1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Respublikada goʻsht, jun va sut yoʻnalishidagi mayda shoxli mollarni koʻpaytirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Respublikada qoʻy va echkichilikni yanada rivojlantirish, tarmoq ozuqa bazasini koʻpaytirish, ushbu yoʻnalishdagi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, aholi tomonidan chorvachilik xoʻjaliklari va chorva mahsulotlarini qayta ishlovchilar bilan hamkorlikda oʻz xonadonlarida mayda shoxli mollarni boqishni tashkil etish maqsadida:
1. Quyidagilar:
2022-2023-yillarda respublika hududiga olib kiriladigan qoʻy va echkilar soni boʻyicha prognoz parametrlar 1-ilovaga muvofiq;
2022-2023-yillarda mayda shoxli mollar uchun ozuqa ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish boʻyicha prognoz parametrlar 2-ilovaga muvofiq;
2022-2023-yillarda hududlarda goʻsht, jun va sutni qayta ishlash hamda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha prognoz parametrlar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “Qorakoʻlchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4984-son qarori asosida ajratilgan mablagʻlarni oʻzlashtirish boʻyicha quyidagi tartib belgilansin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]
a) mazkur mablagʻlar tijorat banklari tomonidan Markaziy bankning asosiy stavkasiga 4 foizlik bank marjasini qoʻshish orqali hisoblanadigan stavka boʻyicha kreditlar sifatida ajratiladi;
b) ushbu kreditlar quyidagi shartlarda ajratiladi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
tadbirkorlik subyektlariga xorijdan goʻsht, jun va sut yoʻnalishidagi qoʻy va echkilar xarid qilish uchun — 5 yil muddatgacha, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
tadbirkorlik subyektlariga ularning ozuqa sexlari (granulyator)ni, goʻsht, jun va sut mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish boʻyicha loyihalarini moliyalashtirish uchun — 10 yil muddatgacha, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yaylovlarda chorva mollarining suvga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun suv chiqarish (quduqlar burgʻilash yoki mukammal taʼmirlash) va suv inshootiga resurs tejamkor uskunalar oʻrnatish uchun — 5 yil muddatgacha, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
3. Moliya vazirligi qoʻy va echki bosh sonini koʻpaytirish hamda aholining bandligini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan 2022-yil 15-mayga qadar 30 milliard soʻm miqdoridagi kredit resurslarini 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga tijorat banklariga 10 foiz stavkada ajratsin.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
Bunda, mazkur mablagʻlar tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga qoʻy va echki xarid qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-55-son qarorida belgilangan tartib boʻyicha kredit sifatida ajratiladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-iyundagi “Respublikada qoʻlda toʻqilgan gilamchilik sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4759-son qaroriga muvofiq Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjaliklarga ular tomonidan qoʻlda gilam toʻqishga ixtisoslashgan hunarmandlar va tashkilotlarga sotilgan har bir kilogramm “merinos” zotli qoʻy va “angor” zotli echkilarning juni uchun ikki ming soʻmdan subsidiyalar ajratilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Belgilansinki, mazkur subsidiyalar:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan beriladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.17.00 Xalq badiiy hunarmandchiligi]
xonadonida chorva boquvchi aholiga ular tomonidan junni qayta ishlashga ixtisoslashgan hunarmandlar va tashkilotlarga sotilgan barcha zotdagi qoʻy va echkilarning har bir kilogramm juni uchun ajratiladi.
5. Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi, Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasi va uning Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi “Qorakoʻl” hududiy uyushmalarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-martdagi “Qorakoʻlchilik sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3603-son qaroriga asosan Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi “Qorakoʻl” uyushmalarining AT “Xalq banki” filiallarida ochilgan maxsus hisob raqamlar shaklidagi Qorakoʻlchilikni rivojlantirish jamgʻarmalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-avgustdagi “Qorakoʻlchilik tarmogʻini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4420-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Qorakoʻlchilikni rivojlantirish jamgʻarmasiga qoʻshish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Bunda, AT “Xalq banki” va Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlari “Qorakoʻl” hududiy uyushmalari bir oy muddatda AT “Xalq banki” filiallarida Qorakoʻlchilikni rivojlantirish jamgʻarmalari bilan bogʻliq pul oʻtkazmalarini Qorakoʻlchilikni rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazib berish choralarini koʻrsin va ushbu mablagʻlar hisobidan kreditlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-avgustdagi “Qorakoʻlchilik tarmogʻini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4420-son qarorining 8-bandida nazarda tutilgan tartibda ajratilishiga ruxsat berilsin.
6. Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi va Moliya vazirligining ipak qurti urugʻi, tut koʻchatlari va pilla yetishtirish, pillani qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda qorakoʻlchilik bilan shugʻullanayotgan subyektlar, qorakoʻlchilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari va qorakoʻlchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun koʻzda tutilgan soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar uzaytirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Soliq va Bojxona kodekslariga mazkur banddan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari hamda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi raisi B.Q. Sharipov belgilansin.
Ushbu qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 26-aprel,
PQ-224-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi PQ-224-son qaroriga 1-ILOVA
2022-2023-yillarda respublika hududiga olib kiriladigan qoʻy va echkilar soni boʻyicha
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi PQ-224-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi “Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2841-son qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisidan “va uning oʻrinbosarlari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2856-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining raisi muassislar umumiy yigʻilishining qarori bilan saylanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimiga tasdiqlanadi hamda maqomiga koʻra vazirga tenglashtiriladi. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi raisining oʻrinbosarlari “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi raisi tomonidan lavozimiga tayinlanadi”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-avgustdagi “Qorakoʻlchilik tarmogʻini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4420-son qarorining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasining Jamgʻarmaga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻni tijorat banklari orqali qorakoʻlchilik subyektlariga 5 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan, yillik 5 foiz (shundan 4 foiz bank marjasi) stavkada kredit sifatida ajratish haqidagi taklifi maʼlumot uchun qabul qilinsin”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-iyundagi “Respublikada qoʻlda toʻqilgan gilamchilik sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4759-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisida “Oʻzbekchorvanasl” agentligi” soʻzlari “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “Qorakoʻlchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4984-son qarorining 2-bandida:
a) birinchi xatboshidagi “Turonbank” ATBga” soʻzlari “tijorat banklariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Tijorat banklari mazkur bandga asosan ajratiladigan mablagʻlarni “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” uyushmasi (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) aʼzolariga 5 yil muddatgacha, shu jumladan uch yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasiga 4 foizlik bank marjasini qoʻshish orqali hisoblanadigan stavka boʻyicha kredit sifatida quyidagi maqsadlarga taqdim etilishini taʼminlasin:”;
v) toʻqqizinchi xatboshidagi “Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi “Turonbank” ATB” soʻzlari “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi tijorat banklari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 07/22/224/0349-son; 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son)