1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
“Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, shuningdek, notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya qilinishi ustidan nazorat faoliyatini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 228-moddasiga muvofiq notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari amalga oshirishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — adliya organlari) tomonidan davlat notarial idoralar notariuslari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat faoliyatini tashkil etish va oʻtkazish tartibi;
adliya organlari tomonidan tasdiqlangan yillik (choraklik) ish rejasiga muvofiq notariuslar faoliyatini har uch yilda bir marta rejali tekshirish tartibi;
adliya organlari tomonidan notariuslar faoliyatini reyd (har yili kamida bir marta), “sirli mijoz” va xizmat tekshiruvi (zaruratga qarab) koʻrinishidagi qisqa muddatli tekshirish tartibi;
adliya organlari tomonidan notariuslar faoliyatini “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi va adliya organida mavjud boʻlgan boshqa hujjatlarni muntazam oʻrganish, tahlil qilish va umumlashtirish orqali amalga oshiriladigan kameral tekshirish tartibi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 27-iyul,
464-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-son qaroriga 1-ILOVA
Notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — adliya organi) tomonidan davlat notarial idoralari notariuslari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar (keyingi oʻrinlarda — notariuslar) tomonidan notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga, shu jumladan, notariuslar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, notarial harakatlar maxfiyligiga va notarius qasamyodiga rioya qilinishi yuzasidan tekshirishlar oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Ushbu Nizom notarius faoliyatini boshqa huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan qonunda belgilangan tartibda oʻtkaziladigan nazorat hamda tekshirish tadbirlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Notariuslarning notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etishi ustidan nazorat qilish notariuslarni rejali tekshirish, qisqa muddatli tekshirish va kameral tekshirish orqali amalga oshiriladi.
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
rejali tekshirish — adliya organi tomonidan tasdiqlangan yillik (choraklik) ish rejasiga kiritilgan va har uch yilda bir marta oʻtkaziladigan nazorat shakli;
qisqa muddatli tekshirish — notariuslar faoliyati adliya organi tomonidan reyd, “sirli mijoz” hamda xizmat tekshiruvi tarzida amalga oshiriladigan nazorat shakli;
kameral tekshirish — adliya organi tomonidan oʻzi joylashgan manzil boʻyicha notariuslarning notarial harakatlarni rasmiylashtirishda qonunchilikka rioya etilishini “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi (keyingi oʻrinlarda — Tizim) maʼlumotlar hamda adliya organida mavjud boʻlgan notarius faoliyatiga oid boshqa hujjatlarni oʻrganish, tahlil qilish va umumlashtirish orqali amalga oshiriladigan nazorat shakli.
2-bob. Nazorat tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi
4. Nazorat tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari hamda topshiriqlari;
adliya organlari yillik (choraklik) ish rejalari;
notariusdan olingan maʼlumotlar tahlili;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
Tizimdagi maʼlumotlar tahlili;
ommaviy axborot vositalarida berilgan yoki Internet jahon axborot tarmogʻida, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan (kelib tushgan) qonunbuzilish holatlari haqida axborot beruvchi xabarlar va maʼlumotlar;
boshqa tashkilotlardan olingan maʼlumotlar.
5. Nazorat tadbirlari adliya organi rahbarining buyrugʻi asosida amalga oshiriladi, kameral tekshirish oʻtkazish bundan mustasno.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nazorat tadbirini oʻtkazishni oʻzining quyi turuvchi tarkibiy boʻlinmalariga yuklashga haqli.
Nazorat tadbiri Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi bilan birgalikda oʻtkazilishi mumkin.
6. Nazorat tadbiri oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq qabul qilinganidan soʻng, navbatdagi ish kunidan kechiktirmasdan bu haqda adliya organi nazorat tadbiri oʻtkaziladigan notarius(lar)ni yozma yoki elektron ravishda xabardor qilishi lozim, bundan reyd va “sirli mijoz” koʻrinishidagi nazorat tadbirlarini oʻtkazish hollari mustasno.
Xabarnoma (xat)da nazorat tadbiri oʻtkazish uchun asos, tekshiriladigan notarius familiyasi, ismi, otasining ismi, u faoliyat yuritayotgan notarial okrug nomi, tekshirish nazarda tutilgan davr oraligʻi, yoʻnalish yoki holat va uni oʻtkazish muddati, ishchi guruh tarkibi koʻrsatilishi zarur.
Xabarnomaga namunaviy savolnoma ilova qilinadi.
7. Ishchi guruh nazorat tadbirini oʻtkazishda:
notarial idora binosiga kirish, notarial harakatlarning maxfiyligi va qonun bilan qoʻriqlanadigan maʼlumotlarni sir saqlash tartibiga rioya qilish sharti bilan nazorat tadbirini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va materiallar bilan tanishish, Tizimdan foydalanishga;
notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan Tizimdagi maʼlumotlarni tahlil qilishga;
nazorat tadbiri oʻtkazish va tahlil davomida aniqlangan holatlarga aniqlik kiritish maqsadida bitim, ariza va boshqa hujjatlar ishtirokchilari bilan suhbat oʻtkazishga, qonunchilik hujjatlarining buzilishi holatlari yuzasidan ulardan ogʻzaki va yozma tushuntirishlar talab qilish va olishga haqlidir.
Ishchi guruh reyd oʻtkazilayotgan vaqtda yuqoridagilarga qoʻshimcha ravishda:
notarius faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan zarur hujjatlar va boshqa axborotlarni talab qilish, lozim boʻlganda ulardan nusxalar olish;
reyd oʻtkazilayotgan vaqtda kuzatuv (video) moslamalari va video tasvirga tushiruvchi boshqa qurilmalardan foydalanish;
notarial idora binosida oʻrnatilgan kuzatuv (video) moslamalaridagi yozuvlarning arxivini kunning maʼlum bir qismi yoki aniq bir soat boʻyicha koʻzdan kechirish va nusxa olish huquqlariga ega.
Ishchi guruh aʼzolari nazorat tadbiri oʻtkazilayotgan notariusdan barcha hujjatlarni olishga haqli.
Ishchi guruh qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
8. Ishchi guruh quyidagilarga majburdir:
nazorat tadbiri oʻtkazish huquqini beruvchi barcha zarur hujjatlar nusxalarini nazorat tadbiri oʻtkazilayotgan notariusga taqdim etish;
nazorat tadbirini savolnoma asosida olib borish;
nazorat tadbirini toʻliq, sifatli va xolisona oʻtkazish;
nazorat tadbiri oʻtkazish vaqtini tekshirish oʻtkazilayotgan notarius ish vaqti bilan muvofiqlashtirish;
nazorat tadbiri oʻtkazilayotgan notarial idora xodimlariga nisbatan muomala madaniyatini saqlash, ular bilan xolis, prinsipial va kasb etikasi talablaridan kelib chiqib muomala qilish;
nazorat tadbiri davomida oʻzlariga maʼlum boʻlgan xizmat va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etmaslik;
nazorat tadbiri davomida notariusdan foydalanish uchun olingan hujjatlar va materiallarni but saqlanishini hamda tekshirish yakunlangandan soʻng qaytarilishini taʼminlash;
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik, manfaatlar toʻqnashuvi, tovlamachilik va shu kabi boshqa salbiy holatlarga yoʻl qoʻymaslik.
