Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish taʼsirini baholash uslubiyoti hamda hisobot shakllarini tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 31-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3292]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda 2021-yil 15-martdagi PQ-5025-son “Tartibga solish taʼsirini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar:
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish taʼsirini baholash uslubiyoti 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha hisobot shakllari 2 — 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 31-mart,
7-mh-son
Kelishildi:
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari B. KARIMOV
2021-yil 23-mart
Vazir D. KUCHKAROV
2021-yil 29-mart
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 31-martdagi 7-mh-son buyrugʻiga
1-ILOVA
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish taʼsirini baholash
USLUBIYOTI
Mazkur Uslubiyot Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-martdagi PQ-5025-son “Tartibga solish taʼsirini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari (bundan buyon matnda loyiha deb yuritiladi) va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning (bundan buyon matnda normativ-huquqiy hujjat deb yuritiladi) tartibga solish taʼsirini baholash jarayonlarini uslubiy jihatdan tartibga solinishini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Uslubiyotda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
ishlab chiquvchi — loyihani ishlab chiquvchi yoki normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish taʼsirini baholashni oʻtkazuvchi davlat organi va tashkiloti;
tartibga solish vositasi — jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi (rioya etilishi) majburiy boʻlgan talablar yoki boshqa cheklovlar yoxud ularga taʼsir koʻrsatadigan boshqa choralar;
taʼsir — normativ-huquqiy hujjatlar loyihasida hamda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlar, talablar, taqiq va boshqa cheklovlarga rioya qilishda manfaatdor tomonlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan bevosita yoki bilvosita foyda va xarajatlar;
manfaatdor tomonlar — oʻrganilayotgan muammo yoki taklif etilayotgan tartibga solish doirasiga tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar, davlat organlari va tashkilotlari hamda xoʻjalik boshqaruvi organlari;
tartibga solish taʼsirini baholash (bundan buyon matnda TSTB deb yuritiladi) — loyihaning qabul qilinishi natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ehtimoliy oqibatlarni aniqlash va baholash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish maqsadlariga erishilganligini, samaradorligini hamda tartibga solish usulini qoʻllashda yuzaga kelgan oqibatlarni aniqlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmui;
TSTB hisoboti — normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat yuzasidan oʻtkazilgan TSTB yakunlari boʻyicha ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlanadigan hujjat;
soddalashtirilgan TSTB hisoboti — normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilishidan oldin oʻtkazilgan TSTB yakunlari boʻyicha ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlanadigan hujjat;
kengaytirilgan TSTB hisoboti — normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish bilan bir vaqtda kengaytirilgan tartibda oʻtkazilgan TSTB yakunlari boʻyicha ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlanadigan hujjat;
miqdoriy koʻrsatkichlar — maʼlum iqtisodiy yoki jismoniy mohiyatga ega boʻlgan, son sifatida ifodalanadigan koʻrsatkichlar. Bunga barcha moliyaviy va bozor koʻrsatkichlari (daromad, sof foyda, doimiy va oʻzgaruvchan xarajatlar, sotish hajmi, bozor ulushi va boshqalar), qiymat birligi, vazn va ogʻirlik, uzunlik va boshqa vositalar bilan oʻlchanadigan koʻrsatkichlar kiradi;
sifat koʻrsatkichlari — xarajat, miqdor, vazn va ogʻirlik, uzunlik, samaradorlik va boshqa oʻlchovlarning aniq birliklari bilan oʻlchash qiyin boʻlgan koʻrsatkichlar. Ular, qoida tariqasida, odamlarning maʼlum faktlar, hodisalar, ularning afzalliklari va baholariga munosabatini aks ettiradi. Sifat koʻrsatkichlari foizlar bilan ham oʻlchanadi;
foyda — loyiha yoki normativ-huquqiy hujjatda nazarda tutilgan talablarning bajarilishi munosabati bilan manfaatdor tomonlarga kelishi mumkin boʻlgan (kelgan) har qanday shakldagi foyda yoki daromad;
xarajatlar — loyiha yoki normativ-huquqiy hujjatda nazarda tutilgan talablarning bajarilishi munosabati bilan manfaatdor tomonlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan (yuzaga kelgan) xarajatlar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
2. Mazkur Uslubiyotda qoʻllaniladigan foyda (shu jumladan, bevosita yoki bilvosita foyda) va xarajat (shu jumladan, bevosita, bilvosita hamda maʼmuriy xarajat) atamalarining mazmuni buxgalteriya hisobida qoʻllaniladigan shunday atamalar mazmunidan farqlanadi va faqat tartibga solish taʼsirini baholash doirasida qoʻllaniladi.
3. Ishlab chiquvchi tomonidan tartibga solish taʼsirini baholash, shuningdek tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha hisobotni toʻldirish ushbu Uslubiyot asosida amalga oshiriladi.
4. Tartibga solish taʼsirini baholashda quyidagi usullardan foydalaniladi:
“ex-ante” — loyihani tartibga solish taʼsirini baholash;
“ex-post” — retrospektiv tahlil (real maʼlumotlar) asosida normativ-huquqiy hujjat bilan joriy etilgan tartibga solish vositasining taʼsirini oʻrganish.
Oldingi tahrirga qarang.
5. “Ex-ante” usuli boʻyicha loyiha ishlab chiqilishidan oldin soddalashtirilgan tartibda hamda loyihani ishlab chiqish bilan bir vaqtda kengaytirilgan tartibda TSTBdan oʻtkaziladi:
a) loyiha soddalashtirilgan tartibda TSTBdan oʻtkazilganda quyidagi masalalar tahlil qilinadi:
muammo tavsifi, shu jumladan, muammo taʼsir koʻrsatayotgan obyektlar va subyektlar;
davlat aralashuvining zarurati, maqsadi va muammoni hal qilish yoki uning salbiy taʼsirini kamaytirish bilan bogʻliq xatarlar;
muammoni hal qilishning muqobil usullari;
muqobil usullarning ijobiy va salbiy taʼsirlari hamda muammoni hal etishdagi ehtimoliy ulushi;
maqbul usulning boshqa usullarga nisbatan afzalligi;
maqbul usul orqali joriy etilishi kutilayotgan tartibga solish vositalari;
b) loyiha kengaytirilgan tartibda TSTBdan oʻtkazilganda quyidagi masalalar tahlil qilinadi:
tartibga solinishi kerak boʻlgan muammo tahlili va davlat aralashuvining zarurati (sabablari);
tartibga solish orqali erishilishi lozim boʻlgan maqsadlar;
muammoni hal qilishda muqobil usullar, ularning afzalliklari hamda kamchiliklari;
tartibga solish taʼsir koʻrsatadigan subyektlar toʻgʻrisida maʼlumotlar;
har bir muqobil usulning miqdoriy va sifat tahlili, shu jumladan, foyda va xarajatlar tahlili, tegishli sohalarga (iqtisodiy soha, ijtimoiy soha va atrof-muhitga) taʼsirlari va qoʻllashda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlari xavfi va qiyosiy tahlil yordamida tanlangan maqbul usulni joriy etishning maqsadga muvofiqligi;
tartibga solish maqsadlariga erishish uchun zarur chora-tadbirlar va kutilayotgan natijalar;
loyihaning yoki unda belgilangan tartibga solish vositalarining amal qilishi taklif qilingan davrni asoslash (amal qilish muddati mavjud boʻlganda).
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
6. “Ex-post” usulini qoʻllashda quyidagilar amalga oshiriladi:
normativ-huquqiy hujjat taʼsir koʻrsatgan manfaatdor tomonlarni tahlil qilish;
normativ-huquqiy hujjat bilan oʻrnatilgan tartibga solish vositasining natijadorligi, maqsadlariga erishilganligi hamda uning qoʻllanilishi natijasida vujudga kelgan ijobiy va salbiy oqibatlarini aniqlash;
tartibga solish vositasining samaradorligini oʻrganish;
Oldingi tahrirga qarang.
normativ-huquqiy hujjatning tegishli sohalarga (iqtisodiy soha, ijtimoiy soha va atrof-muhitga) taʼsirini tahlil qilish;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
