1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.02 Mikrokreditlash. Kichik biznes subyektlarini kreditlash]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarini samarali amalga oshirish hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokreditlar ajratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, aholini, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, hududlardagi aholi ongida tadbirkorlik orqali hayot tarzini yaxshilashga intilish hissini uygʻotish hamda bu borada ularni ragʻbatlantirish va davlat tomonidan yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
belgilangan dasturlar va talablar asosida tashkil etilgan oʻquv kurslarini tamomlagan har bir bitiruvchi (yoshlar, xotin-qizlar) uchun kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlariga, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarga (keyingi oʻrinlarda — professional taʼlim tashkilotlari), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda uning hududiy filiallariga (keyingi oʻrinlarda — Oliy maktab) sarflangan xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga 1 million soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorini davlat tomonidan kompensatsiya qilish.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchilari tavsiyasiga koʻra kasb-hunarga va tadbirkorlikka oʻrgatuvchi oʻquv kurslariga yoʻnaltirilgan yoshlar va xotin-qizlar uchun belgilangan kompensatsiya toʻlovlari Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining hududiy boshqarmalari va nodavlat taʼlim tashkilotlari, professional taʼlim tashkilotlari hamda Oliy maktab oʻrtasida uch tomonlama shartnomaga muvofiq amalga oshirilishi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlari, professional taʼlim tashkilotlari, Oliy maktab kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, ularning sertifikatini olgan shaxslarga oʻz biznesini tashkil etish uchun imtiyozli mikrokreditlar ajratish;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
nodavlat notijorat tashkilotlarining keng aholi qatlamlarini tadbirkorlikka oʻqitish va ularga mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatishdan iborat kompleks dasturlarini amalga oshirish uchun Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobidan tanlov asosida 5 yil muddatga, shu jumladan bir yillik imtiyozli davr bilan yillik 4 foiz stavkada qarz ajratish.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
aholini, shu jumladan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish dasturini amalga oshirish va oʻquv kurslarini tashkil etish jarayoniga nodavlat taʼlim tashkilotlari, professional taʼlim tashkilotlari va Oliy maktabni keng jalb qilishni nazarda tutuvchi Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlari, professional taʼlim tashkilotlari va Oliy maktabning elektron reyestrini shakllantirish, ularning oʻqitishga sarflangan xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
aholini kasb-hunar hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga boʻlgan qiziqishi va manfaatdorligini oshirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
tadbirkorlikka oʻqitishda ishtirok etuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan yanada qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutuvchi Yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish va unga jalb qilish loyihalarini amalga oshiradigan nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlari, professional taʼlim tashkilotlari, Oliy maktab hududiy filiallarining elektron reyestri (keyingi oʻrinlarda — reyestr) ushbu qarorga 1-ilovada belgilangan muddatlarda “Onlayn mahalla” platformasida yuritiladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-son qaroriga muvofiq ajratilgan 2 mln. AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar hisobidan nodavlat notijorat tashkilotlarining keng aholi qatlamlarini tadbirkorlikka oʻqitish va ularga mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatishdan iborat kompleks dasturlarini amalga oshirish uchun qarz ajratish boʻyicha tanlov 2021-yil 20-iyulga qadar eʼlon qilinadi va 2021-yil 1-avgustga qadar oʻtkaziladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan nodavlat taʼlim tashkilotlari va professional taʼlim tashkilotlarining roʻyxati, Oliy maktab tomonidan uning hududiy filiallarining roʻyxati hududlar kesimida shakllantirilib, reyestrga kiritish uchun Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga taqdim etilishi belgilansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
reyestrni shakllantirgan holda “Onlayn mahalla” platformasiga joylashtirish;
sertifikatga ega boʻlgan bitiruvchilar toʻgʻrisida maʼlumotlar olish;
tadbirkorlik boʻyicha oʻquv kurslarini tamomlab va keyinchalik mikrokredit olib, faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini monitoring qilib borish.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 388-son qaroriga 1-ILOVA
Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlari, professional taʼlim tashkilotlari, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda uning hududiy filiallari elektron reyestrini shakllantirish, ularning oʻqitishga sarflangan xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarini amalga oshirish, ularda ishtirok etuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlari, professional taʼlim tashkilotlari, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda uning hududiy filiallarining elektron reyestrini shakllantirish hamda ularning oʻqitishga sarflangan xarajatlarini qoplab berish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
vakolatli davlat organining hududiy boshqarmasi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
professional taʼlim tashkilotlari (PTT) — yoshlar va xotin-qizlar kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitadigan kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar;
nodavlat taʼlim tashkilotlari (NTT) — yoshlar va xotin-qizlar kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitiladigan tadbirkorlik subyektlari;
elektron reyestr — yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarida ishtirok etuvchi NTT, PTT, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi oʻrinlarda — Oliy maktab) hamda uning hududiy filiallari toʻgʻrisidagi toʻliq va aniq maʼlumotlarni oʻzida jamlaydigan elektron axborot tizimi;
oʻquv yuklamasi — Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy maktab, Savdo-sanoat palatasi hamda vakolatli davlat organi tomonidan ishlab chiqilib, tasdiqlanadigan kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha fanlarning minimal yoʻnalishlari, miqdori va oʻquv soatini oʻzida mujassamlashtirgan qoʻshma yoʻriqnoma;
oʻquv dasturi — oʻquv yuklamasi asosida NTT, PTT, Oliy maktab tomonidan ishlab chiqiladigan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha fanning mazmuni va oʻtilish tartibi, oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan bilim va koʻnikmalarning hajmini belgilab beradigan darslar majmuasi;
oʻquv kurslari — oʻquv dasturi asosida yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha NTT, PTT, Oliy maktab darslari toʻplami;
oʻquv kurs tinglovchilari (bitiruvchilari) — oʻquv dasturi asosida kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari tomonidan tashkil etilgan oʻquv kurslarida tahsil olayotgan (bitirgan) yoshlar va xotin-qizlar;
sertifikat — NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari tomonidan tashkil etilgan oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli bitirib, yakuniy imtihon natijalariga koʻra 71 va undan yuqori ball toʻplagan bitiruvchilarga mazkur Nizomga 1-ilova qilingan namuna asosida taqdim etiladigan malakaviy hujjat;
kompensatsiya — elektron reyestrga kiritilgan, sertifikatga ega boʻlgan oʻquv kurslari bitiruvchilarini kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitgan NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallariga sarflangan xarajatlarning 70 foizini, biroq sertifikatga ega boʻlgan har bir bitiruvchiga bir marta 1 million soʻmdan oshmagan qismini qoplash maqsadida toʻlanadigan mablagʻ;
mikrokredit — reyestrga kiritilgan taʼlim tashkilotlarida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli bitirib, sertifikatga ega bitiruvchilarga “Mikrokreditbank” ATB va AT Xalq banki tomonidan ajratiladigan imtiyozli mikrokreditlar.
3. Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarida ishtirok etuvchi NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallarining elektron reyestrini shakllantirish, ularning oʻqitishga sarflangan xarajatlarini kompensatsiya qilish Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Elektron reyestrni shakllantirish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan hududlarda faoliyat yuritayotgan NTT va PTT, Oliy maktab tomonidan uning hududiy filiallari roʻyxati har yili 1-dekabrga qadar vakolatli davlat organiga koʻrib chiqish va elektron reyestrga kiritish uchun taqdim etiladi.
5. Roʻyxatda quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
STIR raqami;
nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati boʻyicha litsenziya yoki xabarnoma qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnoma rekvizitlari;
oʻquv kurslarining yoʻnalishlari;
oʻquv kurslarini olib boradigan oʻqituvchi, usta va murabbiylar soni (sohalar kesimida);
oʻquv va dars jarayonlarini tashkil etish uchun sinfxonalar, mashgʻulot xonalari va boshqa zarur ishlab chiqarish maydonlarining mavjudligi;
oʻquv kurslarining umumiy joy oʻrinlari;
oʻquv jihozlari va boshqa zarur vositalar bilan taʼminlanganligi;
mavjud filiallari va ularning manzillari (mavjud boʻlsa);
xalqaro tashkilotlar tomonidan berilgan sertifikatlari (mavjud boʻlsa).
6. NTT va PTTlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga, Oliy maktab hududiy filiallari Oliy maktabga elektron reyestrga kiritish, yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarida ishtirok etish uchun har yili 1-noyabrga qadar ariza taqdim etadi.
7. NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari elektron reyestrga kirishlari uchun mazkur Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablarga javob berishlari kerak.
Mazkur talablar taʼminlanmagan taqdirda, ushbu NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari elektron reyestrga kiritilmaydi hamda vakolatli davlat organi tomonidan ikki ish kuni ichida bu haqda tegishligi boʻyicha Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga, Oliy maktabga yozma yoki elektron shaklda xabar yuboriladi va taqdim etilgan hujjatlar qaytariladi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy maktab bir ish kuni ichida hujjatlar qaytarilganligi toʻgʻrisida tegishli NTT, PTT, Oliy maktab hududiy filiallarini xabardor qiladi.
NTT, PTT, Oliy maktab hududiy filiallari xabarnoma olingan kundan boshlab uch ish kuni ichida kamchiliklar bartaraf etilib, mazkur Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq tegishli maʼlumotlar va hujjatlar taqdim etilgandan soʻng tegishli tartibda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy maktab ularning maʼlumotlari hamda roʻyxatini ikki ish kuni ichida takroran vakolatli davlat organiga kiritishi mumkin.
Takroran taqdim etilgan hujjatlar vakolatli davlat organi tomonidan ushbu Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablar asosida qayta koʻrib chiqiladi.
8. Vakolatli davlat organiga taqdim etilgan maʼlumot va hujjatlarning haqqoniyligi uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy maktab va uning hududiy filiallari, PTT hamda NTTlar rahbarlari shaxsan masʼul hamda javobgar hisoblanadi.
NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallarining mazkur Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi, shuningdek, taqdim etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi zarur hollarda, vakolatli davlat organi xamda uning hududlardagi boshqarmalari masʼul xodimlari tomonidan bevosita joyiga chiqqan holda oʻrganilishi mumkin.
9. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy maktab tomonidan taqdim etilgan roʻyxatni koʻrib chiqish va umumlashtirish asosida har yili 1-yanvarga qadar vakolatli davlat organi tomonidan NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallarining elektron reyestri shakllantiriladi.
Elektron reyestr “Onlayn mahalla” platformasiga joylashtiriladi.
Elektron reyestrga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy maktabning taklifiga koʻra vakolatli davlat organi tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Ushbu elektron reyestrga kiritilmagan va NTTlarning nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati boʻyicha litsenziya yoki xabarnoma qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnoma rekvizitlari mavjud boʻlmagan tashkilotlarga kopmensatsiya mablagʻlari oʻtkazib berilmaydi.
10. Zarur hollarda, elektron reyestrga kiritilgan maʼlumotlar manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlarning boshqa elektron axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi mumkin.
3-bob. Oʻquv dasturini amalga oshirish va oʻquv kurslarini tashkil etish
11. Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish, ularning oʻqitishga sarflangan xarajatlarini kompensatsiya qilish 3-ilovada keltirilgan kasblar roʻyxati doirasida amalga oshiriladi.
12. NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari tomonidan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish oʻquv dasturlari va oʻquv kurslari asosida tashkil etiladi.
13. Oʻquv kurslarining umumiy davomiyligi 40 soatdan kam boʻlmagan holda belgilanadi, bunda dars soatlarining taxminan:
70 foiz qismini kasb-hunar va tadbirkorlik asoslarini;
10 foiz qismini tadbirkorlik sohasidagi qonunchilik talablari, tadbirkorlarning huquq va majburiyatlarini;
10 foiz qismini biznes-rejalar tuzish va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishni;
10 foiz qismini marketing, menejment va tadbirkorlik etikasi, hamkorlar va mijozlar bilan oʻzaro munosabatlarni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, shuningdek, ularga xizmat koʻrsatish va muomala madaniyatini oʻrgatishga qaratish tavsiya etiladi.
14. NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari oʻquv dasturlari doirasida vakolatli davlat organining hududiy boshqarmasi hamda tinglovchilar bilan tuzilgan uch tomonlama shartnoma va toʻlov asosida oʻqishga qabul qiladi.
Uch tomonlama shartnoma yoshlar, xotin-qizlar, vakolatli davlat organining hududiy boshqarmasi va NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari oʻrtasida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi (keyingi oʻrinlarda — hokim yordamchisi) tavsiyasiga koʻra tuziladi.
Bunda yoshlar va xotin-qizlar kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqish istagini bildirib, NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallaridan birini tanlagan holda tavsiya berishni soʻrab hokim yordamchisiga murojaat qiladi.
Hokim yordamchisi esa besh ish kuni ichida taʼlim muassasasi bilan uch tomonlama shartnoma tuzilishi uchun vakolatli davlat organining hududiy boshqarmasiga fuqaroning murojaatini ilova qilgan holda oʻzining tavsiyasini yuboradi.
Vakolatli davlat organining hududiy boshqarmasi hokim yordamchisining tavsiyasi asosida tegishli NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari bilan uch tomonlama shartnomani rasmiylashtiradi.
15. NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallarining kasb-hunar yoʻnalishi boʻyicha oʻquv kurslarini yakunlagan ishsiz xotin-qizlar hokim yordamchilari tomonidan vakolatli davlat organining hududiy boshqarmasiga yoʻnaltiradi.
Ushbu fuqarolar hududiy vakolatli davlat organining hududiy boshqarmasi tomonidan mavjud boʻsh ish oʻrinlariga joylashtiriladi yoki oʻzini oʻzi band qilishi uchun koʻmaklashiladi.
Tadbirkorlik yoʻnalishi boʻyicha oʻquv kurslarini yakunlagan xotin-qizlarga tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtishidan boshlab, oʻz faoliyatini mustaqil olib borishiga qadar boʻlgan jarayonda hokim yordamchilari tomonidan tizimli ravishda amaliy yordam koʻrsatib boriladi.
16. Oʻquv kurslari yuqori malaka va tajribaga ega mutaxassislar, oʻqituvchilar, ustalar va murabbiylar tomonidan zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanilgan holda anʼanaviy usulda olib boriladi.
17. NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari tomonidan tinglovchilarning oʻquv jarayonida ishtirok etishlari va davomati muntazam monitoring qilib boriladi.
Oʻquv jarayonlari tanlanma asosida vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalari tomonidan bevosita joyiga chiqqan holda kuzatib borilishi mumkin.
18. Oʻquv kurslari yakunlanishidan ikki kun oldin NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalariga bitiruvchilarni test sinovidan oʻtkazishni tashkil etish uchun rasmiy xabarnoma taqdim etadi.
Oʻquv kurslari yakunlariga koʻra vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalari Savdo-sanoat palatasining hududiy boʻlinmalari, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari vakillarini jalb qilib, tinglovchilar real vaqt (onlayn) rejimida zamonaviy axborot texnologiyalari vositalarini qoʻllagan holda test va imtihon sinovidan oʻtkaziladi. Shuningdek, zarur hollarda tinglovchilardan amaliy imtihonlar ham olinishi mumkin.
19. Testlar, imtihon savolnomalari va amaliy imtihon vazifalari har bir oʻquv kursi yoʻnalishidan kelib chiqqan holda, oʻquv yuklamalari va oʻquv dasturlari talablari asosida vakolatli davlat organi tomonidan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi xamda Oliy maktab bilan hamkorlikda shakllantiradi.
20. Imtihonlarning eng yuqori bali 100 ball etib belgilanadi.
21. Yakuniy imtihon sinovlari natijasida 71 va undan yuqori ball toʻplagan bitiruvchilarga NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari tomonidan sertifikat beriladi.
4-bob. Oʻquv kurslari bitiruvchilarining oʻqitish xarajatlarini qoplab berish
22. Oʻquv kurslarini tamomlagan va sertifikatga ega boʻlgan bitiruvchilar uchun NTT, PTT, Oliy maktabga kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslari qiymatining 70 foizi, biroq sertifikatga ega boʻlgan har bir bitiruvchiga bir marta 1 million soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdori vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalari tomonidan kompensatsiya qilinadi.
Bunda kompensatsiya miqdori NTT, PTT, Oliy maktab oʻquv dasturlari doirasida vakolatli davlat organining hududiy boshqarmasi hamda tinglovchilar oʻrtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomada koʻrsatiladi.
23. Oʻquv kurslarini tamomlagan va sertifikatga ega boʻlgan bitiruvchilarga kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarining tegishli qiymatini qoplab berish uchun NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari tomonidan vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda rasmiy murojaat qilinadi:
sertifikat olgan bitiruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
oʻqitish xarajatlari uchun bitiruvchi tomonidan amalga oshirilgan toʻlovni tasdiqlovchi hujjatlar (qogʻoz yoki elektron shaklda) nusxalari (bank tomonidan tasdiqlangan kvitansiya, chek va boshqalar).
Agarda mazkur hujjatlar toʻliq taqdim etilmasa, vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalari tomonidan tegishli kompensatsiya mablagʻlari oʻtkazib berilmaydi va besh ish kuni ichida bu haqda NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari yozma yoki elektron shaklda xabardor qilinadi.
NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng takroran murojaat qilishga haqli.
Tegishli kamchiliklar bartaraf etilganidan soʻng uch ish kuni ichida vakolatli davlat organi hududiy boshqarmalari tomonidan NTT, PTT, Oliy maktab belgilangan kompensatsiya mablagʻlari oʻtkazib beriladi.
Kompensatsiya olish uchun taqdim etilgan hujjatlarning toʻgʻri va haqqoniyligi uchun NTT, PTT, Oliy maktab va uning hududiy filiallarining rahbarlari shaxsan masʼul va javobgar hisoblanadi.
24. Shartnomada belgilangan kompensatsiya mablagʻlari oʻtkazib berilganidan soʻng vakolatli davlat organi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari tomonidan sertifikat olgan bitiruvchilar haqida taqdim qilingan maʼlumotlarning haqiqiy emasligi aniqlangan hollarda, vakolatli davlat organi hududiy boshqarmalaridan olingan kompensatsiya mablagʻlari NTT, PTT, Oliy maktab tomonidan qaytarib beriladi.
5-bob. Vakolatli davlat organiga kompensatsiya uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlardan foydalanish
25. Vakolatli davlat organiga kompensatsiya uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan vakolatli davlat organiga oʻtkazib berish orqali jamlanadi. Vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalari soʻrovlariga asosan vakolatli davlat organining mahalliy darajada ochiladigan gʻazna hisobvaraqlariga vakolatli davlat organi tomonidan moliyalashtirib boriladi.
26. Vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalari vakolatli davlat organi tomonidan moliyalashtirib boriladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida mavjud mablagʻlar doirasida kompensatsiya mablagʻlarini oʻtkazib berish yuzasidan NTT, PTT, Oliy maktab hamda tinglovchilar bilan uch tomonlama shartnoma tuzadi.
27. Zarur hollarda, vakolatli davlat organining mahalliy darajada tashkil etilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridagi mablagʻlar qoldigʻi vakolatli davlat organi qarori bilan keyinchalik taqsimlash uchun vakolatli davlat organiga qaytariladi.
28. Vakolatli davlat organiga kompensatsiya uchun davlat budjetidan ajratiladigan, joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qoʻyilmaydi va ulardan keyingi yilda foydalaniladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
29. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “Mikrokreditbank” ATB, AT Xalq banki va ularning hududiy boʻlinmalari hamda vakolatli davlat organi yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish tizimi boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshiradi.
30. Ushbu nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlari, professional taʼlim tashkilotlari, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda uning hududiy filiallari elektron reyestrini shakllantirish, ularning oʻqitishga sarflangan xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish dasturi boʻyicha oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikat namunasi
yoʻnalishi boʻyicha oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatdi.
_____________________________
___________________
(direktor yoki vakolatli shaxs F.I.O)
muhr oʻrni
(imzo)
20___ yil “___” ______________
(berilgan sana)
______________ viloyati ___________ tumani/shahri
Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlari, professional taʼlim tashkilotlari, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda uning hududiy filiallari elektron reyestrini shakllantirish, ularning oʻqitishga sarflangan xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlari, professional taʼlim tashkilotlari, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda uning hududiy filiallarining elektron reyestrini shakllantirish, ularning oʻqitishga sarflangan xarajatlarini kompensatsiya qilish
Elektron reyestrga kiritish, yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarida ishtirok etish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ariza taqdim etadi.
Har yili 1-noyabrga qadar
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi oʻrinlarda — Oliy maktab)
Elektron reyestrga kiritish, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish dasturlarida ishtirok etish uchun Oliy maktabga ariza taqdim etadi.
Professional taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — PTT)
Elektron reyestrga kiritish, yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarida ishtirok etish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ariza taqdim etadi.
2-bosqich
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablarga koʻra NTT va PTTlar roʻyxatini shakllantiradi, roʻyxat va NTTlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumot va hujjatlarni vakolatli davlat organiga koʻrib chiqish hamda elektron reyestrga kiritish uchun taqdim etadi.
Har yili 1-dekabrga qadar
Oliy maktab
Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablarga koʻra hududiy filiallar roʻyxatini shakllantiradi, roʻyxat va hududiy filiallar tomonidan taqdim etilgan maʼlumot va hujjatlarni vakolatli davlat organiga koʻrib chiqish hamda elektron reyestrga kiritish uchun taqdim etadi.
3-bosqich
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli davlat organi)
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Oliy maktab tomonidan taqdim qilingan maʼlumotlar va hujjatlarni Nizomning 4 va 5-bandida nazarda tutilgan talablar asosida oʻrganib chiqadi, belgilangan talablar taʼminlanmagan taqdirda, NTTlar, PTTlar va Oliy maktab hududiy filiallarini elektron reyestrga kiritmaydi, bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga, Oliy maktabga yozma yoki elektron shaklda xabar yuboradi, taqdim etilgan hujjatlarni qaytaradi.
2 ish kuni ichida
4-bosqich
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy maktab
Hujjatlar qaytarilganligi toʻgʻrisida tegishli NTT, PTT, Oliy maktab hududiy filiallarini xabardor qiladi.
1 ish kuni ichida
5-bosqich
NTT, PTT, Oliy maktab hududiy filiallari
Kamchiliklar bartaraf etilib, Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq tegishli maʼlumotlar va hujjatlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy maktabga qayta taqdim qiladi.
Xabarnoma olingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida
6-bosqich
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Oliy maktab
NTT, PTT, Oliy maktab hududiy filiallari tomonidan qayta taqdim qilingan hujjatlarni oʻrganib chiqib, maʼlumot, hujjatlar hamda roʻyxatni vakolatli davlat organiga takroran yuboradi.
2 ish kuni ichida
7-bosqich
Vakolatli davlat organi
Takroran taqdim etilgan roʻyxat, maʼlumot va hujjatlarni Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablar asosida qayta koʻrib chiqadi.
Qayta koʻrib chiqilgan roʻyxatni umumlashtirgan holda NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallarining elektron reyestrini shakllantiradi.
Belgilangan tartibda
har yili1-yanvarga qadar
8-bosqich
Vakolatli davlat organining hududiy boshqarmasi
NTT, PTT, Oliy maktab oʻquv dasturlari doirasida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi tavsiyasiga koʻra tinglovchilar bilan tuzilgan uch tomonlama shartnoma va toʻlov asosida oʻqishga qabul qilinadi.
Murojaat qilingan kundan boshlab
9-bosqich
NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari
Yuqori malaka va tajribaga ega mutaxassislar, oʻqituvchilar, ustalar va murabbiylar tomonidan zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanilgan holda anʼanaviy usulda oʻquv kurslarini olib boradi.
Belgilangan muddatlarda
10-bosqich
NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari
Vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalariga bitiruvchilarni test sinovidan oʻtkazishni tashkil etish uchun rasmiy xabarnoma taqdim etadi.
Oʻquv kurslari yakunlanishidan ikki kun oldin
11-bosqich
Tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari
Oʻquv kurslari yakunlariga koʻra tinglovchilarni Savdo-sanoat palatasining hududiy boʻlinmalari, vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalari vakillarini jalb qilib, real vaqt (onlayn) rejimida zamonaviy axborot texnologiyalari vositalarini qoʻllagan holda test va imtihon sinovidan oʻtkazadi.
Shuningdek, zarur hollarda, tinglovchilardan amaliy imtihonlar ham olishi mumkin.
Belgilangan muddatlarda
12-bosqich
NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari
Yakuniy imtihon sinovlari natijasida 71 va undan yuqori ball toʻplagan bitiruvchilarga sertifikat beradi.
Belgilangan muddatlarda
13-bosqich
NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari
Sertifikatga ega boʻlgan bitiruvchilarga kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslari tegishli qiymatini qoplab berish uchun Nizomning 23-bandida qayd qilingan hujjatlarni ilova qilgan holda vakolatli davlat organi hududiy boshqarmalariga rasmiy murojaat qiladi.
Shartnomaga muvofiq
14-bosqich
Vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalari
NTT, PTT, Oliy maktab oʻquv dasturlari doirasida vakolatli davlat organining hududiy boshqarmasi hamda tinglovchilar oʻrtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomada koʻrsatilgan oʻquv kurslarining tegishli qiymati asosida kompensatsiya qiladi.
Shartnomada belgilangan muddatda
15-bosqich
Vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalari
Agar, hujjatlar toʻliq taqdim etilmasa, NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallarini yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi hamda taqdim etilgan hujjatlarni qaytaradi.
(NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari kamchiliklarni bartaraf etgan holda takroran murojaat qilishga haqli).
Besh ish kuni ichida
16-bosqich
Vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalari
Tegishli kamchiliklar bartaraf etilganidan soʻng NTT, PTT, Oliy maktabga belgilangan kompensatsiya mablagʻlarini oʻtkazib beradi.
Uch ish kuni ichida
17-bosqich
NTT, PTT, Oliy maktab
Sertifikat olgan bitiruvchilar haqida haqqoniy maʼlumot taqdim etmagan boʻlsa, vakolatli davlat organi hududiy boshqarmalaridan olingan kompensatsiya mablagʻlarini qaytarib beradi.
Ikki ish kuni muddatida
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlari, professional taʼlim tashkilotlari, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda uning hududiy filiallari elektron reyestrini shakllantirish, ularning oʻqitishga sarflangan xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Nodavlat taʼlim tashkilotlari, professional taʼlim tashkilotlari, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda uning filiallari tomonidan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar, tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha
Ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish va boshqarish.
3.
Qandolatchilik, pazandachilik va karving.
4.
Tikuvchilik (toʻqimachilik sohasining barcha turdagi xizmatlari).
5.
Gilam toʻqish.
6.
Charm-teri mahsulotlari va poyabzal tikish, taʼmirlash.
7.
Zardoʻzlik, kashtachilik va gazlamalarga gul bosish.
8.
Zargarlik va bijuteriya tayyorlash.
9.
Sartaroshlik, manikyur, pedikyur xizmatlari.
10.
Kosmetolog.
11.
Uy hamshiraligi, bolalar va qariyalar parvarishi.
12.
Kir yuvish va dazmollash xizmatlari.
13.
Koʻp qavatli uylar va binolarga texnik xizmat koʻrsatish, ekspluatatsiya va joriy taʼmirlash.
14.
Umumiy qurilish ishlari (beton quyish, gʻisht va kafel terish, suvoqchilik, boʻyoqchilik va pardozlash ishlari).
15.
Darvoza, eshik va derazalar yasash va taʼmirlash (yogʻoch, plastik, metall va boshqa).
16.
Slesar, tokar va metallarga ishlov berish, buyumlar yasash.
17.
Duradgorlik, yogʻoch buyumlarini yasash.
18.
Oʻymakorlik va ganchkorlik.
19.
Kulolchilik.
20.
Tosh, marmar, granit va boshqa inert materiallarga ishlov berish.
21.
Haykaltaroshlik hamda ?ichik meʼmoriy shakllarni yasash va oʻrnatish.
22.
Milliy musiqa asboblarini yasash va taʼmirlash.
23.
Mebelsozlik.
24.
Santexnika uskunalarini oʻrnatish va taʼmirlash.
