Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va nafaqalarni yetkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatimizda pensionerlarni ijtimoiy koʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, qariyalar va keksa yoshdagilarga har tomonlama gʻamxoʻrlik qilish, fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti tizimini takomillashtirish va sohada mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda davlat pensiyalarini tayinlashda 30 turdagi hujjat talab etiladi hamda ularni taqdim etishga masʼul 14 dan ortiq vazirlik va tashkilotlarda idoraviy axborot tizimlari, elektron resurs va maʼlumotlar bazalari mavjud emasligi qogʻoz shaklida ish yuritishdan voz kechish va hujjatlarni yigʻish jarayonini raqamlashtirishga toʻsqinlik qilib kelmoqda.
Davlat pensiyalarini hisoblash uchun zarur maʼlumotlar elektron bazasini shakllantirish, ushbu jarayonni soddalashtirish, fuqarolarning ovoragarchiliklarini bartaraf etish, pensiya va nafaqalarni yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, mazkur yoʻnalishda sogʻlom raqobat muhiti va zamonaviy standartlarni joriy etish maqsadida:
1. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
a) 2022-yil 1-yanvardan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi) tomonidan moliyalashtiriladigan pensiyalar, kompensatsiyalar va boshqa toʻlovlar (keyingi oʻrinlarda — pensiya va boshqa toʻlovlar)ni toʻlash AT “Xalq banki” tomonidan amalga oshiriladi. Bunda AT “Xalq banki” bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq unga pensiya toʻlovlarini naqd pulda mahalla fuqarolar yigʻinlariga, fuqarolarning yashash manzillariga yetkazib berish majburiyati yuklatiladi;
(1-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Oldingi tahrirga qarang.
AT “Xalq banki” tomonidan pensiya va boshqa toʻlovlarni mahalla fuqarolar yigʻini binosi yoki fuqaroning yashash manziliga yetkazib berish shartlaridan kelib chiqib, xizmat haqi pensiya va boshqa toʻlovlar toʻlanadigan (yetkazib beriladigan) summaning 1 foizi miqdorida boʻlishi mumkin. Bunda pensiya va boshqa toʻlovlarni yetkazib berish bilan bogʻliq xarajatlar Pensiya jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan toʻlab beriladi.
(1-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) 2023-yil 1-yanvardan boshlab:
(1-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan mehnat staji, ish haqi, oliy taʼlim muassasalaridagi oʻqish hamda harbiy xizmat davri toʻgʻrisidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi. Bunda pensiyaga chiqish huquqi paydo boʻlgan vaqtda ishlamaydigan fuqarolar uchun mehnat staji hamda harbiy xizmat davri toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlariga murojaat qilish orqali “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga (keyingi oʻrinlarda — YAMMT IDAK) kiritish xizmati joriy etiladi;
(1-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-maydagi PQ-194-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 07/25/194/0479-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat pensiyalarini tayinlash YAMMT IDAKga kiritilgan elektron maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi. Bunda, mehnat staji, ish haqi, oliy taʼlim muassasalaridagi oʻqish hamda harbiy xizmat davri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Pensiya jamgʻarmasi tomonidan YAMMT IDAKdan foydalangan holda elektron maʼlumotlar almashinuvi asosida olinadi;
(1-band “b” kichik bandining uchunchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-maydagi PQ-194-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 07/25/194/0479-son)
davlat pensiyalarini tayinlash uchun fuqarolardan faqat pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi talab etiladi.
2. Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Davlat pensiya taʼminoti borasida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini zamon talablariga muvofiqlashtirish, fuqarolarga pensiya va boshqa toʻlovlarni tayinlashda yuzaga keladigan ortiqcha toʻlovlarning oldini olish hamda budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishini taʼminlash maqsadida Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi apparati tuzilmasi, hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlarining namunaviy tuzilmalari 2, 3 va 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Pensiya jamgʻarmasiga vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadning yigirma foizini Pensiya jamgʻarmasi xodimlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirish huquqi berilsin.
4. Moliya vazirligi , Qurilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari binolari uchun minimal talablarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I.I. Norqulov) Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.J. Ortiqov) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
ikki oy muddatda Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) boʻlimlarini fuqarolar uchun qulay sharoitlarga ega boʻlgan bino va inshootlarga koʻchirish;
2022-yil 1-iyulga qadar qariyalar va keksa yoshdagilar, imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarga xizmat koʻrsatishga moslashtirilgan Pensiya jamgʻarmasining binolari boʻyicha minimal talablarga asosan mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan har bir hududda bittadan Pensiya jamgʻarmasining mavjud binolari negizida “Namunali Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi”ni tashkil etsin;
2024-yilga qadar bosqichma-bosqich respublikaning barcha hududlarida Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari binolarini minimal talablarga moslashtirsin.
6. Belgilansinki, Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlari faoliyatini saqlash va moliyalashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlari hisobidan amalga oshiriladi.
7. Moliya vazirligi:
ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
2021-yil davomida Markaziy bank, tegishli masʼul vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 2022 — 2024-yillarda hududlarda pensiyalar va nafaqalarni toʻlash boʻyicha tijorat banklari va boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar oʻrtasida tender oʻtkazish choralarini koʻrsin;
2022-yil 1-yanvardan boshlab Davlat budjeti parametrlarida mazkur qarorda nazarda tutilgan xarajatlarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlarni koʻzda tutsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
9. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga ushbu qaror maqsadi va vazifalari ommaviy axborot vositalarida va Internet tarmogʻida keng yoritilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
10. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri D.A. Kuchkarov, moliya vaziri T.A. Ishmetov hamda bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 4-may,
PQ-5102-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-son qaroriga
1-ILOVA
Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha
“Yoʻl xaritasi”
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddatlari

Masʼul ijrochilar

1.

Pensiya yoshiga yaqin qolgan hamda nogironlik yoki boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini tayinlash uchun murojaat qilgan fuqarolarning “Oʻzarxiv” agentligi yoki idoraviy arxivda mavjud hujjatlari asosida mehnat staji davridagi ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini (oxirgi 10 yillik mehnat faoliyati davri 2005-yildan avvalgi davrga toʻgʻri kelganda) “Yagona mehnat milliy tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan (keyingi oʻrinlarda — YAMMT IDAK) avtomatik ravishda yuborilgan elektron soʻrovga asosan “Oʻzarxiv” agentligining elektron dasturi tomonidan tasdiqlangan maʼlumotlar asosida hamda idoraviy arxivlar tomonidan kiritishni joriy etish.

Texnik yoʻriqnoma

2021-yil iyun

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), idoraviy arxivlari mavjud vazirlik va idoralar

2.

Bugungi kunda faoliyat yuritayotgan korxonada ishlagan sobiq xodimlarning arxiv idoralariga taqdim etilmagan 2005-yilgacha ish haqi toʻgʻrisida maʼlumotlarini (oxirgi 10 yillik mehnat faoliyati davri 2005-yildan avvalgi davrga toʻgʻri kelganda) “YAMMT” IDAKdan yuborilgan soʻrovga koʻra tasdiqlangan maʼlumotlar asosida kiritishni joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil iyun

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

3.

“YAMMT” IDAKga kiritilgan xodimning tegishli mehnat staji davri uchun ish haqi toʻgʻrisida maʼlumotlarini tegishli korxona va tashkilotlar tomonidan “YAMMT” IDAKga kiritilishini monitoring qilib borish hamda ijrosini taʼminlanmaganligi uchun jarima toʻlashni joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil iyun

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

4.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek, xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning oylik ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Davlat soliq qoʻmitasining elektron bazasidan, mehnat staji hamda ularning turmush oʻrtoqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni YAMMT dasturi orqali olinishini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil iyun

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev)

5.

Pensiya yoshiga yaqin qolgan hamda nogironlik yoki boquvchini yoʻqotganlik pensiyasini tayinlash uchun murojaat qilgan fuqarolarning harbiy xizmat davrini YAMMT dasturida verifikatsiyalashni joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil noyabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

YAMMT dasturiga kiritilgan fuqarolarning baynalmilal burchni bajarishda jangovar harakatlar (Afgʻon va boshqa urushlar)da ishtirok etish davri toʻgʻrisida maʼlumotlarni YAMMT dasturiga kiritish mexanizmini joriy etish.

Texnik topshiriq

2021-yil dekabr

Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov)

6.

YAMMT dasturiga kiritilgan fuqarolarning oliy taʼlim muassasalaridagi oʻqish davrini tasdiqlash va undan foydalanish.

Texnik yoʻriqnoma

2021-yil dekabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov)

7.

Pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan harbiylashtirilgan tizimda ishlagan xodimlarning oylik ish haqi va mehnat staji toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni YAMMT dasturiga kiritish tizimini joriy etish.

Pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan fuqarolarga budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi yoki harbiylashtirilgan tizim orqali pensiya tayinlanganligi yoki tayinlanmaganligini tasdiqlash (ha yoki yoʻq) boʻyicha veb-servis ishlab chiqish.

Texnik topshiriq

2022-yil yanvar

Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Qoʻldoshev), Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov), Prezident xavfsizlik xizmati (A. Usmanov), Milliy gvardiya (R. Djurayev), Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Azimov), Pensiya jamgʻarmasi (A. Xaydarov)

8.

Fuqarolarning oila tarkibi, jumladan qarindoshlik darajasi (er-xotin, ota-ona va farzand)ni jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqami (PINFL) boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil yanvar

Adliya vazirligi (R. Davletov)

Boquvchisini yoʻqotganlik va yoshga doir (ayollar) pensiya tayinlashda oila tarkibi va farzandlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni avtomatik ravishda aniqlash boʻyicha oʻzaro elektron axborot almashinuviga oʻzgartirish kiritish.

Texnik yoʻriqnoma

2022-yil yanvar

Adliya vazirligi (R. Davletov), Pensiya jamgʻarmasi (A. Xaydarov)

9.

YAMMT dasturida jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi (JBPH) va ish haqining yakka tartibdagi reyestri maʼlumotlari asosida fuqaroning 2005-yildan keyingi davrdagi mehnat stajini verifikatsiyalash holati hamda ularning oylik ish haqi miqdorlari toʻgʻrisida maʼlumotlar bilan tanishish imkoniyatini yaratish.

JBPH bir xil ochilgan, jamgʻarib boriladigan pensiya tizimiga ajratmalarning fuqarolar kesimida reyestri taqdim etilmagan yoki notoʻgʻri taqdim etilgan holatlarni, shuningdek, fuqaro oʻzining mehnat faoliyati va ish haqidagi maʼlumotlarda tafovutni aniqlasa, ushbu xatoni ish beruvchi, AT “Xalq banki” va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan bartaraf etish tizimini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil yanvar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), AT “Xalq banki” (F. Salomov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev)

10.

Ogʻir mehnat sharoitlari boʻyicha ish oʻrinlari attestatsiyadan oʻtkazilganligi boʻyicha maʼlumotlarni YAMMT dasturida qayd etish tizimini joriy qilish.

Texnik yoʻriqnoma

Dasturiy taʼminotida yangi modul yaratish

2021-yil sentabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

11.

Imtiyozli pensiyaga chiqish huquqini beruvchi lavozimlar boʻyicha (patologoanatomiya muassasalari va sud-tibbiy ekspertizalari, moxovxonalarda, vaboga qarshi muassasa, immunodefitsit virusi bilan kasallangan shaxslar davolanadigan yuqumli kasalliklar muassasalarida va boshqa) YAMMT dasturida “maʼlumotnoma” kiritish hamda ?�bu lavozimlarda ishlagan fuqarolarni dasturda qayd etish.

Texnik yoʻriqnoma

Dasturiy taʼminotida yangi modul yaratish

2021-yil sentabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Mehnat organlari tomonidan tuzilgan mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida nogironlik dalolatnomasi (N-1 akt)ning elektron bazasini yaratish.

Elektron baza tashkil etish

2021-yil sentabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

13.

Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, xodimlar soni (shtati) qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilgani munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb eʼtirof etilgan xodimlarning elektron bazasini yaratish.

Elektron baza tashkil etish

2021-yil sentabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

14.

Chernobil halokati ishtirokchilari va Ikkinchi jahon urushi nogironlariga har yilgi sanatoriy va kurortda bepul davolanishi uchun berilgan yoʻllanmalar elektron bazasini yaratish.

Elektron baza tashkil etish

2021-yil sentabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Azizov), Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi (Q. Rafikov)

15.

Ishlamaydigan fuqarolarga oʻzlarining mehnat daftarchalaridagi mehnat staji toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini Bandlikka koʻmaklashish markazlariga murojaat qilish orqali YAMMT IDAKga kiritish xizmatini joriy etish.

Texnik yoʻriqnoma

Dasturiy taʼminotida yangi modul yaratish

2021-yil sentabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

16.

Sogʻliqni saqlash vazirligi pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida 18 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolalar toʻgʻrisida tibbiy xulosalarning elektron axborot bazasini shakllantirish.

Elektron baza tashkil etish

2021-yil iyun

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Azizov), Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov)

Pensiya va nafaqa tayinlash uchun murojaat qilingan fuqarolarning yoki farzandlarining nogironligi mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlarni jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqami asosida taqdim etish tizimini joriy etish.

Texnik yoʻriqnoma

17.

Fuqaro vafot etganligini sogʻliqni saqlash muassasalari, jumladan oilaviy shifokor punktlarida qayd qilish hamda “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimini Sogʻliqni saqlash vazirligining “TIEK” elektron bazasi bilan integratsiya qilish.

Texnik yoʻriqnoma

2021-yil iyun

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Azizov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

18.

Ichki ishlar vazirligining “Manzil” va “Pensiya” axborot tizimlari oʻrtasida elektron axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

Texnik yoʻriqnoma

2022-yil yanvar

Pensiya jamgʻarmasi (A. Xaydarov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan doimiy yashash uchun chet elga koʻchib ketayotgan fuqarolarning elektron maʼlumotlarini “Manzil” axborot tizimi orqali “Pensiya” axborot tizimiga avtomatik ravishda yuborish mexanizmini joriy etish.

Dasturiy taʼminotida yangi modul yaratish

19.

Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan mahbuslarning shaxsiy identifikatsiya raqami asosida elektron bazani shakllantirish.

Jazoni ijro etish muassasalaridagi va manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan fuqarolarning maʼlumotlarini Pensiya jamgʻarmasiga yuborish orqali ularning pensiya toʻlovlarini avtomatik toʻxtatish va pensiya tayinlash uchun arizalarni qabul qilish tizimini joriy etish.

Texnik yoʻriqnoma

2021-yil oktabr

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Pensiya jamgʻarmasi (A. Xaydarov)

20.

Har bir pensiya va nafaqa oluvchilarni identifikatsiyalash orqali shaxsiy hisobvaraqlar ochish, pensiyalar va nafaqalar toʻlashning onlayn rejimda hisobi hamda nazoratini yuritish boʻyicha avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish hamda tenderda gʻolib boʻlgan tijorat banklari va boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar (toʻlov operatorlari) tomonidan joriy etish.

Texnik yoʻriqnoma

Dasturiy taʼminotida yangi modul yaratish

2021-yil dekabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Pekos), Pensiya jamgʻarmasi (A. Xaydarov), toʻlov operatorlari

21.

Avtomatlashtirilgan toʻlov tizimini Pensiya jamgʻarmasi, barcha tijorat banklari va boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar, FHDY va “Elektron notarius” axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.

Texnik yoʻriqnoma

2021-yil dekabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Pekos), Pensiya jamgʻarmasi (A. Xaydarov), toʻlov operatorlari

22.

