Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AVTOMOBILDA XORIJIY YUK TASHUVCHILARNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA KIRISHLARI, BOʻLISHLARI, YUK OLIB OʻTISHLARI VA UNDAN CHIQIB KETISHLARI TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Avtotransportda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari va undan chiqishlari, yuk olib oʻtishlari va harakatini tartibga solish, ular tomonidan zarur yigʻimlar, poshlinalar va boshqa toʻlovlar toʻlanishini, yoʻl, maishiy va servis xizmati koʻrsatish tizimini tashkil etish, avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Harakat qilish uchun moʻljallangan avtomobil yoʻllari roʻyxati, harakatning vaqtinchalik yoʻnalish varaqasi, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish-chiqishda va unda harakat qilishda hamda avtotransport vositalari va yuklarga haydovchilarning zarur hujjatlari roʻyxati (1, 2 va 4-ilovalar) tasdiqlansin.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 27-noyabrdagi 330-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 48-49-son, 536-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1022-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1022/2328-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchi haydovchilarning, yuklarni kuzatib boruvchilar yoki yoʻlovchilar sifatidagi shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, chiqishlari, boʻlishlari va yuk olib oʻtishlari Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son, 2002-yil 21-fevraldagi 62-son va 2011-yil 26-dekabrdagi 342-son qarorlariga, shuningdek MDH qatnashchisi boʻlgan davlatlarning ushbu masalalarni tartibga soluvchi tegishli bitimlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 27-noyabrdagi 330-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 48-49-son, 536-modda)
3. Belgilab qoʻyilsinki, xorijiy shaxslarning (shu jumladan, yuk olib oʻtish) koʻrsatib oʻtilgan masalalar boʻyicha xalqaro qoidalarga, Vena Konvensiyasiga (haydovchilik hujjatlari toʻgʻrisida), shuningdek, respublikaning amaldagi qonunchiligiga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari va boʻlishlari xorijiy davlat transport vositasining Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq choralar koʻrilishi uchun hududiy bojxona organlariga yoki ichki ishlar organlariga keltirilishiga sabab boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi respublika hududi orqali oʻtuvchi transport vositalarining hududga kirgan kunidan boshlab 5 kundan ortiq boʻlmagan muddatda (katta hajmli va (yoki) ogʻir vaznli avtotransport vositalarining avtomobil yoʻllarida harakatlanishiga maxsus ruxsatnomada boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa) chiqib ketishlarini taʼminlagan holda, ularning yuk olib oʻtishlari ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin, shuningdek, berilgan buyurtmanomalarga muvofiq avtomobil transportida tashiladigan maxsus yuklarni kuzatib borishni amalga oshirsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Hududga kirish hujjatlarini rasmiylashtirganlik uchun stavka va xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit oʻtishi uchun yigʻim qonunchilik bilan belgilanadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yigʻimlar milliy valyuta “soʻm”da naqd yoki naqd pulsiz shaklda tijorat banklarida yigʻimlar hisoblangan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha undiriladi. Bunda chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun olingan mablagʻlarning 70 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, 20 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga, 10 foizi bojxona organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga qonunchilikda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-oktabrdagi 522-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2023-y., 09/23/522/0748-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatlarni rasmiylashtirish, xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit oʻtishi uchun yigʻimlarning belgilangan tartibda undirilishi bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda belgilangan yigʻimlarni undirish mezonlari va talablari Transport vazirligi tomonidan bojxona organlari axborot tizimlariga kiritilgan maʼlumotlarga asosan belgilanadi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Quyidagilar:
agar ikki tomonlama bitimlarda oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilar tomonidan yuklarning uchinchi mamlakatlarga (mamlakatlardan) tashilishi;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha shartlar kelishilmagan boʻlsa, xorijiy tashuvchilarga tegishli boʻlgan, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga ular tomonidan vaqtincha olib kelingan avtotransport vositalarida yuk va yoʻlovchilarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan punktlar oʻrtasida tashish (kabotaj) taqiqlansin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 901-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/901/0019-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasiga — avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida kirish va chiqishlarini;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-oktabrdagi 522-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2023-y., 09/23/522/0748-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga – xorijiy avtotransportning respublika hududi boʻylab harakat qilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika hududiga kirib kelayotgan avtotransport vositalarining texnik holati, yoʻl qoʻyiladigan ogʻirlik va gabarit parametrlari ustidan davlat nazorati bojxona organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining bojxona organlari axborot tizimlariga kiritilgan mezonlari va talablariga asosan amalga oshiriladi.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
8. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona ishlari, transport va kommunikatsiyalar sohasidagi xalqaro konvensiyalarga qoʻshilishiga doir masalalarni oʻrganish, tayyorlash va taklif kiritish uchun 5-ilovaga* muvofiq tarkibda Idoralararo komissiya tuzilsin.
* 5-ilova berilmaydi.
Komissiya bir oy muddatda:
respublikaning xalqaro avtotransport vositalari faoliyati va bojxona ishlari masalalariga daxldor xalqaro konvensiyalar va bitimlarga qoʻshilishi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Oldingi tahrirga qarang.
avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning respublika boʻyicha oqimini oʻrganish asosida chegaradagi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari majmuilari tashkil etilishi boʻyicha, ular joylashadigan aniq joylarni, boʻlajak qurilish ishlari miqdorini va hajmini, buyurtmachilar va mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini belgilagan holda, takliflarni ishlab chiqsin.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi 359-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 30-son, 345-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi (Golishev) Idoralararo komissiyaning takliflari boʻyicha 1995-yil uchun investitsiya dasturlarini shakllantirishda Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari majmuilari qurilishini nazarda tutsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi 359-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 30-son, 345-modda)
10. Davlat soliq qoʻmitasi (Gataulin) 1996-yil 1-yanvargacha oʻz mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati organlari bilan kelishilgan loyihalar boʻyicha xorijiy avtotransport vositalari harakati uchun moʻljallangan avtomobil trassalari boʻylab bojxona majmuilarining qurilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Oʻzdehqonchiliksanoatbank”, “Oʻzjamgʻarmabank”, boshqa vakil qilingan tijorat banklari Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida valyuta almashtirish hamda toʻlovlar va yigʻimlarni qabul qilish punktlarining oʻz filiallarini tashkil etsinlar.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi 359-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 30-son, 345-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 5-apreldagi 121-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
13. “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi (Tojiyev) xorijiy avtomobillarga yonilgʻi quyiladigan shoxobchalarni zarur yonilgʻi bilan taʼminlasin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (Komilov) avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning kirishlari, boʻlishlari, yuk olib oʻtishlari va chiqishlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida qabul qilingan tartibi toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali davlatlarning elchixonalari, konsulxonalari va vakolatxonalariga maʼlum qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Xorijiy davlatlar ogʻir yukli va katta hajmli transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab yurishi uchun toʻlovlar toʻgʻrisidagi Nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilab qoʻyilsinki, xorijiy mamlakatlarning ogʻir yuk koʻtaruvchi va katta hajmli transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab harakatlanishi uchun yigʻimlar “Litsenziya” axborot tizimi orqali undiriladi va tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisob raqamiga oʻtkaziladi
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining tegishli majmuilariga yuklansin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25-dekabrdagi 457-sonli qaroriga muvofiq 16-band deb hisoblangan)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 11-yanvar,
11-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 10-dekabrdagi 433-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 23-son, 189-modda)
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 11-yanvardagi 11-son qaroriga
2-ILOVA
YOʻL VARAQASI
MARSHRUTNIY LIST
ROUTE LIST
Haydovchi
‎Voditel____________
‎Driver‎
‎Haydovchilik guvohnomasi
‎Vodit. udostovereniye_______________________
‎Driver's licence‎
Davlatning nomi
‎Strana_________________________________________________________
‎Country‎‎
‎Avtotrasport vositasining Davlat raqami
‎Avtotrasportnoye sredstvo Gos. nomer_________
‎Motor transport‎
Markasi
‎Marka_______________
‎Type‎
Yuk:
‎Gruz:
‎Lading:‎
Nomi
‎Naimenovaniye________
‎Name‎
Vazni
‎Obyem (ves)__________
‎Volume weight‎
‎Tegishli hujjatlar
‎Soprovoditelnie dokumenti_____________________________________
‎Covering documents‎
Qatnov yoʻnalishi________________________________________________
‎Marshrut sledovaniya_____________________________________________‎
‎Movement route___________________________________________________
‎_______________________________________________________________‎
‎Toʻxtash va dam olish uchun tavsiya etiladigan mehmonxona, motel va kempinglar, yoqilgʻi quyish shoxobchasi, texnik xizmat koʻrsatish shoxobchasi
‎Rekomenduyemie punkti stoyanok, gostinitsi, moteli i kempingi dlya otdixa, AZS, STO
‎Recommended poins of parking, hotels, motels and camping-sites for resting, filling station, maintence stations____________________________________________
‎_______________________________________________________________
‎Moʻljallangan chiqib ketish joyi, kuni va vaqti
‎Predpolagayemiy punkt, data i vremya viezda_________________________
‎Plece date and time of exit___________________________________________‎
Kirib kelganligi toʻgʻrisida belgi.
‎Otmetka o vyezde______
‎Register on entry‎
Chiqib ketganligi toʻgʻrisida belgi

‎Otmetka o viezde___________________________
‎‎Register on exit

Haydovchining imzosi
‎Podpis voditelya
‎Driver's signature
‎____________________‎

Haydovchining imzosi
‎Podpis voditelya
‎Driver's signature
‎___________________

Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 27-noyabrdagi 330-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 48-49-son, 536-modda)
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 11-yanvardagi 11-son qaroriga
4-ILOVA
Avtomobillarda xalqaro yuk tashishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan asosiy hujjatlar
ROʻYXATI
Xalqaro yuk tashishlar xalqaro aloqalar toʻgʻrisidagi ikki tomonlama hukumatlararo bitimlar asosida, avtomobil transportiga tegishli koʻp tomonlama konvensiyalar va bitimlarning talablariga muvofiq hamda amaldagi milliy koʻrsatmalarga rioya qilish sharti bilan amalga oshiriladi. Mana shundan kelib chiqqan holda avtomobil transportida xalqaro yuk tashishlarni bajarish chogʻida quyidagi hujjatlar boʻlishi zarur:
1. Haydovchining hujjatlari:
a) hududlari boʻyicha yuk tashiladigan mamlakatlarning kirish-chiqish va yuk olib oʻtish vizalarining haqiqiy muddatlari koʻrsatilgan chet el pasporti;
b) Yoʻl harakati toʻgʻrisida 1998-yil 8-noyabrdagi Konvensiyaga muvofiq avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi xalqaro haydovchilik guvohnomasi;
v) 1970-yil 1-iyuldagi Yevropa bitimiga aʼzo boʻlgan mamlakatlarda yuritish nazarda tutilgan, avtomobilda xalqaro yuk tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari ekipajlariga taalluqli haydovchining shaxsiy nazorat daftarchasi.
2. Avtotransport vositasiga tegishli hujjatlar:
a) Yoʻl harakati toʻgʻrisida 1968-yil 8-noyabrdagi Konvensiyaga muvofiq avtotransport vositasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma;
b) avtotransport vositasining mamlakatga kirishi yoki mamlakat hududi orqali oʻtishi uchun (agar bitimda nazarda tutilgan boʻlsa) ruxsatnoma;
v) 1975-yilga Xalqaro yoʻl qoidalari toʻgʻrisidagi Konvensiya talablariga muvofiq avtotransport vositasiga bojxona muhrlari va plombalari boʻlgan yuklarni xalqaro tashish uchun ruxsat berish toʻgʻrisida guvohnoma;
g) tez buziluvchi yuklarni tashish lozim boʻlgan hollarda tez buziluvchi mahsulotlarni (SPS guvohnomasi) tashish uchun avtotransport vositasiga ruxsat berish toʻgʻrisida guvohnoma.
3. Yukka tegishli hujjatlar:
a) Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashishga oid shartnoma toʻgʻrisidagi Konvensiya talablariga muvofiq tovar-transport nakladnoyi va yukning har bir nomi boʻyicha yuklab joʻnatish tafsiloti boʻlgan roʻyxati;
b) orqaga qaytishda yukni rasmiylashtirish uchun tovar-transport nakladnoylari toʻplami;
Oldingi tahrirga qarang.
v) tovarlarni tashish Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Konvensiya talablariga asosan amalga oshirilganda XYT daftarchasi (TIR karneti);
(3-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 379-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 2-son, 24-modda)
d) agar yuk karantin va veterinariya tovarlari toifasiga kirsa, karantin va veterinariya sertifikatlari;