25.
Elektropayvand, elektromontyorlik xizmati.
26.
Maishiy texnikalar, kompyuter va ofis jihozlarini oʻrnatish, tuzatish va ularga xizmat koʻrsatish.
27.
Avtotransport vositalarini taʼmirlash va jihozlash.
28.
Obodonlashtirish va landshaft dizayn ishlarini tashkil etish.
29.
Gul yetishtirish, gulchambarlar, gulli bezak va dekoratsiyalar tayyorlash.
30.
Tantanalar, marosimlar, toʻy va tadbirlarni tashkil etish hamda badiiy bezash ishlarini amalga oshirish.
31.
Dasturiy taʼminot, axborot tizimlari, mobil ilovalar va veb-saytlarni ishlab chiqish, texnik qoʻllab-quvvatlash (dasturchi, veb-sahifalarni sahifalovchi, veb-tahlilchi, veb-saytlarni optimizatsiyalash boʻyicha mutaxassis).
32.
Multimedia, dizayn va sanʼat materiallarini yaratish va ishlov berish (veb-dizayner, grafika dizayneri, kompyuter oʻyinlari dizayneri, interyer dizayneri, landshaft dizayneri, liboslar dizayneri, retusher, fotokollajchi, vektor grafikasi muharriri, vizuallashtiruvchi dizayner, texnik dizayner, moushn-dizayner, 3D-dizayner, video muharrir, videooperator va boshqalar).
33.
Matnni yaratish va ishlov berish (kopirayter, rerayter, SEO-kopirayter, SEO-rerayter, kontent-menejer, muharrirlik xizmatlarini tashkil etish).
34.
Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat (PR-menedjer, internet-marketolog, ijtimoiy tarmoqlarda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ilgari surish va reklama qilish (SMM), ijtimoiy tarmoq sahifalari administratori, akkaunt-menejer, marketolog, targetolog, kontekst-reklama boʻyicha mutaxassis, direktolog, media rejalashtiruvchi, SMO mutaxassisi).
35.
Kadrlar tanlash sohasidagi faoliyat (internet-loyihalar bilan ishlovchi menejer, frilanserlar guruhi rahbari, NR-menejer, rekruter, shaxsiy assistent).
36.
Onlayn konsultatsiya berish (onlayn-konsultant, onlayn-trener, moliyaviy maslahatchi, vebinar olib boruvchi).
37.
Buxgalteriya hisobi.
38.
Brokerlik, rieltorlik, baholash ishlari.
39.
Deklarant (tashqi iqtisodiy faoliyat va bojxona ishi rasmiyatchiligi).
40.
Logistika (yuk va yoʻlovchi tashish xizmati operatori).
41.
Marketing xizmatlari hamda tovar va xizmatlar reklamasini tashkil etish.
42.
Turizm, mehmonxona va gid xizmatlari.
43.
Bosma nashrlarni ishlab chiqarish va chakana savdo qilish.
44.
Chorvachilik xoʻjaliklarini tashkil etish, yuritish va boshqarish.
45.
Parrandachilik xoʻjaliklarini tashkil etish, yuritish va boshqarish.
46.
Asalarichilik xoʻjaliklarini tashkil etish, yuritish va boshqarish.
47.
Baliqchilik xoʻjaliklarini tashkil etish, yuritish va boshqarish.
48.
Veterinariya va zootexnika.
49.
Qassobchilik va kushxona xizmatlari.
50.
Intensiv bogʻbonlik, mevali va manzarali daraxtlar yetishtirish va ularni parvarishlash.
51.
Issiqxona xoʻjaligini tashkil etish, yuritish va mahsulotlar yetishtirish.
52.
Oʻsimliklarni kimyoviy himoyalash xizmatlari.
53.
Meva-sabzavotlarni saralash, saqlash, qadoqlash va birlamchi qayta ishlash.
54.
Tish texnigi.
55.
Xorijiy tillarni oʻrganish (mukammal soʻzlashish darajasida).
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 388-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-son qaroriga muvofiq joriy etilgan tizim asosida aholini tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki va aksiyadorlik-tijorat Xalq banki (keyingi oʻrinlarda — bank) tomonidan kreditlar ajratish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
qarz oluvchilar — tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlar, shuningdek, mikrofirma va kichik korxona taʼsis etgan shaxslar;
kredit liniyasi — bank bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga (bosh kelishuvga) asosan qarz oluvchilarga kredit ajratish uchun ochilgan kredit liniyalari;
oʻquv yuklamasi — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiya vazirligi, Oliy maktab, Savdo-sanoat palatasi hamda vakolatli davlat organi tomonidan ishlab chiqilib, tasdiqlanadigan kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha fanlarning minimal yoʻnalishlari, miqdori va oʻquv soatini oʻzida mujassamlashtirgan qoʻshma yoʻriqnoma;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
oʻquv dasturi — oʻquv yuklamasi asosida NTT, PTT, Oliy maktab tomonidan ishlab chiqiladigan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha fanning mazmuni va oʻtilish tartibi, oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan bilim va koʻnikmalarning hajmini belgilab beradigan darslar majmuasi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
oʻquv kurslari — oʻquv dasturi asosida yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha NTT, PTT, Oliy maktab darslari toʻplami;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
oʻquv kurs tinglovchilari (bitiruvchilari) — oʻquv dasturi asosida kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari tomonidan tashkil etilgan oʻquv kurslarida tahsil olayotgan (bitirgan) yoshlar va xotin-qizlar;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
sertifikat — NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari tomonidan tashkil etilgan oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli bitirib, yakuniy imtihon natijalariga koʻra 71 va undan yuqori ball toʻplagan bitiruvchilarga mazkur Nizomga 1-ilova qilingan namuna asosida taqdim etiladigan malakaviy hujjat;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
elektron reyestr — yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarida ishtirok etuvchi NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari toʻgʻrisidagi toʻliq va aniq maʼlumotlarni oʻzida jamlaydigan elektron axborot tizimi;
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
mikrokredit — oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli bitirib, sertifikatga ega bitiruvchilarga bank tomonidan ajratiladigan imtiyozli mikrokreditlar.
3. Tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar ajratish ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Mazkur Nizomga muvofiq, kredit elektron reyestrga kiritilgan NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallarining oʻquv kurslarini yakunlab, sertifikatga ega tashabbuskorlarga vakolatli davlat organi bilan bank oʻrtasida tuzilgan bosh kelishuvga asosan ajratiladigan mablagʻlar doirasida beriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
5. Mikrokreditlarning oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlash va sertifikat olgan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot almashish maqsadida, bank bilan mikrokreditlash dasturlarida ishtirok etayotgan oʻquv kurslari yakunlari boʻyicha NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari tomonidan sertifikat berilgan shaxslar toʻgʻrisida oʻzaro elektron axborot almashinuvi tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
2-bob. Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka jalb qilish jarayoni
6. Qarz oluvchilar oʻz faoliyatini amalga oshirish yuzasidan maslahatlar olish yoki yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, shuningdek, boshqa turli masalalarda hamkorlik qilish maqsadida bankka murojaat qilishlari mumkin.
