshqa yoʻnalishlarga yoʻnaltirishga yoʻl qoʻyilmaydi, mavsum yakunida sarflangan mablagʻlarning maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan hujjatli taftish oʻtkaziladi. Taftish yakunlari boʻyicha maʼlumotlar Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
5-bob. Yakunlovchi qoida
28. Ushbu Nizom qoidalari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Zararli va xavfli organizmlarga qarshi fitosanitariya tadbirlarini oʻtkazish, zararkunandalarga qarshi kurashish hamda favqulodda vaziyatlarda hosilni saqlab qolishni taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
_________________ viloyati, __________ tumani hududlarida zararli chigirtkalar koʻzachalarini aniqlash va kimyoviy ishlov oʻtkazish toʻgʻrisida DALOLATNOMA
20___ y. “___” “________”
_________ tumani
Ushbu dalolatnomani tuzib imzo chekuvchilar _______________________________________________________ __________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ boʻlib ushbu dalolatnomani __________________________________ viloyati___________________________ tumani ________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ hududlaridagi _______ gektar maydonda zararli chigirtkalarning tuxum koʻzachalari boʻyicha kuzatuv — nazorat ishlari oʻtkazilganda ___ gektar maydonda (chigirtka turi) zararli chigirtkalarning tuxum koʻzachalari borligi aniqlanligi haqida tuzdik. Tuxum koʻzachalari 1m2 da oʻrtacha ___ donani tashkil etadi. Kuzatuv — nazorat ishlari natijasiga koʻra _________ tumani _____________________ hududida zararli chigirtkalar (chigirtka turi) ______ gektarga tarqalishi aniqlanib, _______ gektar maydonda kimyoviy ishlov oʻtkazish hajmi belgilab olindi.
Ushbu dalolatnomani toʻgʻri deb imzo chekuvchilar:
Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi Tuman oʻsimlar karantini va himoyasi boʻlimi Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Viloyat chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish xizmati Fermer xoʻjaligi raisi
Zararli va xavfli organizmlarga qarshi fitosanitariya tadbirlarini oʻtkazish, zararkunandalarga qarshi kurashish hamda favqulodda vaziyatlarda hosilni saqlab qolishni taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Zararli va xavfli organizmlarga qarshi kurashish hamda favqulodda vaziyatlarda hosilni saqlab qolishni taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Yerdan foydalanuvchilar
Tuman hokimligining ishchi guruhiga yozma murojaat taqdim etish.
Zarurat boʻlganda
2-bosqich
Tuman ishchi guruhi
1. Murojaat yuzasidan joyiga chiqqan holda oʻrganib chiqish.
2. Oʻrganish natijasi boʻyicha uch nusxada dalolatnoma tuzish.
3. Yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha qaror qabul qilish va viloyat ishchi guruhiga taqdim etish.
3 ish kuni davomida
3-bosqich
Viloyat ishchi guruhi
Qaror qabul qilish hamda talabnomani Agentlikka taqdim etish.
3 ish kuni davomida
4-bosqich
Agentlik va hududiy boʻlinmalar
1. Agentlik tomonidan oʻzining hududiy boʻlinmalariga mablagʻ ajratish.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 311-son qaroriga
4-ILOVA
Avtomobil yoʻllari, temir yoʻl stansiyalari, aeroportlar, daryo porti va tashqi iqtisodiy faoliyat, davlatlararo chegara maskan (punkt)lari hamda pochtamtdagi oʻsimliklar karantini maskan (punkt)lari
ROʻYXATI
T/r
Hududlar
Maskan (punkt)lar soni
Xodimlar soni
Shu jumladan, oʻsimliklar karantini chegara maskan (punkt)lari nomi/xodimlar soni
Tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF)
Davlatlararo
Temir yoʻl stansiyalari
Aeroportlar
Respublika ichki avtomobil yoʻllari
Daryo porti
Pochtamt
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
8
29
“Nukus”/1
“Dovud ota”/9
“Karakalpakiya”/6
“Nukus”/4
“Miskin”/3
“Qoʻngʻirot”/1
“Xoʻjayli”/4
“Toʻrtkoʻl”/1
2.
Andijon viloyati
7
24
“Bobur”/2
“Madaniyat”/4
“Savay”/1
“Andijon”/1
“Andijon”/2
“Doʻstlik”/12
“Asaka”/2
3.
Buxoro viloyati
6
28
“Gʻijduvon”/1
“Olot”/13
“Xoʻjadavlat”/4
“Buxoro”/4
“Sarmijon”/3
“Buxoro”/3
4.
Jizzax viloyati
3
12
“Jizzax”/4
“Malikturgon”/4
“Qoʻshqand”/4
5.
Qashqadaryo viloyati
7
16
“Nasaf”/2
“Tolimarjon”/2
“Qarshi”/2
“Umakay”/5
“Kitob”/1
“Shirinbuloq”/2
6.
Navoiy viloyati
6
16
“Tinchlik”/2
“Navoiy”/3
“Samarqand”/3
“Navoiy”/2
“Karakata”/3
“Navoiy industrial”/3
7.
Namangan viloyati
5
34
“Namangan”/4
“Kosonsoy”/6
“Namangan”/6
“Namangan”12
“Pop”/6
8.
Samarqand viloyati
6
27
“Samarqand”/3
“Jartepa”/6
“Samarqand”/6
“Omonqoʻton”/3
“Ulugʻbek”/3
“Yuqori nuqta”/6
9.
Surxondaryo viloyati
12
46
“Termiz”/3
“Ayritom”/12
“Surxonobod”1
“Termiz”/3
“Darband”/6
“Termiz daryo porti”/3
“Denov”/2
“Sariosiyo”/6
“Quduqli”/1
“Jarkoʻrgʻon”/3
“Gulbahor”/4
“Bobotogʻ”/2
10.
Sirdaryo viloyati
8
39
“Xovos”/4
“Sirdaryo”/9
“Sirdaryo”/6
“Sayxun”/4
“Malik”/4
“Guliston”/2
“Oqoltin”/4
“Xovosobod”/6
11.
Toshkent viloyati
17
106
“Chirchiq”/4
“Yallama”/12
“Bekobod”/1
“Olmaliq”/2
“Navoiy”/9
“Keles temir yoʻli”/9
“Yangiyoʻl”/4
“Gʻishtkoʻprik”/18
“Oʻzbekiston temir yoʻli”/2
“Bekobod”/1
“S. Najimov”/9
“Nazarbek”/8
“Oybek”/9
“Keles”/6
“Farhod”/6
“Angren”/2
“Bekobod avto”/4
12.
Fargʻona viloyati
10
53
“Qoʻqon”/3
“Ravot”/6
“Fargʻona”/6
“Kirguli”/2
“Andarxon”/9
“Margʻilon”/2
“Rishton”/4
“Vodiy”/3
“Fargʻona”/9
“Oʻzbekiston”/9
13.
Xorazm viloyati
6
37
“Urganch”/4
“Shovot”/9
“Urganch”/9
“Cholish”/3
“Doʻstlik”/9
“Mamakoʻpir”/3
14.
Toshkent shahri
13
72
“Arkbuloq”/5
“Toshkent temir yoʻl”/12
“Toshkent”/27
“Xalqaro pochtamt”/2
“Toshkent-yuk saroy” /4
“Sobir Rahimov”/2
“Sergeli”/2
“Hamza”/2
“Toshkent avia yuklar”/4
“Chuqursoy texnik idorasi”/4
“Chuqursoy”/5
“Chet el vakolatxonalari”/0
“Chuqursoy texnik nazorat” t.y./3
Jami
114
539
42
32
13
11
14
1
1
Izoh: Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori oʻsimliklar karantini chegara maskani (punkti)ning karantin ostidagi mahsulotlarning yuk oqimi jadalligiga qarab, xodimlarni oʻsimliklar karantini chegara maskanlariga biriktirish hamda Oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan oʻsimliklar karantini chegara maskanlari qoʻshimcha shtat birliklarini joriy qilish huquqiga ega.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 311-son qaroriga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida uchraydigan karantin ahamiyatga ega boʻlmagan zararli organizmlar
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 311-son qaroriga
51-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining oʻsimliklar karantini davlat inspektorlarining formali kiyim-boshlari va farqlash belgilari namunalari va tavsifi*
I. Yozgi mavsumiy formali kiyim-bosh
1. Erkaklar uchun formali kiyim-bosh:
a) old qismida kokardasi boʻlgan toʻq-yashil rangli kepka;
b) kalta yengli, koʻkrak choʻntaklari tugmali va nishonli, nashivkali (yozuvli), shevronli, yelka qismida tugma hamda tugma qadaladigan teshiklari boʻlgan och-yashil koʻylak;
v) toʻq-yashil shim;
g) shim uchun kamar;
d) qora rangli charm poyabzal.
2. Ayollar uchun formali kiyim-bosh:
a) old qismida kokardasi boʻlgan toʻq-yashil rangli kepka;
b) kalta yengli, koʻkrak choʻntaklari tugmali va nishonli, nashivkali (yozuvli), shevronli, yelka qismida tugma hamda tugma qadaladigan teshiklari boʻlgan och-yashil bluzka;
v) toʻq-yashil yubka;
g) qora rangli charm tufli.
II. Kuzgi va bahorgi mavsumiy formali kiyim-bosh
1. Erkaklar uchun formali kiyim-bosh:
a) old qismida kokardasi boʻlgan toʻq-yashil rangli kepka;
b) uzun yengli, koʻkrak choʻntaklari tugmali va nishonli, shevronli, yelka qismida tugma hamda tugma qadaladigan teshiklari boʻlgan och-yashil koʻylak;
g) bitta koʻkrak choʻntakli, yon tomonlari choʻntakli va nishonli, shevronli, yelka qismida tugma hamda tugma qadaladigan teshiklari boʻlgan toʻq-yashil rangli yengil kurtka;
d) toʻq-yashil rangli shim;
e) shim uchun kamar;
j) qora rangli charm poyabzal.
2. Ayollar uchun formali kiyim-bosh:
a) old qismida kokardasi boʻlgan toʻq-yashil rangli kepka;
b) uzun yengli, koʻkrak choʻntaklari tugmali va nishonli, shevronli, yelka qismida tugma hamda tugma qadaladigan teshiklari boʻlgan och-yashil rangli bluzka;
v) toʻq-yashil rangdagi boʻyinbogʻ;
g) bitta koʻkrak choʻntakli, yon tomonlari choʻntakli va nishonli, shevronli, yelka qismida tugma hamda tugma qadaladigan teshiklari boʻlgan toʻq-yashil rangli yengil kurtka;
d) toʻq-yashil rangli yubka;
e) qora rangli charm tufli.
III. Qishki mavsumiy formali kiyim-bosh
1. Erkaklar uchun formali kiyim-bosh:
a) orqa tomoni moʻyna (jun) bilan qoplangan, old qismida kokardasi boʻlgan toʻq-yashil rangdagi kepi;
b) uzun yengli, koʻkrak choʻntaklari tugmali va nishonli, shevronli, yelka qismida tugma hamda tugma qadaladigan teshiklari boʻlgan och-yashil rangli koʻylak;
g) yoqasida tugma qadaladigan teshiklari boʻlgan, yon tomonlari choʻntakli, shevronli, toʻq-yashil rangdagi kurtka;
d) yoqa qismi moʻynali, koʻkrak nashivka va shevronli, plashsifat issiq kurtka;
e) toʻq-yashil rangdagi issiq shim;
j) qora rangli etik.
2. Ayollar uchun formali kiyim-bosh:
a) orqa qismi moʻyna bilan qoplangan, old tomonida kokardasi boʻlgan toʻq-yashil rangdagi shlyapa;
b) uzun yengli, koʻkrak choʻntaklari tugmali va nishonli, shevronli, yelka qismida tugma hamda tugma qadaladigan teshiklari boʻlgan och-yashil rangli bluzka;
v) toʻq-yashil rangli boʻyinbogʻ;
g) yoqasida tugma qadaladigan teshiklari boʻlgan, yon tomonlari choʻntakli, shevronli, toʻq-yashil rangdagi kurtka;
d) yoqa qismi moʻynali, koʻkrak qismi nashivka va shevronli, plashsifat issiq kurtka;
e) toʻq-yashil rangdagi yubka;
j) qora rangli etik.
IV. Tantanali formali kiyim-bosh
1. Erkaklar uchun formali kiyim-bosh:
a) oltin rangli kakarda qadalgan toʻq-yashil rangdagi furajka;
b) uzun yengli, koʻkrak choʻntaklari tugmali va nishonli, shevronli, yelka qismida tugma va tugma qadaladigan teshiklari boʻlgan oq koʻylak;
g) yon va chap koʻkrak qismi choʻntakli, yoqasida tugma qadaladigan teshiklari boʻlgan, koʻkrak nishonli va shevronli toʻq-yashil rangli kurtka;
d) toʻq-yashil rangli shim;
e) qora rangli tufli.
2. Ayollar uchun formali kiyim-bosh:
a) oltin rangli kakarda qadalgan toʻq-yashil rangdagi shlyapa;
b) uzun yengli, koʻkrak choʻntaklari tugma va nishonli, shevronli, yelka qismida tugma hamda tugma qadaladigan teshiklari boʻlgan och-yashil rangli bluzka;
v) toʻq-yashil rangli boʻyinbogʻ;
g) yoqasida tugma qadaladigan teshiklari mavjud boʻlgan, yon tomonlari choʻntakli, shevronli, toʻq-yashil rangli kurtka;
d) toʻq-yashil rangli yubka;
e) qora rangli tufli.
V. Dala formali kiyim-bosh
Erkaklar va ayollar uchun formali kiyim-bosh:
a) old qismida kokardasi boʻlgan toʻq-yashil rangli kepka;
b) koʻkrak va yon tomonlarida choʻntaklari boʻlgan, shevronli toʻq-yashil rangdagi koʻylak;
v) yon tomonlarida, orqasida va tizzadan past qismida choʻntaklari boʻlgan toʻq-yashil rangli shim;
g) botinka.
VI. Formali kiyim-boshning farqlanuvchi belgilari
1. Kokarda
Oltin rangdagi yengil metalldan yasalgan bosh kiyim uchun kokardada qanotlari ochiq Humo qushi tasvirlangan, yuqori qismida mamlakat ramzi boʻlgan yarim oy tasviri tushirilgan, sakkiz qirrali yulduz va undagi kichik sakkiz burchakli yulduz aks ettirilgan. Humo qushining orqasida togʻlar, daryolar va gullagan vodiylar uzra koʻtarilayotgan quyosh tasvirlangan.
Pastki qismida markazda lotin harflarida “OʻZBEKISTON” deb yozilgan Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi tushirilgan.
Orqa tomonida ikkita metall qisqich oʻrnatilgan boʻlib, ular yordamida kokarda furajkaning oʻrtasiga oʻrnatiladi. Kokardaning markazi burun koʻprigi bilan bir qatorda joylashgan boʻlishi kerak.
2. Shevron
Formali kiyim-boshning chap yengida (yeng tikuvidan 120 mm masofada) 90x75 mm oʻlchamda, yashil rangdagi qalqon shakliga ega shevron mavjud.
Qalqon ichida davlat ramzlari — gerb va uning atrofida Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi tasvirlangan. Qalqonning yuqori qismida lotin harflari bilan “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI” yozuvi, qalqonning pastki qismida lotin harflari bilan “OʻSIMLIKLAR KARANTINI VA NIMOYASI AGENTLIGI” yozuvi mavjud. Qalqonning pastki qismida oʻzaro kesishgan bugʻdoy boshoqlari aks ettirilgan.
Shevron matoga tushirilgan holda tayyorlanadi. Shevron matosi toʻq-yashil rangda.
3. Koʻkrak nishoni
Koʻkrak nishoni metalldan yasalgan boʻlib, yashil rangdagi qalqon shaklida ishlangan. Qalqonning markazida qanotlari ochiq Humo qushi va uning yuqori qismida yarim oy hamda kichik sakkiz qirrali yulduz tasviri tushirilgan sakkiz qirrali yulduz joylashtirilgan.
Qalqonning yuqori qismida lotin yozuvida “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI” yozuvi, qalqon perimetri boʻylab lotin harflarida “OʻSIMLIKLAR KARANTINI VA NIMOYASI AGENTLIGI” yozuvi aks ettirilgan.
Koʻkrak nishoni formaning chap koʻkrak choʻntagiga qadaladi.
4. Nashivka
Oʻsimliklar karantini inspektorining familiyasi va ismining bosh harfi 125x25 mm li toʻgʻri burchakli, atrofi qora, yozuvi tilla rangli ip bilan lotin harflarida tikiladi.
125x40 mm oʻlchamdagi xuddi shunday ip bilan ishlov berilgan yozuv koʻkrak qismidagi chap choʻntakka aks ettirilgan boʻlib, oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati emblemasi shevronda va lotin harflarida “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” degan ikki qatorli yozuv joylashtiriladi.
Tugma teshigi yon tomonlari 35x75 mm boʻlgan toʻrtburchak shaklda.
Tugma teshigi asosi zich yumshoq matodan tikilgan, tugma teshigining asosiy maydoni toʻq-yashil boʻlib, unga “UZ” belgisi yopishtiriladi.
Petlitsaning cheti 4 mm kenglikda boshoq shaklida oltin rangli ipda tikilgan.
Izoh. *Inspektorni formali kiyim-bosh va farqlash belgilari hamda oyoq kiyimlari bilan taʼminlash xarajatlari Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining Oʻsimliklar karantini tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati inspektorining formali kiyim-boshni kiyib yurishi va farqlash belgilarini taqishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi direktori tomonidan tasdiqlanadi.
(51-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 31-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2024-y., 09/24/31/0040-son)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 311-son qaroriga
6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida”gi Nizomni va “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasining Oʻsimliklar karantini tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 31-yanvardagi 68-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻsimliklar karantini sohasida monitoring yuritish va fitosanitar dala nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 22-yanvardagi 32-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi.