Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–6199-son Farmoniga muvofiq:
1. Quyidagilar:
Turizm va sport vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Turizm va sport vazirligi markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 156 nafar boʻlgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Madaniyat vazirligining moddiy madaniy meros sohasidagi YUNESKO bilan ishlash hamda muzeylar va kutubxonalarni rivojlantirish bilan bogʻliq vazifa va funksiyalari tegishliligicha Turizm va sport vazirligi hamda Madaniy meros agentligiga oʻtkazilsin.
3. Turizm va sport vazirligining hududiy boʻlinmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 980 nafar etib belgilansin.
4. Bosh vazir oʻrinbosari — turizm va sport vaziriga:
davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va taʼlim muassasalari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek, ekspertlarni maslahatchi sifatida jalb qilish;
zarur hollarda, xodimlarning shtatdagi belgilangan umumiy soni doirasida Turizm va sport vazirligi markaziy apparati, shuningdek, tizim tashkilotlari tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Turizm va sport vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) boʻlimlari tuzilmalari va nizomlarini tasdiqlash, shuningdek, ular boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini belgilash huquqi berilsin;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining turizm va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari hamda maslahatchilari lavozimlari tegishligicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari etib qayta nomlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlarining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari bir vaqtning oʻzida Qoraqalpogʻiston Respublikasi turizm va sport vaziri, viloyatlar hamda Toshkent shahar turizm va sport bosh boshqarmalarining rahbarlari hisoblanadi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
turizm va sport vazirining maslahatchilari (xorijiy maslahatchilardan tashqari) hamda apparat boshqaruvchisi maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra turizm va sport vazirining oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Turizm va sport vazirligiga ishga qabul qilish Bosh vazir oʻrinbosari — turizm va sport vaziri tomonidan tegishli davlat organlari tomonidan ilgari amalga oshirilgan kelishuvlarni inobatga olgan holda, mustaqil amalga oshiriladi;
Turizm va sport vazirligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangunga qadar, Turizm va sport vazirligi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan toʻlanadigan toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-dekabrdagi PQ-2666-son qarori bilan tasdiqlangan Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga asosan amalga oshiriladi;
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm va sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) etib qayta nomlanadi. Bunda, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami mablagʻlari Jamgʻarmaga toʻliq oʻtkaziladi;
Turizm va sport vazirligi hamda uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbasi etib Davlat budjeti mablagʻlari, vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar esa uning faoliyatini moliyalashtirishning qoʻshimcha manbalari hisoblanadi;
Jamgʻarma mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Turizm va sport vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari, shuningdek, tizim tashkilotlari xodimlarini qoʻshimcha ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi PF-35-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)
Turizm va sport vazirligi, Madaniy meros agentligi hamda “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi ilmiy va taʼlim muassasalarining kutubxona fondini toʻldirish maqsadida xorijiy mamlakatlardan olib kelinadigan kitob va qoʻllanmalar “Uzbekistan Airways” AJ orqali begʻaraz olib kelinadi va bojxona bojini toʻlashdan ozod etiladi;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Mazkur bandning uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan lavozimlarga nomzodlar Bosh vazir oʻrinbosari — turizm va sport vaziri taqdimnomasiga asosan belgilangan tartibda tayinlanishi va lavozimidan ozod etilishi belgilab qoʻyilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
51. Belgilansinki, 2022-yil 1-yanvardan boshlab Davlat budjeti va ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxs, ustav kapitalining 50 foizi va undan ortigʻi ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxs mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan barcha turdagi xorijda oʻtkaziladigan sport tadbirlariga transport (avia, temiryoʻl, avto va boshqalar) uchun chiptalarni xarid qilish hamda joylashtirish vositalari bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatish (chiptalarni va joylarni band qilish, sotib olish va yetkazib berish, boshqalar) faqatgina Turizm va sport vazirligi huzuridagi “Turistlarga xizmat koʻrsatish markazi” DUK tomonidan amalga oshiriladi.
Belgilansinki:
xarid qiluvchilar xorijda oʻtkaziladigan sport tadbirlariga transport uchun chiptalarni xarid qilish hamda joylashtirish vositalari bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatish boʻyicha “Turistlarga xizmat koʻrsatish markazi” DUKga tegishli tadbir oʻtkazishdan kamida 3 oy oldin murojaat qiladi;
xarid qiluvchilar tomonidan taklif qilinayotgan mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan xizmatlar narxi “Turistlarga xizmat koʻrsatish markazi” DUK tomonidan taqdim etilayotgan narxlarga nisbatan arzon boʻlgan taqdirda ushbu xaridlar tegishli xarid qiluvchilar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
“Turistlarga xizmat koʻrsatish markazi” DUK tomonidan mazkur bandda koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha belgilangan ustama miqdori Turizm qoʻmitasi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi.
(51-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi PF-35-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)
6. Moliya vazirligi ushbu qaror ijrosini taʼminlash yuzasidan Turizm va sport vazirligi xarajatlari uchun asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha 2021-yilgi Davlat budjeti parametrlari doirasida mablagʻ ajratsin va 2022-yildan boshlab zarur budjet mablagʻlarini koʻzda tutsin.
Turizm va sport vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Davlat budjetining 2021-yil uchun tasdiqlangan budjet parametrlariga ushbu qaror talablaridan kelib chiqib tegishli oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning qoʻshimcha manbalari etib belgilansin:
muassisi Turizm va sport vazirligi hisoblangan korxonalar va tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — davlat tashkilotlari) ixtiyorida soliqlar va yigʻimlar toʻlanganidan keyin qoladigan sof foydaning bir qismi;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
davlat tashkilotlarining mol-mulkini (koʻchmas mulk bundan mustasno) sotishdan tushgan mablagʻlarning 50 foizi;
davlat tashkilotlarining mol-mulkini ijaraga berishdan tushgan budjetga yoʻnaltirilayotgan mablagʻlarning 50 foizi;
davlat tashkilotlari faoliyatini tekshirish natijalari boʻyicha Turizm va sport vazirligining ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan hamda Davlat budjeti mablagʻlarining, talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summalarining 50 foizi;
davlat tashkilotlari faoliyatini tekshirish natijalari boʻyicha Turizm va sport vazirligining ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan hamda davlat maqsadli jamgʻarmalari va budjetdan tashqari jamgʻarmalar daromadiga undirilgan noqonuniy sarflangan budjet mablagʻlari, talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summalari;
davlat tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalariga tushadigan mablagʻlarning 10 foizi;
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
turizm, sport va madaniy meros sohalaridagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishdan tushadigan mablagʻlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat budjetidan ajratiladigan transfertlar;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik koʻmaklashish mablagʻlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
8. Turizm va sport vazirligi, Qurilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab moddiy madaniy meros obyektlarini konservatsiyalash, restavratsiya qilish, tuzatish, taʼmirlash, ilmiy va ilmiy-texnik tadqiq etish, loyihalash boʻyicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va ushbu sohaga yetakchi mutaxassislarni jalb qilish maqsadida:
Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida madaniy meros obyektlarini asrash fakultetlarini tashkil qilish;
Buxoro arxitektura va qurilish kollejida Madaniy meros obyektlarini asrash yoʻnalishini tashkil qilish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
9. Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti etib qayta nomlansin.
10. Turizm va sport vazirligi uch oy muddatda:
“Sport media markazi” davlat unitar korxonasini “Milliy PR markazi” davlat unitar korxonasiga;
“Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi” davlat unitar korxonasini “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” davlat unitar korxonasiga;
Suv sport turlarini rivojlantirish Respublika markazi hamda Suv sport turlari boʻyicha Respublika olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabini Suv sport turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabiga qoʻshish choralarini koʻrsin.
11. Turizm va sport vazirligi taʼsischiligida “Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish direksiyasi” davlat unitar korxonasi tashkil etilsin.
Bunda, “Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish direksiyasi” davlat unitar korxonasi shtat birliklari Suv sport turlarini rivojlantirish Respublika markazi hamda Suv sport turlari boʻyicha Respublika olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi boshqaruv xodimlarining 14 ta shtat birligini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
13. Turizm va sport vazirligi:
a) bir oy muddatda:
vazirlikning markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalarini zarur nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarga, yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oshirish qobiliyatiga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirishni;
vazirlik tarkibiy va quyi boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlar (ustavlar), shuningdek, xodimlarning lavozim yoʻriqnomalari tasdiqlanishini taʼminlasin;
b) uch oy muddatda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga:
vazirlik boʻlinmalari va boshqa vakolatli organlarining mazkur sohadagi vakolatlarini aniq belgilagan holda, shuningdek, davlat boshqaruvi va mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan hamkorligining mexanizmlarini nazarda tutuvchi Turizm va sport vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni;
qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Turizm va sport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Madaniy meros agentligi 2022-yil davomida moddiy madaniy meros obyektlari, muzey, sport majmualari va boshqa namoyish obyektlarida elektron toʻlov, turniket (lazer-datchikli) va video qayd qilish moslamalarini oʻrnatishni, kirish biletlarini oldindan sotib olishni nazarda tutuvchi yagona markazlashgan elektron tizimni joriy etsin. Bunda, elektron tizimni yaratish, ishga tushirish va texnik qoʻllab-quvvatlash Jamgʻarma va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Turizm va sport vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
ikki oy muddatda yagona markazlashgan elektron tizimga 2022-yilda integratsiya qilinishi lozim boʻlgan obyektlar roʻyxatini shakllantirsin va ularda joriy etilishini taʼminlasin;
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2022-yil 1-sentabrga qadar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moddiy madaniy meros obyektlari, muzey, sport majmualari va boshqa namoyish obyektlarida elektron toʻlov, turniket (lazer-datchikli) va video qayd qilish moslamalarini oʻrnatish hamda kirish biletlarini oldindan sotib olish tizimini namuna sifatida Samarqand shahrida joriy etsin.
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
15. Restavratsiya va taʼmirshunoslik sohasining oʻziga xos jihatlarini inobatga olib, hududlarda uzoq yillar davomida shakllangan meʼmorchilik maktablarini saqlab qolish va rivojlantirish maqsadida davlat muassasasi shaklida “Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi” va bosqichma-bosqich ravishda uning mintaqaviy restavratsiya markazlari tashkil etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilab qoʻyilsinki, Davlat budjetidan madaniy meros obyektlarini asrashga doir ishlar uchun ajratiladigan mablagʻlar ustuvor ravishda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida “Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi”, Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti va Samarqand arxeologiya institutiga yoʻnaltiriladi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
“Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi” va mintaqaviy restavratsiya markazlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari grantlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
16. Belgilansinki:
yagona markazlashgan elektron tizimni tashkil etish uchun Turizm va sport vazirligi taʼsischiligida davlat tashkiloti tashkil etiladi;
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Madaniy meros departamentining mol-mulki, shu jumladan avtotransport vositalarini Turizm va sport vazirligiga oʻtkazishda qayta rasmiylashtirish uchun toʻlovlar undirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Madaniy meros agentligi tomonidan qayta tashkil etilayotgan, tugatilayotgan, oʻzgartirilayotgan va boshqa tashkilotlar tizimiga oʻtkazilayotgan tashkilotlarga biriktirilgan koʻchmas mulk obyektlariga va boshqa mol-mulkka boʻlgan huquqlarni tegishli yigʻimlar va boshqa toʻlovlarni undirmagan holda qayta rasmiylashtiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
17. Turizm va sport vazirligi Toshkent shahri, Amir Temur shoh koʻchasi, 107 b-uy manzili boʻyicha, Madaniy meros agentligi esa Toshkent shahri, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 2-uy manzili boʻyicha joylashtirilsin.
18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021-yil 1-iyul va 2022-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 6-aprel,
PQ-5054-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5054-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Turizm va sport vazirligining
tashkiliy tuzilmasi