Ishchi guruh qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻz zimmasiga boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
9. Ishchi guruh rahbari nazorat tadbiri oʻtkazish davomida quyidagi vazifalarni bajarishi shart:
ishchi guruh aʼzolarining bir-biri bilan uzviy aloqadorligi va birligini taʼminlash, ularga uslubiy rahbarlik qilish;
ishchi guruh aʼzolari tomonidan nazorat tadbiri davomida mansab suiisteʼmolligiga yoʻl qoʻyilishining oldini olish, nazorat tadbirining xolisona oʻtkazilishini taʼminlash;
nazorat tadbiri natijasini umumlashtirish, tahlil qilish hamda uning muhokamasini tashkil qilish;
ishchi guruh aʼzolarining mazkur Nizom talablariga qatʼiy rioya etishini nazorat qilish.
1-§. Rejali tekshirish oʻtkazish tartibi
10. Rejali tekshirish adliya organi rahbari buyrugʻi bilan tasdiqlangan yillik (choraklik) ish rejasiga muvofiq mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan namunaviy shakldagi savolnoma asosida oʻtkaziladi.
11. Rejali tekshirish jarayonida notarius tomonidan notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga, shu jumladan, litsenziya talablari va shartlariga, notarial harakatlar maxfiyligiga va notarius qasamyodiga rioya qilinishi oʻrganiladi.
12. Notariuslar ish faoliyatida rejali tekshirish uch yilda bir marta oʻtkaziladi.
Notarius ish faoliyatini dastlabki tekshirish u ish faoliyatini boshlaganidan bir yil oʻtgandan soʻng amalga oshiriladi.
13. Rejali tekshirish muddati bir notarius faoliyatini oʻrganish uchun besh ish kunidan oshmasligi shart.
Tekshirish oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh rahbarining asoslantirilgan bildirgisiga muvofiq ushbu muddat qoʻshimcha besh ish kuniga qadar adliya organi tomonidan uzaytirilishi mumkin.
14. Rejali tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruqda bir nechta notariuslar faoliyatini tekshirish belgilangan boʻlsa, ularning barchasining faoliyati toʻliq tekshirilishi shart.
Ayrim sabablarga koʻra, buyruqda koʻrsatilgan notarius faoliyatida tekshirish oʻtkazilmaganda, bu haqda alohida dalolatnoma tuzilib, tekshirish ustidan nazorat qiluvchi rahbarga darhol xabar qilinishi lozim.
Bunda tekshirish oʻtkazilmagan notarius faoliyati tekshirish oʻtkazilishiga toʻsqinlik qiluvchi sabablar bartaraf etilganidan soʻng tekshiriladi.
15. Ishchi guruh aʼzolariga tekshirish oʻtkazish uchun tegishli hudud va binoga kirishga toʻsqinlik qilinganda yoki tegishli hujjatlar taqdim etilmaganda bu haqda ishchi guruh tomonidan tekshirish oʻtkaziladigan notarius ishtirokida dalolatnoma tuziladi va ular tomonidan imzolanadi.
Notarius dalolatnomani imzolashdan bosh tortganda, bu haqda dalolatnomada qayd etiladi.
16. Ishchi guruh rahbari shu kunning oʻzida tuzilgan dalolatnomani ilova qilgan holda rejali tekshirishni tayinlagan adliya organi rahbariga bildirgi taqdim etadi. Adliya organi rahbari bildirgi asosida ikki kun muddatda tekshirish oʻtkazishga toʻsqinlik qilgan notarius litsenziyasining amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish masalasini koʻrib chiqish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalariga (keyingi oʻrinlarda — malaka komissiyasi) taqdimnoma kiritadi.
17. Tekshirish oʻtkazishga vazirliklar, idoralar va ularning hududiy boʻlinmalari, ilmiy va taʼlim muassasalari hamda boshqa tashkilotlar vakillari mutaxassis sifatida jalb qilinishi mumkin.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Mutaxassis adliya organi rasmiy xati asosida jalb qilinadi.
18. Ishchi guruh tomonidan rejali tekshirish yakuni boʻyicha maʼlumotnoma tuziladi.
19. Agarda tekshirish davomida qonunbuzilish holatlari aniqlanmasa, bu haqda maʼlumotnomada qayd etiladi.
20. Maʼlumotnoma ikki nusxada tuzilib, ularning har biri ishchi guruh rahbari va aʼzolari tomonidan imzolanadi, tekshirish oʻtkazilgan notariusga tanishtiriladi va bir nusxasi unda qoldiriladi.
Maʼlumotnomaga tahliliy maʼlumotlar va tegishli notarial harakatlar nusxalari ilova qilinishi mumkin.
Tekshirish oʻtkazilgan notarius maʼlumotnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bu haqda ishchi guruh tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi va u maʼlumotnomaga ilova qilinadi.
Bu holatda, maʼlumotnomaning bir nusxasi tekshirish oʻtkazilgan notariusga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.
Notarius maʼlumotnoma yuzasidan fikr va eʼtirozlarini ushbu maʼlumotnomani olgan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay nazorat tadbirini oʻtkazgan adliya organiga yozma shaklda taqdim etishi lozim.
21. Rejali tekshirish yakunlari boʻyicha kamchiliklar aniqlangan taqdirda, adliya organi notarius (lar)ga tegishli choralar koʻrish uchun oʻn kun muddatda tegishli malaka komissiyasiga taqdimnoma kiritadi.
Xizmat zarurati tufayli tekshirish hujjatlari va materiallari huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborilganda, ularning nusxasi olib qolinishi va saqlanishi shart.
2-§. Qisqa muddatli tekshirish oʻtkazish tartibi
22. Qisqa muddatli tekshirish reyd, “sirli mijoz” va xizmat tekshiruvi koʻrinishida amalga oshiriladi.
Qisqa muddatli tekshirish yakunlari boʻyicha kamchiliklar aniqlangan taqdirda, adliya organi notarius (lar)ga tegishli choralar koʻrish uchun oʻn kun muddatda tegishli malaka komissiyasiga taqdimnoma kiritadi.
23. Reyd oʻtkazish orqali tekshirishda adliya organi buyrugʻi bilan tuzilgan ishchi guruh tomonidan notariuslarning oʻz faoliyati davomida qonunchilik hujjatlariga, mehnat va ijro intizomiga, Notariuslarning kasb etikasi qoidalariga rioya etilishi toʻsatdan joyiga chiqqan holda oʻrganiladi.
24. Reyd tadbiri adliya organi rahbarining buyrugʻiga asosan amalga oshiriladi.
Reyd tadbirini oʻtkazish muddati bir ish kuni etib belgilanadi.
25. Har bir notariusning faoliyati hisobot yili davomida kamida bir marotaba reyd oʻtkazish orqali tekshiriladi.
Reyd tadbiri davomida notariuslarning uch kunlik amalga oshirgan ishlari tanlov asosida oʻrganilishi mumkin.
26. Notariuslar faoliyatida oʻtkaziladigan reyd tadbirlariga lozim boʻlgan taqdirda, reyd tadbirini oʻtkazayotgan adliya organi rahbarining ruxsati bilan tegishli mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
27. Reyd tadbiri mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan namunaviy shakldagi savolnoma asosida oʻtkaziladi. Savolnomada koʻrsatib oʻtilgan har bir masala yuzasidan aniqlangan holatlar reyd natijasi boʻyicha tuzilgan dalolatnomada aks ettirilishi lozim.
28. Notarius faoliyatida reyd tadbirlari ish vaqti davomida oʻtkaziladi. Bunda notarius tomonidan fuqarolarga huquqiy xizmat koʻrsatish toʻxtatib qoʻyilmasligi lozim.
29. Notarius tegishli hujjatlarni ishchi guruhga soʻralgan vaqtda taqdim etilishini taʼminlashi lozim.
30. Faoliyatida reyd oʻtkazilayotgan notarius quyidagi huquqlarga ega:
reyd oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq bilan tanishish;
reyd natijalari boʻyicha rasmiylashtirilgan dalolatnomaga nisbatan oʻzining eʼtirozlarini yozma tarzda bildirish.
Notarius qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
31. Faoliyatida reyd oʻtkazilayotgan notarius quyidagilarga majbur:
ishchi guruhga tekshirish oʻtkazish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish;
reyd oʻtkazish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan zarur hujjatlarni, koʻchirma nusxalarni va boshqa axborotlarni taqdim etish;
ishchi guruhning tekshirish oʻtkazishiga toʻsqinlik qilmaslik;
ishchi guruh aʼzosining xizmat vazifalarini bajarishiga nisbatan har qanday taʼsir oʻtkazmaslik;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.
32. Reyd natijasi yuzasidan tekshirish oʻtkazilgan joyning oʻzida dalolatnoma rasmiylashtiriladi va reyd oʻtkazgan shaxslar tomonidan imzolanadi hamda tekshirish oʻtkazilgan notariusga tanishtiriladi.
Notarius dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, u ishchi guruhga asoslantirilgan fikr va eʼtirozlari bayon etilgan tushuntirish xatini taqdim etishi shart.
Notarius tushuntirish xati yozishdan bosh tortgan taqdirda, ishchi guruh tomonidan bu haqda dalolatnomada tegishli yozuv qayd etiladi.
33. Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi va bir nusxasi reyd davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf qilish hamda ularga kelgusida yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun notariusda qoldiriladi.
34. Xizmat zarurati tufayli tekshirish hujjatlari va materiallari huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborilganda, ularning nusxasi olib qolinishi va saqlanishi shart.
35. “Sirli mijoz” tadbiri adliya organi rahbarining buyrugʻiga asosan muntazam ravishda oʻtkaziladi.
36. “Sirli mijoz” tadbiri quyidagi hollarda oʻtkaziladi:
notarial harakatlarning sifati va tezkorligi adliya organida shubha uygʻotganda, ushbu sohada huquqbuzarliklar sodir etilayotganligi haqidagi maʼlumotlarga aniqlik kiritish zarurati tugʻilganda;
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqiy xizmat koʻrsatish jarayonidan noroziligi haqidagi murojaatlari kelib tushganda.
37. “Sirli mijoz” tadbiriga adliya organining masʼul xodimlari, shuningdek fuqarolar va yuridik shaxslarning oʻz ixtiyoriga koʻra jamoatchilik asosida ishtirok etishga rozilik bergan vakillari jalb qilinishi mumkin.
Yuridik shaxs vakilining tekshirish jarayonidagi vakolati chegarasi, tekshirish oʻtkazishning tartibi, shartlari va muddatlari adliya organi bilan tuziladigan shartnomada belgilanadi.
Shartnomaga asosan “Sirli mijoz” tadbirini oʻtkazishga jalb qilingan fuqarolar va yuridik shaxs vakillari tekshirish natijasida olingan maʼlumotlarni adliya organi rahbarining ruxsatisiz oshkor qilishi taqiqlanadi.
38. “Sirli mijoz” tadbirini oʻtkazish uchun bir ish kuni, davomli notarial harakatlar uchun — ushbu harakatning oxirgi kuniga qadar muddat belgilanadi.
39. “Sirli mijoz” sifatida jalb qilingan fuqaro yoki yuridik shaxs vakili huquqiy xizmat koʻrsatilishini soʻrab notariusga murojaat qiladi.
“Sirli mijoz”ning vazifasi notarial idoraga fuqaro (mijoz) sifatida borish, oʻziga maʼlum bir xizmatni koʻrsatilishini soʻrash, tegishli xizmat koʻrsatilishidan oldin imkon darajasida idora ish faoliyatini kuzatish hisoblanadi.
“Sirli mijoz” tadbirini oʻtkazish davomida:
bino atrofi va xonalarning tozaligi;
xizmat koʻrsatish sifati va tezkorligi;
xizmat koʻrsatish vaqtida muomala va kiyinish madaniyatiga rioya etilishi;
Notariuslarning kasb etikasi qoidalariga amal qilinishi;
stress vaziyatlarda xodimlarning fuqarolar bilan qanday munosabatda boʻlishi;
notariusning bilim darajasi;
notariusning korrupsion holatlariga moyilligi;
notarius tomonidan xizmat koʻrsatish jarayonida qonunchilik hujjatlariga lozim darajada rioya etilmayotganligi (masalan, xizmat koʻrsatilishi uchun ortiqcha hujjatlar soʻrashi yoki aksincha zarur boʻlgan hujjatlarni talab qilmasligi) holatlari oʻrganiladi.
40. “Sirli mijoz” tadbirini oʻtkazishda yashirin diktofon yoki video kuzatuv moslamalaridan foydalanilishi mumkin.
Ushbu moslamalar yordamida yozib olingan maʼlumotlar adliya organi tomonidan toʻliq qabul qilib olinadi va ulardan mazkur Nizomda koʻrsatilgan hollardan tashqari boshqa maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
41. “Sirli mijoz” tadbirini oʻtkazish jarayonida notariusni huquqbuzarliklar sodir etishga ogʻdirish va undash, shu jumladan nizoli, bahsli holatlarni va kamchiliklarni sunʼiy ravishda keltirib chiqarish taqiqlanadi.
42. “Sirli mijoz” tadbiri yakunlari boʻyicha uni oʻtkazgan tegishli adliya organi tomonidan maʼlumotnoma tuziladi.
“Sirli mijoz” tadbirini oʻtkazish jarayonida notarius tomonidan ortiqcha pul mablagʻlari undirilganligi yoki korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻyganligi holatlari aniqlangan taqdirda, holat yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkaziladi va uning natijasiga koʻra hujjatlar tegishliligiga koʻra malaka komissiyasiga (taqdimnoma orqali) va (yoki) huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.
43. Xizmat tekshiruvi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻrganish, ommaviy axborot vositalarida notariusning xatti-harakatlari yuzasidan chop etilgan tanqidiy materiallarda bayon etilgan holatlarga aniqlik kiritish, Tizimdagi maʼlumotlarni tahlil qilish, reyd, “Sirli mijoz” tadbirlari va kameral tekshirishlar natijasida aniqlangan holatlarni tekshirish maqsadida oʻtkaziladi.
44. Xizmat tekshiruvi adliya organi rahbarining buyrugʻi asosida besh ish kuni davomida oʻtkaziladi. Adliya organi rahbarining buyrugʻi asosida mazkur muddat qoʻshimcha besh ish kuniga qadar uzaytirilishi mumkin.
45. Agar xizmat tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq bilan notarius litsenziyasining amal qilishi oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turilishi nazarda tutilgan boʻlsa, notariusning Tizimdan foydalanishini darhol cheklash uchun ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasiga yuboriladi.
46. Xizmat tekshiruvi davomida notarius tomonidan sodir etilgan nojoʻya xatti-harakatning holati, sabablari va sharoitlari, nojoʻya xatti-harakat sodir etilishiga aloqador boʻlgan aniq bir xodim va shaxslarning aybdorlik darajasi aniqlanadi.
47. Oʻziga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazilayotgan notarius buyruq bilan tanishtirilishi shart.
48. Notariusga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazilayotganda, xizmat tekshiruvi oʻtkazilayotgan holat yuzasidan undan yozma tushuntirish talab qilinadi.
Notarius yozma tushuntirish berishdan bosh tortgan hollarda ishchi guruh tomonidan tegishli dalolatnoma tuziladi.
Dalolatnoma ishchi guruh aʼzolari yoki tushuntirish berishdan bosh tortganligini tasdiqlaydigan boshqa xodimlar tomonidan imzolanadi. Notariusning tushuntirish berishdan bosh tortishi xizmat tekshiruvini oʻtkazishga toʻsqinlik qilmaydi.
49. Ishchi guruh aʼzolari notarial idoraning boshqa xodimlaridan ham tushuntirishlar talab qilishga haqli.
50. Xizmat tekshiruvi oʻtkazish jarayonida ishchi guruh quyidagilarni aniqlaydi:
notarius tomonidan nojoʻya xatti-harakat sodir etilgan yoki sodir etilmaganligi faktini tasdiqlovchi holatlarni;
notarius tomonidan aynan qaysi normativ-huquqiy hujjat talablari buzilganligini.
51. Oʻziga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazilayotgan notarius:
sodir etilgan xatti-harakat yuzasidan oʻz fikrini bayon qilish orqali yozma tushuntirishlar berish, oʻz tushuntirishining mohiyati boʻyicha dalillarni taqdim qilish;
xizmat tekshiruvi yakuni boʻyicha uni oʻtkazish hujjatlari, shuningdek xizmat tekshiruvi natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki xulosa bilan tanishishga haqli.
52. Ishchi guruh tomonidan xizmat tekshiruvi yakuni boʻyicha adliya organi rahbari yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan maʼlumotnoma yoxud xulosa tuziladi. Ushbu maʼlumotnoma yoki xulosa bir nusxada rasmiylashtiriladi.
53. Xizmat tekshiruvi maʼlumotnomasi yoki xulosasi notariusga tanishtirilishi shart.
Notarius xizmat tekshiruvi maʼlumotnomasi yoki xulosasi bilan tanishishdan bosh tortsa, bu haqida dalolatnoma tuziladi.
54. Xizmat tekshiruvi natijasida nojoʻya xatti-harakat fakti aniqlangan taqdirda, adliya organi tomonidan xizmat tekshiruvi maʼlumotnomasi yoki xulosasi va toʻplangan hujjatlar tegishliligiga koʻra malaka komissiyasiga yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.
3-§. Kameral tekshirish oʻtkazish tartibi
55. Kameral tekshirish adliya organi tomonidan oʻzi joylashgan manzil boʻyicha notariusning notarial harakatlarni rasmiylashtirishda qonunchilikka rioya etilishini Tizimdagi maʼlumotlar, notarius tomonidan taqdim etilgan hisobotlar hamda adliya organida mavjud boʻlgan notarius faoliyatiga oid boshqa hujjatlarni oʻrganish, tahlil qilish va umumlashtirish orqali amalga oshiriladi.
56. Kameral tekshirish adliya organi rahbarining buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
57. Kameral tekshirish mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan namunaviy shakldagi savolnoma asosida oʻtkaziladi.
58. Kameral tekshirish muntazam ravishda oʻtkaziladi.
59. Kameral tekshirish adliya organining masʼul tarkibiy boʻlinmasi tomonidan notariusning huzuriga bormasdan adliya organi joylashgan yerda amalga oshiriladi.
Kameral tekshirish jarayonida adliya organi tomonidan oʻrganish, tahlil qilish yoki umumlashtirish maqsadida notarius tomonidan rasmiylashtirilgan bir yoki bir nechta notarial harakatlar yoxud maʼlum bir turdagi notarial harakatlar bilan bogʻliq hujjatlarni idoraga chaqirib olishga yoʻl qoʻyilmaydi.
60. Agar adliya organi tomonidan kameral tekshirish jarayonida notariusning Tizimga kiritilgan maʼlumotlari hamda tegishli hisobotlarini toʻldirishda xatoliklarga yoʻl qoʻyilganligi yoki taqdim etilgan hisobotlarida koʻrsatilgan va adliya organidagi mavjud maʼlumotlar oʻrtasida tafovut mavjudligi aniqlansa, bu haqida notariusga tegishli tuzatishlar kiritish talab qilingan holda yozma shaklda talabnoma yuboriladi.
Tuzatishlar kiritish haqidagi talabnoma pochta orqali buyurtma xat bilan yoki elektron pochta orqali yuboriladi.
Talabnoma olingan kundan eʼtiboran oʻn kun muddatda notarius talabnomada koʻrsatilgan xato va kamchiliklarni, shuningdek qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish choralarini koʻrib, bu haqida talabnoma kiritgan adliya organiga tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda javob xati taqdim etishi shart.
Notarius tomonidan talabnomada koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganligini asoslovchi hujjatlar belgilangan muddatda taqdim etilmagan taqdirda, adliya organi talabnomada koʻrsatilgan holatlarni oʻrganish maqsadida qisqa muddatli tekshirish tayinlaydi.
Kameral tekshirish jarayonida notarius faoliyatida qonunbuzilish holatlari aniqlangan taqdirda adliya organi qisqa muddatli tekshirish tayinlashi mumkin.
61. Kameral tekshirish natijasi boʻyicha adliya organi tomonidan umumlashtirilgan maʼlumotnoma tuziladi.
62. Tizimdagi maʼlumotlarni tahlil qilish adliya organi tomonidan Tizimdagi maʼlumotlarni oʻrganish, tahlil qilish va umumlashtirish orqali amalga oshiriladi.
63. Tizimdagi maʼlumotlarni tahlil qilish mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan namunaviy shakldagi savolnoma asosida oʻtkaziladi.
64. Tizimdagi maʼlumotlarni tahlil qilish uchun adliya organi rahbarining buyrugʻi talab etilmaydi. Tizimdagi maʼlumotlarni tahlil qilish muntazam ravishda amalga oshirib boriladi.
Tizimdagi maʼlumotlarni tahlil qilish natijasi boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma tuziladi.
65. Tizimdagi maʼlumotlarni tahlil qilish jarayonida aniqlangan xato va kamchiliklar boʻyicha ularni bartaraf qilish hamda kelgusida yoʻl qoʻymaslik maqsadida adliya organi tomonidan notariuslarga koʻrsatmalar, ogohnomalar yoki taqdimnomalar yuboriladi.
Tizimdagi maʼlumotlarni tahlil qilish jarayonida notarius faoliyatida qonunbuzilish holatlari aniqlangan taqdirda adliya organi qisqa muddatli tekshirish yoki kameral tekshirish tayinlashi mumkin.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
66. Tekshirish natijasidan norozi boʻlgan notarius adliya organining yuqori turuvchi tashkilotiga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
67. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Notarius ish faoliyatida rejali tekshirish oʻtkazishda oʻrganiladigan masalalar yuzasidan
NAMUNAVIY SAVOLNOMA
T/r
Oʻrganiladigan masala
1.
Litsenziya talab va shartlariga rioya etilishi (xususiy notariuslar uchun)
2.
Binoning notarius faoliyatini tashkil etishga oid minimal talablarga muvofiqligi
3.
Mehnat va ijro intizomiga rioya etilishi, notarial idorada peshlavhalarning mavjudligi
4.
Nomenklaturalarning yuritilganligi
5.
Yigʻmajildlarning tikilishi holati
6.
Notarial idoraga kelib tushgan topshiriqlar ijrosi holati
7.
Arxiv hujjatlarining saqlanishi
8.
“Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi yuritish
9.
Koʻchmas mulkni tasarruf etish bilan bogʻliq shartnomalarning rasmiylashtirilishi
Koʻchmas mulklar boʻyicha ishonchnomalarning rasmiylashtirilishi
12.
Transport vositasini tasarruf etish haqidagi shartnomalarning rasmiylashtirilishi
13.
Transport vositasi ijara shartnomalarining rasmiylashtirilishi
14.
Transport vositasi boʻyicha ishonchnomalarning rasmiylashtirilishi
15.
Boshqa shartnomalarning (kafillik, qarz va b.) rasmiylashtirilishi
16.
Garov va ipoteka shartnomalarining rasmiylashtirilishi
17.
Meros ishlarining rasmiylashtirilishi
18.
Vasiyatnomalarning rasmiylashtirilishi
19.
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining miqdorlari talablariga toʻliq rioya qilinishi holati
20.
Gerbli (maxsus) blankalarni hisobga olish, saqlash va sarflash holati
Izoh. Ushbu namunaviy savolnomaga adliya organi tomonidan zaruratga koʻra, qoʻshimcha savollar kiritilishi mumkin.
Notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Notarius faoliyatini qisqa muddatli tekshirish yuzasidan
NAMUNAVIY SAVOLNOMA
T/r
Oʻrganiladigan masala
1.
Qonun hujjatlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sohaga oid hujjatlari va topshiriq xatlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishni oʻz vaqtida va toʻliq hajmda taʼminlanishi
2.
Ishga uzrli sabablarsiz kelmaslik yoki kechikib kelish
3.
Ishga alkogolli ichimliklar, giyohvandlik yoki toksik moddalar taʼsiridan mastlik holatida kelish
4.
Notarius tomonidan mansab (xizmat) vazifasini (vakolatini) suiisteʼmol qilinishi (lavozimi boʻyicha berilgan vakolatlardan xizmat manfaatlariga zid ravishda foydalanish) va gʻayriaxloqiy koʻrinishdagi, nomunosib boʻlgan maʼnaviy xatti-harakatlarni sodir etilishi
5.
Xizmat sirlari boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilish
6.
Xodimlar oʻzining hayoti yoki sogʻligʻiga xavf tugʻdiradigan tarzda texnika xavfsizligi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini qoʻpol ravishda buzishi
7.
Idorada ish yuritishni tashkil qilish va ijro intizomini nazorat qilish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar, vazirlik koʻrsatmalarining mavjudligini va ularga rioya etilish ahvolini oʻrganish
8.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha qonun hujjatlari va ichki hujjatlarning mavjudligi hamda ularga rioya etilishi
9.
Notarius faoliyatini tashkil etish uchun minimal talablarning mavjudligi
10.
Notariuslarning kasb etika qoidalariga rioya etilishi
11.
Xizmat vazifalarini amalga oshirish jarayonida u yoki bu harakati yoxud harakatsizligi uchun pul, moddiy qimmatliklar, qimmatbaho buyumlar va xizmatlar koʻrinishida haq olmaslik
12.
Notarial harakatlarni amalga oshirishning qonuniyligi
13.
Gerbli blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflashning kunlik ijrosi
14.
Notarius tomonidan notarial harakatlarning “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonun, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son “Notariuslar tomonidan ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi maʼmuriy reglamentlarni tasdiqlash haqida”gi qarori hamda Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 3113, 2019-yil 4-yanvar) talablari asosida rasmiylashtirilganligi va ular boʻyicha davlat bojini undirishning kunlik amaliyoti, jismoniy va yuridik shaxslardan talab qilinadigan hujjatlarning asosliligi
Izoh. Ushbu namunaviy savolnomaga adliya organi tomonidan zaruratga koʻra, qoʻshimcha savollar kiritilishi mumkin.
Notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Notarius faoliyatida kameral tekshirish va Tizimdagi maʼlumotlarni tahlil qilish yuzasidan
NAMUNAVIY SAVOLNOMA
T/r
Oʻrganiladigan masala
Muddat
1.
Bitimlarni tasdiqlashda taraflarining barmoq izlari skaner qilingan vaqt tafovuti (10 minutdan ortiq boʻlgan holatlar)
har oyda
2.
Notarial harakatni rasmiylashtirish yakunlangandan keyin barmoq izlari skaner qilingan yoki barmoq izi oʻzgartirilgan holatlar
har oyda
3.
Notarial harakatlarga oid maʼlumotlar Tizimga aniq va toʻliq kiritilmagan holatlar
har oyda
4.
Notarial harakatlar tasdiqlangandan keyin Tizimdagi maʼlumotlarga oʻzboshimcha oʻzgartirish (tuzatish) kiritilgan holatlar
har oyda
5.
Toʻlovlar boʻyicha invoys shakllantirilganda SMS xabar yuborilgan telefon raqami oʻzgartirilgan holatlar
har oyda
6.
Toʻlovlar toʻgʻrisida SMS xabar takrorlanuvchi telefon raqamlarga yuborilgan holatlar
har oyda
7.
Bitimni rasmiylashtirishda notarial tasdiqlangan ishonchnomaga asosan vakil ishtirok qilgan hollarda ishonchnoma bekor boʻlganligi yoki boʻlmaganligi Tizim orqali tekshirilmagan yoki notoʻgʻri tekshirilgan holatlar
har oyda
8.
Yuridik shaxslar ishtirokidagi notarial harakatlarni rasmiylashtirishda notarial harakatda ishtirok etish ularning taʼsis hujjatlariga muvofiq yoki muvofiq emasligi Tizim orqali tekshirilmagan yoxud notoʻgʻri tekshirilgan holatlar
har oyda
9.
Notarial harakatni rasmiylashtirishni rad etish haqidagi maʼlumot Tizimga kiritilmagan yoki notoʻgʻri kiritilgan holatlar
har oyda
10.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mol-mulk bilan bogʻliq bitimlarni tasdiqlashda mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va (yoki) xatlanmaganligi Tizim orqali tekshirilmagan yoki notoʻgʻri tekshirilgan holatlar
har oyda
11.
Bitim bekor qilinganligi toʻgʻrisida Tizimga maʼlumot kiritilmagan holatlar
har oyda
12.
Vasiyatnomaning oʻzgartirilganligi yoki bekor qilinganligi toʻgʻrisida Tizimga maʼlumot kiritilmagan holatlar
har oyda
13.
Tizim orqali meros qoldiruvchining mol-mulkiga nisbatan meros ishi ochilgan yoki ochilmaganligi tekshirilganlik holatlari
har oyda
14.
Garov yoki ipoteka shartnomalari boʻyicha mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash haqidagi maʼlumotlar Tizimga kiritilmagan holatlar
har oyda
15.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskasi mavjud boʻlmagan Oʻzbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan koʻchmas mulkni olish bitimlarini tasdiqlaganlik holatlari
har oyda
16.
Koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun vakolatli organga Tizim orqali bitim nusxasini bir kun muddatda taqdim etilmagan holatlar
har oyda
17.
Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish haqida tasdiqlangan shartnomalar haqidagi maʼlumotlar DYHXX organlarida hisobga qoʻyish uchun Tizim orqali yuborilmagan holatlar
har oyda
18.
Notarial harakatni rasmiylashtirish uchun vaqt sarfi haqidagi tahliliy maʼlumot
har oyda
19.
Koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazilayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining vakolatlariga kiradigan kommunal xizmatlar boʻyicha qarzdorliklar haqida maʼlumotlar Majburiy ijro byurosi axborot tizimi orqali onlayn rejimda tekshirilmaganlik holatlari
har oyda
20.
Soliq toʻlovi va kommunal xizmatlar (gaz taʼminoti, sovuq suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarish, issiqlik taʼminoti (markaziy isitish va issiq suv taʼminoti) boʻyicha xizmatlar) va elektr energiyasi uchun toʻlanadigan majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarning Tizim orqali olinmagan holatlar
har oyda
21.
Notarial harakatlar uchun belgilangan summadan ortiqcha miqdorda toʻlov undirilgan holatlar
har oyda
22.
Notariuslarning notarial harakat turlari boʻyicha rasmiylashtirgan harakat soni tahlili
har oyda
23.
Notarial harakatlarni rasmiylashtirish uchun murojaat etuvchilarning elektron navbatiga rioya etilmaganlik holatlari
har oyda
24.
Koʻchmas mulk va meros ishlari boʻyicha notarial harakatning skaner nusxasi Tizimga biriktirilmagan holatlar
har oyda
25.
Koʻchmas mulk huquqini vujudga kelishini nazarda tutuvchi bitimlarni raqamli koʻrinishda yagona elektron notarial arxiv fondiga biriktirilmagan holatlar
har oyda
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi 38-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“yengil avtomobillarni, mototransport vositalarini ijaraga berish xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslar hamda jismoniy shaxslar oʻrtasida yengil avtomobillarni va mototransport vositalarini, shuningdek karshering tashkilotlari yoʻlovchilar avtotransporti va mototransport vositalarini jismoniy va yuridik shaxslarga oʻttiz kungacha muddatga qisqa muddatli ijaraga berish yuzasidan oddiy yozma shartnomalar tuzish hollariga”;
v) 7-bandning ikkinchi xatboshisidagi “avtomototransport vositasi roʻyxatga olingan joydagi yoki bitim sodir etilgan (sotib oluvchining tanloviga koʻra) joydagi” soʻzlari “eksterritoriallik tamoyili asosida istalgan joydagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Notarius tomonidan oʻz kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2010-yil 28-dekabrdagi 318-son qarorida:
a) qaror nomidagi va 1-banddagi “Notarius” soʻzi “Davlat notariusi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilova (Notarius tomonidan oʻz kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom)da:
nomidagi “Notarius” soʻzi “Davlat notariusi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “notarius” soʻzi “davlat notariusi (keyingi oʻrinlarda notarius deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 106-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda notarial tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda kommunal xizmatlar boʻyicha qarzdorliklar haqidagi maʼlumotlar kommunal tashkilotlar axborot tizimlari orqali va ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlik mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlar Majburiy ijro byurosi axborot tizimi orqali onlayn rejimda tekshiriladi. Elektron tizimlarda texnik nosozliklar boʻlganda, ushbu tashkilotlar bilan axborot almashuvi kuryerlik xizmati orqali amalga oshiriladi”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“Avtotransport vositasini 18 yoshga toʻlmagan jismoniy shaxs nomiga, mototransport vositasini esa 16 yoshga toʻlmagan jismoniy shaxs nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazishda, ularning nomidan qonuniy vakillari (ota-onalari, farzandlikka oluvchilari, vasiy yoki homiylari) ishtirok etadi”;
b) 24-bandning uchinchi xatboshisidagi “oʻgay ota-ona” soʻzlari “farzandlikka oluvchilar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Avtomototransport vositalarini begonalashtirish bilan bogʻliq boʻlmagan bitishuvlarni hisobga olish yuridik shaxslar tomonidan oʻz xodimlariga berilgan avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqiga ishonchnomalarga hamda yengil avtomobillarni va mototransport vositalarini ijaraga berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar hamda jismoniy shaxslar oʻrtasida yengil avtomobillarni va mototransport vositalarini, shuningdek karshering tashkilotlarining yoʻlovchilar avtotransporti va mototransport vositalarini jismoniy va yuridik shaxslarga oʻttiz kungacha muddatga qisqa muddatli ijaraga berish yuzasidan oddiy yozma shaklda tuziladigan ijara shartnomalariga nisbatan qoʻllanilmaydi”.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
6. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 76-modda) Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalari quyidagi mazmundagi 61-band bilan toʻldirilsin:
“61. Saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlar ularning oʻtkazilish joyi va vaqti haqida saylovoldi tashviqotini olib boruvchi subyekt tomonidan tegishli tuman (shahar) hokimliklarini kamida uch kun oldin yozma ravishda xabardor qilgan holda oʻtkaziladi. Bunda, ushbu ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun ruxsatnoma talab qilinmaydi”.
7. Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 16-martdagi 156-son qarorida:
12-bandning ikkinchi xatboshisidagi “yordamchisini” soʻzi “stajyorini” soʻzi bilan almashtirilsin;
17-bandning uchinchi xatboshisi “majburiy” soʻzidan keyin “toʻliq” soʻzi bilan toʻldirilsin;
20-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga kirim qilingan davlat bojining notariuslarga yoʻnaltiriladigan qismi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining tegishli elektron taqsimlash toʻlov tizimi orqali taqsimlanadi”;
28-bandning birinchi xatboshisidagi “hamda” soʻzi “va (yoki)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
“45. Notarius litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib turilganda yoki tugatilganda yoxud boshqa uzrli sabablarga (notarius mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik, tugʻish va (yoki) bola parvarishlash taʼtillariga chiqqanda, ishdan ajralgan holda malaka oshirishga yuborilganda va boshqa hollarda) koʻra adliya boshqarmalari Notarial palataning hududiy boshqarmalari bilan kelishgan holda ushbu notariusning tugallanmagan notarial harakatlarini amalga oshirish hamda aholiga notarial xizmatlar koʻrsatish uchun boshqa notariusga vakolat beradi va bu haqda tegishli buyruq rasmiylashtiriladi”;
v) 4-ilovaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Har bir okrugdagi xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar soni ushbu notarial okrugdagi notariuslar lavozimlari eng kam sonining uch baravaridan oshmasligi lozim”.
8. Vazirlar Mahkamasining “Notariuslar tomonidan ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi maʼmuriy reglamentlarni tasdiqlash haqida” 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qarorida:
“12. Notarius bitimni rasmiylashtirishni soʻrab murojaat qiluvchilarning (ularning qonuniy vakillarining, shuningdek vasiy va homiylarining) va yuridik shaxs vakillarining shaxsini aniqlaydi.
Bitimni amalga oshirishni soʻrab murojaat qiluvchilarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, haydovchilik guvohnomasi, ID-kartasi;
16 yoshga toʻlmagan fuqarolar — tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
harbiy xizmatchilar — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qoʻmondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar yoxud ID-kartalar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
chet el fuqarolari — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan roʻyxatga olinishi lozim) yoki Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, ID-kartasi yoxud diplomatik pasporti yoki Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
xorijda doimiy yashayotgan va konsullik roʻyxatida turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti;
fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun — Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-karta.
Bitimni rasmiylashtirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning shaxsini hamda yuridik shaxsning huquq layoqatini aniqlashda notarius tegishli axborot resurslaridan foydalanadi”;
“Vakilning vakolati uning nomiga berilgan ishonchnoma va (yoki) vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va h.k.) bilan tasdiqlanadi. Bunda, vakolat beruvchi jismoniy shaxslarning oʻlim haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali tekshirilib, Tizim orqali chop etiladi va hujjatlar yigʻmajildiga tikiladi”.
“Mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida keltirilgan hujjatlardagi maʼlumotlar bilan yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri sohasidagi vakolatli organning yer uchastkasining maydoni yoki koʻchmas mulk yoxud uning bir qismi miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlari oʻrtasida farq mavjud boʻlsa, koʻchmas mulk yoki uning bir qismiga huquq belgilovchi hujjatlarga notarius boshqa shaxsga oʻtkazilgan qismi haqida belgi qoʻyadi, shuningdek oʻz imzosi va muhrini qoʻyib, nusxasini olib qoladi”;
“MIB maʼlumotlar bazasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarning ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorligi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar. Bunda tekshirish oʻtkazilgan sana va vaqti koʻrsatilgan hamda maxsus QR-kodga ega boʻlgan tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi koʻchirma chop etiladi va tegishli hujjatlar yigʻmajildi bilan birga tikiladi”;
“Kadastr maʼlumotnomasida koʻrsatilgan yer uchastkasining yoki koʻchmas mulkning yoxud uning bir qismining haqiqiy maydoni mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatda koʻrsatilganidan koʻp boʻlsa, shuningdek koʻchmas mulkning yoki uning bir qismining mulkdori ustki qavat qurgan, qoʻshimcha imorat qurgan yoki yashash xonasi boʻlmagan qismini qayta taʼmirlab, yashash xonasiga oʻzgartirgan boʻlsa yoki boshqacha tarzda oʻzgartirgan boʻlsa, notarius tuman (shahar) hokimining bu oʻzgarishlar toʻgʻrisida qarori va uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarorini va (yoki) tuman (shahar) qurilish boʻlimining qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasini taqdim etishni talab qiladi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Bitim taraflarining oʻlim haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi, eri yoki xotini yoʻqligi haqidagi maʼlumotlar, tugʻilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va oʻlim haqidagi fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bogʻliq barcha maʼlumotlar notarial idoralar tomonidan mustaqil ravishda, fuqarolardan ortiqcha maʼlumot talab qilmasdan, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali olinadi.
Elektron tizimlarda texnik nosozliklar boʻlganda, ushbu tashkilotlar bilan axborot almashuvi kuryerlik xizmati orqali amalga oshiriladi.
Agar murojaat qiluvchi tomonidan tugʻilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va oʻlim haqidagi guvohnomalar taqdim etilsa, ushbu hujjatlar ham murojaat qiluvchining fuqarolik holatlarini tasdiqlash uchun qabul qilinadi”;
“45. Bitimni rasmiylashtirishda Tizimga quyidagi shaxslarning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda — JSH SHIR) kiritilishi shart:
Oʻzbekiston Respublikasining biometrik pasportga yoki ID-kartaga ega boʻlgan fuqarolari;
Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartaga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
JSH SHIR mavjud boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha (doimiy) yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
JSH SHIR mavjud boʻlgan 16 yoshga toʻlmagan fuqarolar.
16 yoshga toʻlmagan fuqarolarda JSH SHIR mavjud boʻlmaganda Tizimga ularning tugʻilganlik haqida guvohnomasining seriyasi va raqami kiritiladi.
Mazkur band talablari qonun hujjatlariga muvofiq yashash guvohnomasisiz va doimiy roʻyxatga olinmagan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan koʻchmas mulk sotib olish huquqiga ega boʻlgan chet el fuqarolariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Yuridik shaxsning STIRi Tizimga kiritilishi shart”;
“12. Notarius bitimni rasmiylashtirishni soʻrab murojaat qiluvchilarning (ularning qonuniy vakillarining, shuningdek vasiy va homiylarining) va yuridik shaxs vakillarining shaxsini aniqlaydi.
Bitimni amalga oshirishni soʻrab murojaat qiluvchilarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, haydovchilik guvohnomasi, ID-kartasi;
16 yoshga toʻlmagan fuqarolar — tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
harbiy xizmatchilar — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qoʻmondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar yoxud ID-kartalar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
chet el fuqarolari — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan roʻyxatga olinishi lozim) yoki Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, ID-kartasi yoxud diplomatik pasporti yoki Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
xorijda doimiy yashayotgan va konsullik roʻyxatida turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti;
fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun — Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-karta.
Avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning shaxsini hamda yuridik shaxsning huquq layoqatini aniqlashda notarius tegishli axborot resurslaridan foydalanadi”;
“Vakilning vakolati uning nomiga berilgan ishonchnoma va (yoki) vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va h.k.) bilan tasdiqlanadi. Bunda vakolat beruvchi jismoniy shaxslarning oʻlim haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali tekshirilib, Tizim orqali chop etiladi va hujjatlar yigʻmajildiga tikiladi”;
“20. Notarius tomonidan bitim tasdiqlangunga qadar avtomototransport vositalari eksterritoriallik tamoyili asosida istalgan joydagi (sotib oluvchining tanloviga koʻra) DYHXX organlarida agregatlar raqamlari roʻyxatdan oʻtkazish raqamlariga muvofiqligi yuzasidan koʻzdan kechirilishi kerak. Agregatlar raqamlarining roʻyxatdan oʻtkazish raqamlariga muvofiqligi uni koʻzdan kechirgan mansabdor shaxsning familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflari, koʻzdan kechirilgan sana koʻrsatilgan va mansabdor shaxs imzosi qoʻyilgan holda roʻyxatdan oʻtkazish hujjatidagi shtamp yoki maʼlumotnoma bilan tasdiqlanadi.
Notarius tomonidan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar talab qilib olinib oʻrganilgandan soʻng, idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan avtomatik tarzda MIB maʼlumotlar bazasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarning ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorligi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar olinadi. Bunda tekshirish oʻtkazilgan sana va vaqti koʻrsatilgan hamda maxsus QR-kodga ega boʻlgan tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi koʻchirma chop etiladi va tegishli hujjatlar yigʻmajildi bilan birga tikiladi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Bitim taraflarining oʻlim haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi, eri yoki xotini yoʻqligi haqidagi maʼlumotlar, tugʻilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va oʻlim haqidagi fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bogʻliq barcha maʼlumotlar notarial idoralar tomonidan mustaqil ravishda, fuqarolardan ortiqcha maʼlumot talab qilmasdan, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali olinadi.
Elektron tizimlarda texnik nosozliklar boʻlganda, ushbu tashkilotlar bilan axborot almashuvi kuryerlik xizmat orqali amalga oshiriladi.
Agar murojaat qiluvchi tomonidan tugʻilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va oʻlim haqidagi guvohnomalar taqdim etilsa, ushbu hujjatlar ham murojaat qiluvchining fuqarolik holatlarini tasdiqlash uchun qabul qilinadi”;
“33. Bitimni rasmiylashtirishda Tizimga quyidagi shaxslarning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda — JSH SHIR) kiritilishi shart:
Oʻzbekiston Respublikasining biometrik pasportga yoki ID-kartaga ega boʻlgan fuqarolari;
Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartaga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
JSH SHIR mavjud boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha (doimiy) yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
JSH SHIR mavjud boʻlgan 16 yoshga toʻlmagan fuqarolar.
16 yoshga toʻlmagan fuqarolarda JSH SHIR mavjud boʻlmaganda Tizimga ularning tugʻilganlik haqida guvohnomasining seriyasi va raqami kiritiladi.
Yuridik shaxsning STIRi Tizimga kiritilishi shart”;
“12. Notarius shartnomani rasmiylashtirishni soʻrab murojaat qiluvchilarning (ularning qonuniy vakillarining, shuningdek vasiy va homiylarining) va yuridik shaxs vakillarining shaxsini aniqlaydi.
Shartnomani rasmiylashtirishni soʻrab murojaat qiluvchilarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, haydovchilik guvohnomasi, ID-kartasi;
16 yoshga toʻlmagan fuqarolar — tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
harbiy xizmatchilar — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qoʻmondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar yoxud ID-kartalar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
chet el fuqarolari — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan roʻyxatga olinishi lozim) yoki Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, ID-kartasi yoxud diplomatik pasporti yoki Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
xorijda doimiy yashayotgan va konsullik roʻyxatida turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti;
fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun — Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-karta.