Pensiya va nafaqa oluvchilarning tanloviga koʻra belgilangan miqdor hamda muddatlarda mablagʻlarni ularning shaxsiy hisobvaragʻi orqali avtomatik ravishda kommunal, soliq, kredit yoki boshqa toʻlovlarga oʻtkazish imkoniyatini beruvchi “rejali toʻlov” xizmatini ishlab chiqish.

Texnik yoʻriqnoma

2022-yil yanvar

Toʻlov operatorlari, Markaziy bank (M. Nurmuratov)

23.

Barcha pensiya va nafaqa oluvchilarga shaxsiy hisob raqam ochish va toʻlovlarni yetkazib berish shartlari (pensiya va nafaqalarni yetkazib berish) boʻyicha shartnomalar rasmiylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil dekabr

Toʻlov operatorlari, Markaziy bank (M. Nurmuratov)

24.

Pensiya va nafaqalar toʻlovi uchun mablagʻlarni Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmasi tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlov operatorining markaziy hisob raqamiga moliyalashtirish hamda hisob-kitoblarini markazlashgan holda yurit?? tartibini joriy etish.

Texnik yoʻriqnoma

2022-yil yanvar

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Pensiya jamgʻarmasi (A. Xaydarov), toʻlov operatorlari

25.

Shaxsiy hisobvaragʻidagi pensiya va nafaqalarni naqd yoki naqd pulsiz shaklga oʻtkazish hamda naqd pulni yetkazib berish shartlarini (bank filiali, mahalla fuqarolar yigʻinlari binosi yoki fuqaroning yashash manzili) belgilash boʻyicha mobil ilova ishlab chiqish hamda telefon orqali fuqarolar bilan ishlashga ixtisoslashgan “Call center” tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil yanvar

Toʻlov operatorlari, Markaziy bank (M. Nurmuratov), Pensiya jamgʻarmasi (A. Xaydarov)

26.

Toʻlov operatorlari tomonidan toʻlovlarni yetkazib berish boʻyicha kechiktirilgan xizmatlar uchun pensiya va nafaqa oluvchilarga jarima toʻlash tartibi tatbiq etish hamda pensiya va nafaqalarni toʻlash boʻyicha koʻrsatilayotgan xizmatlarni fuqarolar tomonidan baholab borish tizimini joriy qilish hisobiga Pensiya jamgʻarmasining toʻlovlarning toʻliq hamda toʻgʻri yetkazilishi ustidan monitoring va nazorat funksiyasini qisqartirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil yanvar

Toʻlov operatorlari, Pensiya jamgʻarmasi (A. Xaydarov)

27.

Pensiya va nafaqa toʻlovlari uchun talab etiladigan mablagʻlarni har oyning 5-sanasiga qadar pensiya va nafaqa oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlariga moliyalashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil yanvar

Pensiya jamgʻarmasi (A. Xaydarov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

28.

Pensiyalarni qatʼiyan fuqaroning YAMMTga kiritilgan va verifikatsiyalashgan mehnat staji hamda 2005-yilgacha arxiv idoralari, 2005 — 2015-yillar uchun AT “Xalq banki”ning jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi va 2015-yildan keyingi davr uchun Davlat soliq qoʻmitasining fuqarolarning sugʻurta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestri va fuqarolar ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestridagi ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlari asosida hisoblash.

Pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan fuqaroning mehnat faoliyati davri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar YAMMTda mavjud boʻlmasa, Bandlikka koʻmaklashish markazlari orqali kiritishni tashkil etish.

Bunda, YAMMT dasturiga kiritilgan ish staji hamda arxiv idoralari, AT “Xalq banki” va Davlat soliq qoʻmitasining elektron maʼlumotlari asosida ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlari tasdiqlangandan soʻng, pensiyani qayta hisoblash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil yanvar

Pensiya jamgʻarmasi (A. Xaydarov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), AT “Xalq banki” (F. Salomov)

29.

Pensiyalarni tayinlash va toʻlash uchun talab etiladigan hujjatlarni ushbu “Yoʻl xaritasi”ga muvofiq bosqichma-bosqich elektron shaklga oʻtkazilishi bilan fuqarolardan tasdiqlovchi hujjat talab etilmasdan elektron maʼlumot asosida ish yuritish tizimini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar davomida

Pensiya jamgʻarmasi (A. Xaydarov)

30.

“Yoʻl xaritasi”ga muvofiq belgilangan muddatlarda vazirlik va idoralarning idoraviy axborot tizimlarini rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini oʻrgangan holda shakllantirish boʻyicha texnik hujjatlarni (pasport, konsepsiya, texnik topshiriq) ishlab chiqish.

Vazirlik va idoralar tomonidan pensiyalarni tayinlash uchun talab etiladigan maʼlumotlarni elektron shaklda taqdim etish yuzasidan axborot tizimini shakllantirish va takomillashtirish boʻyicha narxlarni aniqlash, shuningdek, idoralararo integratsiya qilinishida amaliy yordam koʻrsatish.

Axborot tizimlarini shakllantirish va takomillashtirish ishlari tegishli vazirlik va idoralarning tegishli budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar davomida

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Pekos), Pensiya jamgʻarmasi (A. Xaydarov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), manfaatdor vazirlik va idoralar

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-son qaroriga
2-ILOVA
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati
tuzilmasi

Ijro etuvchi direktor

Yordamchi

Ijro etuvchi direktorning birinchi oʻrinbosari

Ijro etuvchi direktorning oʻrinbosari

Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi

1

Bosh yuriskonsult

1

Toʻlov tizimini rivojlantirish va daromadlar hisobini yuritish boshqarmasi

1

Normativ bazani takomillashtirish va pensiya tizimini istiqbolli rivojlantirish boshqarmasi

1

Kadrlar xizmati sektori

2

Ichki audit va moliyaviy nazorat boʻlimi

2

Ijro intizomini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi

1

Pensiya va nafaqa toʻlovi tizimini takomillashtirish boʻlimi

3

Normativ bazani takomillashtirish va metodologiya boʻlimi

3

Pensiya va nafaqalarni tayinlash monitoringi boʻlimi

3

Ijro intizomini nazorat qilish, ommaviy axborot vositalari bilan ishlash va xalqaro munosabatlar boʻlimi

3

Daromadlarni prognozlashtirish va oshirish boʻyicha choralar ishlab chiqish boʻlimi

2

Axborot-tahlil boʻlimi

2

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini joriy etish boshqarmasi

1

Buxgalteriya hisobi va hisoboti boʻlimi

3

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi

4

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali nafaqa va moddiy yordamlarni tayinlash boʻyicha murojaatlar bilan ishlash shuʼbasi

2

Axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni joriy etish boshqarmasi

1

Call-center

6

Interaktiv xizmatlar va avtomatlashtirilgan tizimlar bilan ishlash boʻlimi

2

Soʻrovlar bilan ishlash guruhi

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini muvofiqlashtirish boʻlimi

2

Devonxona

Tashqi tizimlar bilan elektron maʼlumot almashinuvi monitoringi boʻlimi

2

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 46 nafar, ishlab chiqarish xodimlari — 6 nafar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-son qaroriga
3-ILOVA
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining
namunaviy tuzilmasi

Boshliq

Boshliq oʻrinbosari

Markazlashgan buxgalteriya hisobi va hisoboti boʻlimi

3-4

Yuridik byuro

1 — 3

Pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlarni moliyalashtirish boʻlimi

3 — 5

Kadrlar boʻyicha bosh mutaxassis

1

Ichki audit, pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlarni tayinlash monitoringi shuʼbasi

2-3

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash boʻlimi

2 — 4

“Pensiya” dasturiy taʼminoti maʼmuriyatchiligi shuʼbasi

1

Ijro nazorati, axborot tahliliy ishlar va statistika shuʼbasi

1

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini muvofiqlashtirish shuʼbasi

1

Hududiy boshqarma xodimlarining cheklangan soni:
boshqaruv xodimlari — 14-15 nafar.
ishlab chiqarish xodimlari — 3 — 9 nafar.
Hududiy boshqarmalar xodimlarining umumiy cheklangan soni:
boshqaruv xodimlari — 210 nafar.
ishlab chiqarish xodimlari — 87 nafar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-son qaroriga
4-ILOVA
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlarining
namunaviy tuzilmalari

Boshliq

Boshliq oʻrinbosari

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamlarini koʻrsatish shuʼbasi

1 — 8

Pensiyalarni tayinlash komissiyasi

Pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlarni tayinlash (qayta hisoblash) va boshqa toʻlovlarni tashkil qilish shuʼbasi

1 — 27

Tuman (shahar) boʻlimi xodimlarining cheklangan soni:
boshqaruv xodimlari — 2 — 9 nafar.
ishlab chiqarish xodimlari — 1 — 29 nafar.
Tuman (shahar) boʻlimlari xodimlarining umumiy cheklangan soni:
boshqaruv xodimlari — 819 nafar.
ishlab chiqarish xodimlari — 2 027 nafar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-son qaroriga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollarni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-308-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisidagi “budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari bir yilda bazaviy hisoblash miqdorining kamida toʻrt yarim baravari miqdorida” soʻzlari “yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida ixtiyoriy tartibda ijtimoiy soliq” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1252-son qarorida:
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishincha uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 2-bandning beshinchi xatboshisidagi “mehnat haqi shartlari” soʻzlaridan keyin “(koʻp yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) 2 — 4-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni toʻlash mexanizmini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2753-son qarori 3-bandidagi “Oʻzbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari “AT “Xalq banki” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomning 21-bandi “v” kichik bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4555-son qarori 7-bandi va unga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4699-son qaroriga 5-ilovaning 2.3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

2.3.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining “Pensiya” dasturiy taʼminotini funksional kengaytirish orqali Pensiya jamgʻarmasini boshqarish axborot tizimini yaratish.

1. Axborot tizimini yaratish boʻyicha loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish.

2021-yil may — iyun

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida va budjetdan tashqari mablagʻlar

2. “Pensiya” dasturiy taʼminotini funksional kengaytirish.

2021-yil avgust — 2022-yil iyul

3. Axborot tizimini sinov rejimida ishga tushirish va kamchiliklarni bartaraf etish.

2022-yil avgust — sentabr

”.

7. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-yanvardagi 2-son qarori bilan tasdiqlangan Faxriy unvonlar egalariga toʻlovlarni tayinlash va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandi toʻrtinchi xatboshisi va 13-bandidan “ishlamayotgan” soʻzi chiqarib tashlansin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Jamgʻarma hamda uning hududiy boshqarmalari yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga, shuningdek tegishli muhr va shtamplarga ega boʻladi.
Jamgʻarmaning tuman (shahar) boʻlimlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga, shuningdek tegishli muhr va shtamplarga ega boʻladi”;
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
“a” kichik bandning ikkinchi va yettinchi xatboshilaridagi “majburiy” soʻzi “ijtimoiy soliq” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni hisoblab chiqish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshiradi, pensiya va nafaqalarni yetkazib berish yuklatilgan tijorat banklari filiallari orqali pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar toʻlash yuzasidan topshiriqlarni rasmiylashtiradi va beradi”;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“tashkilotlarning ishlaydigan 18 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolaning ota-onalaridan biriga (vasiyga, homiyga) bir oyda qoʻshimcha dam olish kuni uchun toʻlov, Chernobil halokati oqibatida zarar koʻrgan fuqarolarga kompensatsiya toʻlovlarini va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlarga xarajatlarini moliyalashtiradi”;
g) 9-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “majburiy” soʻzi “ijtimoiy soliq” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Jamgʻarma daromadlari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
a) ijtimoiy soliq:
belgilangan miqdorlardagi ijtimoiy soliq tushumlari;
jismoniy shaxslar ayrim toifalarining ijtimoiy soliq tushumlari;
b) boshqa toʻlovlar:
boquvchisini yoʻqotgan taqdirda, shuningdek mehnatda mayib boʻlganlik yoki xodim mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli tayinlangan pensiyalarni toʻlashga xarajatlarni toʻlash uchun regressiv talablar (daʼvolar) boʻyicha ish beruvchilar va fuqarolardan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq undiriladigan mablagʻlarning 85 foizi;
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq muddatidan oldin tayinlangan yoshga doir pensiyalarni toʻlash xarajatlarini qoplash uchun oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari;
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni toʻlash xarajatlarini qoplash hisobiga oʻtkaziladigan yuridik shaxslar mablagʻlari;
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirishdan olingan daromadning 80 foizi;
hisoblangan jarimalar summasining bir qismi hamda ijtimoiy soliq va boshqa toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlanmaganligi uchun penyalar (qonun hujjatlariga muvofiq davlat soliq xizmati organlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy-texnik taʼminlash maxsus jamgʻarmasiga hamda Jamgʻarma xodimlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga undiriladigan summalardan tashqari);
yuridik shaxs tugatilganda, qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkati), fermer va dehqon xoʻjaligi qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mayib boʻlgan, kasb kasalligiga chalingan yoki sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilgan xodimga yetkazilgan zararni qoplash uchun toʻlanadigan summalar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va ixtiyoriy badallar”;
e) 11-banddagi “Majburiy” soʻzi “Ijtimoiy soliq” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilardagi “majburiy” soʻzi “ijtimoiy soliq” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“har chorakda Jamgʻarmaga yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadigan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar va dehqon xoʻjaliklari aʼzolari tomonidan toʻlangan ijtimoiy soliq miqdorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilishini taʼminlaydi”;
z) 13-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “majburiy” soʻzi “ijtimoiy soliq” soʻzlari bilan almashtirilsin;
i) 14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“14. Jamgʻarma mablagʻlari:
fuqarolarga davlat pensiyalarining barcha turlari;
18 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolaning ota-onalaridan biriga (vasiyga, homiyga) bir oyda qoʻshimcha dam olish kuni uchun toʻlovlar;
qonun hujjatlariga muvofiq Jamgʻarma mablagʻlaridan moliyalashtiriladigan boshqa xarajatlar uchun sarflanadi.
Boshqa xarajatlar boʻyicha Jamgʻarma smetasi Jamgʻarmaning Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi”;
k) 15-banddagi “Ishlamaydigan va ishlaydigan fuqarolarga” soʻzlari “Fuqarolarga” soʻzi bilan almashtirilsin;
l) 16-banddan “ishlamaydigan va ishlaydigan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
m) 18-bandning ikkinchi xatboshisidagi “ishlaydigan pensionerlarga pensiyalar, dafn marosimi uchun nafaqalar, 16 yoshgacha boʻlgan nogiron” soʻzlari “18 yoshgacha nogironligi boʻlgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
n) 23-bandning ikkinchi xatboshisidagi “majburiy” soʻzi “ijtimoiy soliq” soʻzlari bilan almashtirilsin;
o) 26-bandning beshinchi xatboshisidagi “majburiy” soʻzi “ijtimoiy soliq” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshi “ozod qiladi” soʻzlaridan keyin “hamda ularning rotatsiyasini amalga oshiradi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ijro etuvchi direktor boʻlmagan vaqtda uning vazifalari taqsimotiga asosan direktorning oʻrinbosarlari tomonidan bajariladi”;
toʻqqizinchi xatboshi oʻninchi xatboshi deb hisoblansin;
uchinchi xatboshidagi “majburiy” soʻzi “ijtimoiy soliq” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirishdan olingan daromadning 20 foizi”;
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
s) 38-banddagi “majburiy” soʻzi “ijtimoiy soliq” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 07/21/5102/0412-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2022-y., 07/22/198/0282-son; 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son; 29.05.2025-y., 07/25/194/0479-son)