e) agar yuk tashqi savdo yuki hisoblansa, mamlakatga yukni olib kelish, mamlakatdan olib chiqib ketish uchun Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnoma. Agar yuk korxonalarning toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalari orqali idoralarga qarashli transport bilan tashilsa, toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar oʻrnatish toʻgʻrisidagi shartnoma yoki protokol nusxasi.
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 11-yanvardagi 11-son qaroriga
6-ILOVA
Xorijiy davlatlar ogʻir yukli va katta hajmli transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab yurishi uchun toʻlovlar toʻgʻrisida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Yoʻllar va sunʼiy inshootlarning tezda eskirishiga sabab boʻluvchi hamda qatnovda xalal berishni vujudga keltiruvchi ogʻir yukli va katta hajmli transport vositalarining yurishi uchun toʻlovlar ularni saqlash, taʼmirlash, oʻtkazib yuborishlarni tashkil etish va harakat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha ish hajmlarini qoplash xarajatlari bilan aniqlanadi.
Ogʻir yukli va katta hajmli transport vositalarining umumiy foydalanishdagi yoʻllar boʻylab yurishi uchun toʻlovga quyidagilar kiradi:
marshrutni kelishib olish va yurishga ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun toʻlov;
transport vositasi umumiy haqiqiy vaznining yoʻl qoʻyiladigan umumiy vazndan oshib ketganligi uchun toʻlov;
gʻildirak oʻqi haqiqiy nagruzkalarining yoʻl qoʻyiladigan yoʻl konstruksiyalaridan oshib ketganligi uchun toʻlov;
transport vositasi hajmlarining oshib ketganligi uchun toʻlov.
Yigʻimlardan katta hajmli va ogʻir yukli transport vositalarining yurib oʻtishi tufayli vujudga kelgan yoʻllar va inshootlarni taʼmirlash, saqlash boʻyicha qoʻshimcha ish hajmlarini bajarishda, oʻtkazib yuborishlarni tashkil etishda va harakat xavfsizligini taʼminlashda foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-avgustdagi 233-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 31-son, 358-modda)
3. Yoʻl harakati qoidalariga yoxud tashuvlarni amalga oshirish shartlariga rioya qilmaslik tufayli yoʻllarga va yoʻl inshootlariga zarar yetkazganlik uchun transport vositasi haydovchisi amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Agar ruxsatnoma talablari va yoʻl harakati qoidalariga rioya etgan holda, ogʻir vaznli va katta hajmli avtotransport vositalari yurishi natijasida yoʻllarga hamda yoʻl inshootlariga harakatni cheklashga olib keladigan zarar yetkazilsa, u holda javobgarlik va zararni toʻlash qonunchilik hujjatlariga muvofiq ruxsatnoma hamda qatnov marshrutini kelishib bergan tashkilotlarga yuklanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
5. Katta hajmli va ogʻir yukli transport vositalarini Davlat avtomobil nazorati patrul avtomobillarining kuzatib borganligi uchun toʻlov ushbu Nizom bilan tartibga solinmaydi. Ushbu toʻlov transport vositalari egalaridan Davlat avtomobil nazorati bilan tuzilgan shartnoma asosida undiriladi.
II. OGʻIR YUKLI VA KATTA HAJMLI TRANSPORT VOSITALARINING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING UMUMIY FOYDALANISHDAGI AVTOMOBIL YOʻLLARI BOʻYLAB YURIB OʻTGANLIGI UCHUN TOʻLOV
Oldingi tahrirga qarang.
6. Transport vositasining umumiy haqiqiy massasi ruxsat berilganiga nisbatan oshganligi uchun toʻlanadigan toʻlov 1-jadvalda keltirilgan tariflarga muvofiq belgilanadi.

 

1-jadval

Umumiy haqiqiy vaznning yoʻl qoʻyiladigan vaznga nisbatan ortiqcha miqdori, tn

Yuriladigan 1 km masofa uchun tarif, soʻmda

(bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan foizda)

0 dan 5 gacha

0,08

5 dan 10 gacha

0,12

10 dan 15 gacha

0,24

15 dan 20 gacha

0,42

20 dan 25 gacha

0,63

25 dan 30 gacha

0,97

30 dan 35 gacha

1,39

35 dan 40 gacha

1,94

40 dan 45 gacha

2,66

45 dan 50 gacha

3,59

50 va undan yuqori

4,22

Ogʻir yukli transport vositalarining avtomobil yoʻllaridan oʻtishida oʻqqa tushadigan haqiqiy ogʻirlikning (Of) ruxsat berilganga (Od) nisbatan oshganligi uchun toʻlov har bir ortiqcha yuklangan yuk uchun 2-jadvalda keltirilgan tariflarga muvofiq undiriladi.

 

2-jadval

Gʻildirak oʻqi haqiqiy yuklamasining yoʻl qoʻyiladigan yuklamaga nisbati (Of/Od)

Har bir oʻqning yoʻl qoʻyiladigan yuklamadan ortiqcha yuklama bilan yurilgan masofa uchun tarif, soʻmda

(bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan foizda)

1,01 dan 1,05 gacha

0,23

1,05 dan 1,10 gacha

0,25

1,10 dan 1,15 gacha

0,59

1,15 dan 1,20 gacha

0,76

1,20 dan 1,25 gacha

0,89

1,25 dan 1,30 gacha

1,06

1,30 dan 1,35 gacha

1,27

1,35 dan 1,40 gacha

1,48

1,40 dan 1,45 gacha

1,73

1,45 dan 1,50 gacha

2,03

1,50 dan 1,55 gacha

2,32

1,55 dan 1,60 gacha

2,70

1,60 dan 1,65 gacha

3,08

1,65 dan 1,70 gacha

3,59

1,70 dan 1,75 gacha

4,01

1,75 dan 1,80 gacha

4,55

1,80 dan 1,85 gacha

5,15

1,85 dan 1,90 gacha

5,82

1,90 dan 1,95 gacha

6,50

1,95 dan 2,00 gacha

7,30

2,00 va undan yuqori

8,44

(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Transport vositalari hajmlarining ortiqchaligi uchun toʻlov yurib oʻtilgan 1 km yoʻl uchun bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi oʻrinlarda — BHM) 0,32 foizi miqdorida undiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Ogʻir yukli va yirik gabaritli transport vositalari oʻtishi uchun arizalarni koʻrib chiqish, yoʻnalishni kelishish hamda ruxsatnoma berish uchun toʻlanadigan toʻlov miqdori “Litsenziya” avtomatlashtirilgan axborot tizimida quyidagi tarzda hisoblanadi:
100 km ga qadar BHMning 54 foizi miqdorida;
har bir keyingi km uchun BHMning 0,24 foizi miqdorida.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan toʻlovlarni milliy valyuta “soʻm”da ruxsatnoma berilgan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha “Litsenziya” axborot tizimi orqali undiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)