Shartnomani rasmiylashtirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning shaxsini hamda yuridik shaxsning huquq layoqatini aniqlashda notarius tegishli axborot resurslaridan foydalanadi”;
“Vakilning vakolati uning nomiga berilgan ishonchnoma va (yoki) vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va h.k.) bilan tasdiqlanadi. Bunda vakolat beruvchi jismoniy shaxslarning oʻlim haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali tekshirilib, Tizim orqali chop etiladi va hujjatlar yigʻmajildiga tikiladi”;
“Notarius tomonidan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar talab qilib olinib oʻrganilgandan soʻng, idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan avtomatik tarzda MIB maʼlumotlar bazasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarning ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorligi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar olinadi. Bunda, tekshirish oʻtkazilgan sana va vaqti koʻrsatilgan hamda maxsus QR-kodga ega boʻlgan tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi koʻchirma chop etiladi va tegishli hujjatlar yigʻmajildi bilan birga tikiladi”;
“29. Shartnomani rasmiylashtirishda Tizimga quyidagi shaxslarning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda — JSH SHIR) kiritilishi shart:
Oʻzbekiston Respublikasining biometrik pasportga yoki ID-kartaga ega boʻlgan fuqarolari;
Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartaga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
JSH SHIR mavjud boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha (doimiy) yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
JSH SHIR mavjud boʻlgan 16 yoshga toʻlmagan fuqarolar.
16 yoshga toʻlmagan fuqarolarda JSH SHIR mavjud boʻlmaganda Tizimga ularning tugʻilganlik haqida guvohnomasining seriyasi va raqami kiritiladi.
Mazkur band talablari qonun hujjatlariga muvofiq yashash guvohnomasisiz va doimiy propiskasiz Oʻzbekiston Respublikasi hududidan koʻchmas mulk sotib olish huquqiga ega boʻlgan chet el fuqarolariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Yuridik shaxsning STIRi Tizimga kiritilishi shart”;
“tasarruf etish (oldi-sotdi, hadya qilish, ayriboshlash, lizing, ijara, tekin foydalanishga berish, garov (ipoteka)ga qoʻyish, mol-mulkni boshqa shaklda oʻzgaga oʻtkazish (tasarruf etish) haqida bitimlarni tuzish) huquqi bilan beriladigan ishonchnomani tasdiqlashda koʻchmas mulk va transport vositalariga nisbatan taqiq (xatlov) mavjud boʻlsa, bundan tasarruf etish huquqisiz ishonchnomalarni tasdiqlash mustasno”;
“12. Notarius murojaat qiluvchilarning (ularning qonuniy vakillarining, shuningdek vasiy va homiylarining) va yuridik shaxs vakillarining shaxsini aniqlaydi.
Murojaat qiluvchilarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, haydovchilik guvohnomasi, ID-kartasi;
16 yoshga toʻlmagan fuqarolarning shaxsi — tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
harbiy xizmatchilar — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qoʻmondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar yoxud ID-kartalar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
chet el fuqarolari — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan roʻyxatga olinishi lozim) yoki Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, ID-kartasi yoxud diplomatik pasporti yoki Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
xorijda doimiy yashayotgan va konsullik roʻyxatida turgan Oʻzbekiston fuqarolarining shaxsi — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti;
fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun — Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-karta.
Murojaat qiluvchi fuqaroning shaxsini hamda yuridik shaxsning huquq layoqatini aniqlashda notarius tegishli axborot resurslaridan foydalanadi”;
“Notarius tomonidan tegishli maʼlumotlarga aniqlik kiritilgandan soʻng, idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan avtomatik tarzda MIB maʼlumotlar bazasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarning ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorligi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar olinadi. Bunda, tekshirish oʻtkazilgan sana va vaqti koʻrsatilgan hamda maxsus QR-kodga ega boʻlgan tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi koʻchirma chop etiladi va tegishli hujjatlar yigʻmajildi bilan birga tikiladi”;
“Boshqa shaxsga oʻtkazish yoʻli bilan berilgan ishonchnomaning amal qilish muddati asosiy ishonchnomaning amal qilish muddatidan oshmasligi kerak. Bunda vakolat beruvchi jismoniy shaxslarning oʻlim haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali tekshirilib, Tizim orqali chop etiladi va hujjatlar yigʻmajildiga tikiladi”;
“32. Ishonchnomani rasmiylashtirishda Tizimga quyidagi shaxslarning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda — JSH SHIR) kiritilishi shart:
Oʻzbekiston Respublikasining biometrik pasportga yoki ID-kartaga ega boʻlgan fuqarolari;
Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartaga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
JSH SHIR mavjud boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha (doimiy) yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
JSH SHIR mavjud boʻlgan 16 yoshga toʻlmagan fuqarolar.
16 yoshga toʻlmagan fuqarolarda JSH SHIR mavjud boʻlmaganda Tizimga ularning tugʻilganlik haqida guvohnomasining seriyasi va raqami kiritiladi.
Mazkur band talablari qonun hujjatlariga muvofiq yashash guvohnomasisiz va doimiy roʻyxatga olinmagan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan koʻchmas mulk sotib olish huquqiga ega boʻlgan chet el fuqarolariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Yuridik shaxsning STIRi Tizimga kiritilishi shart”;
46-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Notarius ishonchnomani tasdiqlashni rad etganda toʻlangan davlat boji, gerb yigʻimi hamda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undirilgan toʻlovlar qaytarib beriladi”;
“14. Murojaat qiluvchilarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, haydovchilik guvohnomasi, ID-kartasi;
16 yoshga toʻlmagan fuqarolarning shaxsi — tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
harbiy xizmatchilar — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qoʻmondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar yoxud ID-kartalar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
chet el fuqarolari — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan roʻyxatga olinishi lozim) yoki Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, ID-kartasi yoxud diplomatik pasporti yoki Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
xorijda doimiy yashayotgan va konsullik roʻyxatida turgan Oʻzbekiston fuqarolarining shaxsi — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti;
fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun — Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-karta.
Murojaat qiluvchi fuqaroning shaxsini hamda yuridik shaxsning huquq layoqatini aniqlashda notarius tegishli axborot resurslaridan foydalanadi”;
“Vakilning vakolati uning nomiga berilgan ishonchnoma bilan tasdiqlanadi. Bunda vakolat beruvchi jismoniy shaxslarning oʻlim haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali tekshirilib, Tizim orqali chop etiladi va hujjatlar yigʻmajildiga tikiladi”;
23-bandning oltinchi xatboshisi ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Merosdan voz kechish haqidagi arizalar notarial tasdiqlanishi lozim”;
quyidagi tahrirdagi sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Mazkur bandning beshinchi — yettinchi xatboshilarida koʻrsatilgan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bogʻliq maʼlumotlarni taqdim etish imkoni boʻlmagan taqdirda, ushbu maʼlumotlar notarial idoralar tomonidan mustaqil ravishda, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali olinishi mumkin.
Elektron tizimlarda texnik nosozliklar boʻlganda, ushbu tashkilotlar bilan axborot almashuvi kuryerlik xizmat orqali amalga oshiriladi”;
“39. Guvohnoma berishda Tizimga quyidagi shaxslarning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda — JSH SHIR) kiritilishi shart:
Oʻzbekiston Respublikasining biometrik pasportga yoki ID-kartaga ega boʻlgan fuqarolari;
Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartaga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
JSH SHIR mavjud boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha (doimiy) yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
JSH SHIR mavjud boʻlgan 16 yoshga toʻlmagan fuqarolar.
16 yoshga toʻlmagan fuqarolarda JSH SHIR mavjud boʻlmaganda Tizimga ularning tugʻilganlik haqida guvohnomasining seriyasi va raqami kiritiladi.
Mazkur band talablari qonun hujjatlariga muvofiq yashash guvohnomasisiz va doimiy roʻyxatga olinmasdan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan koʻchmas mulk sotib olish huquqiga ega boʻlgan chet el fuqarolariga nisbatan tatbiq etilmaydi”;
48-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Notarius guvohnoma berishni rad etganda toʻlangan davlat boji, gerb yigʻimi hamda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undirilgan toʻlovlar qaytarib beriladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son; 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)