normativ-huquqiy hujjat bilan oʻrnatilgan tartibga solish vositasining amal qilishi maqsadga muvofiqligi yoki uni bekor qilish zarurligini oʻrganish;
tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha hisobotni jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida uni takomillashtirish.
2-bob. “Ex-ante” usuli boʻyicha tartibga solish taʼsirini baholash
Oldingi tahrirga qarang.
1-§. Muammoni tahlil qilish va davlat aralashuvi zaruratini (sabablarini) aniqlash
(1-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Tegishli sohada yuzaga kelgan (yuzaga kelishi mumkin boʻlgan) muammoni aniqlash, uning sabablari va oqibatlarni oʻrganish orqali toʻgʻri va samarali yechimlarni ishlab chiqish maqsadida muammolar tahlili oʻtkaziladi.
Muammo toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aniq shakllantirilishi, tavsiflanishi, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutgan holda tahlil qilinishi lozim:
muammo vujudga kelgan soha;
sohaning huquqiy tartibga solinganlik holati (normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati, shuningdek, tartibga solishdagi boʻshliqlar) va huquqni qoʻllash amaliyoti (murojaatlar, shikoyatlar, sud tartibidagi ishlar soni va mazmuni);
muammo taʼsir koʻrsatayotgan obyektlar va/yoki subyektlar (subyektlar sonining yillar kesimidagi oʻzgarish koʻrsatkichi);
muammoning mavjudligi sababli kelib chiqqan (chiqishi mumkin boʻlgan) salbiy oqibatlar;
muammoga oid statistik maʼlumotlar hamda boshqa miqdoriy va sifat koʻrsatkichlar (misol uchun, ushbu sohada muammo mavjudligi sababli 1,5 mingta qonun buzilishlar sodir etilgan boʻlib, jismoniy va yuridik shaxslarga 500 mln soʻm miqdorda zarar yetkazilgan).
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
8. Muammoni tavsiflash uchun foydalanilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini tekshirish imkoni boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Muammo yuzaga kelgan (yuzaga kelishi mumkin boʻlgan) sohani tartibga solish maqsadlarini aniqlash uchun davlat aralashuvi zarurati tahlil qilinadi.
Davlat aralashuvi zarurati asosan quyidagi sabablarni oʻz ichiga olishi mumkin:
a) bozordagi muvaffaqiyatsizlik (masalan, bozor narxlari jamiyat uchun real xarajat va foydani aks ettirmasligi, ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar bilan taʼminlanishning yetarli emasligi, raqobat muhiti yetarli emasligi, axborot yetishmovchiligi (jumladan, isteʼmolchilar uchun maʼlumot olish imkoniyati cheklanganligi yoki umuman yoʻqligi);
b) iqtisodiyotni barqarorlashtirish va iqtisodiy tanglikning oldini olish yoki uning oqibatlarini bartaraf etish;
v) tovar va xizmatlar bozorida monopollashuvning oldini olish;
g) tartibga solishning samarasizligi (masalan, jamoat manfaatlariga mos kelmaydigan amaldagi tartibga solish vositasi);
d) ijtimoiy adolatni taʼminlash (masalan, sogʻliqni saqlash va taʼlim xizmatlaridan aholining barcha qatlami, ayniqsa, aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalari foydalana olish imkoniyati);
e) aholining salomatligi va jamiyat xavfsizligi uchun xavf-xatar;
yo) atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan samarali foydalanish.
Tartibga solinayotgan munosabatlarning oʻziga xosligidan kelib chiqib, davlat aralashuvi zarurati boshqa sabablarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
Davlat aralashuvi boʻyicha har bir sabab batafsil asoslantirilishi lozim.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
3-§. Tartibga solish orqali erishilishi lozim boʻlgan maqsadlarni belgilash
10. Normativ-huquqiy hujjatning qabul qilinishidan koʻzlangan maqsad aniq va loʻnda belgilab olinishi zarur.
Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishdan koʻzlangan maqsadning toʻgʻri belgilanishi mazkur hujjat normalarining muvaffaqiyatli tatbiq etilishini baholash va maqsadga erishish yoʻllarini aniq belgilab olishning muhim sharti hisoblanadi.
11. Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishdan koʻzlangan maqsad quyidagi mezonlarga javob berishi shart:
aniq boʻlishi — aniq maqsad normativ-huquqiy hujjatni turli talqin etilishining oldini oladi;
oʻlchovli boʻlishi — maqsad oʻlchovli va tatbiq etilishi darajasini tasdiqlovchi holat sifatida tavsiflanishi zarur;
maqbul boʻlishi — agar maqsad va unga erishish usuli jismoniy va yuridik shaxslarning xatti-harakatlariga taʼsir koʻrsatishni nazarda tutsa, bunday taʼsir maqsadga erishish jarayonida ishtirok etayotgan barcha uchun maqbul, tushunarli hamda aniq va loʻnda ifodalangan boʻlishi lozim;
cheklangan vaqt oraligʻida bajariladigan boʻlishi — asosiy va oraliq maqsadlarga erishiladigan vaqt aniq belgilab olingan boʻlishi kerak.
12. Loyihani qabul qilishdan koʻzlangan maqsad quyidagi guruhlarga boʻlingan holda belgilanadi:
a) umumiy maqsad — normativ-huquqiy hujjat qabul qilishning yakuniy natijasini belgilab beradi (masalan, iqtisodiyotning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va boshqalar);
b) maxsus maqsad — normativ-huquqiy hujjatning obyekti hisoblanib, umumiy maqsadga erishish uchun zarur shart-sharoit yaratadi (masalan, yuridik shaxslarning soliq majburiyatlarini qisqartirish orqali tadbirkorlik faoliyatining faollashuvi va aholining farovonlik darajasi oʻsishiga erishish);
v) tezkor maqsad — joriy vazifalarni hal qilish va maxsus maqsadga erishishga xizmat qiladi (masalan, davlat organi darajasida tartib-taomillarni soddalashtirish orqali tadbirkorlik faoliyati subyektlari xarajatlarining qisqartirilishiga erishish).
4-§. Muqobil usullarni aniqlash
13. Tartibga solish maqsadiga erishishga xizmat qiladigan turli xil usullarni koʻrib chiqish lozim. Ushbu usullarning salbiy jihatlari, muvofiqlik darajasi, amalga tatbiq qilishning osonligi, shuningdek nojoʻya taʼsirlari inobatga olingan holda baholanadi.
14. Muqobil usullarni aniqlashda noaniq va amalga oshirishi mavhum boʻlgan variantlar qoʻllanilmasligi zarur.
15. Tartibga solishning boshqa muqobil vositalari oʻrganilganida, qoʻshimcha ravishda quyidagi muqobil usullar majburiy tartibda koʻrib chiqilishi kerak:
hech qanday chora qoʻllamaslik — taklif qilinayotgan muqobil usul bilan amaldagi vaziyatning saqlab qolinishi nazarda tutilishi kerak;
oʻzini-oʻzi boshqarish — tartibga solinishi kutilayotgan sohani tadbirkorlik subyektlari va/yoki ularning birlashmalari, jamoat birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari orqali boshqarish.
16. Muammoning yechimi sifatida tanlangan, shuningdek boshqa muqobil usullarning afzalliklari va kamchiliklari aniq dalil va raqamlar bilan asoslantirilgan holda batafsil yoritiladi.
17. Muammoning yechimi sifatida tanlangan usulning muqobil usullardan samaradorligi, muammo yechimiga tez va sifatli erishilishi, tanlangan tartibga solish usulining muqobil usullarga nisbatan keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlari xavfining kamligi va boshqa shu kabi dalil bilan asoslantirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
41-§. Muqobil usullarning taʼsir doirasini aniqlash
171. Tartibga solinayotgan sohada vujudga kelishi mumkin boʻlgan (yoki vujudga kelgan) oʻzgarishlarni, jumladan, ijobiy va salbiy oqibatlarni aniqlash, salbiy taʼsirlarni oldini olish yoki yumshatish maqsadida muqobil usullarning taʼsir doirasi aniqlanishi lozim.
Bunda tartibga solish usulining iqtisodiy soha, ijtimoiy soha va atrof-muhitga taʼsiri oʻrganiladi.
172. Tartibga solish usuli iqtisodiy sohada quyidagi munosabatlarga taʼsir koʻrsatishi mumkin:
a) iqtisodiy rivojlanish, jumladan, yashirin iqtisodiyot, investitsiya muhiti, ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish), import va eksport, tovar va xizmatlarning isteʼmol darajasi, moliyaviy barqarorlik va moliyaviy bozorlar;
b) tadbirkorlik, jumladan, tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilish, litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlarni olish tartibi va talablarining oʻzgarishi, tovarlar (xizmat koʻrsatish) bahosi hamda boshqa moliyaviy majburiyatlar qiymatining oʻzgarishi;
v) kichik va oʻrta tadbirkorlik, jumladan, talab va majburiyatlarni bajarish yirik tadbirkorlik subyektlariga nisbatan kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari uchun ogʻirligi, maʼmuriy toʻsiqlar (masalan, roʻyxatdan oʻtish, litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlarni olish), moliyaviy yuk darajasi, bozor shartlari va raqobat muhiti.
Tartibga solish usulining kichik va oʻrta tadbirkorlikka taʼsirini baholashda quyidagi maʼlumotlar tahlil qilinadi:
sohada tartibga solish doirasiga tushadigan tadbirkorlik subyektlari soni (Iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichidagi (IFUT) kichik klass raqamini koʻrsatgan holda hamda kichik, oʻrta va yirik toifalar kesimida) va tartibga solish vositasining har bir toifa uchun taʼsir darajasi;
kichik va oʻrta tadbirkorlikning tartibga solinayotgan sohadagi ahamiyati (masalan, ishlab chiqarishdagi (xizmat koʻrsatish) ulushi, bozordagi oʻrni);
tartibga solish vositasining bilvosita subyektlari (masalan, yetkazib beruvchilar, isteʼmolchilar);
g) davlat budjeti va fiskal siyosat, jumladan, davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining oʻzgarishi, davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari (masalan, subsidiya, kompensatsiya, dotatsiya, davlat boji, soliq va bojxona imtiyozlari), tartibga solish va nazorat qilish xarajatlarining ortishi;
d) raqobat muhiti, jumladan, tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning (yetkazib beruvchilarning) doirasi va soni cheklanishi, yetkazib beruvchilarning oʻzaro raqobatlashish imkoniyati chegaralanishi, bozor munosabatlarida oʻzaro raqobatlashishga qiziqishining pasayishi, yangi texnologiyalar, mahsulotlar yoki biznes modellarini amaliyotga joriy etishning cheklanishi, isteʼmolchilar uchun kerakli axborotni tanlash imkoni chegaralanishi;
e) bandlik va mehnat bozori, jumladan, ishsizlik va bandlik darajasi, muayyan sohalarda ishchi kuchiga boʻlgan talabning oʻzgarishi, mehnat sharoitlari (shartlari) va ish haqi, xodimlarning malakasini oshirish va kasbga oʻqitish, xodimlarning ijtimoiy himoyasi, norasmiy bandlik.
Tartibga solinayotgan munosabatlarning oʻziga xosligidan kelib chiqib, boshqa taʼsirlar ham tahlil qilinadi.
173. Tartibga solish usuli ijtimoiy sohada (fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashda) quyidagi munosabatlarga taʼsir koʻrsatishi mumkin:
a) ijtimoiy adolat va gender tenglik, jumladan, shaxslarni kamsitishga yoʻl qoʻyilmasligi, huquqlardan aholining barcha qatlami (ayniqsa, nogironligi boʻlgan shaxslar, keksalar, bolalar va aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalari) foydalana olish imkoniyati, taʼlim, axborot olish huquqi va soʻz erkinligining cheklanmasligi, mulk huquqining daxlsizligi, huquq va xizmatlardan toʻsiqsiz foydalanish;
b) kambagʻallik darajasi, jumladan, tartibga solish vositasining aholi (ayniqsa, aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalari) daromadlariga va ijtimoiy tengsizlikka taʼsiri, ish oʻrinlari, ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan imkoniyatning cheklanmasligi, shaxslarning mehnatga boʻlgan munosabatining oʻzgarishi, mehnat munosabatlarida ijtimoiy tenglik va inklyuzivlik;
v) sogʻliqni saqlash va oziq-ovqat, jumladan, aholining barcha qatlami (ayniqsa, aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalari) malakali tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati, tibbiy xizmatlar va dori vositalari hamda protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari narxining oʻzgarishi, sogʻlom turmush tarziga taʼsirlar, sogʻlom va yuqori ozuqaviy qiymatga ega oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmoli, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi.
Tartibga solinayotgan munosabatlarning oʻziga xosligidan kelib chiqib, boshqa taʼsirlar ham tahlil qilinadi.
174. Tartibga solish usuli atrof-muhit sohasida quyidagi munosabatlarga taʼsir koʻrsatishi mumkin:
a) tabiiy resurslar, jumladan, resurslardan foydalanish barqarorligi, ularni taqsimlash va ulardan foydalanish, suv va suv resurslari, yer maydonlarini boshqarish, foydali qazilmalarni qazib olish;
b) havo, suv va tuproq sifati, jumladan, havo, suv va tuproqning ifloslanish darajasiga taʼsir, ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishi (emissiyasi) va oqava suvlarni chiqarish standartlari, shuningdek, atrof-muhit sifatini nazorat qilish tartiblarining oʻzgarishi;
v) bioxilma-xillik va ekotizimlar, jumladan, bioxilma-xillikni muhofaza qilish va ekotizimlar (masalan, oʻrmonlar, suv havzalari) holati, noyob va yoʻqolib borayotgan oʻsimliklar va hayvonlar turlariga taʼsir, ekotizimlarda koʻrsatiladigan xizmatlar doirasining kengayishi;
g) iqlim oʻzgarishi va issiqxona gazlari chiqarilishi (emissiyasi), jumladan, energiya resurslaridan sanoat va maishiy isteʼmolda foydalanish natijasida ajralayotgan issiqxona gazlari, xavfli moddalar hajmining oʻzgarishi, energiya resurslari samaradorligi, iqlim oʻzgarishiga moslashish;
d) chiqindilarni boshqarish, jumladan, chiqindilarni qayta ishlash, utilizatsiya qilish, chiqindilar hajmining oʻzgarishi, suv havzalariga va joy relyefiga zararli tashlamalarni tashlanishi;
e) inson salomatligi va hayot sifati, jumladan, havo, suv, tuproq va shovqinli ifloslanish darajasining insonlarga taʼsiri, yashash sharoiti va sifatining yomonlashuvi.
Tartibga solinayotgan munosabatlarning oʻziga xosligidan kelib chiqib, boshqa taʼsirlar ham tahlil qilinadi.
175. Tartibga solish usuli tegishli munosabatlarda salbiy taʼsirga ega boʻlgan va ushbu tartibga solish usulisiz muammoni hal qilish imkoniyati mavjud boʻlmagan hollarda har bir salbiy taʼsirni kamaytirish, yumshatish choralari ishlab chiqilishi lozim (masalan, oshirilgan toʻlovlar boʻyicha aholining ehtiyojmand toifalari uchun chegirmalar yoki kompensatsiya toʻlovlari).
Talab va majburiyatlarni taʼminlash kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari uchun yirik tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ogʻirroq boʻlgan taqdirda ular uchun taʼsir darajasini kamaytirish, yumshatish choralari va moslashuvchan yondashuvlar majburiy ravishda koʻrib chiqiladi.
(41-paragraf Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5-§. Muqobil usullarni tahlil qilish metodlari
(5-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Muqobil usullarni tahlil qilish va oʻzaro taqqoslashda quyidagi metodlardan foydalanish mumkin:
a) foyda va xarajatlar tahlili metodi, bunda tartibga solish usullari boʻyicha umumiy foyda va xarajatlar oʻrganilib, ular oʻrtasidagi tafovut (sof joriy qiymat) aniqlanadi va xarajati eng kam va foydasi eng koʻp usul tanlanadi;
b) xarajatlar samaradorligi tahlili metodi, bunda tartibga solish usullarining xarajatlari oʻzaro taqqoslanib, xarajati eng kam usul tanlanadi. Ushbu metod asosan foydani pul koʻrinishida ifodalab boʻlmaydigan sohalarni (masalan, sogʻliqni saqlash, taʼlim, xavfsizlik) tahlil qilishda foydalaniladi;
v) koʻp mezonli tahlil metodi, bunda tartibga solish usullarining foyda va xarajatlarini miqdoriy koʻrsatkichlarda hisoblash yoki oʻzaro solishtirish imkoniyati boʻlmasa, ularning taʼsiri maqsadlardan kelib chiqib, turli mezonlar orqali aniqlanadi;
g) boshqa iqtisodiy tahlil usullari.
Muqobil usullar boʻyicha tahlil natijalari quyidagi mezonlar asosida oʻzaro taqqoslanadi va ulardan eng maqbul usul tanlab olinadi:
natijadorligi va maqsadlarga mutanosibligi;
samaradorligi;
davlat (sohani rivojlantirish) strategiyalariga (dasturlariga) muvofiqligi.
Foyda va xarajatlar tahlilini amalga oshirishda miqdoriy koʻrinishda ifodalash murakkab yoki imkonsiz boʻlgan foyda va xarajatlarning sifat koʻrsatkichlarini tahlil qilish amalga oshiriladi, bu haqda tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha hisobotning tegishli maydonlarida miqdoriy baholashni amalga oshirishning imkoni yoʻqligi asoslari, shu jumladan, mavjud cheklovlar koʻrsatiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
19. Xarajatlar quyidagilarga guruhlanadi:
a) bevosita xarajatlar — manfaatdor tomonlarga tartibga solish natijasida yuzaga kelgan (kelishi mumkin boʻlgan) toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir koʻrsatuvchi majburiyatlar. Bunday xarajatlarga litsenziya uchun davlat boji, roʻyxatdan oʻtish, ariza berish uchun toʻlovlar, tartibga solish talabalarini bajarish bilan bogʻliq xarajatlar va boshqalar kiradi;
b) bilvosita xarajatlar — tartibga solish talablariga rioya qilish uchun sarflanadigan bevosita xarajatlardan tashqari barcha xarajatlar (misol uchun: mehnat qilish uchun xavfsiz sharoitlar taʼminlanishi bilan bogʻliq xarajatlar; ekologik talablarga rioya etish uchun uskunalar sotib olish);
v) maʼmuriy sarf-xarajatlar — axborot majburiyatlarini bajarish uchun tadbirkorlar amalga oshirishi kerak boʻlgan maʼmuriy faoliyat xarajatlari (misol uchun: mehnat sharoitlari toʻgʻrisida yillik hisobot; uskuna oʻrnatish boʻyicha hujjatlar va h.k.).
20. Bevosita xarajatlarni hisoblashda tartibga solish vositasining joriy etilishi natijasida toʻlov majburiyatlari yuzaga keladigan manfaatdor tomonlar soni, toʻlovning davriyligi (yilda bir marta = 1; yilda ikki marta = 2; ikki yilda bir marta = 0,5 va h.k.) hamda toʻlov birligi qiymati aniqlanadi va ushbu parametrlar koʻpaytiriladi.
21. Bilvosita xarajatlarni hisoblashda tartibga solish majburiyatlariga amal qilishi kerak boʻlgan manfaatdor tomonlar soni, xodimlarni oʻqitish, uskuna sotib olish yoki boshqa xarajatlarning birlik qiymati va soni koʻpaytiriladi.
22. Maʼmuriy sarf-xarajatlarni hisoblash quyidagi formula boʻyicha amalga oshiriladi:
maʼmuriy harakat yuki = narx × miqdor, bunda narx va miqdor quyidagicha aniqlanadi:
narx = tarif × sarflangan vaqt;
miqdor = talablar tegishli boʻlgan korxonalar miqdori × amalga oshirilgan vaqt oraligʻi.
Bunda:
tarif — amalga oshirilgan mehnat uchun, qoida tariqasida, soatbay mehnatga haq, shuningdek ish vaqtidan tashqari amalga oshirilgan qoʻshimcha ish, kasallik yoki mehnat taʼtillari uchun toʻlovlar, qoʻshimcha xarajatlar (materiallar, xizmat safarlari, aloqa vositalari va boshqalar) yoki boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar (agar maʼmuriy harakatlar uchun vositachi yollansa) yigʻindisidan iborat;
sarflangan vaqt — maʼmuriy harakatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan vaqt hisoblanib, hujjatlarni tayyorlash, davlat idoralariga borish uchun sarflangan vaqt (zaruriyat tugʻilganda), navbat kutish, qabul vaqti va haq toʻlanadigan dam olish vaqtini oʻz ichiga oladi;
miqdor — cheklovlar joriy etilgan korxonalarning umumiy soni va yil davomida amalga oshiriladigan jarayonlar sonining koʻpaytmasini ifodalaydi.
23. Foyda quyidagilarga guruhlanadi:
a) bevosita foyda — tartibga solish vositalarini joriy etilishi (etilganligi) natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan (kelgan) har qanday foyda va daromadlar.
b) bilvosita foyda — tartibga solish natijasida uchinchi shaxslarga kelishi mumkin boʻlgan (fuqarolar sogʻligʻi, xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bogʻliq) ijobiy taʼsir hisoblanib, yalpi ichki mahsulotning oʻsishi, raqobatbardoshlilik va samaradorlik koʻrsatkichlari kabi keng makroiqtisodiy manfaatlar.
24. Har xil davrlar uchun foyda va xarajatlarni taqqoslash zarur boʻlganda, standart xarajatlar modelidan foydalangan holda sof joriy qiymat (NPV) hisoblab chiqiladi.
Foyda va xarajatlar oʻrtasidagi tafovut sof foydaning mavjudligi yoki mavjud emasligini koʻrsatadi.
Sof joriy qiymat (NPV) quyidagi formula boʻyicha hisoblab chiqiladi:
bunda:
Bt — t — davr oraligʻida tartibga soluvchi normalarni joriy etishdan olinadigan ehtimoliy foyda;
Ct — t — davr oraligʻida tartibga soluvchi normalarni joriy etish uchun qilinadigan ehtimoliy xarajatlar;
r — diskontlash stavkasi;
n — hisob-kitob davri.
Diskontlash stavkasining maqbul miqdorini koʻrib chiqilayotgan davrda tijorat banklarining tegishli soha boʻyicha ajratilgan kreditlash stavkasidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan eʼlon qilinadigan milliy valyutadagi uzoq muddatli bank kreditlari boʻyicha oʻrtacha tortilgan foiz stavkalaridan (bunda imtiyozli kreditlash stavkalari hisobga olinmaydi) foydalangan holda aniqlash mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-paragraf Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
7-§. Loyihani qabul qilishdan kutilayotgan natijani aniqlash
27. Loyihani qabul qilishdan kutilayotgan natija batafsil yoritilishi lozim. Bunda ishlab chiquvchi tartibga solish maqsadlariga erishish darajasini tavsiflovchi sifat va miqdoriy oʻlchov indikatorlarini (koʻrsatkichlarini) belgilaydi.
Indikatorlar har bir maqsad boʻyicha aks ettiriladi. Bunda indikatorlarni hisoblash usuli va maʼlumot manbalari koʻrsatilishi lozim.
8-§. Tartibga solish maqsadlariga erishish uchun zarur boʻlgan chora-tadbirlarni belgilash
28. Loyiha qabul qilinishi bilan unda belgilangan maqsadlarga erishish uchun zarur boʻlgan tashkiliy, texnik, uslubiy va boshqa chora-tadbirlar belgilanishi lozim. Bunda quyidagi masalalar aks ettirilishi mumkin:
yangi davlat organi va tashkiloti yoki uning tarkibiy boʻlinmasini tashkil qilish;
normativ-huquqiy hujjat va boshqa zarur boʻlgan hujjatlarni (yoʻriqnomalar, koʻrsatmalar va h.k.) ishlab chiqish;
axborot tizimlarini, maʼlumotlar bazalarini va boshqa dasturiy taʼminotlarni yaratish;
davlat organlari xodimlarini yoki sohaning boshqa ishtirokchilarini oʻqitish hamda malakasini oshirish;
targʻibot-tashviqot tadbirlarini amalga oshirish;
boshqa chora-tadbirlar.
29. Davlat organi yuklatilayotgan vazifalarini toʻlaqonli bajara olishi uchun barcha zarur vakolatlar va resurslarga, shu jumladan ularni bajarish uchun yetarli muddatga ega boʻlishi muhim hisoblanadi.
Amalga oshirilishi belgilangan har bir chora-tadbirlar boʻyicha masʼul ijrochilar, amalga oshirish muddatlari, ularni moliyalashtirish hajmi va manbalari, amalga oshirish mexanizmi va kutilayotgan natija batafsil yoritilishi kerak.
9-§. Loyihani jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish
30. Loyiha va tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha hisobot ishlab chiquvchi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz)ga joylashtirish orqali majburiy tartibda jamoatchilik muhokamasidan oʻtkaziladi.
Ishlab chiquvchi loyiha va tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha hisobotni jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazishda mazkur Uslubiyotning 1-ilovasida keltirilgan namunaviy savolnomadan foydalanilishi mumkin.
Loyihani jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-martdagi PQ-5025-son qarori bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
31. Ishlab chiquvchi jamoatchilik muhokamasi davomida muayyan sohada tartibga soluvchi vositalar joriy etilishi maqsadga muvofiqligi va zarurligini baholash maqsadida loyihani, tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha hisobotni va boshqa zarur maʼlumotlarni manfaatdor shaxslar guruhlari, shu jumladan, ilmiy doiralar vakillari hamda xorijiy ekspertlar bilan muhokama qilishi mumkin.
32. Ishlab chiquvchi jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari hamda manfaatdor tomonlar taqdim etgan takliflarni umumlashtiradi hamda ularni tahlil qiladi.
3-bob. “Ex-post” usuli boʻyicha tartibga solish taʼsirini baholash
33. Normativ-huquqiy hujjatlarni “ex-post” usuli orqali baholash ushbu Uslubiyotning 6-bandida koʻrsatilgan mezonlar asosida amalga oshiriladi.
34. Normativ-huquqiy hujjatlarni “ex-post” usuli orqali baholashda tartibga solishning natijadorligi, samaradorligi hamda dolzarbligi tahlil qilinadi.
35. Tartibga solishning natijadorligi rejalashtirilgan tadbirlarning amalga oshirilganlik darajasi va rejalashtirilgan natijalarga erishilganligidan kelib chiqib aniqlanadi. Tartibga solishning natijadorlik tahlili, tartibga solish bilan koʻzlangan (belgilangan) maqsadlarga erishish yoki ushbu maqsadga erishishda ijro mexanizmi qanchalik muvaffaqiyatli boʻlganligini koʻrsatishi kerak.
36. Tartibga solishning natijadorlik tahlili oʻtkazilganida tartibga solish usulini qoʻllashda vujudga kelgan kutilmagan oqibatlar ham aniqlanishi kerak.
Agar koʻzlangan maqsadlarga erishilmagan yoki rejalashtirilgan chora-tadbirlar unga muvofiq amalga oshirilmagan boʻlsa, natija koʻzlangan maqsaddan qay darajada orqada qolayotgani aniqlanishi, shuningdek unga taʼsir koʻrsatgan omillar baholanishi kerak.
37. Tartibga solishning natijadorligini aniqlashda belgilangan maqsadlarga oʻz vaqtida erishish mumkinligi yoki qoʻshimcha muddatlar zarurligi hisobga olinishi kerak.
38. Tartibga solishning samaradorligi erishilgan natija va sarflangan resurslardan qanchalik samarali foydalanish oʻrtasidagi bogʻliqlikni koʻrsatadi.
39. Tartibga solish yondashuvlaridagi farqlar natijaga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkinligini inobatga olgan holda, tartibga solishning boshqa muqobil variantlari kamroq xarajat evaziga bir xil foyda keltirish (yoki bir xil sharoitda koʻproq foyda keltirish) imkoniyatlari oʻrganilishi kerak.
40. Tartibga solishning samaradorligini tahlil qilishda turli manfaatdor tomonlarga keladigan tartibga solish xarajatlari, shuningdek uning afzalliklari ham oʻrganilishi kerak.
41. Qoida tariqasida, tartibga solish vositasini joriy etishda foyda xarajatni qoplashi yoki undan yuqori boʻlishi kutiladi. Biroq, har doim ham tartibga solish vositasining joriy etilishi barchaga birdek foyda keltirmasligi mumkin. Bu koʻpincha fuqarolarning xavfsizligi va salomatligini taʼminlash, atrof-muhitni muhofaza qilish yoki isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish siyosatiga tegishli boʻladi. Bunda foyda va xarajatlarga taʼsir koʻrsatadigan omillar va ularning tartibga solish bilan bogʻliqligi aniqlanishi kerak.
42. Tartibga solishning dolzarbligi orqali tartibga solish usullarining amal qilishi maqsadga muvofiqligi yoki ularni bekor qilish zarurligi oʻrganiladi.
Tartibga solishning dolzarbligini tahlil qilishda tartibga solish maqsadlari mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga va sohadagi ustuvorliklarga mos kelishi koʻrib chiqilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
43. Normativ-huquqiy hujjatlarning tegishli sohalarga taʼsirini baholash mazkur Uslubiyotning 171 — 175-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
44. Tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha hisobotni jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida uni takomillashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-martdagi PQ-5025-son qarori bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha hisobotni jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazishda mazkur Uslubiyotning 2-ilovasida keltirilgan namunaviy savolnomadan foydalanilishi mumkin.
4-bob. Tartibga solish taʼsirini baholashda axborotdan foydalanish
45. Quyidagilar tartibga solish taʼsirini baholash uchun axborot manbalari hisoblanadi:
rasmiy statistik maʼlumotlar;
davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlari;
Oldingi tahrirga qarang.
ilmiy-tahliliy materiallar va nashrlar, ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar hamda yigʻilishlar materiallari;
(45-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
vakolatli tashkilotlar va ishlab chiquvchi tomonidan oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrovlarning natijalari;
ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytlarda eʼlon qilingan nashrlar;
tartibga solish taʼsirini baholash doirasida davlat organi va tashkiloti tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar, shu jumladan bevosita joyiga chiqqan holda oʻtkazilgan oʻrganishlar jarayonida olingan (aniqlangan) maʼlumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(45-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
46. Tartibga solish taʼsirini baholashda zarur boʻlgan axborot va maʼlumotlarni toʻplash uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin (quyida keltirilgan usullar alohida yoki oʻzaro bir-birlarini toʻldirgan holda birgalikda qoʻllanilishi mumkin):
jamoatchilik muhokamasi — loyihani tayyorlashda jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari hamda manfaatdor tomonlar bilan muhokamalar oʻtkazish;
“namunaviy zavod uslubi” — loyihani taʼsir koʻrsatishi kutilayotgan muayyan tarmoq doirasida korxonalarning texnik va iqtisodiy parametrlariga koʻra ajratib olib, bir yoki bir necha ana shunday korxonalarni hisob-kitob qilish;
soʻrovnomalar — asosan, pul shaklida ifoda etish murakkab boʻlgan taʼsirlar qiymatini aniqlashda qoʻllaniladi;
ekonometrik uslublar — maʼlum tartibga solish vositasini oʻrganilayotgan koʻrsatkichga, boshqa omillar taʼsiridan ajratgan holda, sof taʼsirini aniqlash taqozo etilganda qoʻllaniladi.
5-bob. Yakuniy qoida
47. Mazkur Uslubiyot Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish taʼsirini baholash uslubiyotiga
1-ILOVA
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha
NAMUNAVIY SOʻROVNOMA
1. Ushbu munosabat (soha) normativ-huquqiy hujjat bilan tartibga solinishi kerakmi?
2. Tartibga solishdan koʻzlangan maqsadga erishishning boshqacha varianti mavjudmi? Agar mavjud boʻlsa, ulardan, yanada kam xarajatli va (yoki) samarali variantni koʻrsating?
Oldingi tahrirga qarang.
3. Taklif etilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasining (bundan buyon matnda loyiha deb yuritiladi) iqtisodiy soha, ijtimoiy soha va atrof-muhitga qanday salbiy yoki ijobiy taʼsiri mavjud?
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
4. Loyihada taklif qilinayotgan tartibga solish vositasi muammoni hal qilishning eng maqbul usuli hisoblanadimi?
5. Loyiha qabul qilingan taqdirda, qanday xavflar va salbiy oqibatlar yuzaga kelishi mumkin?
6. Loyiha qabul qilingan taqdirda, qanday afzalliklar va ijobiy oqibatlar (foyda) yuzaga kelishi mumkin?
7. Loyihada tadbirkorlarga ortiqcha byurokratik toʻsiq va boshqa cheklovlar yoki asossiz xarajatlarga olib keluvchi qoidalar mavjudmi? Agar boʻlsa ularni koʻrsating?
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
9. Loyihada koʻrsatilayotgan muddatlar oqilona tanlanganmi, ortiqcha vaqt va (yoki) xarajatlarga olib kelmaydimi?
10. Loyihada koʻrsatilayotgan tartibga solishga oid qoidalar va vositalarni takomillashtirish yuzasidan qanday qoʻshimcha taklif va eʼtirozlar mavjud?
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish taʼsirini baholash uslubiyotiga
2-ILOVA
Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha
NAMUNAVIY SOʻROVNOMA
1. Ushbu munosabat (soha) mazkur normativ-huquqiy hujjat (bundan buyon matnda Hujjat deb yuritiladi) bilan samarali va sifatli tartibga solingan, deb hisoblaysizmi?
2. Mazkur Hujjatni qabul qilishdan koʻzlangan maqsadlarga va ijobiy koʻrsatkichlarga qay darajada erishildi?
3. Hujjatda koʻrsatilgan tartibga solish vositasi va usulini qoʻllashda qanday kutilmagan salbiy va ijobiy oqibatlar vujudga keldi?
4. Hujjatda tadbirkorlarga ortiqcha byurokratik toʻsiq va boshqa cheklovlar yoki asossiz xarajatlar yuzaga kelishiga sabab boʻlgan qoidalar mavjudmi? Agar boʻlsa ularni koʻrsating?
Oldingi tahrirga qarang.
5. Hujjatdagi tartibga solishga oid qoidalar va vositalar iqtisodiy soha, ijtimoiy soha va atrof-muhitga qanday salbiy yoki ijobiy taʼsir koʻrsatdi?
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
6. Tartibga solishdan koʻzlangan maqsadga erishishning boshqacha variantini qabul qilish kerakmi? Agar zarurat boʻlsa, ulardan, yanada kam xarajatli va (yoki) samarali variantlarni koʻrsating?
7. Hujjatda koʻrsatilgan tartibga solishga oid qoidalar va vositalarni takomillashtirish yuzasidan qanday qoʻshimcha taklif va eʼtirozlar mavjud?
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-martdagi 7-mh-son buyrugʻiga
2-ILOVA
Normativ-huquqiy hujjat loyihasining tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha soddalashtirilgan
HISOBOT

