Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirining
Buyrugʻi
QMQ 3.03.01-98 “Yuk koʻtaruvchi va toʻsuvchi konstruksiyalar” qurilish normalari va qoidalariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 7-aprelda hisobga olindi, hisob raqami 73]
(Texnik xujjatlar)
1. QMQ 3.03.01-98 “Yuk koʻtaruvchi va toʻsuvchi konstruksiyalar” qurilish meʼyorlari va qoidalariga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2022-yil 10-mart,
34-son
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2022-yil 10-martdagi 34-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
QMQ 3.03.01-98 “Yuk koʻtaruvchi va toʻsuvchi konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. 1.1-bandda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“avtoklavli silikatli gazabeton bloklardan foydalangan holda konstruksiyalarni koʻtarishda qurilish ishlarini olib borish;”;
ikkinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. 2-bob quyidagi mazmundagi paragraf bilan toʻldirilsin:
“Avtoklavli silikatli gazabeton
2.71. Konstruksiyalarni tayyorlash uchun ishlatiladigan konstruktiv va issiqlik izolatsion xususiyatli avtoklavli gʻovak beton bloklar GOST 31359 hamda ShNQ 3.03.09 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
2.72. Avtoklavli gʻovak betonning zichligi GOST 27005 ga muvofiq aniqlanadigan va nazorat qilinadigan oʻrtacha zichlik boʻyicha markasi bilan tavsiflanadi.
2.73. Oʻrtacha zichlik boʻyicha bloklarning markasi D 600 dan yuqori boʻlmasligi kerak va GOST 31360 talablariga muvofiq belgilanadi.
2.74 .Avtoklavli gʻovak betonning mustahkamligi GOST 18105 ga muvofiq aniqlangan siqilishga boʻlgan mustahkamlik boʻyicha sinflari (V1,5; V2; V2,5; V3,5; V5, V7,5) bilan tavsiflanadi.
2.75. Aniq oʻziga xos xususiyatlarga ega maʼlum bir ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqariladigan avtoklavli gʻovakli beton mahsulotlarini egilishga ishlaydigan konstruksiyalarga hisoblashda, boshlangʻich elastiklik modulini tadqiqotlar orqali aniqlash tavsiya etiladi.
2.76 . Gʻovakli betonlarni sovuqqa bardoshliligi markasini ketma-ket muzlatish va eritish orqali aniqlash GOST 31359 ga asosan amalga oshiriladi.
Gʻovakli betonning sovuqqa bardoshliligi u qoʻllanilgan konstruksiyaning ekspluatatsiya sharoitiga va loyiha qilinayotgan hududning tashqi havo haroratiga bogʻliq holda tegishli QMQlar hamda tashqi devorlarda foydalanish uchun moʻljallanganda F25 dan hamda boshqa maqsadlar uchun F15 dan past boʻlmasligi kerak.
2.77. Avtoklavli gʻovakli betondan barpo etilgan devorning hisobiy namligi va namlik rejimi, devor konstruksiyasidagi joylashishiga va ekspluatatsiya sharoitiga bogʻliq holda aniqlanadi.
Bir qatlamli tashqi devor va devor qoplamalarida, betonning hisobiy namligi ekspluatatsiya A-sharoitda QMQ 2.01.01ga asosan ogʻirligining 4 %, B-sharoitda ogʻirligining 5% etib qabul qilinadi va ruxsat etiladi.”.
3. 6-bob quyidagi mazmundagi paragraf bilan toʻldirilsin:
“Silikatli gazabetonli bloklardan iborat devorlar
6.22. Namlik rejimi yuqori boʻlgan xonalarning devorlarida, yertoʻlaning tashqi devorlarida, tsokol qavatlarida, shuningdek betonning namligi yuqori yoki agressiv taʼsirlar mavjud joylarda avtoklavli gʻovakli betonlarni qoʻllash va namdan himoya qilishga ShNQ 3.03.09 ga asosan ruxsat etiladi.
6.23. Ekspluatatsiyadagi devorlar namlikning sorbsion zonasidan ShNQ 3.0.3.09 talablari boʻyicha himoyalanishi kerak.
6.24. Bloklardan tashkil topgan devor elementlarining yuk koʻtarish qobiliyatini hisoblash ShNQ 3.03.09 boʻyicha va yoriqlar paydo boʻlishiga deformatsion hisoblar QMQ 2.03.02 talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
6.25. Bloklar loyiha koʻrsatmasi va GOST 31360 ga muvofiq qoʻllanilishi kerak. Ekspluatatsiyadan oldin pardozlash qatlamini tekislash talab etilmaydigan devorlarni barpo qilishda qoʻllaniladigan bloklarning qirilish, shikastlanish va yorilish koʻrsatkichlari GOST 31360 ga muvofiq boʻlishi kerak.
6.26. Avtoklavli gʻovakli betonlar orasidagi suvoq qatlamini yuqa qilib terish tavsiya etiladi. Suvoq qatlamining hisobiy qalinligi gorizontal va vertikal choklarda 2±1 mm qalinlikda qoʻllaniladi. Konstruksiyadagi yupqa suvoq qatlamining amaldagi qalinligi 0.5 mm dan kichik, 3 mm dan koʻp boʻlmasligi kerak.
Devor choklarining qalinligi 3 mm dan koʻp boʻlganda devor mustahkamligini aniqlashda suvoq mustahkamligi hisobga olinishi kerak.
6.27. Yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarni qurishda qoʻllaniladigan avtoklavli gʻovakli gazabetonli bloklar issiqlik himoya konstruksiyalari sifatida qoʻllanilganda mustahkamlik sinfi boʻyicha V1,5 dan kam boʻlmagan holda tayyorlanishi kerak.
Suvoq markasi chokining hisobiy qalinligi 12 mm boʻlganda hamda uning markasi esa M50 dan kam boʻlganda, shuningdek betonning siqilishga mustahkamlik sinfi V2,5dan past boʻlmasligi, shu bilan birga V3,5 da M100 dan kam boʻlmasligi tavsiya qilinadi.
Suvoqning siqilishga mustahkamligi yupqa chokli terimlarda tavsiflanmaydi.”.
4. 7-bob quyidagi mazmundagi 7.341-band bilan toʻldirilsin:
“7.341. Tarzlarni fibrotsementli panellar bilan qoplash osib qoʻyish texnologiyasi orqali amalga oshiriladi.
Sokol tarnovlarini oʻrnatishga boʻlgan talablar quyidagilardan iborat:
poydevorni namlikdan himoyalashda, tsokol tarnovlarini otmostkadan 5-10 sm balandlikda oʻrnatish;
klaymerlarning pastgi qatorini tarnov ostida panel bilan asosni fiksatsiya qilib oʻrnatish;
klaymerlarni vertikal yoʻnalishda mahkamlash;
choklangan vertikal planka panellarning toʻgʻri joylashuvini taʼminlagan holda vertikal satxga mos ravishda qotirish.”.