Turizm va sport vazirligi



Qoraqalpogʻiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar turizm va sport bosh boshqarmalari

“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda uning Toshkent filiali

Olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari



Sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari

Tumanlar (shaharlar) turizm va sport boʻlimlari

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning Nukus va Fargʻona filiallari


Madaniy meros agentligi


Sport maktablari

“Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti” federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasining Samarqand filiali


“Milliy PR-markazi” DUK

Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyi


“Sport va turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda uning Nukus, Samarqand va Fargʻona filiallari

Turizm, sport va madaniy meros sohalaridagi nodavlat notijorat tashkilotlari


“Turistlarga xizmat koʻrsatish markazi” DUK


“Ipak yoʻli ofisi” UK

Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti


“Binolardan foydalanish direksiyasi” DUK


“Sport obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha injiniring kompaniyasi” DUK


“Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish direksiyasi” DUK


“Beldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro umummavsumiy kurortni qurish va ekspluatatsiya qilish boʻyicha loyiha ofisi” DUK


“Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi” davlat muassasasi

(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2022-y., 0722/79/0015-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5054-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Turizm va sport vazirligi markaziy apparatining
tuzilmasi

Xorijiy maslahatchilar

Vazir

Yordamchi

Vazirning birinchi oʻrinbosari

Vazir oʻrinbosari

Vazir oʻrinbosari

Vazir oʻrinbosari

Vazir maslahatchisi — Ziyorat turizmini rivojlantirish departamenti boshligʻi

Apparat boshqaruvchisi

Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish boshqarmasi

5

Raqamlashtirish boshqarmasi

5

Olimpiya sport turlarini rivojlantirish boshqarmasi

5

Moliya-iqtisodiyot departamenti

1

Ziyorat turizmini rivojlantirish departamenti

8

Yuridik va metodologiya departamenti

1

 

Taʼlim va ilm-fanni rivojlantirish hamda tadqiqotlar departamenti

1

Moliya-reja boshqarmasi

4

Yuridik boshqarma

5

Investitsiya departamenti

1

Paralimpiya sport turlarini rivojlantirish boʻlimi

2

Vazir maslahatchisi

Tushumlarni nazorat qilish boʻlimi

2

Metodologiya boshqarmasi

5

Investitsiyalarni jalb qilish va hududiy dasturlar ijrosini taʼminlash boshqarmasi

4

Xalqaro aloqalar va grantlarni jalb etish boshqarmasi

5

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim boshqarmasi

4

Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish boʻlimi

3

Komplayens nazorat va ichki audit xizmati

2

Buxgalteriya

4

Ilm-fanni rivojlantirish, malaka oshirish va ilmiy-metodik taʼminlash boʻlimi

3

Xalqaro turistik-transport logistikasini rivojlantirish boʻlimi

3

Maxsus zonalar, klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish boʻlimi

3

Sport federatsiyalari (assotsiatsiyalar) faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi

3

Davlat xaridlarini tashkil etish boʻlimi

3

Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi

4

Monetizatsiya, bukmekerlik va lotereya boʻlimi

2

Marketing boshqarmasi

4

Turizm va sport infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi

5

Sertifikatlashtirish va standartlashtirish boʻlimi

3

Yigʻma axborot-tahlil va strategik rivojlanish boshqarmasi

4

Vazir oʻrinbosari

Matbuot xizmati

4

Manzilli investitsiya dasturini amalga oshirish boʻlimi

4

NNTlar bilan hamkorlik qilish boʻlimi

3

Ommaviy sportni rivojlantirish boshqarmasi

4

Vazir kotibiyati va protokol xizmati

3

Devonxona

1

Turizm va sport sohalarida xizmatlarni diversifikatsiyalash boʻlimi

3

Xoʻjalik boʻlimi

2

Milliy (etno) va noolimpiya sport turlarini rivojlantirish boshqarmasi

4

YUNESKO bilan ishlash boʻlimi

2

Inson resurslarini rivojlantirish boshqarmasi

4

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari va axborot markazlarini tashkil etish boʻlimi

3

Vazir maslahatchisi

(maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha)

Jismoniy tayyorgarlik normativlarini oʻtkazish boʻlimi

3

Birinchi boʻlim

1

 

Sport maktablari bilan ishlash va hududlarni sportga ixtisoslashtirish boʻlimi

3

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 158 nafar.
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni oʻrnatilgan meʼyorlarga muvofiq belgilanadi.
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2022-y., 0722/79/0015-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 07/21/5054/0299-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2022-y., 0722/79/0015-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son; 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)