1.

Loyiha turi va nomi

2.

Ishlab chiquvchi

3.

Sana

Tartibga solish taʼsirini baholash natijalari

4.

Muammo tahlili

muammo tavsifi;

muammo taʼsir koʻrsatayotgan obyektlar va subyektlar (ularning soni);

bartaraf etish yoki oldini olish rejalashtirilayotgan zarar (maksimal 15 qator).

5.

Davlat aralashuvi zarurati

□ bozordagi muvaffaqiyatsizlik

□ iqtisodiyotni barqarorlashtirish

□ tartibga solishning samarasizligi

□ tovar va xizmatlar bozorida monopollashuvning oldini olish

□ ijtimoiy adolatni taʼminlash

□ aholining salomatligi va jamiyat xavfsizligi uchun xavf-xatar

□ atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan samarali foydalanish

_______________________

Izohlang (maksimal 10 qator).

6.

Maqsadlar

koʻzlangan maqsadlar;

kutilayotgan natijalar (maksimal 10 qator).

7.

Yechim

muammoni hal qilishning muqobil usullari;

maqbul usul orqali joriy etilishi kutilayotgan tartibga solish vositalari (majburiyat, talab, taqiq, cheklov, javobgarlik yoki ularga rioya qilishni taʼminlash boʻyicha taʼsir choralari, shuningdek, davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari);

muqobil usullarning ijobiy va salbiy taʼsirlari hamda muammoni hal etishdagi ehtimoliy ulushi;

maqbul usulning boshqa usullarga nisbatan afzalligi;

muammoni hal qilish yoki uning salbiy taʼsirini kamaytirish bilan bogʻliq xatarlar (maksimal 15 qator).

Mazkur hisobotning toʻgʻriligi va maʼlumotlarning ishonchliligini tasdiqlayman.

Davlat organi (tashkiloti) rahbari

________________
 

_____________________
 

(imzo)

(F.I.O.)

Tartibga solish usulining taʼsir doirasiga oid
MAʼLUMOTLAR

I. Iqtisodiy sohaga taʼsir

1. Iqtisodiy rivojlanish

Yashirin iqtisodiyot, investitsiya muhiti, ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish), import va eksport, tovar va xizmatlarning isteʼmol darajasi, moliyaviy barqarorlik va moliyaviy bozorlar.

□ Ijobiy taʼsir

□ Salbiy taʼsir

Izohlang.

□ Taʼsir qilmaydi

2. Tadbirkorlik

Tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilish, litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlarni olish tartibi va talablarining oʻzgarishi, tovarlar (xizmat koʻrsatish) bahosi hamda boshqa moliyaviy majburiyatlar qiymatining oʻzgarishi.

□ Ijobiy taʼsir

□ Salbiy taʼsir

Izohlang.

□ Taʼsir qilmaydi

3. Kichik va oʻrta tadbirkorlik

Talab va majburiyatlarni bajarish yirik tadbirkorlik subyektlariga nisbatan kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari uchun ogʻirligi, maʼmuriy toʻsiqlar (masalan, roʻyxatdan oʻtish, litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlarni olish), moliyaviy yuk darajasi, bozor shartlari va raqobat muhiti.

□ Ijobiy taʼsir

□ Salbiy taʼsir

Bunda quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:

sohada tartibga solish doirasiga tushadigan tadbirkorlik subyektlari soni va tartibga solish vositasining har bir toifa uchun taʼsir darajasi;

kichik va oʻrta tadbirkorlikning tartibga solinayotgan sohadagi ahamiyati (masalan, ishlab chiqarishdagi (xizmat koʻrsatishdagi) ulushi, bozordagi oʻrni);

tartibga solish vositasining bilvosita subyektlari (masalan, yetkazib beruvchilar, isteʼmolchilar).

□ Taʼsir qilmaydi

4. Davlat budjeti va fiskal siyosat

Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining oʻzgarishi, davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari (masalan, subsidiya, kompensatsiya, dotatsiya, davlat boji, soliq va bojxona imtiyozlari), tartibga solish va nazorat qilish xarajatlarining ortishi.

□ Ijobiy taʼsir

□ Salbiy taʼsir

Izohlang.

□ Taʼsir qilmaydi

5. Raqobat muhiti

Tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning (yetkazib beruvchilar) doirasi va soni cheklanishi, yetkazib beruvchilarning oʻzaro raqobatlashish imkoniyati chegaralanishi, bozor munosabatlarida oʻzaro raqobatlashishga qiziqishining pasayishi, yangi texnologiyalar, mahsulotlar yoki biznes modellarini amaliyotga joriy etishning cheklanishi, isteʼmolchilar uchun kerakli axborotni tanlash imkoni chegaralanishi.

□ Ijobiy taʼsir

□ Salbiy taʼsir

Izohlang.

□ Taʼsir qilmaydi

6. Bandlik va mehnat bozori

Ishsizlik va bandlik darajasi, muayyan sohalarda ishchi kuchiga boʻlgan talabning oʻzgarishi, mehnat sharoitlari (shartlari) va ish haqi, xodimlarning malakasini oshirish va kasbga oʻqitish, xodimlarning ijtimoiy himoyasi, norasmiy bandlik.

□ Ijobiy taʼsir

□ Salbiy taʼsir

Izohlang.

□ Taʼsir qilmaydi

II. Ijtimoiy sohaga taʼsir

7. Ijtimoiy adolat va gender tenglik

Shaxslarni kamsitishga yoʻl qoʻyilmasligi, huquqlardan aholining barcha qatlami (nogironligi boʻlgan shaxslar, keksalar, bolalar va aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalari) tomonidan foydalana olish imkoniyati, taʼlim, axborot olish huquqi va soʻz erkinligining cheklanmasligi, mulk huquqining daxlsizligi, huquq va xizmatlardan toʻsiqsiz foydalanish.

□ Ijobiy taʼsir

□ Salbiy taʼsir

Izohlang.

□ Taʼsir qilmaydi

8. Kambagʻallik darajasi

Tartibga solish vositasining aholi (ayniqsa, aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalari) daromadlariga va ijtimoiy tengsizlikka taʼsiri, ish oʻrinlari, ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan imkoniyatning cheklanmasligi, shaxslarning mehnatga boʻlgan munosabatining oʻzgarishi, mehnat munosabatlarida ijtimoiy tenglik va inklyuzivlik.

□ Ijobiy taʼsir

□ Salbiy taʼsir

Izohlang.

□ Taʼsir qilmaydi

9. Sogʻliqni saqlash va oziq-ovqat

Aholining barcha qatlami (ayniqsa, aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalari) malakali tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati, tibbiy xizmatlar va dori vositalari hamda protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari narxining oʻzgarishi, sogʻlom turmush tarziga taʼsirlar, sogʻlom va yuqori ozuqaviy qiymatga ega oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmoli, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi.