Mijoz va bank oʻrtasidagi munosabatlar Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi orqali bank filialiga yoki bank xizmatlari markaziga tashrif buyurish, “Call” markazga murojaat qilish, SMS xabarnoma joʻnatish, bankning internetdagi sahifasi orqali murojaat qilish, shuningdek, “Telegram.bot” orqali amalga oshiriladi.
3-bob. Mikrokreditlarni ajratish tartibi
7. Mikrokreditlar qarz oluvchilarga tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish yoki rivojlantirish maqsadlari uchun ajratiladi.
8. Bank tomonidan sertifikat olgan:
tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, xususan yoshlar va xotin-qizlarga oʻz biznesini tashkil etish uchun 33 million soʻmgacha boʻlgan miqdorda;
mikrofirma va kichik korxona taʼsis etgan shaxslarga 225 million soʻmgacha miqdorda mikrokreditlar ajratiladi.
Ushbu bandda nazarda tutilgan mezon asosida kredit bir qarz oluvchiga bir marotaba ajratiladi.
9. Qarz oluvchi bank bilan tuzilgan kredit shartnomasi doirasida kreditning kerakli qismidan foydalanishi mumkin.
10. Mazkur mikrokreditlar bankda alohida hisobvaraqlarda yuritiladi.
11. Mikrokreditlar:
ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish;
alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
savdo-vositachilikni amalga oshirish;
ishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy mulkni sotib olish uchun ajratilmaydi.
12. Mikrokreditlar 3 yil muddatgacha 6 oygacha imtiyozli davr bilan, yoshlarning biznes loyihalariga esa kreditlarni qaytarish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, 7 yilgacha muddatga, 3 yilgacha imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratiladi.
13. Qarz oluvchi — yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar ularning talabiga binoan jami kredit summasining 50 foizidan oshmagan miqdorda naqd pulda ajratiladi.
4-bob. Mikrokreditlarni rasmiylashtirish
14. Qarz oluvchilar kredit olish uchun bankka elektron ariza bilan murojaat qiladi. Bunda, qarz oluvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar, shuningdek, mikrokredit olish huquqini beruvchi sertifikat toʻgʻrisidagi maʼlumot taqdim etiladi.
15. Ariza bankka kelib tushgan kunning keyingi kunidan kechikmasdan bank masʼul xodimi tomonidan kredit olish boʻyicha bankning eng qulay filiali yoki bank xizmatlari markaziga murojaat qilish va tegishli hujjatlarni taqdim etish yuzasidan qarz oluvchiga taklif joʻnatiladi.
Shuningdek, bank masʼul xodimi (anderrayter) tomonidan skoring tizimi asosida loyihani moliyalashtirish yuzasidan chiqarilgan ijobiy yoki salbiy qarori qarz oluvchiga va vakolatli davlat organiga taqdim etiladi. Skoring tahlilida qarz oluvchining quyidagi maʼlumotlari oʻrganiladi:
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
kredit tarixi;
mazkur yoʻnalishlar boʻyicha kreditlarining mavjudligi;
qaysi oʻquv markazini bitirganligi;
tadbirkorlik uchun tanlangan yoʻnalishi;
kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi.
16. Elektron arizadagi maʼlumotlar va taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning bir-biriga mos boʻlishini taʼminlash qarz oluvchining zimmasida boʻladi.
17. Tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy hisobotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishli tashkilotdan elektron tarzda qabul qilib olinishi mumkin.
18. Bank jismoniy shaxs boʻlgan qarz oluvchilarga mikrokreditlarni taʼminotsiz ajratadi. Kreditlarning qaytmaslik xatari bank tomonidan sugʻurtalanadi.
19. Qarz oluvchi — mikrofirma va kichik korxona taʼsis etgan shaxslar kredit qaytarilishining taʼminoti sifatida bankka quyidagi taʼminot turlaridan birini taqdim etadi:
(19-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
qonunchilik hujjatlari doirasidagi boshqa taʼminot turlari.
20. Bank qarz oluvchilarga kredit berishda kreditning umumiy summasida qarz oluvchining garov taʼminotini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni hisobga olish huquqiga ega.
5-bob. Kreditlarni monitoring qilish va soʻndirish
21. Bank qarz oluvchiga ajratilgan kreditni maqsadli ishlatilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi. Bunda, kreditning maqsadli ishlatilishi yuzasidan tuzilgan dalolatnoma nusxasi Bankning elektron platformasiga biriktirib boriladi.
22. Bank kreditdan foydalanishning muddati davomida doimiy monitoring oʻtkazadi. Bankda mikrokredit olgan tadbirkorlar faoliyatini doimiy kuzatib borish hamda ularga maslahat va koʻmak berish instituti shakllantiriladi. Bunda, masʼul xodim kreditlarni soʻnggi muddatiga qadar kuzatish bilan shugʻullanadi. Monitoring tizimi mijozga yoʻnaltirilganlik uslubida amalga oshiriladi.
23. Olingan kreditdan boshqa maqsadda foydalanilganlik yoki kredit mablagʻlarini talon-taroj qilinganlik holatlari aniqlangan taqdirda, bank kredit shartnomasida belgilangan tartibda kreditning maqsadsiz ishlatilgan qismini yoki talon-taroj qilingan summani belgilangan tartibda qarz oluvchidan muddatidan ilgari undirib olish huquqiga ega.
24. Qarzdor kredit boʻyicha asosiy qarzi va unga hisoblangan foizlarni shartnoma shartlari asosida toʻlashdan bosh tortgan hollarda, bank tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan choralar koʻriladi.
Qarz oluvchining garov taʼminoti kredit boʻyicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni qaytarishga yetmagan taqdirda, bank mazkur qarzni qaytarishni qarz oluvchining likvidli mol-mulkiga qaratishi mumkin.
25. Sertifikatga ega qarz oluvchilar, ularning qarzdan foydalanish yoʻnalishlari va natijadorligi toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotlar Bank tomonidan har oyning 5 sanasiga qadar Agentlikka taqdim etib boriladi.
6-bob. Yakuniy qoida
26. Ushbu nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar ajratish
Tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlar, shuningdek, mikrofirma va kichik korxona taʼsis etgan shaxslar (keyingi oʻrinlarda — Qarz oluvchilar)
Kredit olish uchun “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki yoki aksiyadorlik-tijorat Xalq bankiga elektron ariza bilan murojaat qiladi.
Bunda, qarz oluvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar, shuningdek, mikrokredit olish huquqini beruvchi sertifikat toʻgʻrisidagi maʼlumotni taqdim etadi.
(Mijoz va bank munosabatlar Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi orqali bank filialiga yoki bank xizmatlari markaziga tashrif buyurish, “Call” markazga murojaat qilish, SMS xabarnoma joʻnatish, bankning internetdagi sahifasi orqali murojaat qilish, shuningdek, “Telegram.bot” orqali amalga oshiriladi).
Belgilangan muddatlarda
2-bosqich
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki, aksiyadorlik-tijorat Xalq banki (keyingi oʻrinlarda — Bank)
Kredit olish boʻyicha bankning eng qulay filiali yoki bank xizmatlari markaziga murojaat qilish va tegishli hujjatlarni taqdim etish yuzasidan qarz oluvchiga taklif joʻnatadi.
Shuningdek, skoring tizimi asosida loyihani moliyalashtirish yuzasidan ijobiy yoki salbiy qaror chiqaradi, qaror nusxasini qarz oluvchiga va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli davlat organi)ga taqdim etadi.
Ariza bankka kelib tushgan kunning keyingi kunidan kechikmasdan
3-bosqich
Bank
Qarz oluvchilarga kreditlarni ajratadi
(Jismoniy shaxslar, xususan yoshlar va xotin-qizlarga oʻz biznesini tashkil etish uchun 33 mln soʻmgacha;
mikrofirma va kichik korxona taʼsis etgan shaxslarga 225 mln soʻmgacha.
Kreditlar 3 yil muddatgacha 6 oygacha imtiyozli davr bilan, yoshlarning biznes loyihalariga esa kreditlarni qaytarish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, 7 yilgacha muddatga, 3 yilgacha imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratiladi.
Qarz oluvchilarga kreditlar ularning talabiga binoan jami kredit summasining 50 foizidan oshmagan miqdorda naqd pulda ajratiladi.
Qarz oluvchi va bank oʻrtasida imzolangan shartnomaga muvofiq
4-bosqich
Bank
Qarz oluvchiga ajratilgan kreditni maqsadli ishlatilishi yuzasidan kreditdan foydalanishning muddati davomida monitoringni amalga oshiradi. Bunda, kreditning maqsadli ishlatilishi yuzasidan tuzilgan dalolatnoma nusxasini bank elektron platformasiga biriktirib boradi.
Kredit toʻliq soʻndirilgunga qadar
5-bosqich
Bank
Olingan kreditdan boshqa maqsadda foydalanilganlik yoki kredit mablagʻlarini talon-taroj qilinganlik holatlari aniqlangan taqdirda, kredit shartnomasida belgilangan tartibda kreditning maqsadsiz ishlatilgan qismini yoki talon-taroj qilingan summani belgilangan tartibda qarz oluvchidan muddatidan ilgari undirib olish huquqiga ega.
Qarzdor kredit boʻyicha asosiy qarzi va unga hisoblangan foizlarni shartnoma shartlari asosida toʻlashdan bosh tortgan hollarda, choralar koʻradi.
Qarz oluvchining garov taʼminoti kredit boʻyicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni qaytarishga yetmagan taqdirda, mazkur qarzni qaytarishni qarz oluvchining likvidli mol-mulkiga qaratishi mumkin.
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda
6-bosqich
Bank
Qarz oluvchilar, ularning qarzdan foydalanish yoʻnalishlari va natijadorligi toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotlarni vakolatli davlat organiga taqdim etib boradi.
Har oyning 5 sanasiga qadar
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 388-sonli qaroriga 3-ILOVA
Yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish hamda unga jalb qilish loyihalarini amalga oshiradigan nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida
1. Ushbu Nizom nodavlat notijorat tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — NNT) va mikromoliya tashkilotlari yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish hamda ularga mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatishdan iborat kompleks dasturlarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli davlat organi) tomonidan imtiyozli shartlar asosida qarz ajratish tizimini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
2. Mazkur Nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida ushbu maqsad uchun ajratilgan mablagʻlar NNTlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash uchun beriladigan qarzlarning moliyalashtirish manbai hisoblanadi.
3. Yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish hamda unga jalb qilish loyihalarini amalga oshiradigan nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Vakolatli davlat organi tomonidan mazkur nizomning 2-bandida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan qarz ajratish NNTlar orasida ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish uchun Vakolatli davlat organi tomonidan Markaziy bank, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi vakillaridan iborat tarkibda tanlov komissiyasi tuziladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Tanlov komissiyasi reglamenti va tanlov qoidalari Komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
NNTlar tanlovda ishtirok etish uchun vakolatli davlat organiga murojaat qiladi hamda mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan asosiy mezonlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
5. Quyidagilar baholashning va loyihalarni tanlab olishning asosiy mezonlari hisoblanadi:
NNT kamida bir yil davomida faoliyat yuritib kelayotganligi, oʻquv kurslari mavjudligi, uning sifati, oʻquv kurslari bilan qamrab olingan hudud va aholi soni;
keng aholi qatlamlarini tadbirkorlikka oʻqitish va unga jalb qilish loyihasida zamonaviy oʻquv modullari va mexanizmlarining nazarda tutilganligi;
loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanganligi haqidagi maʼlumotlar;
loyihani bajarish uchun tajribali va kasbiy koʻnikmalarga ega boʻlgan mutaxassislarning mavjudligi;
NNT tomonidan ajratilishi rejalashtirilgan mikroqarz foiz stavkasi.
6. Vakolatli davlat organi tomonidan har yili 1-iyulga qadar kelgusida amalga oshiriladigan loyihalar uchun NNTlar oʻrtasida tanlov eʼlon qilinadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Tanlov oʻtkazilishi uchun kamida ikkita taklif kelib tushgan boʻlishi lozim. Agarda belgilangan miqdordagi taklif kelib tushmasa, tanlov qaytadan eʼlon qilinadi.
Tanlovlar boʻyicha eʼlonlar va maʼlumotlar, shuningdek, tanlovlarning natijalari hamda NNTlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash doirasida ajratilgan mablagʻlarning taqsimlanishi, ishlatilishi toʻgʻrisidagi hisobotlar vakolatli davlat organining rasmiy veb-sahifasida hamda ommaviy axborot vositalarida yoritib boriladi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Vakolatli davlat organi NNTlar oʻrtasida tanlovni oshkoralik va ochiq-oydinlikni taʼminlash prinsiplari asosida amalga oshirilishini taʼminlaydi.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
7. Tanlovlar 1-avgustga qadar oʻtkazilib, ularning natijalari asosida gʻolib deb topilgan NNTlar bilan vakolatli davlat organi oʻrtasida ijtimoiy sheriklik boʻyicha shartnomasi (keyingi oʻrinlarda — shartnoma) tuziladi.
Shartnomada koʻrsatilgan miqdordagi qarz vakolatli davlat organi tomonidan NNTlarga ajratib beriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
8. Shartnomada tomonlarning majburiyatlari belgilab beriladi. Jumladan, bunda resurslarning samarali va maqsadli ishlatilishi, qarzlarni va foizlari qaytarish shartlari, muddatlari hamda qonunchilikda belgilangan boshqa shartlar koʻrsatib oʻtiladi.
9. Tanlov natijalaridan norozi boʻlgan ishtirokchilar qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
10. NNTlar tomonidan yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish va ularga mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatishdan iborat kompleks dasturlarni amalga oshirish uchun vakolatli davlat organi tomonidan tanlov asosida 5 yil muddatga, jumladan, bir yillik imtiyozli davr bilan yillik 4 foiz stavkada qarz ajratiladi. Vakolatli davlat organi tomonidan resurslar ushbu maqsadga ajratilgan mablagʻlar qoldigʻi doirasida ajratiladi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
11. Shartnoma tuzilgandan keyin oʻn ish kuni ichida vakolatli davlat organi tomonidan NNTning maxsus hisobvaragʻiga qarz toʻliq oʻtkazib beriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
12. NNTlar tomonidan oʻzlariga ajratilgan qarzning bir qismini mikromoliya tashkilotlariga shartnoma asosida resurs sifatida joylashtirilishi mumkin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-oktabrdagi 615-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2022-y., 09/22/615/0953-son)
13. NNTlar tomonidan joylashtirilgan resurs mablagʻlari hisobidan mikroqarzlar mikromoliya tashkilotlari tomonidan yoshlar va xotin-qizlarga quyidagi shartlarda ajratiladi:
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-oktabrdagi 615-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2022-y., 09/22/615/0953-son)
qarz oluvchi NNTlarning moliyaviy savodxonlikni oshirish, kasbiy va tadbirkorlik koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan dasturlari talablariga mos kelishi;
mikroqarzlar tadbirkorlik faoliyati va daromad olishga qaratilgan maqsadlar uchun bir qarz oluvchiga 25 million soʻmgacha miqdorda ajratilishi lozim.
Mikromoliya tashkilotlari qarz oluvchi tomonidan shartnomaga muvofiq majburiyatlar bajarilishini taʼminlash shartisiz, shu jumladan, bir-birlarini qoʻllab-quvvatlaydigan guruh kafilligi asosida mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatishga haqli.
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-oktabrdagi 615-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2022-y., 09/22/615/0953-son)
14. NNTlarga ajratilgan qarzlarning hamda mikromoliya tashkilotlariga joylashtirilgan resurs hisobidan yoshlar va xotin-qizlar tomonidan olingan mikroqarzlarning maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan NNTlar tomonidan muntazam monitoring olib boriladi. Bunda mikroqarz olgan yoshlar va xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini doimiy kuzatib borish hamda ularga maslahat va koʻmak berish yoʻlga qoʻyiladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-oktabrdagi 615-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2022-y., 09/22/615/0953-son)
Mazkur monitoring va kuzatib borish natijalari yuzasidan NNTlar tomonidan har oy yakuni bilan keyingi oyning 5 sanasiga qadar vakolatli davlat organiga batafsil axborot taqdim etib boriladi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
15. Agentlik tomonidan ajratilgan resurs mablagʻlaridan samarasiz va maqsadsiz foydalanganlik holatlari aniqlaganda vakolatli davlat organi NNTdan resurslarning tegishli qismini va unga hisoblangan foizlarni muddatidan avval qaytarishni talab qilishga haqli. Bunda, vakolatli davlat organi NNTga akseptsiz talabnoma qoʻyadi. Ushbu talablar shartnomada koʻrsatiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
16. NNTlar tomonidan olingan asosiy qarz va unga hisoblangan foizlar vakolatli davlat organi hisobvaragʻiga shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda qaytariladi. Qaytarilgan mablagʻlar aynan shu maqsadlarda foydalaniladi. Bunda tanlov oʻtkazilib gʻolib aniqlangan kunga qadar vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlar tegishli tartibda tijorat banklarining depozitlariga joylashtiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
17. Vakolatli davlat organi mablagʻlarini oluvchilar vakolatli davlat organi taqdim etgan mablagʻlardan toʻgʻri va maqsadli foydalanish yuzasidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
18. NNTlarga ajratilgan qarzlarning samarali va maqsadli foydalanilishi yuzasidan Agentlik tomonidan muntazam monitoring yuritiladi.
19. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish hamda unga jalb qilish loyihalarini amalga oshiradigan nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish hamda unga jalb qilish loyihalarini amalga oshiradigan nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli davlat organi)
Yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish hamda ularga mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha kelgusida amalga oshiriladigan kompleks dasturlari uchun qarz ajratish boʻyicha nodavlat-notijorat tashkilotlar orasida tanlov eʼlon qiladi.
(Tanlov oʻtkazilishi uchun kamida ikkita taklif kelib tushgan boʻlishi lozim. Agarda belgilangan miqdordagi taklif kelib tushmasa, tanlov qaytadan eʼlon qilinadi).
Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish uchun Markaziy bank, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi vakillaridan iborat tarkibda tanlov komissiyasi tuzadi.
(Tanlov komissiyasi reglamenti va tanlov qoidalari Komissiya tomonidan tasdiqlanadi).
Har yili 1-iyulga qadar
2-bosqich
Vakolatli davlat organi
Tanlovlar boʻyicha eʼlonlar va maʼlumotlar, shuningdek, tanlovlarning natijalari hamda nodavlat-notijorat tashkilotlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash doirasida ajratilgan mablagʻlarning taqsimlanishi, ishlatilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni vakolatli davlat organining rasmiy veb-sahifasi hamda ommaviy axborot vositalarida yoritib boradi. Tanlovni oshkoralik va ochiq-oydinlikni taʼminlash prinsiplari asosida amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Tanlov oʻtkazilgunga qadar
3-bosqich
Nodavlat-notijorat tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — NNT)
Tanlovda ishtirok etish uchun vakolatli davlat organiga murojaat qiladi hamda nizomning 4-bandida nazarda tutilgan asosiy mezonlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.
Tanlov komissiyasi reglamenti va tanlov qoidalariga asosan
4-bosqich
Tanlov komissiyasi
Tanlovni oʻtkazadi.
Har yili 1-avgustga qadar
5-bosqich
Vakolatli davlat organi
Tanlov natijalari asosida gʻolib deb topilgan NNTlar bilan ijtimoiy sheriklik boʻyicha shartnoma tuzadi.
Tanlov komissiyasi reglamenti va tanlov qoidalariga asosan
6-bosqich
Vakolatli davlat organi
Shartnomada koʻrsatilgan miqdordagi qarzni NNT maxsus xisobvaragʻig? qarzni toʻliq oʻtkazib beradi.
(Tadbirkorlik faoliyati va daromad olishga qaratilgan maqsadlar uchun bir qarz oluvchiga 25 mln soʻmgacha miqdorda 5 yil muddatga, jumladan, bir yillik imtiyozli davr bilan yillik 4 foiz stavkada qarz ajratiladi).
Shartnoma tuzilgandan keyin oʻn ish kuni ichida
7-bosqich
NNT
Ajratilgan qarzlarning hamda mikromoliya tashkilotlariga joylashtirilgan resurs hisobidan yoshlar va xotin-qizlar tomonidan olingan mikroqarzlarning maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan monitoring olib boradi.
Bunda mikroqarz olgan yoshlar va xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini doimiy kuzatib boradi hamda ularga maslahat va koʻmak berib boradi.
Muntazam ravishda
8-bosqich
NNT
Monitoring va kuzatib borish natijalari yuzasidan vakolatli davlat organiga batafsil axborot taqdim etib boradi.
Har oy yakuni bilan keyingi oyning 5 sanasiga qadar
9-bosqich
Vakolatli davlat organi
Qarz mablagʻlaridan samarasiz va maqsadsiz foydalanganlik holatlari aniqlaganda NNTdan resurslarning tegishli qismini va unga hisoblangan foizlarni muddatidan avval qaytarishni talab qilishga haqli.
Bunda, vakolatli davlat organi NNTga akseptsiz talabnoma qoʻyadi. Ushbu talablar shartnomada koʻrsatiladi.
Shartnomaga muvofiq
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)