Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.2023
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI Davlat statistika qoʻmitasining
Qarori
“2022-yil uchun statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 19-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3334-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2022-yil 16-noyabrdagi 23-mb-sonli “Statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3401, 12.12.2022-y.) asosan 2023-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi PQ-20-son “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida dehqon xoʻjaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2021-yil 11-oktabrdagi 10-mb-son “2022-yil uchun statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3334, 2021-yil 25-noyabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2021-y., 10/21/3334/1096-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais B. BEGALOV
Toshkent sh.,
2022-yil 20-aprel,
17-mb-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2022-yil 20-apreldagi 17-mb-son qaroriga
ILOVA
“2022-yil uchun statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1. 1-banddagi “109” raqami “110” raqami bilan almashtirilsin.
2. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchaning ilovasiga muvofiq tahrirdagi 110-ilova bilan toʻldirilsin.
“2022-yil uchun statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchaga
ILOVA
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “yoshlar daftari”da roʻyxatda turgan ehtiyojmand oilalarga (bundan buyon matnda roʻyxatda turganlar deb yuritiladi) ochiq elektron tanlov asosida ijaraga berilgan yer uchastkalarida tashkil etilgan dehqon xoʻjaliklarining qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida hisobot (110-ilova)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2022-y., 10/22/3334-1/0439-son)