□ Ijobiy taʼsir

□ Salbiy taʼsir

Izohlang.

□ Taʼsir qilmaydi

III. Atrof-muhitga taʼsir

10. Tabiiy resurslar

Resurslardan foydalanish barqarorligi, ularni taqsimlash va ulardan foydalanish, suv va suv resurslari, yer maydonlarini boshqarish, foydali qazilmalarni qazib olish.

□ Ijobiy taʼsir

□ Salbiy taʼsir

Izohlang.

□ Taʼsir qilmaydi

11. Havo, suv va tuproq sifati

Havo, suv va tuproqning ifloslanish darajasiga taʼsir, ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishi (emissiyasi) va oqava suvlarni chiqarish standartlari, shuningdek, atrof-muhit sifatini nazorat qilish tartiblarining oʻzgarishi.

□ Ijobiy taʼsir

□ Salbiy taʼsir

Izohlang.

□ Taʼsir qilmaydi

12. Bioxilma-xillik va ekotizimlar

Bioxilma-xillikni muhofaza qilish va ekotizimlar (masalan, oʻrmonlar, suv havzalari) holati, noyob va yoʻqolib borayotgan oʻsimliklar va hayvonlar turlariga taʼsir, ekotizimlarda koʻrsatiladigan xizmatlar doirasining kengayishi.

□ Ijobiy taʼsir

□ Salbiy taʼsir

Izohlang.

□ Taʼsir qilmaydi

13. Iqlim oʻzgarishi va issiqxona gazlari chiqarilishi (emissiyasi)

Energiya resurslaridan sanoat va maishiy isteʼmolda foydalanish natijasida ajralayotgan issiqxona gazlari, xavfli moddalar hajmining oʻzgarishi, energiya resurslari samaradorligi, iqlim oʻzgarishiga moslashish.

□ Ijobiy taʼsir

□ Salbiy taʼsir

Izohlang.

□ Taʼsir qilmaydi

14. Chiqindilarni boshqarish

Chiqindilarni qayta ishlash, utilizatsiya qilish, chiqindilar hajmining oʻzgarishi, suv havzalariga va joy relyefiga zararli tashlamalarni tashlanishi.

□ Ijobiy taʼsir

□ Salbiy taʼsir

Izohlang.

□ Taʼsir qilmaydi

15. Inson salomatligi va hayot sifati

Havo, suv, tuproq va shovqinli ifloslanish darajasining insonlarga taʼsiri, yashash sharoitlari va sifatining yomonlashuvi.

□ Ijobiy taʼsir

□ Salbiy taʼsir

Izohlang.

□ Taʼsir qilmaydi

Izoh:
1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi odatda bir nechta sohaga taʼsir qiladi. Har bir sohani tushunishni osonlashtirish uchun kalit soʻzlarning toʻliq boʻlmagan roʻyxati keltirilgan. Tartibga solinayotgan munosabatlarning oʻziga xosligidan kelib chiqib, boshqa taʼsirlar ham tahlil qilinadi.
2. Tartibga solish usuli tegishli munosabatlarda salbiy taʼsirga ega boʻlgan va ushbu tartibga usuli muammoni hal qilish imkoniyati mavjud boʻlmagan hollarda har bir salbiy taʼsirni kamaytirish, yumshatish choralari ishlab chiqilishi lozim.
3. Tartibga solish usuli tegishli munosabatlarga taʼsir qilmagan taqdirda izohlash talab etilmaydi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-martdagi 7-mh-son buyrugʻiga
3-ILOVA
Normativ-huquqiy hujjat loyihasining tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha kengaytirilgan
HISOBOT

1.

Loyiha turi va nomi

2.

Ishlab chiquvchi

3.

Vakolatli organlarning xulosalari olinganligi

4.

Sana

Tartibga solish taʼsirini baholash natijalari

5.

Foyda va xarajat

Joriy xarajat:

qiymat

Joriy foyda:

qiymat

Kutilayotgan xarajat:

qiymat

Kutilayotgan foyda:

qiymat

6.

Muammo tahlili

muammo tavsifi;

muammo taʼsir koʻrsatayotgan obyektlar va subyektlar (ularning soni);

bartaraf etish yoki oldini olish rejalashtirilayotgan zarar (maksimal 15 qator).

7.

Davlat aralashuvi zarurati

□ bozordagi muvaffaqiyatsizlik

□ iqtisodiyotni barqarorlashtirish

□ tartibga solishning samarasizligi

□ tovar va xizmatlar bozorida monopollashuvning oldini olish

□ ijtimoiy adolatni taʼminlash

□ aholining salomatligi va jamiyat xavfsizligi uchun xavf-xatar

□ atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan samarali foydalanish

_______________________

Izohlang (maksimal 10 qator).

8.

Koʻzlangan maqsadlar va natija

koʻzlangan maqsad va samaradorlikni aniqlash koʻrsatkichlari (indikatorlari);

davlat aralashuvidan kutilayotgan natija va unga erishilishini aniqlash koʻrsatkichlari (aniq, oʻlchovli, maqbul, muddatli va boshqa mezonlar asosida) (maksimal 10 qator).

9.

Yechim

muammoni hal qilishning muqobil usullari;

muqobil usullar orasidan tanlangan maqbul usul;

maqbul usulning boshqa usullarga nisbatan afzalligi (maksimal 15 qator).

Mazkur hisobotning toʻgʻriligi va maʼlumotlarning ishonchliligini tasdiqlayman.

Davlat organi (tashkiloti) rahbari

____________________

__________________________

(imzo)

(F.I.O.)

Tartibga solish taʼsirini baholash natijalariga oid
MAʼLUMOTLAR
1. Muammo tahlili va davlat aralashuvi zarurati
muammo vujudga kelgan soha;
sohaning huquqiy tartibga solinganlik holati (normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati, shuningdek, tartibga solishdagi boʻshliqlar) va huquqni qoʻllash amaliyoti (murojaatlar, shikoyatlar, sud tartibidagi ishlar soni, xarakteri va mazmuni);
muammo taʼsir koʻrsatayotgan obyektlar va/yoki subyektlar (subyektlar sonining yillar kesimidagi oʻzgarish koʻrsatkichi);
muammoning mavjudligi sababli kelib chiqqan (chiqishi mumkin boʻlgan) salbiy oqibatlar;
muammoga oid statistik maʼlumotlar hamda boshqa miqdoriy va sifat koʻrsatkichlar (misol uchun, ushbu sohada muammo mavjudligi sababli 1,5 mingta qonun buzilishlar sodir etilgan boʻlib, jismoniy va yuridik shaxslarga 500 mln soʻm miqdorda zarar yetkazilgan);
tartibga solinishi kerak boʻlgan sohada davlat aralashuvining zarurati (sabablari).
2. Maqsadlar
tartibga solish orqali erishilishi lozim boʻlgan maqsadlar;
loyihani qabul qilishdan kutilayotgan natija;
har bir maqsad boʻyicha tartibga solish maqsadlariga erishish darajasini tavsiflovchi sifat va miqdoriy oʻlchov indikatorlari (koʻrsatkichlari);
indikatorlarni hisoblash usuli va maʼlumot manbalari.
3. Muqobil usullar tavsifi va taʼsir doirasi
tartibga solish maqsadlariga erishishga xizmat qiladigan muqobil usullar;
har bir usulning afzalliklari va kamchiliklari (aniq dalil va raqamlar bilan);
muqobil usullarning iqtisodiy sohaga (iqtisodiy rivojlanish, tadbirkorlik, kichik va oʻrta tadbirkorlik, davlat budjeti va fiskal siyosat, bandlik va mehnat bozori) taʼsiri;
muqobil usullarning ijtimoiy sohaga (ijtimoiy adolat va gender tenglik, kambagʻallik darajasi, sogʻliqni saqlash va oziq-ovqat) taʼsiri;
muqobil usullarning atrof-muhitga (tabiiy resurslar, havo, suv va tuproq sifati, bioxilma-xillik va ekotizimlar, iqlim oʻzgarishi va issiqxona gazlari chiqarilishi (emissiyasi), chiqindilarni boshqarish, inson salomatligi va hayot sifati) taʼsiri;
muqobil usullarning raqobat muhitiga (tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning (yetkazib beruvchilar) doirasi va soni cheklanishi, yetkazib beruvchilarning oʻzaro raqobatlashish imkoniyati chegaralanishi, bozor munosabatlarida oʻzaro raqobatlashishga qiziqishining pasayishi, yangi texnologiyalar, mahsulotlar yoki biznes modellarini amaliyotga joriy etishning cheklanishi, isteʼmolchilar uchun kerakli axborotni tanlash imkoni chegaralanishi) taʼsiri.
4. Muqobil usullarning iqtisodiy tahlili
Muqobil usullarni tahlil qilish va oʻzaro taqqoslashda hamda tanlangan usulning boshqa muqobil usullardan ustunligini asoslantirishda quyidagi metodlardan foydalanish mumkin:
foyda va xarajatlar tahlili metodi;
xarajatlar samaradorligi tahlili metodi;
koʻp mezonli tahlil metodi;
boshqa iqtisodiy tahlil usullari.
Tahlil natijalari quyidagi jadvalda aks ettiriladi:

Manfaatdor tomonlar

Usullar

Foyda

Xarajat

Xulosa

1-manfaatdor tomon

1-usul

2-usul

3-usul

2-manfaatdor tomon

1-usul

2-usul

3-usul

Izoh: tahlil qamroviga mos ravishda qoʻshimcha ustun va qatorlar kiritiladi.
5. Chora-tadbirlar
loyiha qabul qilinishi bilan unda belgilangan maqsadlarga erishish uchun zarur boʻlgan tashkiliy, texnik, uslubiy va boshqa chora-tadbirlar;
amalga oshirilishi belgilangan har bir chora-tadbirlar boʻyicha masʼul ijrochilar, amalga oshirish muddatlari, ularni moliyalashtirish hajmi va manbalari, amalga oshirish mexanizmi va kutilayotgan natija.
6. Muhokama natijalari
loyiha va TSTB hisoboti yuzasidan bildirilgan jamoatchilik muhokamasi natijalari, ekspertlar, ilmiy doira vakillarining taklif va mulohazalari;
taklif va mulohazalarni koʻrib chiqish natijalari.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-martdagi 7-mh-son buyrugʻiga
4-ILOVA
Normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha
HISOBOT

1.

Normativ-huquqiy hujjat turi, nomi va rekvizitlari

2.

TSTBni oʻtkazuvchi davlat organi yoki tashkiloti

3.

Vakolatli organlarning xulosalari olinganligi

4.

Sana

Tartibga solish taʼsirini baholash natijalari

5.

Xulosa

TSTBdan oʻtkazish natijalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatdagi tartibga solish usullarining amal qilishi maqsadga muvofiqligi, ularga oʻzgartirish kiritish lozimligi yoki ularni bekor qilish zarurligi toʻgʻrisida xulosa (maksimal 10 qator).

6.

Hujjatning taʼsir doirasi

tartibga solish usuli taʼsir koʻrsatayotgan obyektlar va/yoki subyektlar (manfaatdor tomonlar) (maksimal 10 qator).

7.

Hujjatning natijadorligi va samaradorligi

normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi natijasida erishilgan maqsadlar, ularning natijadorligi va samaradorlik koʻrsatkichlari (maksimal 10 qator).

8.

Hujjatning ijobiy va salbiy oqibatlari

normativ-huquqiy hujjatdagi tartibga solish usulini qoʻllashda vujudga kelgan ijobiy va salbiy oqibatlar (maksimal 10 qator).

Mazkur hisobotning toʻgʻriligi va maʼlumotlarning ishonchliligini tasdiqlayman.

Davlat organi (tashkiloti) rahbari

____________

________________________

(imzo)

(F.I.O.)

Tartibga solish taʼsirini baholash natijalariga oid
MAʼLUMOTLAR
1. Tartibga solish usulining taʼsir doirasi
tartibga solish usuli taʼsir koʻrsatayotgan obyektlar va/yoki subyektlar (manfaatdor tomonlar) (subyektlar sonining (ulushi) yillar kesimidagi oʻzgarish koʻrsatkichi).
2. Tartibga solish usulining natijadorligi koʻrsatkichlari
tartibga solish usuli bilan oʻrnatilgan tartibga solish vositasining natijadorligi, maqsadlarga erishilganligi (jumladan, loyihasi ishlab chiqilgan davrda qoʻyilgan maqsadlar, har bir maqsad boʻyicha prognoz qilingan indikativ koʻrsatkichlar, qoʻyilgan maqsadlarga erishilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar, erishilgan indikativ koʻrsatkichlar, ularning oʻlchov birligi va hisoblash usullari).
3. Tartibga solish usulining ijobiy va salbiy oqibatlari
tartibga solish usulining iqtisodiy sohaga (iqtisodiy rivojlanish, tadbirkorlik, kichik va oʻrta tadbirkorlik, davlat budjeti va fiskal siyosat, bandlik va mehnat bozori) taʼsiri;
tartibga solish usulining ijtimoiy sohaga (ijtimoiy adolat va gender tenglik, kambagʻallik darajasi, sogʻliqni saqlash va oziq-ovqat) taʼsiri;
tartibga solish usulining atrof-muhitga (tabiiy resurslar, havo, suv va tuproq sifati, bioxilma-xillik va ekotizimlar, iqlim oʻzgarishi va issiqxona gazlari chiqarilishi (emissiyasi), chiqindilarni boshqarish, inson salomatligi va hayot sifati) taʼsiri;
tartibga solish usulining raqobat muhitiga (tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning (yetkazib beruvchilar) doirasi va soni cheklanishi, yetkazib beruvchilarning oʻzaro raqobatlashish imkoniyati chegaralanishi, bozor munosabatlarida oʻzaro raqobatlashishga qiziqishining pasayishi, yangi texnologiyalar, mahsulotlar yoki biznes modellarini amaliyotga joriy etishning cheklanishi, isteʼmolchilar uchun kerakli axborotni tanlash imkoni chegaralanishi) taʼsiri.
4. Tartibga solish usulining samaradorligi (iqtisodiy tahlili)
Tartibga solish usulining samaradorligi quyidagi maʼlumotlar asosida iqtisodiy tahlil usullarini qoʻllagan holda oʻrganiladi:
erishilgan natija va sarflangan resurslardan foydalanish oʻrtasidagi bogʻliqlik;
manfaatdor tomonlarga keladigan tartibga solish xarajatlari, shuningdek, uning afzalliklari;
foyda va xarajatlarga taʼsir koʻrsatadigan omillar va ularning tartibga solish bilan bogʻliqligi;
tartibga solish usulining samaradorlik koʻrsatkichlariga oid boshqa maʼlumotlar.
Tartibga solish usulining samaradorligini tahlil qilishda quyidagi metodlardan foydalanish mumkin:
foyda va xarajatlar tahlili metodi;
xarajatlar samaradorligi tahlili metodi;
koʻp mezonli tahlil metodi;
boshqa iqtisodiy tahlil usullari.
Tahlil natijalari quyidagi jadvalda aks ettiriladi:

Manfaatdor tomonlar

Tartibga solish usuli

Foyda

Xarajat

Xulosa

1-manfaatdor tomon

2-manfaatdor tomon

Izoh: tahlil qamroviga mos ravishda qoʻshimcha ustun va qatorlar kiritiladi.
5. TSTB hisoboti muhokamadan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida maʼlumot
TSTB hisobotini jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish natijalari toʻgʻrisida maʼlumot (jumladan, TSTB hisoboti muhokamaga qoʻyilgan davr, kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqish natijasi);
ekspertlar, ilmiy doira vakillarining taklif va mulohazalari hamda ularni koʻrib chiqish natijalari.
6. Normativ-huquqiy hujjatni baholashga imkon beradigan boshqa maʼlumotlar
maʼlumotlar.
7. Xulosa
TSTBdan oʻtkazish natijalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatdagi tartibga solish usullarining amal qilishi maqsadga muvofiqligi, ularga oʻzgartirish kiritish lozimligi yoki ularni bekor qilish zarurligi toʻgʻrisida xulosa.
Izoh: normativ-huquqiy hujjatning loyihasi ishlab chiqilganda tayyorlangan TSTB hisoboti va u boʻyicha vakolatli organlarning xulosalari (mavjud boʻlsa) ushbu hisobotga ilova qilinadi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-oktabrdagi 27-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3292-1, 11.10.2024-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2021-y., 10/21/3292